#Iqtibos
Hamma narsani o'qish kerak emas!
Qalbingizda paydo bo'ladigan savollarga javob beradiganlarini o'qib chiqishingiz yetarli.
Lev Tolstoy
📃Diqqat, tanlov!!!
Jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan betakror siymo, buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan 14-fevraldan 20-fevralga qadar umumiy ta'lim muassasalari o'quvchilari o'rtasida “Boburni anglash” mavzusida insholar tanloviga start berildi.
Tanlov (onlayn) o‘tkaziladi:
Tanlov g‘oliblari quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:
🥇diplom va zamonaviy noutbuk;
🥈diplom va planshet;
🥉diplom va kitoblar to‘plami.
Insholarni @insholarbot orqali yuborishingiz mumkin!
Sizlarni mazkur tanlovda ishtirok etishda faol bo‘lishingizga ishonamiz! Barchangizga omad yor bo‘lsin!
Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
#Bobur_day
Obunachimizdan
Bobur moʻyqalam va boʻyoqlarda aks etganda...
Muallif: Xoshimova Dildora
#boburday #stopvalentinday
Illo ki, bugunni bayram qilish kerak bo‘lsa...
@hamzajumayev
➡️Bugun soat 10:00da Adiblar xiyobonida shoh va shoir Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tadi. Sizlarni ham taklif qilamiz!!!
Читать полностью…⚡️@kitobxontestbot’da 3-tur savollari e’lon qilindi
Olimpiadaning 3-tur savollarining @kitobxontestbot’da hoziroq ishlashingiz mumkin. Shuningdek, mazkur turdagi texnik nosozliklar to’liq bartaraf etildi.
Albatta, ishtirok eting! Noutbuk, planshet va bestseller kitoblardan biri aynan sizniki bo‘lishi mumkin.
👉 @kitobxontestbot
Oʻzbek Navoiyni oʻqimay qoʻysa,
Oltin boshning kalla boʻlgani shudir.
Bedil qolib, Demyan Bedniyni sevsa,
Qora sochning malla boʻlgani shudir.
...Oʻzbek oʻzligini anglasa bekam,
Uning "Barakalla" boʻlgani shudir,
Olamga: "Navoiy nasliman",- degan
Ovozi baralla degani shudir.
Erkin Vohidov
Bugun 8-fevral - Pushkin va Dantes o‘rtasida duel bo‘lib o‘tgan kun
1837-yil 8-fevral kuni Aleksandr Sergeyevich Pushkin va Jorj de Gekkern (Dantes) oʻrtasida siz bilgan o‘sha mash‘um duel boʻlib oʻtgan.
Duel natijasida Pushkin ogʻir yaralanib, ikki kundan keyin vafot etgan.
⚡️“Ibrat farzandlari” — xorijiy tillarni o‘rganish uchun zo‘r imkoniyat
YouTube’dagi “ibratfarzandlari">Ibrat farzandlari” loyihasi orqali malakali ustozlardan o‘zbek, ingliz, nemis, ispan, turk va rus tillarini noldan boshlab mutlaqo bepul o‘rganing!
Darslar:
• Ingliz tili
• Ispan tili
• Nemis tili
• Turk tili
• Rus tili
• O‘zbek tili (xorijliklar uchun)
👉 Kuzatib boring: @ibratfarzandlari
👉 YouTube: youtube.com/@ibratfarzandlari
🔥“Yosh kitobxon” tanlovi gʻoliblari hozir qayerda?
⚡️ Sevinch Avazova — “Yosh kitobxon — 2022” tanlovi gʻolibi:
• Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 1-bosqich magistranti;
• “Zukko kitobxon” intellektual tanlovi gʻolibi;
• “Kelajak bunyodkori” davlat mukofoti sohibasi;
• “Kulgichimda otadi tonglar” kitobi muallifi;
• Markaziy Osiyo yosh ijodkorlari xalqaro forumi ishtirokchisi.
📚Kitobxondan yoshlarga tavsiyalar:
✅ “Anoyining jaydari olmasi” — Erkin Aʼzam;
✅ “Baxtiyor oila” — Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf;
✅ “Puankare” — Abduqayum Yoʻldoshev;
✅ “Don Kixot” — Migel de Servantes;
✅ “Buyuk Getsbi” — Frensis Skott Fitsjerald;
✅ “Martin iden” — Jek London;
✅ “Ulamolar nazdida vaqt qadri” — Abdul Fattoh Abu Gʻudda;
#foydali
@yoshkitobxonuz
🔥Bizda yangi rukn: “Yosh kitobxon” tanlovi g‘oliblari hozir qayerda?
⚡️ Mahliyo O‘roqova — “Yosh kitobxon - 2018” tanlovi g‘olibi:
• Mirzo Ulug’bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti 1-kurs talabasi;
• “O‘tkir Hoshimov asarlari bilimdoni” ko‘rik-tanlovi g‘olibi;
• “Kelajak bunyodkori” davlat mukofoti sohibasi;
• “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni sohibasi
📚Kitobxondan yoshlarga tavsiyalar:
✅ “Ufq” — Said Ahmad;
✅ “Yulduzli tunlar” — Pirimqul Qodirov;
✅ “Yulduzlar mangu yonadi” — Tog‘ay Murod;
✅ “Ikki eshik orasi” — O‘tkir Hoshimov;
✅ “Dunyoning ishlari” — O‘tkir Hoshimov;
✅ “Qo‘rqma” — Javlon Jovliyev.
#foydali
@yoshkitobxonuz
BEHBUDIY HIKMATLARI
📌 Ey, g‘ayratlik yoshlar! Nifoq va bir-birig‘a dushmanlikni tashlangiz. Millat va xalq sizdan xizmat va yaxshilik talab etadir, nafsoniyat va g‘urur emas.
***
⚡️Makotib – taraqqiyning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning durdonasidir.
***
📌 Ilmsiz millat, qavm asir va zaif qolar. Ilmsiz davlatni foydasi yo‘q, ilmsiz dunyodorni hayoti yo‘q.
***
⚡️Ulamo tarbiyaxonasi maktab va madrasalardur, agarda o‘shal maktab va madrasa muallim va mudarrislari olim bo‘lsa va shogirdlariga ko‘ngli bilan ta’lim bersa, albatta, ilm hosil qilar.
#hikmatlar
@yoshkitobxonuz
🔥Bizda yangi rukn: “Yosh kitobxon” tanlovi g‘oliblari hozir qayerda?
Ushbu ruknda Yosh kitobxonlarning tanlovdan keyingi natijalari va tavsiyalari berib boriladi.
⚡️Shohsanam Xolboyeva — “Yosh kitobxon - 2018” tanlovi g‘olibi:
• O‘zbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti;
• “Nizomiy asarlari bilimdoni - 2019” xalqaro tanlovi g‘olibi;
• “Sharq falsafasi - 2020” xalqaro tanlovi g‘olibi;
• “Kelajak bunyodkori” davlat mukofoti sovrindori;
• “Yosh kitobxon” tanlovi ekspertlar guruhi a'zosi;
• 50 dan ortiq yosh kitobxonlarning ustozi.
📚Kitobxondan yoshlarga tavsiyalar:
✅ “Ikki karra ikki besh” — O‘tkir Hoshimov;
✅ “Quyonlar saltanati” — Xudoyberdi To‘xtaboyev;
✅ “Qizimga maktublar” — O‘lmas Umarbekov;
✅ “Yetti zog‘ora qissasi” — Turob To‘la;
✅ “Oydinda yurgan odamlar” — Tog‘ay Murod;
✅ “O‘gay ona” — Ahmad Lutfiy Qozonchi;
✅ “Gobsek” — Balzak.
#foydali
@yoshkitobxonuz
⭕️⭕️⭕️
#O'quvchilar uchun ajoyib imkoniyat!
❄️ ❄️ Maroqli va foydali tavsiyalar ➖
🟢 1. Kitob.uz mobil ilovasini yuklab oling ⬇️ va 3 mingdan ziyod elektron kitoblarni o'qing hamda 1000 dan ortiq audio kitoblarni bepul tinglang. ⭕️
🟢 2. Kitob o'qishdan zeriksangiz📱 Smart Land mobil ilovasini yuklab oling va o'yin ko'rinishidagi 1000ga yaqin interaktiv mashqlarni yeching va bilimingiz charxlang, kreativligingizni oshiring. 🎮
🟢 3. Farzandingiz dunyoqarashini oshirish uchun 100dan ortiq ✈️ Edukids ilmiy-ommabop animatsion videoroliklarni ko'ring.
🟢 4. Agar darslarni sog'ingan bo'lsangiz ⌨Maktab.uz platformasiga kiring va 10 mingdan ziyod onlayn darslarni tomosha qiling. ◀️
🟢 5. Yuqori sinf o'quvchisi bo'lsangiz, 😃 YouTube'dagi milliy_talim_resurslar">Milliy ta'lim resurslari kanaliga obuna bo'ling va 30 dan ortiq kelajak kasblarini o'rganing, Sizni 700 dan ortiq o'zbek tilidagi bepul videodarslar kutmoqda.
🔎 t.me/yoshkitobxonuz
#tonggi_motivatsiya
Yengilishdan foyda yo'q!
Menga qiyin paytda, men shuni esimda tutaman, taslim bo‘lganim bilan vaziyat yaxshilanmaydi.
© Mayk Tayson
⚡️Bugun Jadidlar rukni ostidagi navbatdagi videomiz tayyor bo‘ldi. Bu safargi rolik Turkistondagi Jadidchilik harakatining eng yirik namoyondalaridan biri, yurtimizda yangi pedagogika tizimi yaratilishiga katta hissa qo‘shgan Abdulla Avloniy faoliyatiga bag‘ishlangan. Videoni ulashib, ajdodlarimizning millat taraqqiyotiga qo‘shgan ibratli hissasini targ‘ib qilishga yordam bersangiz faqat xursand bo‘lamiz!
@alisher_sadullaev
Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizdan nimalarni o‘rganishimiz kerak? 🤔
Bu yil shoh va shoirning tavalludiga 540 yil to‘ldi. Bobur haqidagi boshqa faktlar bilan rasmlarda tanishing.
@alisher_sadullaev
"Bobur_day" challenge" ga start beramiz.
Bugun soat 10.00 dan 20.00 gacha barcha kitobsevarlar Bobur hayoti va ijodiga oid eng qiziqarli maʼlumotlar, eng sara faktlar va Boburning asarlari bilan birgalikda tushgan ajoyib suratlaringizni Shokhsanam_9996 manziliga yuboring. Eng saralar kanalda eʼlon qilib boriladi.
Shoshiling!!!!
"Yosh kitobxon" tanlovining respublika final bosqichiga start beriladi!
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "5 muhim tashabbusi" doirasida tashkil etilgan, millionlab yoshlarni o'zida jamlay olgan "Yosh kitobxon" tanlovining final bosqichi 20-28-fevral kunlari Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida o‘tkaziladi.
#YoshKitobxon
@yoshkitobxonuz 👈
#Alisher_Navoiy_tavalludining_582_yilligi
✔️Nizomiddin Mir Alisher 1441-yilning 9-fevralida Hirotning Bog‘i Davlatxona mavzeyida, temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan davlat xizmatchisi Gʻiyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan.
✔️Navoiyning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi erta uyg‘onib, 4 yoshida maktabda ta’lim ola boshlagan.
✔️Tarixchi Mirxond “Ravzat us-safo” asarida yozishicha, Amir Alisherning bobosi Amir Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh bo‘lgan.
✔️Navoiy hazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" asarini yoddan bilganlar.
✔️7 yoshli Nizomiddin Mir Alisher buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan.
✔️Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g‘azallar yoza boshlagan.
✔️Turkiy tilni qayta tiriltirgani Navoiyning ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur «Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas», — deb yozsa, Husayn Boyqaro «Mir Alisher turk tilining o‘lik jasadig‘a Masih nafasi ila jon ato etdi» deb ta’kidlagan.
✔️Alisher Navoiy o‘n besh-o‘n olti yoshlarida ham turkiy, ham forsiyda ijod qiladigan “ikki tilli” shoir sifatida tanilgan.
✔️Alisher Navoiy o‘smirlik yillarida o‘zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq she’rlarini yod bilgan.
✔️Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi.Shoirning forsiy she’rlar to‘plami “Devoni Foniy” deb nomlangan.
✔️Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan.
✔️Alisher Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan.
✔️Navoiy turkiy tilidagi ilk “Xamsa" ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tilga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq.
✔️Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to‘rt devon (1491—1498)ga jamlangan.
✔️Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etadi.
Bugun fantastik asarlar muallifi, bolalarning sevimli yozuvchisi Jyul Vernning tavallud kuni. Uning "Kapitan Grant bolalari", "O'n besh yoshli kapitan", "Robinzonlar maktabi", "Suv ostida 80.000 kilometr" kabi asarlarini sevib o'qiganmiz.
Читать полностью…⚡️@kitobxontestbot onlayn olimpiadalarida ishtirok eting!
Bilimlaringizni ishga soling va @kitobxontestbot’da test ishlab, qimmatbaho sovog‘alarni qo‘lga kiriting! Noutbuk, planshet va bestseller kitoblardan biri aynan sizniki bo‘lishi mumkin.
Hoziroq ishtirok eting 👉 @kitobxontestbot
⚡️@kitobxontestbot onlayn olimpiadalarida ishtirok eting!
Bilimlaringizni ishga soling va @kitobxontestbot’da test ishlab, qimmatbaho sovog‘alarni qo‘lga kiriting! Noutbuk, planshet va bestseller kitoblardan biri aynan sizniki bo‘lishi mumkin.
Hoziroq ishtirok eting 👉 @kitobxontestbot
⚡️@kitobxontestbot’da yangi tur savollari e’lon qilindi
Bilimlaringizni ishga soling va @kitobxontestbot’da test ishlab, qimmatbaho sovog‘alarni qo‘lga kiriting! Noutbuk, planshet va bestseller kitoblardan biri aynan sizniki bo‘lishi mumkin. Olimpiadaning yangi tur savollari e’lon qilindi.
Hoziroq ishtirok eting 👉 @kitobxontestbot
🔥“Yosh kitobxon” tanlovi gʻoliblari hozir qayerda?
Ushbu ruknda Yosh kitobxonlarning tanlovdan keyingi natijalari va tavsiyalari berib boriladi.
⚡️Mohiniso Shomurodova — “Yosh kitobxon — 2017” tanlovi gʻolibi:
• Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetining 4-bosqich talabasi;
• Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori;
• Turkiya, Rossiya, AQSH, Gollandiya universitetlari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan tashkil etilgan 20 ga yaqin xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar ishtirokchisi;
• “Fitrat izidan” ilmiy ekspeditsiyasi qatnashchisi;
• Respublika fan olimpiadalari sovrindori;
• “Men sevgan adabiy qahramon” insholar tanlovining respublika bosqichi gʻolibi.
📚Kitobxondan yoshlarga tavsiyalar:
✅ “Muxtasar islom tarix” — Abdurauf Fitrat;
✅ “Munozara” — Abdurauf Fitrat;
✅ “Az i Ya” — Oʻljas Sulaymonov;
✅ “Odam-amfibiya” — Aleksandr Belyayev;
✅ “Urush va tinchlik” — L.N. Tolstoy.
#foydali
@yoshkitobxonuz
🔊 Behbudiy tavallud topgan kun
✅ Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875-yilning 19-yanvarida (hijriy 1291-yil 10-zulhijja) Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida tug‘ilgan
‼️Qarshi shahri 1926-37-yillarda Behbudiy nomi bilan yuritilgan
#tavallud_kun
@yoshkitobxonuz
Do‘stlar, qishki ta’tilda nimalar bilan bandsiz?
🇺🇿 Chet tillarini sodda, tushunarli tarzda o‘rganishni istagan yurtdoshlarimiz uchun “Ibrat farzandlari” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan edi. Natija esa, kutilganidan ham a’lo!
🔥Hozirgi paytda ibratfarzandlari/videos">loyihaning YouTube platformasida chet tillarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun Ingliz, Nemis, Turk, Rus tillari va xorijliklar uchun O‘zbek tili bo‘yicha bepul darslar yo‘lga qo‘yildi.
Jarayonda bo‘lgan Fransuz, Italyan, Ispan, Xitoy, Koreys va Arab tillari darslari ham tez orada yo‘lga qo‘yiladi.
1. 🇬🇧 Ingliz tilini 0 dan o’rganish
2. 🇩🇪 Nemis tilini 0 dan o’rganish
3. 🇹🇷 Turk tilini 0 dan o’rganish
4. 🇷🇺 Rus tilini 0 dan o’rganish
5. 🇺🇿 O’zbek tili (xorijliklar uchun)
😉 Ushbu xabarni xorijiy tillarni o‘rganmoqchi bo‘lgan barcha yaqinlaringizga ulashishingiz mumkin!
🔎 t.me/yoshkitobxonuz
⚡️@kitobxontestbot’da “Yosh kitobxon” onlayn olimpiadasi!
Bilimlaringizni ishga soling va @kitobxontestbot’da test ishlab, qimmatbaho sovog‘alarni qo‘lga kiriting! Noutbuk, planshet va bestseller kitoblardan biri aynan sizniki bo‘lishi mumkin. Tez orada yangi-yangi turlar ochiladi. Tayyor turing!
Hoziroq ishtirok eting 👉 @kitobxontestbot