yoshkitobxonuz | Неотсортированное

Telegram-канал yoshkitobxonuz - “Yosh kitobxon” INFO

119356

Respublika «Yosh kitobxon» tanlovining rasmiy sahifalari: 🔸Facebook.com/Yoshkitobxon.uz 🔸Instagram.com/yoshkitobxonuz 🔸YouTube.com/channel/UCn6yaYA6UNKrL6AnJhRXdQA 📩Murojaat uchun: @Kitobxonmurojaatbot

Подписаться на канал

“Yosh kitobxon” INFO

#kitob_tavsiya

Fantastik asarlar yoqadimi sizga?

Herbert Uells
📖 "Dunyolar jangi"


Asar voqealari London bilan bogʻliq boʻlib, bir yozuvchining tilidan hikoya qilinadi. U marsliklar Yerga tushgandan boshlab oʻz koʻrgan-kechirganlari, tutqunlikdagi hayoti, shaxsiy qarashlari, marsliklarni qanday kuzatganlarini tasvirlab beradi. Voqealar ham sodda tilda bayon qilingan. Aslida fantastik asarlarda ham hayotda uchraydigan achchiq haqiqatlar uchrab turadi. Qanchalik fantastik boʻlmasin koʻp narsa olish mumkin.

Xullas, oʻzingizga tegishli boʻlmagan olamga hech qachon qadam bosmang, doim oʻzingiznikilarning yaqinida boʻling. Boshqa olamlar har doim ham sizga omad olib kelmasligi mumkin. Ana shunaqa gaplar, kitobni fantastik asarlarni oʻta sevuvchilarga tavsiya qilamiz.

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#kechki_mutolaa

Jiddadagi qirol Abdulaziz universitetida oʻquvchi bir yigit hikoya qiladi:

Universitet imtihonlari yaqinlashib qolganda dadam qattiq ogʻrib qoldilar. Boshlarida turib tuzuk tayyorlana olmadim. Imtihon kuniga bir kun qolganida dadam ahvoli ogʻirlashib, kasalxonaga olib ketdim. Oʻsha kechasi tinchlantiruvchi ukollar berib, osma ukolga bogʻlab qoʻyishdi.
Qoʻlimda imtihonga tayyorlanish uchun olib kelgan, darslar xulosasi toʻldirilgan daftarni ushlagancha dadam boshida oʻtirar ekanman, koʻzim ketib qolibdi. Ertalab bomdodga yaqin uygʻondim. Dadam oʻzlariga kelib, ancha yengillab qolgan ekanlar.
- Dada, bugun birozdan soʻng imtihon topshiraman, duo qiling, - dedim.
Qoʻllarini koʻtarib duo qildilar.
Ertalab universitetga ketdim. Imtihonga kirdim. Imtihon varaqasini koʻrib, savollarni oʻqib tarvuzim qoʻltigʻimdan tushdi. Dars paytida yaxshi oʻzlashtirgan mavzularni ham dadam xasta boʻlgan oxirgi kunlardagi tashvishim, asabiylashishim tufayli unutgandek edim. Boshimni changallab oʻtirib, savollarga javob berishga harakat qildim. Vahimaning zoʻridan javobini bilgan savollar ham miyamda bir-biriga qorishib ketgan edi. Varaqada kelgan oltmish savolning anchasiga xato yozib chiqdim. Bergan javoblarimni kitoblarda kelgan maʼlumotlarga solishtirib tamoman umidim uzildi. Yiqilishim aniq edi.
Bir-ikki kundan soʻng imtihon natijalari eʼlon qilindi. Hamma devorda osilgan roʻyxatga chopdi. Istar-istamas bordim. Roʻyxatdan ismimni izlar ekanman, ismimdan koʻra hammanikidan ajralib turgan natijaga koʻzim tushdi.. Menga toʻliq baho qoʻyilgan edi! Koʻzlarimga ishonmadim. Koʻzimni ishqalab yana qayta qaradim. Baho toʻliq qoʻyilgan. Bunga shubha yoʻq edi. Endi xayolimga boshqa ehtimol keldi: "ustoz yanglishipti.. boshqaning bahosini menga qoʻyib yuboripti".
Ustozdan buning haqiqatini soʻrab bilish uchun uning xonasiga kirdim.
- Kel, - dedi u. - Nima xizmat?
- Domla, imtihon natijasining anigʻini bilish uchun kirdim, - dedim. - Menga aniq necha baho qoʻyilgan?
- Isming nima edi?
- Faysal.
- Xoʻsh..., - dedi u roʻyxatni koʻzdan kechirib. - Sen toʻliq baho olibsan, xotirjam boʻl.
- Imtihon varaqamni koʻra olamanmi? - dedim men.
- Bilasanmi, - dedi u peshonasini bir qashlab olib. - Imtihon varaqalarini uy balkonida tekshirayotgan edim. Shamol qoʻzgʻalib, varaqalardan birini uchirib ketdi. Farzandlar bilan qancha izlasak ham topa olmadik. Studentlar roʻyxatini tekshirib, varaqa senga oidligini oʻrgandim. Senga zulm boʻlmasin deya eng yuqori bahoni qoʻydim.
Men unga boshimdan oʻtgan voqeani roʻyi rost hammasini aytib berdim.
- Unda buni dadangga qilgan xizmating evaziga berilgan Alloh inʼomi deb bil. Shu zaylda xizmatda davom et, kam boʻlmaysan, - dedi ustoz.

Sayfulloh Nosirxon Toʻra.

/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#maslahat

XX asrning buyuk investori deb ataluvchi Uorren Baffet Kolumbiya universiteti talabalari oldida chiqish qildi. Talabalardan biri investitsion kelajakda karera uchun yaxshiroq tayyorlanishda nima qilish kerakligi haqida savol berdi.

Biroz o‘ylab olgach, Uorren o‘zi bilan olib kelgan hujjatlar va savdo hisobotlari to‘plamini olib, shunday dedi: «Har kuni 500 ta ana shunday varaqlarni o‘qing. Bilim murakkab foizlar kabi to‘planib boradi. Har kim buni amalga oshira oladi, biroq kafolat beramanki, ko‘pchilik bunday qilmaydi».

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#yoshkitobxon_hayotidan

Surxondaryo viloyatida «Yosh kitobxon»  tanlovi bo'lib o'tdi

❗️Yosh kitobxon tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi 15-19 yosh toifasidagi g‘oliblar:

 1-oʻrin Tojimurodova Xurshida Rashidovna - Oltinsoy tumani Obod turmush mahallasi;

2-oʻrin Xazratqulova Shoxsanam  Sharofiddinovna - Shoʻrchi tumani Xushchekka mahallasi;

3-oʻrin Bozorov Yusufbek Yaxshiboyevich  - Termiz shahar Nurli kelajak mahallasi.

❗️Yosh kitobxon tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi 20-30 yosh toifasidagi g‘oliblar:

1-oʻrin Shotemirov Sanjar Xolmoʻmin ogʻli - Termiz shahar  A.Navoiy mahallasi;

2-oʻrin Ziyodullayeva Sabrina Narzulla qizi  - Sariosiyo tumani Madankon mahallasi;

3-oʻrin Nurmurodova Farogʻat Rustam qizi  - Angor tumani  Markaz mahallasi.

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#yoshkitobxon_hayotidan

✅Termiz shahrida Besh tashabbus olimpiadasi doirasidagi «Yosh kitobxon»  tanlovining 10-14-yosh toifasida viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

1-oʻrin Normurodov Diyorbek Dilmurod oʻgʻli - Boysun tumani Bogʻibolo mahallasi;

2-oʻrin Normamatova Feruza Said qizi -
Muzrabot tumani Fayziobod mahallasi;

3-oʻrin Farmonova Zebarniso Alijonovna -
Termiz shahar Bogʻzor mahallasining yosh kitobxoniga nasib etdi.

Yoshlar ishlari agengligidan yuborilgan sovg‘alar o‘z egalariga taqdim etildi.

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

“Yosh kitobxon” tanlovi Jizzax viloyat bosqichiga start berildi

⚡️ Tanlovning 10-14 yosh toifasidagi Jizzax viloyati bosqichi bilimlar bellashuvi boshlandi.

Telegram sahifamiz👉@Jizzax_yoshlar_agentligi

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#adiblar_olamidan

10 ta fakt loyihasining navbatdagi qahramoni – sirdaryolik olim Farobiydir

👉Yetti tilda bemalol so‘zlashadigan yoshlar haqida eshitib qolamiz, xavasimiz ortadi ularga. Yetmish tilni bilish esa xayratimizga sig‘maydi. Umr bo‘yi o‘qib, izlangan, dunyo olimlari tomonidan e'tirof etilgan, hayotini hech kunini kitobsiz o‘tkazmagan buyuk Farobiy haqida quyida 10 ta fakt keltiramiz!

Batafsil o‘qish: LINK

#iqtiboslar

"Bogʻdodga kelishidan avval turk va boshqa tillarda soʻzlashgan, lekin arab tilida emas, biroq, umrining oxiriga kelib yetmishga yaqin tilni bilgan."

"Aytishlaricha, oʻlimidan soʻng mozori yonida podshoning oʻzi toʻrt qamish ustida namoz oʻqigan."

"Uning fikricha, barchasining boshi har doimgiday Alloh. Oʻrtasi — borliq iyerarxiyasi. Odamzod — dunyoni anglab, unda harakatlanuvchi nogiron. Oxiri — chinakam baxtga erishish."

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

Rivojlanishda davom eting!

"​Doimo harakatda boʻlish kerak. Chunki toʻxtaganni oʻtirgisi, oʻtirganni yotgisi, yotganni esa uxlagisi keladi."

© Al-Xorazmiy

🔎
/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

Faktlar turkumidan:G‘afur G‘ulom

1903 yilning 10 may kuni Toshkentda, dehqonlar oilasida tugʻilgan.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi.

Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini oʻzbek tiliga mohirona tarjimasi bilan mashhur.

Davomini o‘qish

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

"Yosh kitobxon" tanlovining hududiy bosqichlari qachon bo‘lib o‘tadi?

⚡️Tez kunda "Yosh kitobxon" tanlovining hududiy bosqichi boshlanadi. Tanlov o‘tkaziladigan sanalari bilan yuqoridagi jadvalda hududlar kesimida tanishing!

ℹ️ Ma'lumot o‘rnida: To‘rtinchi bosqich tanlovning hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi bo‘lib, noyabr-dekabr oylari davomida quyidagi 2 ta shart asosida o‘tkaziladi:

1️⃣ “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.

2️⃣ “Tezkor savol-javob” sharti.

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#bu_fakt

Faktlar turkumi: Buyuklar hayotidan

© Ibn Sino 10 yoshidayoq Qurʼonni yod oʻqigan.

© Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini 27 yoshida yozib tugatgan.

© Hamid Olimjon 35 yoshida hayotdan koʻz yumgan va unga qadar buyuk shoir bo'lib tanila oldi.

© Abdulla Qodiriy “Oʻtgan kunlar”ni 28 yoshida eʼlon qilgan.

© Usmon Nosirning birinchi kitobi 20 yoshida chiqdi.

© Navoiy 10 yoshida sheʼrlari bilan tanilgan.

© Bobur 12 yoshida podshoh boʻlgan.

/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

Buyuk Olmon shoirining iqrori

Men dunyo tarixini oʻqib shunday xulosaga keldim: dunyo podshohlari toʻplagan jami saltanatu boylik, qasrlaru saroylar Muhammad alayhissalomning yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan...

Iogann Volfgang GYOTE

🔎
/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#savol_time

Kitob o‘qishni yoqtirmaydigan do‘stingizga qaysi asarni tavsiya qilardingiz?

O‘qishni istamaganlarnida o‘qishga majbur etadigan asarlar bisyor💁

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#kitob_tavsiya

​​🕰 Hammaga bir kunda 24 soat imkoniyat beriladi. Shu vaqtni qanday oʻtkazayotganingizni hech tahlil qilgansizmi? Hayotda mana shu soatlardan unumli foydalana olgan insonlargina koʻproq muvaffaqiyatga erishishadi. Piter Drukerni bejizga «Zamonaviy menejmentning otasi» deyishmaydi. Bunga uning «Har kuni Druker bilan» kitobini oʻqib amin boʻlishingiz mumkin.

📖 Ushbu kitobda yilning 365 kuni maʼlum mavzularga bagʻishlangan boʻlib, sizga har kungi muhim eslatmalarni berib boradi. Bundagi har bir jumla Drukerning boshqa kitoblaridagi eng muhim taʼkidlarni oʻzida jamlagan.

📝 Kunni aniq amaliy topshiriqlar bilan oʻtkazing. Bunda esa sizga kundalik shaklidagi ushbu kitob yordam beradi. Vaqtni shaxsiy va umum manfaatlari uchun boshqarishning yoʻllari bilan tanishing va qoʻllang. Hayotingiz yaxshi tomonga oʻzgarganini sezmay qolasiz ))

Kitob: «Har kuni Druker bilan»
Muallif: Piter Druker, Jozef Makyarello

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

👉"Ayol ona demakdir"

👉 "Ona jannat oyog'i ostida bo'lgan zot"

👉"Har bir omadli erkakning ortida ķuchli ayol bo'ladi"

O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir ayollarga ehtiromini ajoyib ash'or ila izhor etgan.

Asarlarda ona haqida o'qiganlaringizni yodga oling va izohlarda ularni o'qishdan mamnun bo'lamiz!😊

/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#tanlov_nizomidan

‼️To‘rtinchi bosqich tanlovning hududiy bosqichi bo‘lib, noyabr-dekabr oylari davomida quyidagi 2 ta shart asosida o‘tkaziladi:

1⃣“Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.

Ushbu shartda o‘zbek
va jahon adabiyotiga oid tegishli kitoblarning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyatini ishtirokchilardan sharhlab berishi so‘raladi.

❕Ishtirokchilar badiiy asar nomini bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.

2⃣“Tezkor savol-javob” sharti.

Ushbu shartda Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlardan tuzilgan 5 ta savolga 5 ta javob berish so‘raladi.

❕Tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt ajratilmaydi, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.


‼️Har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Respublika bosqichiga yo‘llanma oladi.

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

⚡️@kitobxontestbot orqali olimpiadada g‘olib bo‘layotgan yoshlar taqdirlanmoqda

17-noyabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar markazida @kitobxontestbot orqali o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” onlayn olimpiadasida eng yuqori natijaga erishgan yoshlardan bir guruhi noutbuk va planshet bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, shu kuni Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Bilim uchun 100 million” olimpiadasining 1-o‘rin sohibi 100 mln so‘m, 99 nafar final qatnashchisi 1 mln so‘mdan, “Bilimdon talaba” onlayn olimpiadasida g‘olib bo‘lgan 50 nafar talaba 1 mln so'mdan pul mukofotlari bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, @kitobxontestbot orqali o‘tkazilayotgan onlayn olimpiadalarda qatnashib, siz ham noutbuk va planshet kabi qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritishingiz mumkin. Albatta, ishtirok eting!

@yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#saharxanda

— Ustoz, pulimni qayerga berkitsam hech kim topolmaydi?
— Kitoblar ichiga berkit, inim.
— Kitoblar ichiga!?
— Ha... Xotirjam boʻl! Odamlar kitob varaqlamay qoʻyishgan...

Kitob o‘qib boyib ketishingiz haqida hech aytishganmi?! 😇😉

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#yoshkitobxon

“Yosh kitobxon” tanlovining 20-30 yosh toifasida Jizzax viloyati bosqichi o'tkazildi.

🏆Tanlov g‘oliblari quyidagilar:

🥇-o'rin Jabborov Diyorbek
Sindor oʻgʻli
- Baxmal tumani;

🥈-o'rin Tursunboyev Shohruh
Shoirbek o‘g‘li - Mirzacho'l tumani;

🥉-o'rin Temirov Nurali Abdujalil o'gli Jizzax shahri.

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#tonggi_kayfiyat

* * *
Mudroq bosgan dilim,
Aytaman bir sir,
Tangri uyquni-da
Pallada tortar.
Uyqu – ham
Nasiyaga berilgan umr,
Uyqung ortgan sayin
Qarzing ham ortar…

Muhammad Yusuf

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

She'riyat

BAGʻISHLOV
(«Naxshon» dostonidan)


Bogʻlarga namozgar
Salqini tushdi,
Gullar nam bargini
Qayirdi asta.
Oftob ham suv ichar
Togʻlardan pastda,
Loladek qip-qizil
Oʻt shafaq oʻchdi.

Koʻz tutdim
Koʻzlarim nigaron boʻldi;
O, dilbar,
Simbarim, yuzlari qirmiz.
Kiprigi koʻksiga
Soya solgan qiz,

Koʻz tutdim,
Yuragim toʻla qon boʻldi.

Shabboda bolariday
Gulzor uzra shoʻx Oy fonarini
Yoqdi - qiz oqshom, Yasha!
Sen kelding,
Sevgilim, Naxshon,
Suv qizi - suvsarim,
Kipriklari oʻq.
Sen kelding,
Koʻnglimga suv kabi oqding.

Sen kelding -
Ruhimda yashash boshlandi,
Sevinchdan koʻzlarim
Behol yoshlandi.
Sen kelding,
Sheʼrimga chechaklar taqding.
Sen kelding,
Vaʼdaga vafodor malak,
Oppoq qoʻlingnimi
Siypalab oʻpay?
Qora sochingnimi
Siypalab oʻray?
Vaʼda etayinmi,
Senga deb falak?

Arzirdi
Falakni etsam hadya,
Afsus...
Fazo menga hali qul emas,
Mayli... borimni
Aylay armugʻon.
Garchi u
Ajoyib, asl gul emas,
Naxshon, ey yoshligim,
Sevgilim, ma, ol!

Ishqimning eng oliy
Tuhfasi sheʼrim.
Oʻqi! Lablaringdan toʻyib emgani,
Sheʼrimga berkindi
Ataylab mehrim.

Usmon Nosir

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#mashhurlar_haqida

⚡️Frans Kafka eng kamtarin odamlardan edi...

U yozgan narsalarini deyarli nashr qilmagan, lekin u har doim asarlarini Pragadagi uchta do'stiga baland ovozda o'qib berardi.

Og'ir kasal bo'lganida, u do'sti Maks Broddan o'limidan keyin barcha asarlarini, shu jumladan tugallanmagan bir nechta romanlarini yoqib yuborishni so'raydi.

🔥 Brod bu talabni bajarmaydi, aksincha, Kafkaga butun dunyo shuhratini olib kelgan asarlarini nashr ettiradi.

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

Besh tashabbus olimpiadasi g‘oliblariga qanday sovg‘alar beriladi?

Bugun jamoamiz bilan birgalikda “Besh tashabbus” olimpiadasi g‘oliblariga taqdim etiladigan sovg‘alarni ko‘zdan kechirib, hududlarimiz tomon kuzatdik.

📹 HD video

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#mutolaa

Hayot falsafasi

◾️Falsafa fanidan dars oʻtayotgan professor auditoriyaga qoʻlida stakan koʻtargancha kirib keldi. U hamma koʻrishi uchun stakanni balandroq koʻtardi.

Buning ogʻirligini biladiganlar bormi? – soʻradi u.

50 mg!..

– 100 mg!..

– 25 mg!.. –
degan javoblar yangradi.

Batafsil o‘qish

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#adib_hayotidan
#videorolik

"Insonni tug'ish va o'stirish qanchalar qiyin, o'ldirish esa oson"

Ch. Aytmatov

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

⚡️“Bilimdon talaba” onlayn olimpiadasiga start berildi

17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni
munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi talaba-yoshlar o‘rtasida “Bilimdon talaba” onlayn olimpiadasiga start berdi.

Bunda @uzaqlbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, unda taqdim etiladigan 50 ta savolni 1 soat vaqt ichida ishlash talab etiladi.

Olimpiada 13-noyabr kuni soat 20:00 da yakunlanadi va g‘oliblar e’lon qilinadi. Eng yuqori ball to‘plagan 50 nafar talaba 1 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bilimlar va mantiqni ishga soling, albatta, ishtirok eting: 👉 @uzaqlbot

🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

#kechki_mutolaa

Amerikada hammaga mashhur bir sudya bor. Nihoyatda adolatli. Oʻsha sudya bir safar oʻn besh yoshli bir bola ustidan hukm qildi. Bola doʻkondan non va pishloq oʻgʻirlagan ekan. Bola qochish asnosida tokchalardan birini ham sindirgan.

Hodisa tafsilotini eshitgan sudya boladan soʻradi:

Davomini o‘qish👇

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

🕵🏼‍♂️ "Jinoyat va jazo" asaridan

⚡️ Kambag‘allik ayb emas, biroq yo‘qchilik bu – illat. Siz kambag‘alchilikda hali o‘zingizning tug‘ma olijanob fazilatlaringizni saqlab qolgan bo‘lasiz, yo‘qchilikda esa ularni hech qachon va hech kim saqlab qola bilmaydi.

⚡️ Hayot menga bir marta beriladi va boshqa hech qachon qaytib kelmaydi: men «umum baxti» qachon kelarkin, deb kutib o‘tirishni istamadim va istamayman. Men o‘zim ham yashashni istayman, bo‘lmasa, yashashning ham keragi yo‘q.

⚡️ Berkitadigan narsasi bo‘lmagan kishilar o‘zlarini baxtli deb bilsalar arziydi.

⚡️ Boshqalar nima derkan, deb o‘tirish ojizlikning birinchi belgisidir!


🔎/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

​​#iqtibos

🌱 Ikki asosiy omil sizning keyingi besh yil ichida qanday inson boʻlishingizni hal qiladi: siz muloqot qiladigan odamlar va siz oʻqigan kitoblar.

© Robin Sharma

/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…

“Yosh kitobxon” INFO

​​#fakt #bilasizmi

Dunyodagi eng koʻp nusxada tarqatilgan kitob, shubhasiz, Injil hisoblanadi.

Eng qizigʻi, bu kitobda “oʻgʻirlama” deya xitob qilingan boʻlsada, Injil eng koʻp oʻgʻirlanuvchi kitoblar orasida ham yetakchi.

/channel/yoshkitobxonuz

Читать полностью…
Подписаться на канал