#ozingizni_sinab_koring
📖 SUYGULIK
Ikkala chakkangga tushibdi-ya oq,
Menda beparvolik, men sababkormen.
Sen ham oʻtmagin toq, men ham oʻtmay toq,
Kechirim soʻrayman, oʻta aybdormen.
Sen mening shoʻrimsan, koʻrguligimsan,
Sen mening peshanam, kuyguligimsan.
Boshimga koʻtarib yurguligimsan,
U dunyo, bu dunyo suyguligimsan.
❓Sheʼr muallifini toping?
🔎/channel/yoshkitobxonuz
📚Tanlovda o‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblardan👆👆👆
#iqtibos
📖 «Dunyoning ishlari qiziq ekan. Eng odil mavjudot inson deymiz-u baʼzan odamning arzimagan narsaga aqli yetmay qoladi. Bir paqirga qimmat, oʻtkinchi ikir-chikirlar uchun jon kuydiradi-yu, eng bebaho xazinasidan– salomatligidan judo bulayotganini oʻylab oʻtirmaydi»
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#iqtibos
💡"Odamlarni “ha” deb aytishga majbur qilishni bilmaydiganlar, odatda, omadsiz boʻladi, bilganlar esa muvaffaqiyatlarga erishadi." 💪
✍️ Robert Chaldini
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#statistika
«Yosh kitobxon»ga ro‘yxatdan o‘tganlar haqida ma’lumot 👇👇👇
📎Jami ro'yxatdan o'tganlar: 3686
Hududlar kesimida:
Andijon viloyati — 246
Buxoro viloyati — 355
Fargʻona viloyati — 369
Jizzax viloyati — 203
Namangan viloyati — 249
Navoiy viloyati — 214
Qashqadaryo viloyati — 372
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 167
Samarqand viloyati — 388
Sirdaryo viloyati — 101
Surxondaryo viloyati — 205
Toshkent shahri — 260
Toshkent viloyati — 319
Xorazm viloyati — 238
🔎/channel/yoshkitobxonuz(21.05.2022. Soat 16:31:03 holatiga)
Tanlovda o‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblardan👆👆👆
#asardan_parcha #iqtibos
Koʻngil ozodadir dunyoga arzu ehtiyoj etmas...
"Odam Ato zamonidan beri Rohibarni nomini Gitler malʼun nomi ila chambarchas bogʻladikki, shunday tarixiy haqiqatlar kashf ettikki,biz gumroh bandalarning qoʻlimiz ushlayverib ushlayverib yoqalarni kir qildi.
...
Shoʻrolar yurtini bosib olgan kunim Rohibarni tilidan osib oʻldiraman, deb qasam ichgan ekan battol Gitler..."
❓Sizningcha, Rohibar deganda kim nazarda tutilmoqda?
🔎/channel/yoshkitobxonuz
✍«ALVIDO... BOLALIK», TOHIR MALIK
‼️Tanlovning navbatdagi bosqichida o‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblardan biri elektron variantda taqdim etilmoqda👆👆👆
#asardan_parcha #iqtibos
"Yarim tun. Onda-sonda osmon bagʻrini, yer yuzidagi osudalikni buzib, samolyotlar
uchib oʻtadi. Chigirtkalar chirillaydi. Odamlar uyquda. Goʻyo hammayoq osuda, goʻyo hamma yoqda xotirjamlik. Bizga shunday tuyuladi.
Ammo biz bir necha soat yoki daqiqa ilgari qayerdadir, balki shu shaharda balki yiroq qishloqda oʻgʻrilik qilingan yoki odam oʻldirilgan boʻlishi mumkinligini oʻylamaymiz. Shunday voqeaga duch kelsak, jabrdiydalarga rahmimiz keladi, jinoyatchilarni laʼnatlaymiz.
Keyin oʻz yumush,
tashvishlarimizga bandi boʻlib qolaveramiz. Baʼzan ochiqdan ochiq nafratlanamiz, ulardan hazar qilamiz. Shu insofdanmi..."
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#lider_kundaligi_uchun
Jamiyatni rahbarlar emas, liderlar boshqarishi kerak. Ana shunda rivojlanish, o‘sish va eng muhimi xalq manfaati ustun qo‘yiladi.
❓❓❓Siz bugun kimni lider deb ayta olasiz? 🧐🧐🧐
"Boshliqlar odamlardan foydalanishadi, liderlar insoniylikni bilishadi, ular dunyoni o‘zgartira oladi... "
‼️ESLATIB O‘TAMIZ: «Yosh kitobxon» tanlovining 2022-yilgi mavsumiga @yoshkitobxon_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtish boshlandi. Arizalar qabuli 1-sentabrga qadar davom etadi.🙋♂🙋♀
🔎/channel/yoshkitobxonuz
Rivojlanishda davom eting!
"Doimo harakatda boʻlish kerak. Chunki toʻxtaganni oʻtirgisi, oʻtirganni yotgisi, yotganni esa uxlagisi keladi."
© Al-Xorazmiy
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#iqtibos
"Yaxshi yoki yomon odamlar mavjud emas. Chiroyli yoki xunuk odamlar ham mavjud emas. Faqat ikki xil odamlar bor: biz yoqtiradigan va biz yoqtirmaydigan."
© Anton Chexov
👉 🔎/channel/yoshkitobxonuz
#iqtibos
"Hayotimizda ikki muhim kun bor:
Birinchisi – dunyoga kelgan kunimiz.
Ikkinchisi esa nima uchun dunyoga kelganimizni anglagan kunimiz."
© Mark Tven
👉 🔎/channel/yoshkitobxonuz
#Yosh_kitobxon_2021_dan #savol
❓O‘ZINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Oʻlmas Umarbekovning "Fotima va Zuhra" romanida keltirilgan "taqsim" nimaning nomi?
2. "Oy va sariq chaqa" romanida: "U odamni oʻzligidan mahrum etadi, hatto kelajagini oldindan aniq koʻra oladigan odamlar ham bu masalada aniq bashorat qila olmaydilar" deb nimaga tarif beriladi?
‼️YUQORIDAGI SAVOLLAR "YOSH KITOBXON – 2021" TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHIDA O‘YNALGANDI. SIZ JAVOBNI BILASIZMI, 🙋♂🙋♀ IZOHLARDA YOZIB QOLDIRING?
🔎/channel/yoshkitobxonuz
⚡️«Yosh kitobxon»ni YouTube’da tomosha qiling!
«Yosh kitobxon» tanloviga yoshlarimizning qiziqishi kun sayin tobora ortib bormoqda. Albatta, bu bizni juda quvontiradi. Ushbu tanlovining 2022-yilgi mavsumi respublika bosqichi YouTube tarmog‘idagi kanalimizga to‘liq joylandi. Quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin.
«Yosh kitobxon» 2022-yilgi mavsum. 10-14 yosh toifasi:
➖ 1-shart
➖ 2-shart
➖ 3-shart
➖ 4-shart
➖ 5-shart
«Yosh kitobxon» 2022-yilgi mavsum. 15-19 yosh toifasi:
➖ 1-shart
➖ 2-shart
➖ 3-shart
➖ 4-shart
➖ 5-shart
«Yosh kitobxon» 2022-yilgi mavsum. 20-30 yosh toifasi:
➖ 1-shart
➖ 2-shart
➖ 3-shart
➖ 4-shart
➖ 5-shart
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#iqtibos
MASHHURLAR NIMA DEYDI?
• Yaxshi doʻst, toza vijdon va albatta, yaxshi kitoblar – ideal hayot uchun boshqa narsa , kerak emas!
✍Mark Tven
• Kitob oʻqishga odatlanmagan kishiga, ishonma.
✍Lemoni Sniket
• Maʼnan yetuk kitoblarni tanlab oʻqi. Aks holda, bir dasta qogʻoz hayotingni zaharlashi mumkin.
✍Mark Tven
• Shohona, biroq kutubxonasiz uyga achinaman.
✍Jeyn Ostin
• Koʻpchilik odamlar jonsiz deb bilgan kitob ularga qanchalik savodsiz ekanliklarini isbotlab bera oladi.
✍Oskar Uayld
• Qashshoq boʻlsam ham kitob xarid qilaman. Bundan ortib qolgan pulga esa yegulik yoki kiyim-kechak sotib olaman.
✍Erazm Roterdamus
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#iqtibos
"Hayot shunday ajoyibki: biz bizni sevmaganlar uchun qahramonliklar koʻrsatamiz, ularga erishish uchun qiyinchiliklarni yengib oʻtamiz. Ammo qizigʻi shundaki bizni sevganlar bizni hech qanday qahramonliklarsiz, qiyinchiliklarsiz borimizcha, oddiyligimizcha sevadi. Afsus bu borada bizning koʻzlarimiz koʻr, quloqlarimiz kar."
©Jon Grin (Yulduzlarlar aybdor) asaridan
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#iqtibos
📚 Boy boʻlish qoidalari! - Richard Templer.
Barchamiz boy va muvaffaqiyatli boʻlishni istaymiz, ammo, odatda, boylikga qanday yoʻl bilan erishish mumkin ekanini tasavvur ham qilmay, bu haqda faqat nazariy jihatdan fikr yuritamiz.
Birimiz dangasalik qilamiz, yana birimiz qonuniy yoʻl bilan boylikka erishib boʻlmaydi, deb bahona qilamiz, shundaylar ham borki, ular taqdirga tan berib, kambagʻalligicha qolib ketaveradi.
Boy boʻlishning siri shundaki, barcha badavlat kishilar, boshqalardan farqli oʻlaroq, Richard Teplar mazkur kitobda izohlagan qoidalarga amal qiladilar:
📌 “Oʻzingizni xuddi badavlat odamdek tuting, sizda boshqalar kabi, istagan narsangizni qoʻlga kiritish haq-huquqi va imkoniyati yetarli, badavlat boʻlish uchun hech qachon kech emas”. 😎
👉Ushbu qoidalarni oʻziga dastur qilib olgan barcha qatʼiyatli, mehnatsevar, gʻayratli insonlar farovon hayot kechirish uchun oʻz yoʻllarini topishga qodirdirlar.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#yosh_kitobxon
Yorqinjon Xayitboyev — qishloqda tug‘ilgan, mehnatkash dehqon oilasida katta bo‘lgan oddiy bola. «Yosh kitobxon» tanlovi g‘olibi— “Spark” avtomobili sohibi. Havasingiz ortdimi? Sizda ham shunday imkoniyat bor!
"SPARK" YUTIB OLISHNI ISTAYSIZMI?
‼️"YOSH KITOBXON" tanlovi haqida eshitganingiz aniq! Ammo tanlovda qanday ishtirok etishni bilmayapsizmi?🤔
Bu juda oson, @yoshkitobxon_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting, bu yilgi mavsumda o'qilishi kerak bo'lgan kitoblar bilan do'stlashing va albatta, tanlovda sizni muvaffaqiyatli kitobxonlar safida ko'rishdan mamnun bo'lamiz.🤗
Tanlovning respublika bosqichiga chiqqan har bir ishtirokchi pul mukofoti bilan, 1-oʻrin sohibi Prezident sovgʻasi — “Spark” avtomobili bilan taqdirlanadi. Endilikda viloyat bosqichida ham bilimli yoshlarimizni taqdirlash rejalashtirilgan.
⏰Arizalar qabuli 1-sentabrga qadar davom etadi.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#gap_ostidan_gap🙃
Shu latifani kechadan beri eslayapman, har eslaganimda koʻzimga yosh keladi... Shunaqayam qaygʻuli latifa boʻladimi?!
* * *
Amerika iti bilan sovet iti uchrashib qolibdi.
Amerika iti oʻzining turmushi yaxshiligidan maqtanib, sovet itidan soʻrabdi:
— Xoʻsh, sening ishlaring qalay? Sizlarda qayta
qurish boʻlyapti, shekilli?
— Ha, nimasini aytasan. Zanjirimni bir metrga uzaytirib, tovogʻimni ikki metrga surib qoʻyishdi.
✍️"Ichakuzar hangomalar" kitobidan.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
✍Robert KIOSAKI
«BOY OTA, KAMBAG'AL OTA»
Jahon adabiyotining ayni kunda ham eng mashhur kitoblaridan biri.
Bo'sh vaqtingizni mazmunli o'tkazing!😉
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#video
⁉️Yuqoridagi kitobxonga havasingiz kelayotgandir, axir u ota-onasiga ilmi tufayli rahmat keltirdi, mukofotiga "spark" bilan taqdirlandi. Sizchi?
"SPARK" YUTIB OLISHNI ISTAYSIZMI?
‼️"YOSH KITOBXON" tanlovi haqida eshitganingiz aniq! Ammo tanlovda qanday ishtirok etishni bilmayapsizmi?🤔
Bu juda oson, @yoshkitobxon_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting, bu yilgi mavsumda o'qilishi kerak bo'lgan kitoblar bilan do'stlashing va albatta, tanlovda sizni muvaffaqiyatli kitobxonlar safida ko'rishdan mamnun bo'lamiz.🤗
Tanlovning respublika bosqichiga chiqqan har bir ishtirokchi pul mukofoti bilan, 1-oʻrin sohibi Prezident sovgʻasi — “Spark” avtomobili bilan taqdirlanadi. Endilikda viloyat bosqichida ham bilimli yoshlarimizni taqdirlash rejalashtirilgan.
⏰Arizalar qabuli 1-sentabrga qadar davom etadi.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#rasman
“Yosh kitobxon oila” tanlovida foydalaniladigan ADABIYOTLAR ROʻYXATI 👆👆👆
Qatnashish istagidagi kitobxonlar tayyorgarlik qilishlari uchun ayni muddao👍🔥
🔎/channel/yoshkitobxonuz
«Yosh kitobxon»da ishtirok etish uchun qaysi kitoblarni oʻqish kerak?
👆👆👆
#yoshkitobxon
16-maydan boshlab «Yosh kitobxon» tanlovining 2022-yilgi mavsumiga @yoshkitobxon_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtish boshlandi. Arizalar qabuli 1-sentabrga qadar mazkur bot orqali davom etadi.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#bu_qiziq
🏢 Haskell kutubxonasi bir vaqtning oʻzida dunyoning ikki mamlakati – AQSH va Kanadada joylashgan.
Binoning yarmi Amerikaning Derbi-Layn shaharchasida boʻlsa, qolgan yarmi Kanadaning Stensted shahrida.
📚 Kutubxonaga faqat AQSH tomonidan kirish mumkin. Toʻgʻri, ilgari kanadaliklar ham kutubxonadan erkin foydalanishgan. 11 sentyabrdagi terroristik voqealaridan keyin xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Bino oldida AQSH Milliy xavfsizligi xodimlari doimiy ravishda navbatchilik qilishadi.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#bu_qiziq #fakt
Dunyodagi eng katta lugʻat kitob “Nemis lugʻati” (“Deutsches Wortetbuch”) boʻlib, u 1854-yili Yakob va Vilgelm Grimm tomonidan tuzila boshlangan.
💁♂💁♀ Bu ishga keyinchalik turli olimlar hissa qoʻshib, 1971-yili ish yakunlangan. 33 jildlik ushbu lugʻat 34519 betdan iborat.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
⚡️@yoshkitobxon_bot orqali roʻyxatdan oʻtish boshlandi
«Yosh kitobxon» tanlovi 2017-2021-yillar orasida 3 milliondan ortiq yoshlarni qamrab olgan. Birgina 2021-yilgi mavsumida qariyb 555 ming nafar yoshlar roʻyxatdan oʻtib, tanlovda ishtirok etishgan. Koʻproq ma’lumotlar yuqoridagi albomda keltirilgan.
Bugun, 16-maydan boshlab «Yosh kitobxon» tanlovining 2022-yilgi mavsumiga @yoshkitobxon_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtish boshlandi. Arizalar qabuli 1-sentabrga qadar mazkur bot orqali davom etadi.
Eslatib oʻtaman, tanlovda respublika bosqichiga chiqqan har bir ishtirokchi pul mukofotlari bilan, 1-oʻrin sohibi esa Prezident sovgʻasi — “Spark” avtomobili bilan taqdirlanadi. Shuningdek, joriy yildan tanlovning viloyat bosqichida yuqori natijaga erishgan yoshlarni ham taqdirlashni rejalashtiryapmiz.
«Yosh kitobxon» tanlovi boʻyicha foydali havolalar: 👇🏻
➖ Roʻyxatdan oʻtish
➖ Oʻqilishi kerak boʻlgan roʻyxati
➖ 2021-yil finaldagi yoshlarning chiqishlari
@alisher_sadullaev
«Yosh kitobxon»da ishtirok etish uchun qaysi kitoblarni oʻqish kerak? #yoshkitobxon
«Yosh kitobxon» tanlovi 3 ta yosh toifasida — 10-14 yosh, 15-19 yosh va 20-30 yosh toifasida oʻtkaziladi. Yuqoridagi rasmlarda tanlovning yangi mavsumida ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar oʻqishi lozim boʻlgan kitoblar roʻyxati e’lon qilinmoqda.
@alisher_sadullaev
#kun_iqtibosi
✍Tomas Edison
"Bizning eng katta kamchiligimiz, biz juda tez taslim boʻlamiz. Muvaffaqiyatga eltuvchi eng toʻgʻri yoʻl shuki - har doim yana bir marta urinib koʻrishimiz kerak."
#lirik_chekinish
🔊Oila kuni muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!
Shu kun munosabati bilan oilangizdagi qahramoningiz haqida yozishingiz mumkin. Albatta eng yaxshi fikr-mulohazalarni kanalda e'lon qilamiz😉
‼️ #mening_qahramonim chellenjini boshlaymizmi?🙋♀🙋♂
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#Mutolaa
ZARRA MISQOLICHA YAXSHILIK
Bir faqirning qabriga yorugʻ dunyodan uchta tarnov tushib kelibdi. Faqir hayron boʻlib, Allohga yukunibdi:
- Ey, Yaratgan Egam, bu qanday moʻjiza? Tarnovlardan men nima kutay? Javob boʻlibdi:
- Savob...
- Qanday savob?
- Biridan ekkan daraxting va yaratgan bogʻlaringdan savob oqqay.
- Oh, qaniydi. Umrim bino boʻlib bitta nihol koʻkartirgan boʻlsam. Demak, bu tarnovdan umid yoʻq.
- Ikkinchisidan zurriyotlaringdan savob kelgay.
- E voh, bu marhamatdan ham benasibman. Yorugʻ dunyodan befarzand oʻtdim. Orqamdan duo yuboradigan hech kimim yoʻq.
- Uchinchisidan solgan koʻpriklaring, qazigan ariqlaring, qurgan madrasalaring, tegirmonlaringdan savob kelgay.
- Voh, naqadar peshonam shoʻr ekan. Loaqal bittagina ariq qazimabman, eh attang.
Faqir shunday deb afsus va nadomatlar chekib turgan ekan, uchinchi tarnovdan chakillab sharbat toma boshlabdi.
Faqir yana Allohga yukunibdi:
- Ey, hamma narsani bilib-koʻrib turguvchi Zot, bu qandayin marhamat boʻldi? Men qulingni bunchalar siylading?
Javob boʻlibdi:
- Hayotlik paytingda koʻprik qurayotganlarga ikki dona issiq non bilan bir qumgʻon choy eltgan eding. Shu ishing koʻprik qurganlar qatorida koʻrilgan edi. Endi shu koʻprik buzilib bitguncha senga savob kelib turgay...
#mulohaza_sizdan
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#foydali_tavsiyalar
👉 Kitob o‘qish foydali ekanligini bilamiz, ammo uning aynan qanday foydali jihatlari borligi haqida quyida bilib olasiz: 😉
💎Mutolaa asabni tinchlantiradi.
Asabingizni tinchlantirish uchun sayr qilish yoki musiqa tinglashni afzal koʻrasizmi? Sasseks universiteti olimlari esa buning oʻrniga kitob oʻqishni tavsiya qilishadi. Kitob oʻqish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekan. Atigi olti daqiqa kitob oʻqish asabiylashishga barham beradi.
💎Mutolaa uyqusizlikdan qutulishga yordam beradi.
Xotirjam boʻlish va uxlashga yordam beradigan eng yaxshi usul kitob oʻqishdir. Televizor yoki telefondan tarqalayotgan yorqin nur miyaga uygʻonish kerakligi haqida signal yuboradi. Kitob oʻqish esa aksincha taʼsir koʻrsatadi – miya uxlash vaqti boʻlganligini tushunadi.
💎Mutolaa qalbni yumshatadi.
Kitob oʻqish jarayonida oʻquvchi qahramonlar bilan birga boʻladi. Ularning quvonch va tashvishlariga sherik boʻladi. Tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, badiiy asar oʻqigan odam hayotda ham boshqalarning his-tuygʻularini yaxshi tushunar ekan.
💎Mutolaa miya faoliyatini yaxshilaydi.
Emori universiteti olimlari kitob oʻqigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda boʻlishini isbotlashdi. Tadqiqot mualliflari kitob oʻqish miyadagi asab tolalari sonini oshirishini taʼkidlashmoqda.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#bu_fakt
💎O‘qish chet tilini o‘rganishni osonlashtiradi🧐
Doimiy ravishda kitob o‘qish boshqa tillarni o‘rganishda yangi so‘zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi.
Xorijiy tilni o‘rganayotgan kishi o‘sha tilning adabiyotlarini muntazam o‘qishi orqali tilni qisqa fursatda o‘zlashtirishi mumkinligi olimlar tomonidan isbotlangan.
🔎/channel/yoshkitobxonuz
#foydali_tavsiyalar
Xotirani yaxshilash uchun neyrobika
👉Neyrobika — aql uchun gimnastikadir. Buning uchun:
♻️Odatiy harakatlarni chap qoʻlda bajarishga harakat qiling (chapaqaylar oʻng qoʻlda). Bu miya yarimsharlari orasidagi aloqani kuchaytiradi.
♻️Kundalik yumushlarni yopiq koʻz bilan amalga oshirib koʻring (ovqatlanish, dush qabul qilish). Miya sezgi aʼzolaridan olingan maʼlumotlarni chuqurroq tahlil qilishga toʻgʻri keladi.
♻️Bir xilda bajaradigan ishlaringizga yangilik kiriting (masalan har kuni qiladigan ish tartibini oʻzgartiring).
♻️«Aql ozuqasi»ga beeʼtibor boʻlmang. Ratsionga mevalar, choy va koʻkatlarda koʻp boʻlgan antioksidantlarni kiriting.
♻️Stol oʻyinlari oʻynang. Turli yoʻllarni tanlash va qadamlarni oldindan hisoblab chiqish miyaga «zanglab» qolmaslikga yordam beradi.
♻️Til o‘rganing. Neyrobiolog mutaxassislar xotirani yaxshilash uchun yangi til oʻrganishni tavsiya qiladilar.
🔎/channel/yoshkitobxonuz