Bu podkastni samarali muloqot qilishni istagan hamma ko’rishi shart!
🔥 “UNDOV”ning navbatdagi soni kommunikatsiya texnikalari, samarali muloqot qilish usullari va so’z tanlash san’atiga bag’ishlanadi! Loyihaning bu galgi mehmoni — tajribali notiq va jurnalist Najot Nur mavzuga doir tajriba hamda sirlarni ulashadi!
Podkastda quyidagi savollarga javob topishingiz mumkin:
• Nutq orqali insonlarni qanday boshqarish mumkin?
• Omma oldida hayajonni yengish usullari qaysilar?
• Samarali muloqot qilish nega kerak?
📹 Havola: https://youtu.be/d-32poBEWCY
📰“Podkastni albatta ko‘raman!” – deganlar, chaqmoq bosing⚡️
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
⚡️Yoshlar uchun yana bir imkoniyat!
⏳24-noyabr soat 10:00 da Xalqlar do'stligi saroyida "25 yoshgacha biznes boshlaganlar" forumi bo'lib o'tadi. Forumda Startup loyihalari tanlovi hamda "Top Menejer Auksioni" bo'lib o'tadi.
Men ham ushbu tadbirda Spiker sifatida ishtirok etaman, sizlarni ham ushbu forumga taklif qilaman.
Forumda ishtirok etish uchun;
➖Pastdagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting;
➖Kelajakdagi maqsadingizni 1 ta gap bilan ifodalab bering;
Ro'yxatdan o'tish muddati: 🗓23-noyabr, ⏰18:00.
https://forms.gle/By5EixHmcH4HWs668
Manzil: Xalqlar do'stligi san'at saroyi
⚡️Yoshlar uchun zo'r imkoniyat!
Respublika bo'ylab "Registan" LC 1000 nafar iqtidorli yoshlarga IELTS grantlarini taqdim qilishmoqchi (jami 3,1 mlrd so'mlik grant).
Batafsil: /channel/Registan_LC/1811
Albatta, biz yoshlarga bunday grantlar taqdim etilayotganidan juda xursandmiz.
⚡️Yaqinda, Namangan viloyati, Chortoq tumanidagi "Stanford" o'quv markazi ham 800 million so'mlik grant e'lon qilishgandi. Eng muhimi, o'rganuvchilarga "Spark" avtomobilini ham sovg'a qilishmoqchi.
Batafsil: /channel/stanfordschooluz/95827
Yana qaysi o'quv markazlari grantlar e'lon qilishini xohlar edingiz?
⚡️Obunachilarimiz orasida Samarqandlik yoshlar ham bormi?
Qaysi shahar/tumandansiz? Yoshlar uchun qanday taklif va fikrlaringiz bor? Qaysi o'quv markazida chet tillari yoki zamonaviy kasblarni o'rganasiz?
Bugun Samarqandlik yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazishni reja qilayapmiz.
Bugun 12:00da viloyat yoshlar markazida Sizni kutamiz.
⚡️El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha o‘rganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.
@alisher_sadullaev
"Yetakchi spartakiadasi" musobaqasining hududiy bosqichlari davom etmoqda
muxbir: Muhammadsiddiq Usmonov
#Farg'ona viloyati
09:00 20.11.2024
@hududtv
O’zbekiston A guruhda o’rnini saqlab qoldi
Bugungi g’alaba biz uchun muhim edi. O’yinda ayniqsa jarima maydonchasi ichida qo’l bilan o’ynalgani uchun Umar Eshmurodovga qizil kartochka ko’rsatilgani va penalti belgilanishi, O’tkir Yusupov penaltini qaytargani haqiqiy drama bo’ldi!
Terma jamoamiz esa shundan so’ng 10 nafar futbolchi bilan o’ynadi va ishonchli g’alabaga erishdi. G’alaba sabab O’zbekiston terma jamoasi 13 taga yetkazib olib, A guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o’tamiz uchrashuvdagi golga 44-daqiqada Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi.
Terma jamoa 7-tur uchrashuvini 2025-yilning 20-mart kuni qo‘shni Qirg‘izistonga raqiblik qiladi.
Barakalla, yigitlar!
@alisher_sadullaev
⚡️Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz JCH-2026 saralash bosqichida Shimoliy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O’yin 19-noyabr Toshkent vaqti bilan 17:00 da Ventyan shahrida "Lao" stadionida boshlanadi. Mazkur o’yin “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.
✊Omad yigitlar, biz sizga ishonamiz!
@alisher_sadullaev
#yetakchi_spartakiadasi
Zukko kitobxon tanlovida berilgan kitoblar bo'yicha tezkor savol javoblarga mahalla yetakchilari tezkor tarzda javoblar berdi.
Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 yia_fergana">Youtube 📱 Facebook
#yetakchi_spartakiadasi
Farg'onada mahalladagi yoshlar yetakchilari o'rtasida "Yetakchi spartakiadasi" musobaqalari tashkil etildi.
Spartakiada doirasida "Ibrat farzandlari olimpiadasi intellektual turniri o'tkazilmoqda!
Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 yia_fergana">Youtube 📱 Facebook
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlati bayrog‘ining 33 yilligi munosabati bilan, Farg‘ona viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etilib o‘tkazildi.
Tadbir davomida volontyor yoshlar tomonidan sharaf lentalar, bayroq ramzi tushgan stikerlar tarqatildi.
Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 yia_fergana">Youtube 📱 Facebook
Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi keng nishonlandi
Bugun mamlakatimiz bo‘ylab qutlug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun tantanalari bo‘lib o‘tmoqda. Dunyo uzra mustaqil O‘zbekistonning bayrog‘i hilpiray boshlaganiga mana 33 yil to‘ldi.
Ushbu kun munosabati bilan bugun Farg‘ona shahrida viloyat hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, O‘zbekiston mudofasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida tantanali tadbir tashkil etildi.
Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 yia_fergana">Youtube 📱 Facebook
Farg‘onada “Yetakchi spartakiadasi” sport musobaqalariga start berildi.
Farg‘ona viloyatida “Yetakchi spartakiadasi” viloyat bosqichining sport musobaqalari bo‘yicha mintaqaviy saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
19 ta tuman, shahar jamolari spartakiada doirasida sportning mini futbol va gandbol turi bo‘yicha 2 ta hududda, Dang‘ara va Qo‘shtepa tumanlarida o‘zaro bellashdilar. Noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, o‘tkazilgan bellashuvlar qizg‘in va hayajonli daqiqalarga boy bo‘ldi.
Mintaqaviy bahslarda g‘olib jamoalar keyingi - viloyat bosqichi asosiy bellashuvlarida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.
Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 yia_fergana">Youtube 📱 Facebook
Farg’onada “Bolalar harakati” maktab sardorlari saylovi qizg‘in davom etmoqda
🇺🇿 Joriy yilning 12-16-noyabr kunlari mamlakatimizning barcha umumta’lim maktablarida “Bolalar harakati” Maktab Sardorlari saylovi bo‘lib o‘tmoqda.
🎬 Rishton tumanida joylashgan 27-IDUM da tashkil etilgan saylov jarayonlarinda ham barcha yo’nalishga munosib nomzodlar saylandi!
#Bolalar_harakati
#Maktab_sardorlari
#Fargona_viloyati
#Rishton_tuman
#Millat_bayrogʼi
🇺🇿 Magʻrur hilpirayotgan bayrogʻimiz yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-obodlik, millatlararo totuvlik, qut-baraka va kelajakka boʻlgan mustahkam ishonch ramzi sifatida qalbimizga tuganmas iftixor bagʻishlaydi. Bayrog‘imiz— bizning g‘ururimiz!
🇺🇿 #Millat_bayrogʼi chellenjida siz ham faol ishtirok eting!
Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 yia_fergana">Youtube 📱 Facebook
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent atrofida "yashil belbog’” barpo etish doirasidagi daraxt ekish tadbirida ishtirok etdi.
@alisher_sadullaev
📣Farg’onada Sardorlar Saylovi qizg’in pallaga kirmoqda!
🛎️Navbatdagi manzil Rishton tumani!
Farg’ona Viloyati Rishton tumanida “Bolalar harakati” tuman sardorlar saylovi bo‘lib o‘tdi
Do'stlar, Samarqandda xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o'qitadigan qaysi qaysi o'quv markazlariga borsak bo'ladi?
Bizga, tashabbuskor va zamonaviy yondashuvlar bilan ishlayotgan markazlarni topishda ko'maklashing.
Izohlarda ularning kuchli taraflari va markaz nomini yozib qoldiring.
⚡️ Sardorlar saylovi davom etmoqda
Ayni damda Farg‘ona viloyatida O'zbekiston bolalar tashkilotining "Bolalar harakati" sardorlari saylovlari davom etmoqda. Sinf va maktab sardori saylovlari yakunlanib, tuman, shahar sardorlar kengashi uchun saylovlar o'tkazilmoqda.
📣 Bugun Buvayda tumanida o'tkazilgan saylovda ham tuman sadrori bo'lish niyatidagi o'quvchi-yoshlar o'zlarining taqdimotlari, kelgusidagi rejalari bilan jami 342 nafar nomzodlar ishtirok etdilar. Eng munosib deb tan olingan 7 nafar nomzod "Bolalar harakati" Buvayda tumani sadrorlar kengashi sardori etib saylandi.
Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 yia_fergana">Youtube 📱 Facebook
Prezidentimiz Abdulla Aripov nomzodini deputatlar muhokamasiga taqdim etdi.
Prezident Yangi O‘zbekistonimiz yangi parlamenti bilan birga o‘z taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga qadam qo‘yayotganini ta’kidladi. Bu yangi davrda kechagi talab va mezonlar bilan, eskicha ishlab bo‘lmasligi qayd etildi.
Shu bois Hukumat o‘z faoliyatini mutlaqo yangicha asosda tashkil etishi kerak, buning uchun unga kuchli rahbar, ya’ni, Bosh vazir zarur.
Davlatimiz rahbari bu masalani atroflicha o‘ylab, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini ko‘rsatishga qaror qilganini aytdi.
Abdulla Aripov katta tashkilotchilik salohiyatiga ega bo‘lgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, mas’uliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar ekani ta’kidlandi.
Ushbu nomzod bugun Hukumat oldiga qo‘yilgan, ko‘lami va miqyosi benihoya katta bo‘lgan muhim vazifalarni hal etishda Vazirlar Mahkamasi faoliyatini samarali tashkil qilishi, Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlarini birlashtirib, yagona maqsad sari safarbar eta olishiga ishonch bildirildi.
@alisher_sadullaev
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida qatnashmoqda va bir qator masalalarga to’xtalib o’tmoqda.
O‘tgan davrda 25 mingdan ziyod xususiy bog‘cha, 70 ga yaqin nodavlat oliygohi tashkil etilib, qamrov maktabgacha ta’limda – 74 foizdan, oliy ta’limda esa – 39 foizdan oshdi.
Ijtimoiy xizmatlar tizimida ham katta islohotlar bo‘lmoqda. Barcha hududlarda “Inson markazlari” ochilib, ijtimoiy xodimlar tomonidan bevosita mahallalarda aholiga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida azmu shijoatli sportchilarimiz chinakam rekord natijalarni qayd etib, jami 39 ta medal, jumladan 18 ta oltin medalni qo‘lga kiritdilar.
“O‘zbekiston tarixida ilgari hech qachon bo‘lmagan bunday yutuqlar barchamizga yangi kuch-g‘ayrat baxsh etishi tabiiydir”, - dedi davlatimiz rahbari.
@alisher_sadullaev
Yetakchilar spartakiadasi nihoyasiga yetdi natijalar bilan tanishing:
👫 Jamoaviy bahslarda:
Mini futbol bo‘yicha - Farg‘ona shahar jamoasi
Qo‘l to‘pi (gandbol) bo‘yicha - Farg‘ona shahar jamoasi
Voleybol (ayol-qizlar) bo‘yicha - Buvayda tumani jamoasi
“Zakovat” intellektual o‘yinida - Qo‘shtepa jamoasi
“Zukko kitobxon” tanlovida Qo‘shtepa jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa,
🧍Yakkalik bellashuvlarda:
Stol tennisi (erkaklar) bo‘yicha Farg‘ona shahridan Davron Qosimov (Kimyogar MFY)
Stol tennisi (ayollar) bo‘yicha Buvayda tumanidan Jumagul Meliqo‘ziyeva (Yashnarobod MFY)
Shaxmat (erkaklar) bo‘yicha Beshariq tumanidan Sherzod Turdaliyev (Vatan MFY)
Shaxmat (ayollar) bo‘yicha Qo‘qon shahridan Maftuna Nazarova (Tolzor MFY)
“Ibrat farzandlari” olimpiadasida Qo‘shtepa tumanidan Asadbek Qaxxorov (Fayz MFY)
mutloq g‘olib bo‘ldilar.
Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 yia_fergana">Youtube 📱 Facebook
#yetakchi_spartakiadasi
Viloyatimizning turli hududlaridan kelgan 19 nafar mahalla yetakchilari shaxmat bo’yicha o’zaro bellashdilar.
Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 yia_fergana">Youtube 📱 Facebook
#yetakchi_spartakiadasi
Yoshlar yetakchilari o'rtasida Zakovat intellektual turniri ham tashkil etildi.
O'yin qizg’in tarzda bo'lib o'tdi.
Bizni kuzatishda davom eting
Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 yia_fergana">Youtube 📱 Facebook
"Bundan keyin ham siyosat shunday bo‘ladi. Yoshlarni, ayollarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz!" — Shavkat Mirziyoyev
@alisher_sadullaev
⚡️Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi birinchi majlisi bo'lib o'tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib nutq so'zlamoqda.
➖Markaziy saylov komissiyasining faoliyati sezilarli kuchaygani, professional saylov organlari tashkil etilgani saylovlarning haqqoniy ruhda o‘tishida muhim rolь o‘ynadi.
➖Prezidentimiz saylovlar qonunchilik talablari va xalqaro standartlarga to‘la mos holda o‘tishini ta'minlagan barcha darajadagi saylov komissiyalari, xususan, Markaziy saylov komissiyasiga alohida rahmat aytdi.
➖Saylovlar natijasida Qonunchilik palatasi tarkibi qariyb 60 foizga yangilanib, 87 nafar yangi deputat saylandi.
➖Deputatlarning 11 nafari 35 yoshgacha, ilk bor yoshlar parlamentining 2 nafar vakili Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Ayniqsa, deputatlarning 38 foizini ayollar tashkil etgani mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
➖Tariximizda ilk bor nogironligi bo‘lgan fuqaromiz Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Bu – parlamentimizni tom ma'noda inklyuziv organga aylantirish, ushbu qatlam manfaatlarini yanada keng ifoda etish yo‘lida navbatdagi muhim qadam bo‘lgani e'tirof etildi.
➖Yangi tarkibda 63 nafar deputat qayta saylangani esa parlament ishida uzviylik va professionalizmni ta'minlashga xizmat qilishi qayd etildi.
@alisher_sadullaev
Yoshlar bilan uchrashuvimiz erkin va samimiy muloqot tarzida kechdi.
⠀
Biz ularning orzu-maqsadlari va kelajak rejalari haqida gaplashdik.
⠀
Bugungi kunda xalqimizning ham, Prezidentimizning ham ko‘nglida yoshlarga nisbatan katta ishonch va umid bor.
⠀
Qadrli yoshlar, sizlarni katta hayot, butun O‘zbekiston kutib turibdi.
⠀
—
Наша встреча с молодёжью прошла в свободной и искренней атмосфере.
⠀
Мы поговорили о мечтах, целях и планах молодых людей на будущее.
⠀
Сегодня и наш народ, и наш Президент возлагают большие надежды и доверие на молодёжь.
⠀
Дорогая молодёжь, вас впереди ждёт большая жизнь, вас ждёт вся страна!
📖 So'xda “Yosh kitobxon" tanlovining sektor bosqichiga start berildi
📚 Bugun Respublikamizning barcha hududlarida bo'lgani kabi So'x tumanida ham "Yosh kitobxon" tanlovining sektor bosqichi o‘tkazilmoqda.
💻 2-sektor hududidagi 9ta mahallada g‘oliblikni qo'lga kiritgan iqtidorli kitobxonlar 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifasidagi yoshlar bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
✅ Ushbu bosqichda 10-14 va 15-19 yosh toifasidagi sarikandalik kitobxonlar 2 va 3-o'rin bilan, 20-30 yosh toifasidagi yoshimiz esa 1-o'rin bilan tuman bosqichiga yo'l oldi.
Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 yia_fergana">Youtube 📱 Facebook
#Yosh_kitobxon_tanlovi
Buvayda tumanida ‘‘Besh tashabbus olimpiadasi‘‘ doirasida ‘‘Yosh kitobxon‘‘ Respublika ko‘rik tanlovining sektor bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
📚Kitobxonlar hayajonda, kim uchundir bu bosqich juda osondir, ammo yildan yilga kitobsevarlarni oʻziga chorlayotgan tanlovda qatnashuvchilar soni ortib bormoqda. Tabiiyki, raqobat ham kuchli boʻldi.
Kitobxon yoshlar bellashuvi tumanimizda juda qiziqarli, chiroyli tarzda bo‘lib o‘tmoqda..
✅Sektor bosqichida 🥇🥈🥉o‘rinni egallagan kitobxon yoshlar tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 yia_fergana">Youtube 📱 Facebook