Aziz yoshlar, Sizlar bilan ochiq muloqotimiz 20:30da boshlanadi.
👇/channel/alisher_sadullaev?livestream=40a29044a0eb2c5933
#final
#live
30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar jam bo‘lishdi.
💠 Tadbir davomida viloyat hokimi o'rinbosari Sherzod Rahimov Prezidentning yoshlarga bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
🔰Shuningdek estradamizning yorqin yulduzlari Yorqinxo'ja Umarov hamda Nodirbek Xolboyevlar yurdoshlarimizga bayramona shukuh ulashmoqda.
💥Aytib o'tish joizki festival ishtirokchilarini estradamiz yulduzlarining chiqishlari hamda bayram yakunida salyut-shou kutmoqda.
📌 Siz ham davramizga qo‘shiling!
Telegram sahifamiz 👉 @yia_fergana
Bag’dodda bayram kayfiyati
⚡️ Farg’ona viloyatining Bag’dod tumanida minglab yoshlar va keng aholini bir joyda jamlagan festival haqiqiy shouga aylandi.
⚡️ “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi gala-konsert nafaqat yoshlar, balki tuman aholisiga chinakam yoshlar bayrami kayfiyatini ulashdi.
#Yoshlaroyligi #Fargona
Bizning sahifamiz : @yia_fergana
Ayni daqiqalarda, Poytaxtimizdagi “Humo arena” sport saroyida 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tmoqda.
Sizlarni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklab, o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlarga erishishdabarchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, omad va zafarlar tilayman—dedi Prezident oʻz tabrigida.
"HOKIM VA YOSHLAR" UCHRASHUVI
Farg'ona shahrida bo‘lib o‘tgan "Hokim va yoshlar" uchrashuvi katta tantanaga aylandi
“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!”
Bayram davom etadi. “Yoshlar oyligi” ni yuqori kayfiyatda yakunlashga nima deysiz?!
Unda siz uchun yaxshigina taklifimiz bor. 30-iyun soat 20:00da Fargʻona shahri I.Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!”shiori ostidagi madaniy dastur sizni kutmoqda.
Dastur mehmonlari:
Yorqinxo‘ja Umarov
Jo‘rabek Qodirov
Ulug‘bek Shomurodov
Azamchik
Dj. Endigo.
“Yoshlar oyligi” ni yuqori kayfiyatda yakunlang!
Telegram sahifamiz 👉 t.me/yia_Fergana
⚡️Prezidentimiz yoshlar uchun yana bir muhim qarorga imzoga chekdilar.
Qaror qaysi sohalarni rivojlantirishga bag'ishlangan deb o'ylaysiz?
⚡️O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyani yoqadimi?
YouTube'da birinchi bo‘lib monetizatsiyani yoqqan mutaxassis Jan Weichers Toshkentda ertaga bepul master-klass o‘tib beradi. Uzoq yillik tajribaga ega mutaxassislar kontent orqali daromad topish borasida tajribalarini ulashishadi.
Bepul master-klassga ishtirok etish uchun o‘z joyingizni band qiling: forms.gle/BRvPTK4yfzQNwFvy6
💬 Mavzu: Kreativ iqtisodiyot, YouTube'da monetizatsiya yoqish va kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlash
🕔 O‘tkaziladigan vaqt: shanba, 29-iyun soat 14:00
📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyining 1-zali
Endilikda, IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi:
•Ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi;
•IT park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun ularga “ijtimoiy karta” beriladi;
•Yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.
@alisher_sadullaev
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshiradi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi.
@alisher_sadullaev
#yoshlar_oyligi
Rishton tumanida 30 iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida yoshlar forumi gala-konserti bo‘lib o‘tdi.
Tantanani tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov tabrik so‘zi bilan ochib, barcha yoshlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
Shuningdek, "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida o'tkazilgan turli xildagi sport musobaqalar hamda Yoshlar ovozi ko'rik tanlovi tuman bosqichida faxrli o'rinlarni qo'lga kiritgan yoshlarga Diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari tuman hokimi hamda sektor rahbarlari tomonidan tantanali topshirildi
Bayram tadbirida san'atkorlar ijrosida yangragan dilrabo kuy-qo‘shiqlar tantana ishtirokchilariga birdek manzur boʻldi.
📱@yia_fergana
O‘zbekistonda ilk marotaba “Butunjahon yoshlar festivali 2024” doirasidagi tadbirlar Samarqand shahridan boshlandi.
Festivalda ta’lim, innovatsiya, IT, biznes, media, madaniyat, san’at, sport kabi yo‘nalishlarda seminar va uchrashuvlar o‘tkazilishi hamda ularda nufuzli spikerlar qatnashishi rejalashtirilgan.
Soʻlim Soʻxda katta shodiyona!
Janatmakon So'x tumanida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostidagi gala konsert barchani bir davrada jamladi!
#yoshlar_oyligi #Soʻx
Telegram sahifamiz:@yia_fergana
"Qizlar karvoni" loyihasi tashkil etildi
muxbir: Hilola Abduqodirova
#Farg'ona viloyati
@hududtv
Ertaga yoshlar bilan telegram kanali orqali muloqot o"tkazmoqchiman?
Qanday mavzu/soha tanlaymiz? Izohlarda javoblaringizni kutaman.
🤩 Qadrli oʻquvchi-yoshlar va bolalar, sizlar uchun yoz faslining qaynoq yangiligi!
⚡️Kutib oling! Yozgi online "Zakovat" intellektual turniriga start berilmoqda.
🎤 Yoshlar ishlari agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi, Oʻzbekiston bolalar tashkiloti Farg'ona viloyati hududiy boʻlimi tomonidan yoshlarning va bolalarning taʼtildagi boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida online "Zakovat" turniri boʻlib oʻtadi.
🔥 Turnir 1-iyuldan 31-iyul sanasigacha har kuni soat 20:00 dan 20:30 gacha @fargonasardorlari telegram kanalida oʻtkaziladi. Javoblarni @zakovat_tanlov manziliga yoʻllashingiz mumkin boʻladi.
🖇 Taqdim etilgan savollarga tezkor javob berib, 1 oy davomida eng koʻp savollarga javob bergan ishtirokchilar maxsus sovg'alar bilan taqdirlanadilar.
🥇1-oʻrin Televizor
🥈2-oʻrin Smartfon
🥉3-oʻrin Smart soat
#tanlov #onlinezakovat
#fargonasardorlari #repost
🌐Bizning sahifalarimiz
🔅Telegram|@fargonasardorlari.
#Final
#live
“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!”
Aziz yoshlar!
Bilimli, isteʼdodli, oʻzining kuchi va salohiyatiga ishonib, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning istiqboli albatta yorugʻ boʻladi. Biz Oʻzbekiston yoshlarini ana shunday ezgu fazilatlar sohiblari etib tarbiyalash uchun bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Hech qachon unutmang, sizlar yoshlikning har bir daqiqasini gʻanimat bilib, doimo bunyodkorlik va ijodkorlik hissi bilan, Vatanga cheksiz mehr va sadoqat tuygʻusi bilan yashasangiz albatta kam boʻlmaysiz.
30 iyun – Yoshlar kuni muborak bo'lsin!
@alisher_sadullaev
⚡️Prezidentimizning tegishli qaroriga ko‘ra Yoshlar uchun quyidagi yangi imkoniyatlar joriy etildi:
1. Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha (ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarning oʻqish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi;
2. 2024-yil 1-sentabrdan yoshlarning (nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi;
3. Oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi;
4. Ota-onalar va o‘quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yiladi;
5. Xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o‘rgatish bo‘yicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yiladi hamda ularning xalqaro ta’lim standartlariga mos ta’lim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi;
6. Olis va chekka hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi eng yuqori ko‘rsatkichga ega 100 ta xususiy o‘quv markazining ta’lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to‘lovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi;
7. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sinf xonalarini ta’lim jarayonidan bo‘sh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy o‘quv markazlariga berishga ruxsat etiladi.
⚡️Shuningdek qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklandi:
1. Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori bo‘lgan chet tillarini mukammal o‘zlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish;
2. Xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi YATTlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, sohadagi muammolarni muntazam ravishda tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlash;
3. Xususiy o‘quv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori o‘rinni egallaganlarni rag‘batlantirish;
4. Yoshlar orasida kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishni targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy loyihalar, ko‘rik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish.
@alisher_sadullaev
Yosh tadbirkorning imkoniyati cheklangan yoshlarni ish bilan ta’minlash tashabbusiga zarur ko‘mak ko‘rsatiladi.
@alisher_sadullaev
Yoshlar kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qaroriga muvofiq, mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali hamda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.
💐Yuksak e’tirof barchangizga muborak boʻlsin!
@alisher_sadullaev
Yoz mavsumida “Yangi O‘zbekiston vatanparvar yoshlari” dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi.
Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi.
Birgina ta’lim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi. Natijada oliy ta’limda qamrov 9 foizdan 42 foizga, oliygohlar soni esa 77 tadan 212 taga yetdi.
⚡️Bugun yoshlar uchun ko'p yangilik va imkoniyatlar e'lon qilinadi. Yetkazganiga shukr, O'zbekiston va uning Prezidenti yoshlarning rivoji uchun hamma imkoniyatlarni ishga solishga tayyor. Eng muhimi, mehnat qilishdan, ilm ortidan harakat qilishdan hech ham to'xtamaylik.
Читать полностью…30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan bir guruh yoshlar "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi. Jumladan, ulardan ayrimlari:
Xushvaqtova Mo‘tabar Safar qizi - Ijtimoiy tarmoqlardagi “Urikguli” ekologik blogi asoschisi, Toshkent shahri;
Eshonqulov Muhammadali Olimjon o‘g‘li - “Yuksalish” nodavlat taʼlim muassasalari taʼsischisi;
Yusupova Aysanem Azatovna - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi, kinoaktrisa;
Xasanov Xayitboy Xisenjonovich - So‘x tumani “Sarikanda” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Farg‘ona viloyati;
Mullodjanova Munisa Axmadjonovna - O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi loyiha menejeri;
Ismatov Mirshoxid Rivojiddin o‘g‘li - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi "Loyihalar boshqaruvi markazi" nodavlat notijorat tashkiloti videomontajchisi;
Neʼmatov Miraziz Mirali o‘g‘li - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Tanlanganlar” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri;
Xoliqova Guliraʼno Yulchiboy qizi - Rishton tumanidagi "Xoliqov Yo‘lchiboy" fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati;
Ollaberganova Muyassarxon Davlatboy qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali 1-bosqich magistranti, Xorazm viloyati;
Pardayev Ulmasjon Dovurpulat o‘g‘li - Muborak tumani “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Qashqadaryo viloyati;
Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Namangan davlat pedagogika institutidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, Namangan viloyati;
Xudoyberdiyev Shahzod Farxodovich - Sho‘rchi tumani yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati.
📋To'liq ro'yxat
@alisher_sadullaev
#yoshlar_oyligi
#osh_tanlovi
Farg'ona shahridagi yoshlar sayilgohida "Osh tanlovi" bo'lib o'tdi
G'olib ishtirokchilar 30-iyun yoshlar kunida tantanali taqdirlanadilar!
Telegram sahifamiz 👉 @yia_fergana
Millionlab muxlislarni birlashtirgan o‘yin afsonalari O‘zbekistonda
Viloyatlarda bo‘lgan safarlarimiz chog‘ida sportga mehr qo‘ygan, ayniqsa futbolsevar yoshlar bilan ko‘p suhbatlashamiz. "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi "DXX kubogi" musobaqalarida ishtirok etgan va g‘olib bo‘lgan jamoalarda to‘p surib mahallasi uchun kichik futbol infratuzilmasi yutib olgan yoshlarimizni his tuyg‘ulari hamon esimda. Shularni inobatga olib, Yoshlar oyligi doirasida barcha futbol muxlislari uchun jamoamiz va hamkorimiz "BMB Holding" kompaniyasi bilan sovg‘a tayyorlaganmiz.
Jahon futboli yulduzlari, Jahon chempionati, Chempionlar ligasi, Italiya A seriyasi va Germaniya Bundesligasi g‘oliblari mamlakatimizdai. Dida, Panuchchi, Zakkardo va Serjinio singari braziliyalik va italiyalik sobiq o‘yinchilar yoshlarimiz bilan muloqot uchun O‘zbekistonga kelamoqdalar.
Dida - Braziliya terma jamoasining sobiq darvozaboni, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UYEFA chempionlar ligasi g‘olibi.
Kristian Panuchchi – Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi, “Real” va «Milan» jamoalari bilan ikki marta UYEFA chempionlar ligasi g‘olibi.
Kristian Zakkardo – Italiya terma jamoasining sobiq aʼzosi, o‘ng qanot himoyachisi, jahon va Bundesliga chempioni.
Serjinio – Braziliya terma jamoasining sobiq aʼzosi, yarimhimoyachi, jahon chempioni, ikki karra «Milan» klubi bilan UYEFA chempionlar ligasi g‘olibi.
Albatta, mazkur afsonaviy futbolchilarni mamlakatimizga taklif qilish va yoshlar bilan muloqot qilishlarida bizga yaqindan ko‘mak bergan BMB Holding kompaniyasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.
Millionlar o‘yini muxlislari 29 iyun soat 15:00da ko‘rishguncha.
Manzil: Yoshlar ijod saroyi
#yoshlar_oyligi
Farg'ona davlat universiteti rektorat binosida Senat va yoshlar parlamenti a'zolarining yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Telegram sahifamiz:@yia_fergana