#live
"BESHLIK" TIZIMI XODIMLARINI O'QITISH BO'YICHA O'QUV-SEMINAR BO'LIB OʻTDI
✅Fargʻona Davlat universitetida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Fargʻona viloyatida yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir etilayotgan jinoyatchilikni keskin kamaytirish yuzasidan 2023-yil 24-26-avgust kunlari “BESHLIK” tizimi xodimlarini oʻqitish boʻyicha oʻquv-seminarning boʻlib oʻtdi.
✔️Seminar Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ichki ishlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamkorligida tashkil etildi.
Ushbu seminar yakunida viloyat hokimi oʻrinbosari F.Qosimov ham ishtirok etdi va birgalikda jinoyatchilikka qarshi kurashish kerakligini ta’kidladi.
@yia_Fergana
⚽️ Bugun Davlat xavfsizlik xizmati kubogi finali.
Bu yil 250 mingdan ortiq yoshlarni qamrab olgan mazkur turnirning finalchilari:
▶️ Futbol bo’yicha (yigitlar)
Navbahor (Toshkent viloyati) — Turon (Jizzax)
▶️Mini-futbol bo’yicha (yigitlar)
Qamashi (Qashqadaryo) — Yangi Hayot (Toshkent viloyati)
▶️Mini-futbol (qizlar)
Nafis (Samarqand) — To’maris (Xorazm)
Finalni tomosha qilish uchun bugun “Jar” stadioniga 18:00 da kelishingiz mumkin!
@alisher_sadullaev
#live
"BESHLIK" TIZIMI XODIMLARINI O'QITISH BO'YICHA O'QUV-SEMINAR BO'LIB O'TMOQDA
✅ Ayni paytda Fargʻona Davlat universitetida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Fargʻona viloyatida yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir etilayotgan jinoyatchilikni keskin kamaytirish yuzasidan 2023-yil 24-26-avgust kunlari “BESHLIK” tizimi xodimlarini oʻqitish boʻyicha oʻquv-seminarning 1-kuni davom etmoqda.
✔️ Seminar Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ichki ishlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Ushbu seminarda FarDU Yoshlar bilan ishlash, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Z.Rahimov ham o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
@yia_Fergana
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.
Apellatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.
Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2023-yil 24-avgustdan boshlanadi.
@alisher_sadullaev
❗️Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasida maxsus vakolatli organ etib belgilandi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ–863-son, 18.08.2023-y.) bilan “Volontyorlik faoliyati to'g'risida”gi Qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi
Kiritilgan qo'shimchalarga muvofiq, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
🔰 Agentlik, jumladan:
▫️sohada davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
▫️normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
▫️qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritadi.
➡️ Qonun bilan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilandi.
❕Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish bo'yicha vakolatlar berildi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Davlat OTMlarining talabalar turar joyiga onlayn joylashish imkonini beruvchi xizmat ishga tushirildi
2023/2024-oʻquv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan barcha abituriyentlar davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.
Eslatib oʻtamiz, mazkur xizmatdan 2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilingandan soʻng foydalanish mumkin boʻladi. Boisi, platformada 1-bosqich talabalari haqidagi ma’lumotlar 2023-yil qabul parametrlariga muvofiq mandat natijalari asosida yangilanadi.
@alisher_sadullaev
Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani "Koʻklam" mahallasida yashovchi ukamiz Qurbonov Sardor "Yoshlar daftari" tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazilib, 28 million soʻm mablag’ olib, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatib kelmoqda. Sardor hozirda ustaxonasida nafaqat o’zi balki oilasini ham bandligini ta’minlagan.
Biz esa yoshlarga “Yoshlar daftari” orqali yordam berishda davom etamiz.
@alisher_sadullaev
#hayrli_ishlar
Xayrli ishni har kuni takrorlang!
Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona shahar boʻlimi jamoasi, yetakchilari, faol volontyorlar ishtirokida shahrimizdagi mozorlarda obodonlashtirish ishlari oʻtkazildi.
Bunday hayrli ishlar bilan maskanlarimiz obod boʻladi, doʻstlik, jamoaviy uyushqoqlik ruhi koʻtariladi.
Xayrli ishni har kim har kuni qilishi kerak!
Telegram sahifamiz 👉 t.me/yia_Fergana
🗣Ayni paytda “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining Farg'ona viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda.
#live #kópkurash #yoshlarittifoqi #vodiyyoshlari_yi
🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
⚡️Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.
Muloqotning jonli translyatsiyasini “O‘zbekiston 24” telekanalida va Prezident matbuot xizmatining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida va YouTubedagi kanalida tomosha qiling.
@alisher_sadullaev
#qizlar_ovozi
“Biz zoʻravonlikka qarshimiz!”shiori ostidagi “Qizlar ovozi” jamoasining Azot AJ xotin-qizlari uchun tashkillagan tadbiridan videolavha sizlar uchun!
Telegram sahifamiz 👉 t.me/yia_Fergana
#ibrat_academy
Tillarni uydan chiqmay oʻrganing!
Xabaringiz bor, Yoshlar ishlari agentligi, Ibrat farzandlari loyihasi a’zolari tashabbusi bilan qulay dastur “Ibrat Academy” barcha xorijiy til ixlosmandlari uchun taqdim etildi.
Yoshlar ishlari boshqarmasi Fargʻona shahar boʻlimi yoshlar yetakchilari bunday mobil dasturni aholiga tanitish maqsadida bugun ommaviy targʻibot ishlarini bajarishdi.
Aholi gavjum hududlarda tarqatmalar, mobil dastur afzalliklari haqida ma’lumot berishdi.
Barcha hudud yoshlar yetakchilaridan shunday tashabbuslarini kutib qolamiz! Fargʻona shahri jamoasiga esa, oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Telegram sahifamiz 👉 @yia_Fergana
Bepul seminarimiz Fargʻonada!
“Agrotexnolog - muvaffaqiyatli eksport garovi” shiori ostidagi BEPUL seminarimizda fargʻonalik yoshlarimiz bilan uchrashishdi.
Yoshlar ishlari agentligi, Yosh Fermerlar Kengashi va Dalatek hamkorlikida tashkil etilayotgan seminarimiz 15-avgust quyidagi manzillarda:
-10:00da Fargʻona tumani;
-15:00da Yozyovon tumanida oʻtkazildi.
🎙️Bizning bu galgi speakerlarimiz Rustamjon Raxmonov, Dildora Atadjanova, Asrorxon Obidov va Abror Azimjonov bo’ldilar.
@yia_Fergana
🖐Ta’lim muassasalaridagi o’quvchi-talabalar o'rtasida “Besh tashabbus” olimpiadasining 2-mavsumiga start berilmoqda!
Joriy yilning, sentabr-noyabr oylarida maktab o’quvchilari o’rtasida:
• shashka
• yengil atletika
• stol tennisi
• mini-futbol
• voleybol
• quvnoq startlar musobaqasi
• zakovat intellektual o’yini
• quvnoqlar va zukkolar ko’rik-tanlovi;
Professional ta’lim va akademik litsey o’quvchilari o’rtasida:
• voleybol
• shaxmat-shashka
• quvnoqlar va zukkolar ko’rik-tanlovi
• zakovat intellektual o’yini;
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida:
• stol tennisi
• voleybol
• mini-futbol
• bilimli yoshlar uchun intellektual olimpiada tanlovlari o’tkaziladi.
Arizalar 5tashabbus.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.
#beshtashabbus #fiveinitiatives
Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Quvasoy shahrida tadbirkorlikka qiziqqan yoshlar bilan muloqotlar o‘tkazilmoqda
Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar hamda berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, biznesda erishayotgan amaliy natijalari bilan viloyatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yangi ish o‘rinlari yaratib, butun jamiyatga naf keltirayotgan faol tadbirkorlarning hududlarda tadbirkorlikka qiziqqan yoshlar bilan uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Quvasoy shahrida yirik ishbilarmonlardan biri, “Industrial Consulting Group” MCHJ rahbari Mo‘ysinjon Mehmonovning mahalla faollari bilan muloqoti tashkil etildi.
Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
@yia_Fergana
Bo'lajak chempionlar o'z vaqtida xordiq olishlari va eng yaxshi ustozlardan saboq olishlari butun dunyo darajasida muhim bo'lib kelgan.
Bu safar biz ham yangicha yondashuvda, Jahon va Osiyoda g'olib bo'lgan 200 nafar shaxmatchilarimizni ilk marotaba Yoshlar oromgohida birlashtirdik.
Ayni kunlarda, butun boshli oromgoh shaxmatchilar bilan to'la. Ular uchun eng malakali mutaxassislarimiz o'quv-mashg'ulotlar, turnirlar, master-klasslar o'tkazish uchun jalb etilgan. Bundan tashqari madaniy va sport musobaqalari ham tashkil etilmoqda.
O'ylaymanki, mamlakatimizdagi barcha yoshlarimizni qo'llab-quvvatlash uchun bunday oromgohlarni tez-tez tashkil qilib turishimiz kerak.
#oltinavlodlarimiz
@alisher_sadullaev
“Madaniyat karvoni” – Farg‘onada!
Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi teatr va konsert saroyi oldi maydonida, “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oya asosida tayyorlangan katta konsert dasturi bo‘lib o'tdi.
Bizning sahifamiz⏺ @yia_Fergana
⚡️Mandat chiqdi
2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.
➖ my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
➖ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
➖ SMS xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
➖ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
➖ QR-kod orqali:
Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
➖ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
@alisher_sadullaev
⚡️“Ibrat Academy” bilan til o’rganayotganlar soni 107 mingdan oshdi
Yaqindagina yoshlarimizning til o’rganishini yanada qulaylashtirish uchun “Ibrat Academy” mobil ilovasini taqdim etgandik. Qisqa muddat ichida ilovadan til o’rganayotganlar soni qariyb 107525 tani tashkil etmoqda. Til kurslariga yozilganlar esa 204 mingdan ortdi. Bu degani har bir foydalanuvchi ilovadan kamida ikkita til o’rganayotganini anglatadi.
Yana bir quvonarli jihati “Ibrat Academy” O’zbekiston internet segmentida ta’lim bo’yicha eng ko’p yuklab olingan ilovaga aylandi va bu borada Duolingo’ni ham ortda qoldirdi!
Ilova taqdimotini ko'rish
Ilovani yuklab olish: Android | iOS
@alisher_sadullaev
🗣Qizg'in bahslarga boy tarzda o'tgan “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining Farg'ona viloyat bosqichidan video lavha.
#live #kópkurash #yoshlarittifoqi #vodiyyoshlari_yi
Bizning sahifamiz⏺ @yia_Fergana
👩🎓 Ilmli qizlar - millat tarbiyachisi!
Kuni kecha Toshkent viloyati Bo‘stoonliq tumanidagi "Semurg" oromgohida Yoshlar ishlari agentligining “Ilm-fan oromgohi” loyihasiga start berildi.
Loyihaning ochilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi direktori o’rinbosari, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, O’zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi rahbari ishtirok etdilar va oromgoh ishtirokchilari bilan suhbatlashib ularning savollariga javob berdilar.
Ochilish marosimida xotin-qizlarning ilmiy faoliyatida kelib chiqishi mumkin bo’lgan muammolar va ularning yechimlari haqida munozaralar ham bo’lib o’tdi.
#ilmfanoromgohi
Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
🟢#Kopkurash #Taqdirlash
⚡️O’zbekiston yoshlar ittifoqi hamda qator tashkilotlar tomonidan professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining Farg'ona viloyati bosqichi o'tkazildi.
🗂Murosasiz kechgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra:
🥇1-o‘rin—Rishton tumani 1-son kasb-hunar maktabi “Lochinlar” jamoasi
🥈2-o‘rin—Farg'ona shahar “Akademiya“ jamoasi
🥉3-o‘rin—Quva tumani kasb-hunar maktabi “Mingchinor” jamoasiga nasib etdi.
🏆G'olib bo'lgan jamoalar Diplom va estalik sovg'alari va 1-o'rinni olgan jamoa Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
#live #kópkurash #yoshlarittifoqi #vodiyyoshlari_yi
Bizning sahifalarimiz⏺
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda Prezident yoshlarga motivatsiya berdi.
“Tadbirkorlik juda og‘ir. Ular bilan gaplashsangiz, eksport qilish, bozor topish azob deydi. Ular ko‘p o‘z ustida ishlaydi. Dunyoni kezib, o‘rganib keladi. Ularga ta’zim qilib, rahmat deyman.
Siz tadbirkorlarga havas qilib, har kuni o‘z ustingizda ishlang. Motivatsiya faqat bilim. Izlanishdan, o‘zingizni qiynashdan charchamang. Shunda Prezident sizni har doim qo‘llab-quvvatlaydi.”
@alisher_sadullaev
2023-yilning, 14-avgust sanasida jahonning nufuzli univerisitetlariga oʻqish kirish imkoniyatini oshirishga qaratilgan "Ibrat Top 100 Universitetlar" loyihasining 3-mavsumiga start berilgan edi.
Bugun, Boʻstonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida 25 dan ortiq ommaviy axborot vosita xodimlari ishtirokida media-tur tashkil etildi.
Dastlab OAV xodimlariga "IBRAT Academy" ilovasi taqdimoti namoyish qilindi. Oromgoh faoliyatini yoritishda amaliy yordam ko‘rsatib kelayotgan OAV xodimlariga “Ibrat elchilari” esdalik nishoni hamda maxsus sovg’alar topshirildi.
#mediatur #ibratcamp
Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
⚡️ ⚡️Shaxmatchilarimiz Abdisalimov Abdimalik GROSSMEYSTER, Omonova Umida esa AYOLLAR O'RTASIDA XALQARO USTASI unvonlariga ega bo’lishdi. Shu bilan grosmeysterlarimiz soni yana bittaga ko’paydi. Tez orada yanada ko’proq iqtidorlar kashf etilishiga umid qilamiz.
@alisher_sadullaev
🗣#Kopkurash
🇺🇿O’zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi hamda qator vazirlik va idoralar hamkorligida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi bo'lib o'tadi.
📍Viloyat bosqichi joriy yilning 18-avgust kuni Farg'ona shahridagi 52788-harbiy qismda bo‘lib o‘tadi.
🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Aziz yoshlar!
Mahalla yoshlari o‘rtasida o’tkaziladigan “5 tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumida ishtirok etishga tayyormisiz?!
Galdagi mavsum joriy yilning sentabr-dekabr oylarida bo’lib o’tadi.
Arizalar qabuli 11-avgustdan boshlandi. 5tashabbus.uz sayti orqali hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va iqtidoringizni sinovdan o’tkazing!
@alisher_sadullaev
Hukumat qarori bilan davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda talabalarga navbatni onlayn kuzatish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
2023/2024 o‘quv yilida 1-kurs talabalari uchun davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va my.gov.uz orqali bepul elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Arizalar 20-avgustdan qabul qilinadi.
2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an’anaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda yotoqxonaga joylashish uchun ariza OTM talabalar turar joylariga joylashtirish komissiyasiga 25-avgustgacha topshiriladi.
2024/2025 o‘quv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat OTM yotoqxonasiga joylashish onlayn amalga oshiriladi.
@alisher_sadullaev