Hay’at yig‘ilishi: g‘alvir suvdan ko‘tarildi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil birinchi yarim yillik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisda 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi...
🗞 Bizni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram🌎Sayt 📺YouTube
⚡️Bugun xalqaro shaxmat kuni
Bizni xursand qilgan yangilik esa boshqasi. Bugun maktab o’quvchilari o’rtasidagi Osiyo chempionatida naqd 37 dona medalni yutib olgan kelajagimiz — bolajonlardir. 12ta oltin, 9ta kumush va 16ta bronza. Bu hali g’alaba qozonganlari, ularning ortida yana minglab iqtidor egalari ulg’ayib kelishmoqda. Olg’a, O’zbekiston!
@alisher_sadullaev
Volontyorlarga o’z volontyorlik takliflarini amalga oshirish uchun mablag’ ajratiladi!
✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 5 ta eng yaxshi volontyorlik loyihalari tanlab olinib, ularni amalga oshirish uchun BHMning 200 baravarigacha mablag‘ ajratiladi.
Sizning ham volontyorlik yo‘nalishidagi loyihalaringiz bo’lsa, hoziroq yoshlarportali.uz orqali ariza yuboring
Arizalar joriy yilning 1-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.
Batafsil
@alisher_sadullaev
#natija
Yoshlar siyosati amalda!
Xabaringiz bor, hududlardagi yoshlarga oid davlat siyosatining holati boʻyicha respublika ishchi guruhi Fargʻonaga ham tashrif buyurgandi.
Hududlardagi hal etilishi kerak boʻlgan ba’zi murojaatlar, qizil toifadagi yoshlar bilan ishlash tajribasi va yoshlarning takliflari oʻrganilib, yetarlicha qismi vaqtida hal etildi. Qolgan qismi doimiy nazoratda boʻldi.
Hayotjon ham migratsiyada oilasi uchun mehnat qilayotgan yoshlardan biri edi. Buvilarini murojaatlaridan soʻng, yoshimiz oʻz vataniga eson-omon qaytarildi va uning uyi ta’mirdan chiqarildi. Oʻz qiziqishi boʻyicha ish qidirmoqda.
Har bir yoshning muammosi davlat e’tiborida.
Telegram sahifamiz 👉 t.me/yia_Fergana
🏆 So’x tumanida Voleybol bo‘yicha "IIV kubogi" musobaqasining tuman bosqichi yakunlandi
🏀 Kecha xabar berganimizdek, tumandagi 1-sonli umum ta’lim maktabida 15-17 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.
🏀 Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda musobaqa ishtirokchilar bor mahorat va tajribalarini ishga solib g‘oliblik uchun kurashdilar.
🏅 Musobaqa natijalariga ko‘ra 🥇-o‘rin G‘aznov mahallasi, 🥈-o‘rin Lenbur mahallasi, 🥉-o‘rin esa Mulgon mahallasi yoshlariga nasib qildi.
💠 G‘olib jamoalarga So‘x tuman Ichki Ishlar bo‘limi boshlig‘i Rahimberdiyev Qosimjon diplom va sovg‘alarni topshirdi.
📱 Telegram sahifamiz:
/channel/yia_fergana
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining O‘zbekiston Respublikasi saylangan Prezidentining lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi boshlandi. Tantanali marosimni “O‘zbekiston 24” telekanalida va quyidagi havolalar orqali jonli efirda tomosha qiling:
Youtube
Facebook
@alisher_sadullaev
Qardosh xalqlar yoshlari bir manzilda
Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivalining ochilish marosimi
Batafsil video davomida...
@markaziytv @markaziytv @markaziytv
🤩 Zamonaviy kasblarni "UMUMAN" to'lov qilmasdan GRANT asosida o'qishingiz mumkin.
🔰 Yoshlar ishlari agentiligining “Kelajak kasblari” loyihasi 2- mavsumi doirasida Raqamli Texnologiyalar Markazi bilan birga hamkorlikda ish boshladi. Ya'ni siz bizda o'qigan kurslaringiz to'lovini Yoshlar ishlari agentligi 100% qoplab beradi.
🏆 Grant dasturida ishtirok etish uchun siz yoshlardaftari.uz saytiga oʻtishingiz va “Kelajak kasblari” loyihasiga ariza qoldirishingiz kerak boʻladi.
Ariza qoldirayotganda “Raqamli Texnologiyalar Markazi” kerakli kursini belgilashni unutmang!
🏃 Bunday imkoniyatni qo'ldan boy berishning o'zi xato! Shoshiling!
Murojaat uchun:
☎️ +998 73 254 24-04
+998 99 642 24 04
📬 @rtmadmin
Qoʻqondan gapiramiz!
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivaliga mezbonlik qilmoqda!
Jarayonlar bilan sizlarni xabardor qilishdan xursandmiz!
Telegram sahifamiz 👉 t.me/yia_Fergana
Vanihoyat darslar boshlandi!
🎉 Va'da - va'da! YouTube sahifamizda 300K bo'lganimiz munosabati bilan til ixlosmandlari uchun uzoq kutilgan — IELTS darslariga start beramiz.
Ushbu darslar orqali siz IELTS imtihoniga oson va bepul tayyorlanishingiz mumkin. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!
👉 Darslarni tomosha qilish
P. S. IELTS sertifikatini olib, nima qilmoqchisiz? 😎
@ibratfarzandlari
“Kelajak kasblari” loyihasining 2-mavsumida kutilayotgan yangiliklar, rejalar hamda natijalar bilan kengroq tanishtirish maqsadida muloqot o’tkazishni rejalashtirdik.
Jonli efirni tomosha qilish uchun:
Youtube: https://www.youtube.com/live/W9mOMi0jhdo?feature=share
@alisher_sadullaev
⚡️"Kelajak kasblari" loyihasining 2-mavsumiga start berildi
Loyihamizning 2-mavsumi uchun 50 dan ziyod eng yaxshi markazlar saralab olinib, ularga davomat tizimlari o‘rnatildi. Tasdiqlangan markazlar bilan viloyat boshqarmalarimiz yuridik hamkorlikni yo'lga qo‘yishdi.
1.Ushbu mavsumda yoshlarimizdan o'z vaqtida darslarda ishtirok etishi kerak va buni davomat tizimi to'liq nazorat qiladi. Bir oyda sababsiz 6 marta darslarni qoldirgan yoshlarga subsidiya ajratilishi to'xtatiladi.
2.Yoshlarimiz uchun loyiha haqida batafsil ma'lumot beruvchi @kelajakkasblari_bot ham ishga tushishini ma'lum qilamiz. Shuningdek ushbu bot orqali loyiha ishtirokchilari uchun turli testlar ham ulashib boramiz.
⚡️ Ariza topshirish uchun havola: https://yoshlardaftari.uz/applications/create/center?service_id=8
#kelajakkasblari #2_mavsum
@alisher_sadullayev
#saylov2023
🇺🇿Saylov jarayonlarida yoshlar ham faol ishtirok etmoqdalar. Xususan muxbirimiz Muhammadsiddiq Usmonov Farg'ona shahar 1-sonli Musiqa va sa'nat maktabidagi 63-Uchastka saylov komissiyasiga borib maxsus lavha tayyorladi.
📮𝒀𝒐'𝒍𝒊𝒎𝒊𝒛-𝒃𝒊𝒓!
Telegram|Instagram|Ruxsorteleradiokanali">Youtube
Erta tongdan mahallamiz yoshlari bilan prezidentlik saylovida ishtirok etdik va o’zimiz uchun munosib nomzodga ovoz berdik. Saylov uchastkalaridagi navbat, faollik va yoshlarimizning bu saylovdagi ishtiroki ochig’i odamni quvontiradi!
Siz ham o’z konsitutsion huquqingizdan foydalanib, saylovda ovoz bering!
@alisher_sadullaev
⚡️ Sizlarga xabar berganimizdek, “Kelajak kasblari” ning 2-mavsumiga start berganmiz!
Bugungi kunga qadar, yoshlardan 1 485 ta ariza kelib tushgan bo’lsa shundan, 465 tasi tasdiqlangan, 347 tasi rad qilingan hamda 673 tasi ko’rib chiqilmoqda.
O’quv markazlardan 290 ta ariza qabul qilingan bo’lsa, shundan 62 tasi tasdiqlanib, 50 ta o’quv markazga davomat tizimi o’rnatilgan va 12 tasida o’rnatilmoqda. 29 ta ariza ko’rib chiqilmoqda hamda 199 ta ariza rad qilingan.
Shuningdek, @kelajakkasblari_bot dan bugungi kunda 3 050 nafar yoshlar foydalanmoqda.
Asosiy maqsad, yoshlarimiz sifatli ta’lim olishlari uchun shart - sharoitlar yetarli bo’lishini ta’minlashdir.
Ariza topshirish uchun havola: https://yoshlardaftari.uz/applications/create/center?service_id=8
@alisher_sadullaev
#trening
O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan Farg‘ona shahridagi Asia mehmonxonasida "Mediasavodxonlik va faktcheking” bo'yicha jurnalistlar, blogerlar NNT vakillari salohiyatini oshirish bo'yicha 2 kunlik trening o'z faoliyatini boshladi.
Trenerlar:
Nodira Alimova "Qalb nuri” NNT rahbari, JQTM mediatreneri
Muhayyo Saidova O'zDJTU katta o'qituvchisi JQTM mediatreneri
⚡️ O‘zbekiston terma jamoasi CS:GO bo‘yicha Osiyo chempioniga aylandi
Ushbu g‘alaba jamoaga Jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etdi.
@alisher_sadullaev
Xorijiy tillar bo’yicha yuqori natija erishgan yoshlarga 30 mlrdan ortiq summa qoplab berildi.
2021-yil 1-maydan 5 turdagi, 2022-yil 1-yanvardan 13 turdagi (jami 18 turdagi) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda. Bugunga qadar mazkur tizim orqali 17 460 nafar yoshning imtihon xarajatlari qoplab berildi va bu qariyb 30,3 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.
E’tiborlisi, mazkur tizimda kompensatsiya olgan qizlar soni bu safar ham yigitlar sonidan ko‘p. Ayol-qizlarimiz 9 489 nafarni, yigitlar esa 7 975 nafarni tashkil etmoqda.
@alisher_sadullaev
⚡️ "Ibrat Camp - Top 100 universities" loyihasining 1-yozgi mavsumi yakunlandi. Oromgohning yopilish marosimida ishtirokchilar bilan fikr almashdik.
Global makonni ilm bilan zabt etishni maqsad qilgan bu yoshlarning salohiyati juda kuchli, maqsadlari aniq ekani meni juda quvontirdi. Ishonamanki, ular kelgusida nafaqat O’zbekiston, balki dunyo taraqqiyotiga ham hissa qo’sha oladigan kadrlar bo’lib yetishadi.
Aytgancha, oromgoh bepul. Til bilsangiz bo’lgani. “Ibrat farzandlari”da esa tilni ham bepul o’rganishingiz mumkin!
@alisher_sadullaev
Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishdi
@alisher_sadullaev
#festival
Qoʻqon universiteti mezbonlik qilayotgan "Turkiy tilli yoshlar'' festivali ishtirokchilari Rishton tumanining kulolchiligi bilan tanishdilar. U yerda mohir kulollar yasagan eng sara va nodir kulolchilik asarlaridan bahramand bo'lishdi.
@yia_Fergana
Qoraqalpog’iston Respublikasiga xizmat safarimiz davomida “kelajak kasblari” loyihasi yuzasidan o’quv markazlari bilan hamkorlik natijalarini o’rgandik. Natijalar yomon emas, ammo hali oldinda rivojlanish uchun katta imkoniyatlarimiz bor.
Ushbu videoni yuqori sifatda quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin: https://fb.watch/lLV8NiwDKi/?mibextid=qC1gEa
@alisher_sadullaev
#jarayonlardan
“Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali davom etmoqda!
Telegram sahifamiz👉 t.me/yia_Fergana
🤝 Yoshlar bilan ishlash – hayot-mamot masalasi!
2023-yil 11-aprel kungi prezidentimizning yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etishga bag‘ishlangan yig‘ilishda berilgan yoshlarni yanada qo’llab-quvvatlashga doir topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Sarikanda mahallasida yo‘l xarita ishlab chiqilib qator amaliy ishlar bajarilmoqda.
Ushbu mahallada jami 56 nafar og‘ir toifadagi yoshlar mavjud bo‘lib, 5 nafar viloyat va tuman darajasidagi rahbarlarga biriktirilgan.
Kecha prokuratura xodimlari, shifokorlar va mahalla beshligi bilan birgalikda prokuratura tizimiga biriktirilgan 4 nafar yoshlar xonadonlariga tashrif buyurib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va mavjud muammolari yechim berildi.
@yia_Fergana
Mahalladagi yoshlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida shaxmat, shashka, stol tennisi, voleybol turlari bo‘yicha musobaqalar Fargʻona tumani “Obod” MFYda o‘tkazildi.
Musobaqada 50 nafardan ortiq yoshlar kuch sinashdi. G’oliblik uchun da’vogarlar o‘rtasidagi bahs qizg‘in va murosasiz kechdi.
@yia_Fergana
"Zukko kitobxon" tanlovining hududiy bosqichi o’tkazildi.
Farg'ona viloyati
@hududtv
Yurtdoshlarimiz Prezident saylovida faol ishtirok etishmoqda.
#saylov2023
63-saylov uchastkasi
Farg’ona viloyati
@hududtv
Фарғонада ҳам овоз бериш жараёнлари давом этмоқда
Вилоят бўйича 2 млн 200 мингдан зиёд сайловчилар овоз бериш ҳуқуқига эга бўлиб, 11-Фарғона округ сайлов комиссияси ва унинг 21 нафар аъзолари фаолияти шакллантирилган. Вилоят миқиёсида 1 209 та участкалар фаолият олиб бормоқда.
18 ёшга тўлган 5 016 нафар фарғоналик йигит-қизлар эса, Конституцион ҳуқуқларидан фойдаланиб илк бор овоз бермоқда. Айни пайтда Фарғона шаҳридаги 88-сайлов участкасида ҳам овоз бериш жараёнлари давом этмоқда.
Kun.uz расмий канали
⚡️Va'daga muvofiq "Zukko kitobxon" tanlovining iyul oyi davomida o‘qiladigan kitoblari ro‘yxatini e'lon qildik
1. Is'hoqxon To‘ra Ibrat
“Jadidlar” to‘plamidan
2. Abdulhamid Cho‘lpon
“Jadidlar” to‘plamidan
3. Zukkolar va Landovurlar
Malkolm Gladuel
Sizda ishtirok etish istagi bormi? @kitobxontestbot orqali roʻyxatdan oʻting!
@beshtashabbus_uz