Shu kunlarda menga bir masalada murojaatlar ko'paydi.
Aniqroq aytsam, "xalqaro imtihon tizimlari bo'yicha kompensatsiya qaytarib olishda muammolar bo'lmoqda" deyishmoqda.
Misol uchun "IELTS" imtihonidan yuqori ball olganlar, kompensatsiya pulini olishda kechikish borligini bildirishgan.
Siz ham kompensatsiya olishingizda shunday muammolarga duch keldingizmi?
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan "Bir bo‘lsa - yagona xalqmiz, Birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasida viloyatning barcha tuman, shaharlarida 4 sektor hududida istiqomat qilayotgan 120 nafar otaliqqa olingan yoshlar bilan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, Qurolli Kuchlarimiz jangovor qudrati va salohiyati bilan tanishtirish, yoshlarning kelgusidagi maqsadlari, qiziqishlari va orzulari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatish.
Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 yia_fergana">Youtube 📱 Facebook
General va yoshlar" uchrashuvi
muxbir: Muhammadsiddiq Usmonov
#Farg'ona viloyati
@hududtv
🇺🇿 O'zbek shaxmarchilaridan ajoyib g'alabalar!
U Abu-Dhabi Masters turnirida biror marotaba mag'lubiyatga uchramagan holda, 9 turdan 7 ochko to'pladi. Nodirbek g'oliblik bilan birgalikda 30000$ni ham o'ziniki qilib oldi.
Yana bir yurtdoshimiz Shamsiddin Vohidov ham 7 ochko to'plagan bo'lsada, qo'shimcha natijalar bo'yicha 3-o'rin hamda 8000$ pul mukofotini qo'lga kiritdi.
✊🏼 Barakalla, Yigitlar!
@alisher_sadullaev
🟦🟦🟦
Bugun Farg‘ona viloyati mahallalaridagi yoshlar yetakchilari, faol o'g'il qizlar, volontyor yoshlar ishtirokida atrof-muhitni asrab-avaylash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mamlakatimiz Mustaqilligining 33 yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish, uni munosib oʻtkazish maqsadida “Mahalla obod — yurt obod!” shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharlari o‘tkazildi.
Hashar tafsilotlari bilan dayjestimiz orqali tanishing.
⏺Farg‘ona shahri - Barcha mahallalar, korxona, tashkilotlarda ham yuksak uyushqoqlik va ko‘tarinkilik bilan davom etmoqda.
⏺Marg'ilon shahar - Hashar — xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.
⏺Bag‘dod tumani - Mazkur chellenj doirasida ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari, xiyobonlar obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
⏺Beshariq tumani - Qabristonlar begona o‘tlardan tozalanib, daraxtlar oqlandi.
⏺Buvayda tumani - Yoshlar yig‘ilgan hasharlarning ham o‘zgacha gashti bo‘ladi.
⏺Dang‘ara tumani - Ular birdamlikka chorlovchi, mehr-oqibatni yanada mustahkamlovchi, ezgulikni tarannum etuvchi unutilmas qadriyatlarimiz atrofida birlashdi.
⏺Yozyovon tumani - Xonobod mahallasi Hamid Olimjon ko‘chasida uyushqoqlik bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
⏺Oltiariq tumani - "Mahalla obod - yurt obod" shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xasharida Chinortagi MFY aholisi ham faol qatnashmoqda.
⏺Qo'shtepa tumani - “Oqtepa” mahallasida nuroniylar va mahalla yoshlari tomonidan qabriston va ziyoratgohlarda obodonlashtirish, hududni chiqindilar, shox-shabbalardan tozalash ishlari amalga oshirildi
⏺Rishton tumani - Yoshlarni birlashtirgan ushbu xayrli tadbir kelgusida minglab shunday ezgu ishlarni amalga oshirishga, savobli amallarni bajarishga yo‘l ochishi shubhasiz.
⏺So‘x tumani - Erta tongdan So‘xning barcha hududlarida hashar tashkil etilib, har kim o‘z mahallasining obod bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shdi.
⏺Toshloq tumani - Mustaqilligimizning 33 yillik ayyomi arafasida bo‘lib o‘tayotgan umumxalq hasharida tuman yoshlari ham tashabbus ko‘rsatdi.
⏺Uchko'prik tumani - Turar joy mavzelari, ta’lim muassasalari, korxona-tashkilotlar, mahallalar, ko‘p qavatli uylar atrofi tartibga keltirilmoqda.
⏺Furqat tumani - Hashar doirasida ziyoratgoh va qabristonlar tozalanib, tumandagi ehtiyojmand oilalarning uy-joylari ta’mirlab berilmoqda.
⏺Quva tumani - Hamjihatlik va ko‘tarinkilik bilan boshlangan ezgu tadbir tumandagi barcha mahallalarda, korxona, tashkilot va muassasalarda uyushqoqlikda davom etmoqda.
Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 yia_fergana">Youtube 📱 Facebook
Polvonlar bellashuvi!
Viloyat prokuraturasi va Marg‘ilon shahar prokuraturasining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish va milliy Kurash sport turini rivojlantirish borasidagi qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Marg‘ilon shahridagi “Erkin Vohidov” nomidagi istirohat bog‘ida o‘smirlar va 16 yoshdan katta sportchilar o‘rtasida "Milliy kurash" sport turi bo‘yicha "Prokuror kubogi" musobaqasi o‘tkazilib, g‘oliblarga esdalik sovrinlar topshirildi.
Viloyat prokuraturasi, yoshlar ishlari agentligi tomonidan yurtimizda sportni ommalashtirish, yoshlarimizni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
@yia_Fergana
⚡️Parijda hammasi qanday bo'lgan edi?
G'oyaga nechi baho🔥
Supermariochi do'stlarimizga jo'natib qo'yamiz)
#supermario #superpeople #creative #uzbekistan #olympicgames #paris2024
#Diqqat_tanlov📣
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Vazirlik va idoralar hamkorligida ijodkorlar o‘rtasida Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilinadi
Mazkur tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:
🎥 “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”
🎼 “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”
🔖 “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r”
⚡️Hayotimda birinchi marta kitobxonlik uchun xayriya qilishim.
Albatta, hozircha, 10 ming so'm xayriya qildim, chunki mutolaa loyihasida hali xayriya pullari qaysi kitoblarni audiolashtirish yoki epub shakliga keltirish ko'rsatilmagan ekan. Shunchaki, umumiy loyihani qo'llab-quvvatlash uchun xayriya qilish imkoniyati ham bor ekan.
Shunday bo'lsa ham yangi tajriba asosida shaffof hamda xalq ko'magi bilan ham ko'plab kitoblarni audiolashtirish va epub shaklida keltirishda o'z hissamni qo'shishga qaror qildim.
To'g'ri, xayriya har kimning o'z ishi, bunga sizlarni da'vat qilish niyatim yo'q, shunchaki bir kichik yangilikni sizlar bilan bo'lishdim.
Volontyorlik loyihalari qo‘llab-quvvatlanmoqda
🖐 Jamiyatda volontyorlar safini kengaytirish, ularning tashabbus va g‘oyalarini amalga oshirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan turli loyiha hamda tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda.
Volonterlik loyihalari tanlovida ishtirok etib g’olib bo‘lgan yoshlar ichida viloyatimizning 3 nafar volonter yoshlari xam borligi quvonarli va manfaatli bo‘ldi. “Volontyorlik loyihalari-2024” tanlovining g‘olibi Qo‘qon shahridagi "Noib ko‘prigi" maxallasi yoshlar yetakchisi Avazxon Olimov mahalla yoshlariga bepul IT o’qitishni yo’lga qo’ydi.
@yia_fergana
Kasblar tanlovi davom etmoqda
#kasblar_tanlovi
Farg‘ona viloyatining barcha tuman, shaharlarida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Men kelajakman" shiori ostida kasblar tanlovi bo'lib o'tmoqda.
Jumladan, Bag‘dod tumanida ham tanlovning tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Ushbu bosqichda yoshlar dizaynerlik yo'nalishlarida test savollariga javob berish orqali o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdilar.
@yia_fergana
⚡️Beshinchi yoʻnalish – biznes uchun toʻsiq va gʻovlarni yanada qisqartirish
•Soliq toʻlamaganlik uchun tadbirkorga jinoyat ishi qoʻzgʻatishga asos boʻladigan miqdorni 2 baravargacha oshirish taklif qilindi;
•Ochiq muloqot yakuni bilan “Qoraqalpogʻistonda biznes qiling” dasturi qabul qilinishi belgilandi;
•Soʻng davlatimiz rahbari tadbirkorlarning amaliy taklif va tashabbuslarini tinglab, ular bilan fikr almashdilar.
Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar, hech narsadan cho‘chimang. Biling, ortingizda Prezident turibdi!”-dedi davlatimiz rahbari muloqot yakunida.
🏗 Kasblar tanlovi Buvaydada
🔥 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi kasblar tanlovining ilk bosqichi bo'lib o'tmoqda. Tuman, shahar bosqichidan boshlanadigan ushbu tanlov Buvayda tumanida ham yoshlarning qiziqishlariga sabab bo'ldi.
Nonvoychilik yo'nalishida o'tkazilgan tanlovning ushbu bosqichida nonvoylar test savollariga javob berish orqali o'z bilimlarini nazariy sinovdan o'tkazdilar.
Bizning sahifalarimiz:
@yia_fergana
Bu yilning oʻzida tadbirkorlarning tovar aylanmasi oʻtgan yilga nisbatan 25 foizga koʻpayib, 986 trillion soʻmga yetdi.
•Yillik aylanmasi 10 milliard soʻmdan 100 milliard soʻmgacha boʻlgan oʻrta korxonalar 2 karra koʻpaydi.
•Aylanmasi 100 milliard soʻmdan ortiq yirik korxonalar esa 2 ming 200 tadan oshdi. Bu ham oʻtgan yilga nisbatan 2 baravar koʻp boʻldi.
•Soliq, bank, moliya, butun iqtisodiyot kompleksi “mahallabay” va “mijozbay” ishlashni boshlagani natijasida oldin zarar bilan ishlagan 16 ming korxona yarim yilda 6,5 trillion soʻm foydaga chiqdi.
@alisher_sadullaev
Sizlarning ishli bo‘lganingizni, ko‘zingizdagi ishonchni ko‘rib, xursand bo‘ldim. O‘zi mening eng katta maqsadim shu - xalqimni rozi qilish, baxtli ko‘rish.
Prezidentimiz tashrif davomida Kegeyli tumanidagi Juzimbag‘ mahallasida bo‘lib, shu yerda dehqonchilik qilayotgan yigit-qizlar bilan suhbatlashdilar.
Yoshlarning takliflari asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun sovutkichli ombor qurish, ehtiyojmand yigit-qizlarning to‘ylari va shartnoma to‘lovlariga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdilar.
@alisher_sadullaev
🖐Matonatli yoshlarni volontyorlikka chorlaymiz!
✅Yoshlar ishlari agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Volontyorlar assotsiatsiyasi tomonidan respublikamiz bo‘ylab favqulodda vaziyatlarda qutqaruvchi volontyorlar otryadlari tashkil etiladi.
Otryad a’zolariga favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish, odamlar hayotini asrab qolish, birinchi yordam ko‘rsatish va zilzila bilan bog‘liq vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy hamda nazariy bilimlar beriladi.
📝 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va volontyorlar safida bo‘ling!
Qutqaruvchi volontyorlar otryadi to‘g‘risidagi nizom bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Davlat xavfsizlik xizmati kubogi futbol musobaqalarida 3 ta yo'nalishda ham vohalik yoshlar g'alaba qozonishdi!
Mini futbol o’yinlarida: Erkaklar yo’nalishida: Qamashi tumani 3 karra 1-o’rin sohibi;
Xotin-qizlar o’rtasida: Qarshi shahar “Gungong” mahallasi jamoasi;
Katta futbol bo’yicha: Koson tumani “Yuqori arabxona” jamoasi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan DXX kubogining futbol bo‘yicha finalida Qashqadaryo viloyati, Koson tumanining Arabxona mahallasi jamoasi 1-o’rinni egalladi.
O‘yinning birinchi bo‘limida Qashqadaryo jamoasi 1:0 hisobida oldinga chiqdi va ushbu natijani oxirigacha saqlab qoldi.
Natijalar bilan tanishing:
1-o‘rin: Qashqadaryo viloyati;
2-o‘rin: Toshkent viloyati;
3-o‘rin: Andijon viloyati.
Quva tumanida “Yangi O‘zbekiston vatanparvar yoshlari” shiori bilan tuman rahbarlarini Sport va madiniy yoʻnalishlar boʻyicha kubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi.
Quva tumanida joriy yilning 29-iyul kunidan 16-avgust kungacha
Mini futbol boʻyicha “Hokim kubogi”,
Milliy kurash boʻyicha “Prakuror kubogi”,
Voleybol boʻyicha “Ichki ishlar kubogi”,
Stol tennisi boʻyicha “Soliq kubogi”,
Shaxmat boʻyicha “Yoshlar ishlari agentligi kubogi”
Zakovat boʻyicha “Ma’naviyat kubogi” intelektual o’yinlarining tuman bosqichlari ko’tarinki ruxda o’tkazildi.
Bizni kuzatib boring:
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 yia_fergana">Youtube 📱 Facebook
🔥 Abu-Dabida katta g'alabalarga yaqinmiz
Faqat olimpiada chempionlariga aniqlik va omad kerak. Shaxsan o'zim ham jonli efirga qo'shilmoqchiman.
Savollaringizni jonli efirda kutib qolaman.
👉 https://www.youtube.com/live/8dBzN1ixoXI?si=Xe-lFX5HMpuRFb2n
⚡️Oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yili 9-sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi.
⚡️Akademik litseylarda esa yangi oʻquv yili 4-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi.
⚡️Maktablarda esa yangi oʻquv yili 4-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi.
@alisher_sadullaev
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari eʼlon qilindi va taqdirlandi.
Loyihalar tashabbuskorlari platforma orqali ariza yuborib, “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi ishtirokchisiga aylangan boʻlishi tanlovning asosiy sharti sifatida belgilandi.
Tanlovga kelib tushgan loyihalarni baholashda mahallalarda yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan biznes loyihalarga ustuvorlik berildi.
Hududiy bosqichlarda gʻolib va sovrindor boʻlgan 42 ta loyihaga 7 mlrd. 560 mln. soʻmlik kreditlar ajratildi.
@alisher_sadullaev
🌿 Farg‘ona shahridagi Al-Farg’oniy nomli oromgohida o'tkazilgan plogging davomida ekovolontyorlar tomonidan hudud chiqindilardan tozalandi. Ekologiya va atrof muhit tozaligiga, shuningdek, dam olish maqsadida kelayotgan mehmonlarning go'zal tabiatdan bahra olishiga hissa qo'shildi.
Aziz yoshlar siz ham yurtimizni obod qilishga o‘z hissangizni qo‘shing!
@yia_fergana
#tanlov
Farg'ona shahridagi Yoshlar ishlari boshqarmasi binosida yoshlarning sevimli tanloviga aylangan "Zukko kitobxon" intellektual tanlovining Farg'ona viloyati bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda viloyatning barcha
tuman va shaharidan kelgan kitobxonlar ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇1-o'rin: Rishton tumani jamoasi;
🥈2-o'rin: Quva tumani jamoasi;
🥉3-o'rinni: Oltiariq tumani jamoasi qo‘lga kiritdi.
G'olib jamoalar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
@yia_fergana
O‘glingiz menga o‘xshashi uchun, siz avval onamga o‘xshang!
⭕️ #live
Ayni daqiqalarda Farg’ona viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi binosining katta majlislar zalida “Zukko kitobxon” tanlovi bo’lib o’tmoqda.
❗️Eslatib o’tamiz tanlovda g’olib bo’lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
@yia_fergana
• Mutasaddilarga vatandoshlarimiz bilan yaqindan ishlab, ular bilan “savdo va investitsiya boʻyicha maslahatchi” sifatida hamkorlik qilish, ularning taklif, tashabbus va loyihalariga koʻmaklashish topshirildi;
• Energetika, neftgaz, kimyo, metallurgiya, temir yoʻl kabi tarmoqlardagi yirik korxonalar 2-3 yillik buyurtmalarini kooperatsiya portaliga oldindan joylashtiradi.
•Mahalliy korxonalar esa ushbu buyurtmalar asosida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi. Ularning loyihalariga dastlabki bosqichda 100 million dollar yoʻnaltiriladi.
@alisher_sadullaev
•Mikromoliya xizmatlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash davom ettiriladi. Ularga joriy yildagi 1,6 trillion so‘mga qo‘shimcha 1 trillion so‘m resurs ajratiladi
•Shu bilan birga, ustav kapitali kamida 50 milliard so‘m bo‘lgan mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat beriladi;
•Ushbu banklar kredit portfelining kamida 70 foizi kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi;
•Mikromoliya tashkilotlari tomonidan tadbirkorlarga xorijiy valyutada xizmat ko‘rsatish va litsenziya asosida to‘lov tashkiloti sifatida faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.
@alisher_sadullaev
⚡️Birozdan so‘ng Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlanadi.
Qoraqalpog‘istonda yurtimizning barcha hududlaridan 300 ga yaqin tadbirkor va investorlar to‘plandi. Shuningdek, muloqotda xorijda biznesini yo‘lga qo‘ygan yana 40 dan ziyod vatandoshlarimiz ishtirok etadi. Hududiy studiyalardan 3 mingga yaqin biznes vakillari qatnashadi.
Davlatimiz rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim yangi tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.
@alisher_sadullaev
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ikki yil ichida 40 mingga yaqin qoraqalpog‘istonlik yoshlar o‘qitildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Kegeyli tumanidagi Juzimbag‘ ovulida uzumchilik bilan shug‘ullanayotgan yoshlar bilan uchrashdi.
Davlat dasturlari doirasida yo‘l, suv, ijtimoiy ob’yektlar qurilishi va mahalla infratuzilmasiga 11 trillion so‘m ajratildi. Bog‘cha qamrovi 28 foizdan 84 foizga oshdi. Yangi 21 ta maktab qurildi, yana 243 tasi to‘liq ta’mirlandi.
To‘rtko‘l, Qo‘ng‘irot va Chimboy tumanlarida qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etildi. O‘tgan davrda tibbiyot muassasalariga 300 milliard so‘mlik 1,5 mingdan ziyod asbob-uskunalar yetkazildi, yil yakunigacha yana 141 milliard so‘mlik tibbiy anjomlar beriladi.