Yangi formatdagi test ekan, N5, N4 darajaga JLPT topshirayotganlar borib topshirib, o'zingizni sinab ko'rsangiz bo'ladi menimcha.
https://docs.google.com/forms/d/1zsooVFYZMc4x9353O6bgccR4Pw8K6BcX39_bmTPoSbA/edit
❗️Qatnashish bepul ekan!
@yapontili_uzbekistan
Maykamni sotib bo'lsa ham o'qitaman.
Dunyodagi eng katta ishonch kimdan keladi bilasizmi? Kim sizni bir og'iz so'zi bilan butunlay o'zgartirib yuborishi mumkin..?
Do'st, ustoz, kinodagi bosh qahramon... Yo'q, otaning so'zi. Sizni harakatga keltirib, orqaga yo'l yo'q ekanligini ko'rsatuvchi birgina ishonch.
Bundan 10 yillar avval, bir kichik suhbat bo'lgandi. "Dada Toshkentga o'qishga kirsam, to'lagani pulimiz bo'lmaydi. Keling, shu yerga o'qishga topshiray, kontrakt bo'b qolsa, juda bo'lmasa tarixdan kurs o'tib, kontraktni to'layman" degandim.
Dadam esa "sen Toshkentda o'qishing kerak, chet ellarga ham borasan hali. Kontraktga kirsang, pulim bo'lmasa, maykamni sotib bo'lsa ham o'qitaman" degandilar.
O'sha kundan dam olishga haqqim yo'q deb o'qidim. O'qishga grantga kirdim. Yaponiyaga grant yutdim. Magistraturga grantga kirdim. Mext grantini yutdim. O'qishga pul to'lamayman, otam maykasini sotmaydi. Men unga aksincha hamma narsa olib berishim kerak deb o'ylaydigan bo'ldim.
Har safar Yaponiyadan qaytganda, sovg'a olsam, mayka qo'shib ham olaman. Yangisidan, qimmatidan.
Otani ishonchi katta narsa. Uni bir so'zi farzandni o'zgartirib yuboradi. Sizni yaxshi ko'raman, dadajon!
@yapontili_uzbekistan
Assalomu Aleykum Vatandoshlar! Ingliz tilida uqimoqchi bulgan vatandoshlarimiz bulsa, ushbu Universitetlar ingliz tilida bakalavr, magistratura Va PhD uquvlari mavjud! Hammasida grant lar ham mavjud! Qiziqqanlar bulsa usha Universitatlarning saytlarida kerakli informaciya bor! Omad!
1.Musashino University_School of Global Studies, Department of Global Business
Japanese and international students learn together from a global perspective
https://www.jpss.jp/en/univ/357/3507/
2.Meiji Gakuin University_Faculty of International Studies
Foster international perspectives through original undergraduate internship courses
https://www.jpss.jp/en/univ/359/934/
3. Tokyo Metropolitan University_Biology English Program
Online international exchange learning by connecting to universities around the world
https://www.jpss.jp/en/univ/959/4198/
4. International University of Japan_Two graduate programs
Aim to become a global leader with students from 70 countries in a nature-rich environment
https://www.jpss.jp/en/grad/304/
5. Waseda University_Seven undergraduate programs
Contributing to the world and fostering the next generation of global leaders
https://www.jpss.jp/en/univ/368/969/
6. Sophia University_Four undergraduate programs
Pioneer of E-track in Japan
https://www.jpss.jp/en/univ/291/
7. Temple University, Japan Campus_Undergraduate programs available to choose from 12 courses
International campus with about half of the students coming from abroad
https://www.jpss.jp/en/univ/1210/3157/
Manba: Yaponiyadagi O'zbek jamiyati facebook sahifasi
💛💛💛
📱JLPT MASTER dan navbatdagi video! Sun'iy aql yapon tili o'rganish bo'yicha nima deydi? Birgalikda ko'ramiz😅
https://www.instagram.com/reel/DB1QGy4sH5Y/?igsh=MW0wMWthcTN1NnF2dA==
Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook
#tavsiya
Kimga Minna no nihongo kitobi kerak! Arzon narxda berib yuboramiz, yangi kitob, biz daraja olib bo'ldik. Yangi holatda degan joyi bor.
@Elbek_Ibrokhimov ga murojaat qiling! Yaponiyaning hamma yeriga yuborishadi ekan.
Yapon tili boshlaganlarga ayni muddao! Tez bosib qolish kerak😅
@yapontili_uzbekistan
Men O'zbekistonda bo'lganimda aniq borardim😅 Tavsiya qilaman, albatta boring!
Kanalga ham a'zo bob qo'ying, bunaqa senpailar kamyob😅
Darsi borlar darsga kirish oma😅
Matsushita Konosukening fikricha…
Panasonic kompaniyasining asoschisi. Yapon millatining faxrlaridan biri bu - janob Matsushita hisoblanadi.
Bu inson o’zining ajoyib dunyoqarashi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Bir kunda 3 soatdan oshiq uxlay olmagan inson. Ko’proq uxlashga harakat qilsa ham, buning ilojini topa olmagan.
U shunday deb maslahat beradi. “Hayotda hech qachon o’z taqdiringizdan nolimang. Har bir sodir bo’lgan hodisa va voqealarni ijobiy qabul qiling. Siz kuchli inson ekanligingizga avvalo o’zingiz ishoning”.
Bu gaplarda juda katta ma’no bor. Xulosa qiladigan bo’lsak, hayotda ijobiy fikr egasi bo’lishlik juda muhim. Qanday holatda bo’lmaylik, kimdandir yoqimsiz gaplarni eshitmaylik, barchasini ijobiy tahlil qilib, to’g’ri xulosa chiqarish kerak.
Bu bizning kelajagimiz va sog’lom turmushimiz uchun juda muhim omil bo’lib xizmat qiladi!
Kuningiz omadli o’tsin!
@jalilov_akbar
❤️❤️❤️
JLPT MASTER da online dars uchun navbatdagi qabul!
🎯N5 guruh (noldan yapon tili darsi)
dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 17:00 (O'zbekiston vaqti)
🎯N4 guruh
seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 18:00 (O'zbekiston vaqti)
⌨️Darslar yangi haftadan boshlanadi va online tartibda JLPT MASTER zoom platformasida olib boriladi!
Dars bo'yicha maqtab reklama yozmadik, shunchaki kirib ko'ring. Sizga ma'qul bo'ladigan sifatli dars tashkil etganmiz.
Muhimi qiziqish
Dasturlashga qiziqasiz, o'rganishni boshlaysiz. Biroz vaqt o'tib tashlab qo'yasiz. Sababi siz dasturlashga qiziqmaysiz, shunchaki yaxshi oylik to'laydi degan gaplarni eshitib olib kirib ko'rgansiz.
Biror ishni qiziqib qilayotgan odam, pul uchun qilayotgan odamdan o'tib ketadi. Chunki 2-odamda pul topilgach harakat kamayadi. 1-odamda esa yo'q.
Natijamiz yo'qligi - doimiylik yo'qligidan. Bir xafta qattiq o'rganamiz, keyingi xaftasiga tashlab qo'yamiz. Bir kunda ko'p narsa o'rganmoqchi bo'lamiz, bilmaymizki - kichik bo'lsa ham, doimiylari muhimroq bo'ladi.
Haftada 2 marta ofisga ishga poyezda boraman. Yoʻlovchilar chiqib, eshik oldiga turib olishadi. Eshik oldi tiqilinch, oʻrtadagilar bemalol ketadi. Professionallik ham shunga oʻxshaydi. Boshi tiqilinch. Oʻrtasi bemalol.
Dasturlashga endi kirganizda, hamma raqobatchi, hamma shu ishni qilayotgandek koʻrinadi. Bir yil ustingizda ishlab, davom etsangiz sohadagi 90% insondan dan oʻtib ketasiz.
Sohada o'rtacha bo'lish foydasiz bo'lib qoldi. Eng yaxshi kompaniyalar eng yaxshi dasturchilarni ishga olishyapti.
Chalg’imay ishlang, kitob o’qing, o’ylang, yuring, yozing - g’alaba aniq, sabr qila olsangiz bas.
🩵🩵🩵
BOOOM!
Endi JLPT MASTERda offlayn 特別上級日本語 kursi!
Bu kurs universitet stajirovkasi uchun imtixon va elchixonaning MEXT imtixoniga tayyorlash uchun tashkil etilmoqda.Men faqat test yechaman, testga tayyorlanaylik deydigan talabalar uchun!
Bu kurs orqali grant yutsangiz, qanchalik darajada narxiga va vaqt ajratnganingizga arzishini tushunib yetasiz. Sharqshunoslik va Jahon tillari talabalari bo'lsa, qattiq tavsiya qilaman.
@yapontili_uzbekistan
#tavsiya
Yaponiyada 2 yil yashab men payqamagan narsalarni ko'rsatibdilar. Ko'rishga arziydigan ko'rsatuv bo'libdi.
https://youtu.be/edXr0Gt1AVg?si=mybaBJDji2LnzuAA
@yapontili_uzbekistan
❤️❤️❤️
📢Biroz avval xabar berganimizdek 7-oktabrdan iyul oyidagi JLPT sertifikatlari berila boshlandi. UJC ga borib olasiz.
📋Yaponiyadagilar esa myjlpt sayti orqali parol va idni kiritib zakas qilsangiz bo'ladi.
💸Yaponiyada sertifikat buyurtma qilish narxi 1000 yen hisoblanadi.
Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook
Inson bilan odamni farqi bor. Rostdan ham odam bo'lish qiyin!
Bilimli degani u odam degani emas... Hayotdagi saboqlar ko'p... Kimdir sizga yordam bersa, pul uchun u narsani unutvormang. Buni to'lovi katta bo'ladi...
Universitetdan Yaponiyaga kelganimda Kouhai senpai an'anasi yo'q deyishgandi. Rostdan ham yo'q bo'lib ketgan ekan. Bugun nega yo'q bo'lganini tushundim menimcha😅
@yapontili_uzbekistan
❤️❤️❤️
⭐️JLPT MASTER da yangi ochiladigan offline N5 yapon tili kursiga taklif etamiz.
👨🏫Sensei: Qayumov Ubaydullo (JLPT N1)
🗓Seshanba/Payshanba/Shanba
🔜1-dars 9-Noyabr
⏰10:00 – 12:00
🎯Darsga qatnashish uchun :
📞94 1621604 | @JLPTMasteruz
🗺Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'chasi 28A
Mo'ljal: Miroz Ulug'bek metro bekati
Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook
Yaponiyada o'qishni orzu qilasizmi? 🇯🇵
️Unda "Japan Education Fair 2024" bepul ta'lim ko'rgazmasini ertaga o'tkazib yubormang! Ko'rgazmada siz Yaponiya universitetlariga kirish haqida batafsil ma'lumot, universitet rasmiy vakillaridan individual maslahatlar va savollaringizga javob olishingiz mumkin.
✅ Ko'rgazmada sizni turli ta'lim yo'nalishlari (bakalavr, magistratura va doktorantura) uchun grantlar va stipendiyalar taqdim etuvchi universitetlar, bundan tashqari Yaponiyaning nufuzli tashkilotlari vakillari kutmoqda.
🗓 Sanalar: 5 noyabr (ertaga)
🕰 Vaqt: 09:30 - 17:00
🆓 Kirish bepul (oldindan ro'yxatdan o'tish kerak).
Sizni ushbu manzillarda kutamiz:
📍Toshkent shahri, Amir Temur ko'chasi, 107-B xalqaro biznes markazi, 9-qavat, "Qo'qon" va "Urganch"konferensiya zallari.
Qabul boshlandi
UTokyo Amgen Scholars Program: Bakalavrlar uchun Yaponiyada 8 haftalik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!
Amaliyot Yaponiyadagi 1-raqamli oliygoh – Tokio universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida). Jami 10 nafar atrofida bakalavr qabul qilinadi.
Biologiya va unga aloqador boshqa fanlar (jumladan, tibbiyot) boʻyicha bakalavriatdan keyingi taʼlimni olishni hamda karyera qilishni xohlovchi talabalar ariza topshirishi mumkin.
Amaliyot sanasi: 2025-yil 5-iyundan 7-avgustgacha.
Imtiyozlar:
– Bepul turar joy
– 270 000 JPY (1764 dollar) stipendiya
– Yaponiyaga borish-kelish uchun aviachipta
Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/utokyo-amgen-scholars-program-bakalavrlar-uchun-yaponiyada-8-haftalik-amaliyot/
@grantlar
Bunday suhbatlarni bir nechtasini o'zim ham guvohi bo'lganman!
O'qimasangiz bo'lmaydi. Aniqrog'i Yaponiyada yurgan, nafaqat Yaponiya balki chetda o'qiyotgan yigit-qizlarni ota-onasiga o'qitmasangiz bo'lmaydi.
/channel/BahodirIskandarov/519
Akaga yana bir bor respect! Juda ham ta'sirli gaplar bo'libdi.
Balki rostdan ham biroz to'xtab, o'ylab ko'rish kerakdira. Nima deysiz...?
Bu borada menda ham gaplar bor, keyinroq yozaman! 😥
@yapontili_uzbekistan
Biroz avval online dars bo'yicha e'lon bergandik!
N5 guruh to'ldi, N4 online guruh darslariga 2 ta joy qoldi.
/channel/jlpt_uzbekistan/454
Darslar bugundan boshlanadi!
@yapontili_uzbekistan
Book Club tadbiri bo'lib o'tadi
Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar.
Sizlarni U-Senpai Club-ning ochiq tadbiri bo'lgan Book Club-ga taklif etamiz.
Siz tadbirda ikkita kitob bilan tanishasiz.
1. Yapon jamiyatiga kirish- 日本社会入門 Colin Joyce
2. Range - David Epstein
Tadbirda ishtirok etish istagida bo'lganlar ro'yxatdan o'tishni unutmang.
Ro'yxatdan o'tish
Hurmat bilan,
U-Senpai club
🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook
Yaponiyada o'qishni orzu qilasizmi? 🇯🇵
️Unda "Japan Education Fair 2024" bepul ta'lim ko'rgazmasini o'tkazib yubormang! Ko'rgazmada siz Yaponiya universitetlariga kirish haqida batafsil ma'lumot, universitet rasmiy vakillaridan individual maslahatlar va savollaringizga javob olishingiz mumkin.
✅ Ko'rgazmada sizni turli ta'lim yo'nalishlari (bakalavr, magistratura va doktorantura) uchun grantlar va stipendiyalar taqdim etuvchi universitetlar, bundan tashqari Yaponiyaning nufuzli tashkilotlari vakillari kutmoqda.
🗓 Sanalar: 5 noyabr (Toshkent),
8 noyabr (Buxoro)
🕰 Vaqt: 09:30 - 17:00
🆓 Kirish bepul (oldindan ro'yxatdan o'tish kerak).
Sizni ushbu manzillarda kutamiz:
📍Toshkent shahri, Amir Temur ko'chasi, 107-B xalqaro biznes markazi, 9-qavat, "Qo'qon" va "Urganch"konferensiya zallari.
📍Buxoro shahri, Wyndham mehmonxonasi.
Bu gap dasturlashgagina emas, hamma narsaga tegishli menimcha. Yapon tilini ham negadir zo'r ishtiyoq bilan boshlab to'xtatib qo'yadiganlar ko'p, baraka topgur, nimadir boshladingizmi, oxirigacha boring, qachongacha yarmida tashlab ketasiz...?
Qachongacha nimadirni oxirigacha olib bormaysiz..?
Savollar ko'p, hozirgi davrdaqa bir narsaga fokus qilib, tezda natijaga erishish bo'lmagan insoniyat tarixida menimcha.
Yana bir foydali havola:/channel/azizrakhimov_blog/366
❤️🔥❤️🔥❤️🔥
Nima uchun JLPT MASTER..❗️❓
1️⃣JLPT MASTER o'quv markaz sifatida
O'zbekistondagi yagona yapon tilinigina o'qitish uchun tashkil etilgan qonuniy yapon tili markazi hisoblanadi.
2️⃣Bizda JLPT N5 dan N1 gacha darslar mavjud va bu sizga qulay usulda jadval asosida offline va online shakllarda olib boriladi.
3️⃣JLPT MASTER da yapon tili bo'yicha milliy test imtixoni (CEFR) ga tayyorlov kurslari ham mavjud
4️⃣Bundan tashqari MEXT va grant imtixoniga tayyorlaydigan maxsus yapon tili kursi ham mavjud
5️⃣Tez orada esa til va testdan tashqari, tadqiqot yozish bo'yicha ham izchil kurs tashkil etiladi. Bu degani siz JLPT MASTERda yapon tilida noldan birgacha bora olasiz.
Yapon tilini harfdan boshlab o'rganib, N1 darajagacha, undan keyin C1 darajasi, yakunda esa grant testlari va tadqiqot rejasi yozishgacha bo'lgan mukammal yo'lni ko'rsatamiz.
Shu sensei darslar zo'r o'tyapti. Shu guruhlarimizga kelsanglar afsuslanmaysiz!
/channel/japanese_pro/1315
@yapontili_uzbekistan
🩵🩵🩵
BOOOM!
Endi JLPT MASTERda offlayn 特別上級日本語 kursi!
Bu kurs universitet stajirovkasi uchun imtixon va elchixonaning MEXT imtixoniga tayyorlash uchun tashkil etilmoqda.Men faqat test yechaman, testga tayyorlanaylik deydigan talabalar uchun!
Ustozdan juda ham ajoyib tavsiyalar bo'libdi. Biz ham odatlansak, ham vaqtimiz, ham mablag'imiz tejaladi! Nima dedingiz..?!
/channel/talaba_dostimga/767
@yapontili_uzbekistan
💞💞💞
🎯JLPT Masterda navbatdagi oflayn darslariga qabul davom etayabdi!
❗️N4 daraja guruh:
Dushanba Chorshanba Juma
Soat 15:00.
5 ta joy qoldi
❗️N5(noldan) daraja guruh:
Dushanba Chorshanba Juma
Soat 17:00
3 ta joy qoldi
✉️Guruhlarga ro'yhatdan o'tish uchun +99894 1621604 ga telefon qiling yoki @JLPTMasteruz ga yozing!
📅Darslar 11-oktabr Juma kunidan boshlanadi!
💡Sensei Yaponiyada o'qib qaytgan, N2 darajaga ega ustoz! Qolganini esda darsda bilib olasiz!
Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook
Yapon maktabidagi bir kun...
80 ta bolaga O'zbekiston haqidagi taqdimot juda ham manzur bo'ldi.
"Yaponiyada yo'q narsa nima?" Bir bolakay, mendan shunday so'rab qoldi.
O'ylab turib, hayolimga kelgan narsa "sariq sabzi" bo'ldi. Bollar esa sariq sabzi ham bormi? Qizil sabzidan farqi bormi? deb so'radi yosh bolakay Keiko. "Ha bor, shirinroq." dedim.
Yapon maktabida birinchi marta bolalar bilam birga tushlik qildik. Maktab juda ham shinam va qulay. Meni hayratlantirgani bolalarni abetni navbat bilan tayyorlashlari va yeb bo'lgach o'zlari yig'ishtirib, idishlarni joyiga ajratib qo'yib, yana stullarni tahlab qo'yganlari bo'ldi. Ajratilgan 30 daqiqada hammasini uddalashar ekan. Bir bola menga savol beraverib, ovqatini yeyishga ulgurmadi. 😅
Lekin ko'ngilni xira qilgani esa, ustozni "bolalar tug'ilishi kamayib boryapti, bu maktabda yana necha yil ishlay olarkinmiz, bu katta masala" degani bo'ldi.
Tartib, intizom o'rgatilgan bollarga, yana nimadir yetishmayapti.... Ko'ngilmda javob bo'ldiku, aytishga iymandim.
Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook
Ustozim rahmatli Sugano sensei "senga o'xshagan yigitlar Yaponiyaga ketib qaytib kelmayapti. Qachondir qaytgin, yapon tili o'qitgin derdilar".
JLPT Master ortida shu vadaga vafo yotibdi. Insonga yapon tili faqatgina til emas, vadada turishni ham o'rgatadi. Vaqtni qadrlashni o'rgatadi.
JLPT Masterda yangi xona o'quvchilarni qabul qilishga tayyor. Bizga ishonib, til o'rganayotganingiz uchun rahmat. Nasib qilsa, biz ham doimo ishonchni oqlashga harakat qilamiz!
Bizga qoʻshiling |フォロー
Telegram | Instagram | Facebook