xushnudbek | Неотсортированное

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Подписаться на канал

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent ko‘chalari bo‘ylab yurib, infratuzilma holati bilan tanishdi va uni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Qabul tugashiga 4 soatdan kamroq vaqt qoldi.

Abituriyentlar soni 986 ming 509 nafarni tashkil qilmoqda (20-iyul 20:00 holatiga).

Bu degani oxirgi 24 soatda 103 ming abituriyent hujjat topshirgan. Va bu raqam 4 soat ichida yana oshishi aniq.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Endi xorijiy va xususiy OTMlarga "perevod" qilish uchun Mentalaba.uz orqali hujjat topshiring!

Siz
Men talaba orqali:
❔ Rossiyadagi o‘qishingizni O‘zbekistonga ko‘chirmoqchimisiz?
yoki
❔Xorazmda emas, Toshkentda o‘qish qaroriga keldingizmi?
yoki
❔ O‘qishni ko‘chirishga boshqa sabablar bormi?

Unda bugunoq Mentalaba.uzda ro‘yxatdan o‘tib, o‘qishni ko‘chirish uchun ariza to‘ldiring, va universitetlarga hujjat topshiring. Shoshiling, vaqt juda kam qoldi!

"Perevod" uchun talab etiladigan hujjatlar:
- Transkript;
- Pasport nusxasi.

Qaysi universitetlarga o‘qishni ko‘chirish mumkin?
🎓 University of Science and Technologies (USAT)
🎓 Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
🎓 Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti va boshqa universitetlar

Ta’lim bo‘yicha boshqa yangiliklardan xabardor bo‘lib borish uchun:
Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

1️⃣ Prezident maktablarida testlarni Cambridge Assessment olmaganmi?

Mazkur savolga dastlab Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev javob berdi. Uning aytishicha, 2019-yildan buyon nufuzli Cambridge Assessment xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlik qilinmoqda va bu hamkorlik faqat Prezident maktablariga taalluqli emas. Cambridge Assessment o‘qituvchilar malakasini oshirish, darslik va metodologiyalar ishlab chiqishda ham yordam bermoqda.

Cambridge Assessment bilan har yili shartnoma yangilanadi. Joriy yil uchun shartnoma 2023-yil 24-mart kuni tuzilgan. Ushbu shartnomani o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik, lekin konfedensiallik talabi mavjudligi uchun rasmga olishga ruxsat bo‘lmadi.

1-bosqich testlarini Cambridge Assessment olganining yana 2 ta oddiy isboti bor:

Birinchidan, joriy yilgi imtihon test kitoblarida Cambridge Assessment International Education nomi hamda mualliflik huquqini bildiruvchi © kopirayt belgisi mavjud (yuqoridagi suratlarda uchala smenada tushgan variantlar kitobidan rasm olganmiz);

Ikkinchidan, 1-bosqich test natijalari tez orada Cambridge Assessment saytida eʼlon qilinadi. Mantiqan o‘ylaganda, 100 yildan ko‘proq tarixga va katta reputatsiyaga ega kompaniya o‘zi o‘tkazmagan test javoblarini "biz o‘tkazdik" deb rasmiy saytiga joylashtirmaydi.

"O‘zbekistondagi testda biz qatnashmayapmiz" deya berilgan javob bo‘yicha esa KunUz allaqachon izoh e'lon qilgan. Yaʼni Cambridge Assessment katta tashkilot, uning bir nechta bo‘lim va departamentlari bor. Shulardan biri – Admissions Testing (rad javobli xat yuborgan departament). Ushbu departament o‘tgan yillarda O‘zbekistonda test olishga masʼul bo‘lgan. Endi esa O‘zbekiston bilan bu departament emas, bevosita Cambridge Assessment International Education‘ning o‘zi shug‘ullanmoqda.

Shu sababli Admissions Testing "biz qatnashmayapmiz" degan va bu tushunmovchilikka sabab bo‘ldi. Aslida 1-bosqich testlarini Cambridge Assessment tayyorlagan va javoblarni ham ular e'lon qiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Eng yaxshi sarmoya - bu bilimga bo'lgan sarmoyadir!

Ko'plab qulayliklarni o'zida mujassam etuvchi Japan Digital University'da 6-qabul davom etmoqda.

Ommabop va daromadli sohaga aylanib ulgurgan dasturlash;

O'zbekistonda rivojlanayotgan yapon tili va menejement darslari;

Yuqori natija evaziga grant yutib olish imkoniyati.

Har bir abituriyent oliygoh tanlaganda oqilona qaror qabul qilishga haqli😉

(Litsenziya №0044 06.12.2021 y.)

👉 Hujjat topshirish uchun

📝 Kirish imtihonlari 29-iyul kuni bo'lib o'tadi.

☎️ 71-200-05-95

📍https://yandex.ru/maps/org/65692976704

Telegram | Instagram | JapanDigitalUniversity">YouTube | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

‼️Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

Bugun, 20-iyul kuni soat 23:59 da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

To’lov 1 kunga uzaytirildi, bu oxirgi muddat.

Avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar o’qish uchun to’lovni ertaga, 21-iyul soat 23:59 ga qadar to’lashlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoyev Umra amallarini bajardi. Ushbu jarayondan fotolavhalar.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ayni paytda amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyev Umra amallarini ado etdi.

Davlatimiz rahbari ikkinchi bor Kaʼbatulloh ichiga kirib, tegishli ibodatlarni amalga oshirdi hamda Vatanimiz, xalqimiz haqqiga duolar qildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Imtiyozi bor abituriyentlarning imtiyozi “Tekshirilmoqda” deb turgan bo‘lsa, nima qilish kerak?
#abituriyent

Turli imtiyozga ega yoki tavsiyanoma olgan, shuningdek xorijiy til bilish sertifikatini kiritgan abituriyentlarning shaxsiy sahifasida haligacha imtiyozlar “Tekshirilmoqda” maqomida turgani ko‘pchilikni xavotirga solmoqda.

Bilimlarni baholash agentligi vakili Jamshidbek Odilovning xabar berishicha, bunda xavotirga o‘rin yo‘q. Masʼul tashkilotlar maxsus tizimga imtiyoz va tavsiyanomalar haqida maʼlumotlarni kiritishda davom etmoqda, shu sababli hozircha hammaniki “tekshirilmoqda” deb turibdi. Lekin imtiyozning bazada ko‘ringanining o‘zi hammasi joyidaligini bildiradi.

Qabul to‘liq yakunlab bo‘lingach, testga kirish uchun ruxsatnoma olgungacha bo‘lgan davrda ushbu “tekshirilmoqda” maqomi “tasdiqlandi” maqomiga o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun Prezident maktablariga kirish imtihonlari bo’yicha jamoatchilikda yuzaga kelayotgan ayrim masalalarga javob olish maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati bilan uchrashdik. Uchrashuvda mendan tashqari KunUz hamda DaryoUz nashri muxbirlari ham qatnashdi.

Uchrashuvda quyidagi asosiy masalalar bo’yicha izoh so’raldi:

1) 15-iyul kuni o’tkazilgan testlarni Cambridge Assessment xalqaro tashkiloti olganmi? Ular bilan shartnoma bormi?

2) Bitta smenada tushgan savollar keyingi smenalarda ham takrorlandimi?

3) Testda smenalar kesimida o’quvchilar qayd etgan natijalar qanday? Test validligi bo’yicha tegishli tahlillar o’tkazildimi? Ularni ochiqlash mumkinmi?

4) Testdagi savollar murakkabligi haqiqatdan 4-sinf o’quvchilari uchun mosmi? O’quv dasturlariga rioya qilinganmi?

Barcha savollarga agentlik vakillaridan javoblar olindi, shuningdek Cambridge Assessment vakili Steve King bilan zoom orqali muloqot qilib, undan ham yuzaga kelgan tushunmovchiliklar bo’yicha izoh olindi.

Barcha punktlar bo’yicha bizga taqdim etilgan ma’lumotlarni alohida-alohida sizlarga yetkazishga harakat qilaman. Yozish uchun ozgina vaqt kerak.

Xulosa qilish esa o’zingizdan bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏢 Diplomat Universityda qabul davom etmoqda!

Kirish imtihonini onlayn topshiring va bugunning o‘zida DU talabasi bo‘ling!

❗️ Diplomat Universityga hujjat topshirishga ulgurmasangiz:

🔹 Tajribali ustozlardan bilim olish;
🔹 Rivojlanish uchun netvorking qilish;
🔹 Qiziqarli talabalik hayotida bo‘lish;
🔹 30% dan 100% gacha bo‘lgan grantlarni yutib olish kabi imkoniyatlarni boy berasiz!

⏳ Endi imtihon sanasini kutish shart emas!

🔹 Hujjatni oson va tez topshiring;
🔹 Qulay interfeysdagi onlayn imtihonda qatnashing;
🔹 Imtihondan o‘ta olmasangiz, ikkinchi imkoniyatdan foydalaning;
🔹 Ikkita fandan jami – 40 ta savol;
🔹 O‘tish balli – 30.

Istalgan vaqtda, qulay joyda ariza to‘ldiring, javob bering va o‘qishga kiring!

👉 Yo‘nalishlar
📄 Litsenziya (№037196, 20.12.2021 y.)
🎓 Grantlar

Murojaat uchun: +998 88 126 88 88 (@Diplomatuni), +998 88 124 88 88 (@Diplomatuniv)

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | diplomatuniversity">YouTube | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!
#abituriyent

Akademik litseylarga kirish test sinovlari 2023-yil 24-iyul kuni o‘tkaziladi.

Abituriyent-o'quvchilar 20-iyul kech soat 18:00 dan boshlab quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishlari mumkin:

➖my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;

➖yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi.

Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?
#abituriyent 

JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 165 ming so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.

❗️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 20-iyulga qadar (o‘sha kuni ham) to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizni farqi yo'q, asosiysi to'lovni 20-iyul soat 23:59 gacha to'lash shart.

‼️LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin. Masalan, men bugun ertalab o'zim uchun to'lov qilmoqchi edim, ammo birorta onlayn to'lov tizimi orqali buni amalga oshirish imkoni bo'lmadi. Qachon qarasa texnik profilaktika bo’ladigan Munis degan tizim bu safar ham ishlamayotgan ekan.

✅ Keyin soat 9 larga yaqin tizim ishlab ketdi va to’lov qila oldim. Hozir tizim ishlayapti.

Shu sababli Sizlarga ham bugun yoki uzog'i ertaga kunduzi to'lov qilishni maslahat beraman. Oxiriga qoldirmang.

Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:

— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abituriyentlar soni 791 ming 988 nafarga yetdi (2023-yil 18-iyul 20:00 holatiga).

Oxirgi 24 soat ichida 80 ming abituriyent hujjat topshirgan va bu joriy yilgi rekord.

Hozirgi abituriyentlar soni 2021-yildan ham, 2022-yildan ham kamroq. 2021-yilda qabul tugashiga 2 kun qolganda abituriyentlar soni 850 mingdan ko’proq edi, o’tgan yili esa bu muddatda salkam 1,1 mlnga yetgandi.

Qabul ertadan keyin tugaydi. Ko’ramiz, oxirgi 2 kunda abituriyentlar soni qay darajada o’sarkin…


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Korzinkadan xarid qilib, BYD Song Plus yutib oling!

30-iyulgacha Korzinkada har hafta 1 000 000 nominallik sertifikatlar va bosh sovrin BYD Song Plus yutishingiz mumkin bo‘lgan aksiya davom etmoqda.

Aksiya ishtirokchisi boʻlish uchun 200 000 so‘m va undan koʻproqqa Korzinka Plus kartangiz yoki mobil ilovangizdan foydalanib, xaridlar amalga oshiring.

Aksiya 2023-yilning 5-iyunidan 30-iyuligacha bo‘lib o‘tadi.

Shartlar haqida batafsil saytdan o‘qing.

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Qabul tugashiga 3 soatdan kamroq vaqt qoldi.

Abituriyentlar soni — 992 ming 322 nafar (soat 21:00 holatiga).

Millionga yaqin qoldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2️⃣ Prezident maktablari uchun testlarni tuzish, o‘tkazish, javoblarni tekshirish tartibi qanday?

Jarayonni qisqaroq tushuntirishga harakat qilaman:

1) Dastlab shartnoma tuziladi. Joriy yilgi mavsum uchun shartnoma 2023-yil 24-mart kuni tuzilgan;

2) Agentlik har yili Cambridge Assessment‘ga imtihonga kiradigan 4-sinflar o‘tgan barcha kerakli darsliklar hamda o‘quv dasturlarini yuboradi. Cambridge Assessment ular asosida savol tuzadi;

3) Savollar tayyor bo‘lgach, ichki yopiq kanal orqali savollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bilimlarni baholash agentligi (sobiq DTM)ga yuboradi. Savollar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga berilmaydi;

4) BBA (DTM) savollarni yopiq rejimda chop etadi va maxsus feldyegerlik xizmati orqali imtihon kuni joylarga yetkazadi;

5) Imtihondan so‘ng, BBA javob varaqalarini skaner qilib, tekshirish uchun yana qayta Britaniyaga yuboradi. Chunki savollarning kaliti BBAga berilmaydi;

6) Cambridge Assessment barcha javob varaqalarini Britaniyada tekshirib chiqadi. Bunda testologiya qonun-qoidalariga qay darajada mos kelishini ham o‘zlari tekshiradi;

7) Test natijalari tahlili normal standartlarga mos kelgandan keyin, Cambridge Assessment o‘tkazilgan testlarni haqiqiy deb topadi va natijalarini o‘zining rasmiy saytiga joylaydi;

8) Prezident maktablari uchun 1-bosqich testini o‘tkazish uchun Britaniyadan vakillar qatnashmaydi, ammo ular onlayn nazorat qilib turadi. 2-bosqich uchun esa har bir hududga Cambridge Assessment‘ning 1 tadan vakili yetib keladi, o‘zi imtihon oladi, natijalarni ham o‘zi bilan yig‘ishtirib, yana qayta Britaniyaga olib ketadi;

Qisqacha tartibi shunaqa.

❗️Aytgancha, Cambridge Assessment bugun o‘zining rasmiy saytida Prezident maktablarining 1-bosqichida ham, 2-bosqichida ham ishtirok etayotganini tasdiqlab bayonot berdi. Xodimlari noto‘g‘ri javob qaytargani uchun uzr so‘radi va bu boshqa qaytarilmasligiga vaʼda berdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Gruziya va Ozarbayjonda bo'ldi

Dastlab, 17-iyul kuni Abdulla Aripov va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili boshchiligidagi ikki mamlakat hukumatlari delegatsiyalarining yig‘ilishida ikki tomonlama hujjatlar imzolangan.

Shuningdek, kecha — 19-iyul kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi. Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon hukumatlari delegatsiyalari uchrashuvi ham bo‘lib o‘tgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bitta telekanalda lahva ko’rib qoldim. Unda aytilishicha, bir texnikum bitiruvchilari diplomini haligacha ololmayotgan emish.

Va yana lavhada aytiladiki, 300 nafar bitiruvchi sarson bo’lib yuribdi, agar tezda bu masala hal qilinmasa, ular o’qishga hujjat topshira olmay qolishi mumkin ekan.

Mayli, bu vaziyatda na bitiruvchilarni, na jurnalistni ayblamoqchi emasman (ya’ni mavjud qoidalarni bilmaslikda). Shunchaki yana bir marta eslataman:

❗️Texnikum va kollejni joriy yilda tugatganlar o’qishga maktabning 11-sinf shahodatnomasi bilan hujjat topshiradi. Diplom bilan emas!

Batafsil bu yerda:
/channel/xushnudbek/20306

P.S.: diplomni esa tezlashtirish kerak.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qabul jarayonlariga oid savol-javoblar:
#abituriyent 

❓Bakalavr, magistratura, ikkinchi mutaxassislik, maqsadli va imtiyozli kvotalarni qayerdan ko‘rsa bo‘ladi? Javob

❓Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi? Javob

❓Talabalar ham abituriyent sifatida o‘qishga hujjat topshira oladimi? Javob

❓Ham perevodga, ham abituriyent sifatida ariza topshirsa bo‘ladimi? Shunda 2 ta testga kiradimi? Javob

❓Qaysi yo‘nalishda qaysi fanlardan imtihon bo‘ladi? Javob

❓Beshta yo‘nalishni tanlash shartlari qanaqa? Javob

❓Ijodiy imtihoni bor joyda faqat 1 ta yo‘nalish tanlab bo‘ladimi? Javob

❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani? Javob

❓Kunduzgi bilan sirtqi qo‘shib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa bo‘ladi? Javob

❓Imtiyozli qo‘shimcha kvotalar faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadimi yoki beshalasiga hammi? Javob

❓Maqsadli qabul nima degani? Javob

❓Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi? Javob

❓5 yil stajga ega o‘rta maxsus o‘qituvchilar uchun 1000 ta maqsadli kvota qanday qo‘llanadi? Javob

❓Nega DTM saytida tugatgan yili sifatida 2023 yilni tanlab bo‘lmayapti? Javob

❓Nega imtiyozlar “Tekshirilmoqda” bo‘lib turibdi? Qachon tasdiqlanadi? Javob

❓Hujjat topshirib bo‘lgach, yana yo‘nalishni o‘zgartirsa bo‘ladimi? Javob

❓Testga kirish uchun qachongacha to‘lov qilish kerak? Javob


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏔 Ulkan maqsadlar kichik qadamlardan boshlanadi. Buning uchun esa to‘g‘ri tanlov juda muhim!

ISFT instituti sizga bu borada quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

👉 14 ta fakultet;
👉 Talabaga yo‘naltirilgan ta’lim;
👉 Malakali professor-o‘qituvchilar qo‘lida tahsil olish;
👉 Iqtidorli talabalar uchun ajratilgan 300 ta grant o‘rinlari.

Ilm va muvaffaqiyat sari intilganlar uchun institut eshiklari doimo ochiq!

📝 Ro‘yxatdan o‘tish: admission.isft.uz

📞 Telefon: +998 55 506 37 37

Sayt | Instagram | Telegram bot | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abituriyentlar soni 882 ming 913 nafarga yetdi (2023-yil 19-iyul 20:00 holatiga).

Oxirgi 24 soat ichida 90 ming abituriyent hujjat topshirgan va bu joriy yilgi rekord.

Qabul ertaga tugaydi, 1 kun qoldi. Agar bugun va ertaga hujjat topshirgan abituriyentlar soni jami 120 mingga yetmasa, unda joriy yilda abituriyentlar soni 1 mlndan oshmasligi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bruklindagi otishmada 15 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

AQSh tergov organi ma’lumotlariga ko‘ra, 17-iyul kuni soat 13:00 atrofida yetti nafar bola (ular orasida 15 yoshli o‘zbekistonlik Foridun Mavlonov ham bo‘lgan) boshqa bir guruh bolalar bilan ro‘baro‘ kelgan. O‘smirlardan biri boshqa bir bola bilan janjallashmoqchi bo‘lgan. Bu ikki guruh talabalar Franklin Delano Ruzvelt o‘rta maktabiga qatnagan va bir-birlarini tanigan.

Politsiyaning ta’kidlashicha, ikki guruh a’zolari jismoniy tarafdan orani ochiq qilishga kelishib olgan. Har ikki guruh yetib kelganida, ikkinchi guruh vakili, 17 yoshli yigit qurol chiqarib, ko‘chaning narigi tomonidagi guruh tomon yetti marta o‘q uzgan. Faridun Mavlonov aniq mo‘ljallangan nishon bo‘lmagan, ammo unga ham o‘q tekkan.

Ayblanuvchi o‘zi urush qilmoqchi bo‘lgan bolani otib tashlamoqchi bo‘lganmi yoki yetti kishi uning oldiga kelayotganini ko‘rib, bu guruh tomon o‘q uzganmi, hozircha bilmaymiz”, – dedi Nyu-York politsiyasi detektiv bo‘limi boshlig‘i Jeyms Essig.

Mavlonov o‘q uzilgan joydan yarim ko‘cha narida hushidan ketgan. U og‘ir ahvolda Maymoniddagi tibbiyot markaziga yetkazilgan va kecha, seshanba kuni hayotdan ko‘z yumgan.

Marhumning qarindoshlari o‘zbekistonlik muhojir Firdavs Mavlonov (marhumning otasi) oilasiga tasalli berish uchun yig‘ilishgan.

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi 15 yoshli Faridun Mavlonovning fojiali o'limidan chuqur qayg'uda ekanligi hamda uning oilasini qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan. Elchixona hamda Nyu-Yorkdagi Bosh konsullik mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Mavlonovlar oilasiga hamdardlik bildiramiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hurmatli abituriyentlar,

📍Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (avvalgi Yeodju) 2023/2024-oʻquv yili uchun quyidagi yoʻnalishlarga grant eʼlon qiladi!

🔹Mexatronika
🔸Elektrotexnika
🔹Mashinasozlik texnologiyasi
🔸Lift muhandisligi
🔹Axborot tizimlari muhandisligi
🔸Qurilish
🔹Muqobil energiya
🔸Arxitektura va shaharsozlik
🔹Yoʻl harakatini boshqarish

Bakalavr davrida oʻtiladigan fanlar, yoʻnalish tasnifi va qabul boʻyicha toʻliq maʼlumot
👉bu yerda.

🤵Darslar AQSh, Angliya, Misr, Janubiy Koreya va Italiyalik tajribali xorijiy professor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil etiladi.

🗂 Onlayn hujjat topshirish: admission.kiut.uz

☎️ +99878 129-40-40 (ichki raqam – 1).

Telegram | Instagram | Facebook kimyointernationaluniversity/featured">|YouTube |
Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Texnikum va kollej bitiruvchilari diqqatiga!
#abituriyent

Joriy 2023-yilda texnikum yoki kollejni tugatgan bitiruvchilar my.uzbmb.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tayotganda taʼlim muassasasini tugatgan yil sifatida 2023-yil chiqmayotganini aytishmoqda.

Buning sababi oddiy.

Avval ham eʼlon qilganimizdek, joriy yil texnikum va kollejni tugatganlar diplom bilan emas, balki maktabning 11-sinf shahodatnomasi bilan o‘qishga topshiradi.

Ko‘pchilik diplom bilan topshiraman, deb o‘ylab adashyapti. Hatto ayrimlar "kollejim haligacha diplomni bermayapti, men o‘qishdan qolib ketaman", deb xavotir ham olishmoqda.

Yo‘q, yo‘q va yana yo‘q!

Sizlar maktabning 11-sinfini tugatgansizlar va abituriyent sifatida aynan maktab shahodatnomasi bilan topshirasizlar. Tugatgan yilga ham 2023-yilni emas, maktabni tugatgan yilni ko‘rsatasizlar.

❓To'lov masalasi-chi?

Va o‘z-o‘zidan testga kirish uchun to‘lov ham qilishlaringiz kerak. Ko‘pchilik, "biz 2023-yilda kollej yoki texnikumni tugatdik, demak biz joriy yilgi bitiruvchi sifatida to‘lov qilmaymiz", deb o‘ylashmoqda. Lekin unaqa emas.

Yuqorida aytganimdek, joriy yil texnikum va kollejni tugatganlar o‘qishga maktab shahodatnomasi bilan hujjat topshiradi va o‘z-o‘zidan avvalgi yillardagi bitiruvchi hisoblanadi. Shu sababli ular ham testga kirish uchun 165 ming so‘m to‘lov qilishadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent 

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN

Respublika miqyosda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami 3 ming 803 ta (o‘tgan yilgidan 183 taga ko‘p) davlat granti bo‘yicha alohida kvota ajratilgan.

▪️Ta’lim shakllari kesimida:

➖ kunduzgi
2 542 ta;
➖ sirtqi981 ta;
➖ kechki223 ta;
➖ masofaviy57 ta.

ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy holatda imtiyozlar faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lar edi, ammo nogironligi bor shaxslar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan.

Qoida bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning maʼlumotlari my.uzbmb.uz  saytida avtomatik o‘zi chiqadi. Qo’lda kiritish shart emas.

Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, Toshkent davlat texnika universitetining kunduzgi shaklida nogironligi bor shaxslar uchun 73 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 200 nafar nogironligi bor abituriyentlar TDTU kunduzgi shakliga topshirgan. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir energetika, kimdir metrologiya, kimdir neft-gaz va h.k.

Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 200 nafar abituriyentlar orasida eng ko‘p ball to‘plagan 73 nafar abituriyent davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 127 nafar nogironligi bor shaxslar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

❓Nogironligi bor shaxslarga 2% ball qo‘shib beradimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Tilshunoslik va adabiyotga qiziqasizmi?

Tilshunoslik asoslari va adabiyotshunoslik bilimlarini egallab, shu sohada yetuk mutaxassis bo'lish uchun Toshkent amaliy fanlar universitetiga o'qishga topshiring.

"Tillar va adabiyot" fakultetini tamomlab, tarjimon, filolog yoki jurnalist bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritasiz.

☎️ Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot

Telegram | Instagram
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️BARCHAGA DO‘STONA MASLAHAT:

Avval ham bir necha bor eʼlon qilgan maslahatimni yana bir marta takrorlamoqchiman, bu ayniqsa ota-onalarga taalluqli:

Shahidlik haqidagi ma‘ruzalarni saqlamang, tarqatmang, targ‘ib qilmang! Kimdir tarqatsa, uni ham ogohlantiring, unaqa guruhlardan chiqib keting. U hattoki, qarindoshlaringiz, sinfdoshlaringiz, kursdoshlaringiz yoki boshqa tanishlaringiz guruhi bo‘lsa ham. Lentangizda shunaqa videolar chiqib qolsa, layk bosib o‘tirmang (layk bosganlar ham javobgarlikka tortiladi va amaliyotda bunaqasi bo‘lgan).

O‘zi umuman diniy ma‘ruzalarni faqat O‘zbekistondagi ishonchli rasmiy manbalardan eshiting. O‘zini asraganni Alloh ham asraydi. Boshqalar qilayotgan xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish kerak, hadeb bir xil xatoni takrorlayvermasdan.

Tushunarli bo‘lishi uchun, avval aytgan fikrimni yana takrorlayman, nashid tarqatgan yigitlar atrofidagi bahslar ham faqat ularga berilayotgan jazolar atrofida bo‘lyapti. Ammo bu ishlarning noqonuniyligi bo‘yicha bahsga hech qanday o‘rin ham yo‘q, sababi O‘zbekiston dunyoviy davlat sifatida qonunlarda aniq nima mumkin yoki nima mumkin emasligi belgilab qo‘ygan. Jaydari tilda aytganda, taqiqlangan diniy materiallarni tarqatgan o‘sha yigitlar "ular aybsizku, nohaq ayblandi", deb himoya qilinmayapti, jazoni qayta ko‘rib chiqaylik, deyilyapti. Bu ikkalasining farqi JUDA KATTA.

Tag‘in siz ham bo‘layotgan bahslarni "bu aslida mumkin ekan-u, lekin yo‘q joydan jazo berishibdi" deb o‘ylab yurmang. Ertaga bu ishlar sizning boshingizga ham tushishi mumkin va shunda ham sizni hech kim "bu aybsiz" deb himoya qilmaydi. Nari borsa, jazosini sal yengillataylik, deb so‘rashi mumkin xolos (lekin bundan foyda bo‘ladimi, yo‘qmi, Xudo biladi). Chunki sudning ishiga hech kim aralasholmaydi baribir, biz qonun doirasida mustaqil shunaqa jazo tayinladik, desa, o’zgartirib bo’lmaydi.

Qonunlar qay darajada tasavvurimizda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lmasin, ular baribir qonun. Tamom vassalom.

Shu sababli o‘ylab ish qiling. Keyin afsuslanib, keyin janjal qilib, keyin internetda shov-shuv bo‘lib yurgan bilan foyda yo‘qligini amaliyotda bir nechta misollarda ko‘ryapmiz.

HURMATLI OTA-ONALAR! Iltimos, farzandlaringizga, ayniqsa o‘smir yoshlarga sal eʼtiborli bo‘ling. Ularning yon-atrofi, do‘stlari, qiziqishlari, internetda ko‘rayotgan manbalari, Telegram guruhlari va boshqalar bo‘yicha sal hushyorroq bo‘ling. Bugun farzandi taqdiriga befarq bo‘lganlar, ertaga attang deb qoladi, lekin unda kech bo‘ladi.

Bu gaplarni chin dildan, qamalib ketayotgan yosh-yosh yigitlarning ota-onalari chekayotgan azob-uqubatlarni ko‘rib, azbaroyi ichim achiganidan aytayapman (kecha Jahongirning onasining rasmini ko‘rib, ancha ezildim).

O‘sha gap: o‘zini asraganni Alloh ham asraydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari miqdori kishi boshiga 1 oyga 568 ming so‘mni tashkil etdi

Bu haqda Statistika agentligi xabar qilmoqda. Ma'lumot uchun, minimal iste’mol xarajatlari miqdori 2021-yilda 440 ming so‘mni, 2022-yildan 498 ming so‘mni tashkil etgandi.

❓Bu nima o'zi?

Bu boshqacha aytganda kambag‘allik chegarasi. Jahon tajribasida mazkur ko‘rsatkichdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

— davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;

— pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida foydalanish va h.k.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

"Adolat opa" hayron

Kecha Toshkent viloyat sudida 10 kishilik Telegram guruhga taqiqlangan o‘zbek tilidagi nashidni yuborgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan (xalq tilida qamoq) 21 yoshli Jahongir Ulug‘murodovga chiqarilgan hukm ustidan apellyatsiya instansiyasi yakunlandi.

Apellyatsiya hayʼati dastlabki hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi, Jahongirning advokatlari bergan eʼtirozni rad etdi.

❓Bu hukm adolatlimi?

Bu bo‘yicha o‘z fikrimni avvalroq aytib bo‘lganman (1, 2, 3, 4). Lekin hozir boshqa misollarni keltirmoqchiman.

1-video: Jizzaxda Telegramdagi 58 kishilik kanalda bir necha marta taqiqlangan diniy materiallarni yuborgan yigitga 3 yil ozodlikni cheklash (xalq tilida uy qamog‘i) jazosi tayinlandi. Sudya nima uchun bunaqa jazo berganini videoda tushuntirgan;

2-video: Qo‘qonda xuddi shunaqa taqiqlangan materiallarni tarqatishda ayblangan yigitga ham ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Sudya videoda nima uchun bunaqa jazo qo‘llaganini tushuntirgan.

Eʼtibor bering, ikkala vaziyatda ham sudlanuvchilar Jahongir bilan bir xil modda, yaʼni Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan ayblangan. Ularga qo‘yilgan ayb bir xil, ammo jazolar og‘irligi keskin farq qiladi. Qaysidir sudya adashgan yosh yigitni 3 yillik cheklov bilan ota-onasining bag‘riga, shu jamiyatga qaytaryapti, qaysidir sudya esa 3 yilga qamoqqa yuboryapti.

Jizzax va Qo'qonda adolat tushunchasi boshqacha-yu, Toshkent viloyatida boshqachamikin?

Bu kabi holatlar, afsuski amaliyotda juda ko‘p.

Eslatma: sal avvalroq 21 yoshli talaba Sardor Rahmonqulov taqiqlangan nashid yuborgani uchun dastlab 5 yilga qamalgandi, keyin apellyatsiya sudida ozodlikka chiqarilib, 2 yillik sinov muddati bilan shartli hukm tayinlangandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Подписаться на канал