xushnudbek | Неотсортированное

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Подписаться на канал

Xushnudbek.uz

15-apreldan Toshkent shahrida 4 kunlik issiq suv o'chirilishi boshlanadi.

O'chirish manzillari va sanalari bu yerda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xorijda tahsil olish imkoniyati!

“Profi University” taqdim etayotgan yangi imkoniyatlar haqida aytib oʻtmoqchimiz.

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab “Profi University” talabalari yangi xalqaro hamkorlik memorandumlari asosida xorijda tahsil olishlari mumkin:

✅ 2+2 - 2 yil “Profi”da, taʼlimning qolgan ikki yilini Latviyada davom ettirishlari;

✅ 3+1 - dastlabki uch yil “Profi”da oʻqishsa, taʼlimning oxirgi yilini Fransiyada yankunlashlari mumkin.

Bu hammasi emas, Siz uchun foydali yangiliklarimiz hali oldinda!

Unutmang, biz orzularingiz roʻyobi uchun barcha imkoniyatdan foydalanamiz!

Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)

Profi University qabul boʻlimi: @profiqabul

78-777-11-11

0️⃣Profi University — Think out of the box

@profiuniversity
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun “Zakovat”da FINAL

Soat 22:10 da “Milliy” telekanalida Jobir Ahmedov jamoasi 2024-yil bahorgi mavsumining final o‘yinida ishtirok etadi.

Tomosha qilish qattiq tavsiya qilinadi :)

Shuningdek, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida ertaga, soat 22:10 dan boshlab @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham tashkil etiladi.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Orzular” xonadonlari qulay narxlarda!

Rivojlangan infratuzilma va zamonaviy ko’rinishni oʻzida mujassam etgan Xon Saroy'ning “Orzular” loyihasidan 2 xonali xonadonni xarid qilib 183 mln so’m boshlang’ich to’lovni amalga oshiring va qolgan qismini oyma-oy bo’lib to’lang.

Loyiha hududida

👉Bog‘cha va maktab
👉Xavfsiz bolalar maydonchasi
👉Avtoturargohlar
👉24/7 kuzatuv kameralari mavjud.

Bot orqali bogʻlanish

Qoʻshimcha ma’lumot uchun:

📱71 200 74 00
📱55 501 74 00

👉xonsaroy.uz
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 12 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Genri Slizar. Imtihon kuni (hikoya)

Izoh
: Genri Slizar fantast va detektiv yozuvchi, asosan kriminal syujetlar muallifi sifatida shuhrat qozongan. Ilmiy fantastika yoʻnalishidagi hikoyalari bilan mashhur. Havola qilinayotgan hikoyada mustabid tuzumning yuksak aqliy salohiyatli kishilarga nisbatan qanday yo‘l tutishi aks ettirilgan. Mustabid tuzumda yuksak tafakkurning badali nima boʻlishi mumkin? Hikoya qahramoni Dikining qismati qanday yakun topganini eshitib, oʻqib bilib oling.

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/Genri-Slizar-Imtihon-kuni-hikoya" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/Genri-Slizar-Imtihon-kuni-hikoya

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/xE09AlpvCN8

💬
Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2023-yili Oʻzbekiston aholisining oʻrtacha yoshi 29 yoshni tashkil etgan

Shu jumladan, jinsi bo‘yicha:

🧍 erkaklar uchun – 28,3 yosh

🧍‍♀️ayollar uchun –  29,7 yosh o‘rtacha ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan.

❗️Ma’lumot uchun: 2023-yilda O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Andijonda 42 mlrd so‘mlik loyihani olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Andijon tumanida yashovchi A.B. va Andijon shahrida yashovchi X.U. yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yo‘l qurilishi sohasida faoliyat yurituvchi MCHJga Asaka tumanidagi “4R-112” avtomobil yo‘lining 4 km. qismiga asfaltobeton qoplamasini yotqizish bo‘yicha loyihani olib berishni va’da qiladi. Buning evaziga loyiha uchun ajratiladigan 42 mlrd so‘mning 10 foizini (4,2 mlrd so‘m) berishini talab qilishadi.

A.B. so‘ralgan puldan 20 ming dollarini olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekistonda elektromobil sotuvchi avtosalonlar rahbarlari avtomobil importiga cheklovlar qo‘yilishi sababli prezidentga murojaat bilan chiqdi.

https://www.gazeta.uz/uz/2024/04/11/auto-import/

Ular «400 dan ortiq tadbirkor boshi berk ko‘chaga kirib qolganini» aytib, davlat rahbaridan cheklovlarni olib tashlash va ochiq bozorni qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ramazon hayiti munosabati bilan o’tkazilgan tanlov (giveaway) g’oliblari ro’yxati.

Barcha g’oliblarni tabriklaymiz va ular bilan bog’lanib, tez orada 6 jilddan iborat “Tafsiri Hilol” kitoblar to’plamini yetkazamiz. 1 yillik Telegram Premium uchun obuna havolasi g’oliblarga shaxsiy xabar orqali avtomatik yuborildi.

G’olib bo’lmaganlar esa xafa bo’lishmasin. Bu kabi tanlovlarni kanalimizda yana tez-tez o’tkazamiz, Xudo xohlasa.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hayit odoblari

9-aprel, seshanba (30-kun)
Iftorlik vaqti: 18:59 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «U (Ramazon)ning oxirgi kechasida ro‘zadorlarning gunohlari kechiriladi», dedilar. Ular: «Ey Allohning  Rasuli, u Qadr kechasimi?», deb so‘rashdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q, lekin ishchi ishini ado etganidan so‘ng ajri – haqi to‘la qilib beriladi», dedilar.


Imom Ahmad rivoyat qilgan.


Diniy manbalarimizda hayit kunlariga doir odob va ahkomlar batafsil bayon qilingan. Biz hozir faqat Ramazon hayitiga tegishli odob va ahkomlar haqida so‘z yuritamiz.

Ramazon hayiti kuniga eson-omon yetib kelgan har bir musulmon kishi quyidagi amallarni bajaradi:

1. Iyd kechasini ibodat bilan o‘tkazish;

2. Hayit namozi uchun g‘usl qilish;

3. Tishlarni misvok yoki tish pastalari yordamida tozalab olish;

4. Iyd uchun yasanish;

5. Xushbo‘ylik surtish;

6. Namozga chiqishdan oldin biror yegulik tanovul qilib olish;

7. Fitr sadaqasini berish (2024-yil uchun fitr miqdori);

8. Takbir aytish (takbir aytish deganda, «Allohu akbar», deyish tushuniladi);

9. Hayit namoziga chiqish;

10. Iyd namoziga ertaroq, piyoda, viqor bilan, takbir aytgan holda borish;

11. Hayit namozga bir yo‘l bilan borib, boshqasidan qaytish;

12. Xonadon ahliga kengchilik, serobchilikka sharoit yaratish;

13. Qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shnilarni ziyorat qilish, beva-bechoralarning holidan xabar olish, ularga xursandchilik ulashish;

14. Bolajonlarga hayitlik berish, ularga ushbu bayramning shukuhini ko‘rsata bilish;

15. Tanish-bilish, yoru do‘st va har bir ko‘ringan musulmon kishini hayit bilan tabriklab, ularga xursandchilik va shodlik izhor qilish;

16. Hayit kuni odob doirasida, harom va man qilingan narsalarni aralashtirmagan holda ayrim ko‘ngilxushi ma’nosidagi o‘yin-kulgilar ham qilish mumkin;

❌ Hayit kuniga doir odoblar to‘la-to‘kis bo‘lishi uchun, ushbu kunda qilish durust bo‘lmagan ayrim narsalar haqida ham to‘xtalib o‘tish darkor.

Iyd kuni quyidagi ishlardan saqlanish lozim:

1. Ro‘za tutish.
2. Iyd namozidan oldin yoki keyin nafl o‘qish.
3. Gunoh sodir qilish.
4. Hayit kunlari ayollarning qabristonlarga borishi yaxshi emas.
5. Hayit kunlarini azaga aylantirib olish.


Manba: "Hayit odoblari", Hasanxon Yahyo Abdulmajid, IslomUz portali.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun soat 20:00 da tanlov (giveaway) g’oliblari ma’lum bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentda 1 sutka mobaynida yuk mashinalari harakati to‘liq cheklanadi

Ramazon hayiti munosabati bilan poytaxtimizda xavfsizlik choralarini ko‘rish maqsadida joriy yilning 9-aprel kuni soat 17.00 dan 10-aprel soat 17.00 gacha Toshkent shahriga yuk avtomashinalarining kirishi va shaharda yuk avtomashinalarining harakatlanishi to‘liq cheklanadi.

Avariya-qutqaruv xizmatlari mashinalari va maxsus transport vositalari bundan mustasno.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

UBS granti keyingi muvafaqqiyatlarim uchun poydevor bo‘ldi


Ta’lim chempionlari taqdirlandi!

“University of Business and Science”da kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalarning iqtidori, ilmiy salohiyati, madaniy-ma’rifiy va tashkiliy ishlarda faolligini rag‘batlantirish maqsadida bir semestrlik grant berish joriy qilingan.

Ushbu an’anaga muvofiq kuni kecha Navro‘z bayrami arafasida 14 nafar talabaga grantlar topshirildi.
__

UBS'da 20 ta bakalavriat yoʻnalishlari, 3 ta magistratura mutaxassisliklari va 5 ta doktorantura ixtisosliklari boʻyicha sifatli ta’lim olishingiz mumkin.

2024-2025-o‘quv yili qabuli haqida bilish uchun ushbu saytga o‘tib murojaat qoldiring: ubsu.uz

◽️UBS bilan talabalikka yo‘l oching!

📄
Litsenziya (№ 247428, 05.10.2022-y.)

Telegram
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

9-aprel, seshanba (30-kun)
Saharlik vaqti: 04:31
Iftorlik vaqti: 18:59 (Toshkent vaqti)

Solihlik. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hayit namozi vaqtlari:

● Andijon, Namangan, Farg‘ona — 06:00;
● Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyati — 06:10;
● Jizzax — 06:15;
● Samarqand — 06:20;
● Surxondaryo — 06:25;
● Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro — 06:30;
● Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm —06:50.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bo‘rijar kanalida cho‘kkan erkakning ham jasadi topildi.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

KunUz xabariga ko‘ra, cho‘kib ketgan 35 yashar ayol va 5 yashar bola Rossiya fuqarolari bo‘lgan. Uchinchi qurbon, o‘rta yoshlardagi erkak esa Xitoy fuqarosi ekani aniqlangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Rustam Sulaymonov Navoiy viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi oʻrinbosari edi.

***

Sherzod Rajabov Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar Qiziriq tumani hokimi edi.

***

Ziyoda Aminova Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U bunga qadar viloyat hokimining maslahatchisi edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Ertaga — barcha uchun ish kuni!

2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoniga asosan, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 13-aprel, shanbadagi dam olish kuni 12-aprel, jumaga ko’chirilgan.

Ya’ni 5 kunliklar bugun dam olyapti, ammo ertaga ishga chiqishi kerak.

Shunday qilib, ertaga, 13-aprel — shanba kuni BARCHA xodimlar uchun ISH KUNI hisoblanadi. 6 kunliklar ham, 5 kunliklar ham ishga chiqadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketgan

10-aprel kuni Bo‘rijar kanalining Toshkent shahri Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida uch kishi, shu qatorda, 5 yoshli bola va uning onasi cho‘kib ketdi, deya xabar bermoqda Renessans TV.

Guvohlarga ko‘ra, 5 yoshli bola qirg‘oqda o‘ynab, tasodifan suvga tushib ketgan. Uni ko‘rgan onasi bolani qutqarish uchun suvga sakragan, biroq kuchli oqim tufayli u ham cho‘kib ketgan. Boshqa bir kishi ularga yordam berishga harakat qilgan, ammo uni ham suv oqimi olib ketgan.

Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Zuhriddin Qurbonovning ma’lum qilishicha, qutqaruvchilar bola va ayolning jasadini topgan, erkakni qidirish ishlari esa davom etmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Aripov Muzaffar Akbarovich Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U bunga qadar Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Korzinka va ADM Global’dan bahorgi aksiyada ikkita Chery Tiggo 7 Pro yutish imkoniga ega bo‘ling

Chery Tiggo 7 Pro’laridan birini oilaviy yutib olib, 2024-yil bahorini odatdagidan yorqinroq qiling. Bundan tashqari, Korzinka supermarketlaridagi xaridlar uchun 9000 dan ortiq sertifikatlar, Korzinka Go’dan chegirmalar va avtomobil sovringa qo’yilgan o‘yinga qo‘shimcha imkoniyatlar sizniki bo‘lishi mumkin!

Qo‘shimcha sovrinlarning barchasini aksiya qoidalarini to‘liq bajarib, Korzinka mobil ilovasining o‘zidayoq yutish mumkin.

📌 Ishtirok etish uchun quyidagilar talab etiladi:

🔸 Korzinka, Korzinka Mahalla yoki Korzinka Go ilovasida 100 000 so‘m va undan ko‘proqqa xaridlarni amalga oshiring;
🔸 To‘lov paytida Korzinka Plus kartasidan foydalaning.

Shundan so‘ng, avtomobil o‘yini ishtirokchilari safiga qo‘shilasiz va 50 000, 30 000 va 20 000 so‘mga sovg‘a sertifikatlari hamda yutuqli o‘yin uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etuvchi mini o‘yinni o‘ynashingiz mumkin bo‘ladi!

Aksiya 5-apreldan 5-mayga qadar o‘tkaziladi.

App | Telegram | Facebook | Instagram | Web

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

10-apreldan Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo'ylab harakatlanuvchi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkazilmoqda.

Bunda yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yo‘nalishga qarab, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lovni amalga oshiradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Barchangizga Hayit ayyomi muborak bo’lsin!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Uzbekistan’s club tomonidan suratga olinayotgan O‘zbekistonlik.Podcast loyihasining ikkinchi sonida Kanadadagi “Sobirovs Law Firm” advokatlik firmasi rahbari Rahmad Sobirov va AQShdagi “Langar Law Firm” advokatlik firmasi rahbari Mirakmal Niyazmatov mehmon bo‘ligan.

Mavzu qiziq: mehnat immigratsiyasi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanada immigrantlar uchun zoʻr joymi? Ularda qonuniy va hujjatsiz immigrantlarga munosabat qanday? Amerikaga Meksika orqali kirishning oqibatlari qanday boʻladi? Ushbu savollarga Podcast davomida javob olasiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent amaliy fanlar universiteti barchangizni kirib kelayotgan Ramazon Hayiti bilan qutlaydi.

Toshkent amaliy fanlar universiteti “ONA” jamoat fondi bilan hamkorlik memorandumi imzolanganini e’lon qilishdan mamnundir.

Ushbu memorandum doirasida mamlakatimizdagi ehtiyojmand ayollar va bolalarni qo’llab-quvvatlash, turli kasalliklarga chalingan bolalarni moddiy va ijtimoiy himoya qilish kabi xayriya loyihalarini amalga oshirish ko’zda tutilgan.

Telegram | Instagram | Veb-sayt
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qarshi tuman prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi

U ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan yengillik qilib berish evaziga 8-aprel kuni 5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan va tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun, 2024-yil 9-aprel kuni, yurtimizda ikkita muhim sana nishonlanmoqda:

• Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 688 yilligi;

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga 10-aprelRamazon Hayiti, dam olish kuni sifatida belgilangan bayram. Demak, bugun, 9-aprel kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.

Eslatib o’taman, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

❗️Ma’lumot uchun, Hayit bayramida ketma-ket 3 kun (10-12-aprel) dam olish kuni sifatida belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

10-aprel, Ramazon hayiti bayramining birinchi kuni respublikadagi barcha jamoat transporti vositalari soat 4:00 dan 10:00 ga qadar aholiga BEPUL xizmat ko‘rsatadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

426 nafar shaxs afv etildi

Shavkat Mirziyoyev Muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 426 nafar shaxsni afv etish haqidagi farmonni imzoladi.

Afv etilgan shaxslarning 135 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 200 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 26 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 65 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 11 nafarini chet el fuqarolari, 50 nafarini ayol, 13 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 157 nafarini yoshlar (shulardan, 3 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 5 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Подписаться на канал