xushnudbek | Неотсортированное

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Подписаться на канал

Xushnudbek.uz

❓Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?

Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘ladi. Bular:

🔴 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;

🔴 11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

🔴 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

🟢 13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI;

🔴 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

Izoh: qo’shimcha dam olish kunlari 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Isakulov Sardor Dadajonovich
Parkent tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🤩 Grant asosida o'qish imkoniyati

Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetida
iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025-o'quv yili kunduzgi ta'lim shakli uchun 180 ta grant o'rinlari ajratilmoqda. Grant sohiblari tanlov orqali saralab olinadi.

✅ Tanlovda ishtirok etish uchun @umftgrantbot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

📥 Talabgorlar 2024-yil 14-aprelga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

⚠️ Tanlov o'tkazilish tartibi va shartlari bilan batafsil universitet veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin: umft.uz/grant

O'z maqsadlaringizga erishish yo'lida moliyaviy yordam imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

UMFT — kelajagingiz uchun maqbul hamkor

☎️ +998555068888, +998555208888
📩 @umft_support
🌐 umft.uz
📄
Litsenziya (№056206, 29.12.2022-y.)
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Instagram | Facebook | umftuz">YouTube | Linkedin

📍 Lokatsiya | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi.

Yangi korxonalar qurilishiga start berish, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini muhokama qilish ham rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

8-aprel, dushanba (29-kun)
Saharlik vaqti: 04:32
Iftorlik vaqti: 18:58 (Toshkent vaqti)

Tabayyun. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘qituvchilar uchun malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

Unga ko‘ra, sinovlar quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

➖Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 15-16 aprel kunlari (2 kun);

➖Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 17-22 aprel kunlari (5 kun);

➖O‘zbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 23-25-aprel kunlari (3 kun);

➖Matematika fanidan — 26-29-aprel kunlari (3 kun);

➖Fizika, Kimyo fanlaridan — 30-aprel, 1-may kunlari (2 kun);

➖Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 2-3 may kunlari (2 kun);

➖Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo‘nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo’nalishi - o‘g‘il bolalar uchun) fanlaridan — 4-6 may kunlari (2 kun);

➖Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlaridan — 7-8 may kunlari (2 kun);

➖Fransuz tili, Hind tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 10-13 may kunlari (3 kun);

➖Davlat va huquq asoslari, Tarbiya, Tarix fanlaridan — 14-15-may kunlari (2 kun);

➖Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya fanlaridan — 16-17-may kunlari (2 kun);

➖Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, O‘qituvchi-defektolog, O‘qituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixologlarga — 18-may kuni (1 kun);

➖Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan — 20-21-may kunlari (2 kun).

📍Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan joylar manzilini bu yerdan ko‘rish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

6-aprel, shanba (27-kun)
Iftorlik vaqti: 18:56 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Muso otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi:

"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

"Har bir musulmonning zimmasida sadaqa bor", dedilar.
"Bordiyu, topa olmasa-chi?" deyishdi.
"Qo‘li bilan mehnat qiladi, shunda o‘ziga ham foyda keltiradi, sadaqa ham qiladi", dedilar.
"Agar bunday qila olmasa-chi (yoki qilmasa-chi)?" deyishdi.
"Boshiga ish tushgan hojatmandga yordam beradi", dedilar.
"Agar shuni ham qilmasa-chi?" deyishdi.
"Yaxshilikka (yoki ma’rufga) buyuradi", dedilar.
"Agar shuni ham qilmasa-chi?" deyishdi.
"Unday bo‘lsa, yomonlikdan tiyiladi, chunki bu ham uning uchun sadaqadir", dedilar".


📖 Sharh: Sadaqaning ma’nosi siz bilan bizning tasavvurimizga o‘rnashib qolganidan ko‘ra qanchalik katta ekanini mana shu hadisdan bilib olamiz.

Bir kishida imkon bo‘lsa, xayr-ehson, sadaqa qilsa — yaxshi, savobini oladi. Imkoni bor odam bu ishni ko‘proq qilishi kerak.

Ammo bunga imkoni yo‘q odam kuch-quvvati, hunari orqali ixlos bilan mehnat qilib, mol-dunyo topadi, o‘ziga, oilasiga sarflaydi, ortib qolganini sadaqa qilib, savob oladi.

Ba’zilarning moli ham, ishlashga imkoni ham yo‘q bo‘lsa, ularning sadaqasi hojatmand, muhtoj bo‘lib turgan odamga yordam berish ekan. Ishini qilib berish, yukini ko‘tarish, yo‘l ko‘rsatish, xullas, birorta odamning hojatini yaxshi niyat bilan chiqarib berish ham sadaqa bo‘lar ekan.

Endi shunga ham imkoni yo‘q odam ham sadaqa qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lmas ekan. Bundaylar odamlarni ma’rufga chaqirib, yaxshilik qilishga undab tursa ham, sadaqa o‘rniga o‘tadi.

Biroq eng notavon, hatto mazkur ishlarni ham qila olmaydigan ahvolga tushib qolgan, yaxshilik qilishning hech qanday imkoni yo‘q odamda ham sadaqa qilish imkoniyati bo‘lar ekan. Bunday odam yomonlikdan saqlanishi kerak ekan, yomonlikdan saqlangani uchun ham sadaqa qilganning savobini olar ekan.

Endi bir o‘ylab ko‘raylik. Ushbu hadisni chuqur tushunib, unga amal qilishga o‘tsak, o‘zimiz, oilamiz, jamiyatimiz - hamma-hamma faqat yaxshilikka ko‘milib ketishi, yomonlikning nomi o‘chishi shubhasiz. Chunki yomonlikni qilmay qo‘yish ham "sadaqa" deb e’tirof etilyapti.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bu hadisning ahamiyati nihoyatda katta bo‘lib, u har bir inson, har bir oila, har bir jamiyat uchun shior bo‘lishi lozim.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

"Ko‘ring, faqat yig‘lamang" ruknidan :)

Joriy yilgi "Tashabbusli byudjet" loyihasida ajratilgan mablag‘lar miqdorining keskin oshirilgani va "Bir kishi — bir ovoz" tizimiga o‘tilgani evaziga juda ko‘plab loyihalar 100 tadan kam ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan.

Masalan, respublika bo‘ylab rekord darajadagi eng kam ovoz Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida qayd etilgan — ko‘chaga tungi yoritgichlar o‘rnatish haqidagi tashabbus atiga 12 ta ovoz bilan g‘olib bo‘lgan. O‘tgan mavsumda Do‘stlik tumanida eng kam ovoz bilan g‘olib bo‘lgan tashabbus 827 ta ovoz olgan edi. Farqni ko‘ryapsizmi?!

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida 18, 32 va 34 ta ovozlar bilan g‘olib bo‘lgan loyihalar bor.

Navoiy viloyati Uchquduq tumanida 48 ta ovoz bilan, Namangan viloyati Davlatobod tumanida esa 52 ta ovoz bilan g‘olib bo‘lgan tashabbuslar mavjud.

Masalan, o‘tgan mavsumda xuddi shu hududlarda g‘oliblik uchun talab qilingan ovozlar soniga qarasak, Nurafshon shahrida 1 230 ta, Uchquduqda 2 896 ta, Davlatobodda esa 4 415 ta ovozdan kam to‘plaganlar g‘olib bo‘la olmagan edi. Farqning kattaligini qarang!

Demak, ushbu kichik tahlillardan 2 ta xulosaga kelish mumkin:

1-xulosa: "Tashabbusli byudjet" uchun ajratiladigan mablag‘larni har yili oshirib boraverish kerak. Bu juda ko‘p muammolarga o‘z-o‘zidan yechim bo‘la oladi.

Masalan, aholisi kam, atiga 400-500 kishi yashaydigan mahallalar hech qachon g‘olib bo‘lolmaydiku, degan e’tirozlar keskin kamayadi. Chunki 50 ta ovoz bilan ham g‘olib bo‘lish mumkin bo‘lmoqda.

Yoki g‘oliblar soni ko‘paygani evaziga pulga ovoz sotib olish, ommaviy majburiy ovoz yig‘ishlar ham ancha kamayadi. Faqatgina aholisi zich va o‘ta faol hududlardagina bunaqa "jang usullari" saqlanib qolishi mumkin, xolos.

2-xulosa: "Bir kishi — bir ovoz" tizimiga o‘tilib, juda to‘g‘ri ish qilindi. Bu turli ko‘zbo‘yamachilik va sun’iy ovozlarning oldini oldi.

Izoh: "Ko‘ring, faqat yig‘lamang" iborasi esa 2-3 mingdan ko‘p ovoz yig‘ib, g‘olib bo‘la olmaganlarga aytilgandi 😉


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

6-aprel, shanba (27-kun)
Saharlik vaqti: 04:36
Iftorlik vaqti: 18:56 (Toshkent vaqti)

Taanniy. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Tashabbusli byudjet”ning 2024-yil birinchi mavsumi g’oliblari e’lon qilindi.

Ro’yxat:

https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32

11,7 mln fuqaro ovoz bergan mavsumda 2 ming 770 ta loyiha g‘olib bo‘ldi. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishga 3,3 trln so‘m yo‘naltiriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hokimlik majburlagan tashabbuslar bekor qilinishi kerak

Mana, majburiy mehnat holati rasman aniqlanibdi, aybdor jazolanibdi.

Ana endi, hokimlik majburlab ovoz yig‘gan barcha loyihalar bekor qilinishi va kamroq ovoz olgan pastdagi loyihalar g‘olib deb topilishi kerak.

Qiziltepa tumanidan qoldirilgan tashabbuslarga qarasak, eng ko‘p ovoz olgan yuqori o‘rinlardagi tashabbuslar aholi tomonidan emas, balki hokimlik tomonidan kiritilgani ko‘rga hassadek ayon bo‘ladi.

Masalan, 3 ta tashabbus tumandagi M-37 magistral yo‘lining chap va o‘ng tomoniga hamda Qiziltepa-Toshrobot yo‘lining chap tomoniga yashil makon bog‘i sug‘orish tizimini tashkil etish haqida qoldirilgan. Yoki yana bitta tashabbus tuman markaziga favvora o‘rnatish haqida ekan.

Nima Qiziltepada asfaltlanmagan yo‘l yoki ta’mirlanmagan maktab qolmaganmidiki, aholi birdan sug‘orish tizimiyu, favvoralar haqida o‘ylab qolgan bo‘lsa?

Bu shunchaki uyatsiz va bezbet hokimlikning tashabbusi va odamlarni haqorat qilib, qo‘rqitib, o‘z amalidan foydalanib majburiy to‘plangan ovozlar natijasidir.

Shu sababli ushbu loyihalar albatta bekor qilinishi shart. Boshqa hokimto‘ralarga ham dars bo‘lishi uchun.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Tashabbusli byudjet”da ovoz yig‘ishga majburlagan Qiziltepa hokimi o‘rinbosari jarimaga tortildi

Bu haqda Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Prokuratura va mehnat inspeksiyasi o‘tkazgan o‘rganishda Qiziltepa hokimi o‘rinbosari O‘lmas Istamovning harakatlarida huquqbuzarlik aniqlanib, unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi bilan jarima jazosi tayinlangan.

Aynan qancha miqdorda jarima tayinlangani oshkor qilinmagan. Qonunda 17 mln so‘mdan 34 mln so‘mgacha jarima nazarda tutilgan.

Avvalroq O‘lmas Istamov tashkilot rahbarlarini “Open budjet”da bitta tashabbusga ovoz to‘plashga majburlagani aks etgan audio tarqalgan edi. U mazkur topshiriqni tuman hokimi berganini aytib, “plan”ni bajarmaganlarni ishdan bo‘shatib yuborish bilan tahdid qilgan hamda tashkilot rahbarlarini noinsoflar, deya atagandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jo’mart To’qayev tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qozog‘istonning Aktobe viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgan 8 nafar o‘zbekistonliklar jasadi bugun tongda Surxondaryo viloyatidagi Termiz xalqaro aeroportiga olib kelindi.

Hozirda mahalliy hokimliklar tomonidan dafn marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qozog’istonda bo’lgan zilzila O’zbekistonda ham sezildi

Soat 04:36 da Qozog'istonda 3,2 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Zilzila episentri Toshkentdan 20 km shimoliy-g'arbda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

Zangiota, Uchtepa va Olmazor tumanlarida 2 ball.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

8-aprel, dushanba (29-kun)
Iftorlik vaqti: 18:58 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Hilolni ko‘rmaguningizcha ro‘za tutmanglar. Uni ko‘rmaguningizcha og‘iz ochmanglar. Agar sizlardan u bulut bilan to‘silib qolsa, hisobini qilinglar», dedilar».

Beshovlari rivoyat qilganlar.

Termiziyning lafzida:

«Ramazondan oldin ro‘za tutmanglar. U(oy)ni ko‘rib, ro‘za tutinglar va uni ko‘rib, ochinglar. Agar sizlardan bulut-la to‘silib qolsa, o‘ttiz kunni tamomlanglar», deyilgan.

Buxoriyning lafzida esa:

«Agar sizlardan bulut-la to‘silib qolsa, Shabonni o‘ttiz (kun)ni tamomlanglar», deyilgan.


📖 Sharh: Ushbu rivoyatlardan Ramazon oyining boshlanishi va tamom bo‘lishi Ramazon va Shavvol oyi hilollarini ko‘rish bilan sobit bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Shuningdek, mabodo tabiiy sharoitlar noqulay kelib, yangi oyni ko‘rish imkoni bo‘lmay qolsa, Ramazondan oldingi Shabon oyi to‘liq o‘ttiz kunga yetkazilib, keyingi kundan Ramazoni sharifning birinchi kuni boshlanadi. Xuddi shu kabi, Ramazon oyining yigirma to‘qqizinchi kuni Shavvol oyi hilolini ko‘rishga harakat qilinadi. Agar hilol ko‘rinsa, ro‘za tugagani va ertasiga iyd ekanligi e’lon qilinadi. Mabodo hilol ko‘rinmasa, o‘ttizinchi kun ham ro‘za tutilib, keyin iyd qilinadi.

Avvalo, oy borliqdagi eng katta alomatdan biri hisoblanadi. O‘shanday katta alomatni ko‘rib, ro‘za tutishni boshlash va tamomlash bu muhim ishda hamma narsa ochiq-oydin bo‘lishini, hech kim va hech qanday taraf unga o‘zgartirish kirita olmasligini ta’minlaydi. Hamma bandalar barobar bo‘lib, ular Allohning amri bo‘lmish ro‘zani boshlash yoki tamomlash uchun Allohning ana shu buyuk belgisiga - oyga qarab turadilar.

Ikkinchidan, oy yilida yangi yil o‘n ikki kun oldinga surilib keladi. Shuning uchun ham har yilgi Ramazon oyi avvalgisidan o‘n ikki kun oldin keladi. Shu tariqa o‘ttiz uch yil davomida yilning hamma vaqtida Ramazon ro‘zasi tutiladi. Bu esa turli sharoitda ro‘za tutishni ta’minlaydi. Bir mintaqada doim qulay, boshqasida esa doimo noqulay sharoitga to‘g‘ri kelib qolmaydi.

Uchinchidan, oyni ko‘rib, ro‘za tutish va ochish barcha musulmonlar uchun barobar hukm bo‘lib, bu ularning birliklari ramzi hamdir.

Yana boshqa hikmatlar ham ko‘p. Lekin haqiqiy hikmatlarini Alloh taoloning O‘zi biladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Hadis va hayot» kitobidan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Musanov Odil Olimovich Arnasoy tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️10-aprel – Ramazon hayiti

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda joriy yilda diyorimizda Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚇 Toshkent shahriga yangi to‘rt vagonli 2 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi.

Ular 8-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilgach, yo‘lovchilarga xizmat qilishi uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.

Ma’lumot o‘rnida, may oyida yana 3 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 7 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdulla Qodiriy. Yig‘indi gaplar (maqola)

Izoh
: Abdulla Qodiriyning mazkur maqolasi 1926-yili “Mushtum” jurnalida chop etilgan. Tanqidiy ruhdagi mazkur hikoyasi uchun u hukumat rahbarlarini obro‘sizlantirishda ayblanib qamoqqa olinadi. Uch oylik hibsdan so‘ng adib ikki yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Ammo hukm e’lon qilgan kuniyoq Oxunboboyev, G‘oziyev, Ikromov, Qosimxo‘jayev va boshqalar qarorni bekor qilish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yozadi. So‘rov qabul qilinib, adib ozodlikka chiqariladi, ammo unga matbuot eshiklari yopiladi. Qodiriyning tavallud kuni arafasida ushbu tarixiy maqolani kanalimizda e’lon qilishni lozim ko‘rdik. Atigi 7 daqiqa vaqt ajratib, shov-shuvli maqola mazmunidan xabardor bo‘ling.

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/Abdulla-Qodiriy-Yigindi-gaplar-maqola" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/Abdulla-Qodiriy-Yigindi-gaplar-maqola

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/InfWvTYCIjE

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

💬 Muhokama bu yerda.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

7-aprel, yakshanba (28-kun)
Saharlik vaqti: 04:34
Iftorlik vaqti: 18:57 (Toshkent vaqti)

Tavba. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

IT sohasida bepul o‘qish mumkinmi? Ha, mumkin, sizda faqat xohish bo‘lsa bas

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov IT sohasida bepul ta’lim olish uchun bir nechta imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Prezident qaroriga asosan, 1-martdan boshlab bitiruvchilarini aynan IT xizmatlari eksporteriga ishga joylanishiga erishgan o‘quv markazlari uchun 25 million so‘mgacha, agar bitiruvchining nogironligi bo‘lsa 35 million so‘mgacha subsidiya ajratilishi belgilandi. Ya’ni o‘quv markazlari shunchaki yoshlarni yaxshilab o‘qitib, keyin ularni ishga joylashtirib, daromad qilishi mumkin. Davlat buning uchun yaxshigina pul to‘lab beradi.

Shu sababli o‘quv markazlari orasida "IT sohasida bepul o‘qitamiz", degan e’lonlar ko‘payib qoldi.

Masalan, Samarqanddagi School21 markazi nafaqat bepul o‘qitaman, balki yotoqxona bilan ham ta’minlayman, deyapti.

Sal avvalroq "Najot ta’lim" hamda "Cambridge LC" o‘quv markazlari Toshkent shahri va Farg‘ona viloyati yoshlari uchun qiymati 3,5 mlrd so‘mlik "Kelajak yoshlari" ta’lim grantini e’lon qilgan edi. Grant g‘oliblari dasturlash, dizayn va ingliz tili bo‘yicha 1 yil bepul o‘qishi mumkin. Lekin bu grantga hujjat topshirish muddati kecha tugagan. Balki tashkilotchilar arizalar qabulini yana uzaytirar, ularning sahifasini kuzatib borishingiz kerak.

Shuningdek, Toshkentdagi MAAB Innovation IT Akademiyasi esa Business Intelligence mutaxassisligini 10 oy bepul o‘qish imkoniyatini taqdim etyapti.

Aytgancha, IT yo‘nalishidagi talabalar uchun onlayn bepul ta’lim imkoni ham bor. Bunda ariza to‘ldirgan holda jahonga mashhur “Coursera” platformasidagi 49 dollardan 400 dollargacha bo‘lgan kurslarda bepul o‘qish va hatto sertifikat olish imkoniga egasiz.

Xullas, o‘qiyman desa, ko‘ngilda xohish va bilim olishga intilish bo‘lsa, bemalol imkon topish mumkin. Yaxshi o‘qish esa, yaxshi ish joyi va zo‘r daromad degani. Ayniqsa, IT sohasida talab yetarlicha.

Foydalanmaysizlarmi?


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mudofaa vazirligi ogohlantiradi

Bugun Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari boʻlinmalari ishtirokida maxsus-taktik oʻquvlar boshlanishi sababli zirhli texnikalari, harbiy yengil zirhli va yuk avtomobillarining Toshkent viloyati va Toshkent shahrining belgilangan marshrutlari boʻyicha harakatlanishi rejalashtirilgan.

O‘z navbatida, vazirlik harbiy texnikalar harakati vaqtida haydovchilarga yo‘l-harakati qoidalari va harakat xavfsizligiga qat’iy rioya qilishni tavsiya qilgan.

Izoh: yuqoridagi surat arxivdan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining Laylatul qadr duosi hamda Shayx Alijon qorining Qur’on tilovati.

05.04.2024, “Hazrati Imom” masjididagi xatmi Qur’on, Toshkent shahri.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

5-aprel, juma (26-kun)
Iftorlik vaqti: 18:54 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Kim Laylatul Qadrni iymon va savob umidida qoim bo‘lib o‘tkazsa, uning o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinur», dedilar».

Beshovlari rivoyat qilganlar.


📖 Sharh: «Qoim» lafzi lug‘atda «tik turish» ma’nosini anglatadi. Istilohda esa kechani ibodat bilan uxlamay o‘tkazishga aytiladi.

Qadr kechasini bedor o‘tkazish qanday bo‘ladi? Bu savolga ulamolarimiz batafsil javob berganlar.

Avvalo, bu kechani qoim bo‘lib o‘tkazish uchun o‘sha kecha Xufton va Bomdod namozlarini jamoat bilan o‘qish kerak. Chunki bir hadisda «Kim Xuftonni jamoat bilan o‘qisa, kechaning yarmini bedor o‘tkazgan bo‘ladi», deyilgan.

Boshqa bir hadisda esa «Kim Bomdod namozini jamoat bilan o‘qisa, kechaning yarimini bedor o‘tkazgan bo‘ladi», deyilgan.

Qolaversa, kechaning qolgan qismida nafl namoz o‘qib, Qur’on tilovat qilib, zikr va duo qilib chiqish lozim.

Ana shunda kechani bedor o‘tkazgan bo‘ladi va hadisdagi Qadr kechasini iymon va ixlos bilan qoim bo‘lib o‘tkazganlarga qilingan va’da - o‘tgan gunohlarning mag‘firat qilinishiga erishiladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Hadis va hayot» kitobidan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“ISHONCH”ning yangi 2 ta savdo do‘koni aprel oyining boshidanoq ishga tushdi.

3 yildan buyon "Yil brendi" deya e’tirof etilayotgan, maishiy texnika, elektronika, uy jihozlari va ko‘plab boshqa turdagi 7000 dan ortiq mahsulotni muddatli to‘lovga xarid qilish imkonini berib kelayotgan “ISHONCH” doʻkonlar tarmogʻining 118 va 119-savdo do‘konlari quyidagi manzillarda ochildi:

2-aprel kuni Surxondaryo viloyati Angor tumanida;
4-aprel kuni Jizzax viloyati Baxmal tumanida.

“ISHONCH” do‘konlari quyidagi qulayliklarni taklif etadi:

🔹keng assortiment;
🔹kafolatlangan bonuslar;
🔹bepul yetkazish va o‘rnatish;
🔹12 oygacha bo‘lib to‘lash;
🔹rasmiylashtirish uchun pasport kifoya;
🔹doimiy aksiyalar, chegirmalar va boshqalar.

“ISHONCH” respublika bo‘ylab faoliyatini kengaytirishda davom etadi. Kelgusida Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Chirchiq shahrida yangi savdo do‘konlari ochilishi rejalashtirilgan.

Batafsil ma'lumot uchun:
📞 Telefon: +998735152222
@ishonch

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kanyazov Yesemurat Sultamuratovich Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi rahbari etib tayinlandi.

U bunga qadar Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti boshlig‘i edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚆 Ramazon hayiti munosabati bilan 10, 11, 12, 13-aprel kunlari “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida
Afrosiyob elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

● “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26;
● “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Profi University‘da yangi o‘quv yili uchun qabul boshlandi

Siz ham safimizga qo’shiling.

Hoziroq biz bilan bog‘laning: 78-777-11-11

Profi University qabul bo’limi: @profiqabul

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: profiuniversity.uz

Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">Youtube | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

5-aprel, juma (26-kun)
Saharlik vaqti: 04:38
Iftorlik vaqti: 18:54 (Toshkent vaqti)

Taammul. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Подписаться на канал