xushnudbek | Неотсортированное

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Подписаться на канал

Xushnudbek.uz

Umra ziyoratini tashkil qilish uchun litsenziya joriy etilishi mumkin

Bu haqdagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: Prezident farmoniga ko‘ra, 2024-yil 1-martdan turistik faoliyatni amalga oshirish (turagentlik faoliyati) uchun litsenziya talabi bekor qilinib, xabardor qilish tartibiga o‘tkazilgan edi.

Ya’ni avval Umra safarini tashkil etish faoliyati uchun turistik litsenziya kifoya qilinar edi, endilikda tur firmalar uchun 1-martdan litsenziya talabi bekor qilingani sababli Umra safari uchun alohida litsenziya joriy etilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🌙 Korzinkadan Ramazon tuhfasi!

🛒 Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Korzinka “idea” tarmogʻi bilan birga har biri 50 mln so‘mlik 3 ta sertifikat o‘ynaladigan aksiyaga start berdi.

Unda ishtirok etish uchun “365 kun” yoki “Iz Korzinki” savdo belgisi mahsulotlarini istalgan Korzinka va Korzinka Mahalla doʻkonidan Korzinka Plus kartasidan foydalangan holda xarid qilish yoki Korzinka Go onlayn-supermarketida buyurtma berish kifoya.

Har 200 000 so‘mlik chek “365 kun” yoki “Iz Korzinki” mahsuloti ishtirok etish uchun bitta imkoniyatga teng. Agar 400 000 so‘mlik mahsulot sotib olsangiz, bu ikkita imkoniyatga ega bo‘lasiz degani. Bundan tashqari, har hafta idea'dan ikkitadan havo tozalagich o‘ynaladi.

*G‘oliblar har hafta, tasodifiy raqamlar onlayn-generatori yordamida jonli efirda aniqlanadi. Аksiya 9-martdan 6-aprelgacha amal qiladi.

Aksiya shartlar haqida batafsil bu yerda o‘qing.

App | Telegram-bot | Facebook | Insta | Web | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyevning bugun Namangandagi iftorlikda aytgan so’zlari:

“Muborak Ramazon oyi sharofati bilan yurtimizda, jami musulmon oʻlkalarda, butun dunyoda tinchlik, barqarorlik hukm sursin, odamlar, xalqlar oʻrtasida doʻst-birodarlik, oʻzaro hurmat tuygʻulari ustuvor boʻlsin.

Kuchlilar – ojizlarga tayanch, saxovatpeshalar – muhtojlarga yordamchi, yoshlar – qariyalarga gʻamxoʻr boʻlsin. Dinimizda belgilab berilgan toʻgʻri yoʻldan ogʻishmaylik, ayni paytda zamon bilan hamnafas yashaylik. Yoshlarimiz bilimlari bilan jahonga tanilib, yurtimiz dovrugʻini yuksaklarga koʻtarishsin.

Oʻzbekiston dunyoning eng oldi, eng ilgʻor davlatlaridan biriga aylansin. Tutgan roʻzalarimiz, duolarimiz dargohida qabul boʻlsin”, — dedi prezident.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Namanganda iftorlik qildi


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

25-mart, dushanba (15-kun)
Iftorlik vaqti: 18:43 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

"Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam:

«Kim birodarining maktubiga uning iznisiz nazar solsa, xuddi do‘zax otashiga nazar solgandek bo‘ladi», deganlar."


Imom Abu Dovud rivoyat qilgan.


📖 Sharh: Birovning maktubini o‘g‘irlab olish yoki zo‘rlik qilib o‘qishga intilish u yoqda tursin, iznsiz nazar solish ham mumkin emas. Kim birovning maktubiga iznsiz nazar solsa, do‘zax otashiga nazar solgan bilan barobar ekanligi oddiy gap emas.

Ulamolarimiz nazar solishga oid hukmni eshitishga, quloq solishga ham qiyos qilganlar. Ya’ni, birovning hovlisiga, maktubiga iznsiz nazar solish qanchalik harom bo‘lsa, o‘sha hovli va uydagi ovozlarga, gap-so‘zlarga yashirincha quloq solish ham shunchalik haromdir.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?

ℹ️ Bu haqda ma’lumot berishdan oldin alohida ta’kidlash kerakki, Ramazon Hayitining birinchi kuni hozircha aniq emas. Shariat qoidalari bo‘yicha, Hayit kuni yangi oy ko‘rinishiga qarab belgilanadi. Shu sababli ushbu postda aytilgan ma’lumotlarni "Hayit kuni aniq bo‘ldi" deb talqin qilinmasligini so‘rayman.

Hozirgi rejaga ko‘ra, Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘lishi kutilmoqda. Bular:

🔴 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;

🔴 11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

🔴 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

🟢 13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI;

🔴 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

📖 Sharh:

Ramazon oyining 30-kuni 9-aprel, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, agar yangi oy ko‘rinishi o‘zgarmasa, unda Ramazon Hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Prezident farmoniga ko‘ra, 11-aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12-aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni bo‘ladi.

Demak, 13-aprel, shanba kuni barcha xodimlarga, 6 kunliklarga ham, 5 kunliklarga ham ISH KUNI bo‘ladi.

Agar mabodo yangi oy ko‘rinishi hozirgi taqvimdan farq qilib qolsa, unda dam olish kunlariga ham o‘zgarish kiritilishi mumkin.

📃 Izoh: qo’shimcha dam olish kunlari 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari iqtisodiy loyihalarni ko‘zdan kechiradi va yirik energetika obyektlari qurilishini boshlab beradi, mahallalar hayoti bilan tanishadi.

Shuningdek, bugun iftorlik dasturxoni yozilishi rejalashtirilgan.   


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Moskvada terakt uyushtirganlikda ayblanayotgan 4 nafar shaxsga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo’llandi

«Crocus City Hall» konsert zalida sodir etilgan teraktda Tojikiston Respublikasining quyidagi 4 nafar fuqarolari ayblanmoqda: Dalerjon Mirzoyev, Saidakrami Rajabalizoda, Shamsiddin Fariduni va Muhammadsobir Fayzov.

Sud ularni tergov davrida 22-mayga qadar (muddat yana uzaytirilsa kerak) qamoqda saqlash haqida qaror chiqardi.

Ayblanuvchilar odamlar o’limiga sababchi bo’lgan terroristik akt sodir etishda ayblanmoqda. Rossiya Jinoyat kodeksida ushbu qilmish uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo’lgan jazo nazarda tutilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Omon Matjon. Ajdar quduq (doston)

Izoh
: Asar qahramoni g‘iybatchi kampir. Uning g‘iybatidan na qassob, na baxshi, na domla va na hokim qochib qutila oldi. Hattoki ajdardek kuchli va qoʻrqinchli maxluq ham kampirning gʻiybatlariga chiday olmay oʻzi qoʻnim topgan quduqni tashlab qochdi. Kampirning gʻiybatlari nega hammaning jon-jonidan oʻtdi ekan?! Eshitib, bilib olishingiz uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi.

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/Omon-Matjon-Ajdar-quduq-doston" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/Omon-Matjon-Ajdar-quduq-doston

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/VZnTEo5Qo-0

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

24-mart, yakshanba (14-kun)
Saharlik vaqti: 05:00
Iftorlik vaqti: 18:42 (Toshkent vaqti)

Alloh taoloning muhabbati. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

23-mart, shanba (13-kun)
Iftorlik vaqti: 18:40 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:


"Ey Allohning Rasuli! Siz biz bilan hazil-mutoyiba qilasiz", deyishdi.

"Men haqdan boshqani gapirmayman", dedilar".


📖 Sharh: Ya’ni "To‘g‘ri, hazil-mutoyiba qilaman, biroq ana shu hazilim ham faqat haq bo‘ladi. Nohaq gapni gapirmayman", degan ekanlar.

Demak, hazil-mutoyiba, hazil gaplar shariatimizda bor ekan. Biroq kuldiraman deb, hazil ekan deb, yolg‘on, nohaq, bo‘lmag‘ur gaplarni gapirib bo‘lmaydi.

Musulmonchilikdagi hazil ham haqiqatga asoslangan bo‘lishi kerak.

Shu mavzuda yana bir hadis:

Bakr ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi:

"Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalari bir-birlariga qovun po‘chog‘ini otib, hazillashishardi. Biroq, haq gap kelganda, ular haqiqiy erkak kishiga aylanishardi".

📖 Sharh: Demak, sahobalar ham bir-birlari bilan nimalarnidir otib, hazillashishgan ekan.

Biroq haq gap kelganda, hammasi o‘z o‘rnida bo‘lar, ular haqiqiy erkak kishi sifatida ish tutishar ekan.

Vaqti kelganda hazil-mutoyiba qilish joiz, biroq butun umrni hazilga aylantirib yuborish mumkin emas.

Ko‘ngil tusaganda me’yorida biroz hazil qilinsa ham, qolgan paytlarda jiddiylik bilan, salobat bilan, obro‘ni yo‘qotmasdan muomala qilinishi kerak ekan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Terakt natijasida halok bo’lganlar soni 115 nafarga yetdi — RF Tergov qo’mitasi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

• Terakt natijasida halok bo’lganlar soni 93 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Rossiya Tergov qo’mitasi. Halok bo’lganlar soni yanada ko’payishi mumkin;

• Hozirgacha hodisaga aloqador 11 kishi, shu jumladan 4 nafar bevosita terrakt sodir etgan shaxslar qo’lga olingan;

• AQSh Xavfsizlik kengashi vakilining aytishicha, AQSh tomoni Moskvada terakt bo’lishi haqida Rossiya tomonini oldindan ogohlantirgan ekan. Buni Rossiya maxsus xizmati vakili tasdiqlagan;

• Terakt natijasida jarohat olganlar orasida 16 kishining, shu jumladan 1 nafar bolaning ahvoli o’ta og’ir.

Jarohatlanganlarning 44 nafari, shu jumladan 2 nafar bola og’ir ahvolda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

23-mart, shanba (13-kun)
Saharlik vaqti: 05:02
Iftorlik vaqti: 18:40 (Toshkent vaqti)

Tavakkul. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun birozdan so’ng, aniqrog’i soat 22:10 da “Milliy” telekanalida Bobur Yoqubov jamoasi “Zakovat” 2024-yil bahorgi mavsumining ikkinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Shuningdek, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham tashkil etiladi.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

"Parker vasvasasi": sodda odamlar yana millionlarga kuyib qoldi, mas’ul organlar esa tomoshabinmi?

Yaqinda xabar topdim, O‘zbekistonda so‘nggi oylarda Parker nomi ostida o‘ta shubhali "biznes" avj olibdi. "Parker" moliyaviy piramidaning barcha belgilariga ega: nima faoliyat yuritishi, asoschilari noma’lum, lekin qisqa fursatda tez boyib ketishni va’da qiladi.

1️⃣ Aqlga sig‘maydigan katta daromad

Masalan, Parker’ga 1350 dollar pul tiksa kuniga 34 dollar, yiliga esa 12 ming dollar daromad qilishi aytiladi. Agar 47 ming dollar pul tiksa, yiliga 428 ming dollar daromad berishi va’da qilinadi.

Odamlar tikayotgan pullar esa, ertaga izini topib bo‘lmasligi uchun, o‘sha zahoti kriptovalyutaga aylantirilib, xorijdagi hisob raqamga yuborilgan.

2️⃣ Daromad qayerdan keladi?

"Parker"ga pul tikkanlar qanaqadir Power bank — telefon zaryadlagichlar orqali daromad topishi aytiladi. Ya’ni pulingizga dunyoning qaysidir burchagida Power bank sotib olinadi va odamlar o‘shandan foydalanib, pul to‘lasa, siz daromad qilasiz. Bu g‘irt "loxotron"!

Yodingizdami, Solar City, Tesco Share degan firibgarlar haqida yozgandim, ular ham xuddi shu usulda ishlagandi, ya’ni siz tikkan pulga dunyoning qayeridadir quyosh paneli sotib olinadi, undan topilgan daromad sizga beriladi🤦‍♂️ Safsata!

Odamlarga "oson pul topasan" desa aqldan ozib qolishiga yaqqol misol bu.

3️⃣ Shahar bedarvozami?

Eng alam qiladigani, Parker nomi ostida O‘zbekistonda o‘nlab ofis ochilgan, yuzlab katta-katta ommaviy tadbirlar uyushtirilgan, ularda o‘n minglab odamlar qatnashgan. Tadbirlarning barchasiga xorijdan pul to‘langan.

Masalan, birgina Samarqanddagi tadbirda ming kishi qatnashgan.

Shahar shunchalik bedarvozami? Kim o‘zi bular? Orqasida kim turibdi? Nahotki tegishli organlar bu bilan qiziqmagan? Ommaviy tadbir o‘tkazish uchun ruxsat olishganmidi?

Xorijdan pul to‘laydigan istalgan shubhali odamlar mana shunaqa osongina minglab odamlarni to‘play oladimi? Zo‘r-ku! Xudo ko‘rsatmasin, shuncha odamni yig‘ib, Rossiyadagiga o‘xshab terakt qilishsachi? Shumi bizning xavfsizlik?

Menga alam qiladigani, Parker degan biznes shubhali ekanligi haqida OAVlarda, jumladan KunUz nashrida 2 oy oldin maqola chiqqan ekan. Lekin kiberxavfsizlikka mas’ul tashkilotlar shu paytgacha bunga tezkor chora ko‘rmagan, natijada mana shu 2 oyda balki minglab odamlar aldanishiga olib kelgan. Agar tezda chora ko’rilganda, qancha odamlar pulini asrab qolsa bo’lar edi.

4️⃣ Moliyaviy piramida oxiriga yetib keldimi?

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yozishicha, so‘nggi kunlarda saytdan pul yechish to‘xtab qolgan, biznesda adminlik qilgan odamlarning Telegram profillari esa o‘chib ketgan. Demak, hammasi tugadi.

Albatta, bu kutilgan voqea. Chunki bu kabi moliyaviy piramidalar uzog‘i 3-4 oy ishlab, keyin yopilib ketadi. Keyinroq umuman boshqa nomda, boshqacha faoliyat bilan yana kirib keladi va sodda odamlarning pullarini yana "shilib" ketadi.

5️⃣ Power bank biznesi — dunyoda mashhur firibgarlik usullaridan biri

Internetda qidirsangiz, Power bank bilan bog‘liq firibgarlik biznesi haqida turli mamlakatlardan xabarlar kelib chiqadi.

Masalan, 🇮🇳Hindistonda ED nomli kompaniya xuddi shunaqa Power bank sotvolib, pul topasan degan va’dalar bilan 2021-yilning martidan may oyigacha, ya’ni 3 oy ichida odamlardan jami 41 mln dollar mablag‘larni o‘zlashtirib, qochib qolishgan ekan.

6️⃣ "Lox" bo‘lmang, sal kallani ishlating

Hurmatli, do‘stlar!

Iltimos, baraka topgurlar, bizga pullaringni ishonib, falon narsaga investitsiya kiritsang, oson pul topasan, boyib ketasan, desa og‘zingizdan so‘lagingiz oqib, yugurib ketavermanglar.

Pulni qiynalib topasizku, nega bunchalik oson yo‘qotasiz? Xudo xayringizni bersin, iltimos, sal kallani ishlatinglar. Oson pul yo‘q, ayniqsa internet orqali hech narsa qilmasdan pul topishning iloji yo‘q.

Nahotki, sizga shuncha voqealar dars bo‘lmaydi, a?

❗️Boshqa firibgarlik usullarini kanalimda #firibgar heshtegi bilan qidirib, o’qib chiqishingiz mumkin. Ogoh bo’ling.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

26-mart, seshanba (16-kun)
Saharlik vaqti: 04:57
Iftorlik vaqti: 18:44 (Toshkent vaqti)

Rajo. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

AQSh havo sifatini yaxshilash maqsadida benzinli avtomobillarga talabni yanada og‘irlashtirdi

Jo Badyen administratsiyasi o‘tgan haftada avtomobillardan atmosferaga chiqayotgan zaharli moddalar miqdorini kamaytirishga qaratilgan yangi standartlarni qabul qildi.

Bu AQSh tarixidagi eng muhim ekologik qarorlardan biri bo‘ldi”, deb yozmoqda The New York Times nashri.

Yangi standartlarga muvofiq, 2026-yilga borib benzinli yengil avtomobillardan havoga chiqayotgan zaharli moddalarning ruxsat etilgan miqdori 50% ga qisqartiriladi, o‘rta yuk avtomobillari uchun esa ruxsat etilgan miqdor 44% ga kamaytiriladi. AQSh hukumati shu yo‘l bilan elektr va gibrid avtomobillar sonini ko‘paytirishga umid qilmoqda.

Agar zaharli gaz miqdori me’yordan oshib ketsa, yaxshigina jarima solinadi.

AQShda avtomobillar havoni ifloslantiruvchi asosiy manba hisoblanadi. AQSh atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EPA) rasmiy bayonotida, ushbu qaror jamoat salomatligini himoya qilish, ekologik muammolarni yechish hamda haydovchilarning pulini tejash maqsadida qabul qilingani aytilgan.

Hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi normalar havoga 7 milliard tonnadan ortiq karbonat angidrid chiqindilari chiqishining oldini oladi va iqtisodiyotga har yili qariyb 100 milliard dollar foyda keltiradi. Shuningdek, havo sifatini yaxshilash orqali sog‘liqni saqlash tizimiga 13 milliard dollar foyda va haydovchilar uchun yoqilg‘i va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirish orqali 62 milliard dollar foyda olinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

BMT Bosh assambleyasi Ramazon oyida G‘azo Sektorida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi.

AQSh ushbu rezolyutsiyaga veto qo‘ymadi, ya’ni qarshilik bildirmadi, betaraf sifatida ovoz berdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ramazon oyi uchun maxsus taklif!

Qurilish ishlari qizgʻin davom etayotgan Xon Saroy’ning “Orzular” loyihasidan 2 xonali xonadoni ramazon oyi munosabati bilan oyiga 6,3 mln soʻmdan xarid qiling

Bot orqali bogʻlanish

Qoʻshimcha ma’lumot uchun:

☎️ 71 200 74 00
☎️ 55 501 74 00

🌐 xonsaroy.uz
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

26-martdan Toshkent shahrida isitish davri yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

Amaldagi qonunchilikka ko’ra, isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan yuqori bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan tamomlanishi belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent amaliy fanlar universitetida tadqiqot va ilmiy salohiyatni rivojlantirish bo‘limi o‘z faoliyatini boshladi.

Yangi ishga tushirilgan ushbu bo‘lim universitet doirasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini jadallashtirish va universitetning global akademik o‘rnini oshirish uchun mo‘ljallangan.

Ushbu tashabbusga taniqli ikki olim — o‘zbekistonlik tadqiqotchi, TAFU rektori maslahatchisi Raufxon Salaxodjayev va dunyodagi ilg’or akademik tadqiqotchilardan biri doktor Asongu Simplice boshchilik qilishmoqda.

Telegram | Instagram | Veb-sayt

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

25-mart, dushanba (15-kun)
Saharlik vaqti: 04:58
Iftorlik vaqti: 18:43 (Toshkent vaqti)

Xavf. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

24-mart, yakshanba (14-kun)
Iftorlik vaqti: 18:42 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohga duodan ko‘ra mukarramroq, narsa yo‘q», dedilar».


📖 Sharh: Robbul olaminning huzurida eng ikrom qilingan narsa duodir. Shuning uchun banda ko‘p duo qilishi lozim.

Bu hadisdan duo barcha zikr va toatlardan afzal ekani anglanadi. Duo Alloh taolo huzurida mukarram, darajasi yuqori, qadri ulug‘ narsa hisoblanadi. Bas, uni qabul va ijobat qilishi ham shunga qarab bo‘ladi.

Ibodatdan ko‘zlangan asosiy maqsad Alloh taoloning roziligini topish, g‘azabidan saqlanish bilan birga, rizq va shifo so‘rash kabi dunyoviy g‘arazlarga ham erishishdir. Ibodatning mana shu jihatlarini «duo» deyish mumkin.

Mavzuga oid boshqa bir hadis:

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:


«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Eng sharafli ibodat duodir», dedilar».


📖 Sharh: Bu hadisi sharif avvalgi hadisga qilgan sharhimizning xulosasidir, desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Zotan, duoda bandaning xokisorligi butunicha zohir bo‘ladi. Uning Robbiga yolvorishi to‘laligicha namoyon bo‘ladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Terakt natijasida halok bo‘lganlar soni 133 nafarga yetdi — RF Tergov qo‘mitasi.

Rossiyada 24-mart umummilliy motam kuni, deb e’lon qilindi.

Bu kabi voqealar, qayerda va kim bilan bo‘lishidan qat’i nazar, nafaqat umummilliy motam, balki umumbashariy motamga ham aylanishi kerak, deb hisoblayman.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida "Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar" bob mavjud va unda bir qator jinoyatlar, jumladan terrorizm va terrorchilik harakatiga oid bir qancha qilmishlar uchun javobgarlik belgilangan.

Bob nomidagi "insoniyat" so‘zining ishlatilishi ham bejizga emas. Chunki terrorizm mohiyatan bir millat, bir davlat yoki bir guruh shaxslarga qaratilmaydi. Bu insoniyatga qarshi urush, degani.

Biz ham ushbu mudhish voqeani qoralagan holda, halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Va o‘z navbatida O‘zbekiston bu teraktdan qanday xulosa olishi kerak, degan savollarni ham muhokama qilish o‘rinli bo‘lar edi.

Eng avvalo, jamoat joylaridagi xavfsizlikka jiddiy e’tibor berish lozim.

Bunda albatta har qadamga 10 tadan qurollangan qo‘riqchi qo‘yib, har bir odamning sumkasiyu, cho‘ntagigacha tekshirish shartmas. Bunaqa qo‘pol va eskicha metodlar hech qanday samara bermaydi, xalq orasida behuda sarosima va qo‘rquv tarqatgani qoladi, xolos. Ammo xavfsizlikning zamonaviy usullaridan, masalan, shubhali shaxslarni aniqlovchi aqlli kameralar, yirik savdo markazlariga kiraverishda zamonaviy rentgen uskunalari, favqulodda vaziyatlarda tezkor choralar ko‘rish uchun markazlashgan xavfsizlik tizimlari, qisqa soniyalarda yetib kelishi mumkin bo‘lgan doimiy shay maxsus kuchlar, avariya holatida odamlarni oson evakuatsiya qilish mumkin bo‘lgan tizim va h.k. Hali men bilmaydigan zamonaviy usullar ham tiqilib yotibdi. Bizda shunaqa tizimlar qoniqarli darajadami?

Bu savolga menda javob yo‘q.

Yana bir jihat: shu paytgacha umrimda hali biror marta favqulodda vaziyatlarda o‘zini qanday tutish mumkinligi haqidagi maxsus tadbirlarda qatnashganimni eslolmayman. Nima uchun biz shunaqa tadbirlarni yetarli darajada o‘tkazmaymiz? Masalan, yong‘in chiqqanda binodan qanaqa chiqib ketish kerak, biz turgan binoga qurolli hujum bo‘lganda o‘zimizni qanday tutishimiz kerak, tabiiy ofatlar paytida nimalar qilish mumkinu, nimalar mumkin emasligi haqida O‘zbekistonning har bir fuqarosi umrida hech bo‘lmasa bir martagina amaliy mashg‘ulotdan o‘tganmi? Bu savolga ham ijobiy javob berish qiyin, ochig‘i.

Yoki aytaylik maktablar, oliy ta’lim muassasalarida biror favqulodda holat bo‘lsa, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘zini qanaqa tutishni biladimi? Bu haqda biror ko‘nikma va tajribasi bormi? Ularga o‘rgatganmizmi? Yoki buyog‘i o‘zing uchun o‘l yetimmi?

To‘g‘ri, Allohga behisob, behisob, behisob shukrki, yurtimiz tinch, Vatanimizning qaysi burchagida bo‘lmasin, jiddiy xavf sezmasdan tunu kun xotirjam yuramiz. Lekin bu beparvolikka sabab bo‘lmasligi kerak, menimcha.

Bu bo‘yicha tegishli amaliy choralar ko‘rish foyda bo‘lsa bo‘ladiki, lekin ziyon qilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

"Salimboy" 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

2024-yil 19-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida "Salimboy" laqabi bilan tanilgan Salim Abduvaliyevga sud hukmi e’lon qilindi.

Hukmga muvofiq, S. Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor, deb topilib, unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tattirilish belgilandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Yer soati” kuni munosabati bilan 25-mart kuni barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga oʻchiriladi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tashabbusi bilan 25-mart — “Yer soati” kuni munosabati bilan maxsus aksiya oʻtkaziladi.

Shu kuni sayyoramizga gʻamxoʻrlik qilish, tabiiy resurslarni asrash maqsadida barcha davlat tashkilotlarida elektr jihozlari bir soatga oʻchiriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kecha Moskvadagi “Crocus City Hall” konsert zalida terakt sodir bo‘ldi

“Piknik” guruhining konsertidagi otishma paytida binoda 6200 kishi bo‘lgani tahmin qilinmoqda.

Hozirgacha olingan ma’lumotlarga qaraganda, terakt qurbonlari 60 nafardan oshgan, jabrlanganlar soni 99 nafar.

Shavkat Mirziyoyev sodir bo‘lgan fojia oqibatida o‘nlab begunoh insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ta’ziya yo‘lladi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ham teraktni keskin qoralab bayonot berdi:

“Terrorizmni oqlab bo‘lmaydi, biz begunoh fuqarolarga nisbatan bunday zo‘ravonlikni bir ovozdan rad etishga chaqiramiz. Halok bo‘lganlarning barcha oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardligimizni bildiramiz”,

— deyiladi TIV bayonotida.

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasiga otishma natijasida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida hozircha maʼlumot kelib tushmagan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kecha Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida suv toshqini ro‘y bergan.

Toshqin oqibatlarini bartaraf etish va aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, “Azlarsoy” mahallasidagi 56 ta xonadondan 210 nafar va "Elobod" mahallasidagi 32 ta xonadondan 150 nafar aholi yaqin qarindoshlarining uylariga vaqtincha ko‘chirilgan.

Toshqin suvlari M-41 “Almata-Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘li va Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli UKga qarashli, “Qumqo‘rg‘on–Elbayon” peregoni PK 8-9 temir yo‘liga ham qisman zarar yetkazgan bo‘lib, yo‘llarning zarar ko‘rgan qismlari ta’mirlangan va harakat to‘liq tiklangan.

Suv toshqini oqibatida halok bo’lganlar yo‘q.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan “Samo” farmatsevtik kompaniyasining litsenziyasi vaqtinchalik to‘xtatildi

Gap shundaki, SSV Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi o’tkazgan tekshiruv ishlariga ko‘ra, qo'pol qonunbuzilish holatlari aniqlangani sababli, 2023-yil dekabr oyida “Samo” MChJ litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida sudga daʼvo arizasi kiritilgan edi.

Namangandagi ommaviy zaxarlanish holati yuzasidan tergov olib borilayotgani sababli ushbu iqtisodiy ish bilan bog‘liq sud jarayoni 2024-yil 19-yanvarda to‘xtatilgan.

Toki mana shu iqtisodiy ish bo‘yicha yakuniy sud hujjati qabul qilinguniga qadar “Samo” MCHJning litsenziyasini vaqtinchalik to‘xtatib turish to‘g‘risida Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining tegishli ajrimi chiqarildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Подписаться на канал