xushnudbek | Неотсортированное

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Подписаться на канал

Xushnudbek.uz

22-mart, juma (12-kun)
Iftorlik vaqti: 18:39 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Hanzala ibn Hizyamdan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamga kishining o‘zi yaxshi ko‘rgan ismlari va yaxshi ko‘rgan kunyalari bilan chaqirilishi yoqar edi».


📖 Sharh: Demak, bir kishini xunuk ism bilan, o‘ziga yoqmaydigan laqab bilan chaqirish joiz emas ekan. Qaysi ismini, qaysi kunyasini (shajarani bildiradigan laqab) yaxshi ko‘rsa, o‘sha ismi, o‘sha kunyasi bilan chaqirish kerak ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu narsani yoqtirganlar.

Shu mavzuda yana bir hadis:

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:


«Rasululloh, sollallohu alayhi vasallam:
«Ey Oish! Mana bu Jabroil, senga salom aytyapti», dedilar.
«Unga ham salom, Allohning rahmati va barakoti bo‘lsin», dedim.
Ul zot men ko‘rmagan narsani ko‘radilar».


📖 Sharh: Ushbu hadisdan ko‘ramizki, yaxshi ma’noda, erkalatib, hazil-mutoyiba tarzida ismni to‘liq aytmay, muxtasar qilib aytish joiz ekan. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha onamiz roziyallohu anhoni shunday qilib chaqirgan ekanlar.

Ayni paytda, ushbu hadisi sharifdan Oisha onamiz roziyallohu anhoning martabalari, darajalari naqadar yuksak ekanini ham tushunib olamiz. Jabroil alayhissalomning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan salomlarini Oisha roziyallohu anhoga yetkazishni so‘rashlari ulug‘ maqom hisoblanadi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Har kuning bo’lsin Navro’z!

So’nggi kunlarda go’zal diyorimizni bayram shukuhi qamrab olgan. Navro’z bayrami muborak Ramazon oyining fayzli kunlariga ulanib, keng nishonlanmoqda.

“Profi University”da ham bayram munosabati bilan maxsus tadbir uyushtirildi. Ushbu tadbirdan ba’zi lavhalarni siz bilan bo’lishmoqchimiz.

Bayram muborak bo’lsin!

📄 Litsenziya (№056240, 10.11.2022-y)

Batafsil maʻlumot olish uchun👇
📞 78-777-11-11

🌍 profiuniversity.uz
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abdulla Oripovni xotirlab

Bugun O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston madhiyasining so‘zlari muallifi Abdulla Oripovning tug‘ilgan kuni!

Ustoz shoirimiz agar hayot bo‘lganlarida 83 yoshga to‘lgan bo‘lardilar. Bunaqa buyuk insonlar kamdan-kam dunyoga keladi.

“Kechki mutolaa” doirasida Abdulla Oripovning ayrim she’rlarini joylamoqchiman. Videolardagi she’rlarni shoirning o‘zi o‘qigan.

#kechki_mutolaa

TILLA BALIQCHA

Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar.

Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha
Va gavjum tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni!

ONA TILIM

Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!

SALOM-ALIK

Umrimdan ming marta roziman, biroq
Gohida ko‘ksimni ortiq keribman.
Yoshlik – g‘o‘rlik ekan, anglamay ko‘proq
Katta shaytonlarga salom beribman.

Vaqtning tezligiga hayron qolaman
Va kulib qarayman buning bariga.
Endi yoshim ulug‘, alik olaman
Kichik shaytonlarning salomlariga.

LO‘TTIBOZ

Vijdonli odamlar ortgani sayin,
Lo‘ttiboz soni ham ko‘payib borar.
Tekinxo‘r atalur bu qavm tayin,
Ajabki, ko‘p ishni shular boshqarar.

Vijdonning boshiga chiqqani ko‘yi,
O‘zini mengzaydi tengi yo‘q dovga.
Jinjakcha kelmaydi o‘zining bo‘yi,
Yoqsa, tutantiriq bo‘lmas olovga.

IKKI SHOIR

Bir shoir arz etdi ikkinchisiga:
— Do‘stim, shoirlikdan endi voz kechgum!
Qancha intilmayin xalqning ichiga,
She’rimni o‘qimas, o‘qimas hech kim.

Ikkinchisi uni yupatib dedi:
— Oldinroq ketibman men sendan ko‘ra.
Xalq-ku o‘qimasdi meni ham, endi
O‘zim ham o‘qimay qo‘yganman, jo‘ra.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

JCh Saralash bosqichi. 3-tur.

🇭🇰 Hong Kong 0:2
🇺🇿Oʻzbekiston

Gollar: Eldor Shomurodov 48', Rustam Ashurmatov 66'


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

21-mart, payshanba (11-kun)
Iftorlik vaqti: 18:38 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zavjalari Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

"Oldimga ikki yetim qizini olib, bir ayol kirib keldi. "Bir narsa bering", deb so‘radi. Lekin oldimda bitta xurmodan boshqa hech narsa yo‘q edi. Men ana shu xurmoni ayolga berdim. Ayol xurmoni bo‘lib, qizlariga berdi. So‘ng o‘rnidan turib, chiqib ketdi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam kelgach, bo‘lib o‘tgan voqeani aytib berdim. Shunda u zot:

"Kimki mana shunday (yetim) qizlarni qaramog‘iga olsa va ularga yaxshilik qilsa, ular uning uchun do‘zaxdan parda (to‘siq) bo‘ladi", dedilar.


📖 Sharh: bunda beva qolgan onaning otasiz qolgan o‘z yetim farzandini qaramog‘iga olishi nazarda tutilgan.

Ota vafot etib ketganidan keyin ona yetim farzandlarini qarovsiz qo‘ymasdan, sabr bilan ularni yuvib-tarab, boqib katta qilsa, juda katta savobga erishar ekan va ana shu farzandlari, ularga qilgan xizmatlari qiyomat kuni do‘zaxdan parda bo‘lib, uni saqlab, to‘sib qolar ekan.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Muhtoj kishi boshqalardan "Biror narsa bering", deb so‘rashi mumkinligi.

2. Muhtojga bir dona xurmo bo‘lsa ham berish kerakligi.

3. Onaning farzandlarga mehri va adolati namunasi. Bir dona xurmoni o‘zi yemasdan, qizlariga teng bo‘lib bergani.

4. Yetim qizlarni qaramog‘iga olib, ularga yaxshilik qilish do‘zax o‘tidan parda bo‘ladigan amallardan biri ekani.

5. Nabiy alayhissalom va u zotning oilalari qanchalar sodda va kamtar yashagani.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚽️ Bugun o'yin kuni!

Bugun soat 17:00 da Jahon chempionati saralash bosqichining 3-turida 🇭🇰Hong Kong hamda 🇺🇿O’zbekiston terma jamoalari o’rtasida bahsga start beriladi.

Dastlabki ikkita o’yindan keyin Milliy terma jamoamiz hisobida 4 ochko bor.

🇮🇷 Eron - 4
🇺🇿 O'zbekiston - 4
🇹🇲 Turkmanistan - 1
🇭🇰 Hong Kong - 1

Uchrashuvni SPORT TV telekanalida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Yigitlarimizga omad tilaymiz!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev jahonning 4-raqamli grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov haqida:

“Kelinglar, shu ulug’ ayyom kunlarida barchamiz astoydil niyat qilaylik, Nodirbek tez kunlarda Vatanimizga jahon shaxmat tojini olib kelishi nasib qilsin. Sen bunga albatta qodirsan, Nodirbek o’g’lim. Bugun el-yurtimiz sendan shu buyuk g’alabani kutmoqda”.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Aziz yurtdoshlar! Navro‘z ayyomi muborak bo‘lsin!

Barchangiz sog‘-salomat bo‘ling. Alloh sizni va yurtimizni o‘z panohida asrasin.

Bugun “Humo Arena” muz saroyida Navro’z bayramiga bag’ishlangan tantanali davlat tadbiri bo’lib o’tishi kutilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

21-mart soat 21:00 dan 23-mart soat 09:00 ga qadar Davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimi, "Notarius" avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Litsenziya va Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimlari orqali xizmat koʻrsatish vaqtinchalik cheklanadi.

Bunga sabab sifatida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) joylashgan server qurilmalari boshqa joyga koʻchirilayotgani ko’rsatilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida maxsus chegirmalar va aksiyalar joriy etildi

Navro‘z bayrami hamda “Yoshlar turizmi haftaligi” tadbirlari tashkil etilishi munosabati bilan 20-31-mart kunlari O‘zbekistonning barcha hududlardagi umumiy ovqatlanish joylari va joylashtirish vositalarida ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun chegirmalar va aksiyalar joriy qilinmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Farg‘ona viloyatida "Qo‘qon" aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi. Bugun ertalab aeroport birinchi texnik parvozni qabul qildi.

Aeroportda muntazam parvozlarni 1-apreldan boshlash rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Joriy yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

21-mart — payshanba (Navro‘z bayrami);

22-mart — juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

23-mart — shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

24-mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).

📃 Izoh: qo’shimcha dam olish kunlari 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Renessans ta’lim universiteti davlat litsenziyasi asosida bakalavriat talabalarini kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllari va ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha tayyorlaydi.

Universitetda akademik faoliyatni mahalliy va xalqaro darajadagi mutaxassislar, professorlar amalga oshiradi.

Hamkorlik doirasida IELTS, CEFR, TOEFL kabi sertifikatga ega talabalar uchun Xitoy, Koreya kabi davlatlarning universitetlarida 2+2 yoki 2+1 shaklda ta’limni davom ettirish imkoniyati yaratib berilgan.

Renessans ta'lim universiteti — katta maqsadlarni amalga oshirish maskani!

Batafsil ma’lumotlarni universitet rasmiy sahifalaridan kuzatib boring.

📄 Litsenziya (№150241 18.11.2022)

📞 Murojaat uchun:
     55-506-70-07 | 55-506-70-08

📍Samarqand darvoza ko‘chasi, Charxnovza 17

Telegram | Instagram | Websayt | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati diqqatiga:

Ijtimoiy tarmoqlarda harakatlanib ketayotgan mashinani boshqarayotganda (rulda) jonli efir qiladigan yoki video suratga oladigan barcha shaxslarni (jumladan, blogerlarni) qat’iy javobgarlikka tortish amaliyotini boshlash kerak. Kerak bo‘lsa, buni ommaviy aksiyaga aylantirish kerak.

Shuningdek, yo‘l qoidalarini buzganligini internetda ko‘z-ko‘z qilayotgan (u tez haydash bo‘ladimi, xavfsizlik kamari taqmaslik holati bo‘ladimi, farqi yo‘q) har qanday shaxslarga so‘zsiz chora ko‘rishni boshlash kerak. Odam ajratib, kimnidir jazolab, kimgadir ko‘z yumish noto‘g‘ri.

Avval aytganimdek, yo‘l harakati qoidalarini buzganligi aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqqa yuklaganlarga jazo og‘irroq bo‘lish kerak. Masalan, oddiy holatda xavfsizlik kamari taqmaganlik uchun 1 so‘m jarima bo‘lsa, kamar taqmagani aks etgan videoni internetda tarqatgan insonga jarima 4-5 so‘m bo‘lishi kerak. Chunki bu huquqbuzarlikning ommaviy targ‘iboti hisoblanadi.

Qonunlarni mensimaslikka chorlaydigan bunaqa targ‘ibotchilarga qat’iy chora ko‘rish kerak.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Navoiy shahridagi “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatidagi muammolar aniqlandi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy shahridagi ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan, alohida ta’limga muhtoj bolalar uchun “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini o‘rganish uchun borib, u yerda quyidagi muammolarni aniqladi:

▪️120 o‘ringa mo‘ljallangan internatda 139 nafar nogironligi bo‘lgan bola tarbiyalanmoqda;

▪️binolar ko‘rish qobiliyati past bolalar uchun moslashtirilmagan;

▪️maxsus sariq yoki brayl belgilari mavjud emas;

▪️ko‘zi ojiz bolalar uchun o‘quv materiallari va qo‘llanmalar yetarli emas;

▪️ maxsus kattalashtiruvchi yordamchi qurilmalar ham yo‘q;

▪️internatda 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tayyorgarlik guruhi mavjud, biroq unga kichikroq (4-5 yosh) bolalar jalb etilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Farmonning to’liq matni:

🏫 https://uza.uz/posts/581831


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

22-mart, juma (12-kun)
Saharlik vaqti: 05:04
Iftorlik vaqti: 18:39 (Toshkent vaqti)

Zuhd. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechadan “Andijon — Xonobod — Andijon” yo‘nalishida shaharlararo poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

“Andijon - Xonobod” yo‘nalishi:
Andijon 10:30 — Xonobod 12:43

“Xonobod — Andijon” yo‘nalishi:
Xonobod 14:15 — Andijon 16:30


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

◽️ University of Business and Science barcha hamyurtlarimizni Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etadi!

Ulug‘ Ramazon kunlarida universitetda ushbu bayram keng miqyosda nishonlandi.

Erta tongdan doshqozonda sumalak pishirilib, talabalar va mehmonlar uchun iftorlik tashkil etildi. Kun yakunida esa yulduzlar ishtirokida konsert bo’lib o’tdi.

To‘yga to‘yona sifatida 14 nafar ilg‘or va iqtidorli talabaga rahbariyat tomonidan grantlar taqdim etildi.

Universitetning rasmiy sahifalari:
💬Telegram |📹Instagram |📒 Facebook |🌐 Web |🖤 ubsuzbekistan">YouTube
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O’yin boshlandi.

Terma jamoamiz ushbu tarkibda maydonga tushdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mobiuz iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha peshqadamlardan biri boʻldi!

Kompaniya Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan birinchi oʻrin uchun “Iste’molchi ishonchi” sifat belgisi bilan taqdirlandi.

Mukofot “Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona” tanlovi natijalariga ko‘ra “Telekommunikatsiya xizmatlari” yoʻnalishi boʻyicha topshirildi.

Batafsil ma’lumot

🚀Telegram | 📷Instagram | 🎬Youtube | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Navro’z bayramiga bag’ishlangan tantanali davlat tadbiri jonli efirda namoyish etilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

21-mart, payshanba (11-kun)
Saharlik vaqti: 05:05
Iftorlik vaqti: 18:38 (Toshkent vaqti)

Sidq. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

20-mart, chorshanba (10-kun)
Iftorlik vaqti: 18:37 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qiyomat bo‘lib qolsa-yu, birortangizning qo‘lida xurmo ko‘chati bo‘lsa, u qoim bo‘lguncha ulgursa, ekib qo‘ysin», dedilar».


📖 Sharh: Demak, dunyo ishiga ana shunday munosabatda bo‘lish kerak. «Ekkanimiz bilan mevasini o‘zimiz yermidik, qarib qoldik, bizga dunyoning nima keragi bor» qabilidagi gaplar to‘g‘ri emas ekan. Aksincha, hatto qiyomat qoim bo‘lib qolsa ham, ulgursa, qo‘lidagi ko‘chatni ekib qo‘yish kerak ekan.

Aslida bu hadisni Abu Dardo roziyallohu anhu rivoyat qilganlar. Shomda ko‘pchilik kishilar yo‘ldan o‘tib ketayotgan paytda keksayib qolgan, qoshlari o‘sib, ko‘zlarini to‘sib qo‘ygan bir qariyaning urinib, ko‘chat ekaman deb, qiynalib harakat qilayotganini ko‘rib qolishgan ekan. Shunda ketayotganlar to‘xtab: «Otaxon, qarib qolibsiz, sizga ko‘chat ekishni kim qo‘yibdi, dam olsangiz bo‘lmaydimi?» deyishgan.

Bu qariya Abu Dardo roziyallohu anhu bo‘lib, u kishi «Mening habibim - Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga aytganlarki», deb mana shu hadisni rivoyat qilganlar.

Sahobai kiromlar keksayib qolganlarida ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yo‘llarini mahkam tutganlar, jumladan, qariganlarida ham obodonchilikka, ko‘chat ekishga, kelajakda musulmonlarning iqtisodi yaxshi bo‘lishiga harakat qilganlar.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Singapur menejmentni rivojlantirish institutida Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi

Sharqona yangi yil deb taʼriflanadigan Navroʻz bayrami arafasida, 18-mart kuni Singapur menejmentni rivojlantirish institutida umumxalq bayram sayli boʻlib oʻtdi.

Bayramda O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining ijodkorlari hamda xalqimiz sevgan taniqli san’atkorlar ham ishtirok etdi.

Shuningdek, sport musobaqalari ham tashkil qilinib, g’oliblar qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Batafsil

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasida ikkita yashirin yerosti yo‘li aniqlandi

DXX tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Xonobod shahrining “A.Navoiy” MFY hududini Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyati Suzoq tumani Bekobod qishlog‘i bilan bog‘lovchi 2 ta yashirin yerosti yo‘li aniqlanib, ular orqali tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga olib o‘tish bilan shug‘ullangan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolaridan iborat transchegaraviy jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Har ikki yer osti yo‘li 20 metr chuqurlikda joylashgan, kengligi 70-80 sm, balandligi 170-180 sm, birinchisining uzunligi 350 metrni, ikkinchisiniki esa 135 metrni tashkil qiladi.

Tezkor tadbir davomida, guruh a’zolaridan dastlabki qiymati 11 mlrd so‘mni tashkil qiluvchi jami 3 813 dona turli mobil telefon apparatlari, 50 dona planshet, 97 dona noutbuk va 1000 donadan ortiq aksessuarlar, shuningdek 1 kg 745 gr oltin yombi va zargarlik buyumlari olindi.

Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga 21-martNavro’z bayrami, dam olish kuni sifatida belgilangan bayram. Demak, bugun, 20-mart kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.

Eslatib o’taman, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

❗️Ma’lumot uchun, Navro’z bayramida ketma-ket 4 kun (21-24-mart) dam olish kuni sifatida belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

20-mart, chorshanba (10-kun)
Saharlik vaqti: 05:07
Iftorlik vaqti: 18:37 (Toshkent vaqti)

Ixlos. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bloger Xoliqjon Samadov 7 sutkaga, uning to'rt nafar sherigi esa 5 sutkaga qamaldi

Buxoro shahrining Namozgoh koʻchasida suratga olingan videolavhada vayner oʻz boshqaruvidagi Nexia avtomashinasida 2 nafar sheriklarining ustiga haydagan va oxirida yoʻl belgisiga borib urilib, qasddan shikast yetkazgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Samarqanddan Istanbulga 1,3 mln so‘m evaziga uchish mumkin

“Southern Air” aviakompaniyasi Samarqanddan Istanbulga charter reyslarini 1,3 million so‘mdan amalga oshirmoqda. Bu narx 46 kg gacha bo‘lgan yukni ham o‘z ichiga oladi.

▫️1-aprel kungi Samarqand-Istanbul reysi 1 273 161 so‘m https://avs.io/4jCLk

▫️11-aprel kungi Istanbul-Samarqand reysi 1 273 161 so‘m https://avs.io/4jCMB

▫️4-apreldan 11-aprelgacha Samarqand-Istanbul-Samarqand reysi 2 870 564 so‘m https://avs.io/4jCOb

Yanada arzon va ko‘p chiptalarni @Aviasales_uz da topish mumkin.

Reklama

Читать полностью…
Подписаться на канал