Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 5-chaqirig‘i ish boshlaganiga 100 kun bo‘ldi
100 kun ichida:
🔹 23 ta yalpi majlis o‘tkazildi;
🔹 Qonunchilik palatasiga 57 ta qonun loyihasi kiritildi;
🔹 deputatlar tashabbusi bilan 4 ta qonun loyihasi ishlab chiqildi;
🔹 48 ta qonun qabul qilinib, Senatga yuborildi;
🔹 9 ta parlament eshituvi va so‘rovi tashkil etildi;
🔹 mansabdor shaxslarga 42 ta deputat so‘rovi yuborildi;
🔹 Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga 26 nafar nomzod ma’qullandi;
🔹 1 ta "Hukumat soati" o‘tkazildi.
👉 @xushnudbek 👈
Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokim tayinlandi
➖Nazarov Xurshid Aripovich Jomboy tumani hokimi etib tayinlandi.
U bunga qadar Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig’i edi.
➖Buranov Maxsud Erkinovich Nurobod tumani hokimi etib tayinlandi.
U bunga qadar “Agrobank” ATBning Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig’i edi.
➖Xushbaqov Qayum Norbekovich Paxtachi tumani hokimi etib tayinlandi.
U bunga qadar viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari edi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️O‘zbekistonda o‘ziga begona shaxslarga xayriya yig‘ish taqiqlanishi mumkin
Bu bo‘yicha qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o’qishda qabul qilindi.
Unga ko‘ra, ko‘ngillilar tomonidan homiylik xayriyalarini yig‘ishning aniq tartibi belgilanmoqda.
💳 Bunda jismoniy shaxslar faqat o‘zi yoki yaqin qarindoshi uchun xayriya mablag‘larini yig‘ishi mumkin bo‘ladi. Ko‘ngillilar o‘ziga begona bo‘lgan shaxslar uchun xayriya yig‘ishda faqat e’lon berish bilan ko‘maklashishi mumkin.
💰 Agar xayriya naqd pul shaklida yig‘iladigan bo‘lsa, buni faqat xayriya qutisi yordamida yoki homiylik tashkilotlari, homiylikni amalga oshiruvchi yoki oluvchi yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlariga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirish lozim bo‘ladi.
🚙 Agar xayriya mol-mulk shaklida yig‘ilsa, qabul qilib olingan mol-mulk ro‘yxati shakllantiriladi hamda uning turi, miqdori ko‘rsatilgan holda dalolatnoma tuziladi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident farmoni bilan Qudratxo‘jayev Botir Bahromovich favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan Bosh prokuror o‘rinbosari – Harbiy prokuror lavozimidan ozod etildi.
👉 @xushnudbek 👈
25-fevral kuni Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️12 ballik jarima tizimi faqat YHX xodimlari tomonidan tuzilgan dalolatnomalar asosida hisoblanadi
Bu haqda ayni paytda AOKAda Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbariyati ishtirokida o‘tayotgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Unga ko‘ra, ko‘chadagi texnik vositalar (foto va videokameralar) orqali tuzilgan dalolatnomalar jarima ballarini hisoblash uchun asos bo‘lmaydi.
Biroq kelgusida kamera va radarlar orqali yoziladigan jarimalarni ham 12 ballik tizimga qoʻshib hisoblash rejalashtirilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Hamrayev Behzod Saylixonovich Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Markaziy bank raisining o‘rinbosari edi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️O‘zbekistonda “yo‘l bezoriligi” hamda drift qilganlik uchun javobgarlik belgilandi
Qonunga ko‘ra, quyidagi holatlar uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi:
🔹boshqa transport vositalarining harakatiga qasddan to‘sqinlik qilish;
🔹harakatlanish burchagini va (yoki) tezligini saqlagan holda transport vositasini sababsiz sirpantirish (drift);
🔹o‘z yo‘nalishida harakatlanish bo‘lagini sababsiz keskin ravishda uch va undan ortiq marta uzluksiz o‘zgartirish (bundan maxsus ajratilgan joylarda sodir etish mustasno);
🔹yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishiga tahdid soluvchi yoxud transport vositasida yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan hurmatsizlikda ifodalangan boshqa xatti-harakatlarni namoyishkorona sodir etish.
💰Yuqoridagi qoidabuzarliklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari (9 mln 375 ming so‘m) miqdorida jarima va (yoki) 1 yildan 2 yilgacha muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish nazarda tutilgan.
📄Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (18 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi tayinlanadi.
📈Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakatlanishda qatnashgan transport vositalari haydovchilarining jarima miqdori BHMning 3 baravaridan 5 baravariga (1 mln 875 ming so‘m) oshirildi.
🗓 Mazkur qonun 21-fevraldan e'tiboran kuchga kirdi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Soatiga 20 kilometrgacha tezlikni oshirganlik uchun jarima oshgani yo‘q
Ijtimoiy tarmoqlarda YPX inspektorining videosi tarqalmoqda. Unda aytilishicha, 60 km/soat tezlik belgilangan joyda siz 66 tezlikda kelsangiz, avvalgidek 1 baravar (375 ming so‘m) jarima emas, balki endi 5 baravar jarima to‘lashingiz aytilgan.
❌Ushbu ma’lumot noto‘g‘ri.
Yangi qonun bilan tezlik uchun jarima miqdorlari oshirilgani yo‘q. Belgilangan tezlikdan 20 gacha oshirilsa — 1 baravar, 40 gacha oshirilsa — 5 baravar, 40 dan oshirilsa — 9 baravar miqdorida jarima to‘lanadi. Avval ham shunaqa edi, hozir ham shunaqa.
Faqat bitta o‘zgarish kirdi. Ya’ni endi belgilangan tezlikdan soatiga 60 kilometr oshirib yuborilsa, 15 baravar (5 mln 625 ming so‘m) jarima belgilanadi. Ya’ni 60 tezlik belgilangan joyda 125 dan tezroq yurganlarga (5 zaxirasi bilan) 15 baravar jarima qo‘llanadi. Ilgari 40 dan oshirilganda har doim jarima bir xil edi.
Shuningdek, tezlik bilan bog‘liq holatlarda bir yil ichida takroran sodir etilsa, balandroq jarima to‘lash ham bekor qilindi.
Tezlik bilan bog‘liq jarimalar miqdorida boshqa hech qanday o‘zgarish yo‘q.
👉 @xushnudbek 👈
Afsuski penaltilar seriyasida yutqazdik va musobaqani tark etdik.
Lekin yigitlar bizga hayajon bera oldi. 3-1 hisobida yutqazayotgan pallada iroda ko’rsatib, 90-daqiqadan keyin 2 ta gol urishdi. Lekin penaltilarda koreyslar yaxshiroq tepishdi.
👉 @xushnudbek 👈
Birozdan so’ng hamyurtimiz Isroil Madrimov WBA interim kamari egasi Verjil Ortis bilan jang qiladi. Ortisning ko‘rsatkichlari: 22 jang, 22 g‘alaba, 21 nokaut. O‘rtaga WBA interim kamari qo‘yilgan jang 12 raund davom etadi.
Isroil Madrimovga omad tilaymiz!
👉 @xushnudbek 👈
🔻 Mobiuz aloqa operatoriga hozir ulansangiz, qanday qulayliklarga ega bo‘lasiz?
✅ Xotirjam 60, 80, 100 tarif rejalariga ulanib, 3 oy abonent to‘lovining yarim narxini to‘laysiz!
✅ Xohlagan tarif rejasiga ulanib, 50 ta 10 000 000 so‘mlik yutuqlardan birini qo‘lga kiritish uchun imkoniyatga ega bo‘lasiz!
✅ Chiroyli raqamlarga 70-80% chegirmalar taqdim etiladi!
BATAFSILReklama
O‘zbekiston armiyasida dronlar va ularga qarshi kurashish bo‘linmalari tashkil etiladi
Prezident raisligida o‘tkazilgan harbiy xavfsizlik va davlat mudofaasini mustahkamlashga bag‘ishlangan yig‘ilishda ushbu tashabbus ilgari surildi.
Bugungi kunda turli mintaqaviy mojarolarda sun’iy intellekt, robototexnika, raketalar, dronlar va ularga qarshi vositalar keng qo‘llanmoqda. Shu asosda O‘zbekiston armiyasida dronlar va ularga qarshi kurashish bo‘linmalari, sun’iy intellektga asoslangan kibertuzilmalar, robotlashgan texnikalar va havo hujumidan mudofaa tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha yangi tarkibiy tuzilmalar tashkil etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Prezident – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan armiyaning jangovar shayligini mustahkamlash, jangovar tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini oshirish, sun’iy intellekt asosida qo‘shinlarni avtomatlashtirilgan yagona boshqaruv tizimiga o‘tkazish hamda harbiy ta’lim va kadrlar tayyorlashda dual ta’lim tizimidan foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️ Endi, jarima ballari oshib ketsa, haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga jarima ballari hisoblanadi. Agar bu ballar 12 dan oshsa, haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.
Quyidagi holatlar uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi:
🔹 Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun;
🔹 Transport vositasida odam tashish qoidalarini buzganlik uchun;
🔹 Transport vositalarini quvib o‘tish qoidalarini buzganlik uchun;
🔹 Yo‘l bezoriligi uchun;
🔹 Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining foto- va (yoki) videotasvirini ularning obro‘sizlanishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatganlik uchun.
Yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganligi uchun ma'muriy jazo qo‘llanilanadi. Bunda:
➖ Belgilangan huquqbuzarliklar sodir etilganligi uchun transport vositasi haydovchisiga mazkur huquqbuzarliklarda nazarda tutilgan asosiy jazo bilan birga jarima ballari hisoblanadi. Bunda sodir etilgan har bir huquqbuzarlik uchun hisoblanadigan jarima ballining eng yuqori miqdori 2 balldan oshmasligi kerak.
➖ Jarima ballari belgilangan huquqbuzarliklardan biri birinchi marta sodir etilgan kundan boshlab bir yil davomida hisoblab boriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun hisoblangan jarima ballari bir yil o‘tgach transport vositasi haydovchisidan avtomatlashtirilgan tarzda yechiladi.
➖ Hisoblangan jarima ballari bir yil davomida 12 balldan oshgan holatlarda, oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun belgilangan tartibda qo‘shimcha jazo sifatida haydovchi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmasligi belgilandi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Mudofaa sanoati agentligining Innovatsion texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, ishlab chiqarish quvvatlari, ilg‘or ishlanmalar, harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan tanishdi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif ko‘p qirrali O‘zbekiston-Pokiston hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qo‘shma deklaratsiya hamda ikki tomonlama Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi.
Ikki mamlakat yetakchilari huzurida tashrif davomida imzolangan quyidagi hujjatlar almashildi:
➖ Fan, texnika va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
➖ Diplomatik pasport egalarining vizasiz safarlari to‘g‘risida bitim;
➖ Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
➖ Professional ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
➖ Yoshlarga oid siyosat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
➖ Milliy axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
➖ diplomatik akademiyalar, Toshkent va Lahor shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar va ahdlashuvlar hamda boshqa hujjatlar.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇵🇰Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharifni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
👉 @xushnudbek 👈
Murodov Gʻolib Ne'matovich Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hokimi etib tayinlandi.
Bunga qadar u “Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti filiali direktori edi.
👉 @xushnudbek 👈
AQSHdan Kosta-Rika orqali deportatsiya qilinishi rejalashtirilgan 7 nafar o‘zbekistonlik Nyu-Yorkdan to‘g‘ridan to‘g‘ri reys orqali Toshkentga qaytarildi.
Bu haqda TIV rasmiy vakili xabar berdi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Prezident qarori bilan:
➖2025-yil 1-martdan harbiy xizmatchilarga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun to‘lanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 20 foizga oshiriladi;
➖2025-yil 1-iyundan qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ipoteka kreditlarini ajratish ko‘rsatkichlari asosida uy-joy bilan ta’minlanadigan, kalendar hisobida 10 yildan ortiq harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilarga turar joy sotib olish (qurish) uchun ipoteka krediti olinishida ajratiladigan dastlabki badal miqdori uy-joy hisoblangan qiymatining 35 foizi miqdorida belgilanadi;
➖2025-yil 1-martdan yil yakunigacha Qurolli Kuchlarning kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan, amaldagi sarf-xarajatlar doirasida turarjoy bilan ta’minlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun:
✅ Toshkent shahrida – BHMning 4,8 baravarigacha (1 mln 800 ming so'm) miqdorda;
✅ Nukus shahri va viloyatlar markazlarida – BHMning 3,6 baravarigacha (1 mln 350 ming so'm) miqdorda;
✅ boshqa shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlarida BHMning 2,4 baravarigacha (900 ming so'm) miqdorda har oylik pul kompensatsiyasi to‘lovlari belgilandi.
Oila a’zolari 3 kishi va undan ortiq bo‘lgan taqdirda harbiy xizmatchilarning ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇵🇰Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif 25-26-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston futbol bo‘yicha 2031-yilgi Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi mumkin
🇺🇿🇹🇯🇰🇬Uch mamlakat futbol uyushmalari Osiyo kubogini birgalikda qabul qilish uchun o‘z nomzodlarini ilgari surdi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston bunga qadar futbol bo‘yicha U-20, U-23 Osiyo chempionatlari, shuningdek, futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan.
👉 @xushnudbek 👈
📉O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo harorati -9 darajagacha soviydi
"O‘zgidromet" prognoziga ko‘ra, 24-25-fevral kunlari mamlakatimizning shimol va cho‘l hududlarida, 26-fevralda qolgan barcha hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanadi. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.
Havo harorati 26-27-fevral kunlari 0...-5 darajagacha soviydi. Ish haftasi davomida respublika shimolida harorat kechalari
-4...-9 daraja sovuq, kunduz kunlari -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq bo‘ladi.
👉@xushnudbek👈
❤️ “Profi” oilasi!
Profi University — nafaqat ta’lim maskani, balki jipslik, doʻstlik, qiziqishlar va mukammallikka intilish hamdir. Bu yerda siz oddiy talaba emas, jamoaga aylanasiz!
🎓 Profi University:
➖Bir-birini toʻldiradigan oʻziga xos shaxslar;
➖Tajriba, gʻoya va orzular bilan boʻlishish imkoniyati;
➖Haqiqiy oila kabi iliq muhit.
Biz birgalikda tarix yaratamiz!
👉 Universitetning rasmiy sahifasi shu yerda.
☎️ Murojaat uchun: +998787771111
Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)
Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">Youtube
Reklama
⚽Bugun o‘yin kuni!
Futbol bo‘yicha yoshlar terma jamoamiz 🇨🇳Xitoyda o‘tayotgan U20 Osiyo chempionati chorak finalida bugun 🇰🇷Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.
Bugun g‘alaba qozongan jamoa 🇨🇱Chilida bo‘lib o‘tadigan U20 Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo’lga kiritadi.
⏰ O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekistonda 31 ta yer qa'ri uchastkasi 25,1 mlrd so‘mga sotildi
"E-auksion" platformasida o‘tkazilgan savdo jarayonlarida 12 ta davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik subyekt g‘olib deb topildi.
Qonunchilikka ko’ra, konlarni sotish quyidagi talablar asosida amalga oshirildi:
🔹yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi faqat O‘zbekiston fuqarolari va davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxslarga beriladi;
🔹ruxsatnomalar 3 yil muddatga berilib, yer egaligini taqdim etmaydi, balki qimmatbaho metallarning izlovchilar usulida qazib olish imkoniyatini beradi;
🔹ruxsatnoma egalari ishchi-xodimlarining 70 foizi o‘zbekistonlik bo‘lishi talab qilinadi.
Shunga ko‘ra, konlarni sotib olgan subyektlarning hech biri to‘laligicha xorij fuqarolariga, jumladan to’liq Xitoy fuqarolariga tegishli bo‘lmagan.
👉 @xushnudbek 👈
DXX raisi Bahodir Nizomovich Qurbonov O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi.
👉 @xushnudbek 👈
⚽️ UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🗓 1/8 final bosqichining dastlabki o‘yinlari 4-5 mart kunlari, javob bahslari esa 11-12 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
👉 @xushnudbek 👈
HONOR X8c: QOYIL qoldiradi!
Tungi suratga olish – qorong‘ilik endi muammo emas, suratlaringiz yorqin va tiniq!
AI-tahrirlovchi – kamchiliklarni tuzatadi va avtomatik ishlov beradi.
Mustahkamlik – tushirib yuborish, suv sachrashidan xavotir olmasangiz ham bo’ladi!
Uslub, texnologiya va sifat – hammasi birda! QOYIL emasmi?!
Smartfonni texnika do‘konlaridan xarid qiling va maxsus sovg‘aga ega bo‘ling!
Sayt | Instagram | Telegram | Reklama
O‘zbekiston xalq artisti, mashhur maqom ijrochisi Nafisa To‘xtayeva 83 yoshida vafot etdi.
Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.
👉 @xushnudbek 👈