Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama
Davlat xavfsizlik xizmati:
➖Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi shaxs Ohangaron tumanida joylashgan 32 gektar yerni mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 2 mln 400 ming AQSh dollari talab qilib, shundan 500 ming dollarni olayotgan vaqtida ushlandi;
***
➖Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi ikki nafar shaxs tuman hokimligi balansidagi 48 sotix yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 60 ming dollar va hujjatlarni hal qilib berish uchun 8160 dollar talab qilib, shundan 64 ming dollarni olayotgan vaqtida ushlandi;
***
➖Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi shaxs tumanda joylashgan Meliorativ ekspeditsiya balansidagi 20 sotix va mahalliy fuqaroga tegishli 45 sotix yerni 60 ming dollarga sotishga kelishib, 56,7 ming dollar va 43 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi;
***
➖Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchi shaxs shu tumandan oqib o‘tuvchi Shovot kanali bo‘yida joylashgan davlat zaxirasidagi 24 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga xaridordan 45 ming dollar va 13 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
"Anhor" va "Navro‘z" bog‘lari o‘rnida turar joy binolari qurilmaydi — Qurilish vazirligi
Vazirlik poytaxtdagi ushbu ikki bog‘ hududida turar joy va tijorat binolari qurilishi haqida so‘nggi paytlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi.
Bog‘larni boshqaruvchi kompaniya ham ular odatiy ish rejimida faoliyat yuritayotganini ma’lum qildi. Faqatgina bog’ oldidagi "Anhor" savdo markazining egalik huquqi boshqa kompaniyaga o‘tkazilmoqda va u yerda rekonstruksiya ishlarini olib borish rejalashtirilmoqda. Ammo ushbu savdo markazi kadastr hujjatlariga ko’ra, bog’ hududi hisoblanmaydi, u alohida bino.
Bog‘ o‘rnida qurilish qilishi mumkinligi aytilgan kompaniya ham o‘z rasmiy sahifasida bu borada rasmiy izoh berdi. Unga ko‘ra, loyihani amalga oshirish va ushbu hududda qurilish ishlarini olib borish rejalashtirilmayapti. Internetda tarqalgan tasvirlar 2024-yilda kompaniyani tark etgan sobiq xodimning ichki taqdimotidan olingan.
👉 @xushnudbek 👈
❗️10-mart (dushanba) 5 kunlik ish haftasidagilar uchun qo’shimcha dam olish kuni bo’ladi
Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, agar bayram kunlari dam olish kuniga to’g’ri kelib qolsa, unda dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko’chiriladi.
Joriy yilda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni shanba kunga to’g’ri keladi. Demak, 5 kunliklar uchun dam olish kuni 10-mart, dushanbaga ko’chiriladi.
Shunday qilib, 5 kunliklar uchun 3 kun ketma-ket dam olish kuni bo’ladi:
✅ 8-mart, shanba — bayram;
✅ 9-mart, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
✅ 10-mart, dushanba — ko‘chirilgan dam olish kuni.
❗️6 kunliklar uchun faqat 8-mart (shanba) dam olish kuni bo’ladi, lekin 10-mart (dushanba) ish kuni hisoblanadi.
👉 @xushnudbek 👈
🚍 Termiz va Olmaliqqa ham Xitoydan yangi avtobuslar olib kelinadi
Hozirda 🇨🇳Xitoyning Zhongtong Bus kompaniyasidan Olmaliq shahri uchun 83 dona, Termiz shahri uchun 100 dona avtobus sotib olish rejalashtirilgan.
Shuningdek, respublikaning boshqa viloyatlariga zamonaviy avtobuslarni sotib olishda kredit, lizing shartlari yengillashtirilishi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Mbappe. 1:0.
Stadiondan eksklyuziv videolar kelib tushmoqda.
UPD: yakunda hisob 3-1 bo’ldi, Mbappe xet-trik qildi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Abduqodir Husanov asosiy tarkibda!
«Man City» jamoasining «Real Madrid»ga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi. Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident farmoniga ko’ra, aholi tomorqasi va dehqon xo'jaliklariga ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan hududning iqlim sharoitini inobatga olgan holda har chorakda monitoring olib boriladi.
O‘rganish davomida ekin to'liq ekilmagan va qarovsiz qoldirilgan bo‘lsa (fors-major holatlari bundan mustasno) quyidagi choralar qo‘llaniladi:
➖ tomorqa yer egalari va dehqon xo'jaliklariga davlat dasturlari doirasidagi imtiyozli kreditlar berilmaydi;
➖ Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar to‘xtatiladi;
➖ "Online mahalla" elektron platformasi ma'lumotlari asosida ekin ekilmaganligi aniqlangan yil uchun yer solig‘i stavkasi uch karra miqdorda hisoblanadi.
Bunda tomorqa va ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish yo'lga qo'yilgan, ya'ni ekin ekiladigan maydonlariga ekin ekilgan taqdirda, "mahalla yettiligi" kafilligi bilan barcha imtiyozlar va amaldagi soliq stavkalari tiklab beriladi.
👉@xushnudbek👈
🛒💳 Korzinka va UZCARD sovrin jamgʻarmasi 300 mln soʻmlik aksiya boshladi
Aksiyada ishtirok etish sharti oddiy:
✅ Korzinka ilovasini yangilang / agar yoʻq boʻlsa, yuklab oling
✅ “Ishtirok etish” tugmasini bosing
✅ UZCARD kartasini ulang
✅ Ilovadagi QR-kod orqali UZCARD bank kartasi va Korzinka Plus kartasidan foydalanib, 200 000 so‘mdan boshlab xaridlarni amalga oshiring.
Ushbu 300 mln soʻmlik summa 50, 100 va 150 mln koʻrinishida, yaʼni taqsimlangan holda gʻoliblarga toʻlab beriladi. Bundan tashqari, shartlarni bajarib boʻlganingizdan soʻng, Korzinka’dagi xaridlar uchun 500 000 so’m va Yandex Plus obunasiga ega boʻlish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, Korzinka Go ilovasida UZCARD yoki Korzinka Plus kartangizni ulagan holda 200 000 soʻmdan boshlab xaridlar qilib ham aksiyada ishtirok etsangiz boʻladi.
❗️Bosh sovrinlar gʻolibning UZCARD bank kartasiga oʻtkaziladi. Aksiya muddati esa 10-fevraldan 10-martgacha.
App | Telegram-bot | Facebook | Insta | Web | Korzinka Go | Reklama
O‘zbekiston Umraga boruvchilar soni bo‘yicha dunyoda 10-o’rinda
Saudiya Arabistoni Podshohligining Haj va Umra vaziri doktor Tavfiq bin Favzon Ar-Rabi’aning Toshkentga tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan matbuot anjumanida aytilishicha, 2024-yilda qariyb 461,5 ming nafar o‘zbekistonlik Umra amallarini ado etgan.
Shu tariqa O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga boruvchi ziyoratchilar soni bo‘yicha dunyo miqyosida 10-o‘rinni egallab turibdi.
👉@xushnudbek👈
Prezident farmoniga ko’ra, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining nomi O‘zbekiston fermerlari kengashi deya o’zgartirildi.
Shuningdek, farmonga asosan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga dehqon xo‘jaliklari va tomorqalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha funksiyalar yuklandi:
🔹 Tomorqa va dehqon xo‘jaliklari yerlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobini yuritish va “Online mahalla” platformasida ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
🔹 Hududlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, yuqori daromadli mahsulot yetishtirishni tashkil etish, aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish.
👉@xushnudbek👈
🚎 Toshkentga 200 ta yangi elektrobus olib kelinadi
Toshkent shahri uchun 200 dona elektrobus xarid qilish loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tender natijalari e’lon qilindi.
"Toshshahartransxizmat" matbuot xizmatiga ko‘ra, tanlovda Xitoyning “BYD Auto Industry Co., Ltd.”, “Yutong Bus Co., Ltd.” va “ZhongTong Bus Holding Co., Ltd.” kompaniyalari ishtirok etgan.
Takliflarni baholash natijasiga ko‘ra, “Yutong Bus” kompaniyasi belgilangan talablarga to‘liq javob bergan va tanlov g‘olibi deb e’lon qilindi.
Loyiha doirasida xarid qilinadigan elektrobuslar komplekt holatda yetkazib beriladi, ya’ni ularga tegishli quvvatlash uskunalari ham mavjud bo‘ladi.
👉@xushnudbek👈
⚽️“Paxtakor” Elit chempionlar ligasining keyingi bosqichiga yo‘l oldi
So‘nggi turda vakillarimiz 🇶🇦Qatarning “As-Sadd” klubini kolumbiyalik legioner Brayan Riaskosning gollari evaziga 2:1 hisobida mag‘lub etishdi.
G‘alaba “Paxtakor”ga pley-off bosqichi yo‘llanmasini taqdim etdi. Jamoa nimchorak finalda 🇸🇦Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” yoki “Al-Hilol” jamoalaridan biriga to‘qnash keladi.
Dastlabki o‘yin 3 yoki 4-mart kuni Toshkentda, javob bahsi esa 10-11-mart kunlari safarda bo‘lib o‘tadi.
Ma'lumot uchun, hozirda jamoamizga to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan ikki klubda quyidagi mashhur legionerlar to‘p tepmoqda:
🇸🇦“Al-Ahli”: Roberto Firmino, Ivan Toney, Riyod Mahrez, Frenk Kessi, Eduard Mendi, Merih Demiral.
🇸🇦“Al-Hilol”: Yassin Bono, Kalidu Kulibali, Ruben Nevesh, Sergey Milinkovich-Savich, Aleksandr Mitrovich, Joao Kanselo.
🗓 Ushbu yulduzli tarkiblardan biri 3-4-mart kunlari Toshkentga keladi.
👉@xushnudbek👈
Ikkita sport federatsiyasi va bitta assotsiatsiyaga yangi rais saylandi
➖Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxoʻja Mavlonov – Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasiga;
➖“Oʻzmilliybank” AJ boshqaruv raisi Alisher Mirsoatov – O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasiga;
➖tadbirkor, “Paxtakor” futbol klubi sobiq prezidenti Botir Rahimov O‘zbekiston tennis federatsiyasiga rais etib saylandi.
👉@xushnudbek👈
🔥aviasales.uz dan chiptalarga chegirmalar
Chiptalar misollari:
• Toshkent-Sharja — 879,8 ming so‘m; https://i.avs.io/38p6PeZy
• Toshkent-Abu-Dabi — 845,4 ming so‘m; https://i.avs.io/EkD7ED3X
• Toshkent-Pxuket 3,9 mln so‘m
https://i.avs.io/D6b6rz0b
Boshqa yoʻnalishlar bo'yicha chegirmali chiptalar: /channel/Aviasales_uz/3270 kanalida.
Reklama
🇺🇿🇰🇼Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Kuvaytga bordi. Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Amir Shayx Mishʼal as-Saboh, Valiahd Shayx Saboh Xolid al-Hamad as-Saboh va boshqa rasmiylar kutib oldi.
👉@xushnudbek👈
Eldor Shomurodov ham bugun “Roma”ning asosiy tarkibida maydonga tushar ekan. Rimliklar o’z uyida Yevropa ligasining 1/16 bosqichi javob o’yinida “Portu” bilan kuch sinashadi. Dastlabki bahsda 1:1 hisobida durang qayd etilgan edi.
Eldor va uning jamoasiga omad tilaymiz.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 8 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Charli Chaplinning qizi Jeraldinega maktubi
Izoh: Bilasanmi, bolaligingda tunlari sening yotog’ing yonida o’tirib, “Uyqudagi go’zal”, “Hushyor ajdarho” ertaklarni aytib berganman. Ko’zlarimga uyqu kelganida unga kulib shunday derdim: “Ket! Uyqum, bular qizimning orzulari!” Men sening orzularingni ko’rardim, Jeraldine, kelajagingni, bugungi kuningni ko’rganman…
📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/charli-chaplinning-qiziga-maktubi" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/charli-chaplinning-qiziga-maktubi
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/30hSXCN1l0Q
🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇬🇧Buyuk Britaniya O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini to‘liq qo‘llab-quvvatladi
Bu bo‘yicha Londonda O‘zbekiston Prezidentining Jahon savdo tashkiloti (JST) masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunovning Buyuk Britaniya hukumati vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Britaniya tomoni O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lish jarayonini to‘liq qo'llab-quvvatlashini tasdiqladi.
Shu bilan birga, quyidagilarga kelishib olindi:
🔹Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan iqtisodiy o‘sish va rivojlanish dasturi orqali O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lish jarayoniga texnik yordamni kengaytirish;
🔹dastur doirasida mutaxassislarining institutsional salohiyatini mustahkamlash, ularning xalqaro savdo sohasidagi bilim va ko'nikmalarini oshirish.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Bugun “Tashabbusli byudjet”ning 1-mavsumiga loyiha kiritishning oxirgi kuni
Agar mahallangizni obod qilish bo’yicha taklifingiz bo’lsa, https://openbudget.uz sayti orqali tashabbus kiritishingiz mumkin.
Hozirgacha 26 mingdan ortiq tashabbus kiritilgan.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Eksklyuziv video: Abduqodir Husanov “Santyago Bernabeu”da chigalyozdi mashqlarini qilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Aholi tomorqalaridan yuqori daromad olishni rag‘batlantirish maqsadida 2026-yildan boshlab tajriba tariqasida Namangan viloyatida dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yerlarida yetishtirilgan mahsulotlardan olingan daromad miqdori 1 sotix uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan (9 mln 375 ming so‘m) yuqori bo‘lganda fuqarolar va (yoki) dehqon xo‘jaliklarining ekin bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun to‘langan yer solig‘ining 90 foizi tegishli yil yakuni bilan qaytarib beriladi.
Mazkur tartib yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident farmoni bilan:
➖Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 ming dollar miqdorida;
➖Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarning har biriga 25 mln soʻm miqdorida;
➖1941-1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarining har biriga 3 mln soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Yurtimizga tashrif buyurgan Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia bugun bo’lib o’tgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyevga Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon Ol Saudning ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga hadyasi – muqaddas Ka’ba yopinchig‘i kisvaning bir parchasini topshirdi.
Suhbat chog‘ida o‘zbekistonlik ziyoratchilarga shart-sharoitlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, ularning Saudiya Arabistoniga tashrifi xavfsiz va qulay bo‘lishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👉 @xushnudbek 👈
🏦 O‘zbekistonda bank omonatlarini qaytarish muddati bosqichma-bosqich 7 kungacha qisqartiriladi
Bugun e’lon qilingan qonun bilan bir qator muhim o‘zgarishlar joriy qilindi. Xususan:
➖ yangi qonun tadbirkorlar va yuridik shaxslarning ham omonatlarini kafolatlaydi (ilgari yuridik shaxslar uchun kafolatlanmas edi);
➖ omonatlarni to‘lash muddati bosqichma-bosqich 3 oydan 7 kunga tushiriladi. Jumladan, qonun kuchga kirgandan boshlab omonatlar 20 ish kunida, 2026-yil 1-yanvardan 15 ish kunida, 2027-yil 1-yanvardan 7 ish kunida to‘lanadi (ilgari omonatlarni to’lash 3 oydan keyin boshlanardi).
➖ to‘liq kafolatlash tizimidan voz kechilib, kafolatlangan omonat miqdorining yuqori chegarasi 200 mln so‘m etib belgilandi. Bu cheklov faqat bitta bank doirasidagi omonatlarga tadbiq etiladi, ya’ni bir kishi 10 ta bankda omonat xizmatidan foydalansa, kafolatlangan omonatlar miqdori 2 mlrd so’m bo’ladi. Ushbu qoida qonun kuchga kirgandan keyin ochilgan omonatlarga taalluqli bo’ladi, bungacha qo’yilgan omonatlar uchun to’liq kafolat tizimi qo’llanaveradi.
👉@xushnudbek👈
UBS Koreyaning TOP-10 va dunyoning TOP-250 talik ro‘yxatiga kirgan universitet bilan qoʻshma taʼlim dasturini yoʻlga qoʻydi
“University of Business and Science” delegatsiyasining Janubiy Koreyaga safari davomida Sejong universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumga asosan:
— Universitetlar oʻrtasida 2+2 qoʻshma taʼlim dasturi (2 yil UBSda va 2 yil Sejong universitetida);
— Muhandislik yoʻnalishlaridagi talabalar uchun qisqa muddatli amaliyotlar;
— Sejong universiteti oʻquv dasturi asosida taʼlim berish;
— Professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish boʻyicha hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilmoqda.
Eslab qolish uchun:
✅ Kuvayt
❌ Quvayt
Garchi o’qilishi biroz g’alati, talaffuzi noqulay tuyulsa ham, lekin rasmiy manbalarda Kuvayt yozish qabul qilingan. Chunki originalida ham K harfi bilan yoziladi (الكويت).
Quvaytga ko’pchilik o’rganib qolgan, shu sababli juda ko’p joyda, hatto ayrim rasmiy manbalar, Hukumat qarorlarida ham Quvayt yozilganiga duch kelsangiz, hayron bo’lmang. Menga qolsa, Quvaytni ham to’g’ri variant sifatida qabul qilgan bo’lardim, lekin buni men hal qilmayman.
O’zi bizga xorijiy mamlakat nomlari lug’ati kerak. Rasmiy tasdiqlangani. Shunda hamma o’sha lug’at orqali “soatini to’g’rilab” olgan bo’lardi, ikkilanishlarning oldi olinardi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Qozog‘istonda shaxta qulashi oqibatida konchilar halok bo‘ldi
Hodisa Ulitau viloyatidagi “Jomart” konida yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojiaga tabiiy gaz portlashi sabab bo‘lgan. Qutqaruvchilar halok bo‘lgan 7 nafar konchilarning jasadini olib chiqdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Qazaqmis” korporatsiyasi halok bo‘lgan konchilar oilalariga ularning 10 yillik maoshi va farzandlari o‘qishi xarajatlarini to‘lab beradi, shuningdek, dafn marosimini tashkil etish uchun 2 mln tengedan (deyarli 52 million so'm) mablag‘ ajratiladi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To’qayev qurbonlarning oilasiga hamdardlik bildirdi va hukumatga favqulodda hodisa sabablarini sinchkovlik bilan o‘rganish bo‘yicha topshiriq bergan.
👉@xushnudbek👈
❗️Mablag‘laringizni to‘ylarga emas, farzandingizga investitsiya qiling
Buxorolik Parviz Tuksanov SAT xalqaro imtihonida eng maksimal natija — 1600 ball to‘plagan birinchi o‘zbekistonlik bo‘libdi.
Shavkat Mirziyoyev kuni kecha bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan uchrashuvda Parvizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabrikladi.
Menga eng yoqqan gaplarni zalda ishtirok etgan Parvizning onasi aytdi. Jumladan, barcha ota-onalarga ta’sirli murojaat bilan chiqib, shunday dedilar:
“Aziz ota-onalar, iltimos. Agar biz ortiqcha xarajatlarni to‘y-dabdabalarga sarflamasdan, mablag‘larimizni o‘zimizning farzandlarimizga investitsiya qilsak, bu albatta yaqin kelajakda o‘z natijasini ko‘rsatadi. Buni o‘g‘lim misolida sizlarga tavsiya qilaman”.
Qaniydi, hamma shu gaplarga amal qilsa, hayotining oltin qoidasiga aylantirsa, gullab ketardikku.
P.S.: aytgancha, SAT imtihonidan olingan sertifikat uchun abituriyentlarga kirish imtihonida ball berilmaydi. Negadir eng nufuzli imtihonlardan biri bo‘lgan SAT ro‘yxatdan tushib qolgan. O‘tgan yili Shavkat Mirziyoyev SAT sertifikatini ham imtihonda tan olish kerakligi haqida topshiriq bergandi. Lekin hozirgacha buning rasmiy asosi chiqmadi. Mas’ullar joriy yilgi qabulgacha ulgurisharmikin?
Shavkat Mirziyoyev va Kuvayt amiri Shayx Mishʼal as-Saboh Oʻzbekiston — Kuvayt keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot qabul qildi.
Shu bilan birga, muzokaralar yakunida quyidagi hujjatlar imzolandi:
➖ sanoat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
➖ havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitimga bayonnoma;
➖ mehnat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
➖ “Aqlli” shaharlarni barpo etish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
➖ sanʼat va madaniyat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
➖ sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
➖ turizm sohasida 2025-2027-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi;
➖ Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bilan hamkorlik toʻgʻrisida bitim.
Shavkat Mirziyoyev Kuvayt amirini Oʻzbekistonga tashrif bilan kelishga taklif etdi.
👉@xushnudbek👈
Allayev Dolli Hakimovich O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bunga qadar u Uyushmaning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i edi.
👉@xushnudbek👈