Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama
❗️O'zbekistonda tadbirkorlarga 12 turdagi litsenziya, ruxsat berish va xabarnoma olish talabi bekor bo'lishi kutilmoqda
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun 12 turdagi litsenziya, ruxsatnomalar va xabarnoma olish talabi bekor qilinishi mumkin. Qonun loyihasi birinchi o'qishda qabul qilingan.
Oliy Majlisda qabul qilingan qonun loyihasi bu jarayonlarni soddalashtirish va Davlat xizmatlari orqali ariza topshirish imkoniyatini kengaytirishni ko‘zda tutadi.
Loyiha doirasida 3 ta kodeks va 5 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritish, 4 ta litsenziya va ruxsatnomani xabardor qilish tartibiga o‘tkazish, ayrim ruxsatnomalarni bekor qilish rejalashtirilgan. Bojxona kodeksidan ba’zi hujjatlar chiqarib tashlanadi, litsenziyalar esa birlashtiriladi.
Shuningdek, jarimalarning 50% qismini 15 kun ichida, 70% qismini esa 30 kun ichida to‘langanda, qolgan summadan ozod qilish mexanizmi joriy etiladi.
👉@xushnudbek👈
Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma'lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘zbekistonda 1-martdan ish haqi va nafaqalar 10 foizga, 1-avgustdan yana 10 foizga oshirilishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Ish haqi va pensiyalar bo‘yicha har qanday rasmiy ma’lumot tegishli davlat organlarining rasmiy manbalari orqali e’lon qilinadi, deyiladi rasmiy bayonotda.
👉@xushnudbek👈
⚽️O‘zbekiston U20 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqdi
Yigitlarimiz Xitoyda o‘tayotgan Osiyo kubogi guruh bosqichi ikkinchi turida 🇮🇩indoneziyalik tengqurlarini 3:1 hisobida mag‘lub etishdi.
Terma jamoamizning gollariga Muhammadali O‘rinboyev, Abdug‘afur Haydarov va Saidumarxon Saidnurullayev mualliflik qildi.
Yigitlarimiz bugungi g‘alaba orqali 6 ochko bilan keyingi bosqich masalasini ham hal qilishdi.
Guruhning so‘nggi o‘yini 19-fevral kuni 🇮🇷Eronga qarshi bo‘lib o‘tadi.
👉@xushnudbek👈
Abduqodir Husanov ilk marta to’liq 90 daqiqa to’p surgan uchrashuvda ManCity 4:0 hisobida g’alaba qozondi. Qishda jamoaga kelib qo’shilgan Umar Marmush xet-trik qildi.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇰🇼Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Amiri Shayx Mishʼal as-Sabohning taklifiga binoan 17-18-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
👉@xushnudbek👈
Mobiuz aloqa operatori barcha hududlarda yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirib, “50 nafar baxtiyor inson!” nomli ulkan aksiyani e’lon qildi!
50 nafar tasodifiy g‘olib 10 000 000 so‘mdan yutib oladi!
Faqatgina 2025-yil 10-aprelgacha! Mobiuz'ga ulanib, 50 nafar baxtiyor insondan biri bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
AKSIYA HAQIDA BATAFSIL MA’LUMOT
YANGI TAYANCH STANSIYALARI HAQIDA BATAFSIL MA’LUMOT
Reklama
Dunyoning nufuzli “TOP-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga 800 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.
Energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yo‘nalishlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasi kvotalari ko‘paytiriladi.
👉@xushnudbek👈
Xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi.
Bunda o‘quv xarajatlarining dastlabki 2 oyi o‘quvchilarning o‘z mablag‘idan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan to‘lab beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xolbayeva Nargiza Ibadullayevna Prezident farmoniga asosan «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.
Bugun viloyat hokimligida davlat mukofoti tantanali ravishda N.Xolbayevaga topshirildi.
👉 @xushnudbek 👈
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Deymon Ranon. Hazilkash (hikoya)
Izoh: Hazilkash Joga farqi yoʻq, siz hazilni tushunasizmi yoki tushunmaysizmi. U hamma bilan birdek hazillashadi va bu ishni juda boplaydi. Lekin oxirgi hazili hammasidan ham oʻtib tushdi. Xoʻsh, bu voqea nima bilan tugarkin?
📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/deymon-ranon-hazilkash" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/deymon-ranon-hazilkash
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/qt6bpMfW7l8
🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
🥇Oʻzbekistondagi tezkor mobil internet Ucell’da*!
Mamlakatimizning barcha hududlarida — Chimyonning baland tog‘laridan Orol dengizi sohillarigacha sifatli aloqa yo‘lga qo‘yilgan.
Biz bilan bo‘lganingiz uchun rahmat!
*Xabar 2024-yilga oid Speedtest Intelligence® ma’lumotlari bo‘yicha Ookla® kompaniyasi tahlili asosida tayyorlangan. Ookla savdo belgilari litsenziya bo‘yicha qo‘llanmoqda va muallif ruxsati bilan qayta nashr etilmoqda.
Batafsil | Reklama
O‘zbekistonga bir yilda 4,2 million dona telefon xorijdan olib kelingan
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda 374,5 mln dollar qiymatida 4,2 mln dona mobil telefon xorijdan olib kelingan.
Eng yirik yetkazib beruvchilar:
🇨🇳 Xitoy – 3,4 mln dona;
🇻🇳 Vyetnam – 589,4 ming dona;
🇮🇳 Hindiston – 113,6 ming dona;
🇭🇰 Honkong – 46,1 ming dona;
🌍 Boshqa davlatlar – 5,4 ming dona.
👉@xushnudbek👈
Prezidentning yangi farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-apreldan “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar yanada takomillashtiriladi.
🔹 Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar umumiy ijtimoiy yordamlardan foydalanadi.
🔹 Oylik daromadi har bir a’zoga minimal iste’mol xarajatlarining 2 baravaridan oshmaydigan oilalar uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ijtimoiy yordam oladi.
Bundan tashqari, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalarining 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismi madaniy-ma’rifiy, ta’lim, sport va turizm tadbirlariga yo‘naltirilishi mumkin.
Endilikda ijtimoiy yordamlar qo‘shimcha murojaatsiz — kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual rejaga muvofiq ajratiladi. Shuningdek, fuqaroning moliyaviy va ijtimoiy holati avtomatik baholash tizimi (skoring) orqali tekshiriladi.
👉@xushnudbek👈
2024-yilda O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat avtoraqam qariyb 1 mlrd so‘mlik bo‘lgan
Respublika tovar-xom ashyo birjasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda 195 mingdan ortiq avtoraqam onlayn auksionlar orqali sotilgan.
Ularning 97 foizini jismoniy shaxslar, 3 foizini yuridik shaxslar xarid qilgan. Sotilgan avtoraqamlarning eng qimmati – 965,3 mln so‘mni (01 888 BBB), eng arzoni esa – 1,7 mln so‘mni tashkil etgan.
👉@xushnudbek👈
⚽️ Futbol bo‘yicha O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi – Osiyo chempioni!
Vakillarimiz 🇧🇩Bangladeshda bo‘lib o‘tgan musobaqada tengsiz bo‘lishdi. Ular avvaliga guruh bosqichida 🇮🇩Indoneziyani 8:1, 🇳🇵Nepalni 13:0 va 🇧🇩Bangladeshni 3:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalda 🇮🇶Iroq ustidan 3:0 hisobida zafar quchishdi.
Finalda esa 🇮🇩Indoneziyani 6:0 hisobida yengishdi.
Chempionlar 14-fevral, juma kuni soat 01:05 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishadi.
👉@xushnudbek👈
Profi University’da intellektual bellashuv!
12-fevral kuni Profi University’da Alisher Navoiy va Bobur Mirzo tavallud ayyomi munosabati bilan “INTELLEKT QUIZ” bellashuvi tashkil etildi.
Bellashuvda 17 ta universitetdan yig‘ilgan jamoalar o‘zaro bilim sinashishdi. Qatnashchilar intellektual bellashuv orqali barchaga unutilmas ZAVQ hadya eta olishdi.
🤗 Kelasi o‘yinlarda SIZNI ham kutamiz!
👉 Universitetning rasmiy sahifasi shu yerda.
☎️ Murojaat uchun: +998787771111
Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)
Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">Youtube
Reklama
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 14 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Aron Tamashi. Ozodlik qushi
Izoh: 1848–1849-yillardagi Mojariston inqilobi Vengriyaning mustaqillikka intilish yo‘lidagi muhim voqealardan biri edi. Bu davrda polyak harbiy va siyosiy arbobi Yuzef Bem mojor qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan. Mashhur shoir va inqilobchi Shandor Petyofi ham uning armiyasida xizmat qilgan va Shegeshvar ostonasidagi Feyeredxaza qishlog‘idagi jang maydonida halok bo‘lgan, deya hikoya qiladi Lyorins bobo.
📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/aron-tamashi-ozodlik-qushi" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/aron-tamashi-ozodlik-qushi
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/5UuJUrIbASo
🎙Bugungi hikoya audiosini Muhammad Umar Baxtiyorov o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
Nodirbek Abdusattorov NAVI jamoasiga qo‘shildi
Dunyodagi eng nufuzli kibersport jamoalaridan biri hisoblangan Natus Vincere (NAVI) shaxmat bo‘linmasini rasman tashkil etganini e’lon qildi. Jamoa tarkibidan uch nafar mashhur shaxmatchi joy olgan: 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov, 🇺🇸Uesli So, 🇺🇦Aleksandr Bortnik.
➖ 16-fevral kuni ular ilk bor NAVI sharafini himoya qilib, Chessable Masters onlayn turnirida ishtirok etishadi. Ushbu musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 150 ming dollarni tashkil qiladi.
➖ CCT reytingining eng yaxshi 12 shaxmatchisi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Esports World Cup festivali doirasida bo‘lib o‘tadigan seriya finaliga taklif qilinadi. U yerda ishtirokchilar 1,5 million dollarlik bosh sovrin uchun kurash olib borishadi.
NAVI o‘zining CS:GO, Dota 2, PUBG, Rainbow Six Siege va Valorant o‘yinlaridagi yutuqlari bilan tanilgan.
Shuningdek, boshqa shaxmatchilar ham turli jamoalar bilan shartnomalar imzolamoqda. Masalan, Team Liquid jamoasi Magnus Karlsen, Fabiano Karuana va Maksim Vashye-Lagrav bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, Din Lijen LGD Gaming jamoasiga qo‘shildi.
👉 @xushnudbek 👈
⚽️ Hamyurtimiz Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning "Nyukasl"ga qarshi bahsini asosiy tarkibda boshlaydi!
⏰ O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
👉@xushnudbek👈
❗️Toshkent bozorlarida patta narxlari oshirildi
Bu bo‘yicha shahar hokimligining qarori qabul qilindi.
Masalan, bozorda mahsulotlarni bir savdo o‘rnida sotishning bir kunlik narxi quyidagicha o‘zgarmoqda:
🍎 ho‘l mevalar – 18 000 so‘m (bungacha 15 000 so‘m edi);
🍍 sitrus va tropik mevalar – 39 000 so‘m (bungacha 32 000 so‘m edi);
🥜 quruq mevalar – 40 000 so‘m (bungacha 33 000 so‘m edi);
🥛 sut mahsulotlari – 18 000 so‘m (bungacha 15 000 so‘m edi);
🍉 poliz mahsulotlari – 34 000 so‘m (bungacha 28 000 so‘m edi);
🥩 go‘sht mahsulotlari – 42 000 so‘m (bungacha 35 000 so‘m edi);
🍞 non mahsulotlari – 11 ming so‘m (bungacha 10 ming so‘m edi);
🥕 sabzavotlar – 11 ming so‘m (bungacha 10 ming so‘m edi) va boshqalar.
To‘liq ro‘yxat bilan bu yerda tanishish mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
• Xizmat ko‘rsatish sohasida yoshlarni ishga olib, kamida 3 million so‘m oylik to‘lagan korxonalarga ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi. Bu imtiyoz 3 yil amal qiladi.
• Tomorqa va dalasidan samarali foydalanib, kamida 100 million so‘m daromad olgan yoshlarga soddalashtirilgan tartibda yer ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Endilikda kambag‘al oilalarning farzandlariga:
🔹 ta'lim krediti foizsiz beriladi;
🔹 qo‘shimcha grant ajratiladi;
🔹 kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.
👉@xushnudbek👈
Prezident bugun tadbirkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlovchi 3 ta katta hujjatga imzo chekdi.
1️⃣ Birinchi hujjatga muvofiq, Yoshlar agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, unga 100 million dollar mablag‘ ajratildi.
Endi tashabbuskor yoshlarning startap loyihalariga 2 milliard so‘mgacha investitsiya kiritiladi.
2️⃣ Ikkinchi qaror bilan oliygoh bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratilmoqda. Buning uchun Milliy bankka 100 million dollar resurs beriladi.
Bank Oliy ta’lim vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda oliygoh bitiruvchilarining tashabbus va g‘oyalarini loyihaga aylantirish bo‘yicha yangi bank xizmatlari paketlarini joriy etadi.
3️⃣ Uchinchi hujjatga ko‘ra, Aloqabank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantirilib, bunga 200 million dollar ajratildi.
Bank o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar loyihalari uchun 100 million so‘mgacha 7 yil muddatga imtiyozli mikroqarz ajratadi.
“Aloqa venchur” jamg‘armasi orqali startaplarga 50 mingdan 1 million dollargacha sarmoya kiritilib, mahsulot va xizmatlarni ichki va xalqaro bozorlarda sotish, biznes hamkor topish, qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilishga ko‘maklashiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Yaqinda bo’lib o’tgan Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining II Konferensiyasida Dilshod Ashurov 2025-2029-yillar uchun palata raisligiga qayta saylandi.
Uning o‘tgan besh yillik faoliyati yuzasidan hisoboti Konferensiyada ma’qullandi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️O‘zbekistonda Prezident olimpiadasi musobaqalari tashkil etiladi
🗓 Musobaqalar har yili 10-20-dekabr kunlari yangi qurilayotgan Olimpiya shaharchasida o‘tkaziladi.
🏋♀Yilda 2 marta hududlarda o‘tkaziladigan olimpiya sport turlari bo‘yicha "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalari Prezident olimpiadasi uchun saralash bosqichi vazifasini o‘taydi. Tuman va viloyat sovrindorlarini hokimlar rag‘batlantirib boradi.
Viloyat bosqichi g‘oliblari Olimpiya shaharchasida o‘tkaziladigan Prezident olimpiadasida ishtirok etadi.
🏆Musobaqa g‘oliblari uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan sportchilar Respublika olimpiya va paralimpiya markaziga qabul qilinadi.
💰Bunda 1-2-kurs o‘quvchilariga stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.
👉@xushnudbek👈
📚O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
Bu bo‘yicha qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 1-o‘qishda qabul qilindi.
Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan 74-1-modda bilan, 1 ta kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqartiriladi. Bunda mahkumlar kitoblarni tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha o‘qib, so‘ng imtihon topshirishi belgilanmoqda.
Ushbu tartib faqat jazo muddatini to‘liq o‘tashi lozim bo‘lgan mahkumlar uchun joriy etiladi.
👉@xushnudbek👈
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Qurbonov Bahodir Nizomovich nomzodi ilgari surildi.
Eslatib o’tamiz, 2025-yil 22-fevral kuni OʻFA prezidentligiga saylov boʻlib oʻtadi.
👉 @xushnudbek 👈
🥇Oltin medal!
O‘zbekiston delegatsiyasi 26 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Figurali uchish boʻyicha terma jamoamiz a’zolari Dmitriy Chigiryev va Yekaterina Geynish juftligi 176,43 ball jamgʻarib, eng yaxshi natijani qayd etdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi!
Ma’lumot uchun: bunga qadar O'zbekiston uchun yagona oltin medalni 1999-yili Janubiy Koreyaning Kanvon viloyatida bo‘lib o‘tgan musobaqalarda Tatyana Malinina figurali uchish musobaqalarida qo‘lga kiritgan edi.
👉@xushnudbek👈
Joriy yilning 10-fevral kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida (TSMRI) ikki muhim tadbir: TSMRI va Hisob palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash hamda institut huzurida KPMG Akademiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Batafsil
🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | Reklama
🗓 Prezident farmoni bilan, 2025-yil 1-apreldan boshlab:
🔹nogironligi boʻlgan yoshlarga parasport toʻgaraklariga qatnashishi uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 1 baravarigacha (375 ming so‘m) miqdorda yoʻl haqi xarajatlari qoplab beriladi;
🔹6 oy davomida muntazam ravishda sport va sanʼat toʻgaraklariga qatnashayotgan yoshlarga qiymati BHMning 10 baravaridan (3 mln 750 ming so‘m) oshmaydigan maxsus sport formalari, inventarlar, musiqa va cholgʻu asboblari olib beriladi;
🔹tabiiy va texnogen hodisalar (yong‘in, suv toshqini, zilzila va boshqalar) oqibatida zarar koʻrgan oilalarga uy-joylarini tiklash va taʼmirlash uchun BHMning 150 baravarigacha (56 mln 250 ming so‘m) bo‘lgan miqdorda yordam ko‘rsatiladi:
🔹Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam oʻrniga uy-joyida artezian quduq qazish, suv nasoslarini oʻrnatish hamda ichimlik suv filtrlarini xarid qilish uchun subsidiya ajratiladi.
Bunda subsidiya xarajatlarning 90 foizi, biroq BHMning 30 baravaridan (11 mln 250 ming so‘m) koʻp boʻlmagan miqdorda ajratiladi.
👉@xushnudbek👈