xushnudbek | Неотсортированное

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Подписаться на канал

Xushnudbek.uz

Kinopoiskda “Pistirmadagi osh” filmi premyerasi e’lon qilindi. Yandex Plus obunasi bilan serialni 90 kungacha bepul tomosha qilishingiz mumkin.

Bepul muddat tugaganidan keyin avtomatik yangilash – oyiga atigi 9 999 so‘m. Bu taklif 31-dekabrgacha amal qiladi.

Filmni baholash uchun siz ham uni albatta tomosha qiling.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqda davom etayotgan adolatsiz urush va kuzatilayotgan ikki yoqlama standartlar haqida gapirdi:

“G‘azo sektori va Livandagi misli ko‘rilmagan gumanitar fojiani, tinch aholiga qarshi vayronkor hujumlarni, ayniqsa, begunoh bolalar, keksalar va ayollar qurbon bo‘layotganini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin qochoqlariga yordam berish bo‘yicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni ham keskin qoralaymiz.

Mazkur ko‘p yillik nizoning yagona yechimi – xalqaro me’yoriy hujjatlar va rezolyutsiyalarga muvofiq, 1967-yildagi chegaralar asosida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini tuzishdir.

Keyingi hafta Ar-Riyod shahrida o‘tadigan arab-musulmon davlatlari sammitida bu muammoga aniq siyosiy yechim topilishiga umid qilamiz”, — dedi davlatimiz rahbari.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Fox News telekanali ham Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. Ammo bu hozircha rasmiy natijalar emas.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

AQSHda Respublikachilar partiyasi 51 o‘rin bilan Senatda nazoratni o‘z qo‘liga oldi.

Vakillar palatasiga saylovlarda ham Respublikachilar oldinda. Bu degani, agar Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, mutloq hokimiyatga ega bo‘lishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

(xabar yangilab turiladi)

AQSHdagi prezidentlik saylovida hozircha Donald Tramp yetakchilik qilmoqda.

Tahlilchilar fikricha, saylov natijasini Arizona, Jorjiya, Viskonsin, Pensilvaniya, Nevada, Nebraska (2-distrikt) va Michigan shtatlari hal qilishi kutilmoqda. Chunki ushbu hududlar "ikkilanuvchi" shtat hisoblanadi. Ya’ni ularda kim g‘alaba qozonishi noma’lum, bir safar demokratlarga, bir safar respublikachilarga ovoz berishadi.

"Ikkilanuvchi" shtatlardan yana biri bo‘lgan Shimoliy Karolinada Tramp g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, qaysi nomzod birinchi bo‘lib 270 ta ovoz olsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Sport musobaqalari ishtirokchi va tashkilotchilarini pora evaziga og’dirganlik uchun javobgarlik belgilandi

Bu bo‘yicha qonun prezident tomonidan imzolandi. Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksi 214-1 va 214-2-moddalar bilan to‘ldirildi.

Jumladan, sport musobaqalari natijalarini yoki uning borishini qasddan o‘zgartirish maqsadida sportchini, trenerni, hakamni yoxud musobaqaning boshqa ishtirokchi hamda tashkilotchilarini pora evaziga og’dirib olganlik uchun quyidagicha javobgarlik belgilandi:

➖ bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima;
3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan cheklash;
1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

O’z navbatida qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olgan sportchi, trener, hakam yoxud musobaqaning boshqa ishtirokchi hamda tashkilotchilarining o’ziga ham xuddi shunday jazo chorasi qo’llanadi.

Ikkala moddada ham og’irlashtiruvchi holatlar (takroran, ko’p miqdorda, tamagirlik evaziga va hk) mavjud.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev 5-6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇨🇳 O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan bilan uchashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, sanoat, infratuzilma, transport-logistika, “yashil” energetika, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, IT, ta’lim, turizm, hududlararo va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi Shanxay shahrida 5-10-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro import mahsulotlari ko‘rgazmasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Toshkentda isitish mavsumi 7-noyabrdan bosqichma-bosqich boshlanadi

Bunda 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Muvofiq ravishda, 7-noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O’tgan haftada (saylov kuni) “Zakovat” klubi tomonidan yana bir katta turnir o’tkazilgan edi.

Unda o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichida g‘oliblar aniqlandi!

Quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇1-o‘rin - Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi jamoasi;
🥈2-o‘rin - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi jamoasi;
🥉3-o‘rin - DXX Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi.

Mazkur o‘quvchilarning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi.

Shuningdek, ushbu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oliy Majlis Senati a’zolari saylovi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining qo‘shma majlislari 2024-yilning 7-12-noyabr kunlari o‘tkazilishi belgilandi.

Oliy Majlis Senati a’zolari hududiy kengashlarga saylangan deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🛫 Zarafshon shahridagi eski aeroport qayta tiklanishi mumkin

Bu haqda bugun Navoiy viloyatida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida yashovchi 200 ming aholi Toshkent shahriga borish uchun avval avtomobilda 250-300 kilometr yoʻl yurib, Navoiy shahriga borishiga to‘g‘ri kelayotgani, keyin esa, bu yerdan poyezd yoki samolyotga oʻtirib, poytaxtga borishga majbur boʻlayotgani qayd etildi.

Shu sababli, Zarafshon shahrida o‘tgan asr 80-yillarida qurilgan va ayni paytda ishlamayotgan aeroport faoliyatini qayta tiklash masalasini oʻrganib, tegishli takliflar kiritish topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun 🔵"Nasaf" jamoasi o‘z tarixida ilk marta Superliga chempioniga aylanishi mumkin. Buning uchun safarda 🔴"Lokomotiv" jamoasini mag‘lub etsa kifoya.

Uchrashuv soat 16:00 da "Do‘stlik" stadionida start oladi. Stadion lokatsiyasi bu yerda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bir mandatli okruglar bo‘yicha saylangan deputatlar ro‘yxati

Ya’ni o‘z okrugida boshqa partiyalardan nomzodi qo‘yilgan 4 nafar raqiblaridan ko‘proq ovoz to‘plagan holda saylangan deputatlar.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Donald Tramp muhim shtatlardan biri Viskonsinda ham g‘alaba qozondi. Bu esa uning rasman prezidentlikka saylanganini anglatadi.

Tramp hisob bo‘yicha AQSHning 47-prezidenti bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: Donald Tramp o‘rtadagi tanaffusdan keyin qayta saylangan tarixdagi ikkinchi prezident bo‘ldi. Bungacha demokratlardan Grover Klivlend yigirma ikkinchi (1885-1889 y) hamda yigirma to‘rtinchi (1893-1897 y) prezident bo‘lgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

AQSH prezidentlik saylovi rasmiy natijalari

AQSHdagi prezidentlik saylovida hozircha Donald Tramp 267 ta ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. G‘olib bo‘lish uchun 270 ta ovoz kerak.

Saylov natijasini "ikkilanuvchi" 8 ta shtat hal qilishi kutilgan edi. Ya’ni ularda kim g‘alaba qozonishi noma’lum, bir safar demokratlarga, bir safar respublikachilarga ovoz berishadi.

Donald Tramp hozircha o‘sha shtatlarning 3 tasida ishonchli g‘alaba qozondi — Pensilvaniya, Jorjiya va Shimoliy Karolina. Yana Arizona, Viskonsin, Nevada va Michigan shtatlarida ham Tramp ustunlik qilmoqda.

Donald Trampning bir muddat tanaffusdan keyin ikkinchi marta prezidentlikka saylanganini rasman e’lon qilish shunchaki vaqt masalasi xolos.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

The Hill nashri Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonganini yozmoqda. Ammo bu hozircha rasmiy natijalar emas.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

AQSHdagi saylov natijasini hal qiluvchi "ikkilanuvchi" shtatlardagi ko‘rsatkichlar. Donald Tramp Jorjiya va Shimoliy Karolinada g‘alaba qozondi. Yana uchtasida yutishga juda yaqin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

DXX: Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari 1 mln AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari klaster shaklidagi savdo majmuasi tashkil etish uchun shahar hokimligi zaxirasidagi 20 gektar yer maydonini auksion savdoga chiqartirib, yutib berish va 49 yil muddatga yerga egalik qilish huquqini rasmiylashtirishda ko‘maklashish evaziga 2 mln AQSH dollari talab qilib, oldindan 1 mln AQSH dollarini o‘zining haydovchisi orqali olgan vaqtida ushlandi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

DXX: Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari 5 ming dollar olayotganda ushlandi

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari qurilgan obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga imzo qo‘yish evaziga tuman hokimligining ma’muriy binosi yonida 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (tamagirlik yo‘li bilan pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

***

Bundan tashqari Navoiy shahri hamda Shahrixon tumanida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga bankdan 100 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olish uchun tavsiyanoma berish evaziga pul olgan mahalladagi hokim yordamchilari ashyoviy dalillar bilan ushlangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida Payariq maktabi jamoasi g‘olib bo‘ldi

Uchinchi bor o‘tkazilgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Samarqand viloyati Payariq tumanidagi 84-maktab jamoasi
🥈2-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti jamoasi
🥉3-o‘rin: Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi

💰 G‘olib jamoalar quyidagicha taqdirlandi:

1-o‘rin: 100 mln so‘m;
2-o‘rin: 60 mln so‘m;
3-o‘rin: 40 mln so‘m.

Ma’lumot uchun: ushbu musobaqada respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha ta’lim muassasalari jamoasi (davlat va nodavlat) ishtirok etishi mumkin edi. Dastlab hududiy saralash bosqichi o’tkazildi, kecha respublika bosqichi bo’lib o’tdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi

Prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runovning ma'lum qilishicha, tashkilotga a'zo bo‘lish bo‘yicha 14 oy davom etgan ikki tomonlama muzokaralar yakunlangan.

Shu tariqa AQSh mamlakatimizning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagan 21-davlat bo‘ldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oybek Eshonov Oʻzbekistonning Indoneziyadagi elchisi etib tayinlandi.

Bunga qadar u Tashqi ishlar vazirligining Janubiy Osiyo, Yaqin, Oʻrta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi edi.

👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentdagi Chorsu maydoni yangi qiyofa kasb etadi

2-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Chorsu maydonini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdim etildi. Germaniyaning Tchoban Voss Architekten kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha doirasida yangi mehmonxona, biznes-markaz va turar joylar barpo etiladi. Bu loyihada 2025-yildan qurilish ishlari boshlanib, 2029-yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, umumiy qiymati 170 million AQSh dollaridan oshadi.

Rekonstruksiya jarayonida 1982-yilda qurilgan va uzoq vaqt tashlandiq bo‘lib qolgan “Chorsu” mehmonxonasi binosi buziladi. 2024-yilning texnik ekspertizasiga ko‘ra, binoning temir-beton konstruksiyalari jiddiy shikastlangan va rekonstruksiya qilishga yaroqsiz deb topilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏆 Kuzgi mavsum finalini o‘tkazib yubormang!

Bugun, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo’yinining kuzgi mavsum FINALIDA Farrux Rafiqov jamoasi ishtirok etadi.

‼️ Teletomoshabinlar diqqatiga!

Endi muxlislar ham savolga javob topib, 4 mln so‘m yutib olishi mumkin. Buning uchun ko‘rsatuv boshida hamda oxirida beriladigan 2 ta savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob berish kerak.

📩 Javoblar @zakovattanlov_bot orqali qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish hamda botdan qanday to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha mana bu videoqo‘llanmani albatta ko‘rib oling.

✊ Tanlovning barcha ishtirokchilariga omad!

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🔵 “Nasaf” chempion!

Vanihoyat ajdarlar o’z tarixida ilk marta Superliga chempionligini qo’lga kiritdi! Barakalla, yigitlar! Qashqadaryo viloyatining 100 yilligiga ajoyib sovg’a bo’ldi.

“Nasaf” muxlislarini chempionlik bilan tabriklayman!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

✅ Unga ko‘ra, universitet Navoiy davlat pedagogika instituti negizida tashkil etiladi.

✅ Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishlarini universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi;

✅ Universitetda 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab hududiy rivojlanish dasturlariga muvofiq, ehtiyoj yuqori boʻlgan aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, logistika kabi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Siyosiy partiyalar ro‘yxati bo‘yicha saylangan deputatlar ro‘yxati.

Ro‘yxatda vazirlardan hech kim yo‘q. Ya’ni birorta vazir deputat bo‘lmagan. Ertalabdan qayerdan bunaqa ishonarsiz va tekshirilmagan xabar tarqatishdi, hayronman.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyuradi. Safar davomida yirik sanoat obyektlari va ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy soha tashkilotlari bilan tanishish, yangi loyihalarga start berish rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Подписаться на канал