Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama
2025-yilgi Davlat byudjeti loyihasining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.
Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qolayotgan holatda byudjet daromadlarini ko‘paytirishning birdan bir yo‘li – soliq ma’murchiligini takomillashtirish ekani qayd etildi.
Davlatimiz rahbari bu tadbirkorlar faoliyatiga aralashish orqali emas, balki raqamlashtirish, sun’iy intellekt va yashirin iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish hisobiga bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
👉 @xushnudbek 👈
🅿️ Toshkentda pulli “parkovka” narxlari tasdiqlandi
Shahar hokimligining qaroriga ko‘ra, pulli to‘xtash joylari quyidagi 5 ta tarif zonasiga (1 soat uchun) bo‘linadi:
1⃣ - tarif zonasi — 12 ming so‘m;
2⃣ - tarif zonasi — 10 ming so‘m;
3⃣ - tarif zonasi — 8 ming so‘m;
4⃣ - tarif zonasi — 6 ming so‘m;
5⃣ - tarif zonasi — 5 ming so‘m;
❗️ Quyidagi toifadagi transport vositalaridan to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun to‘lov undirilmaydi:
🚓🚑🚒 favqulodda vaziyatlar va maxsus xizmatlar xodimlari tomonidan foydalaniladigan jigarrang, qizil yoki ko‘k-qizil miltillovchi chiroq va maxsus
ovozli signallar bilan jihozlangan transport vositalari;
🦼 old va orqa oynalarida “7.17” yo‘l belgisi tasviri tushirilgan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning transport vositalari (jumladan, nogironlar uchun
mo‘ljallangan maxsus transport vositalari);
👨🦳 II Jahon urushi qatnashchisining transport vositasi;
🛵 davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan ikki g‘ildirakli transport vositalari.
🔰 Bundan tashqari, parkingda, shu jumladan, savdo, xizmat ko‘rsatish, tibbiyot, sport, madaniy-ko‘ngilochar muassasalar yonidan besh foiz joy (lekin 1 donadan kam bo‘lmagan) imtiyozli ruxsatnomaga ega shaxslar uchun ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkentda Markaziy Osiyo universitetlari forumi bo‘lib o‘tdi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa hamkorlar bilan o‘tkazilgan forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy kabi nufuzli davlatlarda joylashgan va ta’lim rivoji uchun dunyo miqyosida ish olib borayotgan 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, shuningdek, yuzga yaqin xorijiy oliygohlar, xususan, Massachusets texnologiya instituti va Kembrij kabi nufuzli oliygohlardan vakillar hamda yurtimizdagi qator oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Forum doirasida bir qator olimlarning ochiq ma’ruzalari tashkil etildi, jumladan:
— italiyalik olim, hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratuvchilaridan biri boʻlgan Luchiano Rezzolla;
— nufuzli iqtisodchilaridan biri, 2014-yilda Nobel mukofoti laureati bo‘lgan Jan Tirol;
— Massachusetts texnologiya instituti akademik rivojlanish boʻyicha kansleri professor Erik Grimson.
Shuningdek, Forum doirasida “Times Higher Education” reytingida tan olingan universitetlarni taqdirlash marosimi hamda xalqaro nufuzli mehmonlar bilan muhokama va uchrashuvlar o’tkazildi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev kecha Olmaliqdagi "Yoshlik-1" koni va 3-mis boyitish fabrikasida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Xalqaro baholash mezonlariga ko‘ra, Olmaliqda misning yalpi zaxirasi 45 million tonnani, oltin zaxirasi esa 5 ming tonnadan ziyodni tashkil etishi aniqlangan. Bu dunyo miqyosida ham eng yirik va noyob ko‘rsatkichdir.
Shuningdek, davlatimiz rahbari 4-mis boyitish fabrikasi qurilishiga start berdi.
👉 @xushnudbek 👈
Yana 6 ta o’yinimiz qoldi.
Shundan, 4 tasini safarda o’ynaymiz. 🇶🇦Qatar (14-noyabr), 🇰🇵KXDR (19-noyabr), 🇮🇷Eron (25-mart) hamda 🇦🇪BAA (5-iyun) bilan mehmonda to’p suramiz. Qiyin o’yinlar hali oldinda.
O’z uyimizda yana 2 ta o’yinimiz bor. Ikkalasi ham kelasi yilda bo’ladi. 🇰🇬Qirg’iziston (20-mart) va 🇶🇦Qatar (10-iyun) bizga keladi. Ikkalasini ham yutishimiz shart, Xudo xohlasa.
Bugungi uchrashuvning eng yaxshi o’yinchisi Otabek Shukurov aytganidek, har qanday vaziyatda ham yigitlarimizni qo’llab-quvvatlab, duo qilib turamiz, chunki biz Jahon chempionatiga chiqishga qodirmiz.
👉 @xushnudbek 👈
Uchrashuv boshlandi!
O’zbekiston milliy terma jamoasi ushbu tarkib bilan o’yinni boshladi.
👉 @xushnudbek 👈
“Xon Saroy Afsonasi” — siz orzu qilgan xonadonlar!
Poytaxtimizning Yashnobod tumanida qad rostlayotgan yangi “Xon Saroy Afsonasi” loyihasidan 1 xonali xonadonlarni aksiyada oyiga 5,3 mln soʻmdan xarid qiling.
Loyihada siz uchun ushbu qulayliklar mavjud
✨ Xavfsiz bolalar maydonchasi
✨ Eco-hudud
✨ Yerosti va yerusti avtoturargohlari
✨ Work out zona
✨ 24/7 qo'riqlanadigan xavfsiz hudud.
📌 Shoshiling, aksiya tugashiga 7 kun qoldi!
Bot orqali bog‘lanish
📲 712007400
📲 555017400
🌐 xonsaroy.uz
Reklama
🚧 Toshkentdagi markaziy ko’chalardan birida harakat vaqtinchalik qisman cheklanadi
❓Qaysi ko’cha?
Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishmasidan Seul ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi;
❓Qancha muddatga?
16-oktyabrdan 15-noyabrgacha;
❓Qanday holatda?
Avtomobillar harakati yo‘lning ikki chizig‘ida cheklanadi. Transport oqimi yo‘lning qolgan ikki chizig‘iga yo‘naltiriladi;
❓Nima sababdan?
110 kilovattli yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari sababli.
👉 @xushnudbek 👈
Vengriyada Alisher Navoiyga bag‘ishlab byust o‘rnatildi
Lakitelek shahrida o‘rnatilgan byust vengriyalik haykaltarosh Dyordji Lantos tomonidan yaratilgan.
Hozirgacha Tokio, Seul, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Ostona, Boku, Ashxobod, Dushanbe, O‘sh kabi shaharlarda Navoiyning byustlari o‘rnatilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2024- yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi natijalarini eʼlon qildi
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 411 nafar yoshlar “Jamg‘arma stipendiati” deb eʼtirof etildi.
Ularning aksariyati AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Xitoyda taʼlim olishadi.
60 foizga yaqin yoshlar STEM (ilm-fan, texnologiya, injenerlik, matematika), IT (axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt), tibbiyot va farmatsevtika, arxitektura va dizayn kabi yo‘nalishlarda taʼlim olishni rejalashtirgan.
👉 @xushnudbek 👈
Muvaffaqiyatli biznes yaratish yo’llarini o‘rganing 🚀
Yaponiyaning Yamagata Universiteti va Biznesni rivojlantirish banki tadbirkorlar uchun bepul onlayn o‘quv kursini taqdim etadi!
Muvaffaqiyatli biznes loyihalarini yaratish, biznes strategiyalarni ishlab chiqish va yapon boshqaruv usullarini qo‘llashni o‘rganing. Imkoniyatlar:
✅ Biznesni yaratishning bosqichma-bosqich rejasi;
🇯🇵 Yapon boshqaruv usullari;
🌎 Kursdan so‘ng xalqaro sertifikat!
👉 Havolaga o‘ting va bugunoq o‘qishni boshlang!
Reklama
🚍🅰️ Jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish ustidan nazorat kuchaytiriladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Yo‘l harakati qoidalariga ayrim o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Xususan:
➖ jamoat transporti uchun ajratilgan alohida yo‘laklarda faqat jamoat transporti vositalari harakatlanishi mumkin va boshqa transport vositalari ushbu yoʻlakda harakatlanishi taqiqlanadi. Bundan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari mustasno;
➖ alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lda harakatlanishi taqiqlangan transport vositalari ushbu yoʻldan faqat yondosh hududga kirish yoki chiqish maqsadida foydalanishi mumkin;
➖ bunda ular yondosh hududning kirish yoki chiqish joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha harakatlanishi mumkin;
➖ transport vositasi mazkur yoʻlakda harakatlanib kelayotgan yoʻnalishli transport vositasi harakatiga toʻsqinlik qilmasligi va unga yoʻl bergandan soʻng yondosh hududga kirishi yoki chiqishiga ruxsat etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi.
Shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida obyektlarni ishga tushirish va yangilarining qurilishiga start berish rejalashtirilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Umra faoliyatini tashkil etish uchun litsenziya talablari ma’lum qilindi
📃 “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi 12.10.2024-yildagi 668-son Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
✅ Qarorga ko‘ra, quyidagi litsenziya talab va shartlari joriy etilmoqda:
➖ Ziyoratchilarga guruh rahbari etib O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida diniy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassisni tayinlash;
➖ shtatida diniy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi;
➖ voyaga yetmagan fuqarolarga xizmat ko‘rsatmaslik;
💰 1 mln AQSH dollari miqdordagi mablag‘ni “Ziyorat” jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish;
➖ o‘z faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oshirmaslik;
➖ ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistoni Podshohligining faqat “Umra” vizasini rasmiylashtirish;
Bunda, "Umra" vizasidan tashqari viza bilan fuqarolarni olib borish noqonuniy faoliyat hisoblanadi.
➖ “Umra” xizmatlarini Saudiya Arabistonidagi hamkor tashkilot o‘rtasida imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshirish hamda ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarni bank muassasalari orqali amalga oshirish;
➖ Saudiya Arabistonining Makka va Madina shaharlarida ziyoratchilarga o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;
➖ xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi va yuk tashish bo‘yicha 2 yildan kam bo‘lmagan tajribaga ega hamda ushbu davr mobaynida yo‘lovchi tashishning xalqaro va milliy qonunchilik talablarini buzmagan aviakompaniyalar bilan hamkorlik qilish;
➖ ziyoratchilarni yuborishdan oldin ularga borish-kelish aviachiptalarini xarid qilish;
➖ ziyoratchilarni toifasi 3 yulduzdan kam bo‘lmagan mehmonxonalarga joylashtirish;
➖ “Umra” xizmatini uchinchi davlatlar orqali ko‘rsatmaslik;
➖ “Umra” xizmatini litsenziyada ko‘rsatilgan manzildan boshqa joyda joylashgan vakolatxona va filial orqali amalga oshirmaslik;
✅ Shuningdek, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln so‘m) etib belgilangan.
👉 @xushnudbek 👈
Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) va jamoatchilik faollari hamkorligida "Qizimga" nomli yangi media loyiha ishga tushirildi.
Qiz farzand tarbiyalayotgan otalar, sizda ham ushbu chellenjga qo‘shilish imkoniyati bor.
👉 @xushnudbek 👈
🇳🇬 Nigeriyada yonilg‘i tankeri portlashi oqibatida 153 kishi halok bo‘ldi
Hodisa mamlakat shimolidagi Jigava shtati Majiya shahrida sodir bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida tanker ag‘darilib ketgan.
Qurbonlar soni ko‘p bo‘lganiga sabab — yaqin atrofdagi aholi ag‘darilgan tankerdan benzin yig‘ib olish uchun to‘plangan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 153 kishi halok bo‘lib, 100 nafardan oshiq inson jarohatlangan.
👉 @xushnudbek 👈
Tursunov Otabek Ravshanbek oʻgʻli Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
U bunga qadar Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari edi.
👉 @xushnudbek 👈
Nurimbetov Rahmatulla Ibragimovich Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.
Bunga qadar u tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
👉 @xushnudbek 👈
Otabek Shukurov: “O’zimning ham yuragim tushib ketdi”
Terma jamoamiz yetakchilaridan biri penalti tepish jarayoni haqida gapirib berdi:
“Arablar darvozaboni mening do’stim, u meni juda yaxshi biladi. Aslida chapga tepmoqchi edim, lekin darvozabon o’sha yerga tashlanganini ko’rib, so’nggi soniyalarda fikrimni o’zgartirdim. Shunga sal xavotirli chiqdi, o’zimning ham yuragim tushib ketdi”.
G’alaba muborak, o’zbegim! Xudoga shukur, amalladik.
Guruhda peshqadamlikni saqlab qoldik. Agar bugun Eron yutsa, Qatar va BAAdan 6 ochko ilgarilab ketamiz.
Vah, ko’z o’ngimizda tarix yaratilyapti!
👉 @xushnudbek 👈
Toshkent viloyati hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Botir Alimbekov viloyat qishloq xo‘jaligidagi imkoniyatlardan foydalana olmagani, tayyor qilib berilgan tizimni ishlata olmagani uchun lavozimidan ozod etildi.
Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
👉 @xushnudbek 👈
⚽️Bugun — o‘yin kuni!
🇺🇿 O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralashi doirasida Toshkentda 🇦🇪BAA terma jamoasini qabul qiladi.
Ayni paytda 7 ochko jamg‘argan holda 🇮🇷Eron bilan birgalikda guruhda birinchi o‘rinda boryapmiz. Ushbu bahsdagi g‘alaba asosiy raqiblar bilan farqni saqlab qolish va oshirishga yordam beradi.
O’yin soat 19:00 da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi.
Bugungi uchrashuvda yigitlarimizga omad tilaymiz va faqat g’alaba kutamiz!
👉 @xushnudbek 👈
Bugun Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurib, sanoat tarmoqlari uchun muhandislarni tayyorlash maktabi hamda «Yoshlik-1» konini o‘zlashtirish ishlari bilan tanishadi, mis boyitish bo‘yicha yangi quvvatlar qurilishiga start beradi.
Shuningdek, Prezident raisligida Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Qanday qilib chet tilini tezroq va osonroq o’rganib, daromadingizni oshirishingiz mumkin?
O’zbekiston mnemosport federatsiyasi prezidenti Davronbek Turdiev 23-24 va 25-oktabr kunlari uch kunlik bepul onlayn marafon o’tkazmoqda. Unda:
✅ bir kunda ingliz va boshqa tildagi mingtadan ko’p so’zlarni eslab qolishni
✅ hech nimaga chalg’imasdan diqqat bilan soatlab ishlash va o’qishni
✅ dangasalikni yengib, intizom kuchaytirish orqali yangi odatlarni shakllantirishni o’rganasiz.
Marafon mutlaqo bepul. Ishtirok etish uchun hoziroq shu havola orqali ro’yxatdan o’ting.
Ro’yxatdan o’tish:👉 https://supermiyaonline.uz/x
⏰ Shoshiling, marafonga oz qoldi!
Reklama
Rossiyada avtomobil raqamlarini maxsus qurilmalar yordamida yashirganlik uchun 1,5 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qonun imzolandi.
Bizda bunday harakat uchun qanday jazo beriladi, bilasizmi? 370 ming so‘mdan 1 mln 110 ming so‘mgacha jarima qo‘llanadi, bo‘ldi.
O‘ta kulgili. Shuning uchun ham internetda "bittagina tugmani bosish orqali mashina raqamingizni berkiting va radarlarga tushmasdan, katta tezlikda harakatlaning" degan reklamalar tiqilib yotibdi. Shuning uchun ham davlat raqamini tibbiy niqob, qog‘oz, bark, dastro‘mol, turli matolar bilan berkitib oladigan "shovvoz"larni istalgan joyda ko‘rish mumkin.
Xalqqa soyani sotishdan oqib keladigan "soqqa" hajmi kamayib ketmasin deb, hech kimga ziyoni tegmaydigan tonirovka uchun eng og‘ir jazo beradigan tizimdan boshqa yana nima ham kutish mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Iqtisodiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofotiga bir yo‘la uch nafar iqtisodchi: asli turkiyalik Daron Ajemo‘g‘li, britaniyaliklar Saymon Jonson va Jeyms Robinson loyiq ko‘rildi.
Ular ijtimoiy institutlarning shakllanishi va ularning aholi farovonligiga ta'siri bo‘yicha izlanishlari uchun taqdirlanishdi.
P.S.: Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson o‘zbek kitobxonlariga “Why nations fail?” (“Mamlakatlar tanazzuli sabablari”) asari bilan yaxshi tanish. Behzod Hoshimovni ham tabriklaymiz :)
👉 @xushnudbek 👈
"UGAM RIVER" turistik majmuasidan apartamentlarni sotib oling!
Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida joylashgan turistik majmuadan muddatli to'lov asosida apartamentlarni sotib olish imkoniyatini qo'lga kiriting.
Barcha apartamentlarni ko'rish
"E-auksion" mobil ilovasini yuklash uchun:
➡️ App Store ➡️ Play Market
📍Sotuv ofisi manzili
+998712022111 Call-markaz
+998908282111 Sotuv ofisi
Telegram
Reklama
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida g‘oliblar aniqlandi!
Shiddatli raqobat ostida o‘tgan musobaqa yakunida Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi chempion bo‘ldi. Aniqroq aytganda, ushbu maktab jamoasi o‘z chempionligini munosib himoya qila oldi. Sababi ular 2023-yildagi musobaqada ham g‘olib bo‘lgan edi. 2022-yilda esa kumush medal olishgandi.
Uch yildan buyon sovrindor bo‘layotgan va ketma-ket ikki yildan buyon chempionlikni hech kimga bermayotgan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga shunchaki qoyil va rahmat!
Yakunda quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇1-o‘rin: Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi
🥈2-o‘rin: Namangan shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat jamoasi
🥉3-o‘rin: Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasi
Mazkur o‘quvchilarning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi. Shuningdek, ushbu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Global Chess League-2024 turnirida tarkibida 🇺🇿Javohir Sindorov bo‘lgan "Triveni Continental Kings" jamoasi chempion bo’ldi hamda 500 ming AQSh dollari mukofotini qo’lga kiritdi.
🇺🇿Nodirbek Abdusattorov a’zo bo’lgan "PBG Alaskan Knights" jamoasi esa 2-o’rinni egalladi. Ularga 250 ming dollar nasib qildi.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkentda Oʻzbekiston Etnosport assotsiatsiyasining faoliyatiga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi
5-oktabr kuni Toshkentda Oʻzbekiston Etnosport assotsiatsiyasining yillik faoliyatiga bagʻishlangan anjuman oʻtkazildi. Unda assotsiatsiyaning o‘tgan yilgi natijalari tahlil qilinib, etnosport turlarini rivojlantirishning kelgusi qadamlariga aniqlik kiritildi. Shuningdek, Xivada bo‘lib o‘tgan xalqaro Etnosport festivali va Qozog‘istonda o‘tgan 5-Jahon Ko‘chmanchilar o‘yinlaridagi O‘zbekistonning muvaffaqiyati alohida ta’kidlandi. Anjumanda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, etnosport turlarini rivojlantirish va xalq o‘yinlarini qayta tiklash bo‘yicha rejalar ham muhokama qilindi.
Yangi tashkiliy tuzilmalar tasdiqlanib, xalqaro musobaqalar uchun sharoitlarni yaxshilash, kamondan o‘q otish va ot sportini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, bir qancha federatsiyalar bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Batafsil
Reklama