Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama
Bayramingiz muborak, aziz ayollar!
Baxtimizga onalarimiz, opa-singillarimiz, jufti halollarimiz, qizaloqlarimiz, buvijonlarimiz, amma-xolalarimiz va dunyodagi jamiki ayollar sog’-salomat bo’lishsin, ilohim.
Kanalimiz obunachilari orasida ham ayollar ko’pchilikni tashkil qiladi, ularni ham bayram bilan chin qalbdan tabriklayman. Boringizga shukur.
👉 @xushnudbek 👈
8-mart, shanba (8-kun)
Saharlik vaqti: 05:29
Iftorlik vaqti: 18:25 (Toshkent vaqti)
#TasadduqYoRasululloh #ramazon
11-qism. Hadicha onamizning muhabbati. «Tasadduq, yo Rasululloh» turkumidan.
Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
👉 @xushnudbek 👈
❓5 kunlikda o‘qiydigan talabalar uchun dushanba kuni o‘qishmi yoki dam olish?
✅ Aslida Mehnat kodeksining 208-moddasidagi qoidalar talabalarga taalluqli emas. Talabalar xodim hisoblanmaydi.
Shuning uchun talabalar uchun 5 kunlik o‘qishmi yoki 6 kunlik o‘qishmi, buning mutlaqo farqi yo‘q.
❓ Xo‘p, unda dushanba kuni talabalar nima qiladi?
Bu oliygohdagi o‘qituvchilarning ish tartibiga bog‘liq. Agar o‘qituvchilar 5 kunlik ish haftasida ishlasa, unda dushanba kuni ularga dam olish kuni bo‘ladi. Demak, talabalar ham o‘qishga bormaydi.
Agar o‘qituvchilar 6 kunlik ish haftasida ishlasa, unda dushanba kuni ishga chiqadi va o‘z-o‘zidan talabalar uchun ham o‘qishlar bo‘ladi.
Shu sababli Siz dushanba kuni nima qilishingizni o‘qiydigan oliygohingizdan aniqlashtiring.
Masalan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dushanba kuni o‘qituvchilarga ham, talabalarga ham dam olish kuni bo‘lishini e’lon qildi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti esa aksincha dushanba kuni odatdagiday o‘qish bo‘lishini, dars qoldirish uchun sabab yo‘qligini ma’lum qildi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi va davlat mukofotlarini topshirdi.
– Uy-ro‘zg‘or ishlari va farzand tarbiyasidan ortib, ta’lim olayotgan, mehnat qilayotgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar zamonamizning haqiqiy qahramonlari, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning og‘irini yengil qilish, ular uchun barcha sohalarda zarur sharoitlarni yaratib berish doimo davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
❗️"Qamchiq" dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi — YHXX
Dovon qalin qor yog‘gani sababli bugun, 7-mart kuni soat 15:00 dan boshlab avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
Maxsus texnikalar yordamida dovon yo‘lini qordan tozalash ishlari amalga oshiriladi.
Transport vositalarining harakatiga ruxsat berilishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
🚀 IApply.org endi O‘zbekistonda!
IApply.org bu – xalqaro talabalarni jalb qilish bo‘yicha yetakchi platforma bo‘lib, universitetlar uchun dunyo bo‘ylab talabalarni topishda yordam beradi.
Agar sizning universitetingiz davlat, xususiy yoki xalqaro bo‘lsa, IApply.org quyidagilarni ta’minlaydi:
✅ xalqaro talabalar oqimini oshirish;
✅ universitetlarni global miqyosda tanitish;
✅ turli mamlakatlardan iqtidorli talabalar bilan bog‘lanish.
Dunyoning yetakchi universitetlari safiga qo‘shiling va ta'lim muassasangizni global darajaga olib chiqing! 🌍
📩 Hamkorlik va batafsil ma’lumot uchun:
E-mail: info@iapply.org
Telegram | Reklama
7-mart, juma (7-kun)
Saharlik vaqti: 05:30
Iftorlik vaqti: 18:24 (Toshkent vaqti)
#TasadduqYoRasululloh #ramazon
9-qism. Hadicha onamizning tilagi. «Tasadduq, yo Rasululloh» turkumidan.
Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
👉 @xushnudbek 👈
⚡️RASMAN: Abduqodir Husanov — «Manchester City»ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi!
Ko’z o’ngimizda o’zbek futboli uchun tarix yozilmoqda. Qoyil. Alloh o’zi qo’llasin Abduqodirni.
👉 @xushnudbek 👈
6-mart, payshanba (6-kun)
Iftorlik vaqti: 18:22 (Toshkent vaqti)
#TasadduqYoRasululloh #ramazon
8-qism. Muhammad Amin (s.a.v.). «Tasadduq, yo Rasululloh» turkumidan.
Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev quyidagi davlatlarning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi:
🇪🇬 Misr – Tamer Fatxi
🇮🇹 Italiya – Pergabriyel Papadia de Bottini
🇰🇬 Qirg‘iziston – Duyshonqul Chotonov
🇧🇾 Belarus – Aleksandr Ogorodnikov
🇬🇪 Gruziya – David Kotariya
🇹🇷 Turkiya – Ufuk Ulutash
👉 @xushnudbek 👈
💰Wildberries O‘zbekistonga 50 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi
Bu haqda Soliq qo'mitasi xabar bermoqda.
Tekshiruvlar natijasida Rossiya marketpleysining mamlakatimizdagi faoliyati soliq qonunchiligidagi ayrim talablarga mos kelmasligi aniqlangan.
Tashkilotda soliq auditi o‘tkazilib, 2022–2024-yillar uchun byudjetga qo‘shimcha hisoblangan 51,2 mlrd so‘m (shundan, 42,8 mlrd so‘m QQS) soliq to‘lovlari to‘landi.
👉 @xushnudbek 👈
Bayramga ajoyib sovg‘a: faqat Xushnudbek kanali obunachilari uchun 30% chegirma
Ibrat Academy mobil ilovasi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Unda 23 ta xorijiy tillardan BEPUL darslar bor. Hozirda loyiha doirasida foydalanuvchilar soni 2,2 million kishiga yetgan.
Xullas, Ibrat Academy ilovasida bepul darslardan tashqari Super Start dasturi ham qo‘shilibdi. Bu pullik dastur, sun’iy intellektga asoslangan. Ayniqsa, til o‘rganishga ko‘p vaqt ajrata olmaydiganlar uchun juda foydali.
Super Startning boshqa darsliklardan qanday farqi bor?
- xorijiy metodika: Oksford va Kembrij standartlariga mos dastur;
- interaktiv usul: nafaqat tinglash, balki gapirish, o‘qish, yozish, xatolarni to‘g‘rilash imkoniyati;
- kuchli ustozlar + sun’iy idrok: xalqaro toifadagi ustozlar tomonidan tuzilgan mashqlar sun’iy idrok bilan “tilga kirgan”;
- oson grammatika va yodda qoladigan lug‘at: qoidalar o‘ta oson tushuntirilgan, so‘zlar mashqlarda takrorlanaverib, yodda qolishi osonlashadi;
- hamyonbop narx: 3 oyga jami 159 ming so‘m (oyiga 53 ming so‘mdan).
Loyiha rahbarlari bilan gaplashdim, agar sizlar bilan hamkorlik qilsak, @xushnudbek kanali obunachilari uchun qanday alohida imkoniyat qilib bera olasizlar, deb so‘radim. Ular boshlanishiga bayram munosabati bilan 30% chegirma berishdi. Chegirma 6, 7 va 8-mart kunlariga amal qiladi. Eng asosiysi, chegirma faqat ayollarga emas, hammaga beriladi, jinsiga qaralmaydi. To‘y to‘yday bo‘lsin 🙂
Chegirmani faollashtirish uchun XUSHNUDBEK promokodini kiritish kerak. Shunda 3 oylik narxi 159 ming so‘m emas, balki 111 ming 300 so‘mga aylanadi (oyiga 37 ming 100 so‘m, kuniga salkam ming so‘mdan).
Bu reklama emas, shaxsiy tavsiya. O‘zim ham Super Start’dan foydalanishni boshladim. Menga yoqdi.
Ilovani yuklab olish:
Android | iOS
👉 @xushnudbek 👈
❗️Ertaga 6-mart kuni soat 09:00 dan boshlab metan zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi — Energetika vazirligi.
👉 @xushnudbek 👈
5-mart, chorshanba (5-kun)
Iftorlik vaqti: 18:21 (Toshkent vaqti)
#TasadduqYoRasululloh #ramazon
6-qism. Og‘ir judolik. «Tasadduq, yo Rasululloh» turkumidan.
Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev:
“Korrupsiyani yengish uchun birinchi navbatda uning ortiqcha hashamat va dabdaba degan “o‘q ildizlarini” quritishimiz shart.
Eng achinarlisi, bunga taniqli shaxslar bosh-qosh bo‘layapti, odamlar ularga tenglashaman deb, o‘zini “o‘tga-cho‘g‘ga” urayapti.
Bu borada ayrim rahbarlar o‘zining kamtarona turmush tarzi bilan barchaga namuna bo‘lish o‘rniga, bunday soxta qadriyatlar asiriga aylanib, noqonuniy daromad topishga intilayotgani ham bor gap”.
👉 @xushnudbek 👈
Soat 03:00 dan boshlab “Qamchiq” dovonidan harakatlanuvchi barcha turdagi avtotransport vositalari uchun ikki tomonlama harakat to‘liq qayta tiklandi.
👉 @xushnudbek 👈
♟ Nodirbek Yoqubboyev Praga shahrida bo’lib o’tgan nufuzli shaxmat turnirining Challengers musobaqalarida chempion bo’ldi. U 9 ta turdan 7 ochko jamg’ardi. Tay-brek bahslarida esa Yonas Bjerreni mag’lub etdi.
Endi Nodirbek kelasi yili ushbu turnirning asosiy Masters musobaqalarida qatnashish huquqini qo’lga kiritdi.
👉 @xushnudbek 👈
Oldindagi dam olish kunlari haqida ma’lumot:
✅✅ 8-mart (shanba) — bayram, barcha uchun dam olish kuni;
✅✅ 9-mart (yakshanba) — odatiy dam olish kuni;
✅❌ 10-mart (dushanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish.
Demak, 5 kunliklar uchun ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo’ladi.
❓Nima uchun dushanba kuni 5 kunliklarga dam bo’ladi?
Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, agar bayram kunlari dam olish kuniga to’g’ri kelib qolsa, unda dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko’chiriladi.
Joriy yilda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni shanba kunga to’g’ri kelmoqda. Demak, 5 kunliklar uchun dam olish kuni 10-mart, dushanbaga ko’chiriladi.
Masalan, agar 8-mart yakshanbaga to’g’ri kelganda edi, unda dushanba kuni barcha uchun dam olish kuni bo’lardi.
👉 @xushnudbek 👈
7-mart, juma (7-kun)
Iftorlik vaqti: 18:24 (Toshkent vaqti)
#TasadduqYoRasululloh #ramazon
10-qism. Zayd ibn Xorisa. «Tasadduq, yo Rasululloh» turkumidan.
Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
👉 @xushnudbek 👈
Husanovning 3 ta original futbolkasidan birini yutib oling!!!
🇺🇿Abduqodir Husanov 🏴“ManCity” tarkibidagi birinchi oyidayoq oyning eng yaxshi futbolchisi bo’lgani munosabati bilan kanalimizda tanlov (giveaway) tashkil qildim.
Obunachilarimiz orasidan 3 kishiga 6 oylik Telegram Premium hamda uning yoniga har biriga Abduqodir Husanovning 1 dona original futbolkasi (ManCity rasmiy do’konidan olingan) sovg’a qilinadi.
⏳G’olib nomi 10-mart kuni soat 21:00 da ma’lum bo’ladi.
‼️ Tanlovda qatnashish uchun hech narsa qilishingiz shart emas.
Shu kanalga (@xushnudbek) obuna ekanligingiz kifoya. Biror tugmani bosish, qaysidir boshqa kanalga a’zo bo’lish, bu xabarni kimlargadir yuborish shart emas. Shunchaki @xushnudbek kanali obunachilari orasida borligingizning o’zi yetarli. Buning uchun sizga katta rahmat.
Qo‘shimcha ma’lumot: futbolka g‘olibning uy manziliga butun O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beriladi.
❗️BU MUHIM: g‘olibni Telegramning o‘zi tasodifiy tanlov yo‘li bilan avtomatik aniqlaydi. Bunga hech kim, na men, na boshqasi aralasha olmaydi. Shunchaki kimning omadi chopsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.
❗️ Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!
Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.
Ertaga 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram.
Demak, bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishga haqli.
🔰 Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Eldor — Rimda qahramon!
Yevropa ligasi doirasidagi Roma — Atletik Bilbao uchrashuvida zaxiradan maydonga tushgan Eldor Shomurodov 90+4-daqiqada g’alaba golini urib, jamoasining kambek qilishiga sababchi bo’ldi.
Ux, jahon chempionati saralash o’yinlariga futbolchilarimiz ajoyib kayfiyat bilan keladigan bo’lishyapti, Xudo xohlasa. Ko’z tegmasin.
👉 @xushnudbek 👈
❗️ Toshkentda bir xonadonga 3 qopdan chiqindi limiti qo‘yilgani haqidagi xabarlar asossiz
Ijtimoiy tarmoqlarda “Bir xonadonga 3 qopdan chiqindi limiti qo‘yilibdi” degan gaplar tarqalmoqda. Toshkent shahar hokimligi bu ma’lumotlarni mutlaqo asossizligini ma’lum qildi.
➖ Shaharda chiqindi yig‘ish va olib ketish bo‘yicha hech qanday cheklov joriy etilmagan.
➖ Aholi va tadbirkorlar uchun xizmatlar odatdagidek davom etmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
📷 Yana bir soha xodimlari bodi-kamera bilan ta’minlanadi
Kecha bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning yig‘ilishida Prezident O‘zbekistonda korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan yo‘l harakat xavfsizligi sohasida korrupsiyaning oldini olish uchun qilingan samarali tizimlarni yodga olgan edi. Bular: YHX inspektorlari bodi-kamera bilan xizmat o‘tashni boshladi (1), avtoraqamlar auksionda sotilmoqda (2), “qo‘l radari” va qog‘oz bayonnoma tuzish bekor qilindi (3).
Shu yo‘nalishga oid yana bir xabar: endi MIB xodimlari ham bodi-kameradan foydalanishni boshlash arafasida.
Bu bo‘yicha qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Unga ko‘ra, ushbu qonun loyihasi fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromadni o‘rnatish, shuningdek, davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlarini amalga oshirishda mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanishni nazarda tutadi.
👉 @xushnudbek 👈
Ishga joylashtiraman, deb pul olgan Milliy gvardiya katta leytenanti va polkovnigi ushlandi
➖Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi Olmazor tumani bo‘limi otryad komandiri, katta leytenat T.A yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali 1980-yilda tug‘ilgan fuqaroning tanishini Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
➖Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida Milliy gvardiyaning Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga qarashli sog‘lomlashtirish oromgohi rahbari, podpolkovnik A.R. 1989-yilda tug‘ilgan fuqaroni o‘zining vakolatli tanishlari yordamida Milliy gvardiyaning Toshkent viloyatidagi qo‘riqlash bo‘linmalaridan biriga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
🏆 Mukofot jamg‘armasi 2 mlrd so‘mlik IQMath-2025 tanlovi uchun ro‘yxatga olish boshlandi
➡️ Tashkilotchilar – Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti hamda Fan olimpiadalari markazi.
Asosiy sovrinlar:
🏆 1-o‘rin: BYD elektromobili;
🥈 2-o‘rin: Apple iPad Pro M4;
🥉 3-o‘rin: Apple iPhone 16 Pro Max.
Eng yaxshi jamoa 🏴Angliyadagi yozgi maktabga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
❓Kimlar ishtirok etishi mumkin?
10-11-sinf o‘quvchilari, litsey/kollej bitiruvchilari va 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar.
🎓 Final ishtirokchilari UDEA talabasi bo‘lganda, 3 mln so‘mlik stipendiya oladi!
📢 Ishtirok etish mutlaqo bepul!
📅 Muddat: 10 fevraldan – 30 martgacha;
📋 Ro‘yxatdan o‘tish: iq-math.uz
🌐 Qo‘shimcha ma'lumot: @udeauz, @Fan_olimpiadalari_M.Reklama
6-mart, payshanba (6-kun)
Saharlik vaqti: 05:32
Iftorlik vaqti: 18:22 (Toshkent vaqti)
#TasadduqYoRasululloh #ramazon
7-qism. Buyuk alomat. «Tasadduq, yo Rasululloh» turkumidan.
Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
👉 @xushnudbek 👈
Sultanxodjayev Ravshan Irkinovich Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
U bunga qadar Xorazm viloyati IIB boshlig‘i edi.
👉 @xushnudbek 👈
“Barcha rahbarlarni qat’iy ogohlantiraman. Sudlar faoliyatiga har qanday aralashish odil sudlovga soya solish, deb baholanadi. Bu bo‘yicha so‘rov ham, javobgarlik ham qattiq bo‘ladi”, — dedi Prezident.