Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama
❗️Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti-soati kelgani ta’kidlandi. Bu borada jamoatchilik fikri juda muhimligi qayd etildi.
Mutasaddilarga tez fursatda ushbu qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yib, 1-aprelgacha kiritish topshirildi.
Noqonuniy boylik orttirish uchun javobgarlik masalasini ham o‘ylab ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
Qonunchilikka noqonuniy boylik orttirish haqida modda kiritish taklif qilindi. Ya’ni, davlat xizmatchisi deklaratsiya qilgan daromadiga mos kelmaydigan mol-mulkini qayerdan olganini isbotlashi kerak bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev:
“Prokuratura, ichki ishlar, soliq rahbarlari yaxshilab eshitib olsin: sektor ishidan ozod qilish bu – eski davrga qaytib, aholi va tadbirkorlarga har qadamda to‘siq, korrupsiyaga sharoit yaratish, degani emas.
❗️117 ta vazirlik va idoralardagi korrupsiyaga qarshi kurashga mas'ul bo‘lgan rahbarlar ishdan olinadi
Prezident bosh vazirga vazirlik va idoralardagi "korrupsiyaga qarshi ichki nazorat" tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish va ularning o‘rniga halol, fidoyi va professional kadrlardan qo‘yish, ularni oldiga aniq vazifalarni belgilab berishni topshirdi.
👉 @xushnudbek 👈
Soliq, bojxona, bank xodimlari va hokim o‘rinbosari hamda tadbirkorlardan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 17 nafar soliq idoralari xodimlari, 1 nafar bojxona organi xodimi, 1 nafar bank xodimi, 1 nafar tuman hokimining birinchi o‘rinbosari va 18 nafar tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslaridan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi.
Aniqlanishicha, ushbu guruh tomonidan 2020-2023-yillar davomida 8 ta soxta korxona tashkil qilinib, xorijga soxta eksport qilingan mebel mahsulotlari uchun qaytarilishi belgilangan 15 foiz qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) salbiy farq summasini asossiz qaytarib olish orqali, ular jami 24 mlrd. 580 mln. so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilishgan.
Jinoiy guruh faoliyatini soliq idoralarining sobiq xodimi muvofiqlashtirib borgan va aynan mazkur shaxs norasmiy rahbarlik qilgan korxonalar Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-da, ularning yuridik manzillari asossiz ravishda tez-tez o‘zgartirilib, ularga rasmiy rahbar sifatida ishga aloqador bo‘lmagan shaxslarning nomlari kiritilgan. Shuningdek, korxonalarning faoliyat turi sifatida mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanish belgilangan bo‘lsa-da, aslida ular hech qanday ishlab chiqarishni amalga oshirishmagan.
Bundan tashqari, hisobot hujjatlarida go‘yoki ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar Qirg‘izistonga eksport qilinganligi aks ettirilgan.
Lekin, tekshiruvlar jarayonida eksport operatsiyalari amalga oshirilmaganligi, korxonalarning muhrlari uyushgan guruh tomonidan soxtalashtirilganligi va eksport shartnomalari shakllantirilganligi hamda davlat byudjetidan yuqorida ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i pul mablag‘lari noqonuniy qaytarib olinganligi aniqlandi.
Tergov davomida 6 mlrd. 808 mln. so‘m davlat hisobiga undirildi. Shuningdek, yetkazilgan zararni qoplash uchun 6 mlrd. 300 mln. so‘mlik mol-mulk, jumladan 1 ta ko‘p qavatli xususiy tibbiy klinika binosi, 1 ta avtomobillar yuvish shoxobchasi, 2 ta xonadon, 6 ta avtomashina hamda telefon va kompyuter jihozlari xatlandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan 38 nafar sudlanuvchilarning 14 nafariga 5 yil 6 oydan 7 yil 6 oy muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, 18 nafar shaxsga nisbatan turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, ularga Jinoyat Kodeksining 72-moddasini qo‘llagan holda 2 yil muddat ichida yetkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyati bilan 3 yil sinov muddati tayinlandi.
Bundan tashqari, sudlanuvchilarning 6 nafariga nisbatan 2 yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
5-mart, chorshanba (5-kun)
Saharlik vaqti: 05:33
Iftorlik vaqti: 18:21 (Toshkent vaqti)
#TasadduqYoRasululloh #ramazon
5-qism. Omina onamizning vafotlari. «Tasadduq, yo Rasululloh» turkumidan.
Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
👉 @xushnudbek 👈
Sotiyev Xurshid To‘lqinboyevich favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari – Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
U bunga qadar FVV shtab boshlig‘ining o‘rinbosari edi.
👉 @xushnudbek 👈
Kasimov Dilmurod Sultanmuratovich Bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlandi.
U bunga qadar Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (biznes ombudsman) edi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun, 4-mart kuni Gruziya Bosh vaziri Irakli Kobaxidze rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shundan so‘ng, Irakli Kobaxidze “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
👉 @xushnudbek 👈
Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari boʻyicha sunʼiy intellektga asoslangan “Odil” chat-boti ( @Odil_chat_bot) yaratilibdi.
Chat-botning qanday imkoniyatlari bor?
➖ Davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari, talablar va jarayonlar haqida batafsil maʼlumotni taqdim etadi.
➖ Kerakli hujjatlar va arizalarni topishga yordamlashadi.
➖ Qaysi masala boʻyicha qayerga murojaat qilishni tushuntiradi.
Uning ishga tushirilishi “1148” ishonch telefoni operatorlari yukini sezilarli darajada kamaytirish va foydalanuvchilarning soʻrovlariga real vaqt rejimida tezkor javob berish imkonini yaratadi.
❗️Maʼlumot uchun, “1148” ishonch telefoni orqali 2024-yilda fuqarolarning 135 mingga yaqin qoʻngʻirogʻi qabul qilingan.
O'zbekistonlik yoshlar Italiyaga o‘qishga yuboriladi
Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda aytilishicha, 🇮🇹Italiyadagi Bolonya, Tushia, Ferrarа va Piza oliygohlariga bu yil 200 nafar yoshlarni yuborish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Tushia universitetida yiliga 30 nafar oziq-ovqat texnologini grant asosida o‘qitish, yurtimizda kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirgan.
👉 @xushnudbek 👈
Afro‘za Hamdamova “Zulfiya” mukofoti bilan taqdirlandi
Prezident qarori asosida 28 nafar iqtidorli qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. G’oliblar orasida Samarqand shahridagi 42-maktabning 9-sinf o‘quvchisi, shaxmat bo’yicha o’smirlar o’rtasida ikki karra jahon chempioni Hamdamova Afro‘za Akbarovna ham bor.
To‘liq ro‘yxat bilan bu yerda tanishing:
👉 https://uza.uz/posts/694127
Eslatma: Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (18 mln 750 ming so’m) miqdorida pul mukofoti beriladi. Shuningdek, ular oliygohlarga imtihonsiz davlat granti asosida qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Sobiq ichki ishlar vaziri Bobojonov Poʻlat Razzoqovich Prezidentning kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari etib tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
Mobiuz mobil aloqa operatori barchangizni kirib kelgan Ramazon oyi bilan tabriklaydi!
Tun-u kun aloqada bo’lishingiz uchun yangi “Mazza!” tarif rejasi sizlar uchun!
❗️Diqqat: Ushbu tarif faqat yangi ulangan abonentlar uchun amal qiladi.
Oyiga atigi 39 000 so‘mga quyidagilarni qo‘lga kiritasiz:
📌 50 GB mobil internet;
📌 +50 GB tungi trafik (00:00 dan 08:00 gacha);
📌 Qo‘ng‘iroqlar uchun 3 900 daqiqa;
📌 3 900 ta SMS-xabar.
BATAFSIL
Reklama
❓Qaysi o‘qituvchilar attestatsiyadan ozod qilinadi, qaysilariga esa to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi beriladi?
Hukumat qaroriga (130-son, 28.02.2025 y.) ko‘ra, 2025-yil 1-sentyabrgacha:
1️⃣ Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmagan, shuningdek, attestatsiyadan o‘tganlik muddati tugagan va amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan quyidagi pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi hamda ularga amaldagi malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi:
➖ oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan;
➖ pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan;
➖ yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan;
➖ pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagoglar;
2️⃣ Quyidagi talablardan biriga javob beradigan pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi (lavozimi) beriladi:
➖ pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
➖ yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
➖ oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).
👉 @xushnudbek 👈
Kosta Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, lekin Vatanga qaytish niyatida bo‘lgan yana 10 nafar fuqaromiz mazkur hafta davomida Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga yetib keladi — TIV.
👉 @xushnudbek 👈
Davlat idoralarida xorijiy avtomobillar va mebellar xarid qilishni keskin qisqartirish, kelgusida davlat idoralarining xaridlarida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan transport va mebelga ustuvorlik berish zarurligi qayd etildi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Bundan buyon sektorlar faoliyati bilan prokuror, ichki ishlar va soliq shug‘ullanmaydi — Shavkat Mirziyoyev
Ularning o‘rniga endilikda Bosh vazir o‘rinbosarlari o‘ziga tegishli sohalar bilan o‘z kuchi va tizimi bilan shug‘ullanishi belgilandi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev:
Qurilishga ruxsat berish, binoni topshirishda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha byurokratiya va qonun buzilish ko‘payib ketgani uchun o‘tgan hafta favqulodda vaziyatlar vaziri va uning o‘rinbosarlari ishdan olindi.
👉 @xushnudbek 👈
Birozdan so‘ng Shavkat Mirziyoyev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Mirzayev Azamat Egamberdiyevich Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi.
U bunga qadar Navoiy viloyati prokurori edi.
👉 @xushnudbek 👈
Aviasales.uz Ramazon munosabati bilan "Halol sayohat" qo‘llanmasini ishga tushirdi
Qo‘llanma bepul bo‘lib, sayohatchilar uchun Dubay, Kuala-Lumpur va Malaga shaharlarida halol restoranlar, masjidlar hamda diqqatga sazovor madaniy maskanlarni topishga yordam beradi.
Qanday foydalanish mumkin?
1️⃣ Aviasales.uz sayti yoki mobil ilovasiga kiring;
2️⃣ "Uyo-buyo" qo‘llanmasini tanlang;
3️⃣ Dubay, Kuala-Lumpur, Malaga shaharlarini tanlab, "Halol sayohat" bo‘limiga o‘ting
Ramazonda aviasales.uz bilan halol sayohat qilish yanada oson!Reklama
4-mart, seshanba (4-kun)
Iftorlik vaqti: 18:20 (Toshkent vaqti)
#TasadduqYoRasululloh #ramazon
4-qism. Tanlangan enaga. «Tasadduq, yo Rasululloh» turkumidan.
Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ O‘zbekistonda 2025-yil 20-martdan boshlab «TEMU» platformasidan foydalanish belgilangan tartibda cheklanadi
Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Axborot xabarida bugundan boshlab ushbu platformadan hech narsa buyurtma bermaslik, agar allaqachon buyurtma bergan bo‘lsangiz platformada to‘lovni qaytarishni tashkil etish tavsiya qilingan.
👉 @xushnudbek 👈
🤷🏻♂️Mavhumlik: Navro’z hamda Hayit bayramida necha kun dam olinadi?
Ijtimoiy tarmoqlarda mart oyidagi dam olish kunlari soni haqida turlicha postlar e’lon qilinmoqda. Jumladan, tarqatilayotgan suratlardan birida Navro’z bayrami munosabati bilan 24-25-mart kunlari qo’shimcha dam olish kuni berilishi haqida ham belgi bor.
❗️Ammo bu hech qanday rasmiy maqomga ega emas!
Hozircha rasmiylar sukut saqlamoqda. Biron o’zgarish bo’lsa ham, bayramga 1-2 kun qolganda aytishadi, shekilli.
Bu haqda oldinroq ham yozgandim. Nima sabab bo’ldi, hayronman, lekin 7 yildan buyon davom etib kelayotgan yaxshi an’ana 2025-yilga kelganda to’xtab qoldi.
Ilk marta 2017-yilning dekabr oyida kelgusi yildagi barcha dam olish kunlari oldindan e’lon qilingan edi. O’shanda bunday yangi tizimning maqsadi “fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olish uchun sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanishini ta’minlash” ekanligi aytilgandi. Va haqiqatdan, bu millionlab mehnatkashlar uchun manfaatli tizim edi, 7 yildan buyon o’z samarasini ko’rsatib kelayotgandi.
Endi-chi? Endi nima bo’ldi? Nega to’xtadi? Nega yana mavhumlik boshlandi? Nega yana internetda turli mish-mishlar tarqab, odamlarni ikkilantirishga yo’l qo’yyapmiz? Nega rasmiy javoblar yo’q? Hozircha ushbu savollar javobini bilmayman.
Ayni paytda rasman ma’lum bo’lgani quyidagicha:
✅✅ 8-mart (shanba) — bayram, barcha uchun dam olish kuni;
✅✅ 9-mart (yakshanba) — odatiy dam olish kuni;
✅❌ 10-mart (dushanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;
✅✅ 21-mart (juma) — bayram, barcha uchun dam olish kuni;
✅❌ 22-mart (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;
✅✅ 31-mart (dushanba) — taxminiy Ramazon Hayiti bayrami sanasi (oy chiqishiga qarab, o’zgarishi mumkin).
👉 @xushnudbek 👈
4-mart, seshanba (4-kun)
Saharlik vaqti: 05:35
Iftorlik vaqti: 18:20 (Toshkent vaqti)
#TasadduqYoRasululloh #ramazon
3-qism. U zot(s.a.v.)ning tug‘ilishlari. «Tasadduq, yo Rasululloh» turkumidan.
Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇬🇪Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze 4-5 mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.
Tashrif dasturidan qator ikki tomonlama uchrashuvlar va hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va boshqalar o‘rin olgan.
👉 @xushnudbek 👈
3-mart, dushanba (3-kun)
Iftorlik vaqti: 18:19 (Toshkent vaqti)
#TasadduqYoRasululloh #ramazon
2-qism. Peshonadagi nur. «Tasadduq, yo Rasululloh» turkumidan.
Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
👉 @xushnudbek 👈
25-28-fevral kunlari bir guruh o‘zbekistonlik tadbirkor ayollar 🇴🇲O‘monda tashkil etilgan birinchi O‘mon va O‘zbekiston ayollar biznes-forumida ishtirok etishdi.
Tashrif davomida tashkil etilgan turda mezbonlar O‘zbekiston bayrog‘ini Hind okeani uzra ko‘tarishdi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Prezident farmoni bilan Toshpo‘latov Aziz Anvarovich O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.
Bobojonov Po‘lat Razzoqovich esa ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi. Buning sabablari hozircha ochiqlanmagan.
👉 @xushnudbek 👈
2025-yilgi “Oskar” mukofoti o‘z egalariga topshirildi
Joriy yilda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan Shon Beykerning “Anora” filmi eng yaxshi film nominatsiyasida g’olib deb topildi.
Ayrim nominatsiyalar bo’yicha gʻoliblar:
➖ Eng yaxshi film: “Anora”;
➖ Eng yaxshi rejissyor: Shon Beyker (“Anora”);
➖ Eng yaxshi aktyor: Edrien Broudi (“Brutalist”);
➖ Eng yaxshi aktrisa: Mayki Medison (“Anora”);
➖ Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor: Kiran Kalkin (“Rostmana og‘riq”);
➖ Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Zoi Saldana (“Emiliya Peres”);
➖ Eng yaxshi animatsion film: “Oqim”;
➖ Eng yaxshi hujjatli film: “Boshqa yer yo‘q”.
👉 @xushnudbek 👈