xushnudbek | Неотсортированное

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Подписаться на канал

Xushnudbek.uz

🤔 Hozirgi zamonda oliy ma’lumot kerakmi?

Bugun shu savolni oʻziga berayotgan yoshlarni 5-6 yildan soʻng uchratib qolsangiz, katta ehtimol bilan tayinli bir kasbni egallamagan boʻlishlari mumkin.

❗️ Nima uchun? Keling, buning ikki muhim sababini koʻrib chiqamiz:

1️⃣ Talaba oʻzi qiziqadigan sohani tanlagan boʻlsa ham, universitetdagi noqulay muhit va qiziqarsiz darslar tufayli sohadan koʻngli sovib ketgan.

2️⃣ To‘g‘ri oliygoh tanlangan, ammo soha toʻgʻri emas, bunga esa turli omillar sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.

Oʻzingiz qiziqqan sohani tanlang va Profi University’ga keling.

👉 Universitetning rasmiy sahifasi shu yerda.

☎️ Murojaat uchun: +998787771111

Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)

Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">Youtube

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2-mart, yakshanba (2-kun)
Iftorlik vaqti: 18:18 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Bakr ibn Hazmdan, u kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalarining biridan rivoyat qiladi:

"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

"Do‘stlik meros qoldiriladi", dedilar".


📖 Sharh: Ya’ni ota-ona kim bilan do‘st bo‘lsa, do‘stlik aloqalarini saqlasa, ular o‘tgandan keyin ana shu do‘stlik aloqasi farzandlarga meros bo‘lib qoladi. Farzandlar mazkur merosni davom ettirishlari kerak bo‘ladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Munosabat bildirish qulayroq bo‘lishi uchun maxsus anketa-so‘rov yaratdim. Ushbu so‘rovga kirib, o‘z fikringizni osonroq bildirishingiz mumkin.

https://forms.gle/Ea3pAi8XqjBb4kgi7

Natijalarni to‘plab, Ishchi kengashga yetkazib qo‘yaman. Sizning ham fikringiz muhim.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2-mart, yakshanba (2-kun)
Saharlik vaqti: 05:38
Iftorlik vaqti: 18:18 (Toshkent vaqti)

#muftiyminbari #ramazon

Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari. Qo‘l-oyoqsiz bolaning onasi borlarga nidosi


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Rasman: tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy meʼyor (500 kub) 1-aprelga qadar uzaytirildi

Xabaringiz bor, 1-mart sanasidan eʼtiboran mamlakatimizda isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kubometrlik bazaviy meʼyor 100 kubometrga tushirilishi belgilangan edi.

Biroq mart oyida havo haroratining past boʻlishi, hatto ayrim kunlari kechasi va kunduzi harorat 0°C darajadan tushib, odatdagidan koʻra sovuqroq kelishi kutilayotgani, qolaversa, aholiga qulaylik yaratish maqsadida, Prezident topshirigʻiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kubometr bazaviy meʼyor 2025-yilning 1-apreligacha uzaytirildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

IT yo‘nalishida kamida mingta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda

Toshkentda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda IT Park Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan “Offshore Outsourcing Conference 2025” bo‘lib o‘tdi.

Unda IT Park Uzbekistan bosh direktori maslahatchisi O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz 10 ta mamlakati qatoriga kirishini, IT-mutaxassislar soni allaqachon 203 ming kishiga yetganini aytdi.

Konferensiya yakuniga ko‘ra, 10 dan ortiq kompaniya O‘zbekistonda o‘z vakolatxonalarini ochish niyatida ekanini ma’lum qildi. Hozirda ular mahalliy kadrlar salohiyati va ofis binolari variantlarini baholamoqda.

Ushbu tashabbuslar natijasida kamida 1000 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, IT-xizmatlar eksporti hajmi 10 million AQSH dollariga oshishi kutilmoqda.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📻 Bugun, 1-martdan Avtoradio (FM 102.0) rebrending qilibdi

Endilikda:

🎁 har tong Avtoradio’ni tinglab, 102 mln so‘m yutib olish;

🎁 kunduzlari “FM charter” orqali sayohatga yo‘llanmani naqd qilish;

🎁 oqshomlari esa “Tonna benzin-92”dan avtomobil uchun yonilg‘i quyib olish va boshqa ko‘plab sovg‘alar egasiga aylanish imkoniyati mavjud.

🔗 Ilovani yuklab olish:

Android | iOS

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Joriy yilda yurtimizda 1 ming 700 dan ortiq masjidda xatmi Qur’on o‘qiladi

Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ma’lum qildi.

Shuningdek, muftiy hazratlari savdogarlardan Ramazon oyida ehson sifatida imkon qadar oziq-ovqat mahsulotlari narxini arzonlashtirishni iltimos qildi.

“Men har yili iltimos qilyapman, shunday qilaylikki, bolalarimiz Ramazonni har yili umid bilan kutsin. Ota-onasidan falon narsa olib bering deb so‘raganda, “Ramazon kelsin, kutib turaylik, Ramazonda hamma narsa arzon bo‘ladi” deyishsin. Negadir bizda aksincha Ramazon kirishi bilan oziq-ovqat qimmat bo‘lishni boshlaydi. Talab kuchaydi, deyishadi. Yo‘q, boshqa oylarda, mayli, ming so‘m foyda qilayotgan bo‘lsangiz, bu oyda yuz so‘m foyda qiling-da, lekin boshqa oylarga qaraganda yuz ming, balki millionlar ko‘proq baraka ko‘rasiz. Ramazon yetimlar, bevalar, muhtojlarga mehr-muruvvat qilish oyidir”, — dedi muftiy hazratlari.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚕 Vanihoyat taksichilik o‘zini o‘zi band qilish faoliyati ro‘yxatiga kiritildi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi. Bungacha 2025-yil 1-yanvargacha vaqtinchalik ruxsat berilgan edi. Endi doimiy ro‘yxatga kirdi.

📄Bunda taksichilik faoliyati bilan litsenziya asosida shug‘ullanish mumkin bo‘ladi. Litsenziyada uni oluvchi shaxs va avtomobili to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, faoliyat ko‘rsatish hududi va amal qilish muddati keltiriladi.

💰Yo‘nalishsiz taksi faoliyati uchun litsenziya berishda yiliga BHMning 1 baravari (375 ming so‘m) miqdorida davlat boji undiriladi.

Litsenziya olish talablari quyidagilardan iborat:

🏥 tashuvchilar har yili “UzTrans” axborot tizimi bazasiga kiritilgan ko‘p tarmoqli poliklinikalar va xususiy tibbiyot muassasalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari;

🔧 bir yilda bir marta avtotransportni texnik ko‘rikdan o‘tkazishlari;

🚖 o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilarning avtomobillari tom qismida “TAXI” tanish belgili fonar o‘rnatilishi lozim.

❌ Bunda old oynaning yuqoridagi o‘ng burchagiga yashil yoritish chirog‘ini, hisoblagich (taksometr) va radioaloqa vositasini, shuningdek, nazorat-kassa mashinasini o‘rnatish talab etilmaydi.

Shuningdek, boshqa sohalarda mehnat shartnomasiga asosan band bo‘lgan fuqarolar ham o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda transport vositalarida tashish faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin.

Eslatma: Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida bepul ro‘yxatdan o‘tish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

SQB ish haqi loyihasini innovatsion reklama orqali taklif qilmoqda

SQB ish haqi loyihasi doirasida Mastercard yoki Visa kartalarini ochishni taklif qilmoqda. Mazkur kartalar orqali SQB Way4 bankomatlaridan atigi 0,4% komissiya bilan naqd pul yechib olish mumkin.

Bu aksariyat kartalardan pul yechishga qaraganda kamida ikki barobar foydaliroq!

Bundan tashqari, Visa va Mastercard kartalaridan xorijda bemalol foydalanish mumkin. Kartadagi mablag‘lar avtomatik ravishda mahalliy valyutaga konvertatsiya qilinadi.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Turdimurodov Azizbek Maxammatqul o‘g‘li Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar viloyat Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi boshlig‘i edi.

Azizbek Turdimurodov 1994-yilda tavallud topgan. Ushbu tayinlov yoshlar orasidan hokimlar (rahbarlar) tayinlash amaliyotiga misol bo‘la oladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

RAMAZON TAQVIMI-2025
(Toshkent vaqti bilan)

📕 «Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki, taqvodor bo‘lsangiz.» (Baqara surasi, 183-oyat).


🤲
SAHARLIK DUOSI

Navaytu an asuma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’ala. Allohu akbar.


Ramazon oyining ro‘zasini xolis Alloh uchun subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Alloh buyukdir.

🤲 IFTORLIK DUOSI

Allohumma laka sumtu va bika amantu va a’layka tavakkaltu va a’la rizqika aftortu, fag‘firliy ya G‘offaru ma qoddamtu va ma axxortu.


Allohim, ushbu ro‘zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Yo gunohlarni kechiruvchi Zot, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag‘firat qilgin.

Manba: O’zbekiston musulmonlari idorasi


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Sirdaryo viloyatida yangi tayinlovlar:

Kushakov Faxriddin Baxtiyarovich viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U bunga qadar bosh boshqarma boshlig'i o'rinbosari edi.

Xidirov Abror Abduazimovich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Umarov Abduraxim Abdulxamidovich Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Endi taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaning tegishli buyrug‘i bilan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari, umumtaʼlim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.

Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi quyidagi fanlardan bo‘ladi:


📚Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
📚Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
📚Matematikadan – yozma;
📚Oʻzbekiston tarixidan – yozma/ogʻzaki;
📚Jismoniy tarbiyadan – amaliy shaklda oʻtkaziladi.

11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi quyidagi fanlardan bo‘lib o‘tadi:


📚Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
📚Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
📚Matematika (asosiy) / matematika (chuqurlashtirilgan)dan – yozma;
📚Tarixdan – yozma.

Oʻquvchining tanlovi boʻyicha:


📚Ona tili va adabiyoti (ta'lim qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirgʻiz tilida boʻlgan sinflar uchun), Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan – yozma;
📚Chet tilidan – yozma/ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi.

❗️Ma’lumot uchun, 2025-yilidan boshlab taʼlim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Endi bog‘cha tarbiyachilari ham vazir jamg‘armasidan ustama olishi mumkin

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, endi vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlar roʻyxati avvalgidek hududiy kengashlar tavsiyasi asosida shakllantirilmaydi.

✅ Sinovlarda barcha fan oʻqituvchilari, shuningdek, MTT tarbiyachilari ham ishtirok etib, ustama uchun da'vogarlik qilishlari mumkin;

💰Bundan tashqari, malaka toifa test sinovlarida ishtirok etib (ikkala bosqichda), oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball toʻplagan pedagoglarga 70 foiz ustama beriladi;

📝 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlgan pedagoglar navbatdagi majburiy attestatsiyaning birinchi bosqichi (mutaxassislik fani va kasb standarti) boʻyicha malaka sinovidan ozod qilinadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova vazir jamgʻarmasidan ustama olishning yangi tartibidagi oʻzgarishlarni sodda tilda tushuntiruvchi infografikalarni e’lon qildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

3-mart, dushanba (3-kun)
Saharlik vaqti: 05:37
Iftorlik vaqti: 18:19 (Toshkent vaqti)

#TasadduqYoRasululloh #ramazon

Bugundan boshlab, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining ruxsatlarini olgan holda, har kuni saharlik va iftorlikdan oldin ularning muallifligidagi Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayotlari haqida so‘zlab beruvchi «Tasadduq, yo Rasululloh» turkum ma’ruzalarni yana qayta joylab boramiz.

Ushbu ma’ruzalarni bundan 3 yil oldingi Ramazonda ham kanalimizga joylagandik. Shundan so‘ng kanalga 300 ming nafardan ortiq yangi a’zolar qo‘shildi va o‘z-o‘zidan mazkur ma’ruzalarni eshitmaganlar ko‘p bo‘lishi tabiiy. Avval eshitganlar ham qayta tinglasa, ikki dunyosi uchun foydali bo‘ladi, nasib qilsa.

1-qism. Muqaddima. «Tasadduq, yo Rasululloh» turkumidan.
Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚆Jomboydan Urgutga temiryo‘l tarmog‘i quriladi

Samarqand viloyatining ikki tumanini bog‘laydigan temiryo‘l tarmog‘i uzunligi 50 kilometrdan ortiq bo‘lib, qurilish ishlari 2025-yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

Temiryo‘l liniyasi Jomboy tumanidagi “MAN” zavodi yaqinidan boshlanib, 4R-238 avtomobil yo‘lini kesib, Zarafshon daryosi bo‘ylab o‘tadi va so‘ngra shu daryo ustida quriladigan ko‘prik orqali Urgut tumaniga boradi.

Jomboy, Samarqand, Toyloq va Urgut tumanlarida temiryo‘l bekatlari quriladi. Shuningdek, Urgut tumanining 🇹🇯 Tojikiston bilan chegaradosh “Jartepa” chegara-bojxona postida ham bekat qurilishi ko‘zda tutilgan. Bu orqali tojikistonliklar uchun ham temiryo‘l orqali boshqa hududlarga sayohat qilish imkoniyati yaratiladi.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xorijiy atamalarning o‘zbekcha muqobillari taklif etilmoqda

Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan bir qancha variantlar koʻrib chiqilgan. Bu yakuniy variant emas, ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari boʻyicha boshqa fikr va mulohazalarni ham eshitishga tayyor.

Hozircha 30 ta atamaning o‘zbekcha muqobili taklif etilmoqda:

Aysberg —> Muztog‘
Bruschatka —> Yo‘lg‘isht
Diskussiya —> Bahs, munozara
Zona —> Hudud
Instrument —> Ish quroli
Intensiv —> Jadal
Kamera —> Bo‘lma
Konstruksiya —> Tuzilma
Koordinator —> Muvofiqlashtiruvchi
Koridor —> Yo‘lak
Lider —> Yo‘lboshchi, yetakchi
Marshrut —> Yo‘nalish
Progress, progressiv —> Ilg‘or, rivojlanish
Dostavka —> Yetkazish
Probeg —> Yurim
Set (ovqatlar seti bo‘yicha) —> To‘plam
Oprava —> Ko‘zoynak bandi
Polik —> To‘shama
Balansirovka —> Muvozanatlashtirish
Vnedorojnik —> Yo‘ltanlamas
Chelenj —> Chorlov
Navigator —> Yo‘llagich
Sеlfi —> O‘zchekim
Svеtofor —> Yo‘lchiroq
Ekspluatatsiya —> Foydalanish
Aksiya —> Yalpi harakat
Kulеr —> Suvlik
Kеshbеk —> Hadya-qaytim
Povеrbank —> Kuchlantirgich
Karving —> Meva bezakchiligi

Mana bu sahifada har bir atama bo‘yicha izohlar berilgan hamda siz ham o‘z fikringizni bildirsangiz bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi

Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni imzolandi. Farmon matni:

O‘zining yorqin iste’dodi, yuksak ijro mahorati, ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati bilan o‘zbek qo‘shiqchilik san’ati va milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etish, boy ma’naviy merosimizni asrab-avaylashga qo‘shgan munosib hissasi, yoshlarning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, san’atga bo‘lgan mehrini oshirish, farzandlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalq artisti, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi Yoqubov G‘ulomjon Tashpulatovich «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

1-mart, shanba (1-kun)
Iftorlik vaqti: 18:17 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadi:

«Robbning rizosi ota-onaning rizosidadir. Robbning noroziligi ota-onaning noroziligidadir».


📖 Sharh:
Bu hadisda Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning gaplari keltirilmoqda. Baʼzi vaqtlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam emas, sahobalar tilidan aytilgan muhim maʼnodagi gaplar hadis kitoblarimizda keltirilaveradi. Chunki sahobalar bunday gaplarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitishmasa, o‘zlaridan aytishmaydi.

Bizda «Ota rozi – Xudo rozi» degan gap bor. Xuddi mana shu xalq so‘zi biz o‘rganayotgan hadisning tarjimasidir. Robbning roziligi volid, yaʼni ota-onaning roziligidadir. Alloh taoloning noroziligi esa ota-onaning noroziligidadir.

Demak, kim Alloh taoloni rozi qilishni istasa, ota-onaning roziligini olishga harakat qilishi kerak ekan. Kim Alloh taolo mendan norozi bo‘lmasin, desa, ota-onasini norozi qilmaslik uchun harakat qilishi kerak ekan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Statistika agentligi negizida Milliy statistika qo‘mitasi tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

✅ Unga ko‘ra, “mahalladan – respublikagacha” tamoyili bo‘yicha statistika ko‘rsatkichlarini shakllantirish yo‘lga qo‘yiladi.

✅ 2025-yil yakunigacha “Hududlar statistikasi” axborot tizimi ishga tushiriladi.

✅ Bundan tashqari, 2025-yil yakuni bo‘yicha hisobot davridan boshlab  xodimlar soni yillik o‘rtacha 5 kishidan kam bo‘lgan va yillik tushumi BHMning 2 ming barobarigacha bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yillik statistika hisobotini topshirish majburiyatini bekor qilib, har 3 yilda bir marotaba statistik hisobot topshirilishi belgilandi.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

1-mart, shanba (1-kun)
Saharlik vaqti: 05:40
Iftorlik vaqti: 18:17 (Toshkent vaqti)


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ramazon haqida savol-javoblar.

#ramazon


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyevning Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrigi

Qadrli vatandoshlar!

Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlar va butun xalqimizni ezgulik, xayr-u saxovat va mehr-oqibat oyi bo‘lgan Ramazoni sharifning kirib kelishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu qutlug‘ ayyomda mana shunday munavvar oyni el-yurtimiz bilan birgalikda tinch va osoyishta muhitda kutib olayotganimiz uchun Alloh taologa behisob shukronalar aytamiz.

Muqaddas oyda qilinadigan ibodat va duolar, ehson va amallarni Parvardigori olam o‘z dargohida qabul etsin!

Xalqimizning ezgu orzu-intilishlari ro‘yobga chiqsin!

Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin!



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

☪️ O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo markazi 2025-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdorini e'lon qildi

Unga ko‘ra:

● Ramazon oyi uchun tilla qiymatidan zakot nisobi 61 mln 200 ming so‘m etib belgilandi. Demak, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 61 mln 200 ming so‘m va undan ortiq pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi;

Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

2 kg bug‘doydan – 10 ming so‘m;
4 kg arpadan – 16 ming so‘m;
2 kg mayizdan – 110 ming so‘m;
4 kg xurmodan – 180 ming so‘m.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida berishi mumkin.

● Fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil bo‘ladi. Har kim o‘z imkoniyatiga qarab, ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Taroveh namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi

Bugun, 28-fevral kuni xufton namozidan so‘ng yurtimizdagi masjidlarda taroveh namozi boshlanadi.

Taroveh o’qiladigan vaqtlar:

▪️Farg‘ona — 20:20;
▪️Namangan — 20:20;
▪️Andijon — 20:20;
▪️Toshkent viloyati — 20:30;
▪️Toshkent shahri — 20:30;
▪️Sirdaryo — 20:30;
▪️Jizzax — 20:30;
▪️Samarqand — 20:30;
▪️Qashqadaryo — 20:40;
▪️Surxondaryo — 20:40;
▪️Navoiy — 20:40;
▪️Buxoro — 20:40;
▪️Xorazm — 21:00;
▪️Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 21:10.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Jo‘rayev Olimjon Urazaliyevich Sirdaryo viloyati Guliston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bunga qadar u tuman hokimining birinchi o‘rinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Rasman: Oʻzbekistonda Ramazon oyi 1-martdan boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Boshqa tildagi yo‘nalishlarga hujjat topshirgan abituriyentlarga ham o‘zbek tilidan imtihon majburiy bo‘lishi mumkin
#abituriyent

Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining ta’lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarining majburiy fanlar blokiga o‘zbek tili fani kiritilishi mumkin.

Hozirda majburiy blokda ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) fani mavjud. Bu degani, masalan, abituriyent rus yo‘nalishiga (yevroguruh) hujjat topshirsa, unda majburiy blokda 10 ta savol rus tilidan tushadi. Kelgusida abituriyentlar boshqa istalgan tildagi (rus, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) yo‘nalishga hujjat topshirganda, majburiy blokda o‘zbek tilidan ham savollar berilishi mumkin.

Hozircha bu reja, rasman tasdiqlangani yo‘q. Lekin men ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Albatta, imtihonlarda davlat tili bir chetda qolib ketmasligi shart va zarur! Faqat bunaqa yangilikni joriy yilgi qabuldan emas, balki kelgusi yillardagi qabuldan boshlash kerak. Abituriyentlarga yangi shartlarga moslashish va tayyorlanish uchun vaqt qoldirish lozim. Menimcha, shunaqa qilishsa ham kerak.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Endi ketma-ket 4-5 kunlab dam olmaymizmi?

Aytgancha, har yilgi an’anaga ko‘ra, yil oxirida Prezident farmoni bilan kelgusi yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari oldindan ma’lum qilinar edi. Ammo joriy yilda faqat Yangi yil bayrami uchun qo‘shimcha dam olish kuni e’lon qilindi xolos.

Negadir 2025-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida farmon chiqmadi (maxfiy chiqmagan bo‘lsa, albatta).

Ochig‘i, bu nimadan dalolat ekanligini bilmadim. 2025-yilda Navro‘z, Mustaqillik, Hayit bayramlari arafasida oldingidek ketma-ket 4-5 kunlab dam olish bo‘lmaydimi endi? Yoki har bayramdan oldin alohida-alohida qarorlar chiqadimi? Unda bu noqulay-ku.

Chunki dam olish kunlarini yil oxirida tasdiqlab qo‘yishdan asosiy maqsad, ichki turizmni rivojlantirish edi. Aholi oldindan rejasini qilib, biletlarini olib, mehmonxonalarni band qilsin, degan ezgu g‘oya bor edi va bu bir necha yil davomida samarasini berdi. Endi nega bu amaliyotdan voz kechildi, hayronman.

Kimdir izoh bersa, yaxshi bo‘lardi. Menimcha, bunga asosiy mas’ul Bandlik vazirligi bo‘lsa kerak.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Gvardiola: Husanov allaqachon hammaning yoqimtoyiga aylanib ulgurdi

Abduqodir Husanov to‘liq harakat qilgan uchrashuvda Manchester City mehmonda Tottenhem ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Pep Gvardiola Abduqodir haqida fikr bildirdi:

"Husanov allaqachon kiyinish xonasida yoqimtoyga aylangan. Bugun u o‘yinga hatto tish cho‘tkasi va boshqa ortiqcha narsalarsiz kelibdi. Hech narsa olmagan. Shunchaki futbol o‘ynash uchun keldi.

U bilan gaplashsangiz, faqat kulib turadi, jilmayadi. Lekin u ishonchli futbolchi.

U juda tez, judayam, judayam tezkor. To‘p bilan muomala va uzatmalarining sifati g‘ayrioddiy darajada. U hali endi 20 yoshda. Vaqt o‘tgan sari yaxshilanib boraveradi.

Undagi tezlikni shu paytgacha ko‘rmaganman. Tezkor futbolchilarni ko‘p ko‘rganman, lekin u eng yaxshilaridan biri.

Uni hamma yaxshi ko‘radi. U kamgap, mehnatkash, nolimaydi, juda kamtar. Shuning uchun ishonchim komilki, muxlislarimiz uni sevib qolishadi.

"Chelsi"ga qarshi o‘yinning dastlabki 5 daqiqasida bo‘lgan voqeadan so‘ng o‘zini o‘nglash oson emas edi, ammo u o‘zini yo‘qotmadi hamda vaziyatni yaxshiladi. So‘nggi o‘yinlarda juda yaxshi natija ko‘rsatdi", - dedi ManCity bosh murabbiyi.


O‘yindan so‘ng ManСity rasmiy sahifalarida Abduqodir Husanov ishtirokida bir nechta videolar joylandi. Va u yerda har doimgidek o‘zbeklar juda faol :) Xursandchiligimizga ko‘z tegmasin, ilohim.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Подписаться на канал