Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama
Polkovnik Rahmatullayev Ayubxon Toshxo‘jayevich ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Andijon viloyati IIB boshlig‘i edi.
Polkovnik Toshxo‘jayev Ulug‘bek Shuhratovich IIV huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
HONOR X8c: qoyil qoldiradi!
Yorqin suratlar uchun kuchli uch kamerali tizim! Har bir lahzani yuqori aniqlikda va tabiiy ranglar bilan muhrlang. Aqlli algoritmlar har qanday sharoitga moslashadi: kun bo‘lsin, tun bo‘lsin, harakat yoki portret. AI o'chirgich esa fotosuratlardan keraksiz obyektlarni osongina o’chiradi.
HONOR X8c — Uslub, texnologiya va fotografiya san’ati bitta smartfonda! Qoyil emasmi?!
Smartfonni texnika do‘konlaridan xarid qiling va maxsus sovg‘aga ega bo‘ling!
Sayt | Instagram | Telegram
Reklama
FVV: “Navoiy azot” AJda sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi
Chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 11 nafar fuqaro tan-jarohati olgan. Hozirga jabrlanganlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇫🇷Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturidan Parij shahridagi Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, Fransiya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇦🇪 Shavkat Mirziyoyev telefon orqali BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni tavallud kuni bilan tabrikladi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Prokuratura va MIB xodimi qo‘lga olindi
➖ Buxoro viloyatining Jondor tumani prokurorining katta yordamchisi fermer xo‘jaligi rahbariga sud hukmini o‘zgartirishsiz qoldirish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilgan. Dastlab 500 AQSH dollari olgan, keyin Buxoro shahrida 2 500 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va prokuratura xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan;
➖ DXX xodimlari tomonidan Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boshqarmasi Surishtiruv va ma’muriy amaliyot sho‘basi katta surishtiruvchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Shovot tumanida yashovchi fuqaroni vakolatli hamkasblari orqali MIB tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 1800 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Ikkala holat bo’yicha ham jinoyat ishi qo’zg’atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Shahrisabz aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida kapital ta’mirlash ishlari sababli 13-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:00 dan 25-mart 05:00 gacha vaqtincha yopiladi.
Qayd etilishicha, uchish-qo‘nish yo‘lagining uzoq muddat — 1983-yildan buyon ishlatilishi hamda havo kemalarining qo‘nishi va uchishi xavfsizligini ta’minlash maqsadida keng kapital qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi. Xususan, 1554 metr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzasini almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Aytgancha, ertaga barcha uchun ish va o’qish kuni. Biroz qayg’uli xabarim uchun uzr :)
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇫🇷 Shavkat Mirziyoyev 11-13 mart kunlari Fransiyaga davlat tashrifi bilan boradi.
Ushbu tashrif Emmanuel Makronning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
10-mart, dushanba (10-kun)
Iftorlik vaqti: 18:27 (Toshkent vaqti)
#TasadduqYoRasululloh #ramazon
16-qism. Hamza (r.a.). «Tasadduq, yo Rasululloh» turkumidan.
Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
👉 @xushnudbek 👈
❗️Ertaga “Tashabbusli byudjet”da ovoz berish jarayoni boshlanadi
Bugun, 10-mart soat 23:59 dan so‘ng 2025-yil 1-mavsumi uchun saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi boshlanadi. Mazkur jarayon 20-mart soat 23:59 ga qadar davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈
Bosh prokuratura korrupsion holatlar haqida xabar berish uchun qayta aloqa mexanizmini ishga tushirdi.
Agar bunga guvoh bo’lsangiz, 1161 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga yoki @bpantikoruz_bot telegram botiga ma’lum qilishingiz mumkin.
“Murojaatingiz tezkorlik bilan ko‘rib chiqiladi, unga qonuniy munosabat bildiriladi. Sizning xavfsizligingiz esa to‘liq kafolatlanadi”, — deyiladi rasmiy xabarda.
10-mart, dushanba (10-kun)
Saharlik vaqti: 05:25
Iftorlik vaqti: 18:27 (Toshkent vaqti)
#TasadduqYoRasululloh #ramazon
15-qism. Jajji Fotima (r.a.) jasorati. «Tasadduq, yo Rasululloh» turkumidan.
Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
👉 @xushnudbek 👈
Ertaga, 10-mart (dushanba) kuni:
✅ Prezident maktablarida dam olish kuni, o’qish ham bo’lmaydi;
❌ Ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ish kuni. Darslar odatiy jadval asosida bo’lib o’tadi.
👉 @xushnudbek 👈
9-mart, yakshanba (9-kun)
Saharlik vaqti: 05:27
Iftorlik vaqti: 18:26 (Toshkent vaqti)
#TasadduqYoRasululloh #ramazon
13-qism. Intizorlik (vahiyning to‘xtab qolishi). «Tasadduq, yo Rasululloh» turkumidan.
Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
👉 @xushnudbek 👈
11-mart, seshanba (11-kun)
Iftorlik vaqti: 18:28 (Toshkent vaqti)
#TasadduqYoRasululloh #ramazon
18-qism. Yuksak mukofot. «Tasadduq, yo Rasululloh» turkumidan.
Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
👉 @xushnudbek 👈
Bosh vazir Abdulla Aripov Mercedes-Benz xizmat avtomobili o‘rniga Malibu’dan foydalanishga o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 5-martdagi korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan yig‘ilishda davlat tashkilotlari xorijiy avtomobillar o‘rniga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobilga o‘tish zarurligini aytgandi.
“Menga buni 20-martdan yoki 1-apreldan joriy qilaylik, deb taklif berishyapti. Yo‘q, unaqasi ketmaydi. Prezidentimiz topshiriq berdimi, zudlik bilan bajarishimiz shart. Bu hukumatning asosiy vazifasi”, — degan bosh vazir 7-mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda.
“Navoiy azot” AJda sodir bo‘lgan holat to‘g‘risida ma’lumot
Bugun, 11-mart kuni soat 14:10 da Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasida joylashgan “Navoiy azot” AJning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi ro‘y bergan. Chaqnash natijasida yong‘in kelib chiqqan.
Shunga ko‘ra, hodisa joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Voqea joyiga viloyat FVB boshlig‘i, IIB, SSB, prokuratura xodimlari yetib borgan.
👉 @xushnudbek 👈
Begmatov Ravshanbek Berdaliyevich Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani hokimi etib tayinlandi.
U bunga qadar Suv xo‘jaligi vazirligi irrigatsiya tizimlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i edi.
👉 @xushnudbek 👈
Samarqandda 3 ta tarixiy masjid buzib tashlangani aniqlandi
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, XIX–XX asrlarga oid 3 ta masjid buzilgan, bittasi ruxsatsiz ta’mirlangan. Xususan:
➖ Kattaqo‘rg‘ondagi “Kushoq ota” masjidi buzilishi oqibatida 19,6 mlrd;
➖ Urgutdagi “Ahmad Yassaviy” va “Hoji O‘rinboy” masjidlari buzilishi oqibatida 17 mlrd so‘m;
➖ Samarqand tumanidagi “Kulba” yodgorligi ruxsatsiz ta’mirlanib, 10,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Hodisalar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov va nazorat tadbirlari davom etmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
IBRO-2025 olimpiadasiga ro'yxatdan o'tish boshlandi
🗒2-11 sinf maktab va professional taʼlim muassasaslari (1-2 bosqich) oʻquvchilari oʻrtasida o'tkazilayotgan mukofot jamg’armasi 1 MILLIARD so’m bo’lgan, Iqtidorli Bolalar Respublika Olimpiadasi (IBRO - 2025)ga ro'yxatdan o'tish boshlandi.
🏆Eng faol ishtirok etgan va yuqori oʻrinni olgan maktab jamoasiga - Bosh sovrin BYD Chazor avtomobili taqdim etiladi.
💰Mukofotlar haqida to'liq ma'lumot.
Ro’yxatdan o’tish uchun:
📺 Video qo’llanma
🕊 Telegram bot orqali:
@testboruz_bot
🌍 Sayt orqali:
testbor.uz
❗️Ushbu olimpiadada barcha o'quvchilar BEPUL ishtirok etishlari mumkin.
Tashkilotchilar: Ta’limni rivojlantirish markazi, Turin politexnika universiteti va Fan olimpiadalari markazi.
Har bir fan kesimida yuqori 10 talik oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarning ustozlari ham taqdirlanadi.
testborai?si=z6UQvKxYaBYxrpRd">YouTube | Telegram | Instagram | Sayt
Reklama
11-mart, seshanba (11-kun)
Saharlik vaqti: 05:24
Iftorlik vaqti: 18:28 (Toshkent vaqti)
#TasadduqYoRasululloh #ramazon
17-qism. Umar ibn Xattob. «Tasadduq, yo Rasululloh» turkumidan.
Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
👉 @xushnudbek 👈
Tanlov (giveaway) g’oliblari ro’yxati.
Barcha g’oliblarni tabriklaymiz va ular bilan bog’lanib, tez orada Abduqodir Husanovning original futbolkasini yetkazamiz. 6 oylik Telegram Premium uchun obuna avtomatik yoqildi.
G’olib bo’lmaganlar esa xafa bo’lishmasin. Bu kabi tanlovlarni kanalimizda yana tez-tez o’tkazamiz, Xudo xohlasa. Salomat bo’ling.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇹🇲O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida erkin savdo rejimi joriy etildi
Ikki mamlakat o‘rtasida 25-fevraldan boshlab joriy qilingan erkin savdo rejimi bir qator tovarlarga nisbatan o‘zaro bojxona bojlari bekor qilinishini anglatadi.
Xususan:
🔹sement mahsulotlari (avval bojxona to‘lovi 100% edi);
🔹to‘qimachilik matolari (50%);
🔹mebel (50%);
🔹shisha idishlar (50%);
🔹suv isitish qozonlari (15%);
🔹plastik va polipropilen mahsulotlar (10%);
🔹kolbasa va go‘sht mahsulotlari (1 kg uchun 2 dollar);
🔹paxta yog‘i (1 kg uchun 1 dollar) va boshqalarga bojlar bekor qilindi.
👉 @xushnudbek 👈
Aytgancha, bugun soat 21:00 da Abduqodir Husanovning 3 ta original futbolkasiga ega chiqadigan obunachilar nomi ma’lum bo’ladi.
❗️BU MUHIM: g‘olibni Telegramning o‘zi tasodifiy tanlov yo‘li bilan avtomatik aniqlaydi. Bunga hech kim, na men, na boshqasi aralasha olmaydi. Shunchaki kimning omadi chopsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.
❗️Istanbul shahridagi Bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
Konsulxonaning ta'kidlashicha, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaqatnovlar davomida ayrim shaxslar aeroportlarda o‘z yuklarini O‘zbekistonga yetkazib berishni iltimos qilishi mumkin. Ular turli bahonalar bilan (masalan, og‘ir kasal qarindoshi borligi yoki yukni jo‘natish imkoniyati yo‘qligi) sizni ishontirishga harakat qiladi.
O‘tgan yillarda bir necha O‘zbekiston fuqarolari aynan shunday vaziyatlarga tushib qolgan va noqonuniy yuklarni, jumladan narkotik moddalar va soxta hujjatlarni bilmasdan olib o‘tganlari uchun hibsga olingan.
➖ 2023-yilda Istanbul aeroportida 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosi noma’lum shaxsning iltimosiga binoan yukni olib o‘tishga rozi bo‘lgan. Biroq, chegarada tekshiruv vaqtida yuk ichidan katta miqdorda narkotik moddalar topilgan. Natijada u 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
➖ 2022-yilda Antaliya shahridan Toshkentga qaytayotgan yana bir fuqaro o‘ziga notanish kishining yukini olib o‘tishga rozi bo‘lgan. Yuk tarkibida soxta pasport va noqonuniy hujjatlar borligi aniqlanib, fuqaro bir necha yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Bosh konsulxona ehtiyotsizlik yoki begonalarga bo‘lgan ishonch og‘ir jinoiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bildirib, begona odamlarning yukini hech qanday holatda qabul qilmaslikni so‘radi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Profi University’ga imtihonsiz yoki qo‘shimcha ballar bilan quyidagi shartlar asosida o‘qishga kirish mumkin:
• Oltin medal — imtihonsiz qabul!
• Olimpiadalarda sovrindor bo‘lganlar — imtihonsiz qabul!
• Qizil attestat — to‘plangan ballarga +30%!
• “3” bahosiz attestat — to‘plangan ballarga +10%!
• Milliy sertifikat — ushbu fandan imtihondan ozod etish!
• CEFR B1 / IELTS 5.0 va undan yuqori — ingliz tilidan imtihondan ozod etish!
✅ O‘z yutuqlaringizdan foydalaning va Profi University’ga qulay shartlarda o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo’ling!
👉 Universitetning rasmiy sahifasi shu yerda.
☎️ Murojaat uchun: +998787771111
Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)
Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">Youtube
Reklama
9-mart, yakshanba (9-kun)
Iftorlik vaqti: 18:26 (Toshkent vaqti)
#TasadduqYoRasululloh #ramazon
14-qism. Abu Bakr Siddiq (r.a.). «Tasadduq, yo Rasululloh» turkumidan.
Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
👉 @xushnudbek 👈
Ertaga, 10-mart (dushanba) kuni:
✅ 5 kunliklar uchun dam olish kuni;
❌ 6 kunliklar uchun ish kuni;
✅ bog’chalarning deyarli hammasida dam olish kuni (balki 6 kunlik ayrim xususiy bog’chalar ishlashi mumkin, buni bog’chadan aniqlashtirish kerak);
❌ Maktablarda odatiy o’qish kuni;
✅❌ oliygohlarning ba’zilarida dam olish kuni, ba’zilarida o’qish kuni. Buni o’qish joyidan aniqlashtirish kerak.
👉 @xushnudbek 👈
8-mart, shanba (8-kun)
Iftorlik vaqti: 18:25 (Toshkent vaqti)
#TasadduqYoRasululloh #ramazon
12-qism. Ilk vahiy. «Tasadduq, yo Rasululloh» turkumidan.
Muallif: Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari
👉 @xushnudbek 👈