xushnudbek | Неотсортированное

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Подписаться на канал

Xushnudbek.uz

Uydan chiqmasdan eSIM ulatish mumkinmi? Bu juda oson!

Siz zamonaviy xizmat ko‘rsatishdan foydalanishingiz va Ucell savdo nuqtasiga borishga vaqt sarflamasligingiz uchun qayg‘urdik.

Uyda yoki ishxonada o‘tirib eSIM ulash xizmati endi mobil ilovamizda mavjud.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚽️ Bugun — o‘yin kuni!

Jahon chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda 🇶🇦Qatar bilan kuch sinashadi. Xudo xohlasa, ushbu bahsda g‘alaba qozona olsak, asosiy raqiblarimizdan biri bilan oradagi farq 9 ochkoga yetadi.

Umuman olganda, bugungi bahs hal qiluvchi palla bo‘lishi mumkin. Va futbolchilarimiz safarda qanday o‘ynay olishini sinovdan o‘tkazuvchi birinchi jiddiy o‘yin. Bungacha guruhdagi kuchli raqiblar bilan faqat Toshkentda o‘ynagan edik.

Yigitlarimizga omad tilaymiz! G‘alabalar yor bo‘lsin, ilohim.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun nimalar bo‘ldi?

Shavkat Mirziyoyevning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Butunjahon iqlim sammitidagi (COP29) ishtiroki yuzasidan bugungi tadbirlar:

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasida "yashil" energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi;

➖ Shavkat Mirziyoyev hamda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi;

➖ O‘zbekiston Prezidenti Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi, JSTga a’zolikka oid muzokaralarni tezroq yakunlash yuzasidan fikr almashildi;

➖ davlatimiz rahbari O‘zbekiston Milliy paviloni bilan tanishdi, mas’ullar tomonidan pavilonning g‘oyasi va unda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi;

➖ prezidentimiz ozarbayjonlik adabiyotshunos va Akif Azalp taxallusi bilan tanilgan shoir Akif Bag‘irovni qabul qildi. U umrining katta qismini O‘zbekistonda yashab, ijod qilgan. Uchrashuvda Akif Bag‘irov o‘zi ozarbayjon tilida tayyorlagan «Shavkat Mirziyoyev fenomeni» kitobini taqdim etdi;

➖ shuningdek, davlatimiz rahbari Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala, Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis va Global ekologik fond bosh direktori Karlos Rodriges bilan uchrashuvlar o‘tkazdi;

➖ shu bilan Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi va Toshkentga jo‘nab ketdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston 2030-yilga borib Yevropaga 10-15 mlrd kWt•soat elektr energiyasi eksport qilishi mumkin

Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminovning aytishicha, bu muddatga borib, elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj 120-125 mlrd kWt•soat atrofida bo‘ladi.

Elektr energiyasi generatsiyasi quvvati esa taxminan 135 mlrd kWh•soatga teng. Infratuzilma tayyor bo‘lishi bilan Ozarbayjon orqali Yevropaga ortiqcha “yashil” energiyani eksport qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Mazkur loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari 2026-yilgacha ishlab chiqiladi. Uning umumiy qiymati 2 mlrd dollardan ortiqqa baholanmoqda.

Biz avvalroq "Lolazor" podkastidagi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bilan suhbatda bu masala qanchalar haqiqatga yaqinligi haqida ham so‘ragan edik hamda vazir aynan nimaning hisobiga elektr energiyasini Yevropaga eksport qilishimiz mumkinligini tushuntirib bergandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Boku shahrida bo‘layotgan COP29 davomida Shavkat Mirziyoyev bir qator yuqori martabali shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan:

— Yevropa kengashi Raisi Sharl Mishel;
— Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb;
— Chernogoriya Prezidenti Yakov Milatovich;
— Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil-Reno Basso;
— Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad al-Jassir;
— Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Bler;
— ICESCO bosh direktori Salim Al-Malik;
— Yashil iqlim fondi ijrochi direktori Mafalda Duerte.

Tadbirlar ertaga ham davom etadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿 Yandex Maps’da Oʻzbekistondagi obidalarning uch oʻlchamli modellarini ko’rish imkoni yaratildi

📍Ilova orqali Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi tarixiy obidalarni 3D formatda koʻrish mumkin. Buning uchun Yandex Maps ilovasida kerakli obidani topib, ekranda ikki barmogʻingiz bilan yuqoriga suring.

Har bir modelda arxitekturaning oʻziga xos jihatlari, ranglar, soyalar va boshqa detallarga eʼtibor qaratilgan. Ilovani quyidagi havola orqali yangilash mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shoshkent majmuasidan qulay shartlar!

Boshlangʻich toʻlovsiz 24 oyga boʻlib toʻlash🤩
Loyiha — 95% ga tayyor holatda.

Majmuaning topshirilish muddati:
2025-yilning 1-choragi.

📞 Telefon: +998555009090

🖥 Onlayn murojaat: Oʻzbegim Development

📍Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 67-uy.

🌐 Rasmiy sayt | Instagram | Telegram-kanal | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni navbatdan tashqari arab-islom sammitida nutq so‘zladi.

Prezidentimiz Falastin-Isroil muammosini tinchlik va diplomatiya yo‘li bilan hal etishga qaratilgan barcha amaliy tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi. Qadimiy va boy tarixga ega falastin xalqi 1967-yildagi chegaralar doirasida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil va ozod davlatini tuzishga to‘la haqli ekani ta’kidlandi.

❗️Davlatimiz rahbari urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekiston shifoxonalarida beg‘araz davolashga tayyor ekanini ta’kidladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni

2020-yil 23-noyabrdagi qonunga ko‘ra, 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilangan.

Mazkur sana bilan kasaba uyushmalari tashkilotlarining barcha xodimlarini kasb bayrami bilan chin qalbdan tabriklayman!

Xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda kuch-quvvat, sabr-toqat va yanada qatʼiyat tilab qolaman!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🌍 Chet elning nufuzli universitetlarida talaba bo‘lishni xohlaysizmi?

iApply.org orqali dunyoning yetakchi universitetlariga ortiqcha xarajatlarsiz va konsalting firmalarga pul sarflamasdan hujjat topshirib talaba bo'ling!

Hujjat topshirish bepul
📑 Talabalik vizasi uchun yordam
🏢 Turar joy va moslashish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash

Hoziroq ro’yxatdan o’ting va orzularingizga bir qadam yaqinlashing!

👉 Ro’yxatdan o’tish

Websayt | Instagram | Telegram | Telegram bot | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ikki karra jahon chempioni bo’lgan Afruza Hamdamova taqdirlandi.

FIDE rasmiy saytining bosh sahifasiga aynan Afruza oltin medalni olayotgan suratni joyladi. Chunki o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 3 ta yosh kategoriyasi (14, 16 va 18 yosh) bo‘yicha jami 6 nafar (o‘g‘il-qiz) chempion aniqlangan bo‘lsa, ular orasida Afruza eng yuqori natijani qayd etdi. Hamyurtimiz 11 ta partiyadan 10,5 ochko to‘pladi (10 ta g‘alaba va 1 durang) va biror marta mag‘lub bo‘lmadi. Qolgan chempionlar 9 ochkodan ko‘p to‘play olmagan. Qoyil!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#34 YASHIRIN IMTIYOZLAR VA YOPIQ QARORLARDAN QACHON QUTULAMIZ — Lolazor podkast

📹 https://youtu.be/4qKoxCUozY0

“Lolazor”ning ushbu sonida byudjet masalasi, AQSH O‘zbekistonni JST’ga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagani, Toshkent metropolitenida bo‘lgan holat, juda ko‘p imtiyozlarning yashirin tarzda berilayotgani, Amerikadagi saylov, propan arzonlashishi va yana ko‘plab mavzularda suhbatlashdik.

00:00 Tizer
01:03 Intro
01:39 “Lolazor”ning navbatdagi soniga xush kelibsiz
04:20 “Budjetning tinimsiz muhokama bo‘lishini xohlardim”
07:28 AQSH O‘zbekistonni JST’ga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagan 21-davlatga aylandi
09:35 Har bir soha egalarining o‘z bloglari bo‘lishi kerak
13:13 Nima qilinayotganini dalillab berish kerak
17:38 Toshkent metropolitenida bo‘lgan holat haqida
20:25 “Ertalab va kechqurun metroga kirishdan qo‘rqaman”
25:08 O‘z-o‘zini band qilish rasmiylashtirilayotgan paytda to‘lov bormi?
27:02 Juda ko‘p imtiyozlar yashirin tarzda berilishni boshladi
31:42 “Nasaf” O‘zbekiston Superligasi chempioniga aylandi
33:25 Hokim o‘rinbosari 1 million dollar pora olayotganda ushlandi
36:05 Yerning bozor narxi qimmat
37:25 Tramp Amerika prezidenti etib saylandi
45:46 “Qishga tayyormiz, to‘g‘rimi?”
46:55 “Propan arzonlashdi”
48:02 Yaqin 5 yillikda hayotimiz qiziq davrga kirib boryapti
52:01 Jamoat joylari, odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda hojatxonalar bo‘lishi lozim
1:01:37 Yaxshi xabarlar


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

3 yilda salkam 1 mlrd so’m mukofot olgan ustoz

Tanishing, videodagi qiz — Mohira Boltayeva, 23 yoshda. Kimyo fani bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi rahbari.

Uning o’zi o’quvchilik paytida kimyo fanidan xalqaro olimpiadada kumush medalni qo’lga kiritgan. Hozirda ustozlik qilib, o’quvchilarni xalqaro fan olimpiadasiga tayyorlaydi.

2019-yildan buyon O’zbekistonda xalqaro fan olimpiadasida g’olib bo’lgan o’quvchilarga hamda ularning ustozlariga pul mukofotlari berish yo’lga qo’yildi.

Mohira ham 3 yildan buyon shogirdlarining muvaffaqiyati sababli ana shunday pul mukofotlarini oladi. 2022, 2023 va 2024-yillarda jami 900 mln so’m mukofot olgan.

Demak, o’z navbatida uning shogirdlari bo’lgan o’quvchilar jami 1,1 mlrd so’mdan ko’proq mukofot pullari olishgan.

Ma’lumot uchun: O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2024-yilda rekord natija ko‘rsatib, xalqaro fan olimpiadalarida 122 ta medal qo‘lga kiritishdi va jami 9 mlrd so‘m mukofot olishdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Prezident farmoni imzolandi.

https://uza.uz/posts/655182


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2 xonali xonadon oyiga 5,3 mln so‘mdan!

Xon Saroy’ning “Muhabbat shahri” loyihasidan 2 xonali xonadonlarni oyiga 5,3 mln so‘mdan xarid qiling.

⚡️ Boshlang‘ich to‘lovni amalga oshiring va qolgan qismini oyma-oy to‘lab boring.

Bot orqali bog‘lanish

☎️ 712007400
☎️ 555017400

🌐 xonsaroy.uz | Telegram
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚆Temiryo‘llarda yuk tashish tariflari 1-dekabrdan 30 foizga oshiriladi

“Oʻzbekiston temiryoʻllari” AJ yuk tashish xizmatlarining vagon qismiga bog‘liq xarajatlarining bir qismi oshishini hisobga olib, ushbu xarajatlarni qisman qoplash hamda yuk vagon parkini yangilash maqsadida mahalliy qatnovlarda yuk tashish tariflarini oshirishni rejalashtirgan.

👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

AKT vaziri Sherzod Shermatov xorijiy til biladigan insonlarni ishga chaqirmoqda

U o‘zining Telegram kanalida 🇩🇪nemis, 🇰🇷koreys, 🇯🇵yapon, 🇹🇷turk, 🇸🇦arab tillaridan birida ravon so’zlasha oladigan kadrlarga yuqori maoshli ishga taklif qilishi haqida ma’lum qildi. Bunda nomzodlar chet el kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti bo'lgan kompaniyalarda ishlashi mumkin.

Tillar kesimida bo‘sh ish o‘rinlari soni quyidagicha;

🔹nemis tili — 800+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹koreys tili — 300+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹yapon tili — 300+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹turk tili — 200+ bo‘sh ish o‘rni;
🔹arab tili — 200+ bo‘sh ish o‘rni.

Agar siz ushbu tillardan birini bilsangiz va ingliz tilini kamida B1 darajasida o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, unda quyidagi havola orqali ariza yuborishingiz mumkin:

📝 https://forms.gle/FNcjS6ZPtZgqoDoeA

Ish joyi xalqaro kompaniyalarning O‘zbekistondagi ofislarida bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Noyabr — AQShda juda katta chegirmalar oyi. Bunday chegirmalar Amazon kabi onlayn do‘konlarda ham amal qiladi.

Narxlar O‘zbekistondagiga nisbatan ancha arzon. Buni o‘zingiz tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

Xaridlaringizni AQShning barcha onlayn do‘konlaridan O‘zbekistonga yetkazishda esa sizga turonexpress.com yordam beradi!

Sayt va botni ishlatish ancha qulay. Xizmatdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma ham mavjud. Sinab ko‘ring!

Sayt | Telegram-bot

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

DXX: Tojikiston va Qirgʻizistondan kontrabanda yoʻli bilan keltirilgan qariyb 65 kg “gashish” giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi fuqaro “Cobalt” rusumli avtomashinasida Uzun tumani hududida toʻxtatilgan. Avtomashina xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning yukxonasida 50 kg 567 gr “gashish” moddasi borligi aniqlangan.

***

Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida yashovchi fuqaro tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan Toshkent viloyatining Boʻka tumani hududidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 4 kg 929 gr “gashish” moddasini qabul qilib olib, yoʻlovchi avtomashinada yashash joyiga qaytib kelayotganda Fargʻona shahrida qoʻlga olingan.

***

“Spark” rusumli avtomashina Andijon viloyati Boʻston tumanidagi YPX maskanida toʻxtatilib, tekshirilganda, unda ketayotgan uch nafar O‘zbekiston va bir nafar Qirg‘iziston fuqarosidan 4 kg 727 gr “gashish” moddasi topilgan.

Boshqa holatda esa Paxtaobod tumanida yashovchi 4 nafar fuqaro Qirgʻizistondagi narkosavdogarlar yetkazib bergan 4 kg 634 gr “gashish” moddasini Andijon tumanida 53 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

***

Mazkur shaxslarga qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.Tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇰🇿O‘zbekiston va Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

“Xanjar-2024” maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari Markaziy harbiy okrugning “Forish” tog‘ poligonida olib borilmoqda.

Unda ikki davlat harbiy xizmatchilari turli jangovar qurollardan otish, shartli aholi yashash hududida jang olib borish va harakatlarni tahlil qilish jarayonlarini amalga oshiradi.

👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Bokuda o‘tayotgan COP29 doirasidagi Jahon yetakchilari sammitida ishtirok etmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston yetakchisi fuqarolarimiz Haj va Umra ziyoratlarini ado etishlariga yaratilgan sharoitlar uchun Saudiya Arabistoni rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

Shu bilan Ar-Riyodga amaliy tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlandi, davlatimiz rahbari Bokuga jo‘nab ketdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yangi tizim tajribadan oʻtdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan muhtoj shaxslar uchun protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalarini vaucher asosida elektron tijorat orqali olish tizimi yoʻlga qoʻyilgan edi. Bu tizim muvaffaqiyatli tajribadan oʻtdi.

Tizim 1-oktyabrdan boshlab respublikaning barcha hududlarida ishlab kelmoqda. 1-noyabrdan boshlab esa, Agentlik tomonidan muhtojlikni aniqlash ishlari yanada faollashdi.

Mahsulotlar nogironligi boʻlgan shaxslarga ( Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xulosasi asosida) va pensiya yoshidagi nogironligi boʻlmagan shaxslarga (Vrachlik maslahat komissiyasining tibbiy xulosasi asosida) bepul beriladi.

Protez-ortopediya vositalariga ehtiyoji boʻlganlar “Inson” markazlari va mahallalardagi ijtimoiy xodimlarga yoki 1140 qisqa raqami orqali Call-markazga murojaat qilishlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekistonda “yashil” energiya uchun aholiga 8,9 mlrd so‘m subsidiya berildi

2023-yilning 1-aprelidan boshlab xonadoniga quyosh paneli o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan edi.

2024-yilning 9 oyi davomida ushbu dasturdan foydalangan 6 mingdan ortiq jismoniy shaxsga davlat byudjetidan 8,9 milliard so‘mdan ortiq subsidiya ajratilgan.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:

🔹Xorazm viloyati — 2,1 millird so‘m;
🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1,5 milliard so‘m;
🔹Toshkent shahri — 1,2 milliard so‘m.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 27 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Raxshona Ahmedova. Orzu va dengiz

Izoh
: Tastubeklik Amangeldi otani bilmaydigan odam yo‘q. Yoshi yetmishdan oshgan bu qariyani butun ovul taniydi. O‘zi qotmadan kelgan, chuvakkina chol, lekin tinim bilmaydi. Cho‘qqaygan soqoli, yakkam dukkam mo‘ylovi bor, butun yuzini tirish qoplagan bu chol sahiyligi bilan ham nom qozongan. Orolga kelgan borki, uning mehmoni. Shungamikan, otani butun Orol bo‘yi, hatto Toshkan taniydi...

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/raxshona-ahmedova-orzu-va-dengiz" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/raxshona-ahmedova-orzu-va-dengiz

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/FprIrociI-8

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev 11-13-noyabr kunlari xalqaro sammitlarda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan 🇸🇦Saudiya Arabistoni va 🇦🇿Ozarbayjonda bo‘ladi.

1️⃣ Davlatimiz rahbari 11-noyabr kuni G‘azo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topish choralarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.

2️⃣ 12-13-noyabr kunlari O‘zbekiston yetakchisi BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida qatnashadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun — tibbiyot xodimlari kuni!

Bayramingiz muborak, hurmatli tibbiyot tizimi xodimlari!

Ilohim, mashaqqatli mehnatlaringizga Alloh o‘zi kuch-quvvat bersin.

Barcha tibbiyot xodimlariga cheksiz rahmat! Boringizga shukur!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🥇Xushxabar: Afruza Hamdamova — ikki karra jahon chempioni bo‘ldi!!!

Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi FIDE jahon chempionatining 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarida 🇺🇿hamyurtimiz Afruza Hamdamova muddatidan oldin chempion bo‘ldi!

U 10 ta partiyada 9,5 ochko to‘pladi (9 ta g‘alaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanaqa natija ko‘rsatishidan qat’iy nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi.

Afruza o‘tgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida ham muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi va jahon chempioniga aylangan O‘zbekistondagi ilk ayol shaxmatchi bo‘lgandi.

15 yoshli hamyurtimiz bugun ikki karra jahon chempioniga aylandi.

👏🏻Barakalla, Afruza! Ota-onang va ustozlaringga ming rahmat!

Xudo xohlasa, Afruza Hamdamova kattalar o‘rtasida ham jahon chempioniga aylanib, yurtimiz sport tarixida yangi sahifa ochadi, degan umiddamiz va duodamiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Ayrim tadbirkorlarga to‘lagan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi

🏨 Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan vaqtinchalik nizomga ko‘ra, joriy yilning 1-oktyabridan boshlab, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga byudjetga to‘langan soliqning 20 foizi qaytarilishi boshlandi.

🍽 2025-yil 1-yanvardan boshlab esa, umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:

60 foiz va undan yuqori boʻlganda — byudjetga toʻlangan soliqning 40 foizi;
60 foizdan kam boʻlganda — byudjetga toʻlangan soliqning 20 foizi qaytariladi.

📝 Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan soʻng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

📆 Vaqtinchalik Nizom 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g’oliblari ham taqdirlandi

Tan olingan 5 ta eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida (matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika) medallarni qo’lga kiritgan o’quvchilar va ularning ustozlari ham mukofotlandi.

Joriy yil o’quvchilarimiz jami 11 ta medal (1 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza) olishdi.

❓G'oliblarga qanday mukofot va imtiyozlar beriladi?

Prezident qaroriga muvofiq, tan olingan Xalqaro fan olimpiadalari g’oliblariga davlat byudjetidan quyidagicha bir martalik pul mukofoti beriladi:

🥇1-o’rin (oltin medal) uchun:

o'quvchiga — 500 baravar (187 mln 500 ming so‘m);
ustoziga — 450 baravar (168 mln 750 ming so‘m).

🥈2-o’rin (kumush medal) uchun:

o'quvchiga — 300 baravar (112 mln 500 ming so‘m);
ustoziga — 250 baravar (93 mln 750 ming so‘m).

🥉3-o‘rin (bronza medal) uchun:

o'quvchiga — 200 baravar (75 mln so‘m);
ustoziga — 150 baravar (56 mln 250 ming so‘m).

Shuningdek, ushbu o'quvchilar davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz grant asosida talabalikka qabul qilinadi. Ular keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama beriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Подписаться на канал