xushnudbek | Неотсортированное

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Подписаться на канал

Xushnudbek.uz

🏆 Kuzgi mavsum finalini o‘tkazib yubormang!

Bugun, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo’yinining kuzgi mavsum FINALIDA Farrux Rafiqov jamoasi ishtirok etadi.

‼️ Teletomoshabinlar diqqatiga!

Endi muxlislar ham savolga javob topib, 4 mln so‘m yutib olishi mumkin. Buning uchun ko‘rsatuv boshida hamda oxirida beriladigan 2 ta savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob berish kerak.

📩 Javoblar @zakovattanlov_bot orqali qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish hamda botdan qanday to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha mana bu videoqo‘llanmani albatta ko‘rib oling.

✊ Tanlovning barcha ishtirokchilariga omad!

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🔵 “Nasaf” chempion!

Vanihoyat ajdarlar o’z tarixida ilk marta Superliga chempionligini qo’lga kiritdi! Barakalla, yigitlar! Qashqadaryo viloyatining 100 yilligiga ajoyib sovg’a bo’ldi.

“Nasaf” muxlislarini chempionlik bilan tabriklayman!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

✅ Unga ko‘ra, universitet Navoiy davlat pedagogika instituti negizida tashkil etiladi.

✅ Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishlarini universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi;

✅ Universitetda 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab hududiy rivojlanish dasturlariga muvofiq, ehtiyoj yuqori boʻlgan aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, logistika kabi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Siyosiy partiyalar ro‘yxati bo‘yicha saylangan deputatlar ro‘yxati.

Ro‘yxatda vazirlardan hech kim yo‘q. Ya’ni birorta vazir deputat bo‘lmagan. Ertalabdan qayerdan bunaqa ishonarsiz va tekshirilmagan xabar tarqatishdi, hayronman.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyuradi. Safar davomida yirik sanoat obyektlari va ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy soha tashkilotlari bilan tanishish, yangi loyihalarga start berish rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Endi vazirlar deputat bo‘ladimi?

✔️Qisqa javob: menimcha, yo‘q, bironta vazir deputat bo‘lmaydi.

Batafsil javob: joriy yilgi saylovlarda yangicha tizim ilk marta sinovdan o‘tdi. Ya’ni ilgari saylovchilar faqat konkret nomzodga ovoz berardi. Falonchi, pistonchi deb byulletenda yozilgan bo‘lardi.

Joriy yilda o‘sha konkret 75 nafar nomzodlardan tashqari yana 75 ta joy uchun partiyalarga ham ovoz berish qo‘shildi. Ya’ni siz byulletenda partiya nomini tanladingiz.

Har bir partiya saylovdan oldin 75 ta o‘rin uchun 100 nafar o‘z nomzodlari ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida vazirlar, mashhur insonlar, jamoatchilik faollari bor edi. Boshqacha aytganda, bu o‘ziga xos "terma jamoa". Bizning partiyada shunaqa zo‘r odamlar bor, bizga ovoz bering, deyishdi.

Qoida tariqasida, "A" partiya saylovda 30 ta o‘rin olsa, unda haligi 100 kishilik ro‘yxatdagi 1 dan 30-raqamgacha bo‘lgan nomzodlar deputatlikka saylanishi kerak edi. Ammo amalda unday bo‘lmaydi. Saylov kodeksiga ko‘ra, saylangan shaxs deputatlikdan o‘z ixtiyori bilan voz kechishi mumkin. Shunda pastdagilar tepaga ko‘tariladi.

Jaydari tilda, futbol jamoasi misolida aytsak, siz saylovda "Real Madrid" uchun ovoz berishingiz mumkin, ammo asosiy tarkibda qaysi 11 nafar futbolchi maydonga tushishini hal qilolmaysiz.

Xullas, partiyalarning o‘sha 100 kishilik ro‘yxati reklamaga o‘xshagan narsa edi. O‘ziga xos siyosiy texnologiya deyish mumkin.

Yana qaytaraman, shaxsiy fikrimcha, saylangan bironta vazir deputatlikka o‘tmaydi. Barchasi ixtiyoriy rad qilish haqida ariza yozib beradi. Aniq javobni tez orada bilib olamiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Karimov Sherzod Abdurasulovich maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Bunga qadar u Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamentida boʻlim boshligʻi edi.

MMT vazirining avvalgi birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev yaqinda Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlangandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚮 Chiqindidan qarzi borlar elektrdan uzilishi haqidagi xabarlar asosga ega emas. Aslida gap nimada?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 31-oktyabr soat 23:50 dan 5-noyabr soat 23:50 gacha profilaktika ishlari olib borilishi sababli chiqindi uchun barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirish imkoni bo‘lmasligi, natijada elektr energiyasi ham o‘chirilishi haqida xabarlar tarqalgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar berishicha, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Chiqindidan qarzi borligi uchun elektrdan o‘chirish tartibi mavjud emas.

Ammo Prezident farmoniga asosan sal boshqacharoq tartib joriy etiladi. Ya’ni kimningdir chiqindidan qarzi bo‘lsa, elektr uchun to‘lov amalga oshira olmaydi. Toki chiqindidagi qarzini to‘lamaguncha, elektr hisob raqamingiz uchun pul tashlay olmaysiz.

Lekin bu chiqindidan qarzi borligi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri "sveti" o‘chiriladi, degani emas. Masalan, sizning elektr hisob raqamingizda 500 ming so‘m pul oldindan to‘lov mavjud, deb tasavvur qilaylik. Va siz chiqindidan ham qarzdor bo‘lib qoldingiz. Lekin bu qarzni to‘lamayapsiz. Shunda siz elektr hisobingizga pul tashlay olmaysiz. Lekin "svetingiz" o‘chirilmaydi, chunki hisobingizda 500 ming so‘m pul bor. O‘sha pul tugamagungacha hech kim sizning "svetingizni" o‘chirmaydi.

Qachonki hisobingizda pul tugab qolsa va siz chiqindidagi qarzingizni to‘lamasangiz, tabiiyki, shundagina "svetingiz" ham o‘chadi. Chunki yuqorida aytganimdek, elektr hisobiga pul tashlay olmaysiz.

Chiqindidan qarzingiz yopilishi bilan, elektrga ham pul tashlashingiz mumkin bo‘ladi. Bor gap shu.

❗️Mazkur tartib 2024-yilning 1-noyabridan butun respublika bo‘ylab chiqindidan 3 oylik qarzi bor shaxslarga nisbatan joriy etiladi. 2025-yil 1-yanvardan esa chiqindidan 1 oylik qarzdorlarga qo‘llanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yandex Go’dan manfaatli taklif

Faqat 3-noyabrgacha Yandex Go ilovasining “Eats” bo‘limida KFC kombolariga 30% chegirma taqdim etiladi!

Ushbu taklif nimasi bilan ajoyib?

Qulay: To‘g‘ridan-to‘g‘ri ilova orqali buyurtma berasiz, tugmani atigi bir necha marta bossangiz kifoya – sevimli taomlaringiz siz tomon yoʻlga chiqadi.
Foydali: Yandex Go xizmatida foydali aksiyalar talaygina, bunisi esa shunchaki qoyilmaqom! 🔥

Lazzatli taomlardan bahra olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Chegirma muddati tugab qolmasdan avval, hoziroq havola orqali buyurtma bering!

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abbosbek Fayzullayev — Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi!

Terma jamoamizning hujumkor yarim himoyachisi Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan ushbu mukofotga loyiq ko‘rildi.

Fayzullayev milliy terma jamoa safida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urishga erishgan. 2023-yilgi U-20 Osiyo Kubogi chempioni hamda turnirning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan. 2024-yilgi U-23 Osiyo Kubogida kumush medal sohibi sifatida Parij Olimpiadasida ishtirok etdi. Shuningdek, u Rossiyaning «SSKA» klubida ham muvaffaqiyatli to‘p surmoqda.

Barakalla, Abbosbek! Ota-onang va ustozlaringga ming rahmat. Tabriklaymiz!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2025-yil uchun soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlari haqida ma’lumot

Quyidagi soliq stavkalari o‘zgarishsiz saqlab qolinadi:

➖ foyda solig‘i (15%);
➖ jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (12%);
➖ ijtimoiy soliq (12 foiz, byudjet tashkilotlari uchun 25%);
➖ QQS (12%);
➖ yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i (1,5 foiz);
➖ aylanmadan olinadigan soliq (4 foiz);
➖ qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni yetishtirish (o‘stirish) uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (100 so‘m).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️2025-yil uchun Budjetnoma e’lon qilindi

Ushbu hujjat 2025-yil uchun Davlat budjeti loyihasi va 2026-2027-yillar uchun budjet moʻljallari asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🛵🛴 Skuter va samokatdagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi (28-noyabrdan amalga kiritiladi)

Bu bo‘yicha qonun Prezident tomonidan imzolandi.

✅ Qonunga ko‘ra, skuterlar va individual harakatlanish vositalarini boshqarib borayotgan shaxslarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilari talablariga rioya etmasligi —

💰bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida (125 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.

✅ Shuningdek, skuter va samokatlarni belgilangan tartibda nur qaytargichlar va chiroqlar bilan jihozlanmasdan haydasa —

💰BHMning ikkidan bir qismi miqdorida (187 ming 500 so‘m) jarima solinadi.

✅ Individual harakatlanish vositalarining va skuterlarning haydovchilari odamlarni tashisa —

💰BHMning ikkidan bir qismi miqdorida (187 ming 500 so‘m) jarima solinadi.

✅ Skuter yoki individual harakatlanish vositasini boshqarib borayotgan shaxsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan holda yo‘l harakati qoidalarini buzishi —

💰BHMning uch baravari miqdorida (1 mln 125 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.

‼️Mazkur qoidalar Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach, ya’ni 28-noyabrdan amalga kiritiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ochiloff tibbiyot texnikumi AQShda ishlashga tayyorlash boʻyicha maxsus kurslarni taklif etadi

Ochiloff tibbiyot texnikumi Techcenture Academy bilan birgalikda AQSHning bir necha shifoxonalari uchun zarur mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha 3 yil o‘zimizda va 6 oy AQSHda o‘qish imkoniyatlarini taqdim etadi.

Kurslarda AQSH va Angliya standartlari asosida o‘qish va keyinchalik hamshiralik ishi bo'yicha quyidagi malaka imtihonlariga tayyorlash nazarda tutilgan:

➖Hamshiralik ishi (Buyuk Britaniya) — OET Cambridge til sertifikati, CBT malaka imtihoni va OSCE litsenziyasi;

➖Hamshiralik ishi (AQSH) — OET Cambridge til sertifikati va NCLEX litsenziyasi;

➖Hamshiralik ishi va IT (AQSH) — OET Cambridge til sertifikati va NCLEX litsenziyasi.

Kurs davomida yoshlarga ingliz tili noldan boshlab o‘rgatiladi.

Tel: 88-800-80-80 | 55-707-70-70

Litsenziya (№ 319441, 13.07.2024y)

Telegram | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🛫 Zarafshon shahridagi eski aeroport qayta tiklanishi mumkin

Bu haqda bugun Navoiy viloyatida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida yashovchi 200 ming aholi Toshkent shahriga borish uchun avval avtomobilda 250-300 kilometr yoʻl yurib, Navoiy shahriga borishiga to‘g‘ri kelayotgani, keyin esa, bu yerdan poyezd yoki samolyotga oʻtirib, poytaxtga borishga majbur boʻlayotgani qayd etildi.

Shu sababli, Zarafshon shahrida o‘tgan asr 80-yillarida qurilgan va ayni paytda ishlamayotgan aeroport faoliyatini qayta tiklash masalasini oʻrganib, tegishli takliflar kiritish topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun 🔵"Nasaf" jamoasi o‘z tarixida ilk marta Superliga chempioniga aylanishi mumkin. Buning uchun safarda 🔴"Lokomotiv" jamoasini mag‘lub etsa kifoya.

Uchrashuv soat 16:00 da "Do‘stlik" stadionida start oladi. Stadion lokatsiyasi bu yerda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bir mandatli okruglar bo‘yicha saylangan deputatlar ro‘yxati

Ya’ni o‘z okrugida boshqa partiyalardan nomzodi qo‘yilgan 4 nafar raqiblaridan ko‘proq ovoz to‘plagan holda saylangan deputatlar.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#arxiv

Kechki dasturlarimizda lirik chekinish.

Usmon Azim aytganlaridek, yozganlarini tarqatyapmiz, mana :) Sevimli aktyorimiz Farhod Abdullayev ustoz shoirning "Sevgimiz o‘ldimi?" she’rini chiroyli o‘qib bergan.

Ma’lumot uchun: ushbu parcha "Zakovat" intellektual ko‘rsatuvining 2008-yilgi Yangi yil shou o‘yinidan olindi. Unda Erkin Komilov boshchiligidagi aktyorlar jamoasi ishtirok etgan hamda 6-3 hisobida g‘alaba qozongan edi. Jamoa tarkibida rahmatli Fathulla Ma’sudov ham bo‘lgan ekan. Joylari jannatdan bo‘lsin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yomon kontentga qarshi qanday kurashish mumkin?

Instagram, TikTok, YouTube yomon kontentga to‘lib ketyapti, yoshlarimizning ma’naviyati buzilib ketyapti, deb ko‘p noliymiz. Bu holatni tinimsiz tanqid qiluvchilar topiladi. Hatto ba’zilar shu sababli qaysidir manbalarni taqiqlash va bloklab qo‘yishni ham so‘raydi.

Menimcha, taqiqlash yechim emas. Yomon kontentga qarshi kurashishning eng samarali usuli yaxshi kontentlarni ko‘paytirish va bunday kontent tayyorlovchilarni rag‘batlantirish. Boshqacha yo‘lni ko‘rmayman, ochig‘i. Birgina she’riyat misolida aytsam.

O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov umrining so‘nggi yillarida o‘zining juda ko‘p she’rlarini o‘qib bergan va bu videoga muhrlangan. Ochig‘i, o‘sha videolarni tez-tez ko‘rib turaman va har safar mazza qilaman. Shoirning o‘z tilidan o‘qilgan she’rlarning mazasini tushungan tushunadi, bilgan biladi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘sha videolar hozirgacha aylanib turadi va ayrimlari hatto millionlab ko‘rilgan ham.

"Lolazor" podkastining oxirgi sonida O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan suhbatda aynan shu haqida gap ochdim, ularga ham shuni savol o‘laroq taklif sifatida aytdim.

Usmon aka fikrimni ma’qulladilar, ammo ular aytgan ayrim jihatlarda ham jon bor. Ya’ni bizning ulug‘ shoirlarimiz bunaqa texnik masalalar bilan o‘ralashib yurishlari kerak emas, ular mazza qilib ijod qilsin, ijod targ‘iboti bilan esa xos jamoalar shug‘ullansin. Targ‘ib qilganda ham yoshlar uslubida, ularga yoqadigan formatlarda, joriy trendlarni his qilgan holda qiziqarli qilish kerak. Bu ish bilan ayni qaysi tashkilot shug‘ullanishi kerak, kim moliyalashtirishi lozim, bular muhokama uchun alohida boshqa mavzu.

Xullas, bu borada qisqacha fikrim shunaqa. Yuqoridagi videoni ko‘rsangiz, yanada tushunarli bo‘ladi.

Agar shoirning o‘zi o‘qigan she’r qay darajada yoqimli bo‘lishini bilmoqchi bo‘lsangiz, unda Usmon aka podkastning oxirida o‘qigan 2 ta she’rni tinglab ko‘ring.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Transformatsiyaga tayyormisiz?

Hayot tarzingizni raqamli ko‘nikmalar va frilanserlik faoliyatiga doir yangiliklar bilan boyiting!

📌 infocom.uz sayti raqamli ko‘nikmalar va sun'iy intellekt hamda frilanserlik faoliyati bo‘yicha to‘liq bepul kurslarni taklif etmoqda.

🔹 Raqamli savodxonlik — bir qadam oldinda bo‘lish uchun har kuni rivojlaning!
🔹 Frilans-insaytlar — ekspertlardan muvaffaqiyat sirlarini oling!
🔹 Eksklyuziv materiallar — testlar, layfhaklar va o‘quv kurslariga ega bo‘ling!
🔹 Raqamlashtirish sohasi bo‘yicha ish e'lonlari va malakali frilanserlarning xizmatlaridan foydalaning!

Website | Instagram | Telegram
Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇰🇬 Qirg‘iziston madhiyasi qayta yozilishi mumkin

Prezident Sadir Japarov parlament spikeri Nurlanbek Shakiyevning madhiyani o‘zgartirish haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Japarov amaldagi madhiya bundan 33 yil avval, mamlakat endigina mustaqil bo‘lganida yozilganini ta'kidladi.

“Davlat sifatida to‘liq shakllandik, 100 yil o‘tsa ham, biz ozod va mustaqil bo‘lganimizni kuylayveramizmi?”, – deydi u.

Ma'lumot uchun, avvalroq Qirg‘iziston bayrog‘iga ham o‘zgartirish kiritilgandi. Bunga sabab sifatida bayroqdagi quyosh nurlari tasviri kungaboqarga o‘xshab qolgani keltirilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚛 Endilikda yuk avtomobillari yo‘lning chetki chap qatorida harakatlansa, jarimaga tortiladi

Ushbu harakat bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida (187 ming 500 so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi. Ruxsat etilgan hollar bundan mustasno.

Bu haqdagi qonun rasman e’lon qilindi va kuchga kirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Robert Kiyosaki Toshkentga kelmoqda!

Central Asian Universityʼda 5-dekabr kuni moliyaviy savodxonlik haqidagi mashhur "Boy ota, kambag‘al ota" kitobining muallifi tomonidan maxsus master-klass va Cash Flow o‘yini o‘tkaziladi.

O‘rinlar soni cheklangan, soha mutaxassisidan qiziqarli ma’lumotlarni olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🇺🇿 Yangiliklarni o'zbek tilida kuzatib borish uchun
🇬🇧 For reading in English

📞 71 200 05 22, 71 208 12 34

Telegram | Instagram | Facebook | Cauniversity">Youtube | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2025-yilda yalpi ichki mahsulotning 6% o‘sishi, shuningdek inflyatsiya 7% miqdorida bo‘lishi prognoz qilingan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚑🚒 Tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari trasnport vositalari qoida buzganda qo‘shimcha hujjat talab qilinmasdan, tugatiladi

Bu haqda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgarish kiritildi.

Ilgari tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining transport vositalari tomonidan imtiyozdan foydalanilgan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganligi haqida tasdiqlovchi hujjatlar topshirish talab etilar edi. Bu ortiqcha ovoragarchilik va qog‘ozbozlikni keltirib chiqarardi.

Endilikda qonunga kiritilgan yangi o‘zgarish bilan, tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalaridan hech qanday qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi va ma’muriy ishlar tugatiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekistonda xalqaro onlayn servislardan soliq tushumlari 2,1 baravarga o‘sgan

Elektron xizmat ko‘rsatuvchi 61 ta kompaniya tomonidan joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida 101,9 mlrd so‘m soliq to‘langan.

To‘langan soliqlarning 99,9 foizi quyidagi 10 ta kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:

🔹Meta - 41,1 mlrd so'm;
🔹Google - 26,1 mlrd so'm;
🔹Apple - 22,6 mlrd so'm;
🔹Amazon - 3,7 mlrd so'm;
🔹Вooking.соm - 2,2 mlrd so'm;
🔹Zoom - 1,4 mlrd so'm;
🔹Netflix - 1,3 mlrd so'm;
🔹Acca - 1,2 mlrd so'm;
🔹Yandex Europe - 1,1 mlrd so'm;
🔹Xsolla - 900,3 mln so'm.

👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Rodri — «Oltin to‘p-2024» sohibi

U o‘tgan mavsumda Ispaniya milliy terma jamoasi safida Yevropa chempionatida g‘olib bo‘ldi va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Shuningdek, Rodri «Manchester Siti» safida APL chempioni bo‘ldi.

1960-yildan beri birorta ispaniyalik futbolchi “Oltin to‘p” ololmagandi.

Rodri mukofotni olish uchun qo‘ltiqtayoqda chiqdi, chunki u yaqinda xochsimon paylarini uzib olgandi va hozirda davolanmoqda.

Marosimdan bir necha soat oldin Vinisius “Oltin to‘p” olmasligi haqida xabarlar chiqgach, “Real Madrid” jamoasi delegatsiyasi mukofot topshirish marosimi uchun Parijga uchishni bekor qildi va natijalardan norozi ekanligi haqida bayonot berdi.

Boshqa nominatsiyalar:

Eng yaxshi ayol futbolchi — Aytana Bonmati («Barselona»);

Eng yaxshi darvozabon — Emiliano Martines («Aston Villa»/Argentina);

Eng yaxshi murabbiy — Karlo Anchelotti («Real»);

Ayollar futbolida eng yaxshi murabbiy — Emma Hayes («Chelsi»);

Eng yaxshi jamoa — «Real Madrid» (Ispaniya);

Eng yaxshi ayollar jamoasi — «Barselona» (Ispaniya);

Eng yaxshi yosh futbolchi — Lamin Yamal («Barselona»/Ispaniya);

Eng yaxshi hujumchi — Harri Keyn («Bavariya»/Angliya) va Kilian Mbappe («PSJ» va «Real»/Fransiya).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:

bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖ PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.

Bunda:

🔹 qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;

🔹 tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Подписаться на канал