xushnudbek | Неотсортированное

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Подписаться на канал

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Toshkentning 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi bilan tanishdi

Loyihaga ko‘ra, shahar hududi 3 ta zonaga ajratiladi:

1⃣ Konservatsiya zonasida madaniy meros binolari, tarixiy joylar, uylar va yashil hududlar o‘zgarishsiz qoladi;
2⃣ Rekonstruksiya zonasida master-rejalar asosida qo‘shimcha qurilishlar qilish mumkin bo‘ladi;
3⃣ Renovatsiya zonasida eskirgan uy-joylar va binolar o‘rniga yangi qurilishlar amalga oshiriladi.

🌳 Shahar va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytirilib, 25 ming gektarga yetkaziladi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yashil maydon hozirgi 3 kvadrat/metrdan 6 kvadrat/metrga oshadi.

Davlatimiz rahbari Toshkentni kamida 7,5 million odam yashashi va ishlashi uchun qulay sharoitga ega yirik megapolisga aylantirish zarurligini taʼkidladi.

Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yuqorichirchiq, Oʻrtachirchiq va Toshkent tumanlarini poytaxt bilan yaxlit aglomeratsiya asosida rivojlantirish boʻyicha topshiriqlar berildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekistondagi 3 ta universitet "THE" top universitetlari ro‘yxatiga kiritildi, ulardan bittasi TOP-1000 da

Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti o‘zining World University Rankings-2025 TOP-1000 oliygohlari reytingini e'lon qildi.

Reytingdan O‘zbekistondagi uchta OTM o‘rin oldi. Bular:

🔹 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (601-800-o‘rin);
🔹 Oʻzbekiston milliy universiteti (1001-1200-o‘rin);
🔹 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (1501-o‘rin).

Bundan tashqari 48 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti reportyor (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritildi.

Avvalroq Buyuk Britaniyaning “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro agentligi e’lon qilgan reytingda O‘zbekistonning ikkita universiteti ilk marta TOP-1000 ga kirgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun 2500 so‘mdan to‘lash belgilandi. Bugungacha 1500 so‘m edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Monopoliyalarni tartibga solgani uchun Nobel mukofotiga erishgan olim Oʻzbekistonga keladi

14-oktyabr kuni soat 16:00 da dunyoning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri, Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirolning ochiq ma'ruzasi bo’lib o’tadi.

Jan Tirol monopoliyalarni boshqarish va xalq farovonligiga erishish kabi mavzularda izlanish olib borgan.

Mazkur ochiq ma’ruza “Yangi O'zbekiston” universitetining Yosh iqtisodchilar hamjamiyati tomonidan Zakovat klubi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Qatnashish uchun quyidagi havola orqali joy band qilib qo‘yishingiz mumkin: https://bit.ly/3TUxz8k


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Pavel Durov Telegram ilovasining yangi versiyasiga 10 ta o’zgarish kiritilishini ma’lum qildi.

O’zgarishlarning eng asosiysi — endilikda xabar (post) yuborilgandan so‘ng unga foto va video qo‘shish imkoniyati bo’ladi. Bungacha faqat yuborilgan media faylni boshqasiga almashtirish mumkin edi, ammo yoniga yangisini qo’shib bo’lmas edi.

Shuningdek, endilikda xabar tahrirlangan vaqtni ko‘rish imkoniyati ham paydo bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qasddan badanga yengil shikast yetkazish huquqbuzarligi jinoiy jazo tarkibidan chiqarilmoqda

Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, sog‘likning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq huquqbuzarlik jinoiy jazo tarkibidan chiqarilib, ma’muriy javobgarlik tarkibiga kiritilmoqda.

Shuningdek, ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa:

➖ BHMning 5 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga;
➖ 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Fizika bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofotiga amerikalik va kanadalik olimlar Jon Hopfild hamda Jeffri Xinton sazovor bo‘ldi.

Ular sun’iy neyron tarmoqlari yordamida mashinali o‘rganishni amalga oshirishga imkon beruvchi fundamental kashfiyotlari va ixtirolari uchun taqdirlangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Futzal bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan 🇧🇷braziliyalik Marsenio Toshkent xalqaro aeroportidan uchib ketish vaqtida bojxona nazoratidan Jahon kubogi bilan o‘tishga harakat qilib, hazillashdi.

Bu ijtimoiy tarmoqlardagi mashhur trend bo‘lib, ayniqsa Parij olimpiadasi vaqtida keng tarqalgan edi. Oltin medal olgan sportchilar bojxona ko‘rigidan bo‘ynida medali bilan o‘tishga harakat qilgani tasvirlangan videolar millionlab ko‘rildi.

P.S.: tekshiruv punkti oldida kutib olgan xodim xushmuomala ekan va hazilni to‘g‘ri qabul qildi. Ammo orqadagi qaysidir vallomatning "Qaytar orqaga, qaytar tez-tez" deb do‘q urgani juda xunuk chiqibdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓O‘qituvchilarning oylik ish haqi qachon tushadi?

Ushbu savol aks etgan murojaatlar ko‘p kelyapti. Ustozlarimiz maoshi qachon tushishini bilmoqchi.

Ushbu masala yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rahbariyati bilan bog‘lanib, masalaga oydinlik kiritishga harakat qildim.

Aytishlaricha, barcha texnik nosozliklar o‘z yechimini topgan va o‘qituvchilarga oylik ish haqini tushirish (nachisleniye) jarayoni boshlangan.

Ayni daqiqalarda moliya masalalariga mas’ul barcha xodimlar ishda va maksimal darajada barcha hududlardagi xodimlarga oylik ish haqini ulgurishsa ertalab tonggacha, yoki uzog‘i ertaga tushirishga harakat qilishmoqda.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha 50% ga yaqin xodimlarga oylik ish haqi hisoblab, o‘tkazib bo‘lingan (banklarda ish kuni yopilgani uchun, plastik kartada ertalab ko‘rinishi mumkin).

Xulosa qilib aytganda, ertaga barcha o‘qituvchilarning ish haqlari egalariga yetib boradi, Xudo xohlasa.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

BYD YUAN UP endi O’zbekistonda: shaharda harakatlanish uchun zamonaviy elektr SUV

BYD YUAN UP modelining taqdimot marosimi 16-oktyabr kuni Toshkent shahridagi CAEx ko’rgazmalar zalida bo‘lib o‘tadi. Bu model O’zbekistonda faqat premium "401km Flagship” variantida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

177 ot kuchi, 290 Nm aylanish lahzasi va 0 dan 100 km/soatgacha tezlanishi 7.9 soniya bo‘lgan BYD YUAN UP haydovchilarga zavqli va tezkor boshqaruv tajribasini kafolatlaydi. Uning narxi taqdimot marosimida e’lon qilinadi.

Ma’lumotlar uchun:

• Rasmiy ishonch telefoni: 1811
• Veb-sayt: https://bydauto.uz

Instagram | Facebook | Telegram | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oxirgi ikki yilda Sirdaryo viloyatida 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etgani aniqlangan

Sirdaryo viloyatida 2023-yilda jami 324 ta, 2024-yilning 8 oyi davomida esa 216 ta korrupsiyaviy jinoyat sodir etilgan.

Ular orasida mahalliy hokimliklar mansabdorlari ham bor. Jumladan:

2023-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning 21 tasi (3 nafar hokim, 1 nafar hokim o‘rinbosari va 17 nafar hokimlik xodimi);

2024-yilda esa 11 tasi (2 nafar hokim, 3 nafar hokim o‘rinbosari, 2 nafar hokimlik xodimi, 3 nafar obodonlashtirish, 1 nafar yagona buyurtmachi xizmati injinering kompaniyasi) mahalliy hokimliklar mansabdorlari hissasiga to‘g‘ri keladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 7-8-oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏆 Braziliya – 6 karra Jahon chempioni!

🇧🇷 Braziliya 2:1 Argentina 🇦🇷

3-o’rin esa 🇺🇦Ukrainaga nasib qildi.

Shu bilan O’zbekistonda o’tgan futzal bo’yicha jahon chempionati muvaffaqiyatli o’z yakuniga yetdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

ENERGETIKA VAZIRI BILAN: BOYSUN FOJIASI, AES, 200 KILOVATT VA H.K. — Lolazor podcast

📹 https://youtu.be/gaof8I6P454

Dam olish kunlarida maroqli tomosha tilaymiz. YouTube’da layk bosib va izoh yozib bitta yondirvoraylik🔥 Bu sonni ko’pchilik ko’rishi kerak.

Suhbat mundarijasi:

00:00 Tizer
01:52 Mehmonimiz — Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov
02:57 Qish mavsumida xalqimizni nima kutyapti?
07:57 Qishda svet o‘chadimi?
11:40 Gaz zapravkalar ochiq-yopiqligini ko’rsatadigan ilova qachon ishga tushadi?
15:38 Boysundagi fojia
18:52 Nega yetarlicha axborot berilmadi?
31:58 Boysunning muammosi — O’zbekiston muammosi
37:55 Egasi bitta kompaniyalarning ham pudratchi, ham burg’ulovchi, ham quruvchi bo’lishi
39:58 AES qurilishi masalasi
49:39 Qurilish qaysi yilda boshlanib, qaysi yilda tugaydi?
54:32 Suyultirilgan gaz nega qimmatlashib ketyapti?
1:04:10 200 kilovatt oshiriladimi?
1:11:26 Tannarxda ochiqlik va shaffoflik masalasi
1:13:53 Gaz qazib chiqarish qisqarishi qachon to’xtaydi?
1:32:48 Yuqori amaldorlarning xususiy sektorga rahbar bo’lishi to’g’rimi?
1:35:46 Mahsulot taqsimlash shartnomalarini bekor qilsa bo’ladimi?
1:38:35 Qishda metan “zapravkalar”da vaziyat qanaqa bo‘ladi?
1:44:36 Mazut yoqishga majburmizmi?
1:48:57 Qachon to’liq xususiy energetika kompaniyalariga o’tamiz?
1:50:33 Quyosh panellarini majburlash bo‘yicha
1:57:35 “2030-yilga borib, biz Yevropaga yashil energiya sotamiz”
2:01:18 Maishiy texnikalarga bojlarni pasaytish bo‘yicha
2:04:12 Vazirning xayrlashuv so’zi

📹 https://youtu.be/gaof8I6P454


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun "Lolazor" podkastining eng qaynoq va bahsli sonlaridan biri e’lon qilinadi. Energetika vazirimiz bilan juda ko‘p mavzularni qizg‘in muhokama qildik.

Bu suhbatni anchadan buyon tashkil qilishga harakat qilgan edik, lekin kutilmagan xizmat safarlari tufayli bir necha bor ortga surilgandi. Mana, nihoyat bugunga nasib qilgan ekan, hechdan ko‘ra kech.

Shu o‘rinda, ochiq muloqotga rozi bo‘lgan va hattoki bunga o‘zi tashabbus bildirgan energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovga minnatdorlik bildiramiz.

Suhbatning to‘lig‘ini doimgidek bugun soat 12:00 dan boshlab YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Jadidlar izidan” respublika tanlovi o‘tkaziladi

Tanlov quyidagi 2 ta toifa doirasida oktyabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi:

1️⃣ 6-7-8-sinflar;
2️⃣ 9-10-sinflar.

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bosqichma-bosqich “Jadidlar izidan” klublari tashkil etiladi.

Respublika bosqichida eng yuqori ball to‘plagan 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.

📋 Tanlov nizomi;
📚 Adabiyotlar ro‘yxati.

Tanlovda ishtirok etish uchun 25-oktyabrga qadar quyidagi havolalar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin:

🔹 6-7-8-sinflar uchun;
🔹 9-10-sinflar uchun.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hammasiga 20 foiz chegirma!

Endi siz ISHONCH do‘konlaridan Artel, Avalon, Vesta, Shivaki va Royal brendlarining barcha texnikasini 20% arzon narx bilan xarid qilishingiz mumkin! Aksiya 20-oktyabrgacha davom etadi.

Batafsil:
📞 +998735152222
@ishonch_chatbot

Telegram
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kimyo bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti oqsillar bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari uchun amerikalik olim Devid Beyker hamda britaniyalik olimlar Demis Hassabis va Jon Jamperga berildi.

Devid Beyker mutlaqo yangi oqsil turlarini ajratgan. Demis Hassabis va Jon Jamperlar esa murakkab oqsillarning tuzilishini bashorat qilishning sun'iy intellekt modelini yaratgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️O‘zbekistonda marburg virusi isitmasining oldini olish uchun choralar ko‘rilmoqda

Sanepidqo‘mitaning ma'lum qilishicha, marburg virusi isitmasining oldini olish va ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadida dunyoning ko‘plab mamlakatlari qatorida O‘zbekistonda ham davlat chegarasini kesib o‘tish joylaridagi Sanitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.

Shu o‘rinda, qo‘mita jiddiy xavotirga o‘rin yo‘qligini bildirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

✔️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovda muddatidan oldin ovoz berish 16-oktyabrda boshlanib, 23-oktyabrda yakunlanadi — MSK.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

UZEX aksiyalariga sarmoya kiriting va dividendlar oling!

Respublika tovar-xomashyo birjasi (UZEX) Xalqсhil IPO doirasida mablag‘larni foydali joylashtirishni taklif qiladi. Birja har yili foydaning kamida 50% ini dividendlarni to‘lashga yo‘naltiradi. 15 yil davomida dividendlar 43,8 so‘mdan 2600 so‘mgacha o‘sib, barqaror o‘sishni ko‘rsatib kelmoqda.

Bundan tashqari, har bir sotib olingan aksiya kapitallashuvni oshirib, 4 ga 1 qo‘shimcha aksiya olish huquqini beradi.

⏳ Aksiyalar soni cheklangan, taklif 2024-yil 28-oktabrgacha amal qiladi.

🤝 Aksiyalarni ipo.e-auksion.uz yoki GoInvest ilovasi orqali xarid qilish mumkin (hozircha Android tizimida mavjud).

Bugun sarmoya tiking va ertaga muvaffaqiyatga erishing!

Batafsil 👉 www.xalqchilipo.uz

Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling:
Telegram xalqchilipo">|YouTube |Instagram | Facebook

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ Kuchli ta'sir qiluvchi dorilarni internetda tarqatganlik va reklama qilganlik uchun javobgarlik belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan, ayrim kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlari va Internetdan foydalangan holda muomalaga kiritganlik va ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Shuningdek, ushbu moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki joʻnatganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Bunday harakat ma'muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan taqdirda, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanishi belgilandi:

➖ BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima;
360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Moliyaviy muammolardan faqat pulni boshqarishni o‘rganib qutulish mumkin.

Ko‘pchilik yoshlarimizda moliyaviy savodxonlik bilan bogʻliq muammo bor — pulni qanday boshqarishni bilmaydi. Ko‘pchilik pulga nisbatan mas’uliyatsizlik sabab qarzlar, kredit muammolari atrofida o‘ralashib qoladi. Pul yig‘ish haqida esa gap bo‘lishi ham mumkin emas.

Katta to‘y va marosimlar borasida hatto katta yoshlilarda ham muammo borligi koʻzga tashlanadi.

Muammolarning sababi faqat daromad kamligida, desangiz adashasiz. Biz moliyaviy savodxonlik va shaxsiy moliyani qanday boshqarishni o‘rganishimiz zarur. Bu borada Asaxiy books tomonidan o‘qilishi juda oson, lekin foydali “Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari” kitobi o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Bu kitobni o‘qib, kichik odatlarimizni o‘zgartirish orqali “hamyon”imizni to‘g‘ri boshqarishni o‘rganamiz.

Moliyaviy erkinlik sari hozirdan qadam qo‘ying! Kitobni hoziroq sotib oling va o‘zingizga yordam bering!

Narxi: 60 000 so‘m

Xarid qilish: asaxiy.uz/u/657996184676e

Buyurtma O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olayotgan xotin-qizlar uchun kontrakt to‘lovlari belgilangan tartibda davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladigan bo‘libdi.

Muammo nimada?

Bank-moliya akademiyasi 2 yil davomida belgilangan kvotadan tashqari talaba qabul qilgan (mendagi ma’lumotlarga qaraganda, qo‘shimcha kvotaga qabul qilingan talabalar soni haddan tashqari ko‘p).

Natijada qo‘shimcha kvota asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontraktini to‘lash bo‘yicha tushunmovchilik yuzaga kelgan. Tegishli tashkilotlar faqat kvota doirasida olingan xotin-qizlarning kontraktini davlat byudjeti hisobidan qoplab beramiz degan. Sababi Prezidentning 15.06.2022-yildagi PQ-279-sonli qarorining 3-bandida quyidagicha belgilangan edi:

b) davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagilar qoplanadi:

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt miqdori.


Shundan so‘ng, Bank-moliya akademiyasi qo‘shimcha kvota asosida magistraturaga kirgan xotin-qizlarga kontrakt to‘lash lozimligini ma’lum qilgan.

Bu esa tabiiyki talabalarda e’tiroz uyg‘otgan. Chunki Hukumatning 15.08.2022-yildagi 447-sonli qarorida magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakti davlat byudjetidan qoplanishi belgilangan, ushbu qaror va u bilan tasdiqlangan Nizomda "qabul parametrlari doirasida" degan jumla mavjud emas.

✅ Muammoning yechimi

Ikkita huquqiy hujjatda ziddiyat mavjud. Aslida "Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, Prezident qarori Vazirlar Mahkamasi qaroridan ustunroq bo‘lishi va qabul parametrlaridan tashqarida qabul qilingan xotin-qizlarga kontraktlar to‘lab berilmasligi kerak edi.

Ammo yangilangan O‘zbekiston Konstitutsiyasining 20-moddasida quyidagicha band belgilangan:

Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.


Shunga ko‘ra, ushbu vaziyatda Hukumat xotin-qizlar foydasiga qaror qabul qildi hamda Bank-moliya akademiyasining magistraturasiga qo‘shimcha kvota bilan qabul qilingan barcha xotin-qizlarning kontrakti davlat byudjetidan qoplab beriladigan bo‘ldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Tibbiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti mikroRNK va uning gen boshqaruvidagi rolini kashf qilgan amerikalik olimlar Viktor Ambros hamda Geri Ravkanga berildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇰🇿 Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha referendumning dastlabki natijalari e'lon qilindi

Referendumda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning 63,66 foizi ishtirok etdi. Ulardan 71,2 foizi mamlakatda AES qurilishini yoqlab ovoz berdi.

“Lolazor” podkastining avvalgi sonlaridan birida AES mavzusi O’zbekistonga ham bevosita taalluqli bo’lgani uchun Qozog’istondagi referendum haqida ham suhbat qurgan edik.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Madinabonu oʻquv markazi barcha oʻquvchi va talabalarni quyidagi kurslarga taklif etadi:

🔹Ingliz tili: IELTS, CEFR
🔹Rus tili, koreys tili, tarix
🔹Ona tili, kimyo, biologiya
🔹Fizika, matematika
🔹Geografiya, huquq
🔹Kompyuter savodxonligi
🔹IT-dasturlash.

Sizga malakali mutaxassislardan iborat jamoa sifatli taʼlim beradi.

Murojaat uchun: @madinabonuadmin | 99-470-80-08

📍Guliston shahar, 5-maktab oldi
📍Yangiyer shahar, Sobiq akademik litsey binosi
📍Xovos tumani, Tinchlik mahallasi

Onlayn roʻyxatdan oʻtish 👉 https://forms.gle/euT7vixbkhnuMUZT8

Madinabonu oʻquv markazi — kelajakka ishonchli yoʻl

Telegram | Instagram | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oʻzbekistonda o’tayotgan futzal bo’yicha Jahon chempionati finalini bevosita kuzatish uchun FIFA prezidenti Janni Infantino Toshkentga kelibdi.

Uni aeroportda sport mas’ullari kutib olishgan.

Eslatib o’tamiz, final birozdan so’ng, soat 20:00 da boshlanadi. Unda 🇧🇷Braziliya va 🇦🇷Argentina terma jamoalari chempion nomini aniqlab beradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Premier — sifatli va hamyonbop maishiy texnika

Har bir oila uchun qulay narxlar va zamonaviy dizaynlar har qanday ehtiyojga mos keladigan mahsulotlarni xarid qilishda asosiy mezonlardan biridir. Premier bilan har kunlik ehtiyojingiz uchun zarur bo‘lgan texnika vositalarini arzon narxlarda, yuqori sifatda xarid qilish imkoniyatiga egasiz.

Siz uchun kerakli bo‘lgan barcha maishiy texnika bir joyda!

PREMIER — hamyonbop texnika!

📞 Batafsil ma’lumot uchun: 71 200-41-00

Telegram | Instagram | Rasmiy sayt | PREMIERUZBEKISTAN">YouTube | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🔴 “Andijon” — O’zbekiston kubogi sohibi bo’ldi!

Bugun “Andijon” O‘zbekiston kubogi finalida Namanganning “Navbahor” jamoasi ustidan g‘alabaga erishib, o‘z tarixida ilk bor kubok sohibiga aylandi!

Dramatik kechgan bahsda jamoalar o‘yinning oxiriga qadar hisobda bir-birlarini quvishdi. Yakunda esa qo’chimcha taymlarning so‘nggi soniyalarida burchakdan oshirilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llagan andijonliklar g‘alabani ilib ketishdi.

🔵Navbahor 2:3🔵Andijon

Gollar: Abrorbek Ismoilov 53', Muhammadkarim Toirov 82', Islom Mamatkazin 116', Farrux Sayfiyev 119', Vladimir Bubanya 120'.

“Andijon” jamoasi muxlislarini tabriklayman!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Подписаться на канал