xushnudbek | Неотсортированное

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Подписаться на канал

Xushnudbek.uz

Bolalar bog’chasidagi ta’sirli ma’ruzani ko’rib, mana bu filmdagi epizod esimga tushib ketdi :)


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ O‘zbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov Xalqaro notariuslar ittifoqining Osiyo ishlari komissiyasiga prezident etib saylandi.

Indoneziyaning Jakarta shahrida Xalqaro notariuslar ittifoqining Osiyo ishlari bo‘yicha komissiyasi majlisi o‘tkazildi. Unda komissiya kelgusi 2 yillik muddat uchun Prezidentlikka nomzodni ko‘rib chiqdi va raislikka bir ovozdan O‘zbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurovning nomzodini ma’qullab, ovoz berdi.

📌 Xalqaro notariuslar ittifoqi – 1948-yil 2-oktyabr kuni Argentinaning Buenos-Ayres shahrida tashkil topgan bo‘lib, barcha besh qit’adan jami 91 mamlakat notariuslarni birlashtiruvchi xalqaro tashkilot hisoblanadi.

O‘zbekiston Notarial palatasi Xalqaro notariuslar ittifoqiga 2021-yil 3-dekabr kuni 91-a’zo sifatida qabul qilingan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Cambridge o‘quv markazi va Yoshlar ishlari agentligi “Kelajak kasblari” doirasida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun ta’lim granti e’lon qiladi.

Endilikda yoshlar Toshkent shahrida joylashgan, ingliz tiliga ixtisoslashgan o‘quv markazida ingliz tilini 6 oy davomida tajribali o‘qituvchilardan bepul o‘rganishlari mumkin.

👉🏻 Grantda ishtirok etish shartlari bilan tanishing

📌 Ushbu ta’lim granti davomida eng yaxshi o‘qigan va o‘zini ko‘rsata olgan yoshlarga Cambridge tomonidan ingliz tili kurslariga qo‘shimcha 5 oylik grant taqdim etiladi.

Aytgancha, xalqaro imtihonlarda yuqori natijalarga erishgan 17 mingdan oshiq yoshlarga 30 mlrd so‘mdan ortiq summa qoplab berilgan edi. Ana endi sizda ham imkoniyat bor!

📬 Grantda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o'ting

📞 Telefon: 78 777 77 74

Telegram | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mamadaminov O’lmasjon Yarmaxammatovich Guliston tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.

***

Ernazarov Komiljon Yo’ldoshaliyevich Oqoltin tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

24 mln dollarlik "yer savdosi"
 
Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi xodimi o‘zganing ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, unga Toshkent tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 10 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 24 mln dollarga sotib olib berishini aytadi.

Tezkor tadbirda, u oldindan kelishilgan 200 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
 
Yana bir holatda O‘rtachirchiq tumanida yashovchi shaxs firibgarlik yo‘li bilan, Bo‘stonliq tumanidagi 4 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xaridorga olib berish evaziga 2 mln 500 ming dollar so‘raydi.

Ushbu shaxs ham so‘ralgan pulning 200 ming dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Har ikkala holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

"Beeline"dan har kuni bonuslar va chegirmalar!

"Chilla" yozgi yarmarkasi munosabati bilan Sizni Beeline Uzbekistan ilovasida sovg‘a sifatida 2023 MB, 60% chegirmali oylik internet-paketlar va boshqa jozibador takliflar kutmoqda.
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shahar markaziga yo‘l o‘tkazgich kerakmi?

Toshkent shahridagi Botir Zokirov va Navoiy ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurishga oid reja haqida xabar tarqalgach, GazetaUz nashri bu reja shaharda piyodalar ustuvorligini taʼminlash haqidagi tamoyilga zid bo‘lgan bahsli qarorligi to’g’risida katta maqola eʼlon qildi.

Maqolada yo‘l o‘tkazgichlar (xalq tilida ko‘prik) tirbandlik muammosini hal qilmasligi, aksincha bu muammoni yana-da ko‘paytirishi va qurilishga sarflangan xarajatiga nisbatan samarasiz ekanligi allaqachon isbotlangani, zamonaviy shaharsozlikda asosiy urg‘u avtomobillarga emas, odamlarga qaratilayotgani aytilib, shu sababli shahar markazida yo‘l o‘tkazgich qurish loyihasini ochiq muhokama qilishga chaqirildi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov GazetaUzga mazkur masalada quyidagicha munosabat bildirdi:

"Shaharda tirbandlik masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Yildan-yilga vaziyat chuqurlashib bormoqda. Modomiki shunday loyiha bo‘ladigan bo‘lsa, uni ishlab chiqish uchun eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinadi. Tabiiyki, jamoatchilik fikri inobatga olinadi. Hozir qandaydir xulosa yoki taxmin qilishning mavridi emas".

P.S.: umid qilamizki, yakunda katta joyni samarasiz egallaydigan qimmat ko’prik o’rniga, odamlar mazza qilib sayr qiladigan, piyoda, velosipedda, samokat va boshqa shu kabi vositalarda erkin harakatlana oladigan hamda yo’l harakati aqlli tashkil etilgan chorrahalar paydo bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Xastimom mahallasida bo‘ldi, xonadonlardagi sharoitlar bilan tanishdi hamda aholi bilan suhbatlashdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏢 Qashqadaryodagi birinchi xususiy OTM — Qarshi xalqaro universiteti haqida

OTMlar tahlilining navbatdagi sonida ilk bor Toshkentdan boshqa hududga – Qarshi shahriga bordik va 1200 dan ortiq talaba tahsil oladigan Qarshi xalqaro universitetida bo‘ldik. U yerda oliygoh rektori, yuridik fanlari doktori va mediator Axtam Yakubov bilan atroflicha suhbatlashdik.

Toʻliq suhbatni tomosha qilish:
📲 https://youtu.be/qihMVz5_3Vk

Suhbat davomida bugungi ta’lim muammolari va yutuqlari, nodavlat ta’lim haqida insonlar qarashi, xususiy sektor rivoji, intellektual salohiyati yuqori bo‘lgan mehnat resurslarini eksport qilish, rektorning dars berishi va boshqa mavzularga to‘xtalib o‘tdik.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi

Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-232-son, 20.07.2023 y.) ko‘ra, yer uchastkalari quyidagi maqsadlar uchun sotiladi yoki ijaraga beriladi:

➖ tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish;
➖ ko‘p kvartirali uylar qurish;
➖ ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini qurish uchun.

Vazirlar Mahkamasi huzurida Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi tuziladi.

Shunga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi direktori yangi lavozimi joriy etiladi.

Direksiya, investorlar, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari 2027-yil 1-yanvargacha O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar uchun bojxona boji to‘lashdan ozod qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti kelajagini taʼlim va ilm-fan bilan bogʻlovchi abituriyentlar uchun!

Ayni kunlarda universitetda bakalavriatning 5 ta yo‘nalishi va magistraturaning 4 ta mutaxassisliklari boʻyicha hujjatlar qabuli davom etmoqda.

👉 Yo‘nalish va mutaxassisliklar bilan tanishing

Oliygoh 2023-2024-o‘quv yilida talabalarga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida shartnoma to‘lov miqdorini o‘zgartirmadi.

📊 Shuningdek, kontrakt to‘lovini 4 ga bo‘lib amalga oshirish mumkin.

💵 Kontrakt narxlari bilan tanishing

👨‍🏫 Eng muhimi, universitet professor-o‘qituvchilar tarkibi 100 foiz ilmiy salohiyatga ega.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti – biz kelajagingiz uchun qaygʻuramiz!

(Litsenziya 055982-son, 28.12.2022y)

📥 Onlayn hujjat topshirish: aifu.uz/Admission

☎️ Call markaz: +998951502222, +998991502228 

📍 Manzil: Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi

🗺 Mo‘ljal: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi

Sayt | TelegramInstagram | Facebook | AIFU_offical">YouTube | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qaysi hududdan eng ko’p abituriyent hujjat topshirdi?
#abituriyent

2023-yilgi bakalavriat qabulida jami 1 mln 18 ming 7 nafar abituriyent onlayn ro’yxatdan o’tdi va yo’nalish tanladi.

BBA ushbu abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo’yicha 5 talikni e’lon qildi:

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;
2️⃣ Samarqand viloyati — 114 180 nafar;
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 94 999 nafar;
4️⃣ Toshkent viloyati — 89 603 nafar;
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning jami soni 1 mln 18 ming 7 nafarni tashkil etdi.

Lekin bu raqam biroz kamayishi mumkin, chunki to'lovni o'z vaqtida, ya'ni 21-iyul soat 23:59 gacha amalga oshirmagan abituriyentlar bu ro'yxatdan chiqib ketadi va testga qo'yilmaydi.

Joriy yilda abituriyentlar soni o'tgan yilgiga qaraganda salkam 200 ming nafarga kamroq bo'ldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hujjat topshirish yakunlandi

Qabulning katta va muhim qismi tugadi. Bo'ldi, endi yo'nalishlarni ham o'zgartirib bo'lmaydi.

Buyog'iga 1 mln abituriyentlar ruxsatnoma chiqishini kutishadi.

Aytgancha, avvalgi yillarda tugatganlar, bugun — 21-iyul kuni soat 23:59 ga qadar 165 ming so'm to'lov qilishlari kerak. Yo'qsa ular testga qo'yilmaydi. Ushbu to'lovni kasbiy (ijodiy) imtihon olinadigan yo'nalishlarga topshirganlar ham to'lashi kerak.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Qabul tugashiga 1 soatdan kamroq vaqt qoldi.

Abituriyentlar soni — 1 mln 9 ming 41 nafar (soat 23:00 holatiga).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Chet elga pul yuborish kerakmi? Paysend — eng yaxshi va ishonchli ko'makchi! Xizmatdan foydalanish uchun ilovani yuklab olish kifoya va dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga pul yuborishni boshlashingiz mumkin.

O'zbekistondan Uzcard, Humo kartalari orqali pul o'tkazmasining miqdoridan qat'i nazar, belgilangan 4 ming 999 so'm* komissiya bilan to'g'ridan-to'g'ri qabul qiluvchining kartasiga yoki uning bank hisob raqamiga pul yuborishingiz mumkin.

Paysend tezkor o'tkazmalar va tranzaksiyalarning xavfsizligini kafolatlaydi. Savollar yuzaga kelsa, 24 soat xizmat ko'rsatish mavjud.

Quyidagi havola orqali ilovani yuklashingiz va batafsil ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Ko’chirib olish

* Ukrainaning Visa kartalariga pul o'tkazish uchun komissiya 9 ming 998 so'mni tashkil etadi.
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihonlari 25-26-iyul kunlari Toshkent shahrida bo’ladi
#abituriyent

Joriy yilning 25-26-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga (5-sinf), 26-iyul kuni esa Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari (7-sinf) uchun kirish imtihonlari Toshkent shahrida o’tkaziladi.

🔹Kirish imtihonlari bir bosqichda yo'nalishlar bo'yicha quyidagi tartibda o'tkaziladi:

Aniq fanlar yo'nalishi uchun:
-matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Tabiiy fanlar yo'nalishi uchun:
-tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

‼️ Javoblarni belgilash (bo’yash) uchun qo’shimcha vaqt berilmaydi, 90 daqiqa ichida bo’yashga ulgurish kerak.

📍Imtihon o‘tkaziladigan manzillar:
“O‘zekspomarkaz” milliy 41.3058497,69.2609315,12z/data=!4m10!1m2!2m1!1z4oCcT-KAmHpla3Nwb21hcmtheuKAnSBtaWxsaXkga2_igJhyZ2F6bWFsYXIgbWFqbXVhc2k!3m6!1s0x38ae8b57296584bb:0xaf3198b9b9fbb534!8m2!3d41.3393135!4d69.2801437!15sCjXigJxP4oCYemVrc3BvbWFya2F64oCdIG1pbGxpeSBrb-KAmHJnYXptYWxhciBtYWptdWFzaZIBC2V2ZW50X3ZlbnVl4AEA!16s%2Fg%2F1trqfl3y?entry=ttu">ko‘rgazmalar majmuasi;
➖ Moliya instituti qoshidagi "Oliy oquv yurtlariaro sport 41.3231351,69.2896535,17z/data=!4m6!3m5!1s0x38aef5584ba85773:0x1e44135da4b01a44!8m2!3d41.3231351!4d69.2914742!16s%2Fg%2F11glw2nf57?entry=ttu">majmuasi".

✔️ Ruxsatnomar tayyor bo’lganda, har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 2023-yil yarim yillik faoliyatiga oid hisobot taqdim etdi. Unda qayd etilgan ayrim raqamlar:

Yarim yilda Palata tomonidan 49 ta qonun qabul qilinib, Senatga yuborilgan. 2021-yilda 35 ta, 2022-yilda esa 40 ta qonun qabul qilingan.

Shu bilan birga, deputatlar tomonidan 4 ta qonun loyihasi rad etilgan.

Parlament nazoratida o‘ziga xos o‘sish kuzatilganini ko‘rish mumkin. Misol uchun, aholini o‘ylantirayotgan masalalar bo‘yicha tushuntirish berish talabi bilan mas’ul vazirlik, idora vakillariga 8 marta parlament so‘rovi yuborilgan. O‘tgan bir yil ichida Parlament so‘rovlari 4 barobar o‘sgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️NRG Uzbekistan xonadon sovg‘a qiladi!

NRG kompaniyasi keng ko‘lamli aksiya e'lon qiladi: endi kompaniyaning turar joy majmualaridan birida ko‘chmas mulk xarid qilinganda, mijozlarda birinchi marta xonadonni sovg‘aga yutib olish imkoniyati mavjud! 🎁

Shuningdek, ishtirokchilar kurort mamlakatga ikki kishilik sayohat, gadjetlar va maishiy texnika yutib olishlari mumkin!

📆 Aksiya 30-oktyabrgacha (shu kun ham kiradi) davom etadi.

❗️Sovg‘alar o‘ynalishida qatnashish uchun quyidagilar talab qilinadi:
– NRG majmualaridan birida xonadon yoki ofis sotib olish;
– umumiy qiymatning kamida 30 foizi miqdorida birlamchi badal kiritish.

📲 Aksiya tafsilotlarini 1060 telefoni orqali yoki NRG rasmiy saytida bilish mumkin.
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mana bu taklifimiz hisobga olinibdi

Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan til sertifikatlari ro’yxatidan chiqarilgan Linguaskill, AIL va Aydin TÖMER sertifikatlari 31-martga qadar (shu kuni ham) olingan bo’lsa, joriy yilda hisobga o’tadi.

Avvalgi e’londa faqat 23-martga qadar, ya’ni vazir buyrug’i qabul qilingan sanagacha olingan sertifikatlar o’tadi, deyilgandi.

Lekin mazkur buyruq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanalida 31-mart kuni soat 18:18 da e’lon qilinganini hisobga olib, muddat ham shu kungacha surilsa ijtimoiy adolatdan bo’ladi, degan edik.

Va yakunda muddat uzaytirildi, o’ylashimcha, bu juda oqilona qaror bo’ldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📹 Qamchiqdagi tunnelda «Isuzu» yonib ketdi

22-iyul kuni soat 03:20da A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻli “Rezak” tunnelida “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan “Isuzu” yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, tunnel devoriga urilgan. Natijada yong‘in kelib chiqqan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Qora oltin” sayyorada qanday paydo bo‘lgan? Qanday qilib topiladi va burg‘ilash uskunalari qanday ishlaydi? Eng asosiysi ushbu ishni amalga oshiradigan insonlar kimlar?

Texnoplov jamoasining Orol dengizi atrofidagi neft konlarida olingan “Qora oltinni izlab” nomli maxsus filmida shu savollarga javob izlangan.

Filmni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/Do8aMqH-3R

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Bugun test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi kuni. Soat 23:59 gacha to‘lov qilish kerak!

Avvalgi yillarda ta‘lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun 165 ming so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirishlari lozim.

To‘lov qilmaganlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va testga kiritilmaydi.

‼️ESLATMA:
ayrimlar chet tilidan ijodiy imtihon olinishi belgilangan 8 ta OTM uchun ham bugun to‘lov qilsa bo‘ladi, deb yurishgan ekan. Yo‘q, bo‘lmaydi! Ushbu yo‘nalishlarga hujjat qabul qilish allaqachon — 10-iyuldayoq tugab bo‘lgan. Hatto bugun ularning imtihoni ham boshlandi. Kim vaqtida to‘lov qilmagan bo‘lsa, ular ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblangan.

Aslida 10-iyulda to‘lov qilishga ulgurmaganlar, 20-iyulgacha qabul bo‘ladigan boshqa yo‘nalishlardan birini tanlashi kerak edi. Shunda 1 yil vaqtdan yutqazmasligi mumkin edi. Hozir endi ham unisidan, ham bunisidan qolib ketdi. O‘z taqdiringizga bu darajada eʼtiborsiz bo‘lmang, iltimos.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun, 21-iyul kuni davlat rahbarining topshirig’iga asosan Bosh vazir Abdulla Aripov Toshkent shahrida “Aziya Invest Favorit” MChJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylardagi xonadonlarni fuqarolarga sotilishi yuzasidan kelib chiqqan nizoli vaziyat qatnashchilarini qabul qildi.

Sayyor qabulda Hukumat komissiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Qabul yakunida ular bilan navbatdagi yakuniy uchrashuv joriy yil avgust oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkazilishi maʼlum qilindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Avval xabar qilinganidek, Telegram messenjeri o’zining Stories funksiyasini ishga tushirdi. Xuddi Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda bo’lgani kabi endi Telegramda ham Stories qo’yish mumkin.

Hozircha Stories qo’yish huquqi faqat Premium obunaga ega foydalanuvchilarda bor. Tomosha qilish uchun esa Premium shart emas, hammaga ko’rinadi. Faqat Telegram dasturini eng oxirgi versiyaga yangilash kerak.

Stories’larda video va fotoni tahrirlash mumkin. Bir paytda telefonning ikkala kamerasini ham (old va orqa) ishlatib video yozish mumkin.

Ishlatib ko’rdim, menga yoqmagan bittagina joyi — bu Stories’ga qo’yilgan reaksiyalar sizga shaxsiy xabar bo’lib kelar ekan. Bu esa shaxsiy xabarlar lentasini to’ldirib tashlayapti. Masalan, 100 kishi reaksiya bossa (👍 yoki ❤️), sizga 100 ta shaxsiy xabar keladi. Telegram kelgusida albatta shuni to’g’rilashi kerak.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

AQShda o’q otar quroldan otib o’ldirilgan 15 yoshli oʻzbekistonlik Faridun Mavlonovning janozasida Nyu-York meri Erik Adams ham qatnashib, marhumning yaqinlariga taʼziya bildirgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 2023-2024 oʻquv yili uchun Tashkent International University of Educationga qabul davom etmoqda!

Hujjatlarni apply.tiue.uz sayti orqali topshirish mumkin. Oʻqishni koʻchirish transfer.tiue.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Yoʻnalishlar:
- Axborot texnologiyalari
- Biznes boshqaruvi
- Taʼlim va taʼlim jarayonlarini boshqarish
- International Foundation.

Taʼlim tili: oʻzbek, ingliz, rus.
Kunduzgi va sirtqi taʼlim.

Qabul imtihoni — atigi ikki fandan! BEPUL!

Litsenziya №054806
41.2929171,69.3584382,17z/data=!3m1!4b1!4m14!4m13!1m5!1m1!1s0x38aef58d820c1c41:0x6a22d2e7b25990ee!2m2!1d69.3561538!2d41.2922009!1m5!1m1!1s0x38aef58639d3ee37:0xee976e78b366b5e8!2m2!1d69.3652145!2d41.2913289!3e2?utm_medium=s2email&shorturl=1">Lokatsiya

☎️ Ma'lumot uchun:
+998-55-512-20-20

Web-site | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2023-yilgi qabul tugadi.

Eh, hozirgi yoshlar mana bunaqa xabarlarni umuman tushunmaydi.

Oldin hujjat topshirish alohida bir katta marosim va tadbir edi. Hozirgilar telefonidan 5 minutda topshirib qo’yyapti, eh, shuyam ish bo’ldiyu…

Bo’mapti, bizning davr boshqacha edi😉


🔘@xushnudbekuz

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Stiven King. Jang (hikoya)

Izoh
: Stiven Kingning "Jang" nomli fantastik hikoyasi sizni "oxiri nima bo'ladi?" degan savol bilan ushlab turadi. Buyurtma evaziga odamlarni o'ldiradigan qotilga g'alati bir quticha keladi. Uning ustiga "Amerika soldati uchun vyetnamcha sandiq" deb yozilgandi. Sandiqchani ochishi bilan jang boshlanadi. Qotil g'olib bo'ladimi, qurbon bo'ladimi? Hikoya so'nggidagi oxirgi gap sizningcha, nimaga ishora bo'lishi mumkin?

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/stiven-king-jang" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/stiven-king-jang

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/bOTxxVWRcxQ

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Qabul tugashiga 2 soatdan kamroq vaqt qoldi. Millionlik dovondan o’tildi.

Abituriyentlar soni — 1 mln 594 nafar (soat 22:00 holatiga).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Подписаться на канал