xushnudbek | Неотсортированное

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Подписаться на канал

Xushnudbek.uz

DavletovUz kanali yozmoqda:

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijonga ko‘chirilmoqda. Institutga yaqin joyda yashovchi aholi esa 18 mingga yaqin daraxtlar taqdiridan xavotirda. Ular hududni milliy boqqa aylantirib berishni so‘ramoqda.

"Ertaga [bu hududga] zavod tushsa yoki boshqa bo‘lsa, ko‘z o‘ngimizda bu daraxtlar kesilib ketib, yo‘q bo‘ladi. Shuning uchun bularni saqlab qolish, chiroyli bog‘ qilish kerak. Bu hudud 19−20 gektarni tashkil qiladi. Xalq shu yerdagi kisloroddan nafas olsin", deydi “Ipakchi” mahallasida yashovchi Abdulla Azimov.

P.S.: Umid qilamizki, hukumat odamlarning fikrini inobatga oladi, kerak bo‘lsa, daraxtlar xilma-xilligini oshirib, hududni to‘laqonli parkka aylantiradi. Yashillik shahar va shaharliklar uchun suv va havodek zarur.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan o‘rinlarning oliy ta’lim tashkilotlari kesimidagi taqsimoti orasida TOSHKENT IQTISODIYOT VA TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI mavjud bo'lib, ta'limning 8 yo'nalishi bo'yicha shartnoma yoki GRANT asosida o'qish imkoniyatini taqdim etadi.

📄Ta'lim yo'nalishlari haqida batafsil

📜Litsenziya № 055482 26.12.2022й.

☎️Ma'lumot uchun:
+998990402236
+998990402237
+998990402238
+998990402243
+998990402246

💻 Rasmiy saytimiz: WWW.UZTITU.UZ
🌐 Elektron ariza to'ldirish qabul.uztitu.uz

Manzil: Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho'pon ota MFY, Kichik halqa yoʻli ko'chasi 50-uy.
📍41.286186,69.1944646,16z/data=!3m1!4b1!4m9!4m8!1m1!4e1!1m5!1m1!1s0x38ae8ba62f4c09c7:0x73f5c26931e9ae97!2m2!1d69.1948906!2d41.2887625?entry=ttu">Lokatsiya

Bizni kuzating:
Telegram  | Instagram | Facebook | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ Ikkinchi mutaxassislik uchun kvotalar tasdiqlandi
#abituriyent

✅ MASOFAVIY
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

2023/2024 oʻquv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga masofaviy taʼlim shakli boʻyicha qabul parametrlarining taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitish tillari boʻyicha TO'LOV-KONTRAKT asosida kvotalar tasdiqlandi.

JAMI: 1 ming 140 ta;
O’zbek tili: 840 ta;
Rus tili: 300 ta.

Hujjatlar my.edu.uz orqali qabul qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Nima uchun "365 kun" sut mahsulotlari yoqimli?

Buning asosiy sababi – "365 kun" sut mahsulotlarining tabiiy sutdan tayyorlanishida.

Yana u taqdim etadigan turli ta'mlar orasida, albatta, har bir mehmonga yoqadigani mavjud. Endi Korzinkadan barcha oila a'zolaringiz uchun sut mahsulotlarini (yogurt, tvorog, qaymoq, kefir va smetana) topishingiz mumkin.

Korzinkadan “365 kun” brendi – tabiiy mazaga ega sof sut mahsulotlari.

Sevimli sut mahsulotlarni havola orqali izlang.

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️12 nafar hokim ishdan olindi. Ularning faoliyatini Bosh prokuratura tekshiradi

Ayni daqiqalarda bo'layotgan videoselektorda Amudaryo, Qo‘rg‘ontepa, Buxoro, Mirishkor, Chiroqchi, Xatirchi, Payariq, Oqoltin, Guliston, Oqqo‘rg‘on tumanlari, Navoiy va Yangiyo‘l shaharlarida tegishli ko‘rsatkichlar pastligi, investitsiya muhiti qoniqarsizligi tanqid qilindi.

Prezident ushbu tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Bosh prokuratura va Hisob palatasiga ushbu hokimlar faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini taʼminlash topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tasdiqladi

Unga ko‘ra ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 87,05 foiz ovozi bilan Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ Ikkinchi mutaxassislik uchun kvotalar tasdiqlandi
#abituriyent

✅ KUNDUZGI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

2023/2024 oʻquv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha qabul parametrlarining taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitish tillari boʻyicha TO'LOV-KONTRAKT asosida kvotalar tasdiqlandi.

JAMI: 4 ming 46 ta;
O’zbek tili: 3 ming 209 ta;
Rus tili: 837 ta.

Hujjatlar my.edu.uz orqali qabul qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Akademik litseylarga qabul yakunlandi
#abituriyent

Yakuniy ma’lumotga ko‘ra, akademik litseylarga jami 33 ming 876 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Ularning 62%i o‘g‘il, 38%i qiz bolalar.

Ma’lumot uchun, bu yil litseylarga jami 14 ming 534 nafar qabul kvotasi belgilangan.

❗️Eslatma: Prezident qaroriga (PQ-200, 03.07.2023-y.) binoan, akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilingan. Qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlari o‘tkazishning aniq sanalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Siz ham oliy ma’lumotli bo‘la olasiz!

Doimiy ishga egasiz. Ish faoliyatingizga xalaqit qilmagan holda ta’lim olib, oliy ma’lumotli bo‘lishni xohlaysizmi? Unda siz uchun ajoyib taklifimiz bor!

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida siz bakalavriatning sirtqi shaklida quyidagi 15 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil olishingiz mumkin:

➖ Turizm;
➖ Iqtisodiyot;
➖ Menejment;
➖ Matematika;
➖ Arxitektura;
➖ Bank ishi va auditi;
➖ Xalqaro munosabatlar;
➖ Soliqlar va soliqqa tortish;
➖ Pedagogika va psixologiya;
➖ Geodeziya, kartografiya va kadastr;
➖ Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
➖ OUS BA (HONS) Buxgalteriya hisobi va moliya;
➖ Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari;
➖ Jismoniy madaniyat;
➖ Tarix.

Kontrakt to‘lovini 5 qismga bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud. Kirish imtihonlarida qatnashish mutlaqo bepul.

Bugunoq hujjat topshiring. Kirish imtihonlarida ishtirok etib, universitetimiz talabasiga aylaning!

Kontrakt narxlari: bit.ly/Talim-yonalishlari

💻 Onlayn hujjat topshirish: qabul.tift.uz

☎️ Call-markaz: +998781132999, +998999932722

👉 Viloyatlardagi qabul ofislari

Telegram | Instagram | Facebook | tiftuniversity">Youtube | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🔴 Alfraganus universitetida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!

👉 Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati

Davlat, nodavlat va xorijiy OTMlardan o’qishni ko’chirish imkoni

📃 Hujjat topshirish:
➖ Onlayn hujjat topshirish platformasi
O‘qishni ko‘chirish platformasi

Katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun Alfraganusni tanlang!

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Tiklanish MFY, Yuqori Qoraqamish ko‘chasi, 2a uy (lokatsiya).

Murojaat uchun: @Alfraganus_callcenter, +99878 122 75 57
(Litsenziya №034974, 12.08.2022y)

Sayt | Telegram | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️KVOTA-2023
#abituriyent

📚 BAKALAVR:

KUNDUZGI127 259 nafar;

SIRTQI49 078 nafar;

KECHKI11 125 nafar.

MASOFAVIY2 825 nafar.

Izoh: nodavlat OTMlardagi kvotalar, qabul natijalari chiqqach davlat OTMlarida super-kontrakt hisobiga olinadigan talabalar hisobiga bu raqam yakunda yana-da ko‘p bo‘ladi.

🎓 MAGISTRATURA17 128 nafar.

❇️ MAQSADLI QABUL:

Sog‘liqni saqlash;

Pedagogika;

Veterinariya;

Ijtimoiy ish;

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun (1 000 ta).

🔰IMTIYOZLI KVOTALAR:

Harbiy tavsiyanomalilar uchun (9 506 ta);

Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (2 000 ta);

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (500 ta);

➖Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 803 ta);

➖Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (1 903 ta);

➖ Harbiylarning farzandlari uchun (hali tasdiqlanmadi);

➖ IIO xodimlari farzandlari uchun (hali tasdiqlanmadi);

➖ Bojxona xodimlari farzandlari uchun (hali tasdiqlanmadi);

➖ Qoraqalpog’istonlik yoshlar uchun (3 000 ta, OTMlar kesimida hali tasdiqlanmadi).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xorijiy davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklamoqda

Jumladan, hozirga qadar:

🇹🇷 Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g‘an;

🇦🇿 Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

🇰🇿 Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart To’qayev;

🇹🇯 Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

🇹🇲 Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;

🇹🇲 Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qilib, saylovda qozongan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy qutlagan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ Bugun chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni
#abituriyent

Bugun, 10-iyul kuni 8 ta oliy ta’lim muassasasining chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga roʻyxatdan o‘tish yakunlanadi.

📌 Joriy yilda 8 ta oliy ta’lim muassasasining chet tili birinchi mutaxassislik fani bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladi.

▶️ Chet tilidan ijodiy imtihon tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan bo‘lib, B1 darajasi formati asosida bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishda chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishini tanlagan abituriyent shu toifadagi 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.

✅ Chet tilidan ijodiy imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.

🖥 Chet tilidan ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi bilan quyidagi videoda batafsil tanishish mumkin: youtu.be/YdpDonXQdQc


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Raxshona Аhmedova. Soyabon ostida (hikoya)

Izoh:
“Kun boʼyi uydasan. Nima qilasan, oʼzi?”– deydi jahllanib.
“Uy tozalayman, kir yuvaman, bolalardan ortmayman”, deging keladi, lekin indamaysan.”

Yosh yozuvchi Raxshona Ahmedovaning “Soyabon ostida” hikoyasi qahramoni- oddiy uy bekasi. U hammaga kerak, hamma undan nimanidir so’raydi. Bir qarasang, u juda baxtli. Bir qarasang, u juda yolg’iz. Uy bekasi sug’ur kunidek davom etadigan hayotida qandaydir mo’jiza kutib yashayapti…

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/raxshona-ahmedova-soyabon-ostida" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/raxshona-ahmedova-soyabon-ostida

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Haj ziyoratiga ketgan va hali qaytib kelmagan yurtdoshlarimiz Makka shahrida tashkil etilgan saylov uchastkasida ovoz berishmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿Nodirbek Abdusattorov The Aimchess Rapid-2023 onlayn turnirining finaliga chiqdi

Hamyurtimiz yarim finalda 🇺🇸Levon Aronyan bilan kuch sinashib, 3 ta partiyadayoq o’yin taqdirini hal qildi va 2,5:0,5 hisobida ishonchli g’alabaga erishdi. U 2 marta oqlarda o’ynab g’alaba qozondi, bitta oartiyada qoralarda durang qayd etdi. Shu sababli oxirgi 4-partiyaga hojat ham qolmadi.

Ikkinchi yarim finalda 🇳🇴Magnus Karlsen 2,5:1,5 hisobida 🇺🇸Fabiano Karuanoni mag’lub etdi. Demak, finalda Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga qarshi dona suradi.

Musobaqa reglamentiga ko’ra, final bahsidan keyin yana Grand final ham bo’ladi. Bunda finalda mag’lub bo’lgan shaxmatchi hamda boshqa mag’lub bo’lganlar o’zaro saralash bahsida qatnashadi.

ℹ️Maʼlumot uchun: The Aimchess Rapid-2023 turniri Chempionlar turi doirasiga kiruvchi 4-yirik turnir bo‘lib, unda turli divizionda 56 shaxmatchi qatnashmoqda. Birinchi divizionda 8 ta grossmeyster bor. Turnir g‘olibiga qimmatli reyting ochkolari bilan birga 30 ming AQSH dollari mukofot tarzda beriladi.

Chempionlar turining o’tgan galgi 3-bosqichi — ChessKid Cup-2023 turnirida Nodirbek Abdusattorov chempion bo’lgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

"Kompromatuzb ishi" bo‘yicha sud jarayonlari 18-iyul kuni boshlanadi

Mazkur ish doirasida sudlanayotganlar:

➖ HumanUz sayti asoschisi Xurshidbek Daliyev;

➖ «O‘zbekneftgaz» sobiq matbuot kotibi Siyovush Xashimov;

➖ Mehnat vazirligining sobiq matbuot kotibi Mavjudaxon Mirzayeva;

➖ fuqaro Ahmadullo Ahmadjonov.

Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 19 nafar jabrlanuvchi va 10 nafar fuqaroviy da’vogar mavjud bo‘lib, jinoyat oqibatida ularga jami 5 mlrd 138 mln so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Jabrlanuvchilar orasida sobiq mehnat vaziri Nozim Husanov, sobiq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori Afzal Irmatov, Andijon shahrining amaldagi hokimi G’ofurjon Abdurahmonov bor.

Sud majlisi 18-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ Ikkinchi mutaxassislik uchun kvotalar tasdiqlandi
#abituriyent

✅ KECHKI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

2023/2024 oʻquv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga kechki taʼlim shakli boʻyicha qabul parametrlarining taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitish tillari boʻyicha TO'LOV-KONTRAKT asosida kvotalar tasdiqlandi.

JAMI: 1 ming 92 ta;
O’zbek tili: 1 ming 14 ta;
Rus tili: 78 ta.

Hujjatlar my.edu.uz orqali qabul qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yganliklari uchun quyidagilar ishdan olindi:

➖ «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi H.Hosilov;
➖ Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi A.Abduvaliyev;
➖ «O‘zsuvta’minot» AJ raisi S.Saifnazarov;
➖ suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari B.Kamalov;
➖ transport vaziri o‘rinbosari A.Mo‘minov.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bor bilim va tajribamni, kuch-g‘ayratimni mehnatkash, mard va olijanob xalqimizning menga bildirgan yuksak ishonchini oqlash uchun safarbar etishga, bu yo‘lda, kerak bo‘lsa, jonimni ham fido qilishga tayyorman” — Shavkat Mirziyoyev.

Prezident saylovni yuqori saviyada tashkil etgani uchun Markaziy saylov komissiyasi, saylov okruglari va uchastkalariga, xorijdagi saylov uchastkalariga kelib, o‘zining siyosiy irodasini namoyon qilgan vatandoshlarimizga, Haj ziyorati davomida faol bo‘lib, saylovda ovoz bergan hojilarga, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlagani uchun huquq-tartibot idoralari xodimlariga, shuningdek, saylov jarayonlarini xolisona baholab, haqqoniy yoritib borgan mahalliy va chet ellik kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillariga minnatdorlik bildirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ Ikkinchi mutaxassislik uchun kvotalar tasdiqlandi
#abituriyent

✅ SIRTQI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)

2023/2024 oʻquv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga sirtqi taʼlim shakli boʻyicha qabul parametrlarining taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitish tillari boʻyicha TO'LOV-KONTRAKT asosida kvotalar tasdiqlandi.

JAMI: 21 ming 72 ta;
O’zbek tili: 17 ming 632 ta;
Rus tili: 3 ming 440 ta.

Hujjatlar my.edu.uz orqali qabul qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Baxtli millionlar o‘z egalarini kutmoqda!

🎁 Ha, ha! UZTELECOM 3 oylik ajoyib sovrinli o‘yinlarni boshlamoqda! O‘z omadingizni sinab ko‘ring va bosh sovrin – har oy 200 000 000 so‘m va har hafta 20, 10, 3 million so‘mni yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiriting. Shuningdek, UZTELECOM tomonidan har hafta 77 kodli 2, 3 va 4-toifadagi chiroyli raqamlar va 200 GB nominalli internet-paketlar o‘ynaladi. Sovrinli o‘yin joriy yil 10-iyuldan 1-oktabrgacha bo‘lib o‘tadi.

📲 Aksiyada ishtirok etish uchun *500# USSD kodini tering va aksiya paketlaridan birini faollashtiring yoki UZTELECOM mobil aloqa yangi abonentiga aylaning.

🥳 UZTELECOM bilan har hafta BAXTLI MILLIONLARINGIZGA ega boʻling!

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿Nodirbek Abdusattorov The Aimchess Rapid-2023 turnirini g‘alaba bilan boshladi.

Hamyurtimiz chorak finalda 🇺🇸Uesli So bilan kuch sinashdi. 4 ta partiyada 2:2 durang qayd etilgandan keyin, Armageddon (qo‘shimcha o‘yin) bo‘ldi, unda Nodirbek Abdusattorov raqibini mot orqali mag‘lub etdi.

Endi Nodirbek yarim finalda 🇺🇸Levon Aronyan bilan o‘ynaydi. Ikkinchi yarim finalda 🇳🇴Magnus Karlsen va 🇺🇸Fabiano Karuano bir-biriga qarshi dona suradi.

ℹ️Maʼlumot uchun: The Aimchess Rapid-2023 turniri Chempionlar turi doirasiga kiruvchi 4-yirik turnir bo‘lib, unda turli divizionda 56 shaxmatchi qatnashmoqda. Birinchi divizionda 8 ta grossmeyster bor. Turnir g‘olibiga qimmatli reyting ochkolari bilan birga 30 ming AQSH dollari mukofot tarzda beriladi.

Chempionlar turining o’tgan galgi 3-bosqichi — ChessKid Cup-2023 turnirida Nodirbek Abdusattorov chempion bo’lgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xususiy OTMning litsenziyasi bekor bo‘lsa, uning talabalari taqdiri nima bo‘ladi?
#abituriyent

Oxirgi vaqtlarda nodavlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan yoki kirmoqchi bo‘lgan ko‘pchilikni shu savol qiziqtirmoqda.

❓Savol: Xususiy OTMning litsenziyasi bekor bo‘lishi mumkinmi?

Javob: Ha mumkin. Faoliyatida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan xususiy OTMning litsenziyasi vakolatli organning talabi bilan bekor qilinishi mumkin.

Savol: Bunday hollarda shu OTMda o‘qib turgan talabaning taqdiri nima bo‘ladi?

Javob: Talabalik maqomini yo‘qotmaydi.

Ilgari qonunchilikda bunga oid aniq qoida mavjud emasdi, boshqacharoq aytganda bu qonunchilikdagi bo'shliq edi. Prezidentning shu yil 3-iyuldagi PQ–200-son qaroriga muvofiq, litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi berildi.

Ya'ni biror nodavlat OTMning litsenziyasi bekor bo'lsa va yopilib ketsa, o'sha yerda tahsil olayotgan talabalar DAVLAT va NODAVLAT ta'lim muassasalariga "perevod" qilishi mumkin. Bu risklarni biroz bo'lsa-da kamaytiradi.

💬 P/S: Albatta, shaxsan men birorta nodavlat OTM yopilmasligi tarafdoriman, chunki endi oyoqqa turayotgan xususiy ta'lim imidji uchun bu katta zarar bo'ladi, xalqimiz xususiy ta'limdan yanada ko'proq xavotirlanishni boshlaydi. Ammo hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin va shunaqa kutilmagan holatlar uchun ham qonuniy yechim yaratib qo'yishdi, shunisi yaxshi bo'ldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Qabul tugashiga 10 kun qoldi: cho‘g‘i kam
#abituriyent

OTMlar uchun qabul boshlanganiga bugun roppa-rosa 20 kun bo‘ldi. Vazirlikning maʼlum qilishicha, 10-iyul kuni soat 09:00 holatiga atigi 331 ming abituriyent hujjat topshirgan.

O‘tgan yilgi qabulning dastlabki 20 kunida 822 ming abituriyent hujjat topshirgan edi. Joriy yil o‘qishga hujjat topshirganlar 2 baravardan ham kamroq bo‘lib turibdi, ya'ni salkam 500 ming nafarga kam.

Bu nima bilan bog‘liq, ochig‘i bilmadim. Balki kvotalarning kechikib eʼlon qilinishi bilanmi (unaqa desak, o‘tgan yili bu yilgidan ham battar bo‘lgandi), balki xususiy OTMlarning soni ko‘paygani bilanmi (lekin bu ham 500 ming kam ko‘rsatkich chiqishiga sababchi bo‘la olmasa kerak), yoki boshqa sababmi, aniq aytolmayman🤷‍♂️

Qabul tugashiga yana 10 kun qoldi. Shu 10 kunda abituriyentlar soni 1 mlnlik marradan o‘tarmikin yoki joriy yilda millionni ko‘rmaymizmi, buni birgalikda kuzatamiz.

ℹ️ Maʼlumot uchun, o‘tgan yili hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 mln 214 ming nafar bo‘lgandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

4-5-iyul kunlari University of Science and Technologies’da “Fan javohirlari” loyihasi doirasida ona tili va adabiyot, biologiya, tarix, matematika va ingliz tili fanlaridan olimpiada imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda umumiy hisobda 120 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinab ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.

E’lon qilingan natijalarga ko‘ra, ushbu 5 yo‘nalish bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 15 nafar o‘quvchi University of Science and Technologies’ga to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

Shu bilan birga, olimpiadada ishtirok etib, 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga 15 mln so‘mlik, 5-o‘rinni qo‘lga kiritganlarga 12 mln so‘mlik va 6-o‘rinni qo‘lga kiritganlarga 10 mln so‘mlik, 7 dan 10 gacha bo‘lgan o‘rinlarga joylashgan o‘quvchilarga 3 mln so‘mlik hamda qolgan ishtirokchilarga 1 mln so‘mlik vaucherlar taqdim etildi.

Aytib o‘tish lozim, “Fan javohirlari” olimpiadasining birinchi bosqichida butun Respublikadan umumiy hisobda 450 nafardan ortiq maktab bitiruvchilari ishtirok etdi. Imtihonda qatnashib, ikkinchi bosqichga o‘ta olmagan barcha o‘quvchilar University of Science and Technologies’ga test sinovlarisiz, imtiyozli asosda kirish imkonini beradigan sertifikat bilan taqdirlandi.

Universitetga qabul davom etmoqda. Hujjatlarni admission.usat.uz sayti orqali topshirish mumkin.

☎️ +99878-888-38-88

📍 Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko‘chasi 71 (mo‘ljal: sobiq Roison binosi)

Telegram | Instagram | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Prezident saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 13 mln 625 mingdan ortiq (87,05%) ovoz olgan.

Qolgan nomzodlarning natijalari quyidagicha:

«Adolat» SDPdan nomzod Robaxon Mahmudova — 4,43 foiz;

➖ XDPdan nomzod Ulug‘bek Inoyatov — 4,2 foiz;

➖ Ekopartiyadan nomzod Abdushukur Hamzayev — 3,74 foiz.

MSK raisi rasman Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

Saylovda davomat 79,8 foizni tashkil etgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Osiyo Xalqaro Universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda

Universitetimiz talaba bo'lish istagidagi yoshlarga keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi. Oliygohda umumiy 14 ta bakalavr va 3 ta magistratura yo'nalishlari mavjud.

✔️ Ta'lim o'zbek va rus tillarida olib boriladi;
✔️ Shuningdek ta'limning kunduzgi, kechki va sirtqi shakllari mavjud;
✔️ Talabalar xorijiy va mahalliy universitetlardan o'qishini ko'chirishlari mumkin.

🌐 Arizalarni qabul.oxu.uz rasmiy sayti orqali qoldirishingiz mumkin.

📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:
+998 55 305 0009

📲 @oxu_admin

🌐
www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Soat 17:00 holatiga 13 mln 459 ming 677 nafar saylovchi (69,85%) ovoz berishda qatnashdi — MSK.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Soat 13:00 holatiga 10 mln 052 ming 289 nafar saylovchi (52,16%) ovoz berishda qatnashdi — MSK.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Подписаться на канал