xushnudbek | Неотсортированное

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Подписаться на канал

Xushnudbek.uz

Osiyo Xalqaro Universiteti to'g'ri tanlov!

ko'proq tanlov imkoniyati;
sifatli va zamonaviy darajadagi ta'lim;
zamonaviy kampus.

🗣Osiyo Xalqaro Universitetida 2023-2024-o’quv yili uchun qabul davom etmoqda.

Umumiy 17 ta yo'nalish:
- 14 ta bakalavriat
- 3 ta magistratura

➡️ Yo'nalishlar va kontrakt narxlari bilan tanishing

Yuqoridagi bakalavr yo'nalishlarida ta'limning kunduzgi, kechki va sirtqi shakllarida tahsil olish imkoniga egasiz.

🎓 Osiyo Xalqaro Universiteti doimo o'z talabalari uchun keng imkoniyatlar yaratib kelgan. Kuchli kadr bo'lish yo'lidagi ilk qadamlarni biz bilan tashlang.

🌐 Ariza topshirish: qabul.oxu.uz
🗂 Litsenziya: 047757-son
Batafsil ma'lumot uchun:
☎️ +998 55 305 0009

🌐 www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Energetika sohasida ayrim tayinlovlar amalga oshirildi

Bahodirjon Sidiqov
— «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi lavozimiga;

Alisher Agzamov — «UzGasTrade» AJ boshqaruvi raisi lavozimiga;

Bahodir Jurayev — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga;

Isaqulov Sardor Dadajonovich — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada Qurʼoni karim yoqib yuborilganini “yovuz harakat” deb atadi va keskin qoraladi

“Ayni vaqtda biz radikalizm va ekstremizmning har qanday ko‘rinishlariga, turli millat va xalqlarning diniy qadriyatlariga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatishga mutlaqo qarshimiz.

Jumladan, yaqinda Shvetsiyada sodir etilgan, muqaddas Qurʼoni karimni yoqib yuborishdek yovuz harakatlarni keskin qoralaymiz.

Yer yuzidagi millionlab insonlarning dinu diyonati, ezgu hissiyotlarini haqorat qiladigan bunday holatlarga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓“Perevod” imtihonida qaysi fanlardan imtihon bo’ladi?
#abituriyent

Xorijdagi OTMlardan yoki yurtimizdagi nodavlat va xorijiy OTMlardan davlat oliygohlariga o’qishni ko’chirish uchun talabgorlar imtihon topshirishlari kerak. Imtihonda belgilangan o’tish balini olgan talabalarga “perevod” uchun ruxsat beriladi.

2023-yil uchun o’tish ballari mana bu yerda:
/channel/xushnudbek/20079

Ko’pchilik joriy yilgi “perevod”da qaysi fandan imtihon olinishi haqida savol bermoqda. Buning javobi quyidagicha:

✅ joriy yilgi “perevod”da o’tgan yilgi qabulda qaysi fanlardan imtihon olingan bo’lsa, o’shalardan imtihon olinadi. Bular:

👉 Majburiy fanlar bloki:
(barcha yo’nalish uchun tushadi)

1) Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili)
2) Matematika
3) O‘zbekiston tarixi

Uchala fanning har biridan 10 tadan savol tushadi, har biri uchun 1,1 ball beriladi.

Majburiy blokdan jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

👉 Taʼlim yo‘nalishiga mos mutaxassislik blokidagi fanlar:
(yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi)

1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3,1 ball;
2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 2,1 ball.

Mutaxassislik fanidan jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

⌛️ O‘ylash uchun jami 3 soat vaqt.

XULOSA: joriy yil “perevod” imtihonida 5 ta fan, 90 ta savol, 189 maksimal ball.

❓Yurisprudensiya yo’nalishlarida qaysi fandan imtihon bo’ladi?

Buning javobi ham oddiy. O’tgan yili qaysi fandan test bo’lgan bo’lsa, bu yil ham shundan bo’ladi. Ya’ni o’tgan yili yurisprudensiya yo’nalishi uchun tarix fani 1-blok asosiy mutaxassislik fani bo’lgan. Shu sababli joriy yilgi “perevod” imtihonida ham tarixdan savol beriladi, huquqdan emas.

Chunki huquqdan birinchi marta bu yil test savollari tushadi. Bu degani kelgusi yilgi “perevod” imtihonlarida yurisprudensiya yo’nalishlari uchun huquqdan savol tushadi, tarixdan emas.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Tegishli sport razryadlari “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritilgan abituriyentlar imtihonlarda ishtirok etishadi
#abituriyent

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida “Sport faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga onlayn hujjat topshirishda faqatgina “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritilgan abituriyentlar imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.

Sport faoliyati yoʻnalishi boʻyicha hujjat topshirayotgan abituriyentlar my.sport.uz havolasi orqali sport sohasidagi interaktiv xizmatlar portaliga kirib mavjud sport unvonlari yoki razryadlari haqida maʼlumot olish xizmati yoʻlga qoʻyildi.

Razryad boʻlsa-yu, biroq ushbu tizimdan chiqmasa, oʻz hududida joylashgan sport tashkilotiga murojaat qilishi kerak boʻladi. Ushbu tizimga razryadlari haqida ma’lumoti kiritlmagan abituriyentlar imtihonlarga qo’yilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Linguaskill bo’yicha qo’shimcha izoh
#abituriyent

Linguskill sertifikati haqidagi ushbu qoida (ya’ni onlayn olingani o’tmaydi, imtihon markaziga borib olingani o’tadi) faqat BAKALAVR uchun taalluqli, magistraturaga aloqasi yo’q.

Magistraturada Linguaskill bilan bog’liq holat quyidagicha:

✅ 2023-yil 23-martgacha olingan va tegishli darajadagi Linguaskill sertifikati, qayerdan olinganidan qat’i nazar (onlaynmi, offlaynmi farqi yo’q) O’TADI;

❌ 2023-yil 23-martdan keyin olingan Linguaskill sertifikati, qayerdan olinganidan qat’i nazar — O’TMAYDI.

Magistratura hamda doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda:
/channel/xushnudbek/20051


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ Shu paytga qadar Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriatiga o‘qishga kirishda IELTS sertifkatiga ega abituriyentlar writing modulidan kamida 5,5 ballga ega bo‘lishi talab etilar edi.
#abituriyent

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan B2 va undan yuqori darajadagi IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarga istisno tariqasida yozish ko‘nikmasi bo‘yicha balidan qat’i nazar ingliz tili fanidan maksimal ball berilishi belgilandi.

✅ Demak, TDYUga kirishda IELTS 5,5 va undan yuqori darajadagi IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarga yozish ko‘nikmasi bo‘yicha balidan qat’i nazar ingliz tili fanidan maksimal ball beriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️KVOTA-2023
#abituriyent

📚 BAKALAVR:

KUNDUZGI127 259 nafar;

SIRTQI49 078 nafar;

KECHKI11 125 nafar.

MASOFAVIY2 825 nafar.

Izoh: nodavlat OTMlardagi kvotalar, qabul natijalari chiqqach davlat OTMlarida super-kontrakt hisobiga olinadigan talabalar hisobiga bu raqam yakunda yana-da ko‘p bo‘ladi.

🎓 MAGISTRATURA17 128 nafar.

❇️ MAQSADLI QABUL:

Sog‘liqni saqlash;

Pedagogika;

Veterinariya;

Ijtimoiy ish;

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun (1 000 ta).

🔰IMTIYOZLI KVOTALAR:

Harbiy tavsiyanomalilar uchun (9 506 ta);

Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (2 000 ta);

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (500 ta);

➖Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 803 ta);

➖Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (1 903 ta);

➖ Harbiylarning farzandlari uchun (hali tasdiqlanmadi);

➖ IIO xodimlari farzandlari uchun (hali tasdiqlanmadi);

➖ Bojxona xodimlari farzandlari uchun (hali tasdiqlanmadi);

➖ Qoraqalpog’istonlik yoshlar uchun (3 000 ta, OTMlar kesimida hali tasdiqlanmadi).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan quyidagi OTMlar uchun kvotalar tasdiqlandi:
#abituriyent

➖ Toshkent shahrida Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti (515 ta kvota);

➖ Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali (500 ta kvota);

➖ M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali (320 ta kvota).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🕋Hojilarimiz qaytib kelmoqda

Bugun, 4-iyul kuni birinchi guruh ziyoratchilarimiz yurtimizga qaytib keladi.

🛫 Yurtdoshlarimiz 22-iyulga qadar Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch va Nukus shaharlariga qaytib kelishadi.

‼️Xabar tahrirlandi. Toshkent shahriga keluvchilar aeroportning o'zida kutib olinar ekan, "Novza" masjidida kutib olish bekor bo'libdi. Diniy qo'mita o'zining avvalgi xabarini tahrirlab qo'yibdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi
#abituriyent

Ushbu ro‘yxatdan qaysi taʼlim yo‘nalishini bitirganlar qaysi magistratura mutaxassisligiga hujjat topshira olishini aniqlash mumkin.

✔️Shuningdek:

🔹respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos (muvofiq) taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi;
🔸turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlarning bitiruvchilari faqat shu taʼlim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi
#abituriyent

Joriy yilda jami 8 ta OTMda 83 ta yo’nalishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon olinadi.

‼️ESLATMA:
ushbu yo’nalishlar uchun hujjatlar qabuli 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Boshqa yo’nalishlarda qabul 20-iyulgacha davom etadi.

Shuningdek, chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarni tanlagan abituriyentlarga faqat yuqorida keltirilgan 8 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlari doirasida beshtagacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati beriladi. Boshqa OTMlardagi yo’nalishlarni tanlab bo’lmaydi (chunki ularda chet tilidan test bo’ladi, bularda esa kasbiy (ijodiy) imtihon).

Bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlarga chet tili fanidan test sinovlari topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlarni tanlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yuqoridagi ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar B1 darajasi formati va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan foiz hisobida tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati
#abituriyent

Ushbu yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlardan tashqari majburiy uchta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) bo’yicha test olinadi.

ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihoni bor mazkur yo’nalishlarni tanlaganda boshqa yo’nalishni qo’shimcha tanlab bo’lmaydi. Ya’ni ushbu yo’nalishlarda 5 tagacha tanlash imkoni yo’q, faqat bitta yo’nalish tanlanadi. Shu sababli ham ushbu yo’nalishlarga topshiruvchilar soni kam bo’ladi, ayrimlarida hatto belgilangan kvotadan ham kamroq talaba qabul qilishga majbur bo’lishmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent 

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN

Respublika miqyosda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami 3 ming 803 ta (o‘tgan yilgidan 183 taga ko‘p) davlat granti bo‘yicha alohida kvota ajratilgan.

▪️Ta’lim shakllari kesimida:

➖ kunduzgi
2 542 ta;
➖ sirtqi981 ta;
➖ kechki223 ta;
➖ masofaviy57 ta.

ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy holatda imtiyozlar faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lar edi, ammo nogironligi bor shaxslar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan.

Qoida bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning maʼlumotlari my.uzbmb.uz  saytida avtomatik o‘zi chiqadi. Qo’lda kiritish shart emas.

Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, Toshkent davlat texnika universitetining kunduzgi shaklida nogironligi bor shaxslar uchun 73 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 200 nafar nogironligi bor abituriyentlar TDTU kunduzgi shakliga topshirgan. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir energetika, kimdir metrologiya, kimdir neft-gaz va h.k.

Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 200 nafar abituriyentlar orasida eng ko‘p ball to‘plagan 73 nafar abituriyent davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 127 nafar nogironligi bor shaxslar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

❓Nogironligi bor shaxslarga 2% ball qo‘shib beradimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent 

5 YIL STAJGA EGA XOTIN-QIZLAR UCHUN

Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda:
/channel/xushnudbek/14477

❗️Bir narsani yodda tuting: ushbu qo‘shimcha kvotalar faqat to‘lov-kontrakt asosida ajratilgan. Mazkur tavsiyanoma grantga kirish huquqini bermaydi.

Ushbu tavsiyanoma barcha taʼlim shakllari uchun taalluqli. Kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviyni tanlash mumkin.

‼️Ushbu tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlar uchun kvota berilmaydi.

❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, O‘zMUda 5 yil staji bor xotin-qizlar uchun 9 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 30 nafar tavsiyanomali xotin-qiz O‘zMUni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir matematika, kimdir tarix, kimdir biologiya va h.k.

Eng avval o‘sha 30 nafar abituriyent o‘zi to‘plagan ball bo‘yicha umumiy tanlovda qatnashadi. Agar o‘zining bali tanlagan beshta yo‘nalishidan qaysidir biriga kirishga yetsa, unda bor baraka, o‘sha yerda o‘qiyveradi, ularga tavsiyanoma qo‘llanmaydi.

Masalan, 30 kishidan 15 nafari o‘z kuchi bilan o‘qishga kirib ketdi, deylik. Yiqilgan 15 nafar xotin-qizlar orasida esa, tanlagan yo‘nalishidan qatʼi nazar, alohida yana tanlov bo‘ladi. Bunda to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 10 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga kontrakt asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi.

❓Bu tavsiyanoma imtiyoz ball qo‘shib beradimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Maktab kutubxonachilarining ish haqi pedagog xodimlar oyligiga tenglashtiriladi

Bu haqda toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.

“Biz madaniyat va sanʼat sohalari vakillari, muzey va kutubxonalar xodimlari ish haqini kelgusi yetti yilda 3 karra oshiramiz.

Bunda, maktab kutubxonachilarining ish haqi pedagog xodimlar oyligiga tenglashtiriladi.

Shuningdek, kelgusi yetti yilda kutubxonalarning 40 millionga yaqin kitob fondi to‘liq raqamlashtiriladi va ularning yagona katalogi yaratiladi.

Umuman, 2030-yilga qadar mamlakatimizdagi barcha kutubxonalar to‘liq taʼmirlanadi. Shu maqsadda 500 milliard so‘m ajratamiz”, – dedi nomzod.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

◽️ O‘qishingiz ishingizga halal bermasin!

Namangan shahrida joylashgan “University of Business and science” da sirtqi ta’lim shakli mavjud bo‘lib, unda Siz bemalol ham o‘qib, ham ishlashingiz mumkin.

E’tiborlisi, UBS’da sirtqi ta‘limda ham grantda o‘qish mumkin!

➡️ Sirtqi va kunduzgi ta’lim shakli yo‘nalishlari haqida batafsil mana bu yerda o‘qing

➡️ Hujjat topshirishda to‘lov qilishingizga hojat yo‘q!

📩 Hujjatlaringizni qabul ofislarida yoki onlayn tarzda (Qabul.ubsu.uz) topshirishingiz mumkin

Manzil: Namangan shahri, Zarbdor MFY, Beshkapa ko‘chasi, 111-uy
(Litsenziya №041778, 05.10.2022-y.)

Telefon: +998781132626, +998907894242

Universitet telegram kanali: @ubsuzbekistan
Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev:

“Mana, keyingi paytda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshiryapmiz.

Ayni paytda oldimizda yangi, yana-da muhim vazifalar turibdi. Jumladan, ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur”.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Ayrim pedagogika yo’nalishlarida staj bo’lmasa ham sirtqi ta’limga hujjat topshirishga ruxsat berildi
#abituriyent

Avval xabar berganimizdek, pedagogika sohasida sirtqi ta’lim shakliga umumiy qabul to’xtatilgan edi. Ya’ni 14 ta pedagogik yo’nalishda sirtqi ta’lim butunlay yopilgan (ro’yxati yuqoridagi suratda), qolgan yo’nalishlarga esa faqat 5 yil pedagogik stajga ega xodimlargina hujjat topshira oladigan bo’lgandi.

Aytaylik, joriy yilda maktabni tugatgan abituriyent hech qaysi pedagogika yo’nalishiga sirtqi ta’lim uchun hujjat topshira olmas edi (kunduzgi va kechki ta’limda bunday taqiq yo’q).

Endilikda Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan, ayrim pedagogik yo’nalishlarning sirtqisiga hujjat topshirishga ruxsat berildi. Aniqrog’i 5 yillik staj talab etiladigan yo’nalishlarning aniq ro’yxati tasdiqlandi. Bular:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.

👆Mana shu 5 ta yo’nalishning sirtqi ta’lim shakliga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘ta oladi. Boshqalarga hujjat topshirishga ruxsat yo’q.

✅ Yuqoridagi 5 ta yo’nalishdan boshqa barcha pedagogik yo’nalishlarning sirtqisiga esa istalgan abituriyentlar hujjat topshira oladi. Masalan:

🔸Pedagogika;
🔸Maktabgacha taʼlim;
🔸Tarix;
🔸Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport;
🔸Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi.

Shu kabi ta’lim yo‘nalishlarining sirtqisiga hujjat topshirish uchun pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish staji talab etilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Zavq bilan ta'lim olish

Toshkent texnologiyalar universitetida o'qish— bu yangi do'stlar orttirish va ta'limni qiziqarli jarayonga aylantirish. Bu esa yangi bilimlarni o'zlashtirish uchun muhim omillardan biridir.

Siz ham bizning talabamiz bo'ling.

Savollar uchun: @ttualoqabot
📞 +998(71)200-80-40

Telegram | Instagram
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️ Linguaskill sertifikati rasmiy imtihon markazlarida imtihon topshirib olgan abituriyentlar uchun inobatga olinadi
#abituriyent

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan quyidagi tartib belgilandi:

▶️ 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining bakalavriga o‘qishga qabul qilishda Cambridge Assessment English Linguaskill xalqaro sertifikati faqatgina Cambridge Assessment English tashkilotining rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan imtihon markazlarida tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida imtihon topshirib olgan abituriyentlar uchun inobatga olinadi.

✅ Demak, imtihon markazlariga bormasdan onlayn tarzda olingan Linguaskill sertifikatlar inobatga olinmaydi, faqat imtihon markazida offlayn olingan B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatlar uchungina maksimal ball beriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#abituriyent

Davlat qabul komissiyasining qaroriga ko’ra, quyidagilarga istisno tariqasida ruxsat berildi:

🔹 abituriyentlarga tugatgan ta’lim muassasasidan qat’i nazar ta’lim tili qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) tillardan birida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishga;

🔹 “Oliy hamshiralik ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga hamshiralik, akusherlik ishi va feldsherlik bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan abituriyentlar ham ro‘yxatdan o‘tishiga.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bizning talabalarimiz — kelajakka bo'lgan ishonch timsoli. Chunki Toshkent amaliy fanlar universitetida ta'lim olish ularga o'z salohiyatini to'liq ochishga va yirik ish beruvchi kompaniyalarning talablariga mos kadr bo’lishga yordam beradi.

Universitetimiz talabasi bo'ling!

☎️
Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot

Telegram | Instagram
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

‼️Xabar tahrirlandi. Toshkent shahriga keluvchi hojilarimiz aeroportning o'zida kutib olinar ekan, "Novza" masjidida kutib olish bekor bo'libdi. Din ishlari bo'yicha qo'mita o'zining avvalgi xabarini tahrirlab qo'yibdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Endi Mentalaba.uz platformasi orqali O‘zbekistondagi 30 dan ortiq xalqaro va xususiy OTMlarga hujjatlarni ish yoki yashah joyingizdan uzoqlashmasdan turib yuborish imkoniga egasiz.

❗️ Shoshiling! Mentalaba.uz’da ko‘plab xalqaro universitetlarda qabul nihoyasiga yetmoqda!!!

Qabul muddati tugayotgan OTMlar:
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti5-iyul

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti5-avgust

Coventry University15-avgust

Hoziroq Mentalaba.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘ting va xalqaro oliygohlarga hujjat topshiring.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️QABUL KVOTASI-2023: magistratura
#abituriyent

Magistratura uchun mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha kvotalar bilan tanishing.

JAMI: 17 ming 128 ta;
Davlat granti: 8 ming 938 ta;
To’lov-kontrakt: 8 ming 190 ta.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent 

HARBIY TAVSIYANOMALILAR UCHUN

Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 506 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

➡️ kunduzgi6 356 ta (davlat granti - 1 746 ta, to‘lov-kontrakt - 4 610);
➡️ sirtqi2 453 ta (to‘lov-kontrakt);
➡️ kechki556 ta (to‘lov-kontrakt);
➡️ masofaviy141 ta (to‘lov-kontrakt).

❗️ESLATMA: harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas.

❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, Toshkent moliya institutida harbiy tavsiyanomalilar uchun 104 ta kvota (5 ta grant, 99 ta kontrakt) ajratilgan. Aytaylik, 300 nafar tavsiyanomali abituriyent TMIni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir moliya, kimdir sug’urta ishi, kimdir buxgalteriya va h.k.

Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 300 nafar harbiy tavsiyanomalilar to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 104 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga grant yoki kontrakt asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 196 nafar harbiy tavsiyanomalilar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

❓Bu tavsiyanoma ball qo‘shib beradimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent 

Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun

Respublika bo‘yicha jami 1 ming 903 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

▪️Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi 1 272 ta;
sirtqi491 ta;
kechki112 ta;
masofaviy28 ta.

Ushbu kvota kimlar uchun taalluqli?

• Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar;
• SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari;
• 25 yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan).

❗️ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy holatda faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lar edi, ammo ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan.

Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, Iqtisodiyot universitetining kunduzgi shaklida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun 24 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, shu toifadagi 100 nafar abituriyent TDIUga topshirgan. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir iqtisodiyot, kimdir marketing, kimdir bank ishi va h.k.

Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 100 nafar abituriyentlar orasida eng ko‘p ball to‘plagan 24 nafar abituriyent davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 76 nafar ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

Bu toifadagilarga ball qo‘shib beradimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xorijiy va nodavlat OTMda davlat granti uchun 1000 ta kvota taqsimoti
#abituriyent

1000 ta kvota 38 ta O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga bo‘lib chiqildi.

Bu qanday kvota?

Ushbu 1000 ta grant kvotasi O’zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlarga eng yuqori ball bilan o’qishga kirgan abituriyentlarga beriladi. Boshqacha aytganda davlat ularning kontraktlarini to’lab beradi.

Ayrim jihatlari:

➖ xorijiy va nodavlat OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan va o‘qishni tamomlagandan so‘ng kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlab berish istagini bildirgan abituriyentlar bilan uch tomonlama (kadrlar buyurtmachisi–talaba–oliy taʼlim tashkiloti) shartnoma tuziladi;

➖ eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar shartnoma imzolash istagini bildirmagan taqdirda, shartnoma tuzish huquqi kirish imtihonlarida to‘plagan ballar ketma-ketligiga mos ravishda keyingi o‘rindagi abituriyentga beriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent 

XOTIN-QIZLAR UCHUN
(qo‘shimcha 2000 ta davlat granti kvotasi)

Unga ko‘ra:

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
📍 Andijon viloyati – 183;
📍 Buxoro viloyati – 112;
📍 Jizzax viloyati – 81;
📍 Qashqadaryo viloyati – 193;
📍 Navoiy viloyati – 60;
📍 Namangan viloyati – 165;
📍 Samarqand viloyati – 227;
📍 Surxondaryo viloyati – 155;
📍 Sirdaryo viloyati – 50;
📍 Toshkent viloyati – 177;
📍 Farg‘ona viloyati – 221;
📍 Xorazm viloyati – 110;
📍 Toshkent shahri – 155.

O‘tgan yildagi kabi 3 ta sohaga alohida kvota ajratilgan:

1) aniq va tabiiy fanlar;
2) texnika fanlari;
3) tibbiyot fanlari.

Mana shu uchta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun bo‘ladi.

Masalan, Andijon uchun umumiy kvota 183 ta. Shu jumladan, aniq va tabiiy fanlar uchun 43 ta, texnika fanlari uchun 24 ta, tibbiyot fanlari uchun 29 ta kvota. Jami 96 ta o‘rin mana shu 3 ta sohaga ajratilmoqda. Qolgan 87 ta o‘rin esa boshqa barcha sohalar, masalan gumanitar, ijtimoiy, xizmatlar sohalari va h.k. uchun umumiy tanlov sifatida beriladi.

❓Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?

Batafsil va aniq misollar bu yerda:
/channel/xushnudbek/20045

Eng muhim maʼlumotlar:

✅ bu tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi;
✅ faqat kunduzgi taʼlim shakliga qo‘shimcha kvota berilgan. Sirtqi, kechki yoki masofaviy uchun imtiyoz qo‘llanmaydi;
❗️shu sababli tavsiyanomasi bor xotin-qizlar birinchi yo’nalishga albatta kunduzgi ta’limni tanlashi kerak, yo’qsa tavsiyanoma kuchga ega bo’lmaydi;
✅ ushbu tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.

‼️ Bu 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomadan farq qiladi. U boshqa, bu boshqa. 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan imtiyoz haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
/channel/xushnudbek/14477


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Подписаться на канал