⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent
✅ IJTIMOIY ISH
ℹ️ Izoh: maqsadli qabul degani, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sohasida davlat granti kvotalarining ayrimlari shu suratda ko‘rsatilgan hududlarda doimiy ro’yxatda turuvchi abituriyentlar uchun bo‘lib berilgan degani.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent
✅ PEDAGOGIKA
(olis, chekka va togʻli hududlarda joylashgan umumtaʼlim maktablari uchun)
ℹ️ Izoh: maqsadli qabul degani, xalq ta’limi sohasida davlat granti kvotalarining ayrimlari shu faylda ko‘rsatilgan hududlarda (tuman/shahar) doimiy ro’yxatda turuvchi abituriyentlar uchun bo‘lib berilgan degani.
Masalan, bir tumanga ajratilgan joy uchun boshqa tumandagi abituriyentlar maqsadli qabulda qatnasha olmaydi. Kontraktda esa farqi yo‘q, hududidan qatʼi nazar, barcha umumiy tanlovda qatnashaveradi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent
✅ MASOFAVIY
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)
JAMI: 2 ming 825 ta;
O’zbek tili: 1 ming 995 ta;
Rus tili: 830 ta.
Izoh: masovafiy ta’limda barcha kvotalar to’lov-kontrakt asosida bo’ladi, davlat granti yo’q.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent
✅ SIRTQI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)
JAMI: 49 ming 078 ta;
O’zbek tili: 42 ming 577 ta;
Rus tili: 6 ming 501 ta.
Izoh: sirtqi ta’limda barcha kvotalar to’lov-kontrakt asosida bo’ladi, davlat granti yo’q.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ RASMAN: so‘nggi 6 yillik o’rtacha baholar joriy yilgi imtihonlarda qo’shilmaydi
#abituriyent
Prezidentning tegishli farmoniga asosan, majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirildi.
Joriy yilgi qabulda maktab bitiruvchilariga o’rtacha bahosi qo’shimcha ball sifatida qo’shilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024 o‘quv yilida davlat granti asosida qo‘shimcha 3 000 ta o‘rin ajratildi.
#abituriyent
Bu haqda Prezidentning tegishli farmonida (PF–107-son, 03.07.2023 y.) belgilandi.
Bunda OTMlar va taʼlim yo‘nalishlari kesimidagi takliflar Davlat qabul komissiyasiga 2023-yil 20-iyulgacha taqdim etiladi. Yaʼni shu 3 mingta kvota qaysi OTM va qaysi yo‘nalishlarga berilishi keyinroq maʼlum bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
👩💼Toshkent Kimyo xalqaro universitetining (avvalgi Yodju texnika instituti) magistratura va bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga qabul davom etmoqda.
Bakalavriat yo‘nalishida o‘zbek, rus va ingliz tillarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllarida, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qish imkoniyati mavjud.
Universitet faoliyati Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalangan. (Litsenziya: №044527)
KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi sertifikatlariga ega.
📌Universitet taʼlim yo‘nalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: https://kiut.uz/uz/admission/submenu/tashkent-admission/
🤵Darslar AQSh, Angliya, Misr, Janubiy Koreya va Italiyalik tajribali xorijiy professor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil etiladi.
🗂 Onlayn hujjat topshirish:
Bakalavriat: admission.kiut.uz
Magistratura: masters.kiut.uz
☎️ (+99878) 129-40-40 (ichki raqam – 1).
Telegram | Instagram | Facebook kimyointernationaluniversity/featured">|kimyointernationaluniversity/featured">YouTube | Ta’lim reklamasi
Toshkentda dunyoning 60 ga yaqin mamlakatlardan vakillar qatnashuvchi madaniy meros haftaligiga start berildi.
Bugundan ish boshlagan haftalik Madaniyat va turizm vazirligi hamda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tashabbusi bilan bir qator vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etilmoqda.
7 iyulgacha davom etadigan haftalik davomida bir qator mavzularda konferensiya va davra suhbatlari, uchrashuv va taqdimotlar hamda ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi uy xo‘jaliklarining 84,8 foizi hovlida yashaydi.
Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarda 14,4 foizi va boshqa turdagi uy-joylarda 0,8 foizi istiqomat qiladi.
Ma’lumot 2022-yil bo‘yicha tanlanma kuzatuvlar asosida olingan.
👉 @xushnudbek 👈
Yangilangan sodiqlik dasturi Beeline Club bilan chegirmalar, promokodlar va boshqa bonuslar!
Reklama
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bilan chegarani belgilashga oid shartnomani ratifikasiya qilishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
O‘zbekiston – Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkasiya qilish to‘g‘risidagi Shartnomaga (Toshkent, 2022-yil 22-dekabr) ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi Davlat chegarasining demarkatsiya qilingan chizig‘i uzunligi 2 ming 356 kilometrdan ortiq.
👉 @xushnudbek 👈
🌏 Japan Digital University'ning yangi o'quv binosi ochildi
Maqsadimiz - yuqori tezlikda rivojlanib borayotgan dunyoda aziz talabalarimizning orzularini haqiqatga aylantirish.
👆Yuqoridagi rolikni JDU oliygohida tahsil olish istagi bor bo'lgan do'stlaringiz va yaqinlaringizga yuborishni unutmang!
💥Japan Digital University - O'zbekistondagi ilk raqamli universitet
(Litsenziya №0044 06.12.2021 y.)
👉Hujjat topshirish uchun
☎️ 71-200-05-95
Veb-sayt | Telegram | Instagram Facebook | JapanDigitalUniversity">YouTube | Lokatsiya | Ta'lim reklamasi
«Lox»ga aylanmang!
#firibgar
Musodara qilingan arzon telefon yoki televizor sotaman, deb odamlarni ko‘p aldashmoqda.
Bu qanday bo‘ladi?
1️⃣ Qimmat telefon yoki televizorlarni arzonga sotamiz, chunki bular bojxonada musodara qilingan, deyishadi va bozordan ancha arzon narx aytishadi;
2️⃣ Buning uchun o’sha guruh va botlarga odam qo’shishni so’raydi. Ya’ni siz nechtadir do’stingizni o’sha guruhga qo’shsangiz, sizga arzon narsa sotishadi, yo’qsa sotib ololmaysiz deyishadi.
3️⃣ Pul o’lsin-a, pul o’lsin. Siz hovliqqancha kontaktingizdagi barcha do’stlarni ULARNING RUXSATISIZ😡 o’sha guruhlarga qo’shib chiqasiz (kimnidir ruxsatisiz biror guruhga qo’shish befarosatlik);
4️⃣ Keyin esa qachon menga arzon narsa tegarkin deb kutib yuraverasiz va shimildiriq sohibiga aylanasiz. Sizga baloni ham berishmaydi. Ammo siz do’stlaringizni o’sha noinsoflar guruhiga qo’shganingiz qoladi xolos.
5️⃣ Undan ham yomoni — ayrimlarga “tabriklaymiz, siz yutdingiz, mana bu linkni bosib, arzon narsani oling” degan xabar ham kelishi mumkin.
❌ O’sha linkni zinhor bosa ko’rmang, yoki Telegram profilingizni buzib kirishadi, yoki plastikdagi pullaringizni yechib olishadi.
Baraka topgurlar, tekin va arzon narsalarga o‘ch bo‘lavermanglar. Sizni "lox" qilishlariga yo‘l qo‘ymang. Do‘stlaringizga ham yuboring, ular ham aldanmasin.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿Hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboyev bugun tongda UFCdagi debyut jangini o’tkazdi. Uning raqibi braziliyalik yengilmas Bruno Ferreyro edi.
Nursulton ilk jangida 1-raunddayoq nokaut bilan g’alaba qozondi.
👉 @xushnudbek 👈
“Yunusobod business city” tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatasiya qilish direksiyasi DUK xodimi mazkur markazda ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkordan 300 ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, direksiya va tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, hududdagi eski uylarni buzish va qurilish uchun joy tayyorlash maqsadida tadbirkor muqaddam direksiya hisobiga 22 mlrd so‘m miqdoridagi investitsiya mablag‘i o‘tkazgan.
Ammo direksiya xodimi turli bahonalar bilan qurilish boshlashga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni ortga surgan va masalani ijobiy hal etib berish uchun pul talab qilgan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent
✅ VETERINARIYA
ℹ️ Izoh: maqsadli qabul degani, veterinariya sohasida davlat granti kvotalarining ayrimlari shu suratda ko‘rsatilgan hududlarda (tuman/shahar) doimiy ro’yxatda turuvchi abituriyentlar uchun bo‘lib berilgan degani.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent
✅ SOG‘LIQNI SAQLASH
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)
ℹ️ Izoh: maqsadli qabul degani, sog‘liqni saqlash yo‘nalishida davlat granti kvotalari faqat shu faylda ko‘rsatilgan hududlarda (tuman/shahar) doimiy ro’yxatda turuvchi abituriyentlar uchun bo‘lib berilgan degani.
Masalan, bir tumanga ajratilgan joy uchun boshqa tumandagi abituriyentlar maqsadli qabulda qatnasha olmaydi. Kontraktda esa farqi yo‘q, hududidan qatʼi nazar, barcha umumiy tanlovda qatnashaveradi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent
✅ KECHKI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)
JAMI: 11 ming 125 ta;
O’zbek tili: 9 ming 455 ta;
Rus tili: 1 ming 670 ta.
Izoh: kechki ta’limda barcha kvotalar to’lov-kontrakt asosida bo’ladi, davlat granti yo’q.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️QABUL KVOTASI-2023: bakalavriat
#abituriyent
✅ KUNDUZGI
(ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)
Davlat qabul komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.
JAMI: 127 ming 259 ta;
Byudjet: 34 ming 930 ta;
Kontrakt: 92 ming 329 ta.
👉 @xushnudbek 👈
“Perevod” bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
#abituriyent
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.
Jadvaldan ko’rish mumkinki, o’tgan yilgi o’tish ballari bilan deyarli farq yo’q. Faqat 2 ta yo’nalishda o’zgarish bo’lgan:
🔻 Veterinariya — 60 ball (o’tgan yili 80 ball edi);
🔺 Transport xizmati — 104 ball (o’tgan yili 94 ball edi).
Yuqoridagi o’tish ballari quyidagilarga taalluqli:
1️⃣ xorijdagi OTMlardan yurtimizdagi davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga;
2️⃣ yurtimizdagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga.
O’qishni ko’chirishda o’tish ballarini o’tgan yilgi kirish imtihonlaridagi o’tish ballari bilan tenglashtirishga oid taklif bu yil ham qabul qilinmabdi. Menimcha, bunday qilinsa, “kasha” bo’lib ketadi, yaxshisi umumiyroq va tushunarliroq yagona ball belgilay qolaylik, deyishgan bo’lsa kerak.
ESLATMA: o’qishni ko’chirish bo’yicha arizalar 15-iyuldan onlayn qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Mana bu o’zgarish 2024/2025-o‘quv yilidan kuchga kirar ekan.
#abituriyent
Yaʼni kelgusi yildan boshlab OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, OTM, taʼlim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.
Bu haqda kecha imzolangan Prezident qarorida belgilandi.
Hozirgi tartibda esa abituriyentlar 5 ta yo’nalish ustuvorligini oldindan tanlaydi va keyin o’zgartira olmaydi. Natijalar chiqqach qaysi yo’nalishda o’qishini o’zi tanlash imkoniyati ham hozir yo’q.
👉 @xushnudbek 👈
Akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon bekor qilindi
Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan, yaʼni joriy yilgi qabuldan boshlab:
➖ akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;
➖ kollej va texnikumlarning taʼlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 2 baravarga oshiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Korzinkada keng ko‘lamli yana bir superaksiya boshlanmoqda, bosh sovrin — BYD Song Plus elektromobili!
5-iyundan 30-iyulgacha Korzinka do'konlarida 200 000 so‘m va undan ko‘proqqa Korzinka kartangiz yoki mobil ilovadan foydalanib xaridlarni amalga oshiring hamda bosh sovriniga elektromobil qo'yilgan superaksiya ishtirokchisiga aylaning!
Shuningdek, ushbu muddat oralig‘ida Korzinkada xaridlar uchun har biri 1 000 000 nominalli sovg‘a sertifikatlari ham o'ynaladi! Sizda 200 000 so'mlik xarid orqali bu qiymatdan bir necha ming barobar qimmat turuvchi avtomobilni yutib olish imkoniyati mavjud.
Korzinka bilan orzular ro‘yobi sari intiling.
Yodda tuting — cheklar qancha ko‘p bo‘lsa, sovrin uchun imkoningiz shuncha ko‘p bo‘ladi!
Aksiya shartlari bilan saytimizda tanishishingiz mumkin.
App | Telegram | Facebook | Insta | WebReklama
2023-yil 3-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, 129 ming 863 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan 70 ming 186 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 59 ming 677 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, davlat granti hamda to‘lov-kontrakt bo‘yicha tillar kesimida kvotalar, shuningdek maqsadli qabul, turli toifadagi imtiyozlar (masalan, nogironlar, harbiylarning farzandlari, harbiy tavsiyanomaga egalar va h.k.) uchun ajratilgan kvotalar tez orada eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Kanalimizni kuzatib borsangiz, yangilik bo‘lishi bilan xabar qilamiz.
👉 @xushnudbek 👈
"Dok-1 Max" siropini tayyorlashda sanoat xom-ashyosidan foydalanilgan bo‘lishi mumkin
Manbaning keltirishicha, O‘zbekistonda kamida 19 bolaning o‘limiga sabab bo‘lgani aytilayotgan yo‘talga qarshi siropning ishlab chiqaruvchisi – Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi preparatni tayyorlashda ingrediyentlardan birining farmatsevtik versiyasidan emas, balki sanoatda ishlatiladigan zaharli versiyasidan foydalangan.
Marion Biotech propilenglikol moddasini Maya Chemtech India nomli vositachi kompaniyadan sotib olgan.
Bu kompaniya esa farmatsevtikada qo‘llanadigan materiallarni sotish litsenziyasiga ega bo‘lmagan va faqat sanoatda ishlatiladigan moddalar savdosi bilan shug‘ullangan.
👉 @xushnudbek 👈
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 12 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Shoyim Bo‘tayev. Otam nega jim? (hikoya)
Izoh: Hikoya urush qatnashchisining o‘g‘li tilidan bayon qilinadi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng qochgan ham, quvgan ham o‘zini qahramon deb atagan zamonlar. O‘g‘il otasining do‘sti Xidirbuvaga havas bilan qaraydi, uning hikoyalarini jon qulog‘i bilan tinglaydi. Axir u doim urushda ko‘rsatgan qahramonliklari haqida gapiradi. Ammo otasi hech qachon urush haqida og‘iz ochmaydi. Nega?
📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/shoyim-butayev-otam-nega-jim" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/shoyim-butayev-otam-nega-jim
💬 Muhokama bu yerda.
🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.
📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
🔴 🏥 Toshkent shahrida Alfraganus university hospital ko‘p tarmoqli xususiy klinikasi xizmat ko‘rsatishni boshladi
🤩 Tibbiyot maskanida tajribali shifokorlar jamoasi tun u-kun xizmat qilmoqda. Endi siz o‘zingiz bilan dori-darmon va oziq-ovqat olib yurishingiz shart emas, chunki barcha harakatlarni klinika shifokorlarining o‘zi bajaradi.
🤩 Shifoxana bir kunda 4 mahal sog‘lom va baquvvat bo‘lishingizni ta’minlovchi taomlar bilan ta’minlaydi.
Alfraganus university hospital uchun sifat daromaddan ustun!
☎️ Klinika bilan bog‘lanish uchun: (78) 122 22 44
(Litsenziya №076488, 21.04.2023y)
Telegram | Reklama
Prezident farmoni asosida “Yalla” ansambli tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan quyidagilar mukofotlandi:
«El-yurt hurmati» ordeni bilan
Zakirov Farrux Karimovich - “Yalla” ansambli badiiy rahbari
“Do‘stlik” ordeni bilan
Aliyev Abbos Saidovich - “Yalla” ansambli sozandasi;
Toxtayev Javlon Ramzitdinovich - “Yalla” ansambli sozandasi;
Xalikov Igor Yakubovich - “Yalla” ansambli direktori;
Xalikov Timur Pulatovich - “Yalla” ansambli sozandasi.
👉 @xushnudbek 👈
🏛 Toshkent shahridagi Webster universiteti (AQSh) kuzgi semestriga qabul davom etadi!
O‘zbekistondagi birinchi AQSh universiteti talabasi bo‘lishni istaganlar uchun Webster universiteti o‘zining bakalavr va magistratura dasturlarini taklif etadi:
🎓 Bakalavr dasturlari - Batafsil
Yo‘nalishlar:
🔹 Biznes boshqaruvi;
🔹 Kompyuter fanlari;
🔹 Xalqaro aloqalar;
🔹 Iqtisodiyot;
🔹 Mediashunoslik;
🔹 Axborot tizimlari boshqaruvi;
🔹 Ta’lim (pedagogika).
🎓 Magistr dasturlari - Batafsil
Mutaxassisliklar:
🔹 Biznes boshqaruvi;
🔹 Ta’lim va innovatsiya;
🔹 Boshqa tillarda so‘zlashuvchilarga ingliz tilini o‘rgatish;
🔹 Sog‘liqni saqlash boshqaruvi.
Hujjatlaringizni 31-iyulgacha onlayn tarzda topshiring. Arizalar 14 kun davomida ko‘rib chiqiladi. Tanlov komissiyasining qarori elektron pochta orqali yuboriladi.
📞 Telefon: +998712413300
(Litsenziya №038901 15.09.2022 y.)
Sayt | Telegram | Virtual tur | Ta’lim reklamasi