xushnudbek | Неотсортированное

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Подписаться на канал

Xushnudbek.uz

❗️“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi Rossiya mudofaa vazirligiga qarshi. Asosiy maʼlumotlar:

Hammasi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) rahbari Yevgeniy Prigojinning bayonotidan so‘ng boshlandi. U Rossiya Mudofaa vazirligini “Vagner” jangchilari joylashgan lagerlarga zarba berishda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarba oqibatida ko‘plab “Vagner” jangchilari halok bo‘lgan. Shundan so‘ng Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligiga qarshi urush ochib, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va uning birinchi o‘rinbosari Valeriy Gerasimovni “Vagner”ga topshirishlarini talab qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi, Milliy antiterror qo‘mitasi va Federal xavfsizlik xizmati ketma-ket bayonotlari bilan chiqib, XHK tomon zarba berilgani haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytishdi. Prigojinga nisbatan davlat to’ntarishi ayblovi bilan jinoyat ishi qo’zg’atildi.

Voqealar fonida Rossiyaning turli viloyatlari, xususan poytaxt Moskva va uning viloyatida xavfsizlik choralari kuchaytirilib, barcha muhim obyektlar qo‘riqlanmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Prigojin qo‘l ostidagi “Vagner” XHK ayni paytda Rostov viloyatining katta qismini o‘z nazoratiga olgan. Xususan, yuqoridagi videodan ko’rinadiki, Prigojin Rostovdagi harbiy okrugda Rossiya mudofaa vaziri o’rinbosari Yevkurov va Bosh shtab boshlig’i o’rinbosari Alekseyev bilan gaplashgan hamda Shoygu va Gerasimov ularga topshirilmasa, Moskva tomon yurish qilishini bildirgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏛 Samarqand xalqaro texnologiya universitetida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!

SIUTda darslar AQSh, Italiya, Buyuk Britaniya, Koreya, Xitoy, Hindiston, Polsha, Janubiy Afrika mamlakatlari professorlari tomonidan ingliz tilida olib boriladi.

❗️Oliygoh Koreya va Xitoy o‘quv maskanlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik qiladi.

Siz SIUT bitiruvchisi sifatida o‘zingiz tanlagan sohada yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishingiz va “ERIELL Group”, “Enter Engineering“, “Industrial Energy Group” kabi kompaniyalarga ishga joylashishingiz mumkin.

📌 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul jarayoni 2023-yil 20-iyulgacha davom etadi.

Hujjat topshirish uchun: siut.uz/uz/admissions-uz

Murojaat uchun: +99855 705-50-05, +99897 575-48-29
(Litsenziya 036721-son, 28.08.2022y)

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Nega menda to’lov chiqmayapti?
#abituriyent

JAVOB: agar siz joriy yil emas, avvalgi yillarda tugatgan bo’lsangizu, lekin to’lov qilish uchun invoys chiqmayotgan bo’lsa, demak, siz to’lovdan ozod qilingan 5 ta toifadan birisiz:

1) nogironligi bor shaxs;
2) to’liq davlat ta’minotidagi shaxs;
3) o’zi yoki ota-onasi “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan;
4) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan;
5) Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchalari bitiruvchilari.

Ayrimlar o’zi ham qaysidir tizimga kiritilganidan bexabar. Shu sababli to’lov chiqmayotganidan hayron va testga kirolmay qolaman, degan xavotirda.

Bilimlarni baholash agentligi saytida to’lovdan ozod bo’lgan abituriyentlar uchun nega ozod bo’lgani haqida eslatma chiqadi (yuqoridagi suratlar o’tgan yilgi).

Agar sizda shunaqa yozuvlar chiqsa, demak bilingki, sizda imtiyoz bor va siz testga kirish uchun pul to’lamaysiz. “Testga kirolmay qolar ekanman” degan xavotirga o’rin yo’q.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Mobiuz mobil operatori O'zbekistonda VoLTE texnologiyasini taqdim etmoqda!

VoLTE (Voice over LTE) – bu aloqa sifatining yangi bosqichi hisoblanadi. U 4G LTE tarmoqlaridan foydalanib, qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishga yordam beradi.

Natijada:
- har qanday kompaniya abonentlariga bir necha soniya ichida qo'ng'iroq qilish;
- telefonda gaplashayotganda yuqori darajadagi tiniq ovozga erishish;
- qo'ng'iroq paytida yuqori tezlikdagi internetdan bir vaqtning o'zida foydalanish imkoniyatini beradi.

Hozircha VoLTE xizmati Toshkent va Samarqand shaharlari uchun taqdim etilmoqda, keyinchalik esa butun respublika uchun ochiladi. Xizmatni rasmiy Mobiuz mobil ilovasida faollashtirish mumkin.

Batafsil
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Yevropa davlatlaridan yuqori maosh to‘lanadigan ish topib ketayotgan yurtdoshlarimizga yo‘l chiptasi va “ishchi viza”ni olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Bu haqda qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarni “haqiqiy qahramon” deb atadi

150 ming nafar yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda taʼlim olmoqda.

Bundan tashqari, 2 million atrofidagi yurtdoshlarimiz ro‘zg‘orini tebratish uchun, oilasi, ota-onasi va farzandlaridan uzoqda – xorijda mehnat qilmoqda.

Albatta, musofir yurtda, turli qiyinchilik va mashaqqatlarga chidab, halol mehnat qilib, non topish oson emas. Xorijda bunday sharoitda yashab kelayotgan odamlarimizni haqiqiy qahramon, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

Chet ellarda tajriba va malaka orttirayotgan ana shunday vatandoshlarimizga rahmat aytishimiz kerak”, – dedi prezidentlikka nomzod.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bir kunlik amaldor tarixi. Bu yurtda odam zerikib qolmaydi

Navoiy shahar obodonlashtirish boshqarmasi sobiq boshlig‘i Yusuf Tursunov 1 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani ortidan 2021-yilda sud hukmi bilan 1 yil 6 oy mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosiga tortilgan edi.

21-iyun kuni Y.Tursunov 3 oy sinov muddati bilan yana avvalgi lavozimi — Navoiy shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlanadi.

Tayinlov jamoatchilikka ma’lum bo‘lgach, faollarning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Buning ortidan Yu.Tursunov ertasi kuni, 22-iyunda yana bir bor lavozimidan ozod etildi. Navoiy shahar hokimining qarorida “o’z xohishiga ko’ra” degan asos ko’rsatilgan.

Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan xizmat o‘rganishi o‘tkazilgan. O‘rganish natijasida, kadrlarni rahbarlik lavozimiga tayinlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan intizomiy chora qo‘llanilishi belgilanibdi.

Ha, doimgidek biror kichkina xodim jazo oladi. Masalan, kadrlar bo’limidan biror inspektor yoki uzog’i bilan biror “zam hokim”. Lekin shu lavozimga ongli ravishda, bila turib tayinlagan shahar hokimiga hech narsa bo’lmaydi. Agar hokim rostdan bilmasdan tayinlagan bo’lsa, unda o’ta mas’uliyatsiz ekan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov Xalqaro musulmon ulamolar kengashiga aʼzo sifatida qabul qilindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Minus uch. Qabul boshlanganiga uch kun bo‘ldi, kvotalar haligacha eʼlon qilinmadi
#abituriyent

20-iyundan qabul jarayonlariga start berildi. Abituriyentlar doimgidek beshtagacha yo‘nalishni tanlashlari mumkin (ijodiy imtihoni bor yo‘nalishlarda faqat bitta tanlanadi).

Ammo haligacha quyidagi kvotalar eʼlon qilinmadi:

1) davlat granti bo‘yicha tillar kesimida kvota;
2) to‘lov-kontrakt kvotalari (na umumiy, na tillar kesimida);
3) maqsadli qabul, turli toifadagi imtiyozlar (masalan, nogironlar, harbiylarning farzandlari, harbiy tavsiyanomaga egalar va h.k.) uchun ajratilgan kvotalar.

Aslida qonunchilikka ko‘ra, ushbu maʼlumotlar 20-iyungacha eʼlon qilinishi kerak edi. Uch kunga kechikmoqda. Faqat uch kunga bo‘lsa mayli edi-ya...

Eslatib o‘taman, o‘tgan yili bundan ham battar bo‘lgandi. Aniqrog‘i yaqin o‘n yillikdagi eng rasvolaridan biri bo‘lgandi.

O‘tgan yili 15-iyunda qabul boshlanishi kerak edi. Umumiy kvotalar ham 15-iyunda tasdiqlangan va qabul boshlanish kuni 20-iyunga surilgan.

Ammo tillar kesimidagi kvotalar 27-iyunda, yaʼni umumiy kvotalar tasdiqlangandan 12 kun o‘tib tasdiqlangandi. 1 hafta davomida chala qabul bo‘lgan, yaʼni ro‘yxatdan o‘tish ochiq ediyu, lekin yo‘nalish tanlay olishmasdi. To‘g‘ri, keyinroq qabulni ham 1 haftaga uzaytirishgan va kechikkan kunlarni kompensatsiya qilishgandi.

Joriy yilda garchi kvotalar hali eʼlon qilinmagan bo‘lsa-da, yo‘nalish tanlash imkoni ochildi, bu har holda o‘tgan yilgidan yaxshiroq. Va shu sababli ham bu yil qabul muddati uzaytirilmasa kerak.

Ko‘ramiz, joriy yildagi to‘laqonli kvotalar qachon eʼlon qilinar ekan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#abituriyent

Ko‘pchilik maqsadli qabul haqida tushuntirish berishimni so‘rayotgan edi. 3 yil oldin jonli efirda imkon qadar bu haqida maʼlumot bergandim. O‘sha qismini YouTube kanalimda ko’rishingiz mumkin. Batafsil tushuntirilgan.

Kimga qiziq bo‘lsa, ko‘rib olishlari mumkin.

📲 https://youtu.be/3ROna4WPnDc

Qabulga oid jonli efirning o'zini mana bu yerdan ko'rsangiz bo'ladi, ko'plab foydali ma'lumotlar bor:

📲 https://youtu.be/j9jaLYDE3dI


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hujjat topshirib bo’lgandan keyin yana o’qish joyini o’zgartirsa bo’ladimi?
#abituriyent

JAVOB: Ha, bo’ladi.

Siz toki hujjatlar qabuli tugagunga qadar (20-iyulgacha) bemalol o’z yo’nalishlaringizni o’zgartirishingiz mumkin.

O’tgan yillarda tugatganlar to’lov qilib bo’lgandan keyin ham yo’nalishlarni o’zgartirsa bo’ladi. Bunda to’lov kuyib ketmaydi yoki yana qayta to’lov qilish talab etilmaydi.

21-iyul soat 00:01 dan boshlab, yo’nalishlarni o’zgartirib bo’lmaydi.

Bundan tashqari, sizlarga do’stona maslahatim, tezroq yakuniy qarorga kelib, oldinroqdan aniq belgilab oling. Negadir hamma oxirgi kungacha taqaydi va 20-iyul kuni serverga nagruzka kuchayib ketadi. Shunaqa payti balki saytda uzilishlar ham kuzatilishi mumkin. Tag’in oooooxiriga kelganda 20-iyul soat 23:59 da yo’nalishni o’zgartirgingiz kelib qolib, saytdagi texnik vaziyat sabab buni qilolmay, keyin afsus qilib o’tirmang.

To’lovda ham xuddi shunaqa. Tezroq imkonini topib, to’lovni amalga oshiring. Garchi har yili ko’p marta ogohlantirilsa ham, oxirgi kungacha to’lovni qilmasdan, “voy, esimdan chiqib ketibdi, muddatni uzaytirib beringlar” deya so’rovchilar ko’plab topiladi.

Tezroq bir qarorga kelishni maslahat beraman.


🔘@xushnudbekuz

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🕋Hajga boradigan ziyoratchilar uchun yagona onlayn, ochiq-oshkora navbat tizimi joriy qilinadi

Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Bunda:

— barcha viloyatlarda Haj markazlari tashkil etiladi;
— 2030-yilga qadar haj ziyoratiga boradigan fuqarolar soni bosqichma-bosqich yiliga 24 ming nafarga yetkaziladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ijodiy imtihoni bor yo‘nalish tanlansa, faqat bitta joyga topshira oladimi, boshqa yo‘nalishlarni tanlab bo‘lmaydimi?
#abituriyent

❓Jurnalistika universitetida ijodiy imtihon bo‘ladimi yoki testmi?

Qanday qilib shu va shu kabi savollarga mustaqil javob topish mumkinligini va o‘zi umuman mazkur savollar javobini bilmoqchi bo‘lsangiz yuqoridagi videoni ko‘rishni tavsiya qilaman.

(video o’tgan yilgi)


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutiga QABUL BOSHLANDI

✅ Taʼlim shakllari:
Kunduzgi va sirtqi

✅ Zamonaviy hamda innovatsion dasturlar asosida ta'lim!

✅ Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi.
(Litsenziya №037521, 05.09.2022y.)

➡️ Ta'lim yo'nalishlari haqida batafsil

☎️
Ma'lumot uchun:
+998559010604
+998955000604
+998559000604
+998900094951
+998970164951
+998900276468

📜 Kerakli hujjatlar

👉 Onlayn qabul

📍 lokatsiya

Institut rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Aytgancha, my.gov.uz portalida ham abituriyentlarni onlayn ro'yxatga olish xizmati ishlab turibdi
#abituriyent

Bunda talabgor telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarini kiritsa, shuningdek, imtiyozi mavjudlar ularni tekshirib, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikati borlar bu haqdagi ma’lumotlarni https://my.gov.uz/uz/service/259 sahifasi orqali yuklashsa kifoya.

ESLATMA: test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi (165 ming so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

👉🏻 Quyidagi toifaga kiruvchi abituriyentlar to‘lovdan ozod etiladi:

• test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilida ta’lim muassasalarini bitirganlar;

• I, II va III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

• “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;

• “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;

• to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Joriy yilda 97 ta yangi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari tashkil etildi
#abituriyent

Ularga qaysi fanlardan imtihon bo’ladi?

Yangi tashkil etilgan yo’nalishlarga mos test sinovi yoki kasbiy/ijodiy imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi yuqoridagi faylda ko’rsatilgan.

Barcha fanlar majmuasi bu yerda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️O‘zbekiston — 2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi!

Bu haqdagi qaror bugun FIFA Kengashining yig‘ilishida qabul qilindi.

O’zbekiston FIFA tasarrufidagi Jahon chempionatiga birinchi bor mezbonlik qiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Imtiyozli qo‘shimcha kvotalar qaysi yo‘nalishga qo‘llanadi?
#abituriyent 

JAVOB: faqat birinchi yo‘nalishga (2 ta istisnodan tashqari).

Ko‘pchilik shu savolni bermoqda. Xabaringiz bor, ayrim toifa abituriyentlar uchun umumiy kvotadan tashqari alohida kvotaga tanlov bo‘ladi. Masalan, harbiy tavsiyanoma olganlar, harbiylarning farzandlari, tavsiyanoma olgan ehtiyojmand xotin-qizlar, nogironligi bor yoki Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va h.k.

Ushbu kvotalar qaysi yo‘nalishga o‘tadi? Tanlagan beshta yo‘nalishga ham qo‘llanadimi yoki faqat birinchigami?

O‘qishga kirish uchun qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladigan imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz doirasida faqat o‘zlari tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

2️⃣ Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun beriladigan imtiyoz bundan mustasno. Yaʼni mazkur imtiyozlar beshta taʼlim yo‘nalishi uchun ham o‘rinli.

❗️ Eslatib o’tamiz, bugun — 2023-yil 23-iyun soat 17:30 holatiga hali imtiyozlar va maqsadli qabul uchun kvotalar e’lon qilinmadi. Umuman olganda tillar kesimida grant va kontrakt kvotalari ham hozircha aniq emas.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

"Taqdir taqozosi bilan xorijda vafot etgan yurtdoshlarimizni o‘z yurtiga olib kelish davlat tomonidan taʼminlanadi. Ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila aʼzolariga alohida g‘amxo‘rlik qilinadi, farzandlarini o‘qitish va kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha har tomonlama yordam ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, xorijda ishlayotgan odamlarimizning huquqlarini himoya qilish maqsadida, ularga advokat jalb etish xarajatlarini qoplash va huquqiy yordam berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi” — prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

3-KURSDAN ISH BOSHLAB, KONTRAKT TO'LOVINI O'ZINGIZ TOPISHINGIZ MUMKIN

Bugungi kunda barcha yoshlar, qolaversa ota-onalarni o'ylantirgan muammolardan biri bu — kontrakt to'lovidir.

✅ Aslida barcha muammolarning yechimi bor. Biz sizga navbatdagi to'g'ri yechimni taklif etmoqchimiz.

To'laqonli IT'ga ixtisoslashgan, Buyuk Britaniyaning Pearson BTEC ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan PDP University sizga o'qish bilan birga xalqaro kompaniyalarda ishlash imkoniyatini ham taqdim etadi.

Shuningdek bu yerda o'qish orqali siz:
— O'zbekistonda turib chet el diplomini olish;
— 3-kursdan boshlab mustaqil ishlay olish;
— kontraktni o'zingiz ishlab topish;
— o'z sohasining professionallaridan ta'lim olish;
— sifatli ta'lim va davlat tan oladigan diplomga ega bo'lishingiz mumkin.

➡️ Hoziroq ro'yxatdan o'ting. Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tib, 10 mln so'mlik vaucherni qo'lga kiriting: https://bit.ly/42X6Mdt

Albatta, talaba bo'lishga barcha haqli, shu qatorda siz ham.
(Litsenziya 029302-son, 07.06.2022y.)

📞 +998787777747

Telegram | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Senat O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi Qonunni maʼqulladi

Shartnomaga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi Davlat chegarasining demarkatsiya qilingan chizig‘i uzunligi 2 ming 356  kilometrdan ortiq.

Shartnoma bilan O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini belgilash bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlandi hamda chegara xavfsizligi va daxlsizligini taʼminlash uchun eng muhim shart-sharoitlar yaratildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

«Biz oldin ommaviy axborot vositalarini eshitarmidik? Blogerlar bormidi? Bu ham bizni ongli ravishda tarbiyalayapti» — Shavkat Mirziyoyev


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi 2023-2024-o'quv yili uchun bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha qabul eʼlon qiladi.

✅ Ta'lim shakllari:
kunduzgi va sirtqi

“Mehnat sohasini boshqarish” fakultetida quyidagi yo‘nalishlarga hujjatlar qabul qilinadi:
🔹 Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
🔹Hayot faoliyati xavfsizligi
🔹Inson resurslarini boshqarish
🔹Ijtimoiy ish
🔹Psixologiya
🔹Menejment
🔹Yurisprudensiya.

🗓 Hujjatlar:
➖ kunduzgi ta'lim uchun 2023-yil 25-avgustgacha,
➖ sirtqi ta'lim uchun 25-noyabrgacha akademiyaning atso.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.

☎️ Batafsil maʼlumotlar:
(71) 265-01-64
(71) 265-01-54
Onlayn murojaat: @akademiyaatso

Telegram | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 12 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Edgar Allan Po. Yurak (hikoya)

Izoh:
Bugun jahon adabiyoti doirasida Edgar Allan Poning “dahshatli” hikoyasini o‘qiymiz. Bu yerda dahshatli so‘zini qo‘shtirnoqqa olmasa ham bo‘ladi. Chunki hikoya biroz qo‘rqinchli, gap qotillik haqida ketadi.

Po inson hissiyotlarining eng nozik torlarini chertib-chertib, oxiri hikoyasini yakunlab qo‘ya qolgan. Ushbu hikoya eng yaxshi qisqa hikoyalar ro‘yxatidan doim joy olib keladi.

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/edgar-allan-po-yurak" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/edgar-allan-po-yurak

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ Maktab, kollej yoki litseyni tamomladingiz. Qaysi oliygohga hujjat topshirsam ekan, degan savol sizni qiynayaptimi?

Bosh qotirishga aslo hojat yo‘q, Farg‘ona politexnika instituti sizga o‘z eshiklarini ochadi. Zamonaviy, innovatsion texnologiyalar bilan hamnafas, malakali, ilmiy darajasi yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilardan ta’lim oling.

Farg‘ona politexnika institutiga 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul boshlandi. Oliygoh quyidagi fakultetlarda tahsil olishni taklif etadi:

➖ Qurilish;
➖ Mexanika-mashinasozlik;
➖ Energetika;
➖ Kimyo texnologiyalari;
➖ Ishlab chiqarishda boshqaruv;
➖ Yengil sanoat va to‘qimachilik;
➖ Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari.

♻️ Shoshiling, hujjatlar 20-iyulga qadar Bilimlarni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ravishda qabul qilinadi!

📞 Murojaat uchun: +998954000082, +998954000085, +998954000086

Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xolbo‘tayev Nodirjon Jonuzoqovich (Nodir Jonuzoq) Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentdagi TMC xalqaro instituti Northampton University bilan hamkorlikda xalqaro dasturlari uchun 10 ta grant o‘rnini taklif etadi.

⚠️ Uni qanday qilib qo‘lga kiritish mumkin?
1. tmci.uz/apply havolasi orqali hujjatlarni topshiring.
2. Kamida 7.5 IELTS sertifikatini taqdim eting yoki ichki ingliz tili imtihonini topshirib, kamida 80% ball oling.
3. Suhbatdan o‘ting.

🗓 Grant o‘rinlari uchun ichki imtihonlar sanasi:
1. 4-iyul, soat 11:00
2. 18-iyul, soat 11:00

🇬🇧 BA (Hons) xalqaro dasturlari:
• Business & Management
• International Accounting
• International Logistics & Trade Finance
• Computer Science
• Tourism and Hospitality Management

📝 Ro‘yxatdan o‘tish:

🖥 Onlayn: tmci.uz/apply
☎️ Telefon: +998 71 207 00 32

Telegram | Instagram | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun, 22-iyun kuni Toshkent shahridagi ayrim ko'chalarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Olmazor tumani
: «Paxta» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;

Yunusobod tumani: «Sandiq qo‘rg‘on» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

Yashnobod tumani: «Jarboshi» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

Mirzo Ulug‘bek tumani: «Gulsanam» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Beshta yo‘nalishni tanlash jarayoniga oid ayrim maʼlumotlar
#abituriyent 

5️⃣ Joriy yilgi test sinovlarida ham beshtagacha taʼlim yo‘nalishini tanlash imkoniyati mavjud;

✅ 5 ta yo‘nalish degani, 5ta OTM degani emas. Yaʼni abituriyent albatta 5ta universitet yoki institutni tanlashi shart emas. Bitta OTMning 5 ta yo‘nalishini tanlash ham mumkin;

❗️5 ta yo‘nalish tanlayotganda eng asosiy 1 ta shart bor: mutaxassislik blokidagi fanlar ketma-ketligi mos kelishi kerak.

❓fanlar ketma-ketligi mos bo‘lsin deganda, 3,1 va 2,1 ball beriladigan 2 ta fan to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashishi kerak.

‼️ O’tgan yildan boshlab taʼlim shakli bir xil bo‘lishi shart emas. Yaʼni endi bir paytning o‘zida ham sirtqi, ham kunduzgi, ham kechki, ham masofaviy taʼlimni tanlash mumkin.

⛔️ Ijodiy (kasbiy) imtihon bor yo‘nalishlarda faqat bitta yo‘nalish tanlash mumkin, 5 tagacha yo‘nalish tanlab bo‘lmaydi. Bu cheklov ham ijodiy, ham test topshiriladigan yo‘nalishlarga ham taalluqli;

🎓 Magistraturada ham faqat 1 ta mutaxassislik tanlash mumkin;

✅ 5 ta yo‘nalishlarni tanlayotganingizda ahamiyatliroq bo‘ling. Chunki tanlangan birinchi yo‘nalish ustunlikka ega. Yaʼni siz javoblar chiqqandan keyin balim yetgan istalgan yo‘nalishni o‘zim tanlayman, deb xato o‘ylamang. Mandatdan keyin qayerda o‘qishni tanlay olmaysiz, buni hujjat topshirayotganda yaxshilab o‘ylang. Siz tanlagan ketma-ketlik bo‘yicha tizimning o‘zi qayerga kirganingizni avtomat chiqarib beradi. Javoblar chiqqach, “men ikkinchi yo‘nalishda emas, to‘rtinchisida o‘qimoqchiman” deya olmaysiz.

‼️‼️‼️
Iltimos, 5 ta yo‘nalish tanlayotganda o‘z imkoniyatlaringizni yaxshilab hisobga oling, o‘qishga sharoitingiz bor joyni tanlang. “Keyingi yil perevod qivolaman” degan maqsadda, garchi sharoitingiz bo‘lmasa ham, uzoq viloyatlarni tanlamang. Chunki deyarli perevod qilolmaysiz, bu aniq. Farg‘onalik bo‘lsangizu, lekin Surxondaryoda o‘qishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, unda tavakkal qilmang. Keyin qiynalib, o‘zgalardan norozi bo‘lib yurgandan foyda yo‘q.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

25-iyun kuni O‘zbekistonning 16 ta shahrida Yoshlar va Olimpiya kuniga bag‘ishlangan xalqaro miqyosdagi “Yangi Nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi va “Vatan Qalqoni” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

“Yangi nafas” Markaziy Osiyoda o‘tkaziladigan yirik ommaviy sport tadbirlaridan biri bo’lib, unda mamlakat bo'ylab 50 mingdan ortiq inson ishtirok etadi. Shu bilan birga, mazkur musobaqada ilk bor Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham qatnashadi.

Musobaqalarga barcha shaharlarda tonggi soat 6 da start beriladi. Jumladan, Toshkent shahrida start 25-iyun kuni “Humo Arena” sport majmuasi maydonidan boshlanadi. Ishtirokchilar 3 km, 10 km va 1 mil masofalardan birini tanlashlari mumkin.

Viloyatlardagi “Yangi Nafas” poygasida ishtirok etish bepul, ro‘yxatdan o‘tish 23-24-iyun kunlari amalga oshiriladi. Toshkent shahrida iticket.uz saytida havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Start paketlarini tarqatish 23-24-iyun kunlari Yengil atletika federatsiyasida amalga oshiriladi.

“Yangi Nafas” musobaqasi yakunlariga bag'ishlangan bayram konserti 25-iyun kuni soat 19:30 dan 21:30 ga qadar “Milliy bog’” istirohat va madaniyat bog‘ida bo'lib o'tadi.
Reklama

Читать полностью…
Подписаться на канал