❇️ Bizda yangilanishlar davri!
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida yangi 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul boshlandi.
Universitetimizda siz 18 ta bakalavriat yo‘nalishlari hamda 3 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha sifatli va hamyonbop taʼlim olishingiz mumkin.
TIFT universiteti haqida batafsil bilishni istaysizmi? Unda ushbu videolavhani tomosha qiling.
Hoziroq hujjat topshiring, 25-iyun kirish imtihonlarida ishtirok eting va universitetimiz talabasiga aylaning.
✅ Xorijiy, davlat va nodavlat OTMlardan oʻqishni koʻchirish mumkin.
❗️ Kontrakt narxlari: bit.ly/Talim-yonalishlari
💻 Onlayn hujjat topshirish: qabul.tift.uz
☎️ Call-markaz: +998781132999, +998999932722
📍 Poytaxt qabul ofisi: Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi, 16-uy
👉 Viloyatlardagi qabul ofislari
📑 (Litsenziya 046621-son, 03.11.2022y)
Telegram | Ta’lim reklamasi
Shavkat Mirziyoyev jurnalist va blogerlar jamiyatni ham, amaldorlarni ham tarbiyalayotgani haqida gapirdi
“Ijro organi rahbari biron qaror qabul qilishdan oldin ilgari hech narsa o‘qimasdi, hozir kamida 10 marta o‘qiydi. Jurnalistlar menga qanday baho beradi, blogerlar nima deydi, degan savollarni o‘ziga beryapti.
OAV vakillari islohotlarimizga juda katta ijobiy taʼsirini ko‘rsatyapti”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va aholini ortiqcha soliq xarajatlardan himoya qilishga qaratilgan qarorni (PQ-192, 14.06.2023y.) imzoladi.
✅ Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1- iyun holatidagi quyidagilar hisobdan chiqariladi:
➖ jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarziga hisoblangan penya summalari (noturar ko‘chmas mulk ob’yektlari bundan mustasno);
➖ oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan shakllangan qarzi, unga hisoblangan penya hamda jarimalar;
➖ xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun qo‘llanilgan jarimalar.
👉 @xushnudbek 👈
Londonda ilk marotaba O'zbekiston madaniyati va taomlari festivali bo’lib o’tadi
17-18-iyun kunlari bo’lib o’tadigan O‘zbekiston madaniyati festivali O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi, "Vatandoshlar" jamoat fondi, Buyuk Britaniyadagi O‘zbekiston Elchixonasi, Londondagi yurtdoshlarimiz hamda "Chustiy Group" va "Oshpaz" jamoasi bilan birgalikda tashkil qilinmoqda.
Festival doirasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” ham o‘tkaziladi.
Tadbir Londondagi “Tower Bridge” yonida, ya’ni Temza daryosi bo‘yidagi “Potters Fields” bog‘ida bo‘lib o‘tadi.
🇬🇧Buyuk Britaniya va Yevropaning boshqa davlatlarida yashaydigan yurtdoshlarimizda imkoniyat bo’lsa, ushbu festivalda ishtirok etishlari mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Kelajakdagi biznes karyerangizni boshlang!
Malakali bankir, iqtisodchi yoki yurist bo'lish orzuyingiz bo'lsa, Toshkent texnologiyalar universitetining "Biznes texnologiyalar" fakultetiga o'qishga kiring.
Hoziroq hujjat topshiring.
📲 Savol va murojaatlar uchun: @ttualoqabot
📞 +998 (71) 200-80-40Ta’lim reklamasi
“Uzbekistan’s club” nodavlat notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Adliya vazirligi tomonidan tashkilotga tegishli guvohnoma berilgan.
Uzbekistan’s club – xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozonib kelayotgan o‘zbekistonliklarni bir yerga jamlash maqsadida yaratilgan global platforma bo‘lib, sifatli kontent orqali yoshlarga motivatsiya ulashishni o‘z oldiga maqsad qilgan.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Qabul boshlanishiga 5 kun qoldi, kvotalar hali tasdiqlanmadi
#abituriyent
OTMlarga hujjat topshirish 20-iyundan boshlanishi kerak. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlangani yo‘q.
Ma’lumot uchun: Prezident qarori bilan davlat byudjeti parametrlari tasdiqlangandan keyin Davlat qabul komissiyasi tillar kesimida kvotani qayta taqsimlashi kerak bo’ladi. Bunga ham kamida 2-3 kun vaqt ketadi. 20-iyungacha ulgurilarmikin, ko’ramiz.
👉 @xushnudbek 👈
❗️“Qo‘qonlik tadbirkorlarimiz xotirjam bo‘lsin, biz hech kimni o‘z holiga tashlab qo‘ymaymiz” — Shavkat Mirziyoyev Qo‘qonda bo‘lgan yong‘in haqida munosabat bildirdi
“Bir masalaga alohida to‘xtalib o‘tsam. Shu haftada Qo‘qondagi buyum bozorida sodir bo‘lgan yong‘in yuzlab tadbirkorlarimizga zarar yetkazdi.
Qo‘qonlik tadbirkorlarimiz xotirjam bo‘lsin, biz hech kimni o‘z holiga tashlab qo‘ymaymiz!
Bu bozor uzog‘i bilan bir oyda to‘liq tiklab beriladi, bunga barcha kuch va vositalarni safarbar qilamiz. Kim qaysi do‘konda faoliyat yuritgan bo‘lsa, o‘sha yerda tadbirkorligini davom ettiradi.
Yong‘indan zarar ko‘rgan barcha tadbirkorlarning kredit va soliq to‘lovlari muddati kechiktiriladi. Ularning qaytadan “oyoqqa turib olishlari” uchun aylanma mablag‘ uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Yong‘in oqibatida bozorga tutash hududlarda zarar ko‘rgan aholi xonadonlari to‘liq taʼmirlab beriladi.
Umuman, yetakchi loyiha tashkilotlarini jalb qilib, bozorlarni zamonaviy, qulay, barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan savdo komplekslariga aylantirish bo‘yicha katta dastur qabul qilamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈
To‘lov qobiliyatini yo‘qotgan eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarni hamda 50 va 100 so‘mlik tangalarni almashtirish davom ettiriladi, deb xabar bermoqda Markaziy bank.
Fuqarolar qo‘llarida qolib ketgan eski namunadagi to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan yuqorida ko‘rsatilgan nominallardagi banknotlar va tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlarida amaldagi pul belgilariga erkin almashtirib olishlari mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Futbol bo’yicha ilk marta o’tkazilayotgan CAFA Nation’s Cup-2023, ya’ni Markaziy Osiyo kubogi xalqaro turniri doirasidagi o’yinlar 2 ta davlatda o’tkazilmoqda: O’zbekiston va Qirg’iziston.
Ushbu turnirning rasmiy homiysi bukmekerlik (totalizator) kompaniyalaridan biri. Shu sababli ushbu kompaniya reklamasi hamma joyda ko’rsatilyapti. Katta stadionlarda ham, TVda ham, saytlarda ham va h.k.
Vaholanki, O’zbekistonda qimor o’yinlari taqiqlangan. Unda qatnashish ham, uni reklama qilish ham mumkin emas. Buning uchun ma’muriy va jinoiy javobgarliklar bor.
Ammo negadir ushbu turnirda qonunlarga ko’z yumildi.
Qonunlarimiz shunchalik qadrsizmi? Qoyil qolmadim xullas.
Ma’lumot uchun, turnir tashkilotchisi bo’lgan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi degan tashkilotga Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning katta o’g’li Rustam Emomali rahbarlik qiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Yil oxirigacha “Toshkent – Andijon” muqobil pullik avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha mega-loyiha boshlanadi
Bu haqda Shavkat Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
“Vodiy aholisining uzog‘ini yaqin qilish maqsadida, “Andijon – Farg‘ona – Qo‘qon – Namangan – Andijon” temir yo‘l halqasi bo‘ylab 4 ta elektropoyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Natijada, kuniga 8 ta qatnov tashkil etilib, 10 mingga yaqin yo‘lovchi tashiladi. Bunga, 40 million dollar jalb qilinadi.
Shu yil oxirigacha Jahon banki bilan birga, “Toshkent – Andijon” muqobil pullik avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha 2,5 milliard dollarlik mega-loyiha boshlanadi. Loyihani amalga oshirish natijasida, Andijondan Toshkent shahriga borish vaqti hozirgi 5 soatdan 3 soatga qisqaradi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈
2022-yil yakunlariga ko‘ra O’zbekiston yalpi ichki mahsulot hajmi 2021-yilga nisbatan 5,7 foizga o‘sgan.
Shuningdek inflyatsiya darajasi belgilangan ko‘rsatgichlardan oshmadi. Davlat budjeti daromadlarining oshirib (100,8 foizga) bajarilishiga erishilgan — iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Qudbiyevning Parlamentdagi hisobotidan.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbek grossmeysteri jahon chempioniga yordam bergani ma'lum bo'ldi
Shaxmat bo‘yicha yangi jahon chempioni 🇨🇳Ding Liren o‘zining Yan Nepomnyashiy bilan bo‘lib o‘tgan chempionlik bahsiga tayyorgarlik jarayonida unga 🇷🇴Richard Rapport bilan birgalikda o‘zbekistonlik grossmeyster 🇺🇿Jahongir Vohidov ham yordam berganini ma’lum qildi.
Ochig‘i bundan xabarim yo‘q ekan, kutilmagan yangilik bo’ldi men uchun. Chunki bu haqida hozirgacha biror yerda ma’lumot aytilmagandi. Nihoyat Ding Lirennig o’zi e’lon qildi.
Qoyil, barakalla, Jahongir! Umid qilamizki, Jahongirning tajribasi kelgusida O’zbekistondan ham jahon chempioni chiqishiga yordam beradi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Qabul boshlanishiga 6 kun qoldi, kvotalar hali tasdiqlanmadi
#abituriyent
OTMlarga hujjat topshirish 20-iyundan boshlanishi kerak. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlangani yo‘q.
Bugun Bilimlarni baholash agentligi abituriyentlar uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma e’lon qildi. Ya’ni ular bu orqali “biz qabulga tayyormiz, kvotani tezroq tasdiqlab bersanglar bo’ldi” deyishmoqchidek go’yo.
Eslatib o’taman, kvotalarni qabul jarayoniga taqab yoki kechikib tasdiqlash biz uchun ota-bobolarimizdan qolgan meros. 10 yillardan buyon deyarli shunaqa bo’lib kelyapti, mas’ullar hech shu narsani tartibga keltira olishmayapti. Hattoki har yili kechikaverganidan, o’tgan yili qabul jarayonlari boshlanish kunini 15-iyundan 20-iyunga ko’chirishgan edi. Joriy yilda bu foyda beradimi, yo’qmi, bilmadim.
Ma’lumot uchun: Prezident qarori bilan davlat byudjeti parametrlari tasdiqlangandan keyin Davlat qabul komissiyasi tillar kesimida kvotani qayta taqsimlashi kerak bo’ladi. Bunga ham kamida 2-3 kun vaqt ketadi. 20-iyungacha ulgurilarmikin, ko’ramiz.
👉 @xushnudbek 👈
Elektr qurilmalarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari sabab Yashnobod, Uchtepa, Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarining quyidagi hududlari elektr ta’minotidan uziladi:
📍YASHNOBOD tumanining: Shoxsanam, Katta Yangiobod, Aviasozlar, Navro‘zobod, Parvoz hamda Dilbog‘ MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;
📍UCHTEPA tumanining: Bog‘iston MFYning 4 ta ko‘p qavatli turar joy binosida soat 17:00 gacha;
📍YAKKASAROY tumanining: Muqimiy MFY hududida soat 17:00 gacha;
📍CHILONZOR tumanining: Do‘mbirobod hamda 1-Charx Kamolon MFYlari hududida soat 18:00 gacha.
👉 @xushnudbek 👈
Pop-Namangan avtomobil yo‘lining 75 kilometr qismi xalqaro standartlar asosida 4 tasmali sement-beton qoplamali yo‘lga aylantiriladi — Shavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈
“Tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning muqobil tizimlari joriy qilinadi. Jumladan, Namanganda Islom moliyaviy xizmatlariga keng yo‘l ochib beriladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvda.
👉 @xushnudbek 👈
📣 Media sohasiga qiziquvchilar uchun yangilik
Taniqli jurnalist va boshlovchi Jahongir Olimov telejurnalist bo‘lish istagidagi yoshlar va shu yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan ABITURIYENTLAR uchun onlayn kurs boshladi. Ushbu kurs orqali siz:
📺 Diktorlik
🎤 Suhandonlik
📹 Reportyorlik
yo’nalishlari bo’yicha bilim va malakaga ega bo’lishingiz yoki ushbu sohalarning barchasini o’zlashtirgan holda universal media personaga aylanishingiz mumkin.
❗️Abituriyentlar uchun muhim jihat: oʻquv kursi davomida o‘rganganlaringiz sizga jurnalistika sohasidagi OTMga o‘qishga kirishda, ayniqsa, ijodiy imtihonlarda juda asqatadi.
☎️ Onlayn kursda ishtirok etish uchun quyidagi telefon raqamlar va telegram manzillariga murojaat qiling:
👉 @Telejurnalistika_kurs1
1-menejer 📞 +998948827666
👉 @Telejurnalistika_kurs2
2-menejer 📞 +998977827666
👉 @Telejurnalistika_kurs3
3-menejer 📞 +998950447666Reklama
Transport vaziri Ilhom Mahkamov O‘zbekiston basketbol federatsiyasi raisi etib saylandi.
Bunga qadar ushbu federatsiyada sobiq adliya vaziri Ruslanbek Davletov rais edi. U boshqa ishga o’tganligi sababli o‘z xohishiga ko‘ra, Basketbol federatsiyasi raisiligidan ketdi.
👉 @xushnudbek 👈
❓Akademik litseylarda qaysi ta’lim yo‘nalishida qaysi fanlardan test bo’ladi?
#abituriyent
Yuqoridagi suratda jami 12 ta yo’nalish bo’yicha fanlar majmuasi ko’rsatilgan.
Akademik litseyga kirish uchun test sinovida jami 60 ta savol beriladi.
Shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha savollar bo’ladi. Ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa jami 40 ta savol beriladi.
📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:
🔹IQ — 1.1*20 =22;
🔸1-fan — 3.1*20=62;
🔹2-fan — 3.1*20=62.
👉 @xushnudbek 👈
Akademik litseylarga qabul kvotalari tasdiqlandi
#abituriyent
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun OTMlar tasarrufidagi akademik litseylarga qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 71 ta litseyga jami 14 ming 690 ta kvota ajratildi: 11 ming 544 ta o‘zbek, 2 ming 678 ta rus va 468 ta qoraqalpoq tillari uchun.
👉 @xushnudbek 👈
Kelajagingizdan xavotirdamisiz?
O’zingizga mos bo’lgan oliy o’quv yurtini topolmayapsizmi?
✅ E’tiboringizga ISFT Institutini taklif etamiz!
Ko’p yillik malakaga ega bo'lgan o'qituvchilardan, zamonaviy sharoitlar asosida ta'lim oling va kelajagingiz haqida xavotir olishdan to'xtang!
📝 Ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermaslik uchun ro'yxatdan o'ting!
ISFT bilan yaqindan tanishish uchun:
Sayt isft.uz
Instagram isf.tash
Telegram Bot
(Litsenziya №OT 0035, 12.10.2021)
☎️ Murojaat uchun: 55 506 37 37
Ro'yxatdan o'tish uchun:
👉 admission.isft.uzTa'lim reklamasi
❗️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.
👉 @xushnudbek 👈
Dam olishingiz uchun Turkiyaning TOP-5 shaharlari ro’yxati 🇹🇷
Aviasales.uz'da ushbu yoz faslida Turkiya shaharlariga borish uchun chiptalar narxi haqida ma’lumot berdik. Hozirda Istanbul, Anqara va Antaliyaga uchuvchi to'g'ridan-to'g'ri va charter reyslar mavjud. Shuningdek, dengizga chiptalar nisbatan arzonroq.
Eslatib o'tamiz, hozir talab katta bo'lgan mavsumda chiptalar tezda sotilib ketmoqda.
TOP-5 shaharlar ro’yxati va chiptalar narxlari bilan bu yerda tanishish mumkin:
/channel/Aviasales_uz/1544Reklama
Sertifikati bor oilaviy shifokorlarning oylik ish haqi 2 karra oshiriladi
Bu haqda Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
“Yana bir yangi tashabbus. Endi, oilaviy shifokorlarni kafolatlangan tibbiy xizmatlar bo‘yicha qayta tayyorlab, ularga malaka sertifikati beramiz. Sertifikati bor shifokorlarning oylik ish haqi 2 karra oshiriladi.
Xuddi shu tartibni tibbiyotning haqiqiy fidoyilari bo‘lgan hamshiralarimizga ham joriy qilamiz”, - dedi nomzod.
Tibbiyot xodimlariga ko‘p yillar ishlaganlik uchun to‘lanadigan ustamalar miqdori ham qayta ko‘rib chiqilib, oshiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
CHEGIRMA – bu so‘z tom ma’noda barchamizni maftun qiladi, shunday emasmi? Agar sizga 50% CHEGIRMAga qo‘shimcha ravishda yana BONUSLAR olishingizni aytsak, nima deysiz? 😉
Unda bu taklif aynan siz uchun ⬇️
🥳 Agar siz UZTELECOMning uy Internetidan foydalansangiz, mobil aloqaning MILLIY 50 tarifini odatdagi 50 000 so‘m o‘rniga oyiga 3 oy davomida atigi 25 000 so‘mga ulashingiz mumkin! Shuningdek, Sizga 12 GB Internet, cheksiz qo‘ng‘iroqlar va 5000 SMS taqdim etiladi!
🤫 Lekin bu hammasi emas, shuningdek, Siz chiroyli raqamlarni 2000 soʻmdan 10 000 soʻmgacha ulashingiz mumkin.
⚡️ SHOSHILING! Aksiya muddati chegaralangan.Reklama
Furqat Usmonov O‘zbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi rahbari lavozimiga saylandi.
Bunga qadar u Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi direktori edi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️ Abituriyentlar uchun ajoyib yangilik!
Endi “Men talaba”da bir marotaba profil shakllantirgan holda 20 dan ortiq nodavlat hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallariga hujjat topshirishingiz mumkin. Shu tariqa, alohida ariza to‘ldirish bilan bog‘liq qiyinchiliklardan qutulasiz.
Shunchaki mentalaba.uz saytida ro‘yxatdan o‘ting, shaxsiy profilingizni kerakli ma’lumotlar bilan to‘ldiring va hujjatingizni yurtimizdagi xususiy hamda xorijiy universitetlarga onlayn tarzda topshiring.
Ha aytgancha, mentalaba.uz platformasi orqali endi siz nafaqat barcha davlat oliygohlari haqidagi ma’lumotlar, balki ularning yo‘nalishlaridagi kvotalar va kirish ballari bilan ham tanishishingiz mumkin.
Mentalaba.uz bilan OTMga hujjat topshirish va talaba bo‘lish yanada osonroq 🚀
Telegram | Sayt | Ta’lim reklamasi
Chilonzor tumanidagi mis sexida yuz bergan portlashda 1 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, 14 kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan — FVV.
👉 @xushnudbek 👈
Chilonzor tumanida joylashgan mis quvurlari ishlab chiqarish sexining bir qavatli bostirmasi (angar)da portlash sodir bo‘lgan.
6 kishi turli darajada tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Hodisa sabablari o‘rganilmoqda, deb xabar berdi FVV.
👉 @xushnudbek 👈