xushnudbek | Неотсортированное

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Подписаться на канал

Xushnudbek.uz

Sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatiladimi?
#abituriyent

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar ortidan "endi sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatildimi?" degan savollar ko‘paydi. Shu bo‘yicha tushuntirish bermoqchiman.

1️⃣ Birinchidan, ushbu qaror faqat 14 ta PEDAGOGIKA yo‘nalishlariga taalluqli. Ro‘yxati yuqoridagi suratda berilgan. Mana shu 14 ta yo‘nalishga joriy yildan boshlab ❌ qabul to‘xtatildi.

Boshqa yo‘nalishlarda sirtqi taʼlim bo‘yicha ✅ qabul to‘xtatilmagan.

2️⃣ Ikkinchidan,
PEDAGOGIKA sohasida yo‘nalishlar ko‘p, yuqoridagi 14 tadan boshqa yo‘nalishlarga sirtqiga hamma topshira oladimi?

❗️Yo‘q, topshira olmaydi. Pedagogika sohasidagi boshqa yo‘nalishlarga ham istalgan odam qabul qilinmaydi. Faqatgina taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslargina SIRTQIga qabul qilinadi.

✅ Yana qaytaraman, bu faqat PEDAGOGIKA sohasiga taalluqli. Boshqa sohalardagi yo’nalishlarga bu qarorning aloqasi yo’q.

Shuningdek, pedagogika sohasidagi istalgan yo‘nalish uchun kunduzgi va kechki taʼlim shaklida ham cheklovlar yo‘q, istalgan abituriyent hujjat topshirishi mumkin.

ℹ️ Yuqoridagi maʼlumotlarning asosi: Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇨🇦🔥 Kanadada kuchli o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda

Yong‘in natijasida Kanada va AQSHning ko‘plab shaharlari, jumladan Toronto, Ottava, Nyu-York va Vashington osmoni tutun bilan qoplandi.

Yong‘in hududlariga yaqin yashovchi ko‘plab kanadaliklar evakuatsiya qilinmoqda. Shimoliy Amerika bo‘ylab o‘n millionlab odamlar tutun xavfidan ogohlantirilmoqda.

Rasmiylar agar yong‘inlar shu tezlikda tarqalishda davom etsa, Kanada tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘iniga aylanishi mumkinligini taxmin qilmoqdalar.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Eng kutilmagan transfer

Lionel Messi AQShning “Inter Mayami” klubiga o’tdi. Bu haqda uning o’zi ma’lum qildi.

U Saudiya Arabistonidan kelib tushgan katta taklifni rad qilgan. Bunda ko’proq oilaviy sabablar rol o’ynagan, Messining aytishicha, unga sokinlik kerak va oilasiga ko’proq vaqt ajratmoqchi.

“Inter Mayami” jamoasi MLS ligasining Sharqiy konferensiyasida eng oxirgi o’rinda boryapti. Afsonaviy futbolchi Devid Bekxem ushbu jamoaning Prezidenti va egalaridan biri.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ Kaxovka GES portlatildi. Asosiy maʼlumotlar:

Voqea 6-iyun kuni soat taxminan 3:00 larda sodir bo'lgan. Xerson viloyatida GES portlatilishi oqibatida 8 ta aholi punkti suv ostida qolgan: Ukraina hukumati dambani Rossiya portlatganini aytmoqda, Rossiya nazoratidagi viloyat maʼmuriyati esa bu ishni Ukraina uyushtirganini taʼkidlayapti.

Kaxovka GESi Ukrainaning yagona energiya tizimining Dnepr kaskadining yakuniy elementidir.

Ukraina Bosh prokuraturasi Kaxovka GESiga qilingan hujum bo‘yicha Ekotsid (ekologik tanazzulga olib keladigan xatti-harakatlar) hamda urush qonunlari va odatlarini buzish moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. To‘g‘on buzilishi oqibatida Dnepr daryosida suv sathi ko‘tarilgan va oqibatda aholi punktlari suv ostida qolgan.

"Kamida 16 000 kishi allaqachon uyidan ayrilgan. Bu ko‘rsatkich yana bir necha mingga oshishi mumkin", – dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh.

Avvalroq Ukraina va harbiy ekspertlar Rossiya Kaxovka GES to‘g‘onini portlatib yuborishga tayyorlanayotgani haqida bir necha bor ogohlantirgandi. Moskva bunga javoban Kiyevni stansiya to‘g‘oniga raketa zarbasi berishga tayyorlanishda ayblagan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

IT sohasi yetakchilari safiga qo'shiling 💻

IT sohasida muvaffaqiyatli karyera qurishni hamda kerakli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishni istasangiz, Toshkent texnologiyalar universitetining “Informatsion texnologiyalar” fakultetiga o'qishga kiring!

Hoziroq hujjat topshiring.

📲 Savol va murojaatlar uchun: @ttualoqabot
📞 +998 (71) 200-80-40
Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

18 yoshga to‘lmagan shaxslarga “sudlanganlik” maqomi bermaslik haqidagi qonun loyihasi ko’rib chiqilayotgan ekan.

Ya’ni 18 yoshga to’lmagan shaxs sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lganidan so‘ng sudlanmagan deb hisoblanadi. Birgina istisno, bu qoida o’ta og’ir jinoyatlarga taalluqli emas.

Shuningdek, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosining eng kam muddatini 1 oyga tushirish taklif etilgan. Hozirda bu muddat 6 oyni tashkil qiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yaxshi xabarlar turkumidan

Shu yil 1-iyun kuni Samarqanddagi maktablardan birining 11-sinfini bitirayotgan Sh.Boborahimov, M.Saidalimov, O.O‘tkirov va J.Eshnazarov sayr qilib yurishganda ko‘p qavatli uyning 4-qavatida boshi panjara orasiga tiqilib, tanasi havoda osilib turgan kichkina qizchani ko‘rib qolgan.

O‘quvchilardan biri darhol qizaloqning ota-onasiga xabar berish uchun kvartira tomon yugurgan, qolganlari qizaloq osilib qolgan balkon ostida qo‘llarini cho‘zib, tirik qutqaruv panjarasini yasashgan. Shu payt qizaloq pastga qulagan.

Yigitlar uni tutib olishgan.

Aniqlanishicha, onasi uy ishlari bilan ovora bo‘lgan paytda qizcha balkonga chiqib qolgan bo'lgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda!

Bakalavriat yo‘nalishlari:
➖ Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.

Magistratura mutaxassisliklari:
➖ Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
➖ Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
➖ Dorilarning sanoat texnologiyasi;
➖ Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
➖ Eksperimental va sport farmakologiyasi.

O‘qish muddati 2 yil.

Hujjatlar online va offline qabul qilinadi.
👉 Hujjat topshirish

(Litsenziya 0033-son, 8.09.2021y)

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy, mo‘ljal: "Uz Mal-oil" yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Carrefour supermarketi (Sayram Korzinka)
📍Lokatsiya
👉 Batafsil ma'lumot

☎️
Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentda elektrobus va Cobalt to‘qnashdi

Oqibatda Cobalt haydovchisi vafot etdi, uning bir nafar yo‘lovchisi kasalxonaga yotqizilgan.

«Toshshahartransxizmat»ning ma'lum qilishicha, 20 yoshli Cobalt haydovchisi svetoforning qizil chirog‘iga harakatlanib, Mirzo Ulug'bek tumani Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Gʻazalkent ko‘chasiga burilayotgan «YUTONG» elektrobusning old yon qismiga kelib urilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ TMII 1,5 mlrd soʻmlik grant e’lon qildi

Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti kunduzgi ta’lim shaklida oʻqish istagidagi abituriyentlar uchun 1,5 mlrd soʻmlik grant taqdim etmoqda. Mazkur grant institutda birinchi oʻquv yili uchun 100% gacha toʻlov shartnoma summasini qoplab beradi.

📥 Hujjatlar timeedu.uz/en/registration internet manzil orqali 28-iyunga qadar qabul qilinadi.

📲 Batafsil malumot uchun: +998712009005

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasi, 114-uy

(Litsenziya 043969-son, 19.10.2022y)

Sayt |Telegram |Instagram |Youtube | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Taʼlim krediti olish vaqtincha to‘xtatilibdi. Chunki banklarga resurs ajratilmayotgan ekan

Bizga kelayotgan xabarlarga ko‘ra, ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab barcha talabalar taʼlim krediti olishda muammolarga duch kelishmoqda. Yigitlar ham, qizlar ham.

Yuqoridagi suratda “Asakabank” filialining taʼlim krediti olishni so‘rab ariza yozgan talabaga bergan javobi aks etgan. Unda aytilishicha, maxsus jamg‘arma banklar uchun resurs ajratmayotgan ekan. Xolislik uchun aytish kerak, muammo faqat “Asakabank”da emas, boshqa banklarda ham shunaqa muammo. Masalan, murojaatchining aytishicha, Ipoteka va Xalq bankiga ham borgan, lekin rad javobini olgan.

Maʼlumot uchun: 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5203-sonli Prezident qaroriga ko‘ra, taʼlim kreditlari bo‘yicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan taʼminlash uchun sobiq Moliya, hozirgi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etilgan.

Jamg‘armaga Davlat byudjetidan mablag‘lar ajratiladi va 2023-yilgi Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunda jamg‘armaga qancha mablag‘ ajratilishi aniq ko‘rsatilgan.

Endi savol tug‘iladi: muammoning asl ildizi qayerda? Iqtisodiyot va moliya vazirligi qonunlarda belgilangan qoidalarga amal qilmasdan haqiqatdan banklarga resurs ajratmayaptimi yoki resurs bo‘lsa ham banklar o‘zi o‘yin qilyaptimi?

Bu bo‘yicha masʼullar tegishli izoh beradi, degan umiddamiz. Izoh berishmasa ham mayli, shunchaki muammoni hal qilishsin, bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil O‘zbekistonda Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili deb nomlangan. Sifatli taʼlim...


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

To’ldirilgan va tuzatilgan izoh:
#abituriyent

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi.

❗️ESLATMA: o‘tgan yili 5 yil staji borligi uchun tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana tavsiyanoma olishi shart emas. O‘tgan yilgi tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.

O‘tgan yili tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi.

‼️ESLATMA-2: o’tgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar esa yana qayta ariza yuborishlari kerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bo’lgani uchun joriy yilda o’tmaydi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: bir kishi ikkala tavsiyanomani olishi ham mumkin, shartlariga to’g’ri kelsa bo’ldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi joriy etildi.

A.Urunov mazkur lavozimga tayinlandi.

2023-yilning 1-iyulidan boshlab Jahon savdo tashkiloti qoida va me’yorlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Davletovuz yozmoqda:

“Ichki ishlar tizimi isloh qilinishi kerak. Yetti yildan beri takrorlanadi. Yuqoridagi va boshqa holatlar ichki ishlar organlariga kirib qolgan "bir-ikkita noinsof" xodim emas, balki tizimli muammo, muammo bo‘lsa hamki, bunga kosmetik islohotlar bilan emas, qat’iy va tizimli asosda chora ko‘rilishi lozim.

Ichki ishlar organlarining insoniy yuzi paydo bo‘lishi kerak. Buning uchun tizim boshqaruvini to‘laqonli yangilash, tizim shaffofligini ta’minlash va samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning vaqti keldi. Yo‘qsa, IIV boshqaruvidagi uquvsizlik va xohishsizlik davlatga, siyosatga dog‘ bo‘lib, o‘zini doimo eslatib turaveradi”.

Post tugadi.

P/S: asosiy vazifasi fuqarolarni himoya qilish bo’lgan ichki ishlar organlari insonlarning o’limiga sabab bo’layotgani achinarli, albatta. Bunaqa holatlarda faqat quyi bo’g’indagi ijrochilargina jazolanib, yuqori doiralar har safar suvdan quruq chiqaversa, tizim hech qachon yaxshilanmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

😀 D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkentdagi filiali yangi 2023/2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni bakalavriat va magistratura yo'nalishlariga qabul qilishni boshladi

🎓 2023-2024-o‘quv yili uchun bakalavriatga qabul quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi:
➖ Kimyoviy texnologiya;
➖ Texnosfer xavfsizligi;
➖ Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi;
➖ Materiallarga badiiy ishlov berish texnologiyasi.

📁 Kirish imtihonlarida minimal o'tish ballari quyidagicha:
🟣Kimyo - 39 ball;
🟣Rus tili - 40 ball.

Ta'lim shakllari:
🟣 kunduzgi (ta'lim muddati 4 yil);
🟣 sirtqi (ta'lim muddati 4,6 yil)

📞 Murojaat uchun telefonlar:
+998-55-503-30-54
+998-55-503-30-45
+998-97-477-70-67
+998-93-882-88-20

🌎Sаyt 🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Bugun oxirgi kun: abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli bugun tugaydi
#abituriyent

🌐 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

👩‍🎓 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb e’tirof etil tushuniladi;

to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

➖ ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

➖ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

✅ Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi, soniga cheklov yo’q.

⏳5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi. Bir kishi ikkala tavsiyanomani olishi ham mumkin, shartlariga to’g’ri kelsa bo’ldi.

❗️ESLATMA: o’tgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar yana qayta ariza yuborishlari kerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bo’lgani uchun joriy yilda o’tmaydi.

‼️ Tavsiyonoma berildi degani, o’qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi. Ko’pchilik tushunmasdan “meni tavsiyanomam bor edi, lekin nega o’qishga qabul qilinmadim” deb e’tiroz bildiradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Rivojlanish hech qachon to'xtab qolmasligi kerak!

Maktabdagi o'qish ham tugadi. "Endi qayerga hujjat topshirsam ekan" deb bosh qotiryapsizmi? 😀

🌐 Japan Digital University oliygohi sizga quyidagilarni naqd qilib qo'ygan:

✔️ O'qishni bitirib, Yaponiyada ishlash orqali serdaromad kasb egasiga aylanish;

✔️ Professional yapon ustozlar qo'lida zamonaviy ta'lim olish;

✔️ O'zbekiston hamda Yaponiyada tan olinadigan diplomlarni qo'lga kiritish.

(Litsenziya №0044 06.12.2021 y.)

HUJJAT topshirish👈

Hoziroq biz bilan bog'laning va qiziqtirgan barcha savollaringizga javob oling!
☎️
712000595
Telegram | Instagram | Facebook | JapanDigitalUniversity">YouTube | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Rim shahriga keldi.

Oliy martabali mehmonni Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Zangiotada sinfdoshlar o‘zlari o‘qigan maktabni obod qilishdi

Nazarbek qo‘rg‘onidagi 8-umumta’lim maktabining sobiq o‘quvchilari – sinfdosh do‘stlar o‘zlari o‘qigan maktab hududida sport maydoni va bolalar istirohat bog‘i barpo qilishdi.

Buning uchun sinfdoshlar o‘z hisoblaridan 3 mlrd so‘m sarflashgan.

Davlat-xususiy sherikchilik tizimi asosida yo‘lga qo‘yilgan pullik xizmat ko‘rsatishdan kelib tushayotgan mablag‘lar maktab ehtiyojlari uchun ishlatilishi ko‘zda tutilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Karim Benzema «Al-Ittihod»ga o‘tdi

«Real» bilan xayrlashgan futbolchi endi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradigan bo‘ldi.

Shartnoma 3 yilga tuzilgan. Benzemaning yillik maoshi tijoriy kelishuvlar evaziga 200 mln yevroga yetishi aytilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Renessans ta’lim universitetida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

Renessans ta’lim universiteti
- aktual sohalardagi 31 ta TOP yo’nalishlar bo’yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim yo'nalishlarida 6 ta soha bo'yicha qabul ochiq ekanligini ma’lum qiladi!

📥 Hujjatlar reg.renessans-edu.uz internet manzil orqali qabul qilinadi.

👉 Yoʻnalishlar

💰Kontrakt: 13 mln so’mdan boshlanadi, 4 ga bo'lib to'lash mumkin!

👉 Nega Renessans ta’lim universitetini tanlash kerak?

☎️ Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬
+998555068008 | Yozish💬

📍Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mirobod ko’chasi 41/4

📄(Litsenziya №049194, 18.11.2022y.)

Telegram|Instagram|Facebook|renessansuniversity">Youtube
Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ilk bor lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” chop etildi

6 jilddan iborat izohli lug‘at Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Fanlar akademiyasi hamda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi hamkorligida tayyorlangan.

Izohli lug‘atdan hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng iste’molda bo‘lgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalari, turli sohalarga oid terminlar, bir necha shevada qo‘llanadigan so‘zlar, ba’zi tarixiy va eskirgan atamalar o‘rin olgan va avvalgi nashrga qaraganda 5 mingga yaqin yangi so‘z kiritilgan.

Shuningdek, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “O‘zbek xalq so‘zlari”, “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati”, “O‘zbek tili frazeologik lug‘ati”, “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati”, “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”, “O‘zbek xalq paremalarining sinonimik izohli lug‘ati”, “Nonvoychilik terminlarining izohli lug‘ati” kitoblari ham tayyorlanib, chop etilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan 7-9-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi doirasida “Shirin” massivining master rejasi taqdimoti bilan tanishdi.

Bu mahalla xalqaro aeroport yaqinida, Zarafshon daryosi bo‘yida joylashgan. Zamonaviy massiv qurilishi uchun 389 gektar yer ajratilgan.

Loyihaga ko‘ra, massivda ko‘p qavatli uylar, maktab va bolalar bog‘chalari, poliklinikalar, sport maydonlari va ko‘ngilochar maskanlar bo‘ladi. Massivni shahar bilan bog‘lovchi ko‘prik va yo‘llar,  infratuzilma va kommunikatsiya tarmoqlari barpo etiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ldi.

Dastlab mehmon Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadim va betakror Samarqand shahrining ulug‘vor me’moriy obidalarini ko‘zdan kechirdi hamda Samarqand Xalqaro turizm markazidagi suv havzasida sayr qildi.

Rasmiy kutib olish marosimi, ikki davlat delegatsiyalarining muzokaralari hamda hujjatlar imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng Qatar Amiri va Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Kongress markazida birgalikda daraxt ekdilar.

Qatar Amirining O’zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 Abituriyentlar diqqatiga!

⚡️ Endi oʻqishga hujjat topshiraman deb, har qayoqqa yugurib, har kimdan yordam soʻrash zamoni oʻtdi, chunki 20 dan ortiq xususiy va xalqaro universitetlarga birgina dastur orqali hujjat topshirish imkoni paydo boʻldi.

⚡️ Nufuzli xususiy, xalqaro va davlat oliy ta’lim muassasalari haqida mentalaba.uz orqali maʻlumot olishingiz hamda xuddi shu veb-sayt orqali xalqaro va xususiy universitetlarga toʻgʻridan toʻgʻri, hech qanday vositachilarsiz hujjat topshirishingiz mumkin!

⚡️ Qabul boshlangan universitetlar roʻyxatini Men talaba telegram sahifasi yoki mentalaba.uz orqali koʻrish imkoniga egasiz.

Oliy taʻlimni mentalaba.uz bilan kashf et!

Telegram | Sayt | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli tugashiga 2 kun qoldi
#abituriyent

🌐 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

📆 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

👩‍🎓 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb e’tirof etil tushuniladi;

to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

➖ ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

➖ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

✅ Ayrimlar tavsiyanoma faqat 2 ming kishiga beriladi, deb xato o’ylaydi. Aslida tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi. Ya’ni tavsiyanomalar soniga cheklov yo’q, necha kishi to’g’ri kelsa, barchasiga beriladi. 2 ming bu ajratilgan kvota. Ya’ni tavsiyanoma olgan xotin-qizlar jami 10 ming nafar bo’lsa, shularning orasidan 2 ming kishi qo’shimcha kvotaga talabalikka qabul qilinadi.

❗️Tavsiyonoma berildi degani, o’qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi. Ko’pchilik tushunmasdan “meni tavsiyanomam bor edi, lekin nega o’qishga qabul qilinmadim” deb e’tiroz bildiradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

🇬🇧 Angliyaga bormasdan Buyuk Britaniya diplomini O'zbekistonda olish imkoniyati! Ushbu imkoniyatni sizga to'laqonli IT universitet — PDP University taqdim etadi:

— Xorijga chiqmasdan xalqaro universitet talabasi bo'lish
— Xorijda hamda yurtimizda tan olinuvchi xalqaro diplom
— Kontraktni oyma-oy bo'lib to'lash
— O'zbek + ingliz tilida ta'lim (2+2)
IT'ning TOP yo'nalishlari
— Chuqurlashtirilgan ingliz tili bilimlari
Mahalliy va Xalqaro kompaniyalarda amaliyot o'tash va ishlash
(Litsenziya 029302-son, 07.06.2022y.)

Hoziroq kirish imtihonlariga ro'yxatdan o'ting va HAMMADAN OLDIN TALABA BO'LING!

⚡️ 10-iyun kuni kuzgi qabul uchun KIRISH IMTIHONLARI o'tkaziladi!

Imtihon fanlari: Matematika va Mantiq

👉🏻 Ro'yxatdan o'tish: https://bit.ly/3oO4MpL

📞 +998787777747

Telegram | Taʼlim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bo‘ka tumanida ichki ishlar tergoviga jalb qilingan shaxs qiynoq natijasida o‘lgani xabar berilmoqda

IIVning xabar berishicha, 3-iyun kuni soat taxminan 22.00larda gumonlanuvchi U.S. Bo‘ka tumani Jinoyat qidiruv bo‘limining tezkor xodimlari tomonidan protsessual tartib buzilgan tarzda maxsus so‘rov xonasiga emas, balki xizmat xonasiga olib chiqilib, u bilan boshqa jinoyatga aloqadorligi bo‘yicha surishtiruv o‘tkazilgan. Jarayonda fuqaroning sog‘lig‘i yomonlashib, keyinchalik o‘limi yuz bergan.

Tayinlangan birlamchi sud-tibbiy ekspertizasining tashxisiga ko‘ra U.S.ning tanasida tan jarohatlari borligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 235-moddasi 3-qismi (Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voqeaga aloqador bo‘lgan 2 nafar tezkor xodimlar J.D. va G‘.Sh.lar hibsga olingan.

Xolis tergov va tekshiruvni taʼminlash maqsadida, Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan xizmat vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan Bo‘ka tumani IIB boshlig‘i A.Babaxanov, uning birinchi o‘rinbosari V.Xudayqulov, jinoyat qidiruv bo‘limi rahbari J.Subanov, tergov bo‘limi boshlig‘i J.Achilov, shuningdek navbatchilik qismi masʼuli Sh.Ibragimov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Bundan tashqari, mazkur salbiy holatga aloqador bo‘lgan tezkor xodimlar J.D. va G‘.Sh.lar ichki ishlar organlari tizimidan bo‘shatildi.

Shuningdek, Vazirlikning markaziy apparati hamda Toshkent viloyati IIBB masʼul rahbarlari va boshqa xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Hozirda ishga aloqador tezkor xodimlar oʻz jinoiy qilmishlarini rad etayotgan boʻlsalar-da, marhum U.S. tanasida tan jarohatlari borligini hisobga olib prokuratura tomonidan qoʻshimcha gistologik (ichki organlar va toʻqimalardagi jarohat vaqti va darajasini aniqlash boʻyicha) ekspertizasi tayinlangan. Mazkur ekspertiza maʼlum muddat talab qiladi va uning xulosasi va toʻplangan dalillar boʻyicha xodimlarning jinoiy javobgarlik masalasi koʻrib chiqiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun Oliy sud Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklarga oid jinoyat ishi bo‘yicha 2023-yil 31-yanvardagi hukm ustidan apellyatsiya shikoyat (protest)larini ko‘rib chiqdi.

8 nafar ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazolari ozodlikni cheklashga o‘zgartirildi va ular sud zalida ozod qilindi.

Hukmning Dauletmurat Tajimuratovga oid qismi o‘zgarishsiz qoldirildi.

Marhum P.Shamshetovga jazo tayinlashga oid qismi bekor qilindi. Unga tegishli bo‘lgan Nukus shahridagi J.Seitova ko‘chasida joylashgan 32-uy xatlovdan chiqarilib, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasining 47 va 65-moddalari qo‘llanilgan holda marhumning merosxo‘rlariga qaytarilishi belgilandi.

Shuningdek, yana 7 nafar sudlanuvchining jinoyat ishi bo‘yicha keltirilgan zararlarni qoplash maqsadida xatlangan mol-mulklari xatlovdan chiqarilib, egalariga qaytarilishi belgilandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Подписаться на канал