Atigi 10 nafar a’zosi bor Telegram guruhga shahidlik haqidagi nashidning YouTube’dagi linkini yuborgani uchun 3 yil ozodlikdan mahrum qilingan 21 yoshli Jahongir Ulug‘murodovning onasi videomurojaat yo‘llabdi.
Ushbu murojaat yuraklarni ezishi bilan bir qatorda, ayrim savollarni ham keltirib chiqarmoqda.
1) Ichki ishlar organlari xodimlari dastlab (2022-yil sentabr oyida) Jahongirni dala hovlida bo’lgan o’g’irlik masalasida tergovga chaqirgan (aytilishicha, o’sha hududdagi Jahongir ismli barcha yigitlar chaqirilgan). Keyin esa 2023-yil fevral oyida uni nashid yuborganlikda ayblab, qamoqqa olishgan va toki sud hukmigacha 2 oydan oshiq vaqt qamoqda o’tirgan.
2) negadir davlat tomonidan tayinlangan advokat Jahongirning ota-onasidan tergov va sudda qatnashish uchun jami 6 mln so’m pul olgan. Aslida davlat tomonidan tayinlangan advokatlar uchun byudjetdan pul to’lanadi, ularga qo’shimcha to’lov qilish shart emas. Agar o’sha advokat ham davlatdan, ham mahkumning ota-onasidan pul olgan bo’lsa, bu noto’g’ri, buni Advokatlar palatasi albatta tekshirishi kerak.
👉 @xushnudbek 👈
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig’i Tohir Qosimov egallab turgan lavozimidan ozod etilibdi.
Bugun viloyat hokimligida o‘tkazilgan muhokama yakuni bilan shu qaror qabul qilingan. Bu haqda bizga hokimlik matbuot xizmati xabar qildi.
Shuningdek, muhokama davomida barcha rahbarlar yana bir bora qat’iy ogohlantirilib, Prezidentning 2023-yil 10-apreldagi qarori mazmun-mohiyati tushuntirilgan.
Tohir Qosimov “Mening yo’lim” loyihasi doirasida mahalla raislarini o’zi tanlagan tashabbuslarga ovoz berishlari haqida noqonuniy topshiriq bergani haqida kecha yozgan edik.
P.S.: aslida bu ishni tezkorlik bilan Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi qilishi kerak edi. Lekin qarg’a qarg’ani ko’zini cho’qimaydi, degan prinsipni qilishdi shekilli, vazirlik aqalli birorta bayonot ham berib qo’ymadi.
👉 @xushnudbek 👈
Bahodir Jalolovda g’alaba, Shohjahon Abdullayevda mag’lubiyat.
Shunday qilib, 9 nafar bokschimiz yarim finalga yo’l olib, medalni naqd qilishdi.
Ulardan oltin kutib qolamiz.
👉 @xushnudbek 👈
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Past Darg'om tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Tohir Qosimov tomonidan “Mening yo’lim” loyihasi doirasida o’zi tanlagan loyihalarga majburan ovoz berishni so’rab mahalla raislariga yuborgan xabarlarining skrinshoti tarqaldi.
Unda mahalla raislari o’zlarining tashabbusiga emas, Tohir Qosimov tanlagan loyihalarga majburan ovoz yig’ishi, yo’qsa bu talabni bajarmagan mahalla raislarining “pattasi olinishi” aytilgan.
Ushbu skrinshotlar haqiqiymi yoki yo’qmi, hozircha bunga rasmiy izoh berilmadi.
8-may kuni Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi “vaziyatni o’rganyapmiz” degan umumiy qisqa xabar chiqardi, lekin o’rganish natijasi hozircha aytilmadi.
Bu bo’yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ham murojaat qildim, lekin ular ham hozircha holat bo’yicha izoh berishmadi.
Eslatib o’taman, 2023-yil 10-apreldagi Prezident qaroriga binoan “Tashabbusli byudjet” doirasida biror loyihaga ovoz berishga majburlash majburiy mehnat sifatida baholanadigan bo’ldi.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi 3 yilga qamalgan 21 yoshli Jahongir Ulug’murodov yuzasidan bayonot berdi (to'liq matn)
Bayonotda deyarli yangi gap yo’q. Doimgidek Ichki ishlar jurnalistlar va jamoatchilikni noxolislikda hamda yolg’on xabar tarqatishda ayblagan, shuningdek chiqarayotgan materiallarini tekshirishi kerakligini eslatgan.
Yangi gaplardan biri:
Toshkent viloyati IIBBning aytishicha, Jahongir Suriyada faoliyat olib borayotgan “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilot jangarilari tomonidan tayyorlangan maʼruzalarni internet orqali tinglashi davomida ularning gʻoyaviy taʼsiriga tushgan va ushbu harakatlarni qoʻllab-quvvatlashni boshlagan.
U, xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari sonini orttirish maqsadida Internet orqali “jihod” va “shahidlikka chorlov" maʼruzalarini oʻziga tanish boʻlgan shaxslar va yaqinlari orasida tarqatish bilan shugʻullangan.
Xususan, u tomonidan tarqatilgan materiallar orasida “Shahid bo‘lib ketsak rozi bo‘lingiz” nomli nashida ham bo‘lib, unda o‘zbek tilida (arab tilida emas) diniy aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan chorlov so'zlari bo'lgan.
Bayonotning davomida siz-u bizga ma'lum gaplar aytilgan. IIBB xulosa sifatida Jahongirning harakati to'g'ri baholangani, unga nisbatan Kodeksda ko'rsatilganidan yengilroq jazo berilganini ta'kidlagan.
O'zimdan qo'shimcha:
Bayonotda Jahongir bu kabi nashidalarni necha kishiga yoki nechta guruhga yuborgani aytilmagan. Atigi 1 ta guruhga yuborganmidi, yoki 10 ta, 20 ta, 50 ta, 100 ta? Uning maqsadi terroristik tashkilot a'zolarini ko'paytirish bo'lgani ham juda katta ayblov, bu qaysi dalillar bilan isbotlangan ekan-a, qiziq? Yoki o'zi tergovda aytibdimikin, "meni maqsadim terroristik tashkilot a'zolari sonini ko'paytirish edi" deb. Bu biz uchun hozircha jumboq.
Kecha aytganimdek, hukmning qonuniyligi shubha ostiga olinishi mumkin emas, chunki shunaqa mazmundagi nashidani tarqatish taqiqlanganmi, tamom, demak kim tarqatishidan qat'i nazar, u — aybdor. Qonun shunaqa.
Asosiy gap jazoning qay darajada adolatli ekanligida!
Jazoning birlamchi maqsadi — mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga to‘sqinlik qilish.
Ya'ni IIBB bayonotida aytilgan gaplar rost deb tasavvur qilaylik. Shunda 3 yil qamoqda o'tirib chiqsa, Jahongir kabi 21 yosh bolalar terroristik tashkilot ta'siridan qutilib chiqadimi yoki battar bu yurtni, bu Hukumatni, bu jamiyatni yomon ko'rib, undan nafratlanib chiqadimi? Bunisini bilmadim. Aniq bir narsa deya olmayman.
IIBB bayonotida “Mehr” insonparvarlik operatsiyalari eslab o'tilgan. Ya'ni Suriyadan terroristik tashkilot tarkibiga haqiqatda a'zo bo'lib, quruq gapda emas, balki amalda jihod qilish uchun urush o'chog'iga ketgan va balki kim bilsin haqiqatda kimlarningdir o'limiga bevosita/bilvosita sababchi bo'lgan yuzlab fuqarolarimiz kechirilib, ular Vatanimizga qaytarildi. Ularni jazolash o'rniga, aksincha uy-joy, ish, moddiy yordam, ruhiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash berildi. Nega? Chunki ular qilmishidan pushaymon bo'lgandi. Bu juda katta jasorat va bag'rikenglik edi. Uncha-bunchasi bunaqa qila olmaydi, qoyil qolish kerak.
O'z yurtimizda esa 21 yosh bolaga diniy aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan nashidani Telegramdan boshqalarga yubording, deb 3 yilga qamadik. Hali jihod qilish uchun Suriyaga ketish tugul, qishlog'idan boshqa joyga chiqmagandi.
❗️Yana va yana qaytaraman: gap bu bolaga noqonuniy ayblov e'lon qilinganida emas, gap jazoning qay darajada adolatli ekanligida.
Ammo berilgan bayonotlar va qo'yilayotgan ayblovlar mazmunidan kelib chiqsak, jazo o'zgarmasdan qolsa kerak. Hech kimda bunaqa niyat yo'q, shekilli.
‼️‼️‼️BARCHAGA DO'STONA MASLAHAT: Shahidlik haqidagi ma'ruzalarni saqlamang, tarqatmang, targ'ib qilmang! Kimdir tarqatsa, uni ham ogohlantiring, unaqa guruhlardan chiqib keting. O'zi umuman diniy ma'ruzalarni faqat O'zbekistondagi ishonchli rasmiy manbalardan eshiting. O'zini asraganni Alloh ham asraydi. Boshqalar qilayotgan xatolardan to'g'ri xulosa chiqarish kerak, hadeb bir xil xatoni takrorlayvermasdan.
👉 @xushnudbek 👈
AQShning Green card–2023 lotereyasida fuqarolari eng ko‘p g‘olib chiqqan mamlakatlar o‘nligi (#):
1. 🇪🇬Misr — 5529
2. 🇩🇿Jazoir — 5526
3. 🇺🇿O‘zbekiston — 5511
4. 🇮🇷Eron — 5506
5. 🇷🇺Rossiya — 5505
6. 🇸🇩Sudan — 4863
7. 🇲🇦Marokash — 4469
8. 🇨🇩Kongo DR — 4385
9. 🇺🇦Ukraina — 3808
10. 🇳🇵Nepal — 3808
Qo’shnilarimiz ko’rsatkichi:
🇰🇬Qirg’iziston — 2846
🇦🇫Afg’oniston — 2724
🇹🇯Tojikiston — 2485
🇰🇿Qozog’iston — 1908
🇹🇲Turkmaniston — 555
👉 @xushnudbek 👈
Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida FVV birlamchi ma’lumot berdi
Bugun, 9-may kuni soat 21:25 da Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Yangiobod” MFYda joylashgan tumangaz korxonasi hududida yong‘in-portlash sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FV bo‘limiga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra zudlik bilan yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, hozirda yong‘in bartaraf etilmoqda.
Vaziyat nazoratga olingan. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Sinfdoshlariga “nashida” yuborgan 21 yoshli talaba 3 yilga qamaldi
Tadbirkor Zafar Hoshimov bu haqda quyidagilarni yozmoqda va bu fikrlarga men ham qo’shilganim uchun sizlar bilan ulashmoqchiman:
“Kech ishdan kelib, shu maqolani o‘qib, tamog‘imdan ovqat o‘tmadi.
Grant asosida (!) “Narxoz”da o‘qib kelayotgan 21 yoshli talaba bir yil avval YouTube’dan (ochiq manba) olib, bilar-bilmas, sinfdoshlariga yo‘llagan bir nashida uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilinibdi.
Bilar-bilmas, deganim, bu nashidani butun boshli bir diniy qo‘mita o‘rganib, tahlil qilibgina, uning asl mohiyati zararli, deb topibdi. Yosh yigit YouTube’da qo‘shiq eshitib, uning bu jihatlarini tushunmagan bo‘lishi mumkin-ku, axir.
Bu yigit umuman yomon niyati bo‘lmagan bo‘lishi ham mumkin…
Ayni yangi Konstitutsiyamizda gumonlar ayblanuvchi foydasiga talqin qilinadi, deyilmaganmi?!
Yoshlik ayni xatolar, adashishlar pallasi. Aftidan ayon, odobli, aqlli yigit, nahotki, bir xatosi uchun uni shunchalik og‘ir jazolash to‘g‘ri bo‘lsa, yosh umrini xazon qilib, yorug‘ darsxonalarda ilm olib, mutaxassis bo‘lib, vataniga unumli xizmat qilish o‘rniga, u zax hibsxonalarda kunlar emas, yillar o‘tkazsa?!
Aminmanki, shu yigit bilan yaxshi tushuntirish o‘tkazib, ota-onasi oldida qattiq ogohlanitirilsa, bir umriga yetib ortardi, do‘stlariga hatto “Nu, pogadi!..” multfilmini ham boshqa yubormaydigan bo‘lar edi…
Mening fikrimcha, bu jazoning o‘zi o‘ta radikal.
Sud-adliya tizimimiz bu hukmni yana bir bor adolat, insonparvarlik va gumanizm asnolariga asoslanib, qayta ko‘rib chiqadi, degan umiddaman.
NB. Bu yigitga yoki uning oilasiga hech qanday aloqam yo‘q. Shu siyratini ko‘rib, maqolani o‘qib, ezildim.
https://kun.uz/uz/07792360”.
Post tugadi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun G’alaba kuni emas, bugun Xotira va qadrlash kuni
(2019-yildagi postni qayta ulashyapman)
Fashizm — shubhasiz yomon, ha. Gitler — millionlab begunoh insonlarni qirib tashlagan yovuz, to‘g‘ri.
Ammo unutmaslik kerakki, o‘z qo‘l ostidagi mustamlaka davlatlarning millionlab maʼrifatparvarlarini beayov qatag‘on qilgan sovetlarning manfur siyosati ham aslida — fashizm, Stalin ham aslida — Gitler.
Davronbek Tojialiyev Facebook’da quyidagicha post qoldirdi, o‘qib ko‘rsangiz ziyon qilmaydi:
«YouTube’da 5 milliondan ortiq obunachiga ega rossiyalik bloger Yuriy Dudning "Kolima - rodina nashego straxa" deb nomlangan 2 soatlik hujjatli filmi (https://youtu.be/oo1WouI38rQ) rus mediasida shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Unda Stalin qatag‘onlarining ayanchli oqibatlari haqida fikr bildirilgan.
2018-yil oktyabrda Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lganlarning qariyb yarmi Stalin qatag‘onlari haqida hech qachon eshitmagan ekan. Yuriy Dud Stalin qatag‘onining o‘lim lagerlari - sovuq Magadan va Kolimaga borib, sobiq lagerlarning mashʼum manzarasini, tobora odam qadami uzilayotgan makonlarni, tashlandiq shahar va qishloqlarni suratga oladi, sharoitlardan zada bo‘lgan mahalliy xalq vakillari, tarixchilar, sobiq mahbuslarning farzandlari bilan suhbat qiladi.
Filmda aytilishicha, 1930-1956 yillarda 20 mln kishi GULAGga tashlangan. Ulardan 2 mln nafari nobud bo‘lgan. Odatda "xalq dushmani" va boshqa ayblovlar bilan otish va hibsga olish uchun har bir respublikaga raqamlar belgilanar, respublika kuch ishlatar tizimlari shu raqam bo‘yicha “ayblanuvchilar”ni yetkazib berishi talab etilardi. Vaziyat shu darajaga yetdiki, respublika rahbariyatlari markazga "Bizda hali xalq dushmanlari ko‘p ekan" deb kvotani oshirish bo‘yicha taklif yubora boshlaydilar.
Magadan, Kolimaning o‘lim lagerlarida bir qancha o‘zbek ziyolilari ham nobud bo‘lgan. Qish oylarida harorat minus 50°-60° gacha tushgani uchun ko‘plab mahbuslar ochlik va sovuqdan vafot etib ketishgan, yana qanchadan-qancha mahbuslar, qo‘l-oyoqlariyu quloqlarini sovuqqa oldirishgan. Buyuk shoir Usmon Nosir ham Magadan qamoqxonalarida sovuqdan jinni bo‘lib qolayozadi, so‘ngra Kemerovo viloyatidagi qamoqxonaga yuborilib, 1944-yil vafot etadi. Germaniyada o‘qigan ilk o‘zbek yoshlaridan Maryam Sultonmurodova NKVDning Kolimadagi “Dalstroy” lagerida 1939-yildan 1947-yil 13-sentyabrga qadar ishlaydi…
"Kolima - rodina nashego straxa"ni ko‘rishni tavsiya etaman. 9-may arafasida mustabid Stalinni ko‘kka ko‘taruvchilarga yaxshigina “sovg‘a” bo‘ladi bu. "Qo‘rquv — ozodlikning eng katta dushmani" deb xulosalaydi bloger».
Post tugadi.
Qo‘shimchasiga Muhrimning kanalida eʼlon qilingan mana bu postni, Farhod Fayzullayevning kanalida eʼlon qilingan mana bu postni o‘qib qo‘ysangiz ham zarar qilmaydi. Ushbu postlardagi fikrlarga to‘la qo‘shilaman, yaʼni bugungi kun aslida bayram emas, marhumlarni xotirlash kuni.
Bu kunni bayram sifatida o’yin-kulgu qilib emas, aksincha urushda halok bo‘lgan yuz mingab ota-bobolarimizning haqqiga duo qilib, o’tganlarni xotirlab, tiriklar holidan xabar olib o’tkazish kerak.
Eng katta tilagimiz esa — yurtimiz, xalqimiz boshqa hech qachon urush ko‘rmasin, ilohim.
👉 @xushnudbek 👈
Roppa-rosa 5 yil oldin, ya’ni 2018-yil 8-may kuni @xushnudbek kanalida ilk post qoldirilgan edi. 5 yil ichida kanalda 19 mingdan oshiq postlar eʼlon qilindi (forvardlari bilan). Bugungi kunda obunachilar soni 488 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.
Umuman olganda kanal menga ko‘p narsa o‘rgatdi, tarbiyaladi. Turli kutilgan va kutilmagan savdolarni boshimga soldi, quvonchli va baʼzan dilni xira qiluvchi vaziyatlarni tuhfa qildi. Masʼuliyatli bo‘lishga, maʼlumotlarni qayta va qayta tekshirish, shoshmashosharlik qilmaslikka, o‘z ustimda tinimsiz ishlashga o‘rgatdi.
Eng asosiysi kanalim menga Sizlardek qadrdon insonlarni berdi. O‘zbekiston va xorijdagi turli nuqtalardan meni kuzatib, fikrlarimga munosabatlar beradigan, xursandchilik kunlarimda men bilan birga quvonadigan, baʼzan men uchun qayg‘uradigan, xato qilgan paytlarim tanqid qilib, to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan yarim millionga yaqin aziz va samimiy yaqinlarim paydo bo‘ldi. Bularning barchasi Allohning menga bergan marhamati, desam adashmagan bo‘laman.
Boringizga shukr! Barchangizni g‘oyibona hurmat qilaman.
P/S: @xushnudbekuz kichik kanalim esa 1 yoshga to’ldi :)
👉 @xushnudbek 👈
2023-yil 1-sentyabrdan boshlab oliy taʼlim tashkilotlari yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga advokatlik tuzilmalarida mehnat qonunchiligiga muvofiq o‘qishdan bo‘sh vaqtda advokat yordamchisi sifatida ish faoliyatini olib borishga ruxsat etiladi — Prezident farmoni.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkentda ro‘yxatga turish osonlashadi
Bugun qabul qilingan Prezident farmoniga ko‘ra, 2 oy ichida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish bo‘yicha qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida loyiha ishlab chiqilib, Oliy Majlisga kiritiladi.
❓Xo‘sh, unda Toshkentda ro‘yxatda turish qanaqa bo‘ladi?
Farmonda aytilishicha, Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda xabardor qilish tartibini joriy etishga qaratilgan mutlaqo yangi mexanizmlarni nazarda tutuvchi farmon loyihasini taqdim qiladi.
Boshqacha aytganda, kelgusida Toshkentda ro‘yxatda turishda shunchaki onlayn xabardor qilish kifoya bo‘ladi. Katta ehtimol bilan, bu orqali "doimiy yoki vaqtinchalik propiskang qani?" deb bezovta qilishlar yo‘qoladi.
Chunki garchi propiska rejimi bekor bo‘ldi deyilgani bilan, bu muammo bugun ham aktual bo‘lib turibdi. Ayniqsa talabalar ko‘p qiynalishmoqda, kunda kunora shu sabab bilan jarima to‘layotganlar ham yo‘q emas.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇶🇦 Toshkentda Qatar elchixonasi ochildi
Ochilish marosimi kecha Oʻzbekiston va Qatar tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida o’tkazilgan siyosiy maslahatlashuvlar doirasida bo’lib o’tdi.
Jumladan, maslahatlashuvlar chogʻida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar davlati tashqi ishlar vaziri Sulton bin Saad Al-Murayxiy bilan siyosat va diplomatiya, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni faollashtirish masalalarini muhokama qildi.
👉 @xushnudbek 👈
Yana bir bor eslatamiz:
Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!
Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.
Ertaga 9-may — Xotira va qadrlash kuni, dam olish kuni sifatida belgilangan bayram. Demak, bugun, 8-may kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.
👉 @xushnudbek 👈
❓Prezident saylovi qaysi kuni bo’ladi?
✅ JAVOB: Bu Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi, hozircha rasmiy sanasi ma’lum emas.
Ammo ayrim taxminlar bor. Bugun kuchga kirgan qonunga ko’ra, agar amaldagi Prezident vakolatidan foydalanib, muddatidan ilgari Prezident saylovi o’tkazilishini e’lon qilsa, saylov 2 oy ichida o’tkazilishi kerak.
Demak, katta ehtimol bilan saylov yoki 2-iyul (yakshanba), yoki 9-iyul (yakshanba) kuniga belgilanishi mumkin. 9-iyul ikki oylik muddatdan 1 kunga chiqib ketishini hisobga olib, 2-iyulda saylov bo’lish ehtimoli yuqori.
Rasmiy xabar chiqsa, ma’lum qilamiz.
👉 @xushnudbek 👈
Aytgancha, Qamashi tumanida davlat bayrog‘i rangidagi tasmani taqib yurgan yigitga nisbatan qo’zg’atilgan ma’muriy ish Bosh prokuratura aralashuvi bilan bekor qilinibdi.
Shuningdek, yigitga noqonuniy ish ochgan ichki ishlar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha Qamashi tumani prokuraturasi taqdimnoma kiritibdi.
Hozirda Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
🇹🇷 Turkiyaning Karabuk Davlat universiteti 2023-2024-o'quv yili uchun qabul eʼlon qildi
Xalqaro taʼlim standartlariga javob beradigan yuqori darajadagi bilimlarni egallab, oʻz kasbingizning ustasi boʻlmoqchimisiz? Unda Karabuk universitetiga marhamat.
📚 FAKULTETLAR:
➖ Biznes boshqaruv;
➖ Iqtisodiyot;
➖ Kompyuter muhandisligi;
➖ Siyosatshunoslik va davlat boshqaruvi;
➖ Energiya tizimlari muhandisligi;
➖ Mashinasozlik va avto injiniring;
➖ Temiryoʻl sohalari;
➖ Arxitektura;
➖ Gastronomiya va pazandachilik;
➖ Oliy hamshiralik va akusherlik ishi;
➖ Oʻqituvchilik;
➖ Islomshunoslik;
➖ Kino, televideniye, radio;
➖ Jurnalistika.
✅ Xalqaro diplom;
✅ Universitet hududidagi qulay va arzon yotoqxona;
✅ Hamyonbop kontrakt;
✅ Xalqaro muhit.
❗️ “Perevod”, sirtqi va onlayn taʼlim mavjud emas. Taʼlim turk va ingliz tilida olib boriladi.
☎️ Maʼlumot uchun: +998933996060 | +998933836660
Telegram: @Karabuk123 va @Asiatour_1Ta’lim reklamasi
Boks: bugun g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l olgan sportchilarimiz:
✅ -51 kg: Hasanboy Do‘smatov;
✅ -57 kg: Abdumalik Xalokov;
✅ -63,5 kg: Ruslan Abdullayev;
✅ -71 kg: Saidjamshid Jafarov;
✅ -92 kg Lazizbek Mullojonov;
✅ -54 kg: Oybek Jo‘rayev;
✅ -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev;
✅ -75 kg: Aʼloxon Abdullayev.
Chorak finaldagi hozircha yagona mag'lubiyat:
❌ -60 kg: Mujibillo Tursunov.
Kutilayotgan janglar:
⏳ -86 kg: Shohjahon Abdullayev - Alfonso Domingez (Ozarbayjon) (A ring, 20:35 dan so‘ng)
⏳ +92 kg: Bahodir Jalolov - Qamshibek Konkabayev (Qozog‘iston) (B ring, 21:10 dan so‘ng)
👉 @xushnudbek 👈
Xon Saroyning "Zo'rsan" xonadonlari dastlabki to'lov 176 mln so‘mdan
Yangi "Zo'rsan" loyihasidagi 2 xonali xonadonlarni xarid qilish uchun 176 mln so‘mlik boshlang‘ich to‘lovni amalga oshiring va qolgan qismini aksiya bo'yicha 36 oy davomida oyma-oy bo'lib to'lang!
⚠️ Qurilish jarayoni boshlangan.
Bot оrqali bog'lanish
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️ 71 200 74 00
☎️ 55 501 74 00
Telegram | Instagram | Sayt | Reklama
Bugundan Oʻzbekiston prezidentligi uchun saylov kampaniyasi boshlandi
Markaziy saylov komissiyasi tasdiqlagan rejaga ko’ra, siyosiy partiyalar 15-maygacha saylovda ishtirok etish uchun hujjatlar taqdim etishi kerak.
Prezidentlikka nomzodlar 6-iyungacha ro’yxatga olinadi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun 11 nafar bokschimiz Jahon chempionati chorak finalida jang qiladi.
To‘liq juftliklar:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Tomoya Suboi (Yaponiya) (B ring, 14:00)
-57 kg: Abdumalik Xalokov - Ishish Yusuf (Iordaniya) (B ring, 14:25 dan so‘ng)
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Lounes Xamraoui (Fransiya) (A ring, 15:10 dan so‘ng)
-71 kg: Saidjamshid Jafarov - Igor Sviridchenkov (Rossiya) (B ring, 15:25 dan so‘ng)
-92 kg Lazizbek Mullojonov - Sezar La Kruz (Kuba) (A ring, 16:25 dan so‘ng)
-54 kg: Oybek Jo‘rayev - Gabriel Eskobar (Ispaniya) (B ring, 18:40 dan so‘ng)
-60 kg: Mujibillo Tursunov - Vsevolod Shumkov (Rossiya) (B ring, 18:55 dan so‘ng)
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Roniyel Igletsias (Kuba) (B ring, 19:25 dan so‘ng)
-75 kg: Aʼloxon Abdullayev - Filip Akilov (Vengriya) (B ring, 19:55 dan so‘ng)
-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Alfonso Domingez (Ozarbayjon) (A ring, 20:25 dan so‘ng)
+92 kg: Bahodir Jalolov - Qamshibek Konkabayev (Qozog‘iston) (B ring, 21:10 dan so‘ng)
👉 @xushnudbek 👈
O’zimdan qo’shimcha:
Bu kabi xabarlarga nima deyishga hayronman. Tasavvurimda, yurtimizda ekstrimizm va radikalizmni kuchaytirishdan manfaatdor bo’lgan va bunga bor kuchi bilan harakat qilayotgan, ya’ni tinchligimiz uchun real xavf solayotgan kuchlar umuman boshqalar-u, ammo biz ushlab jazolayotgan insonlar boshqalarga o’xshaydi. Xuddi xorijdagi eriga achchiq qilib, farzandini kaltaklayotgan ayoldek.
Yo’q, men u bola mutlaqo aybsiz, demoqchi emasman. Yoki jihodga chorlash bemalol bo’lsin, demoqchi ham emasman.
Qadimgi Rimda shunday ibora bo’lgan, “Dura lex, sed lex”, ya’ni “Qonunlar shafqatsiz, lekin baribir u qonun”. Agar qonunda shunday mazmundagi qo’shiqlarni tarqatish jinoyat deb baholanadimi, kodeksda shu qilmish uchun shunday jazo belgilanganmi, demak bir qarashda barchasi qonun doirasida bo’lgan.
Ammo avval ham ko’p bora ta’kidlaganim kabi, qonuniy hukm bilan, ADOLATLI hukm umuman boshqa-boshqa tushuncha. Bu haqda batafsil bu yerda o’qishingiz mumkin:
/channel/xushnudbek/1014
U bolaning maqsadi haqiqatdan hammani jihodga chorlash bo’lganmi? Haqiqatdan do’stlari orasida bir necha yildan buyon jihodga faol targ’ib qilib kelganmi? O’sha terroristik tashkilotlar bilan doimiy aloqada bo’lganmi? Mana shular aniqlandimi? Yoki shunchaki 1 yil oldin umrida atigi bir martagina 10-15 kishilik guruhga “nashida” yuborgan xolosmi va shuning uchun 3 yilga “kesildimi”?
Afsuski mana shu kabi jihatlar hozirgi qonunchilikda umuman hisobga olinmagan. Qonunchilikda deganimning sababi bor. Ya’ni hozirgi holatda sudyani ayblamoqchi emasman. Aslida sudya qonunda ko’rsatilgandan yengilroq jazo bergan. Chunki Jahongirga Jinoyat kodeksining 244-1-modda 3-qismi “g” bandi bilan ayb e’lon qilingan. Telegram guruhga “nashida” yuborishni og’irlashtiruvchi holat, ya’ni internet orqali tarqatish deb baholashgan. Buning uchun kodeksda 5 yildan 8 yilgacha jazo belgilangan. Boshqa alternativ jazo yo’q. Sudya esa yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olib, kodeksda belgilangandan yengilroq jazo bergan — 3 yilga hukm qilgan.
Mana shu joyda qonunlarning mantiqsizligi ham ko’rinadi. Qonunlar oqibatni hisobga olmaydi, faqat usulga qaraydi xolos. Masalan, siz 1000 kishi to’plangan bozorda yoki 10 ming kishi to’plangan stadionda ovoz kuchaytirgich orqali hammani jihodga chorlasangiz yoki shu mazmundagi varaqani 100 ming kishiga tarqatib chiqsangiz, nazariy jihatdan jarima bilan qutilsangiz bo’ladi. Ammo atigi 3 kishi a’zo bo’lgan Telegram guruhda bu ishni qilsangiz og’irlashtiruvchi holat sifatida 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishingiz mumkin. Buni shubhasiz adolatsiz tartib deyish mumkin.
Aytilishi kerak bo’lgan yana bir jihat bor. Ko’pincha shu kabi holatlarda, bir gapni ko’p takrorlashadi: “Sizlar bilmaysizlar-da, buni orqasida umuman boshqa gap bor, bekorga bunaqa jazo berilmadi, sizlarning ko’p narsadan xabaringiz yo’q” deya e’tiroz qilganlarning “og’ziga urishga” harakat qilishadi.
Xo’p, agar rostdan buning orqasida “boshqa gap” bo’lsa, agar tegishli organlar rostdan o’sha “boshqa gap”ni topishgan bo’lsa, unda o’sha “boshqa gap” sudda ham aytilsin, muhokama qilinsin, dalillar bilan isbotlansin. Sudda aytilmagan, muhokama qilinmagan, dalillar bilan isbotlanmagan “boshqa gap” yuridik jihatdan sariq chaqaga ham arzimaydi. Sud hukmidagi ayblov umuman boshqa, lekin aslida “boshqa gap” bor, degani kimdir noqonuniy hukm qilindi, sud majlisi shunchaki teatr bo’ldi degani. Bu gaplarim ijtimoiy tarmoqlarda “balki biz bilmagan boshqa gap bordir” deb post yozadiganlarga taalluqli.
Hozirgi holatda faqat birgina narsa odamga umid beradi. Avvalroq, telefonidan diniy nashida topilgan yana bir 21 yoshli yigit — Sardor Rahmonqulov ham 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Keyinroq, jamoatchilik e’tirozidan keyin (ammo sud qaroriga bu ta’sir qilmadi deyilgandi), apellyatsiya sudining ajrimiga muvofiq, Rahmonqulovga tayinlangan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hukmga o‘zgartirilib, 2 yil sinov muddati belgilangan va u sud zalidan ozod qilingandi.
Balki Jahongir bilan ham shunaqa bo’lar, kim bilsin…
👉 @xushnudbek 👈
TTU bu — to’g’ri tanlov!
2023/2024-o'quv yili kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllari bo'yicha fakultetlar:
- Axborot texnologiyalari
- Biznes texnologiyalari
- Ta'lim texnologiyalari
- Til texnologiyalari
Toshkent texnologiyalar universitetida yuqoridagi texnologiya yo’nalishlari, shuningdek, yurisprudensiya va psixologiya kabi hozirda talab yuqori bo’lgan yo’nalishlar ham mavjud.
Ariza topshirish: ttu.uz
Litsenziya: 062346-son
Narxlar: bu yerda
👉 Telegram-bot: @ttualoqabot
📞 +998 (71) 200-80-40
Telegram | Instagram | ManzilTa’lim reklamasi
Kecha “Kinochilar uyi”da Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan "O'zbek qizi" badiiy filmining premyerasi o'tkazildi.
Bayram munosabati bilan bugun shu filmning telepremyerasi ham bo'ladi. Anonslar bilan quyida tanishing:
📺 “O‘zbekiston” telekanali — soat 18.50
📺 “Yoshlar” telekanali — 19.30
📺 “Toshkent”, "Madaniyat va maʼrifat", "Dunyo bo‘ylab", “Mahalla”, "O‘zbekiston tarixi", “Kinoteatr”, "Renessans" telekanallarida — 19.00
📺 "Dasturxon" va "BizTV" telekanallarida — 20.00
📺 "Zo'r" TV — 22.00
📺 "Sevimli" TV — 22.30
📺 "MY5" TV — 22.45
👉 @xushnudbek 👈
2023-yil 1-sentyabrdan boshlab respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning madaniy meros obyektlariga, jumladan ko‘rgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga to‘lovsiz kirish tartibi joriy etiladi — Prezident farmoni.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Talabalar uchun xushxabar!
Prezident farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-avgustdan boshlab soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining O‘zbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.
❓Bu nima degani?
Amaldagi tartibga ko‘ra, ota-onalar o‘zlarining 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining kontraktlari uchun pul to‘laganda, to‘langan qismidan 12 foizlik daromad solig‘i hisoblanmasdi va qaytarib berilar edi.
Ana endi 1-avgustdan boshlab mana shu qoidadagi yosh cheklovi olib tashlanmoqda. Endi 30 yosh bo‘ladimi, 35 yosh bo‘ladimi, farqi yo‘q, farzandining kontrakti uchun to‘langan summaga daromad solig‘i hisoblanmaydi.
Kontrakt to‘langanda 12% daromad solig‘i qaytarilishi bo‘yicha batafsil bu yerda tushuntirganman.
/channel/xushnudbek/17561
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boradi
18-19-may kunlari Xitoyning Sian shahrida “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti boʻlib oʻtadi.
🇨🇳Xitoy rahbari Si Szinpin raislik qiladigan sammitda 🇺🇿Oʻzbekiston, 🇰🇬Qirgʻiz Respublikasi, 🇰🇿Qozogʻiston, 🇹🇯Tojikiston va 🇹🇲Turkmaniston prezidentlari ishtirok etishi kutilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
📣 Startapermisiz yoki startap sohasiga qiziqasizmi? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun!
Sovrin jamgʻarmasi $1 millionni tashkil etuvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi eng yaxshi startap loyihalari uchun tanlov – President Tech Award'ga arizalar qabuli davom etmoqda!
⏳ Vaqt juda oz qoldi! awards.gov.uz sayti yoki @PresidentTechAward Telegram kanali orqali shartlar bilan tanishing va roʻyxatdan oʻtishga shoshiling!
Tanlov asosiy (5 ta toifada) va maxsus (xakaton) yoʻnalishdan iborat. Asosiy yoʻnalishning har bir toifasi uchun sovrin quyidagicha taqsimlanadi:
☑️ 1-oʻrin — $100 000;
☑️ 2-oʻrin — $50 000;
☑️ 3-oʻrin — $30 000.
Xakatonda gʻolib boʻlgan jamoa esa $100 000 miqdoridagi pul mukofotini yutib oladi.
Ariza topshirish uchun: awards.gov.uz
Barcha savollar boʻyicha: @PresidentTechAwardReklama
Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul (yakshanba) kuniga tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Yurtimizda muddatidan ilgari Prezident saylovi o‘tkaziladi.
Bu haqda yangilangan Konstitutsiyaning 128-moddasida mamlakat Prezidentiga berilgan vakolatdan foydalanib, farmon imzolandi.
👉 @xushnudbek 👈