❗️ Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 2023/2024-oʻquv yili uchun hujjatlar qabulini boshladi
Muhandislik (turli yoʻnalishlar boʻyicha):
➖ Geologiya va geomuhandislik;
➖ Konchilik ishi;
➖ Kimyo muhandisligi;
➖ Neft va gaz muhandisligi;
➖ Axborot texnologiyalari;
➖ Xitoy energetika instituti.
Tadbirkorlik (turli yoʻnalishlar boʻyicha):
➖ Tadbirkorlik va menejment;
➖ Xalqaro logistika.
Koreya texnologiyasi va madaniyati kolleji qoshidagi fakultetlar:
➖ Yashil texnologiyalar (qayta tiklanadigan energiya manbalari);
➖ Dizayn;
➖ Raqamli iqtisodiyot.
🎓 Oliy taʼlim maskani xalqaro standart va metodikalar asosida taʼlim beradi.
❗️ Hujjatlarni ushbu havola orqali topshirishingiz mumkin. Siz hujjatlarni qabul qilib olguningizga qadar oʻzingiz tahsil olayotgan muassasaning (maktab, kollej yoki litsey) bitiruvchisi ekanligingizni tasdiqlovchi maʼlumotnomani tizimga yuklash imkoniga egasiz.
☎️ Telefon: +99855 705-50-05,+99897 575-48-29
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | Ta’lim reklamasi
♟️👑 Ding Liren — 17-Jahon chempioni, Shaxmat tojining yangi sohibi!
Qozog’iston poytaxti Ostona shahrida o’tgan musobaqada shaxmat bo’yicha navbatdagi Jahon chempioni nomi ma’lum bo’ldi.
14 ta klassik partiyada durang qayd etilgach, bugun tay-brek o’yinlari bo’lib o’tdi. Tay-brekning dastlabki 3 tasida ham durang bo’ldi. 4-partiyada qora donalarda o’ynagan 🇨🇳xitoylik Ding Liren raqibi 🇷🇺rossiyalik Yan Nepomnyashiy ustidan g’alabaga erishdi.
❗️Shunday qilib Ding Liren hisob bo’yicha 17-Jahon chempioniga aylandi.
Eslatib o’tamiz, turnir reglamenti bo’yicha asosiy 14 ta partiyada durang qayd etilgani uchun Liren 1,1 mln AQSh dollari, Nepomnyashiy esa 900 ming dollar mukofotni qo’lga kiritdi.
P.S.: shaxsan men boshidan Ding Liren uchun muxlislik qildim. U nafaqat o’ta iqtidorli, balki xarakteri ham juda kamsuqum, kamtar va samimiy shaxmatchi. Aynan Liren chempion bo’lganidan xursandman. Barakalla!
👉 @xushnudbek 👈
Referendum o’tgan deb hisoblanishiga yetarli ovoz berildi
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, soat 13:00 holatiga umumiy ovoz beruvchilarning 62,24 foizi referendumda ovoz berdi.
👉 @xushnudbek 👈
Referendumda ovoz berish jarayonlari davom etyapti. Barcha hududlarda yuqori faollik qayd etilayotgani ta’kidlanmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev 🇩🇪 Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan 2-3-may kunlari tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun shaxmat tojining yangi sohibi nomi ma’lum bo’lishi mumkin.
Hozirgina 🇷🇺Yan Nepomnyashiy hamda 🇨🇳Ding Liren o’rtasidagi eng oxirgi 14-partiya boshlandi.
Hozircha umumiy hisob 6,5:6,5. Demak, bugun kim g’alaba qozonsa, o’sha navbatdagi 17-jahon chempioni bo’ladi. Agar bugun durang bo’lsa, unda tay-brekda qo’shimcha partiyalar o’ynaladi.
Oxirgi partiyani kuzatish uchun havolalar:
🇬🇧Video sharh (ingliz tilida);
🇷🇺Video sharh (rus tilida);
♟️Yurishlarni kuzatish.
👉 @xushnudbek 👈
Birozdan so'ng final.
“Zakovat” Oliy liga Bahorgi mavsum finalida Jobir Ahmedov jamoasi qatnashadi.
Manzil va joyi o’sha-o’sha: “Milliy” telekanalida soat 22:00 da.
👉 @xushnudbek 👈
❓O‘zbekistonda qancha aholi kavlama ko‘rinishidagi hojatxonalardan foydalanadi?
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining 41 foizi chuqur kavlama ko‘rinishidagi hojatxonalardan foydalanadi, qishloqlarda bu ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori. Uy xo‘jaliklarining faqat 16 foizigina markazlashgan oqova tizimga ulangan, shaharda bu ko‘rsatkich 27 foizni, qishloq joylarida 2 foizni tashkil etmoqda.
Ya'ni boshqacha aytganda, qishloqlarda 98% xonadonda markazlashgan oqova tizimi yo'q.
Sifatli sanitariya sharoitlariga ega bo‘lmaslik inson salomatligiga salbiy taʼsir qiladi, bolalar orasida maktabda davomatning pasayishiga olib keladi va natijada taʼlim olish sifati ham pasayadi.
❓Nima qilish kerak?
Aholi orasida sanitariya-gigiyena mavzusidagi tashviqot ishlari sezilarli natija bermaydi. Tashviqot moliyaviy yordam bilan taʼminlangan taqdirda sezilarli natija beradi.
Xususan, Bangladeshda o‘tkazilgan tadqiqotda kutilganidek tashviqotning yakka o‘zi va texnik ko‘mak bilan kombinatsiyasi ham hech qanday samara bermagan. Ammo tashviqot va vaucherli subsidiya birgalikda uy xo‘jaliklari orasida hojatxonalar bilan taʼminlanish darajasining 22 foiz punktga o‘sishiga olib kelgan.
PMTI mutaxassislari birinchi qadam sifatida, ushbu chora-tadbirlarni maktablarda boshlash va barcha sanitariya talablariga javob bermaydigan maktab hojatxonalarini taʼmirlash❗️ maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi.
Shuningdek, kelgusida byudjet yoki nobyudjet mablag‘lari taqsimotida ishtirok etadigan barcha bo‘g‘inlar, xususan, tashabbusli byudjet dasturi doirasida aholi, korporativ ijtimoiy masʼuliyat doirasida xususiy biznes, mahalliy kengashlar, hokimliklar, maktab rahbarlari, xayriya jamoat fondlari vakillari va ko‘ngillilar tomonidan ushbu masalaning ahamiyati eʼtibor markazida bo‘lishi ham amaliy natija beradi.
👉 @xushnudbek 👈
Hojatxona mavzusini davom ettirib: bu uyatli mavzu emas
Nurbek Alimov ham kecha shu mavzuda yaxshi post yozgan ekan. Ayrim tahrirlar bilan eʼlon qilyapman:
«Tualet bu inson hayotidagi eng muhim joylardan biri. Hozir begona yerda kirishdan ko‘ra, sabr qilib 10 minutdan keyin o‘z uyingdagi tualetinga kirishni afzal bilasanku to‘g‘rimi?
Uyida g‘o‘zapoyadan qilingan tualeti bor, lekin "Neksiya-3" minib yuradigan eshakmiyalar bor. Tualet temasini gapirishdan uyalishadimiyey, tabu (taqiqlangan mavzu) sifatida qaraydi.
Shaharda aylanib yurganingda qistab qolsa nima qilasiz, deb odamlarga savol berdim. Hammada deyarli bir xil javob: masjid, bank, kafe, zapravka...
Masjid beminnat (Ayollar-chi?), bank kiritadimi yo‘qmi savol, kafe yo zapravkadan biror narsa olmasdan tualetiga kirib chiqish ham asablar uchun "tak sebe" mashg‘ulot (darvoqe, “Korzinka”larda mijozlar uchun ham tualetlar bor).
Muhimi, savolimga hech kim "jamoat tualetlariga" deb javob bermadi. Xivaga borganimda markazda 3 ta tualet turibdi, hammasi yopiq. Eldor Asanov bilan bitta mehmonxonaga borib, resepshndan iltimos qilib kirib chiqqanmiz.
Maktab tualetlari haqidagi reportajlarni ko‘rib-ku, umuman ajablanmadim. Chunki bu narsalarni bilardim. Tumanlarda tualeti ichkarida bo‘lgan birorta maktab bo‘lmasa kerak.
Ota-onam qariyapti, tizzasini bukib o‘tirish qiyin bo‘lsa kerak, unitazli tualet qiberay, demaydi bir akaxon. Aytsam, ensasini qotirganday bo‘ldi. Yaxshi pul topadi. Menga nima deymanu, mana bu yerda nimadir to‘sqinlik qiladi-da (izoh — vijdonim qiynaladi, demoqchi muallif).
Yo‘llarni bo‘yida bir-ikkita yerda o‘zicha tualet qilib qo‘ygan bo‘lishibdi. Lekin taqa-taq yopiq. Nariroqda odamlar yo‘lning bo‘yida, mashinasining orqasida hojatini chiqaryapti. Erkaklarga oson. Ayollar-chi?
Eng yomon ko‘rganim, begona yerda ichidan qulflanmaydigan tualet. Kimdir kelsa, ichkaridan biron narsa deyishing kerak va o‘sha biron narsa - bu yo‘talish. Majburan o‘zingni yo‘taltirishing kerak. "Takoy pozor". Shunchaki, eshik ichidan qulflansin va kelgan odam yopiqligini ko‘rib, "ha, birov borakan" deb yo‘qolsin.
Shaxsiy qarashim bo‘yicha, hovlilarda uy ichida unitazli alohida tualet va tashqarida ham g‘ishtli, eshiklari ichidan yopiladigan tualet bo‘lishi kerak. Mehmon kelsa, o‘sha tashqaridagi tualetga yo‘naltirib yuborish kerak. Oila tualetiga begonalar kirmasligi kerak.
Xullas, baxtli yashash uchun eng avvalo qulay tualet va hammom qil. Qolgani keyin bo‘laveradi, mashina yoki qishda 2 ta xonasini isitib jon saqlaydigan yuz xonali uy va h.k.»
Post tugadi.
👉 @xushnudbek 👈
Xon Saroy'dan yangi loyiha!
📍 Toshkent shahrining Yunusobod tumanida barpo etilayotgan yangi “Zo‘rsan” loyihasidagi 2 xonali xonadonlarni muddatli to‘lovga xarid qiling. Boshlang‘ich to‘lovni amalga oshiring va 7,5 mln so‘mdan oyma-oy to‘lab boring.
Birinchilardan bo‘lib maxsus chegirmalar asosida xarid qilishga ulgurib qoling!
⚠️ Shoshiling, xonadonlar soni cheklangan!
Bot orqali bog‘lanish
☎️ 712007400 | 555017400
xonsaroy.uzReklama
Referendumda qaysi uchastkada ovoz berishingizni va u qayerda joylashganini onlayn bilib olishingiz mumkin.
Buning uchun https://saylov.uz/oz/faq/user-polling-station sahifasiga o‘tib, pasport seriyangiz va tug‘ilgan sanangizni kiritish kifoya.
👉 @xushnudbek 👈
“Mening yo‘lim” loyihasida ovoz berish boshlandi
Ushbu mavsumda ichki yo’llarni ta’mirlashga oid jami 10 ming 317 ta tashabbusli taklif ro‘yxatga olindi.
📆 Kiritilgan takliflarga ovoz berish jarayoni 7-may kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi.
❕Eslatib o‘tamiz, “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumini moliyalashtirish uchun budjetdan 312 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Kecha Muhammad Yusuf tavallud topgan sana edi. Agar shoir hayot bo‘lganida, 69 yoshga to‘lgan bo‘lar edi. Muhammad Yusufni sevib o‘qimagan yurtdoshimiz kam bo‘lsa kerak. Uning jaydari, xalqona tilda yozilgan sheʼrlarida samimiyati shundoq ufurib turar edi.
Keling, bugun "Kechki mutolaa" dasturi doirasida Muhammad Yusuf sheʼrlarini birgalikda o‘qisak, nima dedingiz?
📖 Matnni o‘qish uchun:
Muhammad Yusuf sheʼrlari
xushnudbek/muhammad-yusuf" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/muhammad-yusuf
📹 Yuqoridagi videoda esa shoirning o‘zi o‘qigan 4 ta sheʼri (“O‘zbekiston”, "Biz baxtli bo‘lamiz", "O‘zingdan qo‘ymasin", "Bor bisotim") hamda yana bir marhum ijodkorimiz Fathulla Maʼsudov tomonidan o‘qilgan “Lolaqizg‘aldoq” sheʼri bor. Video sifati uchun uzr, topganimiz shu bo‘ldi.
💬 Muhokama bu yerda.
Shoir aytganidek:
Mendan nima qolar:
Ikki misra sheʼr,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o‘ylayman
O‘zimdan ko‘proq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
❗️ Ingliz tili grammatikasini onlayn oʻrganishni istaysizmi? U holda City Education yoʻlga qoʻygan marafonda qatnashing
📌 Darslar Zoom platformasida har kuni 60 daqiqadan olib boriladi.
➖ Yordamchi oʻqituvchi xizmati
➖ Qoʻshimcha video materiallar
3 oylik marafonda qatnashish narxi: 400 000 soʻm.
Hoziroq roʻyxatdan oʻting! 👇
https://forms.amocrm.ru/rrvcwxm
📍Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Furqat koʻchasi 15/3
📞 Murojaat uchun: 71 200 30 30
Instagram | Ta’lim reklamasi
Joriy yilda O’zbekiston tarixida ilk bor Xalqaro tijorat sudi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Bu haqda Shavkat Mirziyoyev II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ma’lum qildi.
👉 @xushnudbek 👈
Kechki mutolaa
Abdulhamid Ismoil. Sangin mehmon (hikoya)
Izoh: bugun odatdagidan biroz kattaroq hikoya tanladik. O'qish yoki eshitish uchun yarim soatcha vaqtingiz ketadi. Ammo hikoya bu ketkazgan vaqtingizga arziydi, degan umiddamiz.
Asli O‘zbekistondan bo‘lgan Suhrob Surʼataliyev Moskvada haykaltarosh bo‘lib taniladi. Uning vatandagi qarindoshlar bilan aloqasi uzilgan, lekin kunlardan bir kuni “jiyaningizman, yordam kerak” deb bir yigit qo‘ng‘iroq qiladi. Hamma voqea shundan boshlanadi.
📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/sangin-mehmon" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/sangin-mehmon
💬 Muhokama bu yerda.
🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.
📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
Senat raisi va Parlament vakillari, Bosh vazir va Hukumat a’zolari, Administratsiya rahbari va o’rinbosarlari, vazirlar va hokimlar referendumda ovoz bermoqda.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birga Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 59-referendum uchastkasiga tashrif buyurib, referendumda ovoz berdi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun O‘zbekistonda referendum kuni.
Qonunchilikka binoan, soat 08:00 dan boshlab butun respublika bo’ylab ovoz berish jarayonlari boshlandi. Ovoz berish kechki payt soat 20:00 ga qadar davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈
UPL qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning oʻsishi va rivojlanishiga qanday yordam beradi?
UPL videoda koʻrsatilgan ikkita samarali mahsulotni taklif qiladi:
✅ Select — paxta va sabzavot ekinlarida bir yillik va koʻp yillik donli begona oʻtlarni yoʻq qilish uchun oʻsgandan keyingi gerbitsid. U nafaqat yer usti qismini, balki donli begona oʻtlarning ildiz tizimini ham yoʻq qiladi, shuningdek, bir yillik va koʻp yillik donli begona oʻtlarning 40 dan ortiq turlarini nazorat qiladi;
✅ BM-86 — oʻsimliklarni bargidan oziqlantirish uchun moʻljallangan gullash va meva hosil qilish stimulyatori. U mevalarning bir tekis gullashi va rivojlanishini taʼminlaydi, shuningdek, oʻsimliklardagi fiziologik jarayonlarni yaxshilaydi.
Mahsulotlar haqida batafsil maʼlumot olishingiz va barcha savollaringizni bevosita UPL mutaxassislariga berishingiz mumkin.
Mahsulotlarni koʻrish uchun havola orqali oʻting:
💬 /channel/uplagroconsulting Reklama
Klichxanov Ilxom Maxmudjonovich Nurafshon shahar hokimi etib tayinlandi.
U bunga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.
👉 @xushnudbek 👈
Bizga "hojatxona inqilobi" kerak
Qaysidir tashkilot yoki amaldor buni oʻz zimmasiga olishi va jiddiy shugʻullanishi kerak.
Koʻpchilik nomi hojatxona bilan assotsiatsiya boʻlib qolishni oʻylab, bunga jurʼat qilolmaydi. Ammo baribir kimdir buni boshlashi va asosiysi oxirigacha oborishi kerak.
Masalan, sobiq turizm vaziri Aziz Abduhakimov bu ishni yaxshi boshlagandi. Ayniqsa turizmni rivojlantirish maqsadida hech boʻlmasa “zapravkalar”da hojatxonalarni epaqaga keltirish tashabbusi boshlandi. Bu haqda maxsus Hukumat qarori ham chiqdi, 2020-yil 1-martdan boshlab hojatxonasi sanitariya talabiga javob bermaydigan AGTKS, AGQS va AYOQSlarning faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi. Oʻsha paytlarda reydlar oʻtkazilib, tualeti rasvo bo'lgan bir nechta “zapravkalar”ni yopishni ham boshlashdi. Bu masala bilan vazirlikda Muhayyo Hayitova masʼul edi. Jamoatchilik orasida koʻpchilik tanimaydigan bu ayol aholini sifatli hojatxonalar bilan taʼminlash, ahvolni yaxshilash uchun katta hajmli ishlarni qilganiga oʻzim guvohman.
Ammo keyinchalik buni ham negativ qabul qiladiganlar boʻldi. "Voy-dod, bular tadbirkorlikka qarshi, bizni ishlagani qoʻymayapti, “zapravkamizni” yopib qoʻyishdi" deb shantajlikka oʻtishdi. Vaholanki, shuncha daromad olayotgan noinsof va boyvachcha tadbirkorlar mijozlar uchun bitta normal hojatxona qilib bermadi.
Yoki internetda "Oʻzbekiston Hojatxona global sammiti boʻladi" degan xabarni ham qancha prikol qilishdi. Xarajatlari xalqaro tashkilotlar tomonidan qoplanadigan va davlat byudjetidan pul ketmaydigan ushbu sammitni tushunib-tushunmasdan rosa ustidan kulishdi.
Shu sabab boʻlibmi, kim bilsin, xullas, bu boradagi ishlar surʼati yana oldingidan ancha pasaydi. Hozirgi madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov jamoat hojatxonalari mavzusini unutib qo'ymaydi, degan umiddamiz.
Maktablarga kelsak.
Oʻz vaqtida Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov ham barcha maktablar hojatxonasini yaxshilash boʻyicha nimadir ishlarni boshlagandi. Sanitar sharoitlarga ega namunaviy hojatxona maketi yasalgandi. Barcha maktablarga ana shu maket asosida hojatxonalar qurishmoqchi edi. Unda suv saqlaydigan va isitadigan bachok, quyosh panellari bor edi, adashmasam. Narxi ham imkon darajada minimallashtirilgandi. Hukumat ham bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlagandi.
Ammo nima sabab tufayli bilmadim, bu loyiha boshlanmadi (yoki faqat 1-2 ta joyda boʻlib, ommalashmadi). Budjetdan pul topilmadi shekilli.
Natijada haligacha oʻta rasvo va ahvoli nochor hojatxonalari bor maktablar juda koʻp. Ularning birortasiga na vazir, na hokimlar kiradi, ularning farzandlari ham unaqa maktablarga bormaydi.
Hozirgi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovadan ham bu mavzuda jiddiy tashabbuslar kutib qolamiz.
Tushunaman, hammasi oxir-oqibat pulga borib taqaladi, budjetdan pul topish esa doim ham vazirning qoʻlida emas. Ammo "sendan harakat, mendan barakat" deydi. Asosiysi puxta oʻylangan loyihalar, aniq reja va tashabbuslar boʻlsa, uyogʻi bir gap boʻlar. Byudjet pullarini birinchi navbatda taʼlimga qaratmasak, holimiz xarobligini doim aytamizu, ammo konkret pul ajratishga kelganda esimizdan chiqib qoladi.
Xullas, gapning poʻst kallasi, bizga "hojatxona inqilobi" kerak. Bu haqiqatdan inqilob boʻlishi va hozirgi holatni jiddiy oʻzgartira olishi kerak. Bunga tashabbus qilmoqchi boʻlgan amaldorlar esa nomi hojatxona bilan bogʻlanib qolishidan qoʻrqmasligi kerak. Bu ishning savobi va xalq uchun manfaati katta. Shuni unutmang.
👉 @xushnudbek 👈
Davom etamiz, yana bir longrid (uzun post)
Aziza Qurbonova ham ancha oldin shu mavzuda yaxshi post yozgan edi. O'qing va xulosa qiling:
«Xizmat safarlari va oilaviy bordi-keldilar taqozosi bilan respublika bo‘ylab ko‘p sayohat qilishga to‘g‘ri keladi. Meni taʼbimni ko‘p xira qiladigan, har safar jig‘ibiyronimni chiqaradigan narsa – magistral yo‘llarda, jamoat joylarida va hatto ishxonalarda hojatxonalar kamligi, bo‘lsa ham oyoq bosishga joy topilmasligi. Kirganingdan keyin kiyim-boshingga o‘tirib qoladigan hidni ketishi uchun yana 5-10 daqiqa toza havoda turishga to‘g‘ri keladi.
"Qamchiq" dovonining Toshkentga qaytish yo‘lida juda chiroyli masjid qurilgan. Har kuni o‘n minglab yo‘lovchilar o‘tadi. Tabiiyki, ayollar masjid tahoratxonasiga kirishga istihola qilishadi. Masjid chap tomonida yaqin yillarda qurilgan (avval yo‘q edi) hojatxonaga o‘g‘lim va o‘zim uchun 2 ming so‘m to‘ladim (izoh — ushbu post 2021-yili yozilgan). Hojatxonaga qadar pullik bo‘lishini ko‘pchilik yoqtirmaydi. Ammo men to‘liq qo‘llab-quvvatlayman, agar u shunga yarasha OZODA, ISSIQ-SOVUQ suvi, sharoiti bo‘lsa! Xullas, o‘sha tualetga kirib chiqdim-u jonim chiqdi: mendan pul olgan amakining oldiga qaytib bordim. “Pullik xizmat ko‘rsatilyaptimi, shunga yarasha sal-pal tozalab turilsa bo‘lmaydimi?! Ko‘zlarim achishib ketdi axir!”
Amakiyam “odamlarning o‘zi iflos qilib tashlaydi” deb diydiyosini boshlab, “man bitta o‘zim nimayam qila olaman” deb tugatdi. Odamlarimizga uyidan boshqa hamma joyni “musorit” qilish odatiy hol ekanini men ham bilaman va tualet biznesidagilarga oson tutmayman. Ammo jamoat hojatxonasidan daromad topish bo‘yicha ish boshladimi, ichki turizmni rivojlantirish (2018-yilda tualet quradiganlarga imtiyozlar berilishi haqida SMSlar yuborilganda ayrimlar rosa mayna qilgandi, aslida zahar tang qilganda, hech kuladigan joyi yo‘q!) bo‘yicha chiqqan hujjatga ko‘ra, imtiyozlarga ega bo‘lyaptimi, marhamat qilib vazifasini bajarib qo‘ysin.
Dovon yo‘llarida bitta tuzuk hojatxona uchramasligi (zapravkadagi sal tuzukroq) haqida ko‘proq post yozsak, balki ko‘ngli nozik vodiy voliylari ancha savobli va foydali ish — zamonaviy hojatxonalar qurish, mavjudlarini taʼmirlash, hech bo‘lmasa ozodaligini saqlash bo‘yicha jiddiy o‘ylab ko‘rishar?
Samarqand yo‘lida (hali to‘liq yo‘l deyishga ancha bor) ham risoladagidek tualetlar kam. Har holda to Sirdaryo viloyati bo‘ylab Jizzaxga yetguncha shunday.
Yaqin 10 yildan beri faol viloyatlararo kezayotgan bo‘lsam, tan olaman, ancha o‘zgarish bor. Benzin/gaz zapravkalari oldida pullik bo‘lsa ham hojatxonalar ko‘paydi. Lekin oxirgi paytda sifatli hojatxona, uzr, madaniyroq tilda yozsak, sifatli sanitariya-gigiyena shoxobchalarini ko‘paytirish yoki yaxshilash tashabbusi kamaydi. 2 yil avval qurilganlari eskiryapti, pul topayotgan bo‘lsa ham yana “eski tos, eski tualet” holiga tushmoqda.
Menku yo‘llardagi jamoat tualetlarini aytyapman. Hali tuppa tuzuk ishxonalardagi, ayniqsa davlat idoralaridagi hojatxonalar ahvolini yozmadim. Hududlardagi, poytaxtdagi tashkilotlarga hatto, ish bilan borsang va tualetga yo‘ling tushsa, rahbarini “o‘ziyam shu yerga kirarmikin” deb ichingda kamida yanib o‘tasan.
Makarenko bir yozgandi: “idorasidagi tualetiga qarab rahbarning qandayligini bilsang bo‘ladi” deb. Biror joyga rahbar bo‘lgan odam o‘z kabinetini yasatish-taʼmirlashdan avval xodimlar foydalanadigan tualetni tartibga keltirib qo‘ysa edi, mansabdan ketsa ham odamlar uzoq yillar “baraka topsin” deb eslashardi.
Xonadonlardagi tualet mavzusi esa kitob bo‘ladi, agar yozsa. Ayniqsa, hojatxona qurish ishiga jiddiy qaramaydigan, hovlisining bir chekkasiga har yeridan shamol guvillaydigan tualetlarni qo‘qqaytirib, omonat qurib qo‘yib, bitta hammomni ham eplab qilib bermay, keyin yana “nega ko‘p kasal bo‘laverasan, nega sariq kasal bo‘laveradi, doim sistit, doim qiz tug‘adi” deb ahli ayollarini, bolalarini malomat qilaveradigan oila boshliqlari uchun ham bir kun alohida post yozarman».
Post tugadi.
👉 @xushnudbek 👈
Hojatxonaga tushib ketgan telefon sababli 3 kishi vafot etdi: ota va 2 farzand
27-aprel kuni Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida yashovchi ayolning telefoni hojatxonaga tushib ketganligi sababli otasi va ukasini yordamga chaqirgan hamda birgalikda telefonini olib chiqish vaqtida hojatxona chuquriga tushib ketgan, uchalasi ham halok bo'lgan.
Ochig'i nima deyishga ham hayronman. Tushgan bo'lsa, ana boring, 200-300 dollarlik telefon tushgandir. Shu uchun bir oilaning 3 a'zosi hayotdan ko'z yumdi. Inson hayoti shu darajada arzonmi-a? Bu birinchi holat ham emas. Internetdan topilganlari:
➖ 2017-yilning 13-iyul. Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida hojatxonaga tushib ketgan Samsung Galaxy J7telefonini olaman deb, 3 kishi halok bo‘ldi.
➖ 2018-yil 25-mart. Namangan viloyati Pop tumanida hojatxonaga tushib ketgan “iPhone” telefonini olaman deb 2 kishi halok bo‘lgan, 1 kishi kasalxonaga yotqizilgan.
➖ 2018-yil 23-yanvar. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 1 yashar bola hojatxona teshigidan tushib ketib, halok bo‘lgan.
➖ 2022-yil 26-aprel. Buxoro viloyati Shofirkon tumanida 150 ming so‘m uchun kanalizatsiya qudug‘ini tozalayman deb 3 kishi halok bo‘ldi.
Bu hali internetdan men topa olganlarim. Biz bilmaganlarimiz qancha.
‼️ Ming afsuski, hojatxona haqida eng elementar bilimlarni ham ko'pchilik bilmaydi. Bu borada targ'ibot qilinmaydi. Maktablarda shunaqa elementar bilimlar, hayot xavfsizligi bo'yicha yetarli ma'lumotlar berilmaydi. Hojatxona mavzusi qanaqadir uyat deb hisoblanadimiyey. Lekin o'sha o'zimizcha yaratib olgan uyat ortidan ayni kuchga to'lgan insonlar o'lib ketyapti.
👉 @xushnudbek 👈
30-aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Referundum munosabati bilan Toshkent metropolitenining barcha bekatlari ish faoliyatini soat 05:00 dan boshlaydi.
👉 @xushnudbek 👈
«Beeline»dan har juma kuni maxsus «Juma takliflari»ni o‘tkazib yubormang
Sayt: beeline.uzReklama
Yevro Ittifoqning sanksiyalar bo‘yicha maxsus elchisi Devid O'Sallivan, O‘zbekiston o‘z hududini sanksiyalardan chetlab o‘tishga qarshi bo‘lgani uchun minnatdorlik bildirgan.
U 2 kunlik tashrif bilan mamlakatimizga keldi va Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashdi. O'Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalarni chetlab o‘tishda O‘zbekiston unga yordam bermayapti va buning o‘zi ham maqtovga loyiq.
“Ta’kidlamoqchimanki, biz uchinchi davlatlarga, xususan, O‘zbekistonga nisbatan sanksiyalar qo‘llash niyatida emasmiz, shuningdek, O‘zbekistonning rivojlanishiga, uning boshqa davlatlar, jumladan, Rossiya bilan savdo aloqalariga xalaqit berish istagi ham yo‘q. Sanksiyalardan maqsad bitta — Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urush olib borish qobiliyatiga putur yetkazish”, — dedi Devid O'Sallivan.
👉 @xushnudbek 👈
🚆 “Toshkent — Samarqand — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar qo‘yildi
28-apreldan 1-maygacha quyidagi jadval asosida qoʻshimcha 4 ta reys harakati amalga oshiriladi:
➖ 767-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi
Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19
➖ 768-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi
Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48
👉 @xushnudbek 👈
Joriy yil Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshiriladi.
“Temir yo‘l sohasida ham katta o‘zgarishlarni boshlayapmiz va bunda investorlar faol ishtirok etishlarini so‘rab qolaman”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev:
“Biz Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish borasidagi ishlarni jadallashtiryapmiz. JST talablari islohotlarimiz mazmuniga to‘la mos va biz ushbu nufuzli tashkilotga tezroq a’zo bo‘lib kirishdan manfaatdormiz”.
II Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqdan
👉 @xushnudbek 👈