xushnudbek | Неотсортированное

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Подписаться на канал

Xushnudbek.uz

Hayit muborak, aziz dindoshim!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ramazon hayitini qanday o’tkazamiz?


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Prezident farmoni bilan 541 nafar shaxs afv etildi

Afv etilgan shaxslarning 374 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 110 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 18 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 39 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 36 nafarini chet el fuqarolari, 136 nafarini ayol, 75 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 6 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Manba: O‘zA


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Repper Konsta “O‘zbekistonlik” filmi uchun saundtrek kuylabdi. Klip qisqa vaqtda YouTube tarmog‘ida 150 ming marta ko’rilibdi.

Qo‘shiq har qanday holatda ham orzu qilishdan to‘xtamaslik, maqsad sari olg‘a borish haqida.

Ko'rish tavsiya etiladi: https://youtu.be/EMDhqk8VHlE

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

20-aprel, payshanba (29-kun)
Iftorlik vaqti: 19:10 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Masʼud Badriydan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim savob umidida ahli-ayoliga nafaqa qilsa, bu uning uchun sadaqadir», dedilar».

📖 Sharh: «Savob umidida» degani «Alloh taoloning amrini ado etyapman, bunga savob olaman» degan niyat bilan qilinishidir.

«Ayolimga, bolalarimga halol luqma bersam, Alloh taoloning amrini ado etgan boʻlaman», degan niyat bilan qilingan nafaqa sadaqaning oʻrniga oʻtar ekan.

Bu haqiqatni yaxshi anglab olishimiz va unga ogʻishmay amal qilishimiz lozim.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇪🇺Yevropa chempionlar ligasida barcha yarim finalchilar ma’lum bo’ldi.

🇪🇺Real Madrid — 🇪🇺Manchester Siti
🇪🇺Milan — 🇪🇺Inter

Birinchi o’yin 9-may kuni, javob bahslari 16-may kuni bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ramazon Hayitingiz muborak bo'lsin!

Kelayotgan muqaddas ayyom vaqtida Elmakon do'konlaridan kafolatlangan sovg'alarni qo'lga kiriting! 🎁
20-21-22-aprel kunlari 2 000 000 so'm va undan ortiq summaga mahsulot xarid qiling va 3 ta sovg'adan birini oling! 🎉

Onlayn xaridlar uchun: elmakon.uz
☎️
Batafsil ma’lumot 71 203 12 03
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Maktab va bog’chalar ham 4 kun dam oladi vazirlik

21-apreldan 24-aprelga qadar barcha umumta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari bo‘lmaydi, o‘quv jarayonlari 25-apreldan boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Rasman: 4 kun ketma-ket dam olish kuni bo’ladi

Prezident farmoniga ko’ra, Ramazon Hayiti munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:

21-aprel, juma — Hayit bayrami;

22-aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

23-aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni;

24-aprel, dushanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

2 ta savolga javob:

Dam olish kunlari endi qanday bo’ladi, dushanba ish kunimi yoki dam olish?

✅ Bu savolga hozircha javob yo’q. Musulmonlar idorasining xulosasi asosida bugun kun davomida Prezident qarori chiqishi kutilmoqda. O’sha qarorda dam olish kunlariga ham aniqlik kiritiladi.

Qaror rasman e’lon qilinsa, kanalimiz orqali ma’lum qilaman.

Bugun qisqartirlgan ish vaqti bo’ladimi?

✅ Ha, bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishiga qonuniy haqqi bor. Chunki Mehnat kodeksi 121-moddasiga ko’ra, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bilib qo’ygan yaxshi

Ramazon oyining oxirgi kuni Arafa emas. Arafa Qurbon Hayitidan bir kun oldin, Zulhijja oyining 9-kuni bo’ladi.

Arafa qanday kun?

Baʼzilar "haj qiluvchilarning asosiy ziyorati Arafot tog‘ida o‘tganligi va ana shu kunning eʼtiboridan hayitdan oldingi kun arafa kuni deyiladi", deyishadi.

Arafa kunida Alloh taolo bandalarining gunohlarini mag‘firat etadi, ko‘p bandalarini do‘zaxdan ozod qiladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Arafa kunidan ko‘ra Alloh unda bandani do‘zaxdan ko‘proq ozod qiladigan kun yo‘q", deganlar (Imom Muslim rivoyati).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Sovet davrida qatag‘on qilingan 208 nafar o‘zbekistonlik oqlandi

2023-yil 19-aprel kuni 3 ta jinoyat ishi bo‘yicha 208 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining oqlov hukmi chiqarildi. Oqlanganlarning to‘liq ro‘yxati bu yerda.

1930-31 yillarda Uchlik Kengashi (troyka)ning qarori bilan qatag‘on qilingan ushbu 208 nafar yurtdoshimizga o‘z vaqtida turli jazolar tayinlangan, jumladan, 19 nafari otuvga hukm qilingan, 174 kishi konslagerga jo‘natilgan, 5 kishi surgun qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yildan buyon sovet davrida qatag‘on qilingan 408 nafar vatandoshimiz reabilitatsiya qilinib, oqlangan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️O‘zbekiston musulmonlari idorasi: Ramazon hayiti kuni 21-aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida dastlabki xulosalar qilinmoqda.

Lekin bu hozircha dastlabki xulosa xolos. Yakuniy fatvo ertaga, 20-aprel kuni aytiladi.

Fatvo chiqmagunga qadar "Hayit falon kuni ekan" mazmunidagi xabarlarni tarqatmaslik so'ralmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Muloqot imkoniyatlarini kengaytiring. Chunki "YANA" tariflarida cheksiz qo’ng’iroqlar, yana Telegram uchun trafik, yanada ko’proq internet va YouTube kiritilgan.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Feruz Abilov Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U 2020-yil aprelidan buyon Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlayotgandi.

Shunqor Xudoyberdiyev Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bungacha u Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani hokimi edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ramazon hayiti namozi qanday o’qiladi?


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa

Nazar Eshonqul. Qo‘l (hikoya)

Izoh:
bugun odatdagidan biroz kattaroq hikoya tanladik. Lekin zo‘r hikoya. Juda dahshat.

Hikoyada bir kambag‘al tandirchining uyida paydo bo‘lgan egasi yo‘q o‘g‘ri qo‘l haqida so‘z boradi. Tasavvur qilyapsizmi, qo‘lning o‘zi boru, lekin egasi yo‘q. Va bu qo‘l har kuni ovqatga sherik, kambag‘al oilaning rizqini o‘maradi. Oxiri nima bo‘lganiga qiziqsangiz, unda hikoyani o‘qing yoki eshiting.

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/nazar-eshonqul-qol" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/nazar-eshonqul-qol

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ramazon hayiti kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi vazirlik

40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Joriy yilgi Ramazon oyining eng so’nggi iftorligi.

Seni sog’inamiz, ey, mohi Ramazon😢


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ramazon hayiti munosabati bilan oliy ta‘lim, professional ta‘lim muassasalari va akademik litseylar ham 4 kun dam oladivazirlik

O‘quv jarayonlari 25-aprel, seshanbadan boshlanadi.

P/S: negadir ko‘pchilik talabalar "dushanba bizga dars bo‘ladimi?" deb so‘radi. Aslida bunaqa bayonotga ehtiyoj ham yo‘q edi, dushanba BARCHA xodimlar uchun dam olish kuni deb e‘lon qilindi. Demak, professor-o‘qituvchilar ham dam oladi. Bo‘ldi, darslar ham bo‘lmaydi.

Hurmatli talabalar, sizni tushunaman, sizlar juda-juda o‘qishga borgingiz kelgani uchun, dam olishni umuman xohlamasligingiz uchun shunaqa so‘ragansizlar. Shu sabab o‘qituvchilar kelmasa ham, dushanba kuni bemalol o‘qishga borishlaringiz mumkin. Ruxsat😉


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ertaga, Ramazon Hayiti kunida metro soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Shuningdek, Toshkentda soat 04:00 dan 07:00 ga qadar masjidlarga boruvchilar uchun maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ertaga, Ramazon Hayiti kunida metro soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Shuningdek, Toshkentda soat 04:00 dan 07:00 ga qadar masjidlarga boruvchilar uchun maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Tuzatish: 24-aprel, dushanba kuni barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Ya’ni ushbu kun hisobidan haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar boshqa kuni ishlab berishi shart bo’lmaydi, ular uchun 29-aprel, shanba kuni ham dam olish kuni bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hayit namozi vaqtlari

Ertaga, 21-aprel juma kuni Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

🌙 Ramazon hayiti namozini viloyatlarda o‘qiladigan vaqtlari:

1. Andijon — 05:50
2. Buxoro — 06:20
3. Jizzax — 06:10
4. Navoiy — 06:20 
5. Namangan — 05:50
6. Samarqand — 06:20 
7. Sirdaryo — 06:00 
8. Surxondaryo — 06:15 
9. Toshkent viloyati — 06:00  
10. Toshkent shahri — 06:00
11. Farg‘ona — 05:50
12. Xorazm — 06:30
13. Qashqadaryo — 06:20
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 06:40


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️RASMAN: O‘zbekistonda Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel — juma kuniga to‘g‘ri keladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

20-aprel, payshanba (29-kun)
Saharlik vaqti: 04:11
Iftorlik vaqti: 19:10 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi:

«Ahli Yaman kelganda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Batahqiq, Yaman ahli kelmoqda. Ular sizlardan ko‘ra yumshoq qalblidir. Ular birinchi bo‘lib qo‘l berib so‘rashganlardir», dedilar».

📖 Sharh: Demak, qo‘l berib so‘rashishni ilk bor yamanliklar odat qilgan ekanlar. Ularning mazkur sifatlari haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari xabar berib, ularning bu ishlarini maqtagan ekanlar. Bu maqtovda qo‘l berib ko‘rishish qalbning yumshoqligiga sabab qilib ko‘rsatilgan.

Shuning uchun hozirgacha mo‘min-musulmonlar og‘zaki salomlashish bilan birga, qo‘l berib ham so‘rashadilar.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

19-aprel, chorshanba (28-kun)
Iftorlik vaqti: 19:09 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abdurrahmon ibn Sa’ddan rivoyat qilinadi:

«Ibn Umarning oyog‘i uyushib qoldi. Shunda bir kishi unga:
«O‘zingga eng mahbub kishining ismini ayt», dedi.
«Muhammad sollallohu alayhi vasallam», dedi».

📖 Sharh: Ma’lumki, oyoq uyushganda, tomirda qon oqishi qiyinlashgani tufayli, juda ham noqulay holat paydo bo‘ladi. Odamning yurishi qiyinlashadi.

O‘shanday paytda oyog‘i uyushgan kishiga o‘zi yaxshi ko‘rgan odamining ismini zikr qilishi tavsiya etilmoqda.
Mana shu narsa, ya’ni insonning qalbi o‘ziga eng mahbub kishining ismini aytib, uni eslab, sururga to‘lishi oyoqning uyushganining yozilishiga yordam berar ekan. Chunki mahbubning zikri qalbni harakatga soladi va qon yurishib ketadi.

Bu rivoyatda Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan cheksiz muhabbatlari ham o‘z ifodasini topgan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekistondan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi

Prezident topshirig‘iga asosan, 185 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari Balx viloyati shimolidagi Hayraton shahriga yetkazilgan.

Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15,7 tonna o‘simlik yog‘i, 10 ming donadan oshiq konservalangan go‘sht mahsulotlari, 22 tonna makaron, 24 tonna shakar hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan lapsha o‘rin olgan.

Shuningdek, ikki davlat rasmiylari ishtirokida hududlarning o‘zaro savdo-iqtisodiy va gumanitar sohadagi hamkorligini rivojlantirish borasida muzokaralar o‘tkazilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🗓 Bugun - 19-apreldan muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

Respublika bo‘ylab soat 9:00 dan referendum uchastkalari muddatidan oldin ovoz berish uchun ochildi.

⏱ Muddatidan oldin ovoz berish vaqti:
➖ ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar;
➖ dam olish va bayram kunlari soat 12:00 dan 16:00 ga qadar amalga oshiriladi.

📝 30-aprel kuni o‘z yashash joyida bo‘la olmaydigan ovoz beruvchi 26-aprelga qadar muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📚 Zamonaviy oliygohda oʻqishni xohlaysizmi? Unda shoshiling! Toshkent gumanitar fanlar universitetida qabul davom etmoqda!

Taʼlim maskanida kunduzgi, kechki hamda sirtqi taʼlim shakllari mavjud:

➖ Boshlang‘ich taʼlim
➖ Pedagogika va psixologiya
➖ Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha)
➖ Buxgalteriya hisobi va audit
➖ Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

❗️Xorijda oʻqiyotgan 1-2-bosqich, Oʻzbekistondagi OTMlarning 2-bosqich talabalari oʻqishni koʻchirish (perevod) imkoniga ega.

💳 Kontrakt narxlari:
Sirtqi — 12 mln so‘m
Kechki — 15 mln so’m
Kunduzgi — 16 mln so’m

📍Manzil:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani, Guliston MFY, Beruniy berk koʻchasi, 146-uy

Ro’yxatdan o’tish: tgfu.uz

📞 Murojaat uchun:
+998788886666
+998978036666 (Samarqand qabul bo‘limi)
+998978618888 (Toshkent qabul bo‘limi)

Litsenziya: №056556, 30.12.2022-y.
Telegram | Instagram | Ta’lim reklamasi

Читать полностью…
Подписаться на канал