G'ijduvonlik yoshlar Jaloliddin izdoshlari Olimpiadasi sovrindorlari qatorida!
Xabaringiz bor G'ijduvon tumani hokimi Sherzod Ashurov boshchiligida tumanda ta'lim sohasida bir nechta loyihalar amalga oshirilib kelmoqda, jumladan tuman hokimligi binosida "G‘ijduvon fizika va matematika fan olimpiada jamosi" ga asos solingan edi.
Bugun ushbu olimpiada terma jamoasi a'zolari Respublika va xalqaro miqiyosidagi olimpiadalarga sovrindorlar qatoridan muntazzam ravishda joy olib kelishmoqda.
Kuni kecha o'tkazilgan "Jaloliddin izdoshlari" olimpiadasida Amurallayev Ozodbek va Fazliddininov Fozilbeklar g'oliblar qatoridan joy olishdi.
Albatta tumanda ta'lim sohasida olib borilayotgan loyihalar tizimli ravishda o'z natijasini ko'rsatib kelmoqda.
G'ijduvon tumanidagi Mahalla va maktablarda "Ibrat farzandlari " loyihasi rahbari minglab yoshlarning rus tili , ingiliz tili va IELTS ustozlar Rustam Qoriyev , Zamira Turganbayeva hamda Iskandar Kamoldinovlar bilan online muloqot qildilar. Hamda muloqot so'ngida "Ibrat farzandlari" Sardorlariga Vaucherlar topshirildi va Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari Mirali Hamroyev tomonidan "Ibrat mahallalar sardorlari" loyihasi rahbari Xurshid To'xtayevga Dubayga sayohat uchun yo'llanma berishlari alohida aytib o'tildi.
@xurshid_blog
#Натижалар2023 #Бухоро_вилояти
2023 йилда Бухоро вилоятида жами 126 та мактаб (114 та умумий ўрта таълим мактаблари, 12 та ИДУМ) ўрганилди, шундан 105 таси (83,3%) “Замонавий мактаб” мақомига эга бўлди (45 та 2-даражали ва 60 та 3-даражали).
Туманлар кесимида олинса, Бухоро шаҳри (100%), Вобкент тумани (100%), Когон тумани (100%) мактаблари юқори натижаларни қайд этишди.
Вилоят бўйича туман ва шаҳарларнинг 5 таси 100% лик натижа кўрсатган.
Ҳудудлар кесимидаги умумий рейтингда Бухоро вилояти 2-ўринни эгаллади.
Иловадаги файл орқали вилоят бўйича ўрганилган барча мактабларнинг соҳалар бўйича таҳлилий натижалари тўғрисида батафсил маълумот олишингиз мумкин.
Маълумот учун Бухоро вилоятида 2021 ва 2022 йилларда ўрганилган мактаблар натижаси билан мазкур ҳавола орқали танишишингиз мумкин!
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Toshkent shahridagi Amity universitetida 1-Xalqaro ingliz tili olimpiadasi
Litsey, kollej va maktablarda tahsil olayotgan yoshlar (15+) uchun Toshkent shahridagi Amity universitetida 1-Xalqaro ingliz tili olimpiadasi o‘tkazilmoqda. Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo bepul.
Tanlov 2ta turdan iborat bo'ladi:
1-tur. 50 ta test (Ingliz lug'ati, aralash so'zlar, gapni to'ldirish, grammatika va imlo, davomiyligi 1 soat);
2-tur. Birinchi bosqichda saralangan eng yaxshi 20 nafar talaba hamma uchun ochiq bo‘lgan viktorinada, shuningdek, turli savollar bilan ingliz tili va mulohaza yuritish bosqichida ishtirok etadi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun:
📞 +998 99 312 65 96
📩 Telegram: @nazokatshavkatovna
👉🏼 Registration 👈🏼
🏆G'oliblar tadbir homiysi UZCARD tomonidan sovg'alar bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin noutbuk; 2-o'rin planshet; 3-o'rin smartfon
⏳ Ro’yxatdan o’tish muddati: 2024-yil 22-fevral
📆 Sana: 25 fevral
🕖 Vaqt: 09:00
📍 Manzil: Toshkent shahridagi Amity universiteti (Labzak)
P.S. Roʻyxatdan oʻtish faqat quyidagi havolada koʻrsatilgan telegram kanali ishtirokchilari uchun qabul qilinadi.
👉Kanal
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
⚡️ Ukasi yo singlisining kontraktini to‘layotganlarga ham soliq imtiyozi berish taklif qilindi
◼️ Hozir bolasi uchun kontrakt to‘layotgan ota-onalarga, turmush o‘rtog‘ining kontraktini to‘layotgan fuqarolarga va o‘zining kontraktini to‘laydigan talabalarga 12 foiz daromad solig‘i qaytarib beriladi.
❌ Lekin o‘zining uka yo singlisi, akasi uchun kontrakt to‘laydigan farzandlarga bu imtiyoz berilmagan.
💵 Shuning uchun ham Ombudsman ta’lim xarajatlarini qoplayotgan boshqa farzandlar, ya’ni opasini, singlisini, akasini, ukasini o‘qishiga yordam berayotgan aka-uka va opa-singillarga nisbatan ham soliq imtiyozini qo‘llashni taklif qilmoqda.
@xurshid_blog
Ğijduvon yoshlari
#ilm_tarğiboti
Mahalla "Ibrat sardorlari" targ'iboti tizimi samarasi va natijasi
"Zarangari" mahalla 8-maktabda "Ibrat sardori" SOLIYEVA KAMOLA (7-sinf oʻquvchisi) tomonidan targ'ibot tashkil etilgan.
8-son maktabning 115nafar o'quvchi-yoshlari "Ibrat sertifikati"ga ega bo'lishdi.
# Buxoro
#Vobkent Vobkent
"Samarali Ta'lim" o'quv markazida abituriyentlar uchun maxsus test imtihonlari o'tkazilmoqda, o'quvchilarga asosiy va majburiy fanlardan haqiqiy bilimlarini tekshirib olish imkoniyati paydo bo'lmoqda!
Bugun testlarimizda 150 nafardan ortiq abituriyentlar ishtirok etishdi!
Bunday imtihonlar avgust oyiga qadar doimiy tashkil etilishi rejalashtirilgan.
@xurshid_blog
IMAS 7-8-sinflar yakuniy natijalari
Sabr qilib kutganlaringiz uchun rahmat. Kuttirib qo'yganimiz uchun uzr so'raymiz.
Nemis tili menga nima beradi?
Bilasiz, koʻpchilik ingliz tilini oʻrganadi. Lekin ayrimlar buning oʻrniga nemis tilini yoki ingliz tilidan keyin nemis tilini oʻrganadi. Va bu munosib tanlov.
Bugun nemis tili orqali qatnashish mumkin boʻlgan grantlar va dasturlar haqida gaplashamiz.
1. DAAD dasturi. Bu dastur Germaniya universitetlarida magistratura yoki doktoranturada toʻliq grant asosida oʻqish imkonini berdi. Bunda nemis yoki ingliz tilida qatnashish mumkin.
Shuningdek, DAAD dasturi grantlari orqali til kurslariga qatnashish ham mumkin (faqat nemis tilida).
DAAD grantlariga qabul dastur, universitet va yoʻnalishga qarab juda farq qiladi. Odatda umumiy qabul har yili avgust oyi boshida boshlanib, oktabr oxirida tugaydi.
👉DAAD grantlari haqida batafsil (magistratura va doktorantura)
2. FSJ dasturi. Dastur Germaniyada 6 oydan 18 oygacha amaliyot oʻtash imkonini beradi. Bunda nomzodlar tibbiyot, parvarish, madaniyat va boshqa bir qancha sohalarda amaliyot oʻtashi mumkin. Faqat nemis tilida boʻladi.
Dastur odatda amaliyotchini choʻntak puli, sugʻurta hamda turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.
Hujjatlar yil davomida qabul qilinadi.
👉 FSJ dasturi haqida batafsil
3. Au Pair dasturi. Bu dastur Germaniyadagi mezbon oila bilan yashab, nemis madaniyati va tilini oʻrganishga imkon beradi. Buning evaziga dastur ishtirokchisi mezbon oiladagi bolalarga qarash ishlarida yordam berishi kerak boʻladi.
Nemis tilini kamida A1 darajada bilish talab qilinadi.
Hujjatlar yil boʻyi qabul qilinadi.
Taʼkidlash joiz, bu dastur boshqa bir qancha davlatlarda ham mavjud.
👉 Germaniyadagi Au Pair dasturi haqida batafsil
4. Stipendium Copernicus dasturi. Bu dastur bakalavriat va magistratura talabalariga Germaniyadagi Gamburg universitetida 1 semestr davomida oʻqish hamda amaliyot oʻtash imkonini beradi. Faqat nemis tilida qatnashish mumkin.
Dastur ishtirokchilarning barcha xarajatlarini toʻliq qoplaydi.
Qabul yiliga 2 marta boʻladi:
– bahorgi semestr uchun 1-sentabrgacha;
– qishki semestr uchun 1-martgacha.
👉Stipendium Copernicus dasturi haqida batafsil
5. Leaders for Future dasturi. Germaniyda 2 oy yoki 6 oygacha davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi. Dasturda nemis yoki ingliz tilida qatnashish mumkin. Istalgan soha vakillari ariza topshira oladi.
Dastur ishtirokchilarga toʻliq va qisman grantlar taklif qiladi.
Hujjatlar har yili fevral oyi boshida boshlanib, shu oyning oxirlarigacha davom etadi.
👉 Leaders for Future dasturi haqida batafsil
6. IES dasturi. Bu dastur bakalavrlar, magistrlar va doktorantlarga moʻljallangan boʻlib, talabalarga Germaniyada joylashgan Berlin ozod universitet va Gumboldt nomidagi Berlin universitetida 1 semestr davomida oʻqish imkonini beradi.
Dasturga talabalar ingliz tilida ham, nemis tilida ham hujjat topshirishi mumkin. Oʻqish ham talaba hujjat topshirgan tilda boʻladi.
Dastur talabaning Germaniyada yashash, oʻqish, turar joy, viza, sugʻurta, kontrakt toʻlovi xarajatlarini toʻliq yoki qisman qoplab beradi.
Dasturga qabul yiliga 2 marta boʻladi:
– 1-oktyabrdan 15-dekabrgacha;
– 1-apreldan 15-iyungacha.
👉 IES dasturi haqida batafsil
7. Germaniya va Avstriyada bepul yoki arzonga sifatli taʼlim. Germaniyada deyarli barcha davlat universitetlarida oʻqish bepul, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmaydi.
Taʼlim asosan nemis tilida boʻlgan Avstriyada ham ayrim oʻqish bepul boʻlgan va kontrakti hamyonbop universitetlarni topish mumkin.
Albatta, Germaniyada ham, Avstriyada ham ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar bor. Lekin OTMlardagi kurslarning aksariyati nemis tilida oʻqitiladi.
👉 Germaniyadagi oʻqish bepul universitetlar bu yerdagi roʻyxatda
👉 Avstriyadagi kontrakti arzon va oʻqish bepul universitetlar
Biz nemis tili beradigan imkoniyatlarning ayrimlarini sanadik, xolos. Bulardan boshqa koʻplab dastur va imkoniyatlar ham mavjud.
Postimiz foydali boʻldi degan umiddamiz.
@grantlar_namuna
"Ibrat farzandlari"dan 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 yangilik!
• Siz, mahalla yetakchisimisiz?
• Хоrijiy tillarni ham o'rganyapsizmi?
• Xorijiy tillarni o'rganishni yoshlar orasida targ'ib qilgansizu, mahallangizda "Ibrat Academy"dan sertifikat olganlar soni ko'pmi?
👍Biz buni “Ibrat Academy” ilovasida aniqlaymiz va sizni rag'batlantiramiz.
⭐️MEGA-sovrin
Mahallasidan eng kamida 500 kishi sertifikat olgan yetakchilarning eng yuqori natijaga erishgan 5 nafari xorijga bir haftalik bepul sayohatni qo'lga kiritadi.
⭐ SUPER-sovrin
Mahallasidan eng kamida 300 kishi sertifikat olgan yetakchilarning eng yuqori natijaga erishgan 5 nafari esa 10 million so'mlik pul mukofoti sohibiga aylanadi.
⭐Zo'r-sovrin
Mahallasida eng kamida 100 kishi sertifikat olgan 10 nafar yoshlar yetakchisi "Ibrat farzandlari" logotipi tushirilgan sovg'alar jamlanmasiga ega bo'ladi.
📢 G'oliblar 2024-yil 20-fevral kuni aniqlanadi hamda 21-fevral kuni e'lon qilinadi!
P. S. Мukofotni qo'lga kiritishning yana bir muhim sharti - yoshlar yetakchisining o'zi ham "Ibrat Academy" orqali biror xorijiy tilni o'rganayotgan bo'lishi kerak.
🔵 Telegram | 🟥 Instagram
🟦 Facebook | 🔴 ibratfarzandlari?si=wzGNKrFYrjRoYTTe">YouTube
Kuchli uchlikda o'zgarish yo'q (19.01.2024 yil 6:00 holatiga)
🥇Vobkent
🥈Mo'ynoq
🥉G'ijdufon yetakchilik qilishmoqda
sertifikat olsh borasida
SIZning hududingiz nechanchi o'rinda???
@material_5tashabbus
Yoshlar ishlari agentligi direktori Sadullaev Alisher boshchiliklarida G'ijduvon tumanida ta'lim sohasida yana bir katta tajriba yaratilmoqda.
Bugun G'ijduvondagi barcha maktab direktorlari, repetitorlar bilan onlayn ochiq muloqot tashkil etildi, mahallada "Ibrat sardorlar" tizimi alohida e'tirof etildi.
Nasib etsa bildirilan yuksak ishonchni biz jamoamiz bilan birgalikda yuqori natijalarimiz orqali isbotlab, yuzingizni yorug' qilamiz!
Xa aytkancha meni G'ijduvon tumanida mas'ul lavozimga tayinlashdi, nasib etsa G'ijduvon tumaniga sadoqat bilan xizmat qilib, minglab iste'dodli yoshlarimizni kashf etamiz!
@xurshid_blog
Targ'ibotchilarimiz "IBRAT" brend soatlari bilan taqdirlanmoqda!
🗺 "Samarali ta'lim" o'quv markazi, Buxoro viloyati, G'ijduvon tumani "IBRAT Farzandlari" sardorlari rahbari — Xurshid To'xtayevga brend soatlardan biri taqdim etildi.
😊 Qahramonimiz “IBRAT Farzandlari” videodarsliklarini yoshlar orasida tarqalishiga va ko’plab yoshlarning til o’rganishiga sababchi bo’ldilar!
🙌 Keyingi qahramonimiz aynan siz bo’lishingiz mumkin, loyihani targ’ib qilishni bugunoq boshlang!
🔵 Telegram | 🟥 Instagram
🟦 Facebook | 🔴 ibratfarzandlari?si=wzGNKrFYrjRoYTTe">YouTube
"Ibrat farzandlari" loyihasi orqali iste'dodli yoshlarimiz kashf etilmoqda!
Tanishing Nizomova Ruxshona G'ijduvon tumanidagi Biyosun mfyda istiqomad qiladi, bugungi kunda ushbu yoshimiz qo'shimcha darslarga qanashda oilaviy imkoniyati yo'qligi sababli, ingliz tilini ibrat academy ilovasi orqali mustaqil o'rganib kelmoqda.
Bugun Ruxshona ushbu ilovani darslarini muofaqqiyatli yakunlab, tegqurlariga qo'shimcha darslar o'tib, oilasiga qo'shimcha daromad olib kelishni niyyat qilgan, hozirgi kunda mahallaladagi 10 nafardan ortiq yoshlar Ruxshona bilan birgalikda ingliz tilini o'rganib sertifikatlarga ega bo'lishdi.
Bugun tuman hokimligi tomonidan, o'zining hulqi bilan tengdoshlariga namuna bo'lanligi va Ibrat farzandlari loyihasi tumandagi targ'ibotiga qo'shgan hissasi uchun Ruxshona va uning ota-onasi Maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
O'ylaymizki albatta biz ushbu yoshimiz kelajakda vatanimiz uchun munosib kadr bo'lib yetishisha oladi!
@xurshid_blog
Marafon bo’yicha savollaringiz yig’ilib qolgandir-a?!
📅 "IBRAT Farzandlari" telegram kanalida, bugun, soat 20:00da, Ibrat Academy marafoni bo'yicha ovozli chat bo'lib o'tadi.
📝 Marafon yuzasidan sizni qiziqtirgan savollarni ushbu postning komment bo'limida yozib qoldiring.
💵 Ovozli chatda eng faol bo’lgan 5 nafar ishtirokchiga marafonga qatnashish uchun bepul yo’llanma taqdim etiladi.
🕓 Marafon haqida to'liqroq ma'lumot olishni istasangiz bugungi ovozli chatni o'tkazib yubormang.
@xurshid_blog
Jurnalist, bloger va tadqiqotchilar uchun Germaniyada 2 haftalik bepul yozgi maktab; transport, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi!
Yozgi maktab Germaniyadagi Dortmund shahrida 2024-yil 14-27-iyul kunlari boʻlib oʻtadi. Dastur mashgʻulotlari rus va ingliz tilida olib boriladi.
Dasturga kamida 18 yosh boʻlgan jurnalist, bloger va siyosiy fanlar, jurnalistika, sotsiologiya kabi sohalardagi tadqiqotchilar qatnashishi mumkin.
Moddiy imtiyozlar:
– Ishtirok etish bepul
– Transport, turar joy, oziq-ovqat va tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi
Arizalar 2024-yil 16-martgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-summer-school-of-journalism-and-socio-cultural-research/
@grantlar
✨ Chet tillari bilimdonlari uchun yana bir imkoniyat!
Londonga ta’lim sayohati hamda 100 million so’m sovrin jamg’armasi g’oliblaridan biriga aylaning.
Eng muhimi imtihonlar birinchi marta sun’iy idrok va maxsus IELTS natijasiga bog’liq! Imkoniyatni qo’ldan boy bermanglar, bilimdonlar.
Hoziroq ilovani yuklab olib, g’olib bo’lishga ilk qadamni tashlang!
➡️ Havola — IOS
➡️ Havola — Android
🕓 Marafon uchun ro'yxatga olish BUGUNOQ, ya'ni, 25-yanvarda boshlanib, 31-yanvar kuni soat 23.59 gacha davom etadi.
@alisher_sadullaev
G'ijduvon mahallalarida "Ibrat Farzandlari" loyihasi targ'iboti
G'ijduvondagi mahalla va maktablarda o'quvchi-yoshlarning xorijiy tillarni mustaqil o'rganishi bo'yicha "Ibrat academy" mobil ilovasi targ'iboti "Ibrat sardorlari" tizimi orqali davom etmoqda.
G'ijduvon "Ibrat sardorlari" tizimi
Respublikada G'ijduvon yoshlari peshqadam, Respublikadagi 2073ta yoki 22,2% sertifikat G'ijduvon yoshlarida🏆.
Respublikadagi 13ta hududdan oldinda🎯.
✅ Mahalla va maktablarda "Ibrat sardorlari" orqali mahalla yoshlarning xorijiy tillarni mustaqil o'rganish bo'yicha "Ibrat academy" ilovasi targ'iboti tashkil etilib, 26mingdan ortiq yoshlar foydalanmoqda.
G'ijduvon mahalla "Ibrat sardori"ning veb-sayti - mahallasardori.uz ishga tushirildi.
⭕️⭕️⭕️Xalqaro Matematika Musobaqasi (IMC 2024)
📌G'olib o'quvchilar va ularning o'qituvchilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
O'qituvchilar: BHM ning 50 baravarigacha (hozirda 17 mln so'm)
O'quvchilar: BHM ning 12 baravarigacha (hozirda 4,08 mln so'm)
Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori.
O'tkazilish joyi: Hindistonning Lakhnau shahrida
Qachon: 2024-yil 26-31-iyul kunlari
Shakli: Offlayn; Ya'ni Hindistonga borib ishtirok etiladi.
Kategoriyalar: Ikki xil
1️⃣ 2010-yil 26-Iyuldan keyin tug'ilganlar uchun (Junior yoki Upper Primary Level)
2️⃣ 2007-yil 26-Iyuldan keyin tug'ilganlar uchun (Senior yoki Lower Secondary Level)
Har bir jamoadagi ishitirokchilar soni:
1️⃣ Junior kategoriyasida 4 nafar
2️⃣ Senoir kategoriyasida 4 nafar
Ikkala kategoriyada ham ishtirokchining sinfi ahamiyatga ega emas, belgilangan yosh chegarasida bo‘lishi muhim.
Xarajatlar (nolga teng):
✅ O'zbekiston terma jamoasining yo'l xarajatlari davlat tomidan qoplanadi.
✅ Qolgan barcha xarajarlar (yotoq, yeb-ichish, ekskursiyalar va hkz) Tashkiliy qo'mita tomonidan qoplanadi.
❓Qanday ishtirok etish mumkin?
✅ O'zbekiston terma jamoasining Junior (kichiklar) terma jamoasi Al-Xorazmiy olimpiadasi natijalariga ko'ra tanlab olinadi.
❓Qanday manba'lardan tayyorlansak bo'ladi?
✅ Har ikkala kategoriya uchun ham eng yaxshi manba IMCning o'tgan yilgi masalalari. Agar 5-6-sinflar uchun IMCning masalalari qiyinlik qilsa, IMASning Upper Primary va Junior levelidan tayyorlanishingiz mumkin.
📌Ma'lumot uchun: O'tgan yili ushbu olimpiada Bolgariya tomonidan onlayn tarzda tashkil etilgan. Mazkur olimpiadada 32 ta davlatdan 160 ta jamoa jami 640 nafar o‘quvchi ishtirok etgan.
Bizning o'quvchilarimiz natijalari bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin:
/channel/olimpdep/4280
Muhimi ishtirok etish EMAS, muhimi oltin medal olish.
G'ijduvon "Ibrat sardorlari" tizimi
Respublikada G'ijduvon yoshlari peshqadam, Respublikadagi 1141ta yoki 16,1% sertifikat G'ijduvon yoshlarida🏆.
Respublikadagi 13ta hududdan oldinda🎯.
✅ Mahalla va maktablarda "Ibrat sardorlari" orqali mahalla yoshlarning xorijiy tillarni mustaqil o'rganish bo'yicha "Ibrat academy" ilovasi targ'iboti tashkil etilmoqda.
G'ijduvon mahalla "Ibrat sardorlari"ning veb-sayti - www.mahallasardorlari.uz ishga tushirildi.
📌👉 t.me/gijduvon_liklar
Nemis tilini mustaqil o'rganmoqchi bo'lganlar uchun foydali manbalar
Avvalroq nemis tilini o'rganish orqali qanday grant dasturlarida ishtirok etish mumkinligi haqida post tayyorlagan edik.
Bu galgi postimizda esa nemis tilini mustaqil o'rganish istagida bo'lganlar uchun foydali manbalarni baham ko'rmoqchimiz.
1. Deutsch Lernen - bu kanalda siz o'z nemis tilingizni yanada yaxshilashingiz uchun grammatik ko'plab mashqlar, nemischa so'zlar jadvali, xat yozish shakli (Prüfungsbrief), og'zaki va yozma ko'nikmalar uchun misollar, shuningdek, barcha darajalar uchun test namunalari va videolarini topishingiz mumkin.
2. Deutschlernerblog - ushbu sayt 2008-yilda nemis tilini o'rganuvchilar uchun maxsus ochilib, bloggerlar tomonidan yuritiladigan saytdir. Unda siz – Hörverstehen, Leseverstehen, Wortschatz, Grammatik, Übungen, Prüfungen, Schreiben, Quiz, Musik, Videos, Bilder - barcha materiallardan bepul foydalanishingiz mumkin.
3. deutsch-online - ushbu sayt rusiyzabon foydalanuvchilar uchun juda yaxshi sayt. Unda nemischa kerakli materiallardan tashqari turli forumlar, online kurslar, Germaniyadagi hayot haqida bir-biridan qiziqarli ma'lumotlar berib boriladi.
4. hueber.de - bu sayt mashhur Hueber Verlag (nashriyoti) tomonidan yuritiladi. Saytga kirib bilimingizni tekshirib ko'rishingiz mumkin.
5. Deutsche Welle - nemislarning eng mashhur sevimli radioto'lqinlaridan biri va nemis tilini keng targ'ib etadigan sayt hisoblanadi. Shunchaki kirib istagancha video va audiolardan tekin foydalaning va nemischangizni yaxshilang.
6. englisch-hilfen.de - ushbu sayt ingliz tilisi yaxshi bo'lgan, inglizchani "qotirib'' qo'yadigan, biroq nemis tilini "через" ingliz tili orqali o'rganmoqchi bo'lganlarga juda foydali.
7. startdeutsch.ru - ushbu sayt ham rusiyzabon o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan hamda yaxshi materiallar judayam ko'p.
Siz nemis tilini mustaqil o'rganish uchun qanday saytlardan foydalanasiz? Fikrlaringizni izohlar qismida qoldiring👇
Oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi?
Oʻzbekistonda bakalavriatda oʻqiyotgan koʻplab talabalarni oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi degan savol qiynaydi. Bugun shu masalaga toʻxtalamiz.
Umumiy javob: Ha, koʻchirsangiz boʻladi. Deyarli barcha davlatlardagi koʻplab universitetlar boshqa davlat talabalarini “transfer student” (oʻqishni koʻchirgan talaba) sifatida qabul qiladi. Albatta, bunda nomzod oʻqishni koʻchirish talablariga mos boʻlishi kerak.
Lekin:
1. Ayrim universitetlar transfer talaba qabul qilmasligi mumkin.
2. Har bir davlat (universitet)da oʻqishni koʻchirish talablari bor. Oʻzbekistonlik talabalar bu talablarga baʼzida javob bermasligi mumkin.
Oʻqishni koʻchirish masalasini kim hal qiladi?
Buni oʻqishingizni koʻchirmoqchi boʻlgan xorijiy universitet hal qiladi (davlatda belgilangan taʼlimga oid qonun-qoidalar asosida). Shu sababli oʻqishingizni xorij oliygohiga koʻchirmoqchi boʻlsangiz, avvalo oʻsha universitetning oʻziga murojaat qilishingiz kerak.
Oʻqishni koʻchirish shartlarini qanday bilsam boʻladi?
Aksariyat universitetlar veb-saytida oʻqishni koʻchirish haqida maʼlumot boʻladi. Shu maʼlumotni topib, oʻqib chiqish kerak.
Maʼlumotlarni oʻqigandan keyin ham savollaringiz boʻlsa, universitetga email yozish orqali soʻrab olsangiz boʻladi.
Agar universitet saytidan oʻqishni koʻchirish haqida maʼlumot topa olmasangiz, universitet emailiga oʻqishingizni shu universitetga koʻchirmoqchi ekaningizni aytib, buning tartib-qoidalari qanday boʻlishi soʻrab yozib yuborishingiz mumkin.
Misol bilan tushuntiring?
AQSHda joylashgan Clark universitetini misol sifatida olamiz (nufuzli universitet, THE roʻyxatida 601-800-oʻrin).
Avval saytiga kiramiz. Saytdan “Admissions” boʻlimiga sichqonchani olib boramiz. Shunda qoʻshimcha boʻlimlar ochiladi va “Related Links” rukni ostidagi “Transfer Student Admissions” boʻlimini tanlaymiz.
Boʻlimda xalqaro talabalar ham Clark universitetiga oʻqishini koʻchira olishi aytilgan. Va boshqa kerakli maʼlumotlar berilgan.
Shu maʼlumotlarni oʻqib chiqib, tushunmagan yerlarimiz boʻlsa, sahifa ostdagi emailga xabar yozib soʻrab olsak boʻladi. Soʻng kerakli hujjatlarni topshirish harakati boshlay olamiz.
Maʼlumot topish har doim ham oson emas
Clark universitetida oʻqishni koʻchirish maʼlumotlarini osongina topdik. Lekin ayrim universitet saytlarida bunday maʼlumotni topish oson kechmasligi mumkin.
Oʻqishni koʻchirish haqidagi maʼlumotni topish uchun boʻlimlarni sabr bilan qarab chiqishga toʻgʻri kelishi mumkin.
Agar tezroq topmoqchi boʻlsangiz, universitet saytidagi qidiruv (Search) maydoniga “Transfer”, “Transfer student” yoki shunga oʻxshash jumlalarni kiritib, qidirib koʻrishingiz mumkin.
Oʻqishni koʻchirish uchun grantlar bormi?
Ha, bor. Lekin oʻqishni koʻchirayotganlar uchun barcha universitet ham grant taklif qilavermaydi.
Shuningdek, oʻqishni koʻchirish uchun mavjud grantlarning koʻpchiligi qisman grant boʻladi. Toʻliq grant nisbatan kam uchraydi.
Oʻqishni koʻchirish uchun grantlar mavjud yoki yoʻqligini universitetning “Financial Aid and Scholarships” yoki shunga oʻxshash nomdagi boʻlimidan yoxud oʻqishni koʻchirishga oid sahifasidan topish mumkin.
Masalan, Clark universiteti ham oʻqishni koʻchirish uchun grantlar taklif qiladi. Bu haqida transfer sahifasida ham, “Cost and Financial Aid” boʻlimida ham maʼlumot berilgan (Admissions > Cost and Financial Aid > International Students).
Lekin Clark universitetida grantlarning aniq miqdorlari koʻrsatilmagan ekan. Buni email yozish orqali aniqlab olishingiz mumkin.
Oʻqishni koʻchirish uchun toʻliq grant ajratadigan oliygohlarga Tokio universitetini misol qilib keltirish mumkin. Bu haqida batafsil BU YERDA oʻqing.
Demak, talablarga javob bersangiz, oʻqishingizni xorijiy davlat universitetlariga koʻchirishingiz mumkin.
Eslatma: Ayrim davlatlar yoki universitetlar xalqaro talabalarni “Transfer Student” sifatida qabul qilmasligi mumkin.
"G'ijduvon Ibrat sardorlari" loyihasi doirasida maktablarda o'quvchi-yoshlarning "Ibrat academy" platformasi orqali xorijiy tillarni mustaqil o'rganishlarini targ'ib qilinmoqda.
🔽 Siz ham hoziroq ilovani yuklab oling va sertifikat qo’lga kiriting!
➡️ Havola — IOS
➡️ Havola — Android
t.me/gijduvon_liklar
Kuchli uchlikda o'zgarish, quyi uchlikda ham...(19.01.2024 yil 6:00 holatiga)
🥇Buxoro,
🥈Qoraqalpog'iston va
🥉Andijon yetakchilik qilayotgan bo'lsa,
Sirdaryo, Namangan va Toshkent shahri quyi o'rinlarni egallab turishibdi.
SIZning hududingiz nechanchi o'rinda???
@material_5tashabbus
"Ibrat farzandlari" loyihasi orqali bepul ingliz tilini o'rgangan, G'ijduvonlik o'quvchining ota-onasi sharaflandi!
G'ijduvon tumanidagi Denov mfy 12-maktab o'quvchilari Vohidov Jasur va Vohidov Jo'rabek ibrat farzandlari loyihasi doirasida ingliz tilini o'rganib, mahalladagi tengqurlariga o'quv kursi targ'ibotini olib bormoqda, natijada bugungi kunda 105 nafar yoshlarimiz sertifikatlarga ega bo'lishdi.Bugun G'ijduvon tuman hokimligi tomonidan ushbu o'quvchilarning ota-onalariga maxsus tashakkurnomalar topshirildi.
@xurshid_blog
/channel/gijduvon_liklar?livestream
📌 Hurmatli G'ijduvon yoshlari!!!
✅ "Ibrat farzandlari" loyihasi doirasida bepul til o'rganish istagida bo'lgan yoshlari bilan onlayn muloqotga barchani taklif qilamiz
📲Telegram-ovozli chat orqali til o'rganish istagida bo'lgan yoshlar bilan onlayn muloqot o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
✅ Muloqot spikerlari:
Sherzod SHARIPOV - G'ijduvon tumani hokimining yoshlar masalalari bo'yicha o'rinbosari;
Xurshid TO'XTAYEV - O'quv kursi rahbari, o'qituvchi;
Nurilbek RAJABOV - Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi boshlig'i;
Moderator:
Yusufjon ASADOV - Yoshlar yetakchisi
⌚️Oʻtkazilish vaqti: 17-yanvar kuni, soat 20.00da bo'lib o'tadi
Manzil: 📌
👉
/channel/gijduvon_liklar/3739
Yoshlar siyosati:
G'ijduvon tumani misolida
Mahalla va ta'lim muassasalari hamkorligi orqali yoshlarning xorijiy tillarni puxta o'zlashtirishlariga hamda zamonaviy kasblarni egallashlariga ko'maklashish vazifalari belgilab olindi.
📌 "G'ijduvon Ibrat sardorlari" loyihasi orqali G'ijduvondagi 75ta ta'lim muassasa direktorlari tomonidan "Ibrat Farzandlari" loyihasini namunali va tizimli tashkil etishga start berildi.
t.me/gijduvon_liklar