xurshid_blog | Неотсортированное

Telegram-канал xurshid_blog - Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

1577

XURSHID TO'XTAYEV RASMIY KANALIDAN NAVBATDAGI XABAR ! © Kanal sizga qanday imkoniyat beradi? ▫️Respublikamizdagi barcha yoshlarimizni takliflari va loyihalarini qo'llab-quvvatlash; ▫️onlayn tanlovlar; ▫️Ilmiy anjumanlar; Murojaat uchun @ndki_master

Подписаться на канал

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

#Buxoro
#Gijduvon
Bugun G'ijduvon tumandagi Ibrat sardorlari o'rtasida Ingliz tili fanidan MOCK imtihonlari o'tkazildi.
Natijalar o'zaro ota-onalar bilan tahlil qilinib, kelgusidagi ishlar rejalashtirib olindi.

@xurshid_blog

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

📈 2022-yil avgust oyiga nisbatan ingliz tilida CEFR til sertifikatini qo'lga kiritganlar 2.5 barobarga, turk tilida esa 10 barobarga oshgan

🚩 Ingliz tili bo‘yicha sertifikat olganlar soni 2024-yil avgust oyida 42 918 kishiga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilda 32 571, 2022-yilda esa 16 842 kishini tashkil etgan;
🇹🇷 Turk tili: Sertifikat olganlar soni jadal o‘sib, 2022-yildagi 400 kishidan 2024-yilga kelib 4 060 kishiga yetdi.

📉 Afsuski ayrim tillarda bu ko'rsatkich biroz pasaygan:

🇫🇷 Fransuz tili: Keskin pasayish kuzatilib, 2022-yildagi 835 kishi 2024-yilda bor-yo‘g‘i 133 kishini tashkil etdi;
🇩🇪 Nemis tili: 2022-yilda 795 kishi sertifikat olgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu raqam 289 kishiga kamaydi.

📊 Ushbu raqamlar til afzalliklarining o‘zgaruvchanligini ko‘rsatadi: ingliz va turk tiliga qiziqish tez sur’atlarda o‘sayotgan bo‘lsa, fransuz tili kabi boshqa tillarda aksincha.

🟢Hozirgi kunda yuqori daromad maosh to’laydigan aksariyat kompaniyalar nomzodlardan chet tili hamda IT sohasida bilim darajasi va uni tasdiqlovchi sertifikati mavjudligi, yumshoq ko’nikmalari (soft skills) rivojlanganiligiga qarab ishga qabul qilish va lavozimini ko’tarish bo’yicha qaror qabul qiladi.


🔹 Ma'lumotlar my.gov.uz portali statistikasi orqali tayyorlandi.

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

🇺🇿G'ijduvon Ibrat farzandlari Respublika ochiq fan olimpiadasi o'tkazildi!

🎗"1-oktyabr ustoz va murabbiylar kuni" ga bag'ishlab, G'ijduvon tumanida ingliz tili va Matematika fanlaridan ochiq fan olimpiada o'tkazildi.

🎖Ushbu olimpiadaga viloyat miqiyosidagi 100 dan ortiq o'quvchilar ishtirok etishdi.

🥇G'oliblarga tashilotchilar tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg'alari topshiriladi.

🏨G‘ijduvon tuman hokimligi axborot xizmati.

Web Sayt | Telegram | Facebook |
YouTube | Instagram

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

📣 Vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

👉 Qarorga asosan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.

Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

➖ iqtidorli hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qiziqadigan oʻquvchilarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi isteʻdodni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

➖ xalqaro va respublika miqyosida maktab fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiada, musobaqa va tanlovlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

➖ olimpiadalar oʻtkazish boʻyicha xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribalarni respublika miqyosida ommalashtirish.


2025-yil 1-oktabrga qadar:

➖ Markazda fanlar boʻyicha amaliy topshiriqlarni oʻtkazish uchun zamonaviy asbob-uskunalar va xomashyo materiallari bilan toʻliq jihozlangan laboratoriya tashkil qilinadi.

2025-yildan boshlab:

5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

➖ asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

➖ nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;

➖ terma jamoalar rahbari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

➖ asosiy olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoa rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi;

➖ xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan nomzodlar oʻquv yigʻinlari davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan taʼminlanadi.

2025-yil 1-mayga qadar:

➖ asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga medal berish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

➖millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik hissini shakllantirish, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash yoʻnalishida — Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;
➖ matematika va informatika yoʻnalishida — Al Xorazmiy nomidagi yoshlar turkiy olimpiadasi;
➖ kimyo yoʻnalishida — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi;
➖ fizika yoʻnalishida — Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi;
➖ biologiya yoʻnalishida — Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi oʻtkazib borilishi belgilandi.
@xurshid_blog

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

#1_oktyabr_ustoz_va_murabbiylar_kuni

🔰Tuman hokimi Sherzod Ashurov barcha ustoz va murabbiylarga, o‘z tabrigini she'r orqali yo'lladi.

♻️ULUG' VA SHARAFLI KASB EGALARI USTOZLARIMIZGA BOSHIMIZ YERGA TEKGUNCHA TA'ZIMDAMIZ!

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

#Live
Ayni daqiqalarda G'ijduvon tumanida"G'ijduvon Ibrat farzandlari Respublika ochiq fan olimpiadasi"o'tkazilmoqda, unda viloyatdagi 100 dan ortiq o'quvchilar ishtirok etishmoqda!
@xurshid_blog

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

Иқтидорли ёшларни селекция қилиш тизими янги босқичга олиб чиқилади. Бунинг учун халқаро даражада фан олимпиадаларига тайёрлаш маркази ташкил этилади.

Рағбатлантириладиган халқаро фан олимпиадалари сони 18 тадан 22 тага етказилади.

Бунда нуфузли халқаро олимпиадада олтин медаль олган ўқувчига – 170 миллион сўм, кумуш медалга – 102 миллион сўм, бронза медаль учун – 68 миллион сўм мукофот пули берилади.

Шу билан бирга, ана шу ўқувчиларнинг ўқитувчилари 50 миллиондан 150 миллион сўмгача мукофотланиб, уларга бир йилда 100 фоизлик устама олиш имкони яратилади.

Илк бор халқаро фан олимпиадаларида ғолиб бўлган ўқувчилар жамоаси раҳбарларини ҳам рағбатлантириш тизими йўлга қўйилади.

Халқаро фан олимпиадаларида ғолиб бўлган фарзандларимизни тантанали кутиб олиб, уларни ҳам қаҳрамонлар сифатида эъзозлаб, халқимизга танитиш зарурлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

Shavkat Mirziyoyev:

Endilikda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga prezident sovg‘asi sifatida 3 xonali uy beriladi

@xurshid_blog

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

⚡️Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони қабул қилинди

Улар орасида бухороликлар ҳам бор.

🏅«Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган халқ таълими ходими» фахрий унвони билан:

Раупов Илёс Ахадович
- Ғиждувон туманидаги 27-умумий ўрта таълим мактабининг физика фани ўқитувчиси;

🏅«Дўстлик» ордени билан:

Болтаева Қамбар Абдуллаевна - Бухоро шаҳридаги Президент мактабининг биология фани ўқитувчиси;

🏅II даражали «Соғлом авлод учун» ордени билан:

Астанов Салих Хусенович - Бухоро муҳандислик-технология институтининг аниқ фанлар кафедраси профессори;

🏅«Шуҳрат» медали билан:

Исмаилова Эрешгул Жораевна - Қоровулбозор туманидаги 3-умумий ўрта таълим мактаби кутубхоначиси;

Ражабова Сарвиноз Юнусовна - Жондор туманидаги 1-умумий ўрта таълим мактабининг кимё фани ўқитувчиси.

Давлатимизнинг юксак мукофотларига муносиб кўрилган вилоятдошларимизни вилоят ҳокимлиги ва жамоатчилиги номидан самимий қутлаймиз!

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

#1_oktabr

🔰1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan G‘ijduvon tumanidagi "Gulchehra" tantanalar majmuasida bayram tadbiri tashkil etildi.

✅O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda tuman hokimligi, tuman deputatlari, mahalla faololari  ko‘p yillar ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatgan faxriy ustozlar, fidoyi, o‘z sohasida ilg‘or yosh o‘qituvchilar, murabbiylar ishtirok etdi.

❇️Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat – ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik xissi paydo bo‘ladi.

♻️Inson, avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi.

@xurshid_blog

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

Kelajak yoshlar qo’lida!

Yoshlar
.......

@xurshid_blog

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

⚡️ Ўқитувчилар ойлиги 15 фоизга оширилади

Давлатимиз раҳбарининг тегишли фармонига мувофиқ умумтаълим мактабининг педагог ва бошқа ходимлари ойлиги октябрь ойидан бошлаб 15 фоизга оширилади.

Ўқитувчилар учун янгиланган ойлик суммаси қуйидагича:

– Ўрта махсус маълумотли ўқитувчи – 3 млн. 169 минг 623 сўм;
– Олий маълумотли ўқитувчи – 3 млн. 390 минг 824 сўм;
– Иккинчи тоифали ўқитувчи – 3 млн. 796 минг 213 сўм;
– Биринчи тоифали ўқитувчи – 4 млн. 230 минг 138 сўм;
– Олий тоифали ўқитувчи – 4 млн. 674 минг 594 сўм.

👉@xurshid_blog

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

#repost
barchaga ulashing!
Bizni shu darajaga yetishishimizga albatta ustozlarimizni xizmati beqiyos, doim ustozlarimizga ta'zimdamiz!
Sizningcha ustoz kim?

@xurshid_blog

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

"Avval matematika, keyin hammasi..."

🎗 Xabaringiz bor G'ijduvon tumani hokimi tashabbusi bilan 5-6 sinf o'quvchilari o'rtasida, MATEMATIKA fanidan
🇺🇿O'zbekiston terma jamoasiga zahira kadrlarni yetishtirib berish maqsadida, G'ijduvon fizika va matematika fan olimpiada jamosi tashkil etilgan edi. Bugungi kunda darslarimiz to'liq yevropa standartlariga asosan tayyorlangan kitoblar va malakali ustozlarimiz tomonidan olib borilmoqda.

Dars jarayonlari keyingi o'quv yilidan boshlab, ingliz tilida olib borilishi rejalashtirilmoqda.
Murojaat uchun👇👇👇
@samaralimaskan_uz
99891 646-14-42
Rasmiy kanalimizga a'zo bo'lishni unutmang!👇👇👇
@xurshid_blog

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

🔰G‘ijduvonda tashkil etilgan "G‘ijduvon fan olimpia terma jamoasi" iqtidorli yoshlarni o'z jamoasiga chorlaydi!
📌Diqqat! "G‘ijduvondagi 5-6, 7-8-sinf o'quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash maqsadida matematika va ingliz tili fanidan intensiv kurslarga chorlaydi!
♻️Mazkur ta'lim dasturiga qabul qilingan yoshlar tuman, viloyat, Respublika va Xalqaro miqiyosidagi olimpiadalarga qatnashish imkoniga ega bo‘lishadi.
🌐Darslar Respublika va Xalqaro darajadagi, malakali o‘qituvchilar tomonidan tuman hokimligi binosida ajratilgan zamonaviy o‘quv xonalarida yangi intensiv metodlar orqali olib boriladi.
Shuningdek, olimpiadalarga munosib ishtirok etgan o‘quvchilar, doimiy ravishda hokimlik tomonidan rag‘batlantirilib boriladi.
⭕️ Jamoaga 5-6-7-8sinf o'quvchilari,
MATEMATIKA va INGLIZ TILI, fanlaridan yangi iqtidor egalari saralab olinadi. (elatma: o'quvchilarga darslar noldan boshlanadi)
📌 Shoshiling, o‘rinlar soni cheklangan.
Murojaat uchun
@samaralimaskan_uz
99891 646-14-42
Kanalimiz
@xurshid_blog

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

Andijonda 10 yoshli o’quvchi IELTS dan 7 ballni qo‘lga kiritdi
Andijon shahridagi 4-umumta’lim maktabining 4-sinf o’quvchisi Muhammadsaid Tursunov ingliz tili fanidan 7.0 ballik IELTS sеrtifikatini qo’lga kiritdi.
 @xurshid_blog

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

⚡️Yaxshi o'qigan talabalar foizsiz ta'lim krediti olishi mumkin boʻladi

◾️ Hozirgacha faqat qizlarga foizsiz kredit berilar edi.

Prezident raisligidagi videoselktorda quyidagi yangiliklar maʼlum qilindi:

✔️  oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi;

✔️ oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi.

Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi.


Bu grantlar hisobidan, fanlarni o‘zlashtirishidan kelib chiqib, kambag‘al oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.

@xurshid_blog

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

#xalqaro_olimpiada
#TasIMO_2025

⚡️Barcha umumta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar maktablari o‘quvchilarini xalqaro matematika musobaqasi - "TasIMO-2025" olimpiadasiga taklif etamiz!
-------------
📌 Olimpiadada qatnashish uchun botlardan biridan ro‘yxatdan o‘ting:

@tasimo3_bot
@tasimo2_bot
@tasimo1_bot
@tasimo_bot

Batafsil ma'lumot olish:
📞+998555084400

@Tashkent_imo

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

❗️Қонунчиликда ўқитувчиларга берилган айрим имтиёзлар

🔹1 октябрь “Ўқитувчи ва мураббийлар куни” этиб белгиланган ҳамда ушбу кун байрам (дам олиш) куни ҳисобланади.

🔹Болаларга таълим-тарбия берадиган барча педагог ходимлар доимий равишда бепул тиббий кўрикдан ўтказилади.

🔹Педагоглар учун 56 кунлик йиллик ҳақ тўланадиган узайтирилган таътиллар берилади.

🔹Педагоглар ходимлар учун иш вақтининг давомийлиги ҳафтасига кўпи билан 36 соат қилиб белгиланади.

🔹Мактаб ўқитувчиларига фаолиятни баҳолаш мезонлари асосида 10 фоиздан 40 фоизгача, кутубхоначи ва психологларга 10 фоиздан 20 фоизгача устама белгиланади.

🔹Фан олимпиадаси ғолибини тайёрлаган ўқитувчилар рағбатлантирилади.

🔹Ўқитувчилар касал бўлиб қолганида моддий ёрдам берилади.

🔹Олимпиада ғолиби бўлган ўқитувчиларга 150 фоизгача устама берилади.

🔹Ўзи дарс берадиган фани бўйича халқаро тан олинган ва миллий сертификатга эга бўлган ўқитувчиларга уларнинг тариф ставкасига нисбатан 50 фоиз миқдорида ҳар ойлик қўшимча устама тўланади.

🔹“Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб” танлови ғолиби бўлган мактабга ярим миллиард сўм берилади.

🔹Инклюзив синф ўқитувчиларига 40 фоизгача устама берилади.

🔹Олис ҳудудларда дарс бераётган ўқитувчиларга 50 фоизгача устама берилади.

🔹Математика, физика, кимё ва биология фанлари бўйича халқаро ва республика олимпиадалари ғолибларини тайёрлаган профессор-ўқитувчиларга пул мукофоти берилади.

🔹Кўп йиллик стажга эга педагоглар мажбурий аттестацияга жалб қилинмайди.

🔹Халқаро фан олимпиадаларини тайёрлаган ўқитувчиларга малака тоифаси аттестациясиз берилади.

🔹Республика фан олимпиадаси ғолибларини тайёрлаган ўқитувчилар малака тоифаси бир поғона оширилади.

🔹Тиббиёт соҳаси профессор-ўқитувчиларига даволаш-ташхис ишларини бажарганликлари учун қўшимча ҳақ тўланади.

🔹Таълим муассасаларининг чет тиллар фанлари ўқитувчиларига ойлик устамалар берилади.

🔹Ўқитувчиларнинг фаолиятига аралашганлик учун жавобгарлик бор.

@xurshid_blog

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

🇺🇿G'ijduvon Ibrat farzandlari Respublika ochiq fan olimpiadasi o'tkazildi!
🎗"1-oktyabr ustoz va murabbiylar kuni" ga bag'ishlab, G'ijduvon tumanida ingliz tili va Matematika fanlaridan ochiq fan olimpiada o'tkazildi.
🎖Ushbu olimpiadaga viloyat miqiyosidagi 100 dan ortiq o'quvchilar ishtirok etishdi.
🥇G'oliblarga tashilotchilar tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg'alari topshiriladi.

@xurshid_blog

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

Dunyoda bitta kasb bor, bu-o‘qituvchilik. Qolgan kasblar esa uning mahsulidir!

1-Oktyabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni

Avvalombor barcha ustoz va murabbiylarni, zahmatkash va mehribon ustozlarimizni “Ustoz va murabbiylar” bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Dillarimdagi eng yaxshi tilaklarim sizga bo'lsin. Ta'lim-tarbiya yo'llarida hormang-tolmang. Ushbu savobli ishlaringizda Alloh taolo doimo madadkor bo'lsin.


Hurmat bilan Xurshid To'xtayev

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

Nufuzli olimpiada g'oliblari munosib kutib olinadi va taqdirlanadi

➖Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi. Buning uchun xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.

➖Rag‘batlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni 18 tadan 22 taga yetkaziladi.

➖Bunda nufuzli xalqaro olimpiadada oltin medalь olgan o‘quvchiga – 170 million so‘m, kumush medalga – 102 million so‘m, bronza medalь uchun – 68 million so‘m mukofot puli beriladi.

➖Shu bilan birga, ana shu o‘quvchilarning o‘qituvchilari 50 milliondan 150 million so‘mgacha mukofotlanib, ularga bir yilda 100 foizlik ustama olish imkoni yaratiladi.

➖Ilk bor xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar jamoasi rahbarlarini ham rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan farzandlarimizni tantanali kutib olib, ularni ham qahramonlar sifatida e'zozlab, xalqimizga tanitish zarurligi ta'kidlandi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan G'ijduvon tumanida ingliz tili va Matematika fanlaridan bepul olimpiada o'tkaziladi!
Ishtirok etmoqchi bo'lganlar hoziroq @ndki_master ga murojaat qiling!
Shoshiling joylarimiz soni cheklangan!
Rasmiy kanalimizga a'zo bo'lishni unutmang 👇👇👇
@xurshid_blog

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

Yoshlar ishlari agentligining milliondan oshiq yoshlarga 23 dan ziyod tillarni bepul o‘rgatib kelayotgan ibratfarzandlari?si=RF2CFnBphRJbh3A-">"Ibrat farzandlari" loyihasi rahbari Rustam Qoriyev Prezidentimiz tomonidan "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.
Bu e'tirof Yoshlar ishlari agentligining mamlakatimiz yoshlari uchun olib borayotgan loyihalariga munosib e'tirof deb hisoblaymiz, Rustam Qoriyevni va boshqa shunday mukofotlanganlarni xalqimizni ma'rifatli qilishdagi ezgu ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

@xurshid_blog

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

🇺🇿"Samarali ta'lim" xususiy maktabida asosiy fan olimpiadalarning maktab bosqichi o'tkazildi.
🎖Unda 100 dan ortiq o'quvchilar o'z bilimlari sinovdan o'tkazib
, bilimlarini yanada mustahkamlab olishdi.
/channel/samaralitalim_uz

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

Bugun kutilmaganda, faoliyatimiz bilan tanishish maqsadida Muhammadali Eshonqulov va Qirg‘izistondan martabali mehmonlar tashrif buyurishdi.
Ustozlarimizdan faoliyatimiz haqida duo olib, birgalikda yoshlarimiz xalqaro olimpiadalarga oltin medallar olishini niyat qildik.


@xurshid_blog

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

Meni shu darajagacha yetishib kelishimga juda ham ko'plab insonlarning xizmatlari beqiyosdir.
Meni doim qo'llab-quvvatlab kelayotgan ota-onam, barcha ustozlarimga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, nasib etsa vatanimiz, xalqimiz uchun beminnat xizmat qilishga tayyorman.
Barchangizga kattakon rahmat aziz insonlarim!

@xurshid_blog

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

🔰G‘ijduvonda tashkil etilgan "G‘ijduvon fan olimpia terma jamoasi" iqtidorli yoshlarni o'z jamoasiga chorlaydi!

📌Diqqat! "G‘ijduvondagi 5-6, 7-8-sinf o'quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash maqsadida matematika va ingliz tili fanidan intensiv kurslarga chorlaydi!

♻️Mazkur ta'lim dasturiga qabul qilingan yoshlar tuman, viloyat, Respublika va Xalqaro miqiyosidagi olimpiadalarga qatnashish imkoniga ega bo‘lishadi.

🌐Darslar Respublika va Xalqaro darajadagi, malakali o‘qituvchilar tomonidan tuman hokimligi binosida ajratilgan zamonaviy o‘quv xonalarida yangi intensiv metodlar orqali olib boriladi.

Shuningdek, olimpiadalarga munosib ishtirok etgan o‘quvchilar, doimiy ravishda hokimlik tomonidan rag‘batlantirilib boriladi.
⭕️ Jamoaga 5-6-7-8sinf o'quvchilari, MATEMATIKA va INGLIZ TILI, fanlaridan yangi iqtidor egalari saralab olinadi. (elatma: o'quvchilarga darslar noldan boshlanadi)

📌 Shoshiling, o‘rinlar soni cheklangan.

Murojaat uchun
@samaralimaskan_uz
99891 646-14-42

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

Таълим кредити фақат кундузги таълим шаклида ўқийдиганлар учун ажратилади – ҳукумат қарори

Вазирлар Маҳкамасининг 16 сентябрдаги қарори билан таълим кредити ажратишга ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Эндиликда:

➖олий ва профессионал таълим ташкилотларида таҳсил олиш учун таълим кредитини фақат кундузги таълим шаклида ўқиётган талаба ва ўқувчиларга ажратиш тизимини йўлга қўйиш;

➖олий таълим ташкилотларида таҳсил олаётган иккинчи ва ундан юқори босқич талабалари учун фанларни ўзлаштиришнинг ўртача кўрсатгичи “3” дан паст бўлган тақдирда, тўлов-контракт суммасининг кўпи билан 80 фоизи миқдорида таълим кредити ажратиш амалиёти жорий қилинади.

Шунингдек, олий таълим ташкилотлари талабалари учун таълим кредити улар тўғрисидаги маълумот Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигининг kontrakt.edu.uz ва HEMIS ахборот тизимида;

ўрта-махсус ва профессионал таълим ташкилотлари ўқувчилари учун эса улар тўғрисидаги маълумот prof.edu.uz ахборот тизимида мавжуд бўлган тақдирда ажратилади.

Читать полностью…

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ

⚡️Японияда "Ўқитувчилар куни" йўқ

Бу воқеани айтиб берарканман, бутун қалбим билан бизнинг жамият ҳам бу даражага етишини истайман, ўқитувчига нисбатан муносабат шу даражада бўлишини, ўқитувчи ҳам шунга муносиб бўлишини.

Бир куни япониялик ҳамкасбим, муаллим Ямамотaдан сўрадим:

- Японияда ўқитувчилар куни қачон нишонланади, уни қай тарзда нишонлайсизлар?

Ямамота саволимдан ажабланиб, шундай жавоб берди:

- Бизда умуман ўқитувчилар куни йўқ.

Унга ишониш-ишонмасликни билмай қолдим. Миямга бир фикр келди: "Иқтисодиёт, фан ва техника ривожланган мамлакат нега ўқитувчига, унинг меҳнатига бу қадар ҳурматсизлик билан муносабатда экан-а?" Бироқ...

Ишдан кейин Ямамота мени меҳмондорчиликка уйга таклиф қилди. У мактабдан узоқда яшаганлиги сабабли биз метрода кетдик. Кечки "тиғиз вақт" бўлгани учун, метро вагонлари одамларга тўла эди. Тиқилинчдан бироз сиқилганча, тутқичдан маҳкам ушлаб турдим. Тўсатдан ёнимда ўтирган отахон менга жой берди. Қари инсоннинг бу қадар ҳурмати муносабатини тушуна олмай, мен унинг таклифини қабул қила олмас эдим. Лекин у ниҳоятда қатъий тургани учун, ўтиришга мажбур бўлдим.

Метродан чиққандан сўнг мен Ямамотадан оқсоқолнинг ушбу ҳатти-ҳаракатини тушунтириб беришини сўрадим. Ямамота табассум қилди ва менинг муаллимлик кўкрак нишонимга ишора қилиб, шундай деди:

- Бу қария сизнинг муаллимлик нишонингизни кўрди ва мақомингизга ҳурмат белгиси сифатида ўз ўрнини сизга бўшатди.

Муаллим Ямамотанинг хонадонига илк бор ташриф буюрётганим сабабли қуруқ қўл билан бориш бироз ноқулай эди, ва мен бирор совға сотиб олишга қарор қилдим. Мен Ямамотага ушбу қароримни баён қилганимда, у мени қўллаб-қувватлаб, олдинда ўқитувчилар учун дўкон борлигини, у ерда мен арзон нархларда маҳсулот сотиб олишим мумкинлигини айтди. Мен яна ҳиссиётларимни яшира олмай:

- Имтиёзлар фақат ўқитувчиларга бериладими? - деб сўрадим.

Ямамота менинг сўзларимни тасдиқлаб, шундай деди:

- Японияда ўқитувчи – энг ҳурматли касб, энг ҳурматли инсон. Япониялик тадбиркорлар дўконларига ўқитувчилар кирса жуда хурсанд бўлишади ва буни ўзлари учун катта шараф деб билишади.

Японияда бўлган вақтларимда, мен бир неча бор японларнинг ўқитувчиларга қай даражада ҳурмат кўрсатишларига гувоҳ бўлдим. Метрода улар учун алоҳида жойлар мавжуд, улар учун алоҳида дўконлар очилган, ўқитувчилар ҳар қандай транспорт турига чипта олиш учун навбатда туришмайди. Ҳаётининг ҳар бир куни байрамдек бўлганидан кейин, нега энди япон ўқитувчиларига алоҳида байрам керак?

Ушбу воқеани сўзлар эканман, мен бутун қалбим билан бизнинг жамиятимиз ҳам устозларга юксак даражада муносабатда ва ўқитувчилар ҳам бундай юқори мартабага муносиб бўладиган даражага эришишини истар эдим...

Расмда: Урушдан кейин Японияда таълим деярли бошпанасиз бўлган. Дарс жараёнида асосий диққат ўқитувчига ва дарсликка қаратилган.

@xurshid_blog

Читать полностью…
Подписаться на канал