TA'ZIYA
Bog‘ot tumanidagi 3-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Ergash Xudoynazarov bugun 3-may kuni 65 yoshida vafot etdi.
Ergash Xudoynazarov ko‘p yillar davomida ta’lim sohasida, xususan, Bog‘ot tumanidagi 3-sonli maktabda informatika fani o‘qituvchisi, Bog‘ot tumanidagi 3-ixtisoslashtirilgan maktab-internatida informatika fani o‘qituvchisi, shu muassasa direktori hamda Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib bordi.
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi Ergash Xudoynazarovning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya bildiradi.
Marhumni so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimi bugun soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Bog‘ot tumani Nurafshon shaharchasi.
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🌙 РАМАЗОН ҲАЙИТИ ТЎҒРИСИДА
🌐Ўзбекистон мусулмонлари идораси Уламолар Кенгашининг навбатдаги онлайн мажлиси бўлиб ўтди. Унда Рамазон ҳайитини кўтаринки руҳда ўтказишга оид кун тартибидаги бир қатор масалалар муҳокама қилинди.
💬Йиғилишда уламолар ва соҳа мутахассислари томонидан Рамазон ҳайити қайси кунга тўғри келиши ва ҳижрий 1445 йил Шаввол ойи ҳилолини кузатиш бўйича қилинаётган ишлар ҳамда фалакий ҳисоб-китоблар атрофлича таҳлил қилинди.
🔭 Шунингдек, дунёдаги йирик фатво идоралари ва нуфузли астрономия институтлари ахборотлари батафсил кўриб чиқилди. Туркий давлатлар диний идоралари масъуллари билан ҳам ушбу масала кенг муҳокама қилинди.
🗣Ўзбекистон мусулмонлари идораси Уламолар Кенгаши фиқҳий қоидалар, фалакий ҳисоб-китоблар ва астрономик кузатишларга таянган ҳолда жорий йилда диёримизда Рамазон ҳайити 2024 йил 10 апрель, чоршанба кунига тўғри келиши кутилаётганини маълум қилди.
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
#Ramazon #hayit
MUSLIM.UZ GA 😎 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣
▶️ Muslimuzz/featured">YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook
📣📣📣 Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish vaqti belgilandi
❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 15-aprel kuni boshlanadi.
✅ Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.
⚡️ Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.
👉 Test sinovlarini bajarish uchun:
➖ matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;
➖ qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.
👉 Malaka sinovlarining:
➖ birinchi bosqichida – mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;
➖ ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Maktab oʻquvchilarining bahorgi taʼtili 21-mart kunidan boshlanadi
❗️Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra, mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 2024-yil 21-mart kunidan boshlanadi va 27-mart kuni (7 kalendar kun)ga qadar davom etadi.
👉 IV oʻquv chorak darslari 2024-yil 28-mart kunidan boshlanadi.
__________
Весенние каникулы школьников начинаются с 21 марта
Согласно Положению, утвержденному Постановлением Кабинета Министров от 15 марта 2017 года № 140 «Об общем среднем образовании» весенние каникулы в общеобразовательных школах в нашей стране начинаются 21 марта и длятся до 27 марта 2024 года (7 календарных дней).
Занятия IV учебной четверти начнутся с 28 марта 2024 года.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
TA'ZIYA
Xorazm viloyati Urganch shahar 3-son maktab direktori Matyakubova Rano Abdullayevnaning dadasi Qulmetov Abdulla ota bevaqt vafot etganligi munosabati bilan Qulmetovlar honadoniga chuqur ta’ziya izhor etamiz.
Xorazm viloyati Urganch shahar MMTB va 3-son maktab jamoasi.
IIV XORAZM AKADEMIK LITSEYIGA QABUL E’LON QILINDI!
2024-yilning 10-fevral kunidan IIV Xorazm akademik litseyiga 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul boshlandi.
Batafsil
———
ИИВ ХОРАЗМ АКАДЕМИК ЛИЦЕЙИГА ҚАБУЛ ЭЪЛОН ҚИЛИНДИ!
2024 йилнинг 10 февраль кунидан ИИВ Хоразм академик лицейига 2024-2025-ўқув йили учун қабул бошланди.
Батафсил
🟩🟩🟩🟩
✅ BOQIYEV FARXOD ESANOVICH Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
✔️Farxod Esanovich tayinlovga qadar Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
🟢 Ushbu lavozimdagi faoliyatlariga omad tilaymiz!
@T_Nurmetov
MATEMATIKA va
INGILIZ TILI dan olimpiadaga marhamat!
(Hohlagan faningizdan. Ikkala faningizdan ham qatnashish mumkin)
28-YANVAR
Kòpchilikning talab va istaklariga binoan bizda yana olimpiada!
"Tòlqin FM" xususiy maktabi bilan hamkorlikda òtkaziladigan "Al-Xorazmiy izdoshlari" olimpiadasiga 1-2-3-4-5-6-7-8-sinflarni taklif qilamiz!
1-Manzil: Urganch shaxar 29-maktab
Vaqti: 28-yanvar 10:00
2-Manzil: Hazorasp tuman markazi
Tòlqin FM xususiy maktabi
Vaqti: 28-yanvar 10:00
Òzingizga qulay lokatsiya va qulay fanni tanlab registratsiyadan òting.
Olimpiadada ishtirok etish uchun adminga yozing.
Admin: @madaminov_003
Qòshimcha malumot: @xorazmiy_olimp
Tel: 996833323
O‘quvchi o‘qituvchisining yon daftarini o‘qib ko‘rdi va kundalik ish rejasini ko‘rgach o‘qituvchisiga bo‘lgan munosabati butunlay o‘zgarib ketdi...
My5 yaxshi videorolik tayyorlabdi.
@domlajon
t.me/domlajon
Менинг отам алдоқчи
Оталарга бағишланган жуда таъсирли ролик. Беихтиёр кўзингизга ёш келади. "Алдоқчи" оталаримиз борлигига шукур!!!
┄┅অঠই 🇺🇿 ইঠঅ┅┄
Ибрат излаганга — ибратдир дунё
DIQQAT OLIMPIADA!!!
2024-yilning 1-fevralga qadar umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari o'quvchilari o'rtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasi viloyatimizning barcha hududlarida tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi.
Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ta'lim olayotgan 7-8-sinf o'quvchilari aniq fan (matematika) va tabiiy fanlar (Science) yo'nalishida qatnashadilar.
Mazkur jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tkazilishini ta'minlash, jarayonlarni ota-onalarga, uztozlarga xolis yetkazib berish maqsadida OAV vakillari, jurnalistlar, blogerlarni xolis kuzatuvchilikka va hamkorlikka chaqiramiz.
Ma'lumot uchun: Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablarning o'quvchilari olimpidaning viloyat bosqichida qatnashishadi.
@T_Nurmetov
#Tavsiya
⚡️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi qishki ta'til kunlari oʻquvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli va maroqli o'tkazishlarini ta’minlash uchun multfilmlar ketma-ketligini e'lon qiladi!
✅Multfilmlar bilan quyida tanishing:
🟢“Qiziqarli matematika”;
🟢“Charxpalak”;
🟢 “Super kitob”;
🟢“Avtosarguzashtlar”;
🟢 “Aqltoyning sarguzashtlari”;
🟢“Jajji pari”;
🟢"Qari bilganni pari bilmas";
🟢"Rustam va Said";
🟢"Quyosh yurti pahlavoni"(no‘xatpolvon);
🟢"Gʻildirakli uy";
🟢 "Quvvat";
🟢 “Dovyurak oshpaz”;
🟢 "To‘g‘rivoy va Egrivoy".
🟢 "Afandi va laqma boy"
❗️Qishki ta’tilni biz bilan maroqli oʻtkazing!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🤩 Bolalarolami.uz internet nashri tomonidan o‘tkazilgan "Yilning eng yaxshi maktabi – 2023" respublika tanlovining hududiy g‘oliblari bilan tanishing:
🥇 Qoraqalpog'iston Respublikasi:
Nukus shahar 32-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi
🥇 Andijon viloyati:
Paxtaobod tumani 37-sonli ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab
🥇 Farg'ona viloyati:
Qo'qon shahar 25-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi
🥇 Namangan viloyati:
Pop tumani 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi
🥇 Toshkent viloyati:
Zangiota tumani 42-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi
🥇 Toshkent shahri:
Sergeli tumani 300-sonli ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab
🥇 Sirdaryo viloyati:
Shirin shahar 3-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi
🥇 Jizzax viloyati:
G'allaorol tumani 56-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi
🥇 Samarqand viloyati:
Samarqand shahar 14-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi
🥇 Buxoro viloyati:
Buxoro shahar 6-sonli ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab
🥇 Navoiy viloyati:
Navoiy shahar 13-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi
🥇 Qashqadaryo viloyati:
Qarshi shahar 7-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi
🥇 Surxandaryo viloyati:
Oltinsoy tumani 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi
🥇 Xorazm viloyati:
Urganch shahat 3-sonli ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab
🎉 Tahririyat jamoasi barcha g‘oliblarni chin dildan tabriklaydi.
G'olib deb topilgan maktablar rahbariyati @bolalarolamiadmin'ga bog'lanishlari so'raladi.
Veb-sayt | Telegram | bolalarolami">Youtube | Instagram | Aloqa
Qadrli hamkasblar,
Avvalo, barchangizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman hamda sizlarga mana shunday ulugʻ ayyom kunida oʻzimning ezgu tilaklarimni bildiraman.
Barchamiz shu kunlarda muborak Ramazon hayiti ayyomini katta xursandchilik va mamnuniyat bilan oʻtkazmoqdamiz. Cheksiz shukronalik va ixlos bilan dildagi yaxshi niyatlarimizning amalga oshishini Yaratgandan soʻrab, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligi uchun bir-birimizga ezgu tilaklar bildiryapmiz.
Oʻtayotgan Ramazon oyi bir-birimizga mehr va eʼtibor koʻrsatish, koʻmakka muhtoj, ehtiyojmand kishilarga begʻaraz yordam berish, yaxshilik, sabru qanoat kabi ezgu fazilatlari bilan ham qadrlidir.
Hurmatli ustozlar,
Barchangizni yana bir bor Ramazon hayiti ayyomi bilan qutlagan holda, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#Tabriknoma
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni qutlug' ayyom — Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.
Jamiyatimiz farovonligi va yurtimiz taraqqiyoti yo'lidagi sharafli mehnatingizda zafar yor bo'lsin.
Shunday qutlug' kunlarda osmonimiz hamisha musaffo, dasturxonlarimiz to'kin, xalqimiz esa birdam bo'lishini tilaymiz. Barcha ezgu niyatlaringizning ijobati nasib qilsin!
Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев ташриф билан мамлакатимизга келди.
Урганч халқаро аэропортида олий мартабали меҳмонни давлатимиз раҳбари кутиб олди.
—
По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев прибыл с визитом в нашу страну.
В международном аэропорту Ургенча высокого гостя встретил глава нашего государства.
#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
To'lqin FM viloyat olimpiadasi!
Galdagi olimpiadamiz ham bir vaqtda:
Hazorasp To’lqin FM binosida va
Urganch 9-maktab binosida o'tkaziladi(mo’ljal Xiva yo’lida Masha’ldan sal o’tiladi)
1)Olimpiadamizda 1-11-sinflar qatnashadi.
2)Faqat matematika va ingliz tilidan test beriladi.
3)Soat 13.00-15.00 oraliqda o’tkaziladi.
4)24-mart kuni o'tkaziladi.
5) Qatnashish uchun ushbu telegram bot orqali ro’yxatdan o’tish shart
👉 @ViloyatOlimpiadabot
6) Ikkita manzilda o'tkazilgan olimpiada natijalari bitta ro'yxat qilinadi.
7) Shu kunning o'zida avvalgi olimpiada taqdirlashi ham o'tkaziladi. ☝️Olimpiadaga kelmaganlarga diplom, medal, sovg’asi berilmaydi.
8) Bundan keyin oltin medal olgan o'quvchilar ustozlarining nomlari ham kanalda e’lon qilinadi.
9) Qatnashish 60ming so'm bo’lib, bu pullar olimpiada xarajatlari uchun sarflanadi.
10) Savollar bo’lsa olimpiada uchun mas’ul shaxs @TolqinSaidov ga yozing
11) Agar kelmasangiz bezovta qilmang. Yolg’ondan ro’yxatdan ham o'tmang. Bir birimizni hurmat qilaylik!
12) O’zingiz bilan faqat ruchka va suv olib kirishingiz mumkin. Telefon, kalkulyator, shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
13) Har sinfdan faqat birinchi o’rinlarga 🎁Sovg'a beriladi. Qolganlar 🥇Oltin,🥈Kumush, 🥉Bronza medal olishadi. Shuningdek hammaga diplom ham beriladi.
14) Bir so'z bilan ushbu olimpiadani viloyat miqyosda deyish mumkin.
👉 Ro'yxatdan o'tishning oxiri shanba kuni tushlikkacha. Hammaga omad!
Kanallarimizga ulaning
@tolkinfm
@TolqinFMolimp
instagram
To'lqin FM viloyat olimpiadasi!
Galdagi olimpiadamiz ham bir vaqtda Hazoraspda va Urganchda o'tkaziladi. Urganch 29-maktabda va Hazorasp FM maktabida.
Olimpiadada:
1)Urganchdagi olimpiadamizda 1-8-sinflar, Hazoraspdagi olimpiadamizda esa 1-11-sinflar qatnashadi.
2)Faqat matematika va ingliz tilidan test beriladi.
3)Soat 10.00da boshlanadi.
4)25-fevralda o'tkaziladi.
5) Qatnashish uchun ushbu havolaga kirib ro'yxattan o'tish shart
👉 https://forms.gle/6kXAtDCZgsHXfkT28
6) Ikkita manzilda o'tkazilgan olimpiada natijalari bitta ro'yxat qilinadi.
7) Shu kunning o'zida avvalgi olimpiada taqdirlashi ham o'tkaziladi.
8) Bundan keyin oltin medal olgan o'quvchilarning ustozlari ham e'tirof qilinadi.
9) Qatnashish Urganchda 60ming so'm, Hazoraspda 50ming so'm. Bu pullar olimpiada xarajatlari uchun sarflanadi.
Maqsad pul ishlash yoki maktabni reklama qilish emas balki olimpiadalarimiz orqali oz bo'lsada viloyatimizda ilm-u fan rivojiga hissa qo'shish.
Savollar bo’lsa olimpiada uchun mas’ul shaxs: Sardorbekka yozing: 99-509-95-69 , @Abdrimov_Sardorbek
Agar kelmasangiz bezovta qilmang. Yolg’ondan ro’yxattan ham o'tmang. Bir birimizni xurmat qilaylik!
O’zingiz bilan faqat ruchka va suv olib kirishingiz mumkin. Telefon, kalkulyator, shpagalkalar olib kirish taqiqlanadi.
Har sinfdan faqat bitta odam
🎁Sovg'a
oladi. Qolganlar
🥇Oltin
🥈Kumush
🥉Bronza
medal olishadi. Shuningdek hammaga sertifikat ham beriladi.
Bir so'z bilan ushbu olimpiadani viloyat miqyosda deyish mumkin. Hammaga omad!
Telegram kanallarimiz:
@tolkinfm
@Xorazmiy_olimp
📣 ISHONCHda chegirmali hafta!
14-fevraldan 20-fevralgacha ISHONCH Urganch filialida eng kerakli maishiy texnikalarga 15% gacha chegirma e‘lon qilamiz. Ushbu ajoyib aksiyani o‘tkazib yubormang va mahsulotlarni chegirmali narxlarda xarid qiling!
✅ Mahsulotlarimizni muddatli to`lovga oldindan to`lovlarsiz xarid qilishingiz mumkin! .
Mo`ljal: Darital yo`li, Xorazm noni yoni
Murojaat uchun:
📞 +998998704090
📹 Motivatsiya Sizni o'rningizdan turgazib yuborishi mumkin bo'lgan gaplar. 3 daqiqa TINGLAB KO'RING
Do’stlaringiz va yaqinlaringizga ham yuboring!
Do'stlarga ulashing👇🏼
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✨Kanal: @Stiv_Jobs_Motivatsiya
🟩🟩🟩🟩
😄RADJABOV SARDOR BAXTIYOROVICH
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari lavozmiga tayinlandi.
✔️ Sardor Baxtiyorovich tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining, Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
⭐️ SARDOR BAXTIYOROVICHni kelgusi ishlarida zafarlar tilab qolamiz
@T_Nurmetov
🏆 "REGISTON FAN OLIMPIADASI"
🇺🇿 Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Registon ta'lim loyihasi hamkorligida "Registon Fanlar Olimpiadasi"ga start beradi.
✅ Olimpiadada Xorazm viloyatida joylashgan maktablarning 7-11 sinf o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
📚 Olimpiada quyidagi fanlardan boʻlib oʻtadi:
— Ingliz tili;
— Matematika.
👉 Batafsil ma'lumot
💳 Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo Bepul!
🚀 Hoziroq Olimpiadaga ro'yxatdan o'ting va g'oliblar safida bo'lishga harakat qiling!
👨🏻💻 Ro'yxatdan o'tish:
👉 @Xorazm_olimpiada_bot
👉 @Xorazm_olimpiada_bot
Milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o'tgan abituriyent OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo'ladi
🔰 Vazirlar Mahkasining tegishli (2024-yil 10-yanvardagi 17-son) qaroriga muvofiq, Milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o'tgan abituriyent "A +, A" darajaga ega bo'ladi va OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo'ladi.
📚 Shuningdek, B+, B, C+, C darajaga ega bo'lgan abituriyentlarga test sinovlarida egallagan ballariga nisbatan foiz asosida maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi.
💻 Test natijalari xalqaro metod – Rash modeli asosida hisoblanadi.
✅ Sertifikat uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
📋 Seritifikatning amal qilish muddati 3 yilni tashkil qiladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasiga start berildi
12-yanvar kuni Xorazmda "Muhammad al-Xorazmiy vorislari" loyihasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
13 ta tumandan saralash imtihonlarida yuqori natija ko'rsatgan o'quvchilarning ota-onalariga vazir tashakkurnomasi topshirildi.
Batafsil
🚀Telegram |📷 Instagram
Yoshlar Ishlari agentligi oʻquvchilar uchun ajoyib sovgʻa tayyorladi!
Nobel mukofoti laureati Karl Viyeman tashabbusi bilan yaratiligan dunyoga mashhur Kolorado Universiteting PhET platformasi agentligimiz tashabbusi bilan endi toʻliq oʻzbek tilida!
Endilikda uydan chiqmasdan, hech qanday zarur laboratoriya jihozlarisiz 100 dan ortiq interaktiv simulyatsiyalar orqali Matematika, Fizika, Biologiya, Kimyo hamda Tabiat haqidagi fanlarga oid mavzularni yanada mukammal oʻrgana olasiz! Eng muhimi platformaning oflayn nusxalari orqali undan internetsiz foydalanish imkoni ham mavjud.
Oʻqituvchilar esa oʻzlarining simulyatsiya mavzulariga oid boʻlgan topshiriq, test va dars ishlanmalarini platforma orqali hamkasblari hamda oʻquvchilar bilan ulasha oladilar. Bunday hamkorlikda oʻqish va oʻqitish orqali yoshlarimiz yanada fanlarni mukammal oʻzlashtirishadi.
Umid qilamizki, taqdim etilgan ushbu imkoniyaidan barcha unumli foydalanadi.
Oʻylanib oʻtirmang, PhET orqali oʻrganing!
Bizning sahifalarimiz: @dtpi_yoshlari
2024 йил «Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили» деб эълон қилинди.
Ўзбекистонда мустақиллик даврида йил номлари қандай атаб келинган?
1991 йил — “Алишер Навоий йили”
1992 йил — “Ҳамширалар йили”
1993 йил — “Аҳмад Яссавий йили”
1994 йил — “Мирзо Улуғбек йили”
1995 йил — “Абу Али ибн Сино йили”
1996 йил — “Амир Темур йили”
1997 йил — “Инсон манфаатлари йили”
1998 йил — “Оила йили”
1999 йил — “Аёллар йили”
2000 йил — “Соғлом авлод йили”
2001 йил — “Она ва бола йили”
2002 йил — “Қарияларни қадрлаш йили”
2003 йил — “Обод маҳалла йили”
2004 йил — “Меҳр-мурувват йили”
2005 йил — “Сиҳат-саломатлик йили”
2006 йил — “Ҳомийлар ва шифокорлар йили”
2007 йил — “Ижтимоий ҳимоя йили”
2008 йил — “Ёшлар йили”
2009 йил — “Қишлоқ тараққиёти ва фаровонлиги йили”
2010 йил — “Баркамол авлод йили”
2011 йил — “Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик йили”
2012 йил — “Мустаҳкам оила йили”
2013 йил — “Обод турмуш йили”
2014 йил — “Соғлом бола йили”
2015 йил — “Кексаларни эъзозлаш йили”
2016 йил — “Соғлом она ва бола йили”
2017 йил — “Халқ билан мулоқот ва инсон манфаатлари йили”
2018 йил — “Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили”
2019 йил — “Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили”
2020 йил — “Илм-маърифат ва рақамли иқтисодиётни ривожлантириш йили”
2021 йил — “Ёшларни қўллаб қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили”
2022 йил — “Инсон қадрини улуғлаш ва фаол маҳалла йили”
2023 йил — “Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили”
2024 йил — “Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили”
👇🏻
/channel/+Sekg70ui-dVCnaHH
Ўзбекистон халқига Янги йил табриги
—
Новогоднее поздравление народу Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter