xomidov_kimyo | Неотсортированное

Telegram-канал xomidov_kimyo - KIMYO | Islom XOMIDOV

1891

Islom XOMIDOV Tayyorlov Kursi 🧪🎓 - Abituriyentlarni tibbiyot oliygohlariga - O'qituvchilarni attestatsiya sinovlariga Murojat : 👇 📞 : +998907296829 📲 : @Islom_XomidovBOT 📌 Manzil: Yangiyo'l shahar ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji. "Buxoro ARK" NTM

Подписаться на канал

KIMYO | Islom XOMIDOV

SOTUVDA...👏👏👏👏👏👏👏

🎓 "SPECTRUM MEDIA GROUP" nashriyotidan SUPER yangilik...

"BIOLOGIYA MASALALAR TO'PLAMI"

📚 Biologiya fanidan barcha turdagi eng so'nggi original (BMBA) va yangi tipdagi masalalar jamlanmasi endi bitta kitobda.

📋 Mavzular ro'yxati.
✅ Nuklein kislotalar
✅ Moddalar va energiya almashinuvi (8, 9, 10 sinflar asosida)
✅ Mitoz va Meyoz masalalar
✅ Jinsiy va jinssiz ko'payish (O'simlik va hayvonlarda)
✅ Genetika
✅ Oziq zanjiri (Ekologik piramida)

📌 "BIOLOGIYA masalalar to'plami" ning afzal tomoni.
❇️ Yangi farmatdagi nazariy ma'lumotlar va ularga tegishli masala va mashqlar.
❇️ Barcha turdagi masalalar o'xshashlik jihatidan tip -tip qilib mavzular kesimida ajratilgan.
❇️ Soddadan murakkabga qarab joylashtirilgan
❇️ Eng so'ngi BMBA ga tegishli rasmli, jadvalli hamda diagrammali masalalar
❇️ Muallifning standartga mos shaxsiy masalalari
❇️ Masalalarning javoblari

KITOBDAN NAMUNA 👇
➡️/channel/zamon_kitob_uz

📥 Buyurtma berish uchun:
☎️ +998946227133
👤 @yoqubbek_zamon_kitob

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

Blok testdan yuqori o'rinlarni olgan kuchli 20 talik o'quvchilar olib borildi🔥

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

#Eslatma

Ertaga 1-guruh o'quvchilari o'tilgan Organik Kimyo mavzularini to'liq test va savol javob orqali topshirasiz. Yaxshilab tayyorlanib kelinglar

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

N.sh da 9 * N(A) proton saqlagan H2 va 24 * N(A) neytron saqlagan O2 dan foydalanib eng ko'pida necha g "qaldiroq gaz" tayyorlash mumkin-? 😐
(N(A) - Avagadro soni)
A) 52 B) 57 C) 54 D) 81

@Xomidov_kimyo

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

цепочки превращений с лимоном

@Xomidov_kimyo

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

Assalomu alaykum ! Hurmatli ota onalar.
Navbatdagi blok test sinovlari ham olindi. Vaqt kamayib bormoqda, ayrim o'quvchilar esa harakatni sustlashtirib yubormoqda.
1-Guruh ( Topshiruvchi abituriyentlar)
- Abdumannobova Umida
- Akbaraliyeva Nodira
- Erkinova Dilbar
- G'ulomjonova Xonzoda
- Muxamatova Madinabonu
- Toxirova Dildora
- Xikmatova Mashhura

2-Guruhdan

- Abdujabborova Nasibaxon
- Normurodova Gulhayo
- Ergasheva Diyora
- Kalmaxmatov Maqsad
-Suyundiqova Farangiz
- Tursunova Mahliyo
- Xudoyberdiyev Sherzod

Bu o'quvchilarni ohirgi oyda dars natijalari yaxshi emas, harakati ham natijalari ham qoniqarsiz.
Ota onalar farzandlarizga yengilmasdan harakat qilish kerakligini, o'zini kelajagi uchun qattiq mehnat qilishi kerakligini tushuntiring. Bola ichidan tushunib mehnatni kuchaytirmasa, natija berishi qiyin bo'ladi.
Ismlari qora rangda yozilgan o'quvchilarda natijalar juda pasayib ketabdi. E'tibor beringlar
📌 Farzandlarizni dars qoldirmasligi juda muhim narsa. 2 ta dars kelmasa keyin qarab o'tiraveradi tushunmay.
Ayrimlarda dars kelmagani sababi umuman arzimas sabab.
Bazan kap katta bollar qiynalamman deb aytadi
Qiyinchiliklarsiz - yaxshi shifokor, ustoz, yaxshi kadr bo'lib bo'lmasligini tushuntiring. Biz yetarlicha aytdik

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

Agar barcha planetalar yer va oy orasida joylashganda bizga shunday ko'rinar edi.

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

#foydali

BAHOLASH MEZONI

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash uchun baholash mezonlari va tabaqalashtirilgan LIM FANLARINI ball berish tartibi.

BBA Andijon rasmiy sahifalari:
Telegramdtmandijon4071">YouTube | Facebook |

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

Hayit odoblari

9-aprel, seshanba (30-kun)
Iftorlik vaqti: 18:59 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «U (Ramazon)ning oxirgi kechasida ro‘zadorlarning gunohlari kechiriladi», dedilar. Ular: «Ey Allohning  Rasuli, u Qadr kechasimi?», deb so‘rashdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q, lekin ishchi ishini ado etganidan so‘ng ajri – haqi to‘la qilib beriladi», dedilar.


Imom Ahmad rivoyat qilgan.


Diniy manbalarimizda hayit kunlariga doir odob va ahkomlar batafsil bayon qilingan. Biz hozir faqat Ramazon hayitiga tegishli odob va ahkomlar haqida so‘z yuritamiz.

Ramazon hayiti kuniga eson-omon yetib kelgan har bir musulmon kishi quyidagi amallarni bajaradi:

1. Iyd kechasini ibodat bilan o‘tkazish;

2. Hayit namozi uchun g‘usl qilish;

3. Tishlarni misvok yoki tish pastalari yordamida tozalab olish;

4. Iyd uchun yasanish;

5. Xushbo‘ylik surtish;

6. Namozga chiqishdan oldin biror yegulik tanovul qilib olish;

7. Fitr sadaqasini berish (2024-yil uchun fitr miqdori);

8. Takbir aytish (takbir aytish deganda, «Allohu akbar», deyish tushuniladi);

9. Hayit namoziga chiqish;

10. Iyd namoziga ertaroq, piyoda, viqor bilan, takbir aytgan holda borish;

11. Hayit namozga bir yo‘l bilan borib, boshqasidan qaytish;

12. Xonadon ahliga kengchilik, serobchilikka sharoit yaratish;

13. Qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shnilarni ziyorat qilish, beva-bechoralarning holidan xabar olish, ularga xursandchilik ulashish;

14. Bolajonlarga hayitlik berish, ularga ushbu bayramning shukuhini ko‘rsata bilish;

15. Tanish-bilish, yoru do‘st va har bir ko‘ringan musulmon kishini hayit bilan tabriklab, ularga xursandchilik va shodlik izhor qilish;

16. Hayit kuni odob doirasida, harom va man qilingan narsalarni aralashtirmagan holda ayrim ko‘ngilxushi ma’nosidagi o‘yin-kulgilar ham qilish mumkin;

❌ Hayit kuniga doir odoblar to‘la-to‘kis bo‘lishi uchun, ushbu kunda qilish durust bo‘lmagan ayrim narsalar haqida ham to‘xtalib o‘tish darkor.

Iyd kuni quyidagi ishlardan saqlanish lozim:

1. Ro‘za tutish.
2. Iyd namozidan oldin yoki keyin nafl o‘qish.
3. Gunoh sodir qilish.
4. Hayit kunlari ayollarning qabristonlarga borishi yaxshi emas.
5. Hayit kunlarini azaga aylantirib olish.


Manba: "Hayit odoblari", Hasanxon Yahyo Abdulmajid, IslomUz portali.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

EGE 2024

@Xomidov_kimyo

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

Organika - yaxshi kitob

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

Assalomu - alaykum ! Bugungi 8- Mart bayrami bilan kanalimizdagi va yurtimizdagi barcha qiz hamda ayollarni, onalarimizni , buvijonlarimizni tabriklayman !
Kimyocha Tilak
Umringiz : Polimerlar zanjiridek uzun,
Baxtingiz : Uglevodlardek shirin,
Oilangiz : Olmosdek mustahkam,
Kayfiyatingiz : Kuldiruvchi gaz kabi quvnoq,
Hayotingiz : suvdek musaffo
Asablaringiz : Wolframdek bardoshli
O'stirgan gullaringiz: Murakkab efirlardek xushbo'y bo'lsin !

Yana bir bor Bayramingiz muborak !
Hurmat bilan Islom XOMIDOV

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

Takror qilib qòying dtm da tushish ehtimoli yuqori bòlgan mavzudan

📊 Energiya almashinuvi:ATF
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖


3 ta bosqichdan iborat:

1 - Bosqich 👇👇
°°°°°°°°°°°°°°°

🔯 Tayyorgarlik bosqichi: Bu bosqichda oqsillarni aminokislotalargacha, yogʻlarni glitserin va yogʻ kislotalargacha, polisaxaridlarni monosaxaridlargacha parchalanishi roʻy beradi. Natijada kam miqdorda energiya ajraladi.

🔥 Energiyani hammasi (100 % i ) issiqlik ↑ sifatida tarqalib ketadi. Toʻplanmaydi (0%)


2 - Bosqich 👇👇
°°°°°°°°°°°°°°°

🔯 Sitoplazma kechadi. Achish, To‘liqsiz (chala) parchalanish, Oraliq, Kislorodsiz (anaerob) parchalanish deb nomlanadi.

🔥 1 molekula(180gr) glukoza ( C6H12O6 ) ni parchalanishi natijasida→2 molekula sut kislota ( C3H6O3 ) va 2 ta ATF ajraladi. Umumiy 200 kj energiya ajraladi.
200 kj energiyani ↑120 kj tarqaladi (60%) : ↓80 kj ATF ning fosfat bogʻlariga toʻplanadi (40%)

C6H12O6 + 2H3PO4 + 2 ADF = 2C3H6O3 + 2ADF + 2H2O


3 - Bosqich 👇👇
°°°°°°°°°°°°°°
🔯 Mitoxondriyada kechadi. Kislorodli( aerob ), To‘liq parchalanish, Nafas olish, Oksidlanish deb nomlanadi.

🔥 2 molekula sut kislota parchalanishi natijasida→36 ta ATF hosil boʻladi. Umumiy 2600 kj energiya ajraladi.
2600 kj energiyani ↑1160 kj tarqaladi (44,6%) : ↓1440 kj ATF ning fosfat bogʻlariga toʻplanadi (55,4%)

2C3H6O3 + 6O2 + 36ADF + 36H3PO4 = 6CO2 + 36ATF + 42H2O

Jami tarqalgan 120 + 1160 = 1280 kj.
Jami to‘plangan 80 + 1440 = 1520 kj.
Jami energiya ↑1280 +↓1520 = 2800 kj.

🔥 Umumiy energetik almashinuv reaksiyasining yigʻindisi.

C6H12O6 + 6O2 + 38ADF + 38H3PO4 = 44H2O + 6CO2 + 38ATF

🚨 Xloroplastlarda mitoxondriyaga nisbatan 30 marta koʻp ATF sintezlanadi.

📌 Assimilatsiya → fotosintez.
📌 Dissimilatsiya → energiya almashinuvi


📊 FOTOSINTEZ bosqichlari
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Yorug‘lik bosqichi👇👇
°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°

☑️ 1 - fotoliz (suv dissotsiyalanishi).
24H2O = 24H+ + 24OH

☑️ 2 - radikallar birikishi (OH-)
24OH = 12H2O + 6O2

☑️ 3 - vodorodni koʻchiruvchi kofermentlar sintezi (NADH2)
24H+  +  12OB = 12OBH2

☑️ 4 - fosforlanish reaksiyasi (ATF sintezi)
18ADF + 18H3PO4 = 18ATF

Qorong‘ulik bosqichi👇👇
°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°

6CO2 + 12OBH2 + 18ATF = C6H12O6 + 6H2O + 18ADF + 18H3PO4 + 12OB(Organik birikma)

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

Gugurtni yonish reaksiyasi

P + KClO3 --> KCl + P2O5

@Xomidov_kimyo

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

@Xomidov_kimyo

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

#mutola ; #tavsiya

O'zimning eng yoqtirgan asarlarimdan biri. Ancha yillar oldin o'qigan edim ( 7-sinfligimda), endi esa kitobdan yana olib qayta mutolasini boshladim.
Hozirgi o'quvchilardan badiiy kitob haqida so'rasak, afsuski deyarli 90 % qismi shu kitobni ham o'qimagan.😢
Bobur hayoti juda ajoyib tasvirlangan
O'qishni tavsiya qilaman ! Har bir kishi o'qishi kerak bo'lgan kitob

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

"BUXORO ARK" ustozlari va abituriyentlari bilan Samarqandga sayohatdan lavhalar.

INSTAGRAM

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

цепочки превращений c снежинка

@Xomidov_kimyo

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

цепочки превращений апельсин

@Xomidov_kimyo

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

Qolgan guruhlardan ham ota onalar guruhiga xabar beriladi

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

Sikloalkanlarlarning Oksidlanishi

@Xomidov_kimyo

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

O’quv markazimizda oylik blok test bo’lib o’tmoqda ⌛️📕📚

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

Ramazon hayiti barchaga muborak bo‘lsin! 🤩
___

С праздником Рамазан хайит! 🤩

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

8-Sinf darslik

31,5 g  40 % li nitrat kislota eritmasiga necha g  1,5 M li ( p = 1,2 g/ml ) xlorid kislota eritmasidan qo'shilsa " zar suvi " hosil bo'ladi.
A)480      B) 400     C) 420     D) 460

Tuzuvchi : Islom XOMIDOV

@Xomidov_kimyo

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

🔊 Assalomu alaykum hurmatli BIOLOGIYA fani ixlosmandlari va qadrli abituriyentlar !!!

🔔 Sizlar uchun ajoyib yangilik.

📔 Yangi talqindagi "BIOLOGIYADAN MASALALAR TO'PLAMI" nomli kitobimizning 2 - nashri chop etildi.

📖 Ushbu to'plam o'z ichiga quyidagi mavzular doirasida sodda va tushunarli tartibda yozilgan nazariy ma'lumotlarni, BMBA (DTM) tomonidan tuzilgan original masalalar va muallifning yangi turdagi ajoyib masalalarini qamrab oladi.

⏩ Nuklein kislotalar
⏩ Energiya almashinuvi
⏩ Mitoz va Meyoz
⏩ Urug'lanish
⏩ Embriogenez
⏩ Genetika
⏩ Ekologik piramida

📊 Bu to'plamimizning afzallik tomoni nazariy ma'lumotlar yangi formatdagi rasmlar bilan boyitilgan va masalalar oddiydan murakkabga qarab joylashtirilgan.

👇Quyida kitobimizdan parcha keltirilgan.

☝️Agar ushbu kitobga sizda ehtiyoj tug'ilsa quyida keltirilgan telefon raqamlariga qong'iroq qiling yoki telegram orqali murojat qiling.

📞 +998949332244
📤
@Drlor_Yorqinxoja

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

Ramazon kundaligi

( Qaysidir kanaldan kelgan edi, anig'ini eslolmadim. Mualliflaridan Alloh rozi bo'lsin)

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

ENG MUHIM SIFAT REAKSIYALARI

💬CO2 rangsiz gazi hosil bo'lganligini sifat jihatdan qaysi modda bilan reaksiyasidan aniqlash mumkin? J: tiniq ohakli suvdan o'tkazilganda loyqalanadi (kalsiy karbonat cho'kmasi hosil bo'ladi)

💬 HCl gazi hosil bo'lganligini sifat jihatdan qaysi modda bilan reaksiyasidan aniqlash mumkin? J: tiniq AgNO3 eritmasiga yuttirilganda oq pag'a cho'kma (AgCl) hosil bo'ladi

💬 SO2 gazi hosil bo'lganligini sifat jihatdan qaysi modda bilan reaksiyasidan aniqlash mumkin? J: Ba(OH)2 eritmasi bilan ta’sirlashganda oq cho'kma (BaSO3) hosil bo'ladi,  yana gazning o'zi o'tkir hidli yallig'lanish chaqiradigan gaz

💬 Ammiak gazi hosil bo'lganligini sifat jihatdan qaysi modda bilan reaksiyasidan aniqlash mumkin?  J: Ho'llangan lakmus qog'ozi gazga tutilganda ko'karadi.

💬SO3 gazi (suyuq holatda bo'lishi ham mumkin) hosil bo'lganligini sifat jihatdan qaysi modda bilan reaksiyasidan aniqlash mumkin? J: tiniq Ba(OH)2 eritmasi bilan ta’sirlashganda oq cho'kma (BaSO4) hosil bo'ladi

💬H2S gazi hosil bo'lganligini sifat jihatdan qaysi modda bilan reaksiyasidan aniqlash mumkin? J: AgNO3 eritmasiga yuttirilganda qora cho'kma (Ag2S) hosil bo'ladi,  gazning o'zi esa palag'da tuxum hidli bo'ladi

💬NO rangsiz gazi hosil bo'lganligini sifat jihatdan qaysi modda bilan reaksiyasidan aniqlash mumkin? J: havoda o'z-o'zidan kislorod bilan oksidlanib, qo'ng'ir rangli NO2 gazini hosil qiladi

💬Xlor gazi sifat belgilarini keltiring.  J: sarg'ish-yashil rangli,  o'tkir hidli gaz. Suvga yuttirib,  shu suvga lakmus solinganida qizaradi. Chunki HCl kislotasi hosil bo'ladi.

💬HBr uchun sifat belgilarini keltiring. J: suvda eritilganda sariq rangli eritma hosil bo'ladi,  aynan HBr ekanligini unga AgNO3 eritmasidan quyib aniqlash mumkin lekin,  bunda AgBr sariq cho'kmasi hosil bo'ladi.

💬HF gazi hosil bo'lganligini sifat jihatdan qaysi modda bilan reaksiyasidan aniqlash mumkin? J: o'tkir hidli gaz, ohakli suvdan o'tkazilganda loyqalanadi oq rangli CaF2 cho'kmasi hosil bo'ladi

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

Ramazon taqvimi😊

Rasman : 2024-yil ramazon oyining birinchi kuni 11-mart sanasiga to'g'ri kelishi xabar berildi

@Xomidov_kimyo

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

Seziyning ftor bilan reaktsiyasi. Seziy yerdagi eng faol metall bo'lib, o'z elektronini osongina beradi, ftor esa etishmayotgan elektronni "shafqatsiz" tortib oladigan eng faol oksidlovchi moddadir.

Читать полностью…

KIMYO | Islom XOMIDOV

"Yosh kitobxon"
Prezident sovrinining navbatdagi egasi aniqlandi

Читать полностью…
Подписаться на канал