“Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilariniki 20 soatdan 18 soatga tushiriladi.
Bu orqali, to‘liq stavkada ishlamayotgan jami 150 ming nafar muallimning oyligi o‘rtacha 30 foizga oshiriladi” — Shavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈
Боласини хусусий мактабга берган ота-оналарга компенсация пули берилади
Хусусий мактабларга 1-синфга борган боланинг ота-онасига бир йил давомида мактаб учун ойлик тўловининг 450 минг сўми компенсация қилиб берилади. Бу ҳақда президентликка номзод Шавкат Мирзиёев маълум қилди. Унинг сўзларига кўра, хусусий мактаблардаги ўқувчи ўринлари ҳозирги 85 мингтадан 2030 йилгача камида 400 мингтага етказилади.
👉 https://kun.uz/28920642
Kun.uz расмий канали
2023-2024 ўқув йили учун абитуриентларни рўйхатга олиш бошланди
Абитуриентлар my.uzbmb.uz сайтининг «Олий таълим муассасаларининг бакалавриатига қабул» бўлими орқали онлайн рўйхатдан ўтиши мумкин.
👉 https://kun.uz/54696359
Kun.uz расмий канали
Саида Мирзиёева: Таълимга янги талаблар қўйиляпти, бутун тизим янгиланмоқда
Саида Мирзиёева Хивада бўлиб ўтган Абу Райҳон Беруний номидаги биринчи халқаро кимё олимпиадаси иштирокчилари ва ғолиб ҳамда совриндорларини табриклади.
👉 https://kun.uz/67576529
Kun.uz расмий канали
Саида Мирзиёева: «Ўқувчиларга шароит яратмасдан туриб, таълим сифати ҳақида гапириш бефойда»
Ўзбекистонда мактабларга эҳтиёж мунтазам равишда ошяпти. Баъзи мактабларда битта синфда 40 нафаргача ўқувчи ўтирибди. Бу ҳақда Ангор туманига бориб, мактаблардан бирини кўздан кечирган Саида Мирзиёева айтиб ўтди.
👉 https://kun.uz/17462903
Kun.uz расмий канали
Бепул мактаб автобуслари биринчи бўлиб Қорақалпоғистонда йўлга қўйилади
Қорақалпоғистондаги мактабларда 30-35 нафардан ортиқ бола ўқийдиган синфлар умуман бўлмайди, деди президентликка номзод Шавкат Мирзиёев қорақалпоғистонлик сайловчилар билан учрашув чоғида.
👉 https://kun.uz/74893379
Kun.uz расмий канали
Учтепада ўқитувчи ўқувчисининг яқинлари томонидан калтакланди. Жанжалда мактаб мулкига ҳам зарар етказилган
Мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳилола Умарова Kun.uz сўровига жавобан ҳолатни шахсан ўзи назоратга олгани ва айбдорлар қилмишига яраша жазо олишини эслатди.
👉 https://kun.uz/30009213
Kun.uz расмий канали
Qahramon o'quvchilar
O'smirlar 4-qavat deraza panjarasidan tushib ketgan qizni qutqarishdi
@markaziytv @markaziytv @markaziytv
#Yurist_maslahati
❓Metodik birlashma rahbari uchun berilayotgan 10 foiz ustama o‘qituvchilar uchun berilayotgan 40 foiz ustamaning tarkibiy qismiga kiradimi? Yoki 40+10 holatida to‘lanadimi?
Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Moliya-iqtisod departamenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.
✅ Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandida umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish, ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda faolligi uchun Ishchi guruhning qarori bilan (mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan o‘qituvchilar umumiy sonining 50 foizidan tashqari) umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari o‘qituvchi sifatida ushbu Nizomning
20-bandiga asosan olishi mumkin bo‘lgan (40 foizgacha) ustamaga qo‘shimcha ravishda bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkin.
❗️ Shunga ko‘ra o‘qituvchilarga bir vaqtning o‘zida Direktor jamg‘armasi hisobidan ushbu Nizom talablari asosida 40 foizgacha har oylik ustamaga qo‘shimcha ravishda 10 foiz uslubiy birlashma rahbarligi uchun qo‘shimcha haq (jami 40+10=50%) to‘lanadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Расман: тест синовлари катта сиғимли биноларда ўтказилади
Ўзбекистонда 2023/2024 ўқув йили учун тест синовлари ўтказиладиган 92 та ёпиқ иншоот танлаб олинган.
👉 https://kun.uz/52132101
Kun.uz расмий канали
Таълим бепул, лекин синф “ремонти”-чи? — Ота-оналар таъналарини энг биринчи қабул қилиб оладиган ўқитувчилар дарди ҳақида
Синф хоналарини таъмирлаш муаммоси ҳар йили қалқиб чиқади ва жиддий баҳс-мунозараларга сабаб бўлади. Аммо бунинг учун қаердан маблағ олиш ҳеч аниқ айтилмайди. Мактаб “ремонти”га пул йиғиш учун ҳамма маломат ўқитувчига йўналтирилади. Аслида юқоридагилар ундан шуни талаб қилишади. Ўқитувчи қаршисида 2 йўл қолади: ё чўнтагидан таъмирлаш, ё ўқувчилардан пул тўплаб қилдириш. 3-йўл, яъни синфни таъмирсиз қолдиришга эса раҳбарияти қўймайди. Ўқитувчи ҳам нима қилсин, иложсизликдан ота-оналарга мурожаат қилади. Мана шу нуқтада ҳақиқий жангу-жадал бошланади.
👉 https://kun.uz/58683885
Kun.uz расмий канали
ОТБ билан ҳамкорликда 13 та мактаб қурилади
2023-24 йилларда Осиё тараққиёт банки маблағларидан ДХШ асосида пойтахтда 1 та, Тошкент вилоятида 12 та мактаб қурилади. Бунинг учун қишлоқ хўжалигига мўлжалланган 68 гектар ер ажратилмоқда. Банк лойиҳага 1,1 млн доллар йўналтиради.
👉 https://kun.uz/31380783
Kun.uz расмий канали
Bugun yurtimiz maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari jarangladi
25-may kuni mamlakatimizning barcha maktablarida 2022-2023-o‘quv yili yakunlanib, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari jarangladi. Tadbir Davlatimiz rahbari tomonidan yo‘llangan tabrikni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yetkazish bilan boshlandi.
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida barcha maktablarda ko‘tarinki kayfiyatda o’tdi. Yil davomida aʼlo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar rag‘batlantirildi.
Shuningdek, turli ko‘rik-tanlovlarda yutuqlarga erishgan o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Joriy yilda 10118 ta maktabni 391 568 nafar bitiruvchi tamomladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Шавкат Мирзиёев мактаб битирувчиларига табрик йўллади
Президент ёшларни «янги Ўзбекистоннинг олтин фонди, бебаҳо хазинаси» деб атади.
👉 https://kun.uz/40218648
Kun.uz расмий канали
✅ Maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida pedagoglarni sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, ishga kirayotgan pedagog 1 yil davomida o‘qituvchi-stajyor sifatida faoliyat yuritib, shu muddatda sertifikat olishi kerak bo‘ladi.
✅ O‘qituvchilarga malaka toifasini berish bo‘yicha sinovlar 2 bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani bo‘yicha bilimi, ikkinchisida pedagogik mahorati baholanadi.
❕Malaka sertifikati olgan pedagoglarning oylik maoshiga 70 foizgacha miqdorida ustama to‘lanishi mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
👍 #kunlik_statistika
🗓 my.maktab.uz elektron platformasi orqali kelib tushgan arizalar bo'yicha ko'rsatkichlar (2023-yilning 20-iyun holatiga ko'ra):
📊 1-sinf qabuli bo'yicha kelib tushgan arizalar soni - 3044 ta
Qabul jarayonlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni ✈️ @mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olish mumkin.
👍 #ежедневная_статистика
🗓 Показатели обращений, поступивших через электронную площадку my.maktab.uz (по состоянию на 20 июня 2023 года):
📊 Количество поступивших заявлений о приеме в 1 класс – 3044.
Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале ✈️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203-07-04.
🌍 mymaktab_uz
Мирзиёев: Келгуси 7 йилда ўқитувчиларнинг ойлиги 2 баробарга оширилади
Президентликка номзоднинг айтишича, ўқитувчиларга малака сертификатини бериш тизимига ўтилади ва 2030 йилгача муаллимларнинг ойлик маоши 2 баробар кўпайтирилади.
👉 https://kun.uz/49878798
Kun.uz расмий канали
Мактаб битирувчиларига шаҳодатномалар электрон шаклда берилади
9- ва 11-синфни битираётган ўқувчиларга шаҳодатномалар қоғоз шаклда эмас, электрон шаклда берилади.
👉 https://kun.uz/42568748
Kun.uz расмий канали
Наманган мактабларида 30 нафардан ортиқ бола ўқийдиган синфлар умуман бўлмайди — Шавкат Мирзиёев
Президентликка номзод Шавкат Мирзиёев наманганлик сайловчилар билан учрашувда таълимга оид режалар ҳақида тўхталди. Бу ҳақда Kun.uz мухбири хабар қилмоқда.
👉 https://kun.uz/41426539
Kun.uz расмий канали
Бошланғич синф ўқувчиларига планшетлар тарқатилади
Шавкат Мирзиёев хоразмлик сайловчилар билан учрашувда келгуси 7 йилда Хоразм вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш бўйича режалари билан таништирди. Сайловолди дастурининг таълимга оид бандида таъкидланганидек, Хоразм боғчаларида компьютер синфларини ташкил қилиш, бошланғич синф ўқувчиларига планшет тарқатиш бошланади, дея хабар қилмоқда Kun.uz мухбири.
👉 https://kun.uz/98507456
Kun.uz расмий канали
ССВ: Мактаб ўқитувчилари ва боғча тарбиячилари бепул соғломлаштирилади
Улар 1 июлдан 1 августгача профилактик ва чуқурлаштирилган тиббий кўриклар ҳамда скринингдан ўтказилади.
👉 https://kun.uz/66347138
Kun.uz расмий канали
#Kun_qahramonlari
#Samarqand
IJTIMOIY TARMOQLARDA QAHRAMONLIGI MUHOKAMA QILINAYOTGAN BITIRUVCHILARIMIZGA TIL O’RGANISH XARAJATLARI QOPLAB BERILADI
✅ Bugun Samarqand viloyati Maktagacha va maktab ta’limi mas’ullari tomonidan 4 yoshli qizaloqni qutqarib qolgan bitiruvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
❕Qahramon bitiruvchilarimiz bilan uchrashuv davomida Shohrux Boborahimov, Murod Saidalov, Ozod O’tkirov va Jasur Eshnazarov qilgan ezgu amali, mardligi alohida e’tirof etilib, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
⚡️ Bundan tashqari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ularga sovg’alar berildi hamda qo’shimcha darslar va xorijiy tillarni o’rganishdagi xarajatlar qoplab berilishi ma’lum qilindi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Тест синовлари ёпиқ биноларда ўтказилиши муносабати билан тест вақти ҳам ўзгаради
Тест синовларида 1-смена соат 08:00 дан, 2-смена эса 15:00 дан бошланиши режалаштирилган.
👉 https://kun.uz/84069764
Kun.uz расмий канали
“Мактабларда ресурслар етишмовчилиги катта ижтимоий оқибатларни келтириб чиқаради” – мутахассис
Таълим эксперти Комил Жалилов мактаб таълимидаги муаммолар сабаб Ўзбекистон инсон капитали бўйича ортда қолаётганини, агар ресурслар етишмовчилиги ҳал қилинмаса, муаммолар кўпайиб кетишини таъкидлади.
📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
Maktabgacha hamda maktab ta’limi yangi bosqichga olib chiqiladi
Davlatimiz rahbarining maktabgacha hamda maktab ta’limini yangi bosqichga olib chiqish, uning sifatini oshirish hamda ta’lim dasturlarini takomillashtirishga doir tegishli Farmoni imzolandi.
Xo‘sh, ushbu Farmon bilan maktabgacha hamda maktab ta’limida qanday o‘zgarishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda?
Maktablarda o‘quvchilarni baholashda ularning yodlash ko‘nikmasini baholashdan voz kechilib, ularning mavzuni amaliyotda qo‘llay bilish, tanqidiy fikrlash va berilgan materialni tahlil qila olishlariga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
Amaliy mashg‘ulotlar ulushini 60 foizgacha oshirish orqali mavzular aniq muammoni hal qilish orqali o‘rgatiladi.
Bog‘cha va maktablar malakali kadrlar bilan ta’minlanadi
Farmonga asosan, bog‘cha va maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash yo‘nalishida ham oldimizga muhim vazifalar belgilab berildi. Unga ko‘ra, endilikda maktablarga ishga qabul qilinayotgan pedagoglarni sertifikatlash tizimi joriy etilmoqda. Bunda, ular 1 yil davomida o‘qituvchi-stajor sifatida faoliyat yuritadi va ushbu muddat davomida sertifikat olishi lozim bo‘ladi. Bu esa maktabga kelayotgan yoshlar orasidan eng malakalilarni tanlash imkonini beradi.
2024-yil 1-yanvardan boshlab o‘qituvchilarga malaka toifasini berish bo‘yicha sinovlar 2 bosqichda o‘tkazilishi orqali pedagogning nafaqat bilimi, balki pedagogik mahoratini baholash mumkin bo‘ladi. Bugungi kungacha o‘qituvchilarning mahoratini baholashda asosan test savollariga tayanilib kelinar edi.
Bundan tashqari, 2025-yil 1-yanvarga qadar malaka toifasini berish tizimi vakolatli xorijiy kompaniyalarda akkreditatsiyadan o‘tkazilishi, pedagoglarga xalqaro malaka sertifikati berilishi va 70 foiz miqdorda qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilanmoqda. Bunda ularning o‘rtacha oyligi 3,5 mln.dan 6 mln. so‘mgacha oshirish imkoniyati mavjud.
Maktabgacha ta’lim tizimidagi ayni vaqtdagi muammolardan biri, xodimlar oylik maoshi miqdorining pastligi sababli malakali pedagoglarning maktab yoki xususiy bog‘chalarga ishga o‘tib ketayotganidir. Oqibatda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 113 ming nafar pedagogdan atigi 41 ming nafari (37 foizi) oliy ma’lumotli bo‘lib qolmoqda.
Shu nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga malakali tarbiyachilarni jalb qilish maqsadida 2024-yil 1-iyundan boshlab ularning tarif stavkalari maktab o‘qituvchilarining amaldagi stavkalariga tenglashtirilmoqda. Bunda ularning oyligi 2,5 mln.dan 3,5 mln. so‘mgacha oshishi ko‘zda tutilgan.
Direktorlarning huquqlari kengaytiriladi
Mazkur Farmon bilan maktab direktorlariga ham o‘z faoliyatiga doir qator vakolat va huquqlar berilmoqda. Bu esa ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘mak berish asnosida, ularning yangilik qila olish, zamon talabiga javob beradigan rahbar bo‘lishlariga imkon yaratadi.
Shu bois endilikda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi eng tajribali maktab direktorlaridan iborat “Direktorlar kengash”lari tashkil etiladi. Bunda maktab direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, o‘quv rejalarga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi.
Vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlari maktablar faoliyatini tekshirmaydi
Maktablarga ortiqcha aralashuvlar ham kamaytirilib, vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlarining maktablar faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash vakolatlari tugatilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, imzolangan mazkur Farmon bilan oldimizga yaqin muddatlarda amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab berildi. Bu vazifalarni bosqichma-bosqich bajarish davomida maktabgacha hamda maktab ta’limi sohasini yangi pog‘onaga olib chiqish yo‘lida navbatdagi qadamni tashlaymiz.
YouTubeda tomosha qiling: “Aslini olib qaraganda o'qituvchini bir yilda bir marta majburiy davolantirish kerak”- Deputat
https://youtu.be/NA1KgKFuOpM
#Сўнгги_қўнғироқ
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘zi tahsil olgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi
✅ Bugun vazir Hilola Umarova Toshkent shahridagi 241-maktabda bo‘lib, “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida tashkil etilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
❗️Tadbir avvalida vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga tabrigini o‘qib eshittirdi va yangi hayot sari qadam tashlayotgan yoshlarni samimiy tabriklab, ularga muvaffaqiyatlar tiladi.
✔️ Tadbir doirasida Hilola Umarova Toshkent shahridagi maktablarda faoliyat yuritib kelayotgan faxriy ustozlar bilan ham uchrashib, ularning 4 nafarini "Xalq ta'limi fidoyisi", 13 nafarini esa "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirladi.
📌 Ma'lumot o'rnida, mazkur maktabni bu yil 39 nafar 11-sinf o'quvchilari bitirdi. Ulardan 7 nafari muddatidan oldin oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan, 4 nafari xalqaro IELTS sertifikatiga ega va 1 nafari fan olimpiadasida oltin medal sohibi hisoblanadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaning bitiruvchilarga bayram tabrigi va tilaklari
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududiy boshqarmalari boshliqlariga maslahatchi sifatida xorijiy mutaxassislar jalb etiladi.
❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududiy boshqarmalariga maslahatchi sifatida Prezident maktablari direktorlari;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlariga ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari biriktiriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Keyingi yildan boshlab bola tug‘ilganidan so‘ng tegishli umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi
✔️ 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
bola tug‘ilganidan so‘ng doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi;
✔️ 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o‘qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi;
✔️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:
“Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” maktablarini tashkil qilinadi;
✔️2024-yil 1-apreldan boshlab:
“Barkamol avlod” bolalar maktablari a’zolarining IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun har yillik grantlar ajratib boriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram