uztdi | Неотсортированное

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Подписаться на канал

Ta'lim nazorati

⚡️ Prezident maktablariga hujjat topshirganlar o‘zlari tanlagan maktabdan tashqari yana ikkita maktabga hujjat topshirishlar mumkin

2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga hujjat topshirgan talabgorlarga o‘zlari tanlagan maktabdan tashqari yana ikkita maktabga hujjat topshirishlari uchun imkoniyat yaratildi.

Ya'ni, talabgor Prezident maktablariga hujjat topshirish bilan birga, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga va o'z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining kirish imtihonlariga qatnashishlari mumkin.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida o‘quvchilar uchun maktabda quyidagi sharoitlar yaratilgan:
zamonaviy yotoqxona bilan ta’minlanadi;
yotoqxonada qoladigan o‘quvchilar 1 kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;
darsdan so‘ng to‘garak mashg‘ulotlariga jalb qilinadi;
turli xil sport turlari bilan shug‘ullanishadi;
o‘quvchilarga sun’iy intellekt, robototexnika, IELTS, TOEFL va SAT bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etiladi;
10- va 11-sinf o‘quvchilarining amaliyoti yaqin hududlardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida o‘tkaziladi.

✅ Shuningdek, Prezident maktablarining kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan talabgorlar hujjat topshirish jarayonida o‘z hududidagi o‘zlari tanlagan ixtisoslashtirilgan maktablardan birida o‘qish istagini bildirgan taqdirda kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida imtihonsiz mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinishi mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va K.I.Satbayev nomidagi Qozogʻiston milliy tadqiqot texnika universiteti bilan hamkorlikda “Kosmik texnologiyalar” mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat dasturini yoʻlga qoʻydi.

🔹Oʻqish muddati — 4 yil.
1 va 2 yil — Toshkentda,
3 va 4 yil — Olmaotada.
🔸Amaliyot: Kosmik va aerokosmik sanoatdagi ixtisoslashtirilgan ilmiy-ishlab chiqarish korxonalarida, ulardan Baykonurda.
🔹Diplom: Oʻquv dasturi yakunida talabalar 2 ta namunadagi diplom egasi boʻladi.

− Toshkent Kimyo xalqaro universitetining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan diplomi;
− K. I. Satbayev nomidagi Qozogʻiston milliy tadqiqot texnika universitetining diplomi.

Oʻqitish tillari - ingliz, rus, oʻzbek.
Taʼlim turi — kunduzgi
Shartnoma narxi — 22 000 000 so’m

💰Taʼlim grantlari:

🔥1
va 2-kurslar uchun kontrakt summasining 100 foizigacha boʻlgan grantlar ajratiladi.

🔥3 va 4 kurslarda taʼlim bepul.

Hujjatlarni qabul qilish oflayn yoki onlayn tartibda amalga oshiriladi. Online hujjat topshirish admission.kiut.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

📌Kerakli hujjatlar:

🔅 pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi (rangi);
🔅 diplom yoki sertifikat nusxasi (rangli);
🔅so‘nggi 3 oyda olingan elektron fotosurat - 3, 5 sm × 4, 5 sm

📍Manzil: Toshkent shahri, Shota Rustaveli koʻchasi, 156 — uy.
📞 +99878 129-40-40 (ichki 144 yoki 165),
🔵 @EngineeringSchool_helpbot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga ham milliy sertifikatlar uchun ustamalar toʻlanishi rejalashtirilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoning 9-bandi (g-kichik bandi)da:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda har yili 1-avgustga qadar:

➖“milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar roʻyxatini;

➖taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar roʻyxatini;

➖xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) roʻyxatini hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini” tasdiqlashi va oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlash belgilab qoʻyilgan:

Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan Sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasi tayyorlanmoqda.

Mazkur qaror loyihasida boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga ona tili va adabiyot (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) yoki matematika fanidan 60 va undan yuqori ball toʻplab olingan milliy sertifikat uchun 20% ustamalar belgilanishi koʻzda tutilmoqda.

Ushbu qaror bilan joriy etiladigan yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali batafsil ma`lumot berib boramiz.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

14 ta oliy taʻlim muassasasida masofaviy taʻlim shakli joriy etiladi

Bu haqida AOKAda oʻtkazilgan brifingda ma'lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, qabul jarayonlarida, 6 834 nafar (birinchi taʻlim yo‘nalishiga nisbatan) abituriyent masofaviy taʻlim shaklida o‘qish istagini bildirdi.

Shuningdek, 545 616 nafar abituriyent kunduzgi, 22 867 nafari kechki, 373 169 nafari sirtqi taʻlim shakli uchun ro‘yxatdan o‘tdi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

“VALLEY INNOVATIVE UNIVERSITY” MCHJga nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan litsenziyasi bekor qilindi

Fargʻona tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 17-iyuldagi hal qiluv qarori bilan “VALLEY INNOVATIVE UNIVERSITY” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022-yil 13-dekabrda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 053546-sonli litsenziya bekor qilindi. Boʻlib oʻtgan sud majlisi muhokamalarida oliy taʼlim tashkiloti faoliyatida aniqlangan qoʻpol qoidabuzarliklar sudga taqdim etilgan asosli hujjatlar bilan oʻz isbotini topdi.

Nodavlat taʼlim sohasida umumiy va alohida litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etishda qator qoʻpol qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyganligi aniqlandi. Jumladan,

(1) mazkur oliy taʼlim tashkilotining litsenziyada koʻrsatilgan foydalanish uchun ajratilgan bino-inshootlari muassislarga mulk huquqi yoki ijara shartnomasi asosida tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emas;

(2) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining HEMIS axborot tizimiga taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisida toʻgʻri va toʻliq maʼlumotlar kiritilmagan;

(3) vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bilan shugʻullanadigan rektor maslahatchisi shtat birligi joriy etilmagan;

(4) taʼlim tashkilotining bankdagi hisob varagʻida 150 ming AQSH dollari yoki shu miqdor ekvivalentdagi mablagʻ mavjud emas;

(5) 60 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan elektron kutubxona va 20 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa koʻchirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi tashkil etilmagan;

(6) taʼlim oluvchilar har bir fandan oʻquv adabiyotlari (darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari) bilan taʼminlanmaganligi aniqlandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Byudjet mablag‘larini o‘zlashtirib kelgan ona-bola maktab direktorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Fuqaro F. B. va boshqalarning Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan norozi bolib yollagan murojaati mutaxassislar ishtirokida organildi.

Maʻlum bolishicha, ushbu maktab direktori V.M.O. oz xizmat mavqeyidan foydanib, maktabda ishlamagan turmush ortogi O.A. ga ovoz berish operatori sifatida 2019/2023 yil 1-mayga qadar 47,3 mln som ish haqi tolab kelgan.

Jinoyatchi bu bilan cheklanib qolmay,  2014-yilda ishdan boshagan D.H. ga 2 yil mobaynida 22.9 mln som ish haqi va unga tenglashtirilgan tolovlarni noqonuniy tolab kelgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ TMC Institutida xalqaro va milliy taʼlimga ega boʻling.

🇬🇧 BSc (Hons) xalqaro dasturlar:
• Business & Management
• International Accounting
• International Logistics & Trade Finance
• Computer Science
• Tourism and Hospitality Management

🌐 Xalqaro ta'lim dasturi uchun, sizda IELTS sertifikatingiz boʻlmasa, ichki imtihondan oʻtish imkoniyati mavjud.

🇺🇿 Milliy dasturlar (kunduzgi va sirtqi):
• Iqtisodiyot
• Pedagogika va psixologiya
• Boshlangʻich taʼlim
• Maktabgacha taʼlim

🇺🇿 Milliy yoʻnalishlarda, oʻzingizga qulay kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllarini tanlashingiz mumkin.

🖥 Roʻyxatdan oʻtish: tmci.uz/apply
☎️ Telefon: +998712070032

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 15-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

❗️Imtihon
natijalarini quyidagicha  aniqlashingiz mumkin:

portal.piima.uz saytining "Qabul 2023" bo'limi "Natijalar" oynasidan "Prezident maktabi natijalari" bo'limida ID raqamingizni kiritish orqali https://portal.piima.uz/page/ps1

Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/

Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ertaga, 25-iyul kuni suhbat asosida talabalikka 2-kursdan qabul qilinadigan texnikum bitiruvchilari uchun arizalar topshirishning oxirgi kuni
#abituriyent

Amaldagi tartibga koʻra, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida 2-kursdan oʻqishga qabul qilish imkoniyati taqdim etilgan.

Arizalar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) suhbat.edu.uz platformasida onlayn roʻyxatdan oʻtish kerak. Ro'yxatdan o'tishda bitiruvchilardan diplomining asl nusxasi talab etilmaydi va ular faqat shaxslarini tasdiqlovchi maʼlumotlarni kiritsa kifoya, barcha zarur maʼlumotlar avtomatik tarzda o'zi chiqib keladi.

Ayni daqiqalargacha tizim orqali 8 ming 553 ta ariza kelib tushgan.

❓Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kimlar kiradi?

Texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi) biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) 5 (a’lo) bo‘lgan bitiruvchilar kiradi.

❓ Kimlar talabalikka tavsiya etiladi?

OTM komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘iga asosan Suhbat komissiyasining ishtirok etgan a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtachasi 67 ball va undan yuqori bo‘lganda abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi hamda to'lov-kontrakt asosida 2-kursdan talabalikka tavsiya etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"OSIYO XALQARO UNIVERSITETI”da qabul davom etadi

📚Bakalavr bosqichidagi yo‘nalishlar:

• Davolash ishi
• Farmatsevtika
• Stomatologiya
• Iqtisodiyot
• Moliya va Moliya Texnologiyalari
• Tarix
• Jismoniy madaniyat
• Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalar
• Konchilik ishi
• Boshlangʻich taʼlim
• Maktabgacha taʼlim
• Pedagogika va psixologiya
• Ingliz tili va adabiyoti
• Rus tili va adabiyoti

📕 Magistratura yo‘nalishlari:
• Pedagogika va psixologiya
• Iqtisodiyot
• Boshlang’ich ta’lim

📚Ta’lim jarayonlari kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarda olib boriladi.

☎️Batafsil ma'lumot: +998-55-305-00-09

📥Ro’yxatdan o’tish uchun: https://qabul.oxu.uz/

🌐 Veb-sayt: www.oxu.uz
💬Telegram - @oxu_uz
📍 Manzil: Buxoro shahri, G’ijduvon ko’chasi 74-uy (Mo’ljal: Avtovokzal, Xo’jalik sudi to’g’risida)

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#eslatma

⚡️Ertaga akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tadi

📆
2023-2024-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari 24-iyul kuni ikki smenada o‘tkaziladi. Bunda:

1️⃣-smena — 09:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 07:30) da;
2️⃣-smena — 15:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 13:30) da boshlanadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelish so‘raladi.

📺📺 Ushbu jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida ota-onalar va keng jamoatchilik uchun test sinovlarini istalgan joydan https://test2023.uz/ platformasida onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihonlari joriy yilning 25-26-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

📲 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

⬇️SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

🔹 Kirish imtihonlari bir bosqichda yo'nalishlar bo'yicha quyidagi tartibda o'tkaziladi:

Aniq fanlar yo'nalishi uchun:
-matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Tabiiy fanlar yo'nalishi uchun:
-tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

🏫 2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
➖Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
➖ Mirzo Ulugbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
➖Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

RASMIY MUNOSABAT: Magistraturasiga hujjat topshirishda turk tili bo‘yicha ayrim sertifikatlar bo‘yicha

Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga hujjat topshirishda turk tili bo‘yicha ayrim sertifikatlarning qabul qilinmayotgani borasida murojaatlar yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Vazirlikning 2023-yil 23-martdagi 65-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan ro‘yxatda aks ettirilmagan, ammo 2022-yil 30-iyundagi 220-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan ro‘yxatdagi 2023-yil 31-martgacha olingan hamda muddati o‘tmagan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlar 2023/2024-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklaridagi tanlovda ishtirok etishi uchun inobatga olinadi.

So‘nggi kunlarda tanlovda ishtirok etish uchun magistr.edu.uz platformasi orqali kiritilgan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlar tegishli rasmiy saytlar orqali tekshirilganda, ular orasida turk tilini bilishni tasdiqlovchi deya taqdim etilgan ayrim hujjatlar til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlar emas, balki ayrim o‘quv markazlari tomonidan berilgan til kurslarida o‘qiganligini tasdiqlovchi sertifikatlar bo‘lib chiqmoqda. Shu bois, belgilangan talabga javob bermagan arizalarga rad javobi berilgan.

Ma’lumot uchun, abituriyentlar tomonidan taqdim etilgan TYS (Türkçe Yeterlik Sınavı) sertifikati http://belgesorgula.yee.org.tr/ platformasi orqali tekshiriladi. Tekshiruv natijasida tasdiqlanmagan sertifikatlar inobatga olinmaydi.

Shu o‘rinda abituriyentlar olayotgan sertifikatlarini tegishli rasmiy saytlardan tekshirib ko‘rishlari tavsiya etiladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣 Abituriyentlar bugun ham kirish imtihoni uchun to'lov qilishi mumkin

◾️Kecha, 20-iyul kuni OTMlarning bakalavriat bosqichiga qabul tugadi. Biroq abituriyentlarga to‘lovni amalga oshirish uchun yana bir kun qo‘shib berildi.

21-iyul kech soat 23:59 gacha kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lovni amalga oshirish mumkin.

❓Kimlar to‘lovdan ozod?
➖o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
➖ mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
➖“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

Ma’lumot uchun: testda qatnashish uchun to‘lov — 165 ming so‘m.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 1 mln nafardan oshdi

2023-yil 20-iyul soat 22:00 holatiga OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 1 000 594 nafar.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Elektron platformalarda uzilishlar kuzatilmoqda

Ayni paytda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining server qurilmalari joylashgan hududda elektr energiyasidagi uzilishlar natijasida magistr.edu.uz, transfer.edu.uz va my.edu.uz elektron platformalari orqali ariza topshirish imkoni vaqtinchalik cheklanmoqda.

Hududga elektr energiyasi kelishi bilan server qurilmalari ishi tiklanib, elektron platformalar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🗓 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida imtihonlar 28-29-30-iyul kuni 3 smenada 8:00, 12:00 va 17:00 da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📤 Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali yuborildi.

🔰 Imtihon bosqichlari quyidagicha:

Aniq fanlar yo‘nalishi uchun:
– matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun:
– tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

🌐
Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Prezident maktablarida joriy yilda bitta to‘g‘ri javobga necha ball berildi?

Cambridge Assessment kompaniyasi Prizident maktablari uchun imtihonlarni olishidan xabaringiz bor. Kecha 1-bosqich test savollari javobi eʼlon qilindi.

Eng avvalo bir narsani tushunish kerakki, test javoblarini Cambridge Assessment ozi hisoblaydi, o‘zi tekshiradi. Bunda siz-u biz o‘rganib qolgan DTM testidagi kabi 3,1 yoki 2,1 ball bilan osongina javoblar chiqmaydi.

Bu yerda eng avvalo har bir savolning qiyinlik darajasi aniqlab olinadi. Yaʼni bitta savol 10 mingta o‘quvchiga berilsa, shundan nechta o‘quvchi to‘g‘ri va nechta o‘quvchi noto‘g‘ri javob berganiga qarab savolning qiyinlik darajasi aniqlanadi. Foiz chiqarilayotganda ham shunga qarab ball beriladi.

Jadvalga eʼtiborga bersangiz, ochiq maʼlumotlar asosida 2023 yilgi Prezident maktablari 1-bosqich testida nechta to‘g‘ri javobga necha ball berilganini hisoblab chiqdim.

Bunda muhim joyi smenalarda ballar bir-biridan biroz farq qiladi, chunki har bir smenada bir-birini takrorlamaydigan (!) savollar tushgan. Shuning uchun ham bitta smenadagi o‘quvchi boshqa smenadagi o‘quvchining natijasini aynan takrorlay olmaydi.

Masalan, 1-smenadagi 1-savolga 7 ming o‘quvchi to‘g‘ri javob bergan, 2-smena 1-savolga esa 6 ming 500 o‘quvchi to‘g‘ri javob bergan va h.k.

Xullas, yuqoridagi jadvalga qarab farzandingiz qaysi blokdagi savollarning nechtasiga to‘g‘ri javob berganini bilib olishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Bilasizmi?

Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.) ga ko‘ra, litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida oʻqiyotgan talabalarga oʻqishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga koʻchirish huquqi beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️ESLATMA

Birinchi bosqich
natijasiga ko‘ra, bir xil ball to‘plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan ortib ketgan taqdirda talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi, ya'ni:

➖C toifadagi
savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
B toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
A toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
Tug‘ilgan sanasi bo‘yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).

📊 Nomzodlar barcha toifadagi savollar bo‘yicha teng ball to‘plagan taqdirda, nomzodlar tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi.

📌 Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi va ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilot tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

PREZIDENT MAKTABLARIGA 1-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARINI ANIQLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA

🔹Saralash imtihon natijalarini qidirish tartibi
:

➖Talabgor topshirgan hududi bo‘yicha belgilangan *.pdf faylni oching.
➖ Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan maxsus ID raqamini tering va Enter tugmasini bosing.
➖ Saralash bosqich imtihonlariga o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi.
➖Saralash bosqich imtihonlariga o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.

📌 Shuningdek, imtihon natijalarini quyidagi havola orqali ham bilib olishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Prezident maktablari 1-bosqich SARALASH imtihoni natijalari e'lon qilindi

🔹 Andijon viloyati
🔹 Buxoro viloyati
🔹 Farg‘ona viloyati
🔹 Jizzax viloyati
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🔹Qashqadaryo viloyati
🔹 Xorazm viloyati
🔹 Namangan viloyati
🔹 Navoiy viloyati
🔹 Samarqand viloyati
🔹 Sirdaryo viloyati
🔹 Surxondaryo viloyati
🔹 Toshkent shahri
🔹 Toshkent viloyati


Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"Perevod"ning qanday turlari bor?

O‘qishni ko‘chirishning asosiy 2 ta turi bor:
1️⃣ Xorijiy va xususiy OTMdan davlat OTMiga — my.uzbmb.uz orqali;

2️⃣ Respublikadagi bir OTMdan boshqa OTMga — transfer.edu.uz orqali.

‼️ Lekin ichki "perevod"ning yana bir qancha turlari bor:

▶️ boshqa ta’lim shakliga o‘qishni ko‘chirish — hozirda ta'lim olayotgan talabaning aynan o‘z ta'lim muassasasi va yo‘nalishi bo’yicha ta'lim shaklini o’zgartirishi;
▶️ o‘qishni qayta tiklash — o‘qishdan chetlatilgan talabalarning aynan o‘z yo‘nalishi va ta'lim muassasasiga tiklashi;
▶️o‘qishni ko‘chirib tiklash — o‘qishdan chetlatilgan talabalarning boshqa ta'lim muassasasiga mos yo‘nalishi bo’yicha o’qishni ko’chirish.

Yuqoridagi "perevod" turlaridan foydalanish uchun transfer.edu.uz platformasi orqali ariza beriladi.

Eslatib o‘tamiz: o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 5-avgustgacha davom etadi.

👉 "Perevod" uchun o‘tish ballari;
👉 "Perevod" uchun mos va turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktab o‘qituvchilariga 7,8 mlrd so‘mlik ta’til pullari undirib berildi

Mehnat kodeksini amalga kiritishga doir normativ hujjatni qabul qilish kechikishi ortidan qator tumanlarda pedagoglarning ta’til pullari kamayib ketgandi. Muammo bartaraf etilgach, kasaba uyushmalari tomonidan 8 ming 243 nafar pedagog xodimning ta’til pullari qayta hisob-kitob qilinib, xodimlar foydasiga 7 mlrd 825 mln 86 ming so‘m mablag‘ undirib berilgan.

Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi xabariga ko‘ra, 9403 ta taʼlim muassasasida pedagoglarning taʼtillariga oid buyruqlar oʻrganilgan, shundan 656 ta buyruqni rasmiylashtirishda xatoliklar aniqlangan va ushbu xatoliklar joyida bartaraf etilib, pedagoglarga taʼtil bilan bogʻliq tegishli mablagʻlar undirib berilgan. Shuningdek, 20 ming 550 nafar pedagog xodimning “taʼtil olish huquqim buzildi” mazmunidagi murojaatlari oʻrganilib, ular boʻyicha tushuntirishlar va bepul huquqiy maslahatlar  berish bilan birga qonuniy huquqlari tiklangan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Bilasizmi?

1-sinfga onlayn hujjat topshirganda ariza to’ldirishda xatolikka yo’l qo’yilsa, uni qanday to’g’rilash mumkin?

🔰 Hukumatning tegishli qarori (01.06.2022-yildagi 295-son) bilan tasdiqlangan reglamentga ko‘ra, quyidagi holatlarda qabul komissiyasi bolalarni umumta’lim maktabiga qabul qilishni rad etishi mumkin.

👉 Bolaning tibbiy ma’lumotnomasida umumta’lim maktablarida ta’lim olish tavsiya etilmagan bo‘lsa;

👉 tanlagan tilda bola boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa;

👉 so‘rovnomada keltirilgan ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa.

Boshqa holatlarda bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🗓 Qabul komissiyasi bir ish kunida bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilish yoki sababi aniq ko‘rsatilgan holda qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

📤 Umumta’lim maktablari bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilinganligi yoki sababi aniq ko‘rsatilgan holda qabul qilishni rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki XTV portali orqali shu kunning o‘zida ariza beruvchiga yuboradi.

📌 Umumta’lim maktablari tomonidan murojaati rad etilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 3 yoshgacha farzandi boʻlgan kollej va texnikumlar oʻquvchi-qizlariga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladi

Vazirlar Mahkamasining “Kollej va texnikumlarda kasb va mutaxassislik egallash istagida boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

3 yoshgacha farzandi boʻlgan kollej va texnikumlar oʻquvchi-qizlariga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladigan kasb va mutaxassisliklar roʻyxatini tasdiqlaydi;

2023/2024-oʻquv yilidan boshlab kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalaridagi kasb va mutaxassisliklarda oʻqiydigan 3 yoshgacha farzandi boʻlgan oʻquvchi-qizlarga, ularning murojaati asosida masofaviy taʼlim olish imkoniyatini yaratadi.

Eslatib o'tamiz, ushbu loyihaga ko'ra kollej va texnikumda 5 ta soha boʻyicha oʻqimoqchi boʻlgan xotin-qizlar grant asosida taʼlim olish imkoniyatini yaratish rejalashtirilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rasman: Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida qabul jarayonlari davom etmoqda!

🗓 Hujjatlar 29-iyul kirish imtihoni uchun online ariza orqali qabul qilinadi.

TMIIda o'qish davomida siz:
- 1.5 mlrd grant dasturida qatnashish
- Nufuzli institutda bilim va tajriba olish
- Malakali o'qituvchilar tomonidan beriladigan bilimga ega bo'lishingiz mumkin.

📲Shoshiling. Imtihonlarga yozilish uchun bot orqali ro’yxatdan o’ting👇
@timeedubot
+998712009005

(Litsenziya №043969-son, 19.10.2022y)

Rasmiy telegram: Bu yerda

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Kollej va texnikumda 5ta soha boʻyicha oʻqimoqchi boʻlgan xotin-qizlar grant asosida taʼlim oladi

Vazirlar Mahkamasining “Kollej va texnikumlarda kasb va mutaxassislik egallash istagida boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Belgilanishicha, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalaridagi kasb va mutaxassisliklarda oʻqish istagida boʻlgan xotin-qizlar toʻliq davlat granti asosida taʼlim oladi hamda ularning xarajati toʻliq davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 2023-2024-o‘quv yili uchun 1 018 007 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

👨🏻‍🎓 Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 018 007 nafarni tashkil etdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 890 304 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 95 456 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 29 917 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 2 330 nafar.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 577 096 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 24 802 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 407 945 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 8 164 nafar.

🏢 Eng kop abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

👉 O‘zbekiston milliy universiteti — 36 782 nafar;
👉 Toshkent davlat transport universiteti — 30 421 nafar;
👉 Farg‘ona davlat universiteti — 29 941 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 28 827 nafar;
👉 Qarshi davlat universiteti — 28 417 nafar.

✅ Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;
2️⃣ Samarqand viloyati — 114 180 nafar;
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 94 999 nafar;
4️⃣ Toshkent viloyati — 89 603 nafar;
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Respublikadagi professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar oʻqishini koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi

Professional ta’lim muassasalari (Adliya vazirligining yuridik texnikumlaridan tashqari) o‘quvchilarning o‘qishini ko‘chirish yuzasidan arizalar joriy yilning 20-iyulidan 10-avgustiga qadar o‘quvchi tahsil olayotgan professional ta’lim muassasalarining o‘zida qabul qilinadi.

O‘qishni boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirish yuzasidan berilgan arizalar qabul qiluvchi ta’lim muassasasi bo‘ysunuvchi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan joriy yilning 15 avgust kunidan boshlab ko‘rib chiqiladi.

Davlat granti asosida talim olayotgan o‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashda ularga davlat granti asosida ta’limni davom ettirish imkoniyati beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Подписаться на канал