uztdi | Неотсортированное

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Подписаться на канал

Ta'lim nazorati

Тошкент шаҳар Учтепа туманидаги 62-сонли мактабнинг информатика фани ўқитувчисини калтаклашда иштирок этган кимки бўлса, уларнинг барчаси қонунда белгиланган тартибда қаттиқ жазоланади. Бу бўйича ҳуқуқ-тартибот органларига керакли кўрсатмалар берилди. Валломати бўлса ҳам ўқитувчини хафа қилишга хеч кимнинг ҳаққи йўқ.

_

Те, кто участвовал в избиении учителя информатики школы № 62 Учтепинского района города Ташкента, по закону будут строго наказаны. В связи с этим правоохранительным органам даны необходимые поручения. Никто, кем бы он ни был, не имеет права обижать педагога.

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️БАРЧА АБИТУРИЕНТ ВА МАКТАБ БИТИРУВЧИЛАРИ ДИҚҚАТИГА!

ЕРТАГА КАТТА
ОНЛАЙН ТЕСТ

🏆ЮТУҚ: 1.000.000 сўм!

📆Эртага, 11 июнь куни Олийгоҳ.уз ва Ренессанс Таълим Университети ҳамкорлигида Республика миқёсидаги кенг қамровли навбатдаги 47-онлайн диагностик имтиҳонга старт берилади.

Кириш имтиҳонлари андозасидаги 5 БЛОКЛИ оригинал тестлар сиз учун!

📆Тест вақти: 11 июнь (19:00)
💳Иштирок этиш нархи: БЕПУЛ
👉Рўйхатдан ўтиш шарт!

Йўналиш танланг ва рўйхатдан ўтинг!
👉Ҳуқуқ + Инглиз тили
👉 Кимё + Биология
👉Математика + Физика
👉 Тарих + Она тили
👉География + Математика
👉 Инглиз тили + Она тили
👉Она тили + Инглиз тили
👉 Биология + Она тили ва адабиёти
👉БОШҚА ЙЎАЛИШНИ ТАНЛАШ

Маълумот учун, Ренессанс Таълим Университети - Халқаро даражадаги 31 та таълим йўналиш бўйича бакалавр таълим дастурларида талабаларга ХАЛҚАРО стандартларда таълим олишни таклиф қилади.

👨🏻‍💻 Тестга рўйхатдан ўтиш:
👉 Рўйхатдан ўтиш
👉 Рўйхатдан ўтиш

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Abituriyentlarga imtihon javoblari chiqqandan keyin yo‘nalish tanlash imkoni berilishi mumkin

Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov yangi o‘quv yiliga oid o‘zgarishlarga bag‘ishlangan suhbatda ma‘lum qildi:

💬
“Abituriyent yo‘nalishini oʻzgartirishini soʻrab vazirlikka murojaat bilan kelgan vaziyatlar ham koʻp boʻlgan. Shuning uchun yangi tartib haqida oʻylayapmiz...

O‘qishga hujjat topshirayotganda
5ta yo‘nalishni tanlaydi. Keyingi yildan imtihondan o‘tgach, test natijalari chiqqandan keyin yo‘nalishlarni tanlash imkoniyatini beramiz. Yangi islohot ustida Moliya, Mehnat va bandlik [hozirgi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi] vazirliklari bilan birga bu ishlarni rejalashtiryapmiz

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qiladi.

🗂 Ushbu bo‘sh o‘rinlarga qabul Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida e’lon qilinmoqda.

🗓 Bo‘sh o‘rinlarga hujjatlarni joriy yilning 10-iyunidan 30-iyuniga qadar ariza.piima.uz sayti orqali topshirish mumkin.

👇 Maktablardagi bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

👉 Prezident maktablari
👉 Ijod maktablari
👉 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

OSIYO XALQARO UNIVERSITETIDA 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL JARAYONLARI BOSHLANDI

📚Bakalavriat yo’nalishlari 14 ta:
• Pedagogika va psixologiya
• Boshlang'ich ta'lim
• Maktabgacha ta'lim
• Filologiya tillarni o'qitish (Ingliz tili)
• Filologiya tillarni o'qitish (Rus tili)
• Tarix
• Jismoniy madaniyat
• Iqtisodiyot
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar
• Davolash ishi
• Stomatologiya
• Farmatsiya
• Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
• Konchilik ishi

📕 Magistratura yo’nalishlari 3 ta:
• Pedagogika va psixologiya
• Iqtisodiyot
• Boshlang’ich ta’lim

🎓Kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari mavjud.
Bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi. Ushbu diplom O’zbekiston bo’ylab tan olinadi.

☎️Batafsil ma'lumot uchun:
+998553050009

🔻Ro’yxatdan o’tish uchun:

🌐 Veb-sayt: www.oxu.uz
📱Telegram: @oxu_uz

📍Manzil: Buxoro shahri, G’ijduvon ko’chasi, 74. (Mo’ljal Avtovakzal)

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Sizningcha, zamonaviy universitet qanday bo‘lishi kerak?

✔️ Ta’lim sifati asosiy o‘rinda turadigan
✔️ Xalqaro standartlarga to‘la javob beradigan
✔️ Eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan
✔️ Qulay va shinam auditoriyali
✔️ Hamyonbop narxli
✔️ Ilmiy salohiyat yuqori

Namangan shahrida joylashgan “University of Business and science” yuqoridagi barcha sifatlarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul boshlandi.

➡️ Oliygohda 14 ta bakalavr yo‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olishingiz mumkin.

Bundan tashqari, oliygohga o‘qishni ko‘chirish imkoniyati ham mavjud.

➡️ Eng asosiysi, universitetga topshirishda to‘lov qilishingizga hojat yo‘q!

📩 Hujjatlaringizni qabul ofislarida yoki onlayn tarzda
(Qabul.ubsu.uz) topshirishingiz mumkin

“University of Business and science” – barchaning ishonchini qozongan oliygoh!

➡️ UBS’ni tanlang!

🗺 Manzil: Namangan shahri, Zarbdor MFY Beshkapa koʻchasi, 111-uy

☎️
Telefon: +998781132626, +998907894242

Universitet telegram kanali: @ubsuzbekistan

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

5 yillik stajga ega bo‘lganlarga OTMga kirish uchun o‘tgan yili berilgan tavsiyanoma joriy yilda ham amal qiladimi? Bu tavsiyanomani qaysi tashkilotlar beradi?

Savolga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi 2023-yilning 10-20-iyun kunlari oralig‘ida tashkil etiladi.

➖ Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

➡️ G‘oliblar ikki bosqichda saralab olinadi:

1️⃣ nazariy topshiriqlar – 50 ta test, maksimal 50 ball;
2️⃣ amaliy topshiriqlar – tegishli fan bo‘yicha 1 ta topshiriq, maksimal 50 ball.

👉 Ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasida onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi.

Eslatma o‘rnida, olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga ham ega bo‘ladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Talabalar uchun ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri stipendiyasi taʼsis etiladi

Prezident qarori (PQ–174-son, 31.05.2023-y.) ga ko‘ra:

🗓 2023-yil 1-sentyabrdan oliy taʼlim muassasalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, oʻrmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri stipendiyasi taʼsis etiladi.

👉
Bunda, toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarning bir yillik toʻlov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda BHMning 3 baravarida (990 ming soʻm), davlat granti asosida taʼlim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida (1 mln 980 ming soʻm) stipendiyalar tayinlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Bugun – ehtiyojmand oiladagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma uchun ariza topshirishning oxirgi kuni

◼️ Hali ariza topshirmagan, biroq tavsiyanoma olishni rejalashtirganlar uchun bugun, 8-iyun ariza topshirishning oxirgi kuni. Arizani xotin-qizlar.uz platformasi orqali topshirish kerak.

Tavsiyanoma olish uchun qator talablarga mos kelish bilan birga o‘rta ta’limni tugatganlik haqida hujjat bo‘lishi shart! Ya’ni maktabni yoki kollej, liseyni tugatmaganlarga tavsiyanoma berilmaydi.

❗️Eslatma: ehtiyojmand oilalar xotin-qizlariga beriladigan tavsiyanoma muddati – 1 yil. Ariza topshirish bilan bog‘liq savollar paydo bo‘lsa, talabgorlar doimiy yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga yoki qo‘mitaning (71) 202-10-76 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi: /channel/uztdi/6770

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rasman: Navoiy innovatsiyalar universitetiga yangi o'quv yili uchun qabul boshladi!

📥 Hujjatlar onlayn tarzda www.niuedu.uz internet manzil orqali qabul qilinadi.

📚Yoʻnalishlar:
• Turizm
• Biologiya
• Boshlang‘ich ta'lim
• Maktabgacha ta’lim
• Pedagogika va Psixologiya
• Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
• Filologiya va tillarni o’qitish (rus tili)
• Axborot tizimlari va texnologiyalari ( tarmoqlar va sohalar bo'yicha )
• Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
• Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)
• Filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili)
• Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili)
• Texnologik jarayonlar va ishlab
chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)
• Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

☎️ Murojaat uchun:
+998555000043 | @niueduuz

Telegram | Instagram | web-sayt

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ta’lim yo’nalishini o‘zgartirmasdan ta’lim shaklini o‘zgartirish mumkinmi?

Talaba bir OTM doirasida ta’lim shaklini o’zgartirish bo‘yicha 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza qoldirishi mumkin.

Ariza OTMning qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida ma’lumot berildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kirish imtihonlari qanday sharoitda o‘tishi kerak?

▪️ Garchi o‘tgan bir necha yil imtihonlar stadionlar va ochiq binolarda o‘tgan bo‘lsa-da, lekin qonunchilik bo‘yicha test sinovlari yopiq binoda o‘tishi kerak.

Bu yilgi kirish imtihonlari uchun yopiq binolar tanlab olingan.

Test o‘tkaziladigan har bir binoni tayyorlashda unga yorug‘lik tushishi, binoni shamollatish, abituriyentni tik tushgan quyosh nuridan himoyalash imkoniyatlari hisobga olinishi lozim;

Binoga tegishli hududda va binoga kirish joylarida guruh va abituriyentlar soni yozilgan ko‘rsatkichlar ilib qo‘yilgan bo‘lishi shart.

Test sinovlari o‘tkaziladigan har bir hududda test jarayoni uchun zarur axborot, texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Ayrim ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni tashkil etish vazifasi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga o‘tkaziladi

Prezident qarori (2023.01.06.PQ-176) bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga vazirlik va idoralardan oʻtkaziladigan vazifalar va shtat birliklari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining:

➡️ 2023-yil 15-iyundan Bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularni ruhiy qoʻllab-quvvatlash hamda mehribonlik uylari faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi va 707 ta shtat birligi;

➡️ 2024-yil 1-avgustdan Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish vazifasi va 222 ta shtat birligi yangi agentlikka oʻtkaziladi.

P.S: Qarorda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar nazarda tutilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bog‘chadagi hamma tayyorlov guruhi tarbiyachilarining oylik maoshi oshadimi?

◼️“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, 2024-yil 1-iyundan bog‘chalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilarning oyligi maktab o‘qituvchilari oyligiga tenglashtiriladi.

Tarbiyachilar qaysi tayyorlov guruhining rahbari ekanidan qat’i nazar, ularning maoshi maktab o‘qituvchilarining oyligiga tenglashtiriladi.

Bu yerda ahamiyat berilishi kerak bo‘lgan jihat, hamma tarbiyachilarning emas, aynan oliy ma’lumotli tarbiyachilarning oylik maoshi oshishidir.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Uchtepada o‘qituvchi o‘quvchisining yaqinlari tomonidan kaltaklandi. Janjalda maktab mulkiga ham zarar yetkazilgan

Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning informatika fani o‘qituvchisi 8-iyun kuni maktab o‘quvchisi va uning oila a’zolari tomonidan kaltaklangan.

Janjal oqibatida jarohatlangan o‘qituvchi «tez yordam» mashinasida shifoxonaga olib ketilgan.

Kun.uz’ning voqea yuzasidan qilgan so‘roviga javoban Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham munosabat bildirdi.

Jumladan, vazirlik matbuot xizmatining vazir munosabati, deya taqdim etgan izohida aytilishicha, ayni paytda holat yuzasidan IIB surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

💬 “Holatni shaxsan o‘zim nazoratga oldim. Aybdorlarning qilmishiga yarasha jazo olishi bo‘yicha chora ko‘rilishi ta’minlanadi.

Maktab va o‘qituvchiga nisbatan bunday munosabatda bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaymiz
”, – deyiladi vazir munosabatida.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʻqituvchiga oʻrindosh boʻlib ishlayotgan maktabdan ham asosiy ish joyi kabi bir xil shartlar asosida mehnat taʼtili beriladimi? Ularga taʼtil puli toʻlash tartibi qanday?

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan barcha xodimlar, shu jumladan, oʻrindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega.

Kodeksga binoan, olti oydan kam ishlagan oʻrindoshlarga birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat taʼtili ularning xohishiga koʻra, asosiy ish boʻyicha har yilgi mehnat taʼtili bilan bir vaqtda oʻrindoshlik asosida ishdagi taʼtil uchun ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda haq toʻlangan holda beriladi.

➡️ Olti oy va undan ortiq ishlagan oʻrindoshlarga ikkinchi va keyingi ish yillari uchun ushbu toifadagi xodimlarning mehnat taʼtiliga ushbu taʼtil ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qatʼiy nazar toʻliq haq toʻlanadi.

Savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi javob bergan

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

⚡️DIQQAT, E'LON!

❗️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
Prezident maktablariga;
Ijod maktablariga;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga;
Boshqa sinflarda o‘quvchilar bo‘sh o‘rinlariga
hujjatlar qabuli boshlandi.

☝️Yuqorida onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bu yil texnikumni bitirganlar suhbat asosida 2-kursga qabul qilinadimi?
#abituriyent

JAVOB: Ha, qabul qilinadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi.

Prezidentning 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qaroriga ko'ra, o‘tgan yildan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali OTMlarda 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi. Yuqoridagi ikkala hujjat ham hozir kuchida turibdi, bekor bo‘lgani yo‘q.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kirish uchun quyidagi barcha shartlarga mos kelishi kerak:

1️⃣ texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari «5 (aʼlo)» va «4 (yaxshi)» bo'lishi;
2️⃣ bunda o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun kamida 85 foizi) «5 (aʼlo)» bo‘lishi;
3️⃣ birorta «3 (qoniqarli)» bahosi bo'lmasligi kerak.

Texnikum bitiruvchilari uchun o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari RO‘YXATI

Avvaloq vazirlik xodimi texnikum bitiruvchilarini OTMlarga suhbat asosida qabul qilish tartibiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgani haqida ma’lum qilgan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bu yil magistraturaga qabul faqat bir marta bo‘ladi — vazir

◼️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning qabulga oid jonli efirda ma’lum qilishicha, 2023-yil magistraturaga faqat bir marta yozda qabul bo‘ladi.

"O‘tgan yili ilk marta til sertifikati talab qilingani uchun faqat bir yil uchun 2 marta qabulga ruxsat olgan edik. Lekin bu yil qabul an’anaviy faqat bir marta bo‘ladi", dedi vazir.

Ma'lumot uchun: o'tgan yili magistraturaga qishki va yozgi qabul o'tkazilgandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari 12-iyun kuni e’lon qilinadi

📆 Ma’lumki, 2023-yil 14-may kuni ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkazilgan edi.

✅ Hozirga qadar talabgorlarning yopiq va ochiq turdagi (1 dan 44 gacha) test topshiriqlari bo‘yicha natijalari to‘liq hisoblab bo‘lingan.

📝 Yozma ishlarni tekshirish murakkab va ko‘p vaqt talab etadigan jarayon bo‘lib, har bir talabgorning yozma ishi kamida 2 nafar, ayrim holatlarda esa 3 nafar ekspert tomonidan tekshiriladi.

❕ Yozma ishlar soni ko‘p ekanligi va yozma ishlari tekshirish ko‘p vaqt talab etadigan jarayon bo‘lgani sababli yozma ishlarini tekshirish jarayoni to‘liq yakunlanmagan.

📌 Yozma ishlarni tekshirish 12-iyun kuniga qadar to‘liq yakunlanadi va shu kunning o‘zida talabgorlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🇺🇿 Фармацевтический институт образования и исследований объявляет приём документов на 2023/2024 учебный год!

🎓 Институт предлагает абитуриентом возможность обучаться по следующим направлениям бакалавриата и специальностям магистратуры:

Направления бакалавриата:
➖Фармация (по видам) - 5 лет;
➖Промышленная фармация (по видам) - 4 года;
➖Лечебное дело – 6 лет;
➖Медико-профилактическое дело – 5 лет.

Специальности магистратуры- (2 года):
➖Организация и управление фармацевтическим делом;
➖Фармацевтическая химия и фармакогнозия;
➖Промышленная технология лекарственных средств;
➖Технология лекарственных средств и препаратов;
➖Экспериментальная и спортивная фармакология.

👨‍💼Документы принимаются online и offline.

📍 Подача документов

Адрес: Юнусабадский район, 19 кв, дом 48. Ориентир: бензозаправка "Uz Mal-oil", супермаркет «Carrefour» (Корзинка «Сайрам»)
🗺 Локация
🔔Подробная информация

📞телефоны для справок:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

Sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Реклама

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📜 ACCA DipIFR xalqaro malakasi bilan ta'minlash bo'yicha ta'lim xizmatini davlat tomonidan litsenziyalash bilan bir qatorda (ACCA xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bo'yicha diplomi), STARS International University ACCA – Buyuk Britaniyaning Diplomli Sertifikatlangan Global Assotsiatsiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan o'quv hamkori maqomini oldi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son qaroriga amal qilgan holda, bizning ta'lim holdingimiz devorlari ostida ACCA malakalari, jumladan, DipIFR malakasi o'zbek va rus tillarida, korporativ sektor mutaxassislari, jumladan, davlat soliq qo'mitasi xodimlari, banklar, auditorlik kompaniyalari va yirik mahalliy korxonalar vakillari, O'zbekiston temir yo'llarining moliya bo'linmalari xodimlari muvaffaqiyatli o'qitildi.

🏛 Yuqoridagi qaror va respublika bo'ylab yirik soliq to'lovchi kompaniyalarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tkazish uchun tasdiqlangan muddatlarga muvofiq, hali ko'p ishlar qilinishi kerak va STARS International University korporativ sektorni o'qitish bo'yicha davlat tenderlarida ishtirok etishga, shuningdek, xususiy sektor vakillari orasida kelgusi 2023-yil dekabr oyidagi imtihon sessiyasiga tayyorgarlik ko'rish yo‘lida o'zbek, rus va ingliz tillarida DipIFR malaka kurslari uchun tinglovchilarning navbatdagi qabulini e'lon qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Agar siz Markaziy Osiyodagi eng ko‘p xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan universitet talabasi boʻlishni istasangiz, ariza topshirish uchun quyidagi havolaga oʻting
⤵️

https://stars.university/uz/admission

🇷🇺RU 🇬🇧ENG

🚀@starsuniversity | 📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube | 🌐stars.university.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Maktablardagi ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi tugatiladi

Prezidenting 2023-yil 1-iyundagi PQ-176-sonli qarori bilan maktablardagi ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi shtatlari tugatiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 6-maydan 31-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❕ Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (8-10-iyun) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

‼️Diqqat: Grant uchun 1.5 mlrd so'm

TMII - Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti kunduzgi ta'lim shaklida o'qish istagidagi abiturientlar uchun 1,5 mlrd so'mlik grant e'lon qiladi. Mazkur grant institutda birinchi o'quv yili uchun 100% gacha to'lov shartnoma summasini qoplab beradi.

📥 Hujjatlar timeedu.uz/en/registration internet manzil orqali 28-iyunga qadar qabul qilinadi.

📲 Batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling: +998712009005

Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota-Rustaveli ko'chasi, 114-uy

Veb-sayt |Telegram |Instagram |Youtube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📣 2023-2024-o'quv yili uchun bakalavriat yo'nalishlariga qabul boshlandi.

UMFT universitetida quyidagi bakalavriat yo'nalishlarida tahsil olib davlat universitetlari namunasidagi diplom olasiz. Shuningdek, o'qishni bitirib xalqaro sertifikatlar (Microsoft, CISCO, Huawei, ACCA) olish imkoniyatini ham qo'lga kiritasiz.

💻 Dasturiy injiniring

💠 Infokommunikatsiya injiniringi (Telekommunikatsiya)

💳 Raqamli iqtisodiyot

💰 Moliya va moliyaviy texnologiyalar

👨‍🏫 Pedagogika va psixologiya

Ta'lim o'zbek va rus tillarida olib boriladi.
Kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklllari mavjud.

Hech qanday FIRMA TO'LOVISIZ, universitet veb-sayti orqali 👉hujjatlaringizni topshirishing.👈

☎️ Telefon +998555068888
📩 Murojaat uchun : @umft_support
🌐 Veb-sayt: umft.uz

📷 Instagram 🎬umftuz">YouTube 🔵 Facebook 🚀 Telegram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Фармацевтика таълим ва тадқиқот институтида бакалавриат ва магистратурага 2023/2024 ўқув йили учун ҳужжатлар қабули бошланди!

Бакалавриат йўналишлари:
➖ Фармация (турлари бўйича) - ўқиш муддати 5 йил;
➖ Саноат фармацияси (турлари бўйича) – ўқиш муддати 4йил;
➖Даволаш иши - ўқиш муддати 6 йил;
➖Тиббий профилактика иши - ўқиш муддати 5 йил.

Магистратура мутахассисликлари:
➖Фармацевтика ишини ташкил қилиш ва бошқариш;
➖Фармацевтик кимё ва фармакогнозия;
➖Дориларнинг саноат технологияси;
➖Дори воситалари ва препаратлар технологияси;
➖Экспериментал ва спорт фармакологияси.

Ўқиш муддати 2 йил.

👉 Ҳужжатлар online ва offline тарзда қабул қилинади.

👉 Ҳужжат топшириш

Манзил: Юнусобод тумани, 19 мавзе, 48 уй, мўлжал: "Uz Mal-oil" ёқилғи қуйиш шахобчаси, Carrefour супермаркети. (Сайрам Корзинка).

📍Локация
👉 Батафсил маълумот

📞☎️Мурожаат учун телефонлар:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

Sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Реклама

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🇺🇿 Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha hukumat loyihasi doirasida va muvaffaqiyatli faoliyat yillari davomida to‘plangan ilg‘or tajribalardan kelib chiqqan holda, STARS International University mintaqada sifatli Britaniya ta’limini taqdim etishda yetakchi bo‘lishga intiladi. Bu borada universitet mamlakatimizdagi maktab ta’limini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratmoqda.

Birinchi navbatda, dasturni amalga oshirish va butun mamlakat maktablarida ta'limni keng yoyish uchun 🇬🇧 Britaniyaning NCC Education mukofotlovchi organidan akkreditatsiya olindi. Barcha malakalar Buyuk Britaniya hukumati tomonidan nazorat qilinadi va tartibga solinadi. Bugun davlat litsenziyasini qo‘lga kiritish mamlakat rahbariyatining ta’lim sohasidagi samarali islohotlar va muvaffaqiyatli o‘zgarishlarga tayyor ekanidan dalolat beradi.

Eslatib oʻtamiz, STARS International University 2021-yilda Xalq taʼlimi vazirligi bilan Britaniya milliy maktab dasturini mamlakat maktablarida kompyuter savodxonligi va axborot texnologiyalari boʻyicha joriy etish boʻyicha qoʻshma tadbirlarni ilgari suruvchi memorandum imzolagan edi.

🎓 O'qishni tugatgandan so'ng, dastur bitiruvchilari o'rta ta'lim to'g'risidagi xalqaro attestatiga teng bo'lgan Level 2 Award in Computing ga ega bo'lishadi va yakuniy imtihonlarni topshirgandan so'ng ularga Amerikaning 2 ta TOEFL va SAT sertifikatlari beriladi.

Agar siz Markaziy Osiyodagi eng ko‘p xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan universitet talabasi boʻlishni istasangiz, ariza topshirish uchun quyidagi havolaga oʻting ⤵️

https://stars.university/uz/admission

🇷🇺RU 🇬🇧ENG

🚀@starsuniversity | 📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube | 🌐stars.university.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma haqida: arizalarni qabul qilish 8-iyun kuni yakunlanadi

📆 2023-yil 30-may kuni ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun talabgorlarning arizalarini qabul qilish boshlandi.

🖥
Arizalar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlar.uz sayti orqali elektron shaklda qabul qilinmoqda va arizalarni qabul qilish 8-iyun kuni yakunlanadi.

🔰 Bunda tavsiyanomalar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarorida belgilangan mezonlar asosida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 1 yilga beriladi.

📌 Mazkur tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlarga kunduzgi ta’lim shakli uchun davlat granti asosida qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladi (2022-yilda 2 000 ta ajratilgan).

✅ Ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari Davlat komissiyasi tomonidan sohalar bo‘yicha hududlar kesimida taqsimlanadi va qabul parametrlari doirasida eng yuqori ball to‘plagan xotin-qizlar talabalikka tavsiya etiladi.

❗️ Eslatma: Har yili tavsiyanomaga ega xotin-qizlar soni ular uchun ajratiladigan qo‘shimcha kvotalar sonidan bir necha barobar ko‘p bo‘ladi. Shu sababli tavsiyanoma oldi degani, o‘qishga kirdi degan emas.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Подписаться на канал