Ўтган етти йилда вилоятда катта ўзгаришлар бўлди.
Киритилган инвестициялар ҳажми 3 карра ўсди. Товар айланмаси 10 миллион доллардан ошган 122 та корхона пайдо бўлди. Фарғона корхоналари 60 та янги бозорга кириб борди.
Бугунги кунга келиб, вилоятда янги корхона очаман, кенгайтираман, инновацион лойиҳам бор, юзлаб, минглаб одамни ишли қилмоқчиман, деган тадбиркор кўпайди.
Шу билан бирга, агар вилоят раҳбарияти янгича тизим қилиб, тадбиркорлар билан кўпроқ шуғулланганида эди, Фарғонада 2-3 карра кўп натижага эришиш мумкин бўлар эди, деди давлатимиз раҳбари.
Facebook|Instagram|X
📹⚡️Ogohlik davr talabi!
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-37-son Farmoniga asosan o‘tkazilgan mazkur tadbirda bir qator masalalar, jumladan, bank plastik kartalaridagi o‘g‘rilik, onlayn savdo, soxta treyderlik, kriptovalyutalarning noqonuniy savdosi yuzasidan batafsil tushunchalar berilib, internet firibgarlaridan ehtiyot bo‘lish zarurligi xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Agentlik va uning tizim tashkilotlari xodimlari uchun onlayn va oflayn tarzida o‘tkazilgan ushbu davra suhbati mobaynida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga qonuniy va huquqiy jihatdan atroflicha javob qaytarildi.
🇺🇿🇰🇷 Koreya Respublikasining "KATRI" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Koreya Respublikasining Korea Apparel Testing & Research Institute (KATRI) xalqaro loyihalar bo‘yicha rahbari David Mun bilan uchrashdi.Читать полностью…
Suhbat chog‘ida KATRI kompaniyasi bilan 2024—2026-yillar davomida "Uzbekistan Textile Standard & Certification Capacity Building Program" grant dasturi loyihasi doirasida amalga oshiriladigan keng ko‘lamli ishlar ko‘rib chiqildi.
Tekstil sohasida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va eksportini oshirishda qulay shart-sharoitlar yaratish uchun to‘qimachilik standartlari va muvofiqlikni baholash bo‘yicha kadrlar tayyorlash, mutaxassislarni Koreyada amaliyot o‘tashi, seminar-treninglar tashkil etish va xorijiy ekspertlarni jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar grant loyihasini o‘z vaqtida amalga oshirishni jadallashtirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
📈 Техник жиҳатдан тартибга солиш соҳасида назорат инспекцияси томонидан ўтказилаётган давлат назорат тадбирлари
АОКАда Абдурауф Расулов, Техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги ахборот хизмати раҳбари иштирокида шу мавзуда брифинг бошланди.
Қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин:
🖥 Жонли эфир
〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) raisi Tadashi Maeda boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda JBICning mamlakatimizda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi muhim oʻrni qayd etildi. Bugungi kunda neft-kimyo, toʻqimachilik sanoati, energetika va infratuzilmani modernizatsiya qilish kabi sohalarni qamrab olgan qoʻshma loyihalar portfeli 3,7 milliard dollardan oshdi.
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki bilan uch yillik hamkorlik dasturini, shuningdek, “Sojitz Corporation” bilan Oʻzbekiston iqtisodiyotining yuqori texnologik tarmoqlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
🇺🇿🇷🇺Joriy yilning 8-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish boʻyicha ishchi guruhining birinchi yigʻilishida ishtirok etdi.
🟠Ishchi guruh yig‘ilishida tegishli vazirlik, idoralar, tarmoq birlashmalari rahbarlari ishtirokida ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirish chora-tadbirlariga oid keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi.
🟠O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari jadal rivojlanayotgani alohida ta’kidlanadi. O‘zaro savdo aylanmasi barqaror o‘sishi qayd etildi. Uning hajmi so‘nggi 7 yilda 2,5 barobar va joriy yil boshidan buyon 30 foizga oshdi.
🟠Tomonlar ikki davlat rahbarlari tomonidan 2030 yilgacha o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 30 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha belgilab berilgan maqsadga erishish uchun amaliy chora-tadbirlarni atroflicha ko‘rib chiqdilar.
🟠Tashrif dasturiga muvofiq Laziz Kudratov shu kunning o‘zida Butunrossiya tashqi savdo akademiyasiga (BTSA) tashrif buyurdi. Rektor Vittoriya Idrisova ta’lim muassasasida talabalarni sifatli tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi. ISSV va BTSA o‘rtasidagi hamkorlik dasturlarini amalga oshirish, xususan, Toshkent shahrida Akademiyaning filialini ochish hamda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davom etmoqda.
Ishlab chiqarish korxonalariga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarining hududiy filiallari tomonidan ishlab chiqarish sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga keldi.
Fuzuliy shahri aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Tanlovda ishtirok eting va "MDH mukofoti" sohibiga aylaning!
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengash (MGS)ning 65-yig‘ilishida "Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasida erishgan yutuqlari uchun MDH mukofoti" (Премии Содружества Независимых Государств за достижения в области качества продукции и услуг) navbatdagi tanlovini o‘tkazish e’lon qilindi.👉Batafsil👈
Nazorat tadbirlari – tadbirkorning asosiy ko‘makchisi
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi direktori Azamat Abdurahmonov Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yurituvchi "Orient Technology" qo‘shma korxonasi va "Nukus Electroapparat" masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlar davomida, korxonalarning ishlab chiqarish quvvati, laboratoriyalar imkoniyatlari, mahsulot sifati va uni ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, korxona mas’ullariga standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida yangi qabul qilingan qonun, qarorlar va texnik reglamentlar talablari yetkazildi.
Sifatsiz qurilish mahsulotlari aniqlandi
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Buxoro viloyati bo‘limi tomonidan "G.O.B.A" MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) temir-beton plita mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada nazorat tadbiri o‘tkazildi.🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube Читать полностью…
O‘rganish natijalariga ko‘ra, temir-beton plita mahsulotlari O‘zDSt 2805:2013 me’yoriy hujjatining 4.8.3, 8.5, 6.3, 6.7 va GOST 13015-2012 standartining 7.3 va 7.4-bandlari talablariga javob bermasligi maʼlum bo‘ldi.
Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar muvofiqlik sertifikatisiz sotilganligi aniqlandi. Bu bilan, "Standartlashtirish to‘g‘risida"gi Qonunning 27-moddasi hamda "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonunning 29 va 42-moddalari talablariga rioya qilinmagan.
Aniqlangan holat yuzasidan 20.2 mln so‘m jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirildi va sudga kiritildi.
Sohada hamkorlikda malakali kadrlarni tayyorlash dolzarb masala
Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Kimyoviy va oziq – ovqat texnologiyalari fakultetining "Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (sanoat)" yo‘nalishi bitiruvchi talabalari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi.
Yosh kadrlarning bilimlarini sinovdan o‘tkazish jarayonida Agentlik tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali rahbari U.Bozorov komissiya raisi sifatida ishtirok etdi. Ana shunday jarayonlarning hamkorlikda tashkil etilishi bilim va salohiyati yuqori bo‘lgan bo‘lg‘usi mutaxassislarni sohaga jalb etish imkoniyatini yaratadi.
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ostona shahriga joʻnab ketdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Қувада Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Фарғона вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш бўйича устувор вазифалар юзасидан йиғилиш бўлиб ўтмоқда.
Давлатимиз раҳбари кеча вилоятда янги корхоналарни бошқараётган тадбиркорлар, замонавий технологияларда ишлаётган ёшларимиз, чиройли уй-жой массивларига кўчиб ўтган одамларни кўриб, мамнун бўлганини таъкидлади.
Шу билан бирга, дунёдаги ҳозирги ўта мураккаб шароитда янги йўл очиш, инвестиция олиб келиш ўз-ўзидан бўлмаётгани қайд этилди.
Фарғона аҳолиси 4 миллиондан ошди. Бундай ўсиш билан вилоят аҳолиси 2030 йилга бориб 5 миллионга етади. Бу – Фарғона вилоятини ўзида йилига 100 та янги боғча, 40 та мактаб, 20 мингта хонадон ва 500 мингта қўшимча иш ўрни яратиш керак, дегани.
Бу эса вилоят ҳокими, унинг 8 та ўринбосари, 19 та шаҳар-туман ҳокими олдига катта вазифалар қўйиб, улардан қаттиқ масъулият талаб этиши кўрсатиб ўтилди.
Facebook|Instagram|X
Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi
Maʼlumki, 2024-yil 5-iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni bilan birga mazkur Qonun ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-210-son Qarori ham imzolandi.
Ushbu yangi normativ hujjatlar mazmun-mohiyatini barcha xodimlarga yetkazish maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda uning tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminar mashg‘uloti davomida qonun va qarorning mohiyatini yetkazish, amaliyotda qo‘llash, unga rioya etish va ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha maʼruzalar qilindi. Yakunda tadbir qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
🇺🇿🇷🇺 Texnik jihatdan tartibga solish sohasida hamkorlikni jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi
Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha ishchi guruhining Birinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Rossiya Federatsiyasining Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya federal agentligi (Rosstandart) rahbari o‘rinbosari Kuzmin Aleksandr Mixaylovich bilan uchrashdi.
TAYINLOV
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Timur Vasikovich Mashanpin O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
T.Mashanpin tayinlovga qadar "UNICON.UZ" - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son Qarorining 6-bandiga muvofiq Agentlik direktorining raqamlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritilgan.
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar-trening tashkil qilindi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlari mutaxassislari uchun "Korea Apparel Testing and Research Institute" (KATRI) tomonidan "Uzbekistan Textile Standard & Certification Capacity Building Program" grant dasturi doirasida seminar-trening tashkil etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungboni qabul qildi.
Uchrashuvda XMT bosh direktori samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekistonning mehnatkashlar huquqlarini taʼminlash, ish oʻrinlarini yaratish va xalqaro konvensiyalarni implementatsiya qilish borasidagi yutuqlariga yuqori baho berdi.
Shu munosabat bilan oʻz tashrifini Oʻzbekiston rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan samarali islohotlarni qoʻllab-quvvatlash ifodasi deb atadi.
Tashkilot koʻmagida Oʻzbekistonda mehnat sohasida 40 dan ortiq normativ hujjat qabul qilindi, 22 ta xalqaro konvensiya ratifikatsiyalandi.
Uchrashuv yakunida 2026–2030-yillarga moʻljallangan yangi Mamlakat dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
🇺🇿🇹🇷 O‘zbekiston–Turkiya: hamkorlik kengaytirilmoqda
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Turk standartlar instituti (TSE) vakili Metexan Chalishni bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot mobaynida yangi sinov laboratoriyalarini barpo etish, mavjudlarini modernizatsiya qilish, xodimlar malakasini oshirish, yangi sinov metodlarini joriy etish masalalari tomonlar o‘rtasida muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
🇺🇿🇰🇬 O‘zbekiston–Qirg‘iziston: hamkorlikning yangi bosqichi
Maʼlumki, 2022-yilning iyul oyida Toshkent shahrida "O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi" va Qirg‘iziston Respublikasi Iqtisodiyot va savdo vazirligi huzuridagi Standartlashtirish va Metrologiya markazi o‘rtasida muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlik memorandumi imzolangan.
Ikki davlat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ro‘yxatini (guruhlari, mahsulot turlari) aniqlash va ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma sinovlar o‘tkazish loyihasini ishlab chiqish va xodimlar o‘rtasida tajriba almashish maqsadida joriy yilning 2—3-iyul kunlari Bishkek shahrida Markazlar rahbariyatlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda muvofiqlikni baholash sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar "Harakat rejasi" imzolandi.
🇺🇿🇦🇹O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasida standartlashtirish sohasida hamkorlikni jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Avstriya Standartlashtirish tashkiloti (Austrian Standards International) bilan videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazildi.👉Batafsil👈
Hamkorlikda imzolangan dastur ijrosi muhokama qilindi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Asadulla Qayumov o‘rtasida videokonferensiya tarzida muloqot bo‘lib o‘tdi.🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube Читать полностью…
Tizim tashkilotlari, boshqarmalar va hududiy filial masʼullari ishtirok etgan mazkur uchrashuvda tomonlar oʻrtasida imzolangan "Mahsulotlar sifatini nazorat qilish, isteʼmolga yaroqsiz hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan mahsulotlar aylanmasining oldini olish yuzasidan hamkorlikdagi chora-tadbirlar dasturi"ni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida dasturga muvofiq ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, raqobat muhitini rivojlantirish va sohaga oid bir qator yo‘nalishlarda istiqbolli rejalar belgilab olindi.
Korxonalarga xalqaro standartlar afzalliklari yetkazildi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi mas’ullari Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Surxondaryo filiali mutaxassislari bilan hamkorlikda viloyatdagi bir qator korxonalarda bo‘lib, tadbirkorlik subyektlariga sohaga doir yangiliklar, ko‘rsatiladigan xizmatlar yuzasidan yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib bordi.
Jumladan, Termiz shahrida qurilish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi "Ulug‘bek xojiniso" masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda muzqaymoq va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "SAIDJON MUXAMMADJON MUZQAYMOQLARI" masʼuliyati cheklangan jamiyati vakillariga xalqaro ISO 9001, ISO 14001 va ISO 45001 xalqaro standartlarini joriy etish afzalliklari to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
Elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalar ishga tushirilmoqda
Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi masʼullari Jizzax va Qashqadaryo hududiy filiali mutaxassislari bilan hamkorlikda "Talimarjon issiqlik elektrstansiyasi" aksiyadorlik jamiyati vakillari bilan uchrashdi.
Tomonlar o‘rtasidagi mazkur uchrashuv mobaynida texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid masalalarda hamkorlik ishlarini keng yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda ushbu korxonada elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha yana bir yirik quvvatli yangi loyiha ishga tushirilmoqda.
Mahsulotlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi
Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi masʼullari "O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Shurtan gaz kimyo majmuasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube Читать полностью…
Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi mazkur majmuaning texnologiyalari 150 markadagi yuqori, o‘rta va past bosimli chiziqli polietilen hamda boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Uchrashuv mobaynida mahsulotlar sifati va xavfsizligini oshirish, eksportga yoʻnaltirish masalalari tomonlar oʻrtasida muhokama qilindi. Muloqot yakunida sohadagi hamkorlikni yanada kengaytirish borasida kelgusi rejalar belgilab olindi.
🇺🇿🇧🇷O‘zbekiston–Braziliya: Standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqadi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Braziliya Standartlashtirish tashkiloti (The Associação Brasileira de Normas Técnicas) bilan videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazildi.👉Batafsil👈
Xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishildi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov O‘zbekiston standartlar institutning faoliyati, mavjud infratuzilmani yaxshilash, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan Institut masʼullari bilan uchrashdi.
Shuningdek, joriy yilning avgust oyida bolalar o‘rtasida Janubiy Koreya Respublikasida o‘tkaziladigan Xalqaro standartlar olimpiadasida ishtirok etuvchi Al-Xorazmiy va Toshkentdagi prezident maktabi o‘quvchilarining tayyorgarlik jarayonlarida ular bilan suhbatlashib, xalqaro musobaqada ulkan zafarlar tiladi.