uzstandardchannel | Неотсортированное

Telegram-канал uzstandardchannel - Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

1393

Veb-sayt: www.standart.uz Facebook: www.fb.com/uzstandard Instagram: www.instagram.com/uzstandard Twitter: twitter.com/Uzstandard Youtube bit.ly/3kbWQa0 Oʻzingizni qiziqtirgan savollarga tez va toʻliq malumot olishingiz mumkin @uzstandartga_savollar_bot

Подписаться на канал

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Davlat tashrifi davomida jami 14 ta hujjat imzolandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Davlatimiz rahbari Prezident Uxnaagiyn Xurelsuxning samarali muloqotni davom ettirish uchun Moʻgʻulistonga javob tashrifi bilan kelish taklifini qabul qildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Moʻgʻulistondan goʻsht va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni import qilish, shuningdek, Oʻzbekistondan tovuq goʻshti, meva-sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha takliflar tayyorlandi.

“Halol” standartlariga muvofiq goʻsht mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha klaster tashkil etish va mintaqadagi mamlakatlarga eksport qilish rejalari qoʻllab-quvvatlandi.

Shuningdek, teri va junni chuqur qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarish, meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha loyihalar taklif etildi.

Bu yoʻnalishlarda, shu jumladan, chorvachilik sohasida ilmiy-tadqiqot institutlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish lozimligi taʼkidlandi.

Tomonlar xususiy sektor loyihalarini amalga oshirishga va biznes tashabbuslarini ilgari surishga koʻmaklashishga kelishib oldilar.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida oʻtgan muzokara davomida:

▫️Shu kunlarda Toshkentda Moʻgʻuliston elchixonasining rasmiy ochilishi boʻlib oʻtadi.

▫️Moʻgʻuliston Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishini toʻliq qoʻllab-quvvatlagan birinchi davlatlardan biri boʻlgani va tegishli bayonnomani imzolagani qayd etildi.

▫️Yaqin yillarda oʻzaro savdo hajmini, eng avvalo, talab yuqori boʻlgan mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini kengaytirish hisobiga 5-10 barobarga oshirish uchun salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.

▫️Shu maqsadda hukumatlarga tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalari boʻyicha qoʻshma ishchi guruh tuzish, Ulan-Bator va Toshkentda rasmiy savdo uylarini ochish, Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitimni imzolashga tayyorlash hamda bozorlarga kirish sharoitlarini oʻzaro yengillashtirish boʻyicha takliflar kiritish topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Koʻksaroyda Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Farg‘onada korxonalar faoliyatiga amaliy ko‘mak berilmoqda

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori o‘rinbosari O. Tohirov, Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlari mas’ullari hamkorligida Farg‘ona shahridagi elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “CENTRAL ASIA MOTORS” qo‘shma korxonasida bo‘lib, elektromobillarni ishlab chiqarish, kelgusida mahalliylashtirish dasturiga erishish uchun ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirishda ularni texnik jihatdan tartibga solish va metrologik ta’minlanganligi bo‘yicha murojaatlarini o‘rganilib, elektromobillarni sinash va sertifikatlashtirish bo‘yicha hamkorlikda ishlarni tashkil etishga kelishib olindi.

🌐 standart.uz| Facebook | Instagram | Portal

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Sifat infratuzilmasini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlash


🇺🇿 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida
agentlik direktori Akmal Jumanazarov hamda ishchi guruh Germaniyaning Fizika va Texnologiya Instituti (PTB) ning eksperti Klemens Sanetra va PTB kordinatori Kristofer Kolel bilan “Sifat infratuzilmasini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
👨‍💻 Uchrashuvda mazkur loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar ko‘rib chiqildi. Mamlakatimizda sifat infratuzilmasini mustahkamlashda sifatni qo‘llab-quvvatlash uchun PTB tomonidan ishlab chiqilgan uslublar muhokama qilinib, ularni keng joriy etish orqali mamlakatimizda korxonalar va iste’molchilar o‘rtasida sifat madaniyatini oshirish, standartlarga javob beradigan mahsulot orqali milliy qiymat yaratish va atrof-muhitni muhofaza qilish va ijtimoiy farovonlikni yaxshilashga hissa qo‘shish kabi sohaga oid masalalar muhokama qilindi.
 

🌐 standart.uz| Facebook | Instagram | Portal

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Хорижда олийгоҳлар тажриба ишлаб чиқариш корхоналарини (спин-оф) очиб, давлат ва ишлаб чиқарувчи маблағларини жалб қилади, тадқиқот ўтказади, инновацион маҳсулот яратиб, тижоратлаштиради.

Улар 5-7 йил ичида университетдан ажралади ва кичик корхонага айланади.

Бизда Фарғона политехника институти 14 та корхона (спин-оф) очиб, 21 миллиард сўм даромад қилган. Бу йил даромадни 40 миллиард сўмга, келаси йили – 100 миллиард сўмга олиб чиқиш бўйича аниқ ҳисоб-китоблари бор.

Энг муҳими, ушбу корхоналар ишчиларининг 90 фоизи олийгоҳ ўқитувчилари ва талабалари.

Умуман, жами 12 та олийгоҳда бундай 28 та корхона ташкил қилиниб, улар 47 миллиард сўм даромад олган. Лекин, қолган 24 та олийгоҳ ректорида ҳам, ҳокимларда ҳам бу борада бирорта ташаббус йўқлиги қайд этилди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Охирги етти йилда олий таълим қамрови 5 баробар, яъни 9 фоиздан 42 фоизга ошгани билан ёшларнинг муҳандислик-техникага қизиқиши жуда пастлиги қайд этилди. 2023 йил сўровномасида атиги 8 фоиз мактаб битирувчиси шу соҳани танлаган.

Кўпгина профессор-ўқитувчилар амалиётдан узилиб қолган. Муҳандислик бўйича 9 минг 600 нафар профессор-ўқитувчининг 40 фоизи сўнгги 5 йилда малака оширмаган.

Айрим институтлардаги ўқитувчиларнинг юкламаси хорижга нисбатан 2 карра кўп. Баъзи университетлар илмий лабораторияларидаги ускунанинг 50 фоизи эскирган, қўшимча лаборатория ва замонавий жиҳозларга эҳтиёж мавжуд.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Давлатимиз раҳбари бу борада яна бир мисолни келтирди.

Жорий йилда тўқимачиликда 776 та лойиҳа амалга оширилиб, 72 минг иш ўрни яратилади. Шундан 4 мингта муҳандисга талаб бор.

Лекин, бу йил муҳандислик олийгоҳларини “енгил саноат конструкцияси” йўналишида Бухорода – 86 нафар, Жиззахда – 117 нафар, Сурхондарёда – 56 нафар, Фарғонада – 126 нафар, Тошкент шаҳрида бор-йўғи 153 нафар талаба битирмоқда.

Ҳокимлар ўз ҳудудида аниқ мутахассисга шунча эҳтиёж бўла туриб, ректорлар билан ишламаётгани, олийгоҳларга буюртма бермаётгани танқид қилинди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Шу билан бирга, олийгоҳлар фундаментал тадқиқотлар ўтказиш билан чеклангани, иқтисодиёт учун амалий ишланмалар жуда камлиги кўрсатиб ўтилди.

Муҳандислик йўналишида юзлаб стартап ва инновацион лойиҳалар амалга ошмай қолиб кетаётгани қайд этилди.

Сабаби – олийгоҳ билан саноат ўртасида узилиш бор. Ректорлар корхоналарга бориб, янги технологиялар билан танишмаётгани, ускуна ва дастгоҳларни ўрганмаётгани, ҳоким ва вазирлар эса ўртада кўприк бўлиб, буни ташкиллаштирмаётгани ҳақида қатъий эътироз билдирилди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

🇺🇿 🇧🇾 Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги директори Акмал Жуманазаров раҳбарлигида жорий йилнинг 18-19 июнь кунлари Минск шаҳрида техник жиҳатдан тартибга солиш соҳасидаги ҳамкорликни ривожлантириш ва тажриба алмашиш юзасидан Беларусь давлат стандартлартириш қўмитаси (Госстандарт) ва унинг тизим ташкилотлари, МДҲ Стандартлаштириш, метрология ва сертификатлаштириш бўйича Давлатлараро кенгаши раҳбарлари билан бир қатор учрашувлар бўлиб ўтди.
 

🌐 standart.uz| Facebook | Instagram | Portal

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

METROLOGIYA SOHASIDA HAMKORLIK

🇺🇿 🇧🇾 Ayni damda O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov boshchiligida delegatsiya Belarus davlatida bo‘lib, joriy yilning 20-21 iyun kunlari Minsk shahrida bo'lib o'tadigan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo'yicha Davlatlararo kengashning 65-yig'ilishi doirasida ikkitomonlama uchrashuvlar o‘tkazmoqdalar.
📍 Jumladan Belorusiya davlat metrologiya instituti (BelGIM) bilan metrologiya sohasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


СОТРУДНИЧЕСТВО В ОБЛАСТИ МЕТРОЛОГИИ
🇧🇾🇺🇿 В настоящее время делегация во главе с директором Узбекского агентства по техническому регулированию Акмалем Жуманазаровым находится в государстве Беларусь и проводит двусторонние встречи в рамках 65-го заседания Межгосударственного совета по стандартизации, метрологии и сертификации, которое состоится в Минске 20-21 июня текущего года.
В том числе была проведена встреча по сотрудничеству в области метрологии с Белорусским государственным институтом метрологии (БелГИМ), на котором обсуждались вопросы взаимного научно-технического сотрудничества.

#UzNIM #metrology #Belgim #cooperation

🚛 nim.uz| Facebook | Instagram | Twitter | Youtube

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Какие мероприятия наметили Госстандарт и Узстандарт в рамках программы сотрудничества на 2024 – 2025 годы?

Документ включает более двух десятков мероприятий.

Для узбекских коллег особый интерес представляет опыт Беларуси
✔️ в организации работы технических комитетов по стандартизации;
✔️ создании национальных эталонов и стандартных образцов;
✔️ в сфере аккредитации;
✔️ государственного надзора за рынком;
✔️ повышения квалификации специалистов.

❗️Сегодня делегация Узстандарта ознакомилась с возможностями БелГИМ.

❗️Завтра предметный разговор продолжится на площадке БелГИСС.

✅ Встречи проходят накануне 65-го заседания Межгосударственного совета по стандартизации, метрологии и сертификации, мероприятия которого пройдут в Минске 20 – 21 июня 2024 г.

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Uxnaagiyn Xurelsuxning samarali muzokaralari yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Yetakchilar Davlatlararo munosabatlar va hamkorlik toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotni imzoladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Madaniy-gumanitar aloqalar va almashinuvlarni mustahkamlashga ham alohida eʼtibor qaratildi

▫️Eng nufuzli universitetlar oʻrtasida akademik almashinuvlarni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, grantlar asosida iqtidorli moʻgʻulistonlik talabalarni Oʻzbekistonda oʻqitishni qayta tiklash boʻyicha kelishuvga erishildi.

▫️Ikki mamlakat xalqlarini yaqinlashtirish maqsadida Gumanitar hamkorlik dasturini tayyorlash va kelgusi yilda Toshkent va Ulan-Batorda madaniyat kunlarini oʻtkazish taklif qilindi.

▫️Ikki mamlakat oʻrtasida mavjud vizasiz tartibni inobatga olgan holda, qoʻshma dasturlar va mahsulotlar asosida turizm almashinuvlarini rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.

▫️Shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sport va yoshlar sohalarida hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.

Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tayyorlash topshirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Bugun Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston yetakchilari ikki mamlakat biznes doiralari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazadi.

Ular tomonidan yangi loyiha takliflari tayyorlangan. Toshkentda ilgʻor texnologik yechimlar asosida zamonaviy diagnostika markazini ochish, yengil sanoat, raqamlashtirish, farmatsevtika sohasidagi loyihalar shular jumlasidan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Davlatimiz rahbari oʻrta muddatli Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi. Hamkorlikning bir qator yoʻnalishlari aniqlab olindi.

Bu, avvalo, geologik qidiruv, xomashyo resurslarini oʻzlashtirish va qayta ishlash sohasida hamkorlik qilish, shu jumladan, bu sohada kadrlar tayyorlashni tashkil etish.

Shuningdek, qishloq xoʻjaligi va turdosh tarmoqlarda kompleks hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi. Bu borada Qoraqalpogʻiston, Namangan va boshqa viloyatlarda yirik chorvachilik komplekslarini tashkil etish boʻyicha aniq rejalar bor.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston Prezidentlari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara oʻtkazdi

Suhbat avvalida Moʻgʻuliston Prezidenti davlatimiz rahbariga Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan kelish taklifi va koʻrsatilayotgan samimiy qabul uchun chin dildan minnatdorlik bildirdi.

Mamlakatimiz rahbari oliy martabali mehmon va rasmiy delegatsiyaning barcha aʼzolarini dildan qutlab, Moʻgʻuliston Prezidentining ilk davlat tashrifi Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston koʻp qirrali munosabatlarini rivojlantirishda yangi sahifa ochishini alohida taʼkidladi.

Muzokaralar davomida mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Minsk shahrida Ozarbayjon va Belarus texnik jihatdan tartibga solish vakillari bilan muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

🤩 Minsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashi (MGS)ning navbatdagi 65-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Ozarbayjon standartlashtirish instituti direktori Ilxom Bayramov, Ozarbayjon akkreditatsiya markazi direktori Emin Zeynalov, Ozarbayjon metrologiya instituti direktori Rovshan Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📍 Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va akkreditatsiya bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlik mexanizmni yaratish va yaqin hamkorlikni amalga oshirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi
Shu bilan birga, Belarus davlat standartlashtirish va sertifikatlashtirish instituti (BelGIM) direktori Skuratov Aleksandr Gennadevich bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston standartlar instituti va BelGIM o‘rtasida standartlarni qabul qilish va tarqatish bo‘yicha litsenziya kelishuvi imzolandi.

🌐 standart.uz| Facebook | Instagram | Portal

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Minsk shahrida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashi (MGS)ning navbatdagi 65-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

🤩 Joriy yilning 20-21 iyun kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashi (MGS)ning navbatdagi 65-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda O‘zbekiston texnik tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.
📍 Yig‘ilishda MDH ishtirokchi-davlatlarida texnik jihatdan tartibga solish, davlatlararo standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, akkreditatlash, me’yor va qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat, sifat sohasidagi yutuqlari uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mukofoti tanlovi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning o‘zaro savdo-sotiqdagi texnik to‘siqlar to‘g‘risidagi Bitim loyihasi, milliy texnik komissiyalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinadi, qarorlar qabul qilinib, tegishli Bayonnoma rasmiylashtiriladi.

🌐 standart.uz| Facebook | Instagram | Portal

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Давлатимиз раҳбари соҳани ривожлантириш учун янги ташаббусларни илгари сурди.

Техника йўналишидаги 36 та олийгоҳда ўқитиш ва илмий-тадқиқот жараёнларини илғор тажриба асосида тўлиқ ўзгартириш зарурлиги таъкидланди.

Масалан, Давлат техника университетида меҳнат бозорида талаб йўқ мутахассисликларни қисқартириш, кафедраларни бирлаштириш мумкин. Университет тўлиқ дуал таълим тизимига ўтади. Фанлар камида 30 фоизга қисқаради.

Олийгоҳдаги таълим Дрезден техника университети (Германия) ва Цукуба университети (Япония) дастурларига мослаштирилади.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Олийгоҳларда илмий фаолиятни янги босқичга олиб чиқиш лозимлиги таъкидланди.

Сўнгги тўрт йилда олийгоҳларни илмий тадқиқот учун тузган шартномалари 3 карра кўпайди. Улардан даромад 6 карра ошган.

Лекин, айрим олийгоҳлардаги илмий ишланмалар натижаларини ишлаб чиқаришга жорий этиш жуда паст. Ихтироларини патентлашда ҳам ҳамма бирдек эмас.

Кооперация ярмаркаларида олийгоҳларнинг аксарияти фақат сотиб олувчи бўлиб иштирок этаётгани, даромадни хорижий лойиҳалар ҳисобига ҳам ошириш зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Бугунги кунда бутун дунёда саноатда таннархни камайтириш масаласи жуда долзарб. Хорижий олийгоҳларда “таннарх муҳандислиги” (кост инжиниринг) деган фан бор, ҳатто кадрлар тайёрланади.

Ёки, “қиёслаш муҳандислиги” (бенчмаркинг) орқали энг яхши амалиёт ва ютуқлар таҳлил қилиниб, улардан андоза олиб, ишлаб чиқаришда жорий қилиш ўргатилади. “Қайта муҳандислик” (реверсив инжиниринг) тайёр маҳсулотни олиб, ишлаш механизмини бўлакларга бўлиб, муаллифлик ҳуқуқини бузмаган ҳолда, ўхшаш маҳсулот яратишни ўргатади.

Президент бирорта техника олийгоҳида буларга ўқитиш йўлга қўйилмаганини афсус билан қайд этди.

Оқибатда маҳаллий саноат тармоқлари катта маблағ сарфлаб, ишчиларини хорижда ўқитишга ёки четдан мутахассис олиб келишга мажбур.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Президент соҳадаги муаммо ва ечимларга тўхталиб ўтди.

Юртимизда йилига 3 мингта саноат корхонаси ишга туширилиб, уларда 150 минг атрофида иш ўрни яратилмоқда. Шундан 35 мингтаси техника йўналишида.

Ҳозирда 36 та давлат олийгоҳида ушбу йўналишда 264 минг бакалавр, 3 минг магистр ўқимоқда. Йилига 67 минг нафар талаба битирмоқда.

Лекин, техника олийгоҳларида йўналиш ва мутахассисликлар ишлаб чиқарувчилар талабларига мос эмас. Масалан, Давлат техника университетидаги 76 та бакалавр йўналишидан 45 таси, 73 та магистратура мутахассислигидан 51 таси бугунги кунда етакчи хорижий техника олийгоҳларида ўқитилмайди.

Оқибатда муҳандисларнинг 60 фоизи ўзи ўқиган йўналишида ишламаяпти.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Президент раислигида муҳандислик кадрларини тайёрлаш тизимидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди. Йиғилишда 36 та олийгоҳ ректорлари ҳам қатнашмоқда.

Давлатимиз раҳбари бугунги мураккаб вазиятда барча давлатлар ички ресурсларга таяниб, инновацияга интилаётганини қайд этди.

Мамлакатимизда ҳам сўнгги йилларда илм, таълим ва инновацияга эътибор тубдан ўзгарди.

Масалан, ўтган тўрт йилда 1 минг 727 та амалий, инновацион, фундаментал ва стартап лойиҳаларга 2,2 триллион сўм йўналтирилди. Шундан муҳандислик-техника йўналишидаги 176 та лойиҳага 152 миллиард сўм берилган.

Тадқиқот, тажриба-конструкторлик
учун харажатлар 2 баробар ўсган. Бу маблағларнинг 41 фоизи давлат улуши бор корхоналарга, 34 фоизи хусусий секторга ва 25 фоизи олийгоҳларга тўғри келган.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Минск шаҳрида  техник жиҳатдан тартибга солиш вакиллари билан муҳим учрашувлар бўлиб ўтди

🤩 Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш  агентлиги директори А.Жуманазаров раҳбарлигида жорий йилнинг 18-19 июнь кунлари  Минск шаҳрида  техник жиҳатдан тартибга солиш соҳасидаги ҳамкорликни ривожлантириш ва тажриба алмашиш юзасидан Беларусь  давлат стандартлартириш қўмитаси (Госстандарт) ва унинг тизим ташкилотлари, МДҲ Стандартлаштириш, метрология ва сертификатлаштириш бўйича Давлатлараро кенгаши  раҳбарлари билан бир қатор учрашувлар бўлиб ўтди.
ℹ️ Беларусь  давлат стандартлартириш қўмитаси (Госстандарт)  раиси МОРГУНОВА Елена Михайловна  билан учрашувда техник тартибга солиш, давлат назорати, стандартлаштириш, метрология ва мувофиқликни баҳолаш соҳасида ҳамкорлик кўламини кенгайтириш,  халқаро стандартларни жорий этиш, савдодаги техник тўсиқларни бартараф  этиш, кадрлар тайёрлаш масалалари муҳокама қилинди.
Бунда стандартлаштириш ва метрология бўйича минтақавий ва халқаро ташкилотлар доирасидаги мулоқотни мустаҳкамлашга томонларнинг интилиши қатъий экани таъкидланди.
📍 Ўзбекистон ва Беларусь Республикаси Президентларининг товар айирбошлаш ҳажмини яқин йилларда 1 миллиард доллардан зиёдга етказиш вазифасини қўйганлигини инобатга олиб, савдодаги техник тўсиқларни бартараф этиш юзасидан тегишли ишлар олиб боришга келишиб олинди.
Беларусь  давлат стандартлартириш қўмитаси ва унинг хузуридаги тизим ташкилотлар фаолияти ўрганилди ва соха йўналишида тажриба алмашилди.
Учрашув якуни бўйича Беларусь  давлат стандартлартириш қўмитаси ва Ўзбекистон техник тартибга солиш агентлиги ўртасида 2024-2025 йилларга мўлжалланган Ҳамкорлик дастури имзоланди.
МДҲ Стандартлаштириш, метрология ва сертификатлаштириш бўйича Давлатлараро кенгаши (МГС), Стандартлаштириш бюроси директори Черняк Владимир Николаевич билан учрашув бўлиб ўтди. В.Черняк Ўзбекистон мутахассислари МГСнинг “Энг яхши метролог 2024” танловида фаол иштирок этганлигини эътироф этди.
Ҳамкорликнинг устувор соҳалари белгилаб олинди.

🌐 standart.uz| Facebook | Instagram | Portal

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

🇧🇾🇺🇿 18 июня 2024 г. прошла рабочая встреча председателя Госстандарта Беларуси Елены Моргуновой и директора Узбекского агентства по техническому регулированию Акмала Жуманазарова.

📈 В ходе мероприятия были обозначены точки взаимодействия в сферах технического регулирования и стандартизации, метрологии, оценки соответствия, аккредитации и госнадзора.

📌 Итогом стало подписание программы сотрудничества между Узбекским агентством по техническому регулированию и Государственным комитетом по стандартизации Республики Беларусь на 2024 – 2025 гг.

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi

Tabrik matni: https://uza.uz/posts/608228

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал