Айни пайтда Президент Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг сайловдан кейинги биринчи мажлисида нутқ сўзламоқда.
Давлатимиз раҳбари сўзининг аввалида Олий Мажлис Қонунчилик палатасига сайловда депутат деган шарафли номга сазовор бўлганларни табриклади.
Бу юксак ишонч уларнинг бой билими ва ҳаётий тажрибаси, эл-юртимиз фаровонлиги йўлида қилаётган фидойи меҳнатига нисбатан халқимизнинг улкан ҳурмат ва эҳтироми ифодаси экани таъкидланди.
Ҳар қандай сайлов давлат ва жамият учун муҳим сиёсий жараён. Айниқса, жаҳондаги бугунги кескин ва таҳликали вазиятда бундай умумхалқ тадбирларини ўтказиш янада катта масъулият талаб этади. Турли минтақаларда уруш ва жанжаллар, қарама-қаршилик ва зиддиятлар авж олиб бормоқда.
Ана шундай ғоят мураккаб даврда сайловларни осойишталик шароитида, эмин-эркин ўтказганимиз юртимизда ҳукм сураётган тинчлик ва барқарорликдан далолат беради. Президент барчамиз бу бебаҳо бойлигимизни кўз қорачиғидек асраб-авайлашимиз ва мустаҳкамлашимиз кераклигини қайд этди.
Хорижий ташкилотлар ва кузатувчилар ҳам бўлиб ўтган сайлов жараёнлари халқаро стандартларга тўла мос ҳолда ўтганини эътироф этиб, уларга юқори баҳо бергани таъкидланди.
Facebook|Instagram|X
🇺🇿 Bayroq — hurlik timsoli, tinchlik va ezgulik ramzi!
Milliy davlatchiligimiz tarixining barcha davrlarida davlat ramzlari, xususan, bayroq Vatan timsoli sifatida muqaddas sanalgan. Bugun ham vatan bayrogʻi deganda, koʻz oldimizda butun bir mamlakatning timsoli, jahonning siyosiy-ijtimoiy xaritasidagi qiyofasi gavdalanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan. Bu yil milliy g‘ururimiz timsoli qabul qilinganligiga 33 yil to‘ldi.
Musaffo osmonimiz uzra bayrog‘imiz hamisha hilpirab tursin, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
✅ "Sifat haftaligi" doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari, ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida press-tur tashkil etildi.
#Surxondaryo_MTRK
#Diyor_yangiliklari
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Korxonalarning sohaga oid muammolari o‘rganildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi "KARAKALPAK BASALTWOOL" masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda Xo‘jayli tumanida faoliyat yurituvchi "CAPITAL UNITED PARTNERS" masʼuliyati cheklangan jamiyatida oʻrganish olib borildi.
#SIFAT_TARAFDORIMIZ
🗓14-noyabr — BUTUNJAHON SIFAT KUNI
Dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida nishonlanadigan ushbu tadbirning asosiy maqsadi jamiyatning sifat haqida xabardorligini oshirish orqali mamlakatlar iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishdan iborat.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Sifat kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Agentlik direktori Akmal Jumanazarov barcha ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatish korxonalari sifat va menejment tizimlariga asosiy e’tiborini qaratishi raqobatbardosh boʻlish bilan birga uning brendi, xalqaro miqyosdagi oʻrni va obroʻsini oshirishga bevosita xizmat qilishini ta’kidlab, barchani sifat bayrami bilan samimiy tabrikladi.
Tadbir doirasida mahsulotlarning sifatini ta’minlash orqali yurtdoshlarimizning salomatligi, isteʼmolchilarning farovon hayotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh soha fidoyilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) Bosh Assambleya yigʻilishiga start berildi
Joriy yilning 13-noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida SMIICning navbatdagi 19-Bosh Assambleya yigʻilishi o‘z ishini boshladi. 40 dan ortiq aʼzo davlatlar qatorida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligidagi delegatsiya vakillari ham mazkur xalqaro tadbirda ishtirok etmoqda.
🇺🇿🇪🇬🇮🇷 Istanbul shahrida Misr va Eron standartlashtirish tashkilotlari bilan muhim uchrashuvlar oʻtkazildi
Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtayotgan Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) Bosh Assambleya yigʻilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Misr standartlashtirish va sifat tashkiloti (EOS), Eron milliy standartlashtirish tashkiloti (INSO) vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Sohaviy fuqarolik jamiyati instituti vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi "Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PF-124-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv oʻtkazdi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Davlatimiz rahbari amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga keldi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
🇺🇿 Oʻzbekiston Xalqaro Elektorotexnika Qoʻmitasi (IEC)ning texnik qoʻmitalariga doimiy aʼzo boʻldi
Shotlandiyaning Edinburg shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro Elektrotexnika Qoʻmitasi (IEC)ning 88-Bosh Assambleya yigʻilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va IEC oʻrtasida Oʻzbekistonni IECning 4 ta texnik qoʻmitasiga doimiy aʼzo (P-Member) qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazilgan edi.
IECning tegishli qaroriga koʻra, endilikda Oʻzbekiston IECning 4 ta texnik qoʻmitasiga doimiy aʼzo (P-Member) boʻldi.
Oliy maqsad, aniq reja, qat’iy qaror hamda kuchli ishonch
☀️ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida psixolog Zebuniso Nur bilan agentlikda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 21 dekabrdagi PQ-401-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Oliy maqsad, aniq reja, qatʼiy qaror hamda kuchli ishonch” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
✨ Xotin-qizlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan mazkur uchrashuvda mehmon Zebuniso Nur tomonidan bugungi kunda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida bir qancha samarali ishlar amalga oshirilayotganligi, oilaviy munosabatlar, shaxsiy rivojlanish, baxtli hayot va buning uchun o‘z oldiga qo‘ygan oliy maqsad, aniq reja, qat’iy qaror, kuchli ishonch, kerakli bilim, doimiy intizom hamda munosib mehnat kabi mavzularda ma’lumotlar berildi.
✔️ Davra suhbatida ishtirokchilar o‘zining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
♦️ O‘zbekiston milliy matbuot markazida O‘zbekiston milliy metrologiya institutining matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
✅ Mavzu: O‘zbekiston metrologiyasi: raqamlashtirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar
Бироздан сўнг Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг янги таркибдаги биринчи мажлиси бошланади. Унда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этади ва нутқ сўзлайди.
—
Скоро начнется первое заседание Законодательной палаты Олий Мажлиса в новом составе. В нем примет участие и выступит Президент Шавкат Мирзиёев.
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
"Kaizen" tizimi bo‘yicha texnik o‘qish tashkil qilindi
Oʻzbekistonda texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali xodimlariga "Kaizen” tizimi talablari toʻgʻrisidagi mavzuda texnik oʻquv oʻtkazildi.🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube Читать полностью…
Mashg‘ulotlar filial bosh mutaxassisi, sifat tizimlari boʻyicha masʼul xodim Sharof Tursunov tomonidan oʻtkazilib, xodimlarga atroflicha maʼlumotlar taqdim etildi.
"Kaizen" tushunchasi nimani anglatishi, uning afzalliklari va mohiyati, ilk bor qaysi davlatda va kim tomonidan taqdim etilgani, uning maqsadi va vazifalari, asosiy tamoyillari, hayotda ishlatilishi misollar orqali tushuntirib berildi.
Xodimlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarilib, ushbu yoʻnalishning keng qamrovda ekanligi, shu tartibdagi oʻquv-oʻrganish ishlarini kelgusida ham oʻtkazilishiga kelishib olindi.
https://uza.uz/uz/posts/mahsulot-sifati-mamlakatni-barqaror-yuksalishga-undaydi_656225
Читать полностью…✅Mahsulot sifatini nazorat qilish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi hamda "Korzinka" savdo tarmog‘i o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur kelishuvning asosiy maqsadi — tovarlar sifatini nazorat qilish va sertifikatlashda yanada yuqori darajaga erishishdir.
🇺🇿🇸🇦🇶🇦 Istanbul shahrida Saudiya Arabistoni va Qatar standartlashtirish tashkilotlari bilan muhim uchrashuvlar boʻlib o‘tdi
Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtayotgan Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) Bosh Assambleya yigʻilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Saudiya standartlar, metrologiya va sifat tashkiloti (SASO), Qatar standartlashtirish tashkiloti (QS) delagatsiyasi vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxati tasdiqlandi
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi" to‘g‘risidagi qonuni:
➖ davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
➖ davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga;
➖ davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etilishi belgilangan.
Davlat rahbarining PQ-210-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxati tasdiqlandi.
Davlat organlari va tashkilotlari qonunchilikka muvofiq qayta tashkil etilgan, nomi o‘zgargan yoki yangidan tashkil qilingan taqdirda, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ro‘yxatga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib boriladi.
🇹🇷🇺🇿 Istanbul shahridagi İskefe Holding sinov laboratoriyasi faoliyati oʻrganildi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligidagi delegatsiya Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtayotgan Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) Bosh Assambleya yigʻilishida ishtirok etmoqda.
Tadbir doirasida İskefe Holding sinov laboratoriya vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi va faoliyati oʻrganildi. Oziq-ovqat, teri mahsulotlari, oʻyinchoqlar sinovida foydalaniyotgan xalqaro va Yevropa standartlari, import mahsulotlariga qoʻyilgan talablar va sohada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakuniga koʻra, İskefe Holding sinov laboratoriyasi bilan mahsulotlar sinovi va kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik koʻlamini kengaytirish, seminar-trening va amaliyotlar tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyod shahriga amaliy tashrif doirasida Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi.
Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi doirasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, eng avvalo, Oʻzbekistonda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
▫️Joriy yil yakuni bilan yurtimizga Saudiya Arabistoni kompaniyalarining qariyb 2,5 milliard dollarlik investitsiyalari jalb etilishi kutilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyod shahrida oʻtkazilayotgan navbatdan tashqari arab-islom sammiti doirasida Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saudni qabul qildi.
Qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va “yashil” energetika sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekistonda mahalliylashtirish va korxonalar energiya samaradorligini oshirish jarayonlariga Saudiya Arabistoni kompaniyalari va maslahatchilarini jalb etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Sanoat korxonalarning mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqishga eʼtibor qaratilmoqda
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Toshkent shahri Yangihayot tumanida faoliyat yurituvchi "ALMERRO GROUP", "VERA MODERN ELECTRICAL" hamda "Perfect Leader Electrical" masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur sanoat korxonalarida mahsulotlarni ishlab chiqarish, sinovdan o‘tkazish, sertifikatlashtirish va eksportga yo‘naltirish masalalariga oid muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, jarayon davomida korxonalarga xalqaro standartlar asosida milliy standartlar ishlab chiqish, CE markirovkasini joriy etish hamda bu orqali milliy mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishib olindi.
#hafta_dayjesti
🟢 HAFTANING ENG MUHIM VOQEALARI:
➡️Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi (CATARC) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
➡️Oʻzbekiston–Janubiy Koreya: hamkorlik munosabatlarining yangi bosqichi
➡️Milliy texnik qo‘mitalar faoliyatini jadallashtirish va Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) doirasida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
➡️Oʻzbekiston Xalqaro Elektorotexnika Qoʻmitasi (IEC)ning texnik qoʻmitalariga doimiy aʼzo boʻldi
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Mening kasbim – mening faxrim!
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida 11-noyabr O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakillari, kasaba uyushma faollari hamda Agentlik va tizim tashkilotlarining mehnatkash xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida vatanimiz taraqqiyoti va uning qudratini yuksaltirish yo‘lidagi ishlarda faol ishtirok etayotgan, sohani rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar taqdirlanib, ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Sanoat korxonalariga amaliy yordam koʻrsatilmoqda
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Qoraqalpogʻiston filiali xodimlari Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan "POLYMER NUKUS" MCHJ korxonasida boʻlib, polietilen quvur mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube Читать полностью…
Korxona rahbariyati va vakillari bilan muzakoralar oʻtkazilib, ishlab chiqarishda standart talablariga toʻliq javob bera oladigan xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarish, laboratoriya sinovidan oʻtkazish, sifatni boshqarish tizimini joriy etish va sohamizga oid boshqa masalalar yuzasidan tegishli tushunchalar berildi.
Hozirgi vaqtda filialning sertifikatlashtirish boʻlimi tomonidan mazkur korxonada ishlab chiqarilayotgan polietilen quvur mahsulotlariga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish jarayoni olib borilmoqda.
Korxona GOST 18599-2001 "Трубы напорные из полиэтилена" davlatlararo standarti bilan taʼminlandi.
Milliy texnik qo‘mitalar faoliyatini jadallashtirish va Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) doirasida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov "Milliy texnik qo‘mitalar faoliyatini jadallashtirish, Xalqaro elektrotexnika komissiyasining texnik qo‘mitalaridagi ishtirokini faollashtirish" mavzusidagi yig‘ilishda ishtirok etdi.
Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar va manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrining namunaviy shakllari tasdiqlandi
📁Unga ko‘ra davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarda quyidagi namunaviy shakllar asosida hujjatlar to‘ldiriladi va yuritiladi:
➖mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma;
➖xodimning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi;
➖aloqador shaxslarning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi.
Manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestri:
➖mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimida manfaatlar to‘qnashuvi holati vujudga kelganda ushbu xodim tomonidan;
➖ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya xodim ishga qabul qilinayotganda, boshqa ishga o‘tkazilayotganda va yil yakuniga ko‘ra xodim tomonidan;
➖aloqador shaxslarning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya xodimga aloqador shaxslar tomonidan to‘ldiriladi.
Mavjud va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi Manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestriga kiritiladi.
🔎Ushbu namunaviy shakllar davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarda manfaatlar to‘qnashuviga oid yuqoridagi hujjatlarning to‘ldirilishi va yuritilishi bo‘yicha bir xil yondashuv va amaliyotni joriy etishni ko‘zda tutadi.
🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube