uzstandardchannel | Неотсортированное

Telegram-канал uzstandardchannel - Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

1393

Veb-sayt: www.standart.uz Facebook: www.fb.com/uzstandard Instagram: www.instagram.com/uzstandard Twitter: twitter.com/Uzstandard Youtube bit.ly/3kbWQa0 Oʻzingizni qiziqtirgan savollarga tez va toʻliq malumot olishingiz mumkin @uzstandartga_savollar_bot

Подписаться на канал

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

🇺🇿🇦🇿 Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida texnik tartibga solish sohasida hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Ozarbayjon standartlar instituti (AZSTANDART) direktori Ilhom Bayramov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil👈

🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Axborot 24 | Standartlashtirish sohasida xalqaro hamkorlik
#16oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Standartlashtirish – sifatli mahsulot va xavfsiz hayot asosi

🟪 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlari Qashqadaryo filiallari hamda Qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti hamkorligida 14 oktabr – Xalqaro standartlar kuniga bag‘ishlangan “Standartlashtirish – sifatli mahsulot va xavfsiz hayot asosi” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
🟪 Mazkur seminarda texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalaridagi islohatlar, erishilgan yutuqlar, dolzarb muammolar va ularning yechimlari haqida soʻz yuritildi. Tadbirda ishtirokchilar hamda talaba yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.


#Butunjahon_standartlar_kuni

📱 standart.uz 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

"Yil standartchisi" va "Sifat sohasidagi mukofot" g‘oliblari aniqlandi

Butunjahon standartlar kuni munosabati bilan respublikamizda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifati va raqobatbardoshligini oshirish, standart talablariga rioya etgan holda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkor va mutaxassislarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

"Yil standartchisi" hamda "Sifat sohasidagi mukofot" taqdirlash marosimida nomzodlar orasidan g‘olib deb topilgan mukofot sohiblariga ramziy statuetka va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Umumiy qiymati 2 milliard dollarlik 9 ta loyiha

Yangiyo‘l tumanida Toshkent viloyatidagi muhim loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsilhttps://uza.uz/posts/645381

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Toshkent viloyatida 26 milliard dollarlik loyihalar rejalashtirilgan

Toshkent viloyatida 2024-2026-yillar uchun jami 26 milliard dollarlik 125 ta loyiha rejalashtirilgan. Ularning 21 tasi strategik, 52 tasi tarmoq, 52 tasi hudud loyihalaridir. Bu tashabbuslar natijasida 42 mingta ish oʻrni yaratilishi moʻljallangan.

Davlatimiz rahbariga umumiy qiymati 3,4 milliard dollar boʻlgan 11 loyiha taqdimot qilindi.

Ularga Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Ozarbayjon kabi mamlakatlar kompaniyalari va mahalliy tadbirkorlar investitsiya kiritmoqda. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, tibbiyot, elektrotexnika, energetika, qurilish materiallari, geologiya, xizmat koʻrsatish va boshqa tarmoqlardagi bu loyihalarda 23 mingta ish oʻrni yaratiladi.

Prezidentimiz investorlar uchun barcha sharoitlarni yaratish, loyihalarning har bir bosqichini nazorat qilib, masalalarini hal etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

🔴#live

STANDARTLASHTIRISH – BARQAROR TARAQQIYOT UCHUN: XALQARO MULOQOT VA INNOVATSION YECHIMLAR

Butunjahon standartlar kuni munosabati bilan Standartlashtirish ilmiy-texnik komissiyasi (NTKS)ning 68-yigʻilishi, Davlatlararo texnik qoʻmitalar ishchi guruhi(RG MTK)ning 14-yigʻilishi doirasida "Standartlashtirish – barqaror taraqqiyot uchun: xalqaro muloqot va innovatsion yechimlar" xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda standartlashtirishga doir ilmiy yo‘nalishda xalqaro ekspertlar tomonidan maʼruzalar qilinmoqda.

___

СТАНДАРТИЗАЦИЯ – ДЛЯ УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ: МЕЖДУНАРОДНЫЙ ДИАЛОГ И ИННОВАЦИОННЫЕ РЕШЕНИЯ

По случаю Всемирного дня стандартов в рамках 68-го заседания Научно-технической комиссии по стандартизации (НТКС), 14-го заседания Рабочей группы Межгосударственных технических комитетов (РГ МТК) проходит международная научно-техническая конференция “Стандартизация – для устойчивого развития: международный диалог и инновационные решения".

На данном мероприятии, организованном по инициативе Узбекского агентства по техническому регулированию, международные эксперты выступают с докладами по научному направлению стандартизации.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

🇺🇿🇷🇺 Rossiya standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish akademiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan Standartlashtirish ilmiy-texnik komissiyasi (NTKS)ning 68-yigʻilishi hamda Davlatlararo texnik qoʻmitalar ishchi guruhi (RG MTK)ning 14-yigʻilishi doirasida "Rosstandart" agentligi huzuridagi Rossiya Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish akademiyasi rektori Zajigalkin Aleksandr Vladimirovich va direktor Korneyev Dmitriy Vladislavovich bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda sohada sifat va samarani taʼminlash uchun zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, xalqaro standartlar asosida ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish masalasi muhokama qilindi.

Yakunda tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrishga sobit ekanliklarini bildirdilar.

🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi chogʻida Yangiyoʻl tumanidagi “Tinchlik” kichik sanoat zonasida boʻlib, qator korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

Bu yerga qurilish materiallari, yengil sanoat, oziq-ovqat tarmoqlarida oʻn beshta loyiha joylashtirilgan. Shundan oʻntasi ishga tushirilgan. Ularda oʻtgan yili 295 milliard soʻmlik import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Joriy yil yakunlari boʻyicha bu raqamni qariyb ikki baravarga koʻpaytirish maqsad qilingan. Hozircha bu korxonalarda 1 ming 500 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Barcha loyihalar ishga tushsa, bandlik yana ortadi.

“Enter Steel” korxonasida metall konstruksiyalar, yuqori bosimga chidamli rezervuarlar, yuk koʻtaruvchi kranlar, burgʻulash uskunalari, payvandlash elektrodlari, metall eshik, elektr qutilar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

Davlatimiz rahbari korxonaning ish jarayonini koʻzdan kechirdi, bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar koʻrgazmasi bilan tanishdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Oʻzbekiston Prezidenti Eron Prezidenti bilan uchrashdi

Ashxobod shahridagi xalqaro forum doirasida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston bilan Eron oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga tashrifi doirasida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Davlatimiz rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni shoir va mutafakkir Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300-yilligiga bagʻishlangan xalqaro forum yuksak darajada oʻtkazilgani bilan samimiy muborakbod etdi.

Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham koʻrib chiqdilar.

Davlatimiz rahbari Turkman xalqining milliy yetakchisiga Maxtumqulining oʻzbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari toʻplamini sovgʻa qildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

O‘zMMI xodimlari xalqaro anjumanda ishtirok etishdi

Joriy yil 7-11 oktyabr kunlari Krasnodarda (Rossiya) “Sanoatda metrologiya” ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda O‘zMMI xodimlari ham ishtirok etishdi.
🩷 R.Valiyev ochilish marosimida ishtirok etib, O‘zMMI direktori – COOMЕT prezidenti L.Saidoripovni so‘zlarini ommaga yetkazdi, shuningdek, A.Ergashev O‘zbekistondagi metrologiyaning hozirgi holati va istiqbolli rejalari to‘g‘risida ma’ruza qildi.
🔘 Anjumanda asosan qonunlashtiruvchi metrologiya, soha normativ-huquqiy hujjatlari hamda iqtisodiyotni raqamlashtirishda metrologiyaning o‘rni mavzu va yo‘nalishlari muhokama qilindi, ma’ruzalar tinglandi.


___


Сотрудники УзНИМ приняли участие в международной конференции

7-11 октября текущего года в Краснодаре (Россия) прошла научно-практическая конференция «Метрология в промышленности». На конференции также приняли участие сотрудники УзНИМ.
🔵 Р.Валиев участвуя на открытии, передал слова директора УзНИМ – президента КООМЕТ Л.Саидорипова, кроме этого, А.Эргашев сделал доклад про текущее состояние метрологии в Узбекистане и перспективных планах развития.
🔘 На конференции были доклады и обсуждения на тему законодательной метрологии, нормативно-правовых актах сферы а также роли метрологии в цифровизации экономики.


#️⃣ #COOMET #UzNIM #wearecoomet #VNIIMS #ROSSTANDART

📱 standart.uz 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Ахborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ishlar va rejalar bilan tanishdi
#10oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Президент Шавкат Мирзиёев техник жиҳатдан тартибга солиш соҳасидаги ишлар ва режалар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с проводимой работой и планами в сфере технического регулирования.

#Mirziyoyev #taqdimot #standartlashtirish #laboratoriyalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

🇺🇿🇱🇻 Latviyaning Oʻzbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Latviya Favqulodda va muxtor elchisi Reynis Troksh bilan uchrashdi.

👉Batafsil👈

🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

https://uza.uz/uz/posts/yil-standartchisi-va-sifat-sohasidagi-mukofot-goliblari-aniqlandi_646170

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Davlatlararo texnik qo‘mitalar ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, Toshkent shahridagi "Hilton" mehmonxonasida o‘tkazilgan Davlatlararo texnik qo‘mitalar ishchi guruhining (RG MTK) navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov ishtirok etdi.

Mazkur yig‘ilish doirasida MTK 51 "Konstruktorlik hujjatlari tizimi, MTK 65 "Mahsulotlarni ishlab chiqarishga qo‘yish va ishlab chiqarish" davlatlararo texnik qo‘mitalari birlashtirilgan masalalari hamda MTK 515 "Putur yetkazmasdan tekshirish" davlatlararo texnik qo‘mitasi faoliyati samaradorligini baholash natijalari keng miqyosda muhokama qilindi.

🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

https://uza.uz/uz/posts/ozbekistonda-yil-yakuniga-qadar-660-ta-xalqaro-va-evropa-standartlari-zhoriy-qilinishi-rezhalashtirilgan_645647

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida qurilishi yakunlangan obyektlarni ishga tushirdi va yangilariga start berdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Prezident Toshkent viloyatida faoliyat boshlamoqchi boʻlgan investorlar bilan suhbatlashdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Davlatimiz rahbari Yangiyoʻl tumanidagi “Mesal Water Technologies” korxonasini koʻzdan kechirdi.

“Toshkent viloyati ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasining 3-bosqichi doirasida Chirchiq, Olmaliq, Angren va Bekoboddagi inshootlar rekonstruksiya qilinmoqda.

“Mesal Water Technologies” korxonasida shu kabi suv tozalash inshootlari uchun oʻttizdan ortiq maxsus qurilma va uskunalar ishlab chiqarilmoqda.

Loyihaga 1,7 million dollar mablagʻ yoʻnaltirilib, Xitoy, Germaniya va Turkiyadan keltirilgan energiya tejamkor texnologiyalar oʻrnatilgan. Korxona xalqaro sertifikatlarga ega. 50 kishi ish bilan taʼminlangan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Butun jahon standartlar kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma o’z ishini boshladi

🔵 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi” bo‘lib o‘tmoqda.
Butun jahon standartlar kuni munosabati bilan Standartlashtirish ilmiy-texnik komissiyasining 68-yig‘ilishi, Davlatlararo texnik qo‘mitalar ishchi guruhining 14-yig‘ilishi hamda ilmiy amaliy konferensiya doirasida tashkil etilayotgan mazkur ko‘rgazmada 21 ta oliy ta’lim muassasalari hamda 12 ta korxona va tashkilotlar 107 dona ishlanmalar bilan ishtirok etmoqda.
Shuningdek, ko‘rgazma 300 dan ortiq sinov laboratoriyalari va sanoat tarmoqlari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda sinov uskunalarini ishlab chiqishni oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda mahalliylashtirish va milliy etalonlarni yaratishda ajoyib imkoniyatdir.

___

Выставка, посвящённая Всемирному дню стандартов, начала свою работу

🔵 По инициативе Узбекского агентства по техническому регулированию проводится “Выставка инновационных идей и разработок в области стандартизации, метрологии и оценки соответствия”.
На этой выставке, организованной в рамках 68-го заседания Научно-технической комиссии по стандартизации, 14-го заседания Рабочей группы Межгосударственных технических комитетов и научно-практической конференции по случаю Всемирного дня стандартов, принимают участие 21 высшее учебное заведение и 12 предприятий и организаций со 107 разработками.
Выставка также предоставляет прекрасную возможность поближе познакомиться с деятельностью более 300 испытательных лабораторий и промышленных отраслей, а также локализовать разработку испытательного оборудования и создание национальных эталонов в сотрудничестве с высшими учебными заведениями.


#МГС #выставка #Butunjahon_standartlar_kuni

📱 standart.uz 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 YouTube

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Jahonda standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solishning holati va rivojlanish istiqbollari

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida Innovatsion rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda "Jahonda standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solishning holati va rivojlanish istiqbollari" mavzusida II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Mazkur konferensiyada O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov "Standartlashtirishda metrologik ko‘mak" mavzusida ma’ruza qilib, texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, muammolar va ularning yechimi to‘g‘risida alohida to‘xtaldi.

Anjumanda AQSH, Norvegiya, Rossiya, Belarussiya, Ozarbayjon hamda Qirg‘iziston davlatlari vakillari ishtirok etib, texnik tartibga solish va standartlashtirish sohasidagi yetakchi olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari tahlil qilindi va tadqiqotlar natijalari muhokama markazida bo‘ldi.

🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Kichik sanoat zonasidagi korxonalarga amaliy yordam ko’rsatildi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Sanoatni rivojlantirish texnik siyosatini amalga oshirish va eksportga koʻmaklashish boshqarmasi mas’ullari tomonidan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan kichik sanoat zonasidagi "Aluminium system, "Twin stone", "Sof techno", "Royal Plast industry" hamda "MQ Textile" masʼuliyati cheklangan jamiyatida o‘rganish olib borildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida sanoat korxonalarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi mavjud muammolarining yechimi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, GSP+ tizimi doirasida mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish afzalliklari xususida korxonalar vakillariga ma’lumotlar taqdim etilib, hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishib olindi.

🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov uchrashuv oʻtkazdilar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Buxoroda grant loyiha ishga tushirilmoqda

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali tomonidan "Buxoro viloyatida xalqaro standartlar talablari asosida oʻlchash vositalariga metrologik xizmat koʻrsatish tizimini yaratish" nomli maqsadli grant loyihani amalga oshirish borasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilmoqda.

👉Batafsil👈

🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Xalqaro forumda yurtimiz vakillari "Yil standartchisi" mukofotini qo‘lga kiritdi

Maʼlumki, har yili barcha mamlakatlarda 14-oktyabr Butunjahon standartlar kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan bu yil Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 9—11-oktyabr kunlari "Rossiya standartlashtirish haftaligi" doirasida Xalqaro texnologiyalar forumi boʻlib oʻtmoqda.

👉Batafsil👈

🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Ахборот 24 | Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с отчетом о проводимой работе и планах в сфере технического регулирования
#10oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Sanoat korxonalari mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqishga eʼtibor qaratilmoqda

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi "ALP TEXNO SERVIS", "SULTON TEX GROUP", "TAT COLA", "ALPTOM" hamda "ASIA GOLDEN OIL" masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqinda tanishdi.

Mazkur sanoat korxonalarida mahsulotlarni ishlab chiqarish, sinovdan o‘tkazish, sertifikatlashtirish va eksportga yo‘naltirish masalalariga oid muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan hududiy filial masʼullariga ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, jarayon davomida korxonalarga CE markirovkasini olish hamda xalqaro standartlarni joriy etish orqali milliy mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishib olindi.

🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал

Mahalliy sanoat korxonalari faoliyatini Jahon savdo tashkiloti (WTO) qoidalariga moslashtirish bo‘yicha seminar-trening tashkil qilindi

2024-yil 30-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PF–132-son Farmoni ijrosi yuzasidan mahalliy sanoat korxonalari faoliyatini Jahon savdo tashkiloti (WTO) qoidalariga moslashtirish va ishlashga o‘rgatish maqsadida onlayn seminar-trening tashkil etildi.

Tajribali ekspertlar tomonidan 40 dan ziyod mahalliy sanoat tarmoqlari xodimlariga Savdodagi texnik to‘siqlar to‘g‘risidagi bitim, Standartlar instituti tuzilmasida Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha axborot markazi, E-ping tizimi, qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirish va besh tamoyil bo‘yicha to‘laqonli ma’lumotlar berildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал