uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28309

Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal: @uza_uz Sayt: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha axborot berildi

▫️Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasida 1 ming 65 megavattli ikkita bug‘-gaz qurilmasi, Sirdaryoda 1 ming 573 megavattli issiqlik elektr stansiyasi barpo etilmoqda. Ularning jami quvvati yiliga 20 milliard kilovatt-soat bo‘ladi.

▫️Bu yil Toshkent, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida jami 162 megavattli yangi gidro elektr stansiyalar ishga tushiriladi. Ularda yiliga 648 million kilovatt-soat elektr ishlab chiqariladi. Bular, avvalo, xalqimiz ehtiyoji va o‘sib borayotgan iqtisodiyot uchun qo‘shimcha quvvat bo‘ladi.

▫️Ayni paytda tegishli tarmoq va podstansiyalarni ta’mirlash ishlari ham boshlangan. Issiqlik stansiyalari barqaror ishlashi uchun zarur yoqilg‘i, butlovchi va ehtiyot qismlar zaxiralari shakllantirilmoqda.

Kanalga ulanish:
 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 22-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 603,52 soʻm (+ 25,31)
1 EUR 14 676,80 soʻm (+ 43,31)
1 RUB 160,94 soʻm (+ 0,63)

Kanalga ulanish:
 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Qirg‘iz Respublikasida sodir bo‘lgan 4 ballik zilzila kuchi O‘zbekiston Respublikasining Andijon viloyati hududida sezildi:

▫️Xonobod tumanida 2-3 ball;
▫️Qo‘rgontepa tumanida 2 ball.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Toshkent viloyatida noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, 21 yoshli va 43 yoshli ikki nafar ishsiz fuqaro noqonuniy diniy o‘qish tashkil qilganliklari fosh etildi.

Jumladan, 21 yoshli fuqaro Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan xonadonlardan birida 31 nafar bolalarga, 43 yoshli fuqaro esa Toshkent tumanidagi xonadonlardan birida 12 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq bergan.

Noqonuniy faoliyat yuritgan mazkur shaxslar hamda bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan qonunlarda belgilangan tartibda jazo tayinlandi.


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Magistratura ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat granti

4-yillik davrda oliy ta’lim tashkilotlariga magistraturaning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari

▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 10 784 ta.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha davlat granti tasdiqlandi

Prezident farmoyishi (PF–43-son, 18.07.2025 y.) bilan 2025/2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Bunda:

🔹 bakalavriat bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

▪️ 2025/2026 o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027 o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028 o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029 o‘quv yili uchun – 36 761 ta.

🔹 magistratura bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

▪️ 2025/2026 o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026/2027 o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027/2028 o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028/2029 o‘quv yili uchun – 10 784 ta.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:

🔸 respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

🔸 davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;

🔸 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Toshkent shahar Yunusobod tumanida 5 kg. 370 gramm giyohvandlik vositasi savdosining oldi olindi

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 21-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 578,21 soʻm (– 79,98)
1 EUR 14 633,49 soʻm (– 38,62)
1 RUB 160,31 soʻm (– 1,13)

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Qirg‘izistondan 5,2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qirg‘iz Respublikasidan "Vodil avto" chegara bojxona posti orqali Farg‘ona viloyati hududiga o‘tgan vaqtida Andijon shahrida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda tekshirildi.

Natijada, ushbu shaxs egnidagi kiyimlari ostiga yashirgan holda, jami 859 dona zargarlik buyumlari va 1 dona qo‘l soatini qo‘shni davlatdan olib kelganligi aniqlandi.

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, kimyoviy tarkibi oltin hisoblangan, brilliant toshlari bilan bezak berilgan mazkur zargarlik buyumlarining sof og‘irligi 4 kg. 155 gr. bo‘lib, umumiy bahosi 5 mlrd 213 mln so‘mni tashkil etadi.

Aniqlanishicha, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi 10 nafarga yaqin savdogarlar tomonidan Turkiya davlatidan Qirg‘iz Respublikasiga olib kelingan ushbu zargarlik buyumlarini mazkur shaxs 400 AQSH dollari xizmat haqi evaziga chegara bojxona postidan o‘tkazib berishi kerak bo‘lgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ushbu qimmatbaho buyumlar egalarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimi takomillashtiriladi

Hukumat qarori (446-son, 16.07.2025 y.) bilan "2025–2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish" konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiya respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish bosqichlarini belgilaydi.

Konsepsiyaga ko‘ra, ichki nazorat tizimini rivojlantirish quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
▫️nazorat muhitining yaxlit tizimini shakllantirish;
▫️xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish;
▫️nazorat jarayonlarining natijadorligini oshirish;
▫️axborot va kommunikatsiya tizimini takomillashtirish;
▫️ichki nazorat tizimini doimiy monitoring qilish hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlash.

Ushbu ustuvor yo‘nalishlarini quyidagi mexanizmlar orqali amalga oshirish lozim:

▫️ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida qonunchilik asoslarini takomillashtirish;

▫️ichki nazorat tizimini tashkil etishni yanada rivojlantirish;

▫️xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Unga koʻra, nafaqa O‘zbekiston Respublikasidagi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tayinlanadi.

2025-yil 1-sentyabrga qadar nafaqa tayinlash bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va tayinlashning barcha texnik imkoniyatlari yaratiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Toshkent shahar Mirobod tumanida 6 kg. giyohvandlik vositasi savdosining oldi olindi

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️FVV: Ko‘kdala tumanidagi yong‘in oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Bugun, 2025-yil 16-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani Oltindala mahallasida joylashgan aholiga gaz to‘ldirish stansiyasi hududida yoqilg‘i saqlanadigan rezervuarda chaqnash yuz bergan. Hodisadan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda soat 14:40 da FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra, soat 14:45 da 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:00 da o‘rab olingan, soat 15:35 da esa to‘liq bartaraf etilgan.

Afsuski, hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori boshchiligidagi tajribali mutaxassislardan iborat guruh voqea joyiga yuborilgan.

Kanalga ulanish:
 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh va Qorao‘zak tumanlarida ham 16–18-iyul kunlari barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumani hokimining qarori bilan shu yilning 16-18-iyul kunlari ob-havoning +40 darajadan yuqori bo‘lishi sababli tuman hududidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 22 kg dan ortiq giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Kanalga ulanish:
 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi merganlari Xitoyda o‘tgan "O‘tkir tig‘–2025" xalqaro snayperlar musobaqasida 25 davlat orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bellashuvlar 4 yo‘nalishda bo‘lib o‘tdi. O‘zbek merganlari ularning eng murakkab bo‘lgan 2 tasida:
▫️majmuaviy mashq (1200 metrdagi 24 nishonni yo‘q qilish);
▫️shahar sharoitida baland binodan otish (100–650 m masofadagi 6 nishon) shartlarida rekord natija bilan 1-o‘rinni egalladi.

Qolgan yo‘nalishlarda ham sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, umumiy hisobda 8 ta medal va texnik-taktik yo‘nalish bo‘yicha musobaqa kubogi sohibiga aylandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗Talabalarni o‘qishga qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi

Prezident farmoni (PF–114-son, 19.07.2025 y.) bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Farmon bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talabalarni Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi) o‘quv reja va dasturlari bilan bir qatorda boshqa ilg‘or xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining ham o‘quv reja va dasturlari asosida o‘qitish tizimi joriy qilinadi.

Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi "Xalqaro jurnalistlar uyi" a’zoligiga qabul qilindi

Xitoyning Szyansi provinsiyasida "Matbuotning kuchi: sivilizatsiyalararo muloqot va global modernizatsiyaga jurnalistlarning ta’siri" mavzusida yirik xalqaro media-forum bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli tadbirda dunyoning qariyb 60 mamlakatidan, jumladan, AQSH, Xitoy, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Bolgariya, Belarus kabi davlatlardan yuz nafardan ortiq media sohasi vakillari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Forum doirasida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xalqaro jurnalistlar uyi a’zoligiga qabul qilindi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 yillik davlat granti

2025/2026 va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:

▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 761 ta.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Namangan shahrida xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruh fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahrida "Islom Davlati Xuroson Viloyati" xalqaro terroristik tashkilotining yashirin "jamoati" fosh etildi.

Guruhning 16 nafar a’zolarining yashash manzillari ko‘zdan kechirilib, 37 ta uyali aloqa vositalari, 51 dona nashriyoti ko‘rsatilmagan diniy adabiyotlar, 40 ta DVD disk, 4 ta flesh-karta hamda Notebook va planshet ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Davlatobod tumanida yashovchi fuqaro tomonidan tashkil etilgan "jamoat" yig‘ilishlarida xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyaviy rahnamolarining "jihod" va "shahidlik"ka chorlovchi da’vatlari faol targ‘ib qilingan.

Qolaversa, jamoat yetakchisi "Telegram" messenjerida jami 120 nafardan ortiq a’zosi bo‘lgan virtual kanal va guruhlar tashkil qilib, ularda "Islom Davlati" terroristik tashkiloti atributlari, ekstremistik materiallar hamda "jihodiy" mazmundagi audio-video fayllarni tarqatgan hamda jamoat a’zolari bilan o‘zaro muhokamalar qilgan.

Shuningdek, mazkur virtual kanallarda yoshlarni "shariat hukmi" asosida "jihodiy" ruhda ulg‘aytirish va mamlakatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-diniy islohotlarga qarshi norozi kayfiyatda tarbiyalash orqali "Islomiy davlat" asoslarini omma orasida targ‘ib qilishga qaratilgan "post"lar va diniy da’vatlar joylashtirib kelingan.

Ta’kidlash lozimki, jamoat yetakchisi 2022-yilda Turkiyaning Istambul shahrida tashkil qilingan "hujra"da diniy saboq olishi natijasida uning qarashlarida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Bundan xabar topgan otasi qizining noto‘g‘ri yo‘lda ekanligi bo‘yicha nasihat qilganida, u o‘z padari buzrukvorini "kofir"ga chiqargan.

Hozirda guruh tashkilotchisi va 3 nafar faol a’zosiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Guruhning qolgan a’zolariga nisbatan ham surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘quvchilar fiziologiya holati asosida sport turlariga yo‘naltiriladi

Hukumat qarori(447-son, 17.07.2025 y.)ga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishda ularning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turiga bo‘lgan qobiliyatini aniqlash va sportga yo‘naltirish bo‘yicha elektron tizim yo‘lga qo‘yiladi.

2025/2026 o‘quv yilidan har yili 1 marta maktab hamshiralari uchun o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etiladi.

Shuningdek, o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish orqali ularning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlari shakllantirilib, "Elektron sog‘liqni saqlash" axborot tizimiga kiritiladi.

"ERP-maktab" axborot tizimida o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlari asosida ularning sport turiga bo‘lgan qiziqishlari aniqlanadi va tizimda qayd etiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi "Uchqo‘rg‘on" chegara bojxona postining bojxona nazorati va rasmiylashtiruv guruhi inspektori Davlatobod tumanida yashovchi, 1993 y.t. shaxsning xorijdan olib kelingan 57 dona "Iphone 16 PRO MAX" telefon qurilmalarini Toshkent xalqaro aeroportida ishlovchi bojxona xodimi orqali IMEI-kodi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga har bir uyali aloqa vositasi uchun 100 AQSH dollaridan, jami 5700 AQSH dollari hamda muqaddam fuqaro tomonidan chet eldan deklaratsiyada ko‘rsatmagan holda kiyim-kechaklarni olib kelganligi yuzasidan chora ko‘rmaganligi evaziga 400 AQSH dollari talab qiladi.

Inspektor joriy yilning 11 va 14-iyul kunlari so‘ralgan pul mablag‘idan 900 AQSH dollari hisobida 11 mln 317 ming so‘mni o‘zi va qarindoshiga tegishli bank plastik kartalariga o‘tkazdirib oladi.

Ammo, 16-iyul kuni u 1000 AQSH dollari hisobida 12 mln. 550 ming so‘mni qarindoshining bank plastik kartasiga o‘tkazdirib olgan vaqtida DXX, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan bojxona inspektoriga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 mln so‘m bilan ushlandi

"Berdaq" nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi G.N. fuqaro A.D.ning ishonchiga kirib, uni va 17 nafar talabani yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yakuniy imtihondan o‘tkazib berishini aytib, 18,3 mln so‘m olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning
Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 18-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 658,19 soʻm (– 100,17)
1 EUR 14 672,11 soʻm (– 148,00)
1 RUB 161,44 soʻm (– 1,90)

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga pul talab qilgan inspektor ushlandi

Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Patrul-post xizmati inspektori
xizmat mavqeini suiiste’mol qilgan holda o‘zganing ishonchiga kirib, uning Navoiy viloyatida yashovchi, 1995 y.t. tanishini davlat imtihonidan muvaffaqqiyatli o‘tkazib, unga haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytadi.

DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor 1500 AQSH dollari va kirish imtihoni uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 1 mln 900 ming so‘m pul mablag‘larini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 17-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 758,36 soʻm (– 19,76)
1 EUR 14 820,11 soʻm (– 111,12)
1 RUB 163,34 soʻm (– 0,67)

Kanalga ulanish:
 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️YHXX yoʻllarga oʻrnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalarining aniq joylashuv manzillari hamda ular tomonidan aniqlanadigan qoidabuzarliklar haqida maʼlumot berdi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Prezident farmoni:

▫️Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tugatilib uning axborot sohasida nazorat va monitoring bo‘yicha vazifa va funksiyalari Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga o‘tkazildi;

▫️Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz Administratsiya bo‘ysunuviga o‘tkazildi;

▫️Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi negizida Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi;

▫️Administratsiya Matbuot xizmati media-markazi negizida Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashkil etildi;

▫️Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi negizida Boshqaruv samaradorligi agentligi tashkil etildi;

▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Administratsiya bo‘ysunuviga o‘tkazildi.

Manba: PF-111-son, 14.07.2025 y.


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал