uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28309

Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi Asosiy telegram kanal: @uza_uz Sayt: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •lotin yozuvida: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

❗"Surunkali qoidabuzarlar" dasturi ishga tushiriladi

Qarama-qarshi harakatlanish, chiroqning qizil rangida o‘tish bir oy ichida 2 marta sodir etilsa yoki tezlik 5 marta oshirilsa1-yilgacha jarimadan chegirma berilmaydi.

Bunday huquqbuzarliklar bir oy ichida 10 tadan ko‘p bo‘lsa6 oygacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinadi.

Shuningdek, tezlik uchun jarimalarni qayta ko‘rib chiqib, me’yordan 2-3 karra tez yurganlarni haydovchilik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritish maqsadga muvofiq ekani qayd etildi.

▫️O‘tgan yilda haydovchilar 24 millionta huquqbuzarlik sodir etgan. Bularning 81 foizi qo‘pol qoidabuzarlikka kiradi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Poytaxtga kuniga 1 million odam tashrif buyurmoqda

Shundan 275 ming nafari Toshkent viloyatidan kelmoqda. Shu bois poytaxt jamoat transporti yagona aglomeratsiya tizimiga o‘tib, Toshkent viloyatining barcha tutash hududlarini qamrab oladi.

Buning uchun, Toshkent xalqa yo‘ligacha kelayotgan 20 ta avtobus yo‘nalishi 15-20 kilometrga uzaytiriladi, yana yangi 6 ta marshrut qo‘shiladi. Bu Toshkent viloyati aholisi uchun katta qulaylik bo‘ladi.

"Marshrutlar uzaysa, kutish vaqti ko‘payadi", deb aholi xavotirga tushmasin. Sentyabrgacha poytaxtga 200 ta, keyingi yili yana 1 mingta avtobus olib kelamiz",
– dedi davlatimiz rahbari.

Yangi tizimni poytaxt va Toshkent viloyati uchun 1-sentyabrdan, yirik shaharlarda esa kelasi yili 1-yanvardan joriy qilish topshirildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ichki yo‘llarni tartibga olish uchun viloyat va tuman hokimlari mas’ul bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy bayonoti

BMT Inson huquqlari kengashining O‘zboshimchalik bilan hibsga olishlar bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan G. Karimovaning jinoiy javobgarlikka tortilishi yuzasidan qabul qilingan 17/2025-sonli mulohazasiga javoban O‘zbekiston Respublikasi Hukumati quyidagilarni ma’lum qiladi:

1. Hukumat Ishchi guruhning fikri Manba tomonidan taqdim etilgan bir tomonlama subyektiv ma’lumotlar asosida shakllantirilgani, O‘zbekiston Hukumatining bu borada rasmiy javobi taqdim etilgani, ammo u rasmiy protsessual muddatlar tufayli e’tiborga olinmaganidan tashvish bildiradi. Bunday yondashuv BMT organlari amal qilishi zarur bo‘lgan xolislik va beg‘arazlik prinsiplariga putur yetkazadi.

2. O‘zbekiston o‘zaro hurmat, xalqaro huquq normalariga rioya qilish va ikki yoqlama standartlarga yo‘l qo‘ymaslik tamoyillariga asoslangan muloqot va xalqaro hamkorlik uchun hamisha ochiq.

3. G. Karimovaga nisbatan barcha jinoiy ishlar jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilik normalariga qat’iy rioya qilgan holda, shuningdek, mamlakatning xalqaro majburiyatlarini, jumladan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt qoidalarini inobatga olgan holda qo‘zg‘atilgan hamda ko‘rib chiqilgan.

4. Himoyaga bo‘lgan huquq va odil sudlov huquqi jinoyat protsessining barcha bosqichlarida ta’minlangan. G. Karimova mustaqil ravishda tanlangan yoki belgilangan tartibda tayinlangan himoyachilarga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan. Jinoyat ishiga oid materiallar bilan tanishish, qarorlar ustidan shikoyat qilish hamda himoyachi bilan muloqotning maxfiyligi tamoyiliga rioya qilingan.

5. G. Karimova ishi bo‘yicha sud qarorlari vakolatli sudlar tomonidan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar, jumladan soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, jinoiy daromadlarni legallashtirish, davlat mulkini g‘ayriqonuniy o‘zlashtirish, firibgarlik va davlatga juda katta miqdorda zarar yetkazgan boshqa jinoyatlar sodir etilganligini tasdiqlovchi yetarli dalillar asosida chiqarilgan.

6. G.Karimovaning 2014-yilda go‘yoki o‘zboshimchalik bilan hibsga olingani, uzoq muddat uy qamog‘ila saqlangani, "oshxonadagi sud" va boshqa shu kabi da’volar asossizdir. Barcha protsessual harakatlar va sud muhokamalari protsessual qonunchilik normalari va talablariga to‘liq muvofiq holda o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda mahkuma sud qarorlari ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati mazkur ish bo‘yicha siyosiy sabablar mavjudligi to‘g‘risidagi da’volarni qat’iyan rad etadi. Huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining barcha harakatlari faqat sudlanuvchining jinoiy harakatlarni sodir etishdagi aybini to‘liq tasdiqlovchi huquqiy va daliliy jihatlarga asoslangan bo‘lib, uning qonuniy iqtisodiy faoliyati va/yoki siyosiy mavqei yoki qarashlariga daxl qilmagan.

8. Shu nuqtayi nazardan, 2022 yilda Shvetsariya Konfederatsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi Bitim doirasida G.Karimova ilgari jinoiy yo‘l bilan orttirgan va qaytarilgan moliyaviy mablag‘lardan O‘zbekiston Hukumatining islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun foydalanish maqsadida «Vision 2030» jamg‘armasi tashkil etilganini ta’kidlaymiz. Jamg‘arma boshqaruvi BMTning Ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi orqali amalga oshirilmoqda.

9. O‘zbekiston inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarib kelmoqda va BMT mexanizmlari, jumladan maxsus tartib-taomillari bilan konstruktiv muloqotni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqlaydi.

10. Hukumat xalqaro tuzilmalarda o‘z obro‘sini himoya qilish, shuningdek, ishonchli axborotni manfaatdor tomonlarning keng doirasiga tushuntirish bo‘yicha keyingi qadamlarni qo‘yish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘tgan oyda haydovchilarga berilgan qator yengilliklar sanab o‘tildi:

▫️Birinchi bor huquqbuzarlik qilganlarni jazolash emas, ogohlantirish yo‘lga qo‘yildi.

▫️Yo‘l chiziqlarini bosish holatlarini kamera orqali fiksatsiya qilish bekor qilindi.

▫️Jamoat transporti uchun mo‘ljallangan tasmalarda kechqurun boshqa haydovchilar ham yurishiga ruxsat berildi.

▫️Shaharlarda yo‘llarni kunduzi ta’mirlash taqiqlandi.

▫️Radar bor joyda yo‘l belgisini o‘rnatish majburiy bo‘ldi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡DXX: Uchtepa tumanida joylashgan "Avtomobil ehtiyot qismlari" bozoridagi jinoiy guruh a’zolari ushlandi

▫️Uchtepa tumanining Farhod ko‘chasida joylashgan "Avtomobil ehtiyot qismlari" bozorida 12 nafar shaxsdan tashkil topgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Jumladan, jinoiy guruh a’zolari mijozning avtotransport vositasiga uning ruxsatisiz va oldindan kelishmagan holda turli jihozlar o‘rnatib, texnik xizmat ko‘rsatishgan. Shundan so‘ng, ushbu xizmat bozor narxida 600 AQSH dollari bo‘lishiga qaramasdan, fuqarodan 13 ming 300 AQSH dollarini tovlamachilik yo‘li bilan undirishgan.

Eng ayanchlisi, e’tiroz bildirib, o‘z haqqini talab qilgan mijozga zo‘ravonlar qo‘rqitish yo‘li bilan tahdid qilishadi.

▫️Yana shunga o‘xshash holatda esa jinoiy guruh a’zolari boshqa bir fuqaroning avtomashinasiga uning roziligisiz turli ehtiyot qismlarni o‘rnatib, undan 3 barobar qimmat narxda pul talab qilishadi. Aniqlanishicha, ular avtomashina kalitini fuqarodan olib qo‘yib, tazyiq o‘tkazish orqali undan 15 mln. so‘m undirishgan.

Bundan tashqari, qonunbuzarlar yana 2 nafar fuqaroning avtomashinasini qo‘shimcha ehtiyot qismlar bilan jihozlash uchun ulardan jami 70 mln so‘m miqdorida pul olib, va’da qilingan ishni bajarishmagan.

Ta’kidlash joizki, jinoiy guruh a’zolarining ko‘pchiligi 1988 - 2002-yillar oralig‘ida Toshkent shahri, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tug‘ilgan bo‘lib, ularning aksariyati muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165 - (tovlamachilik) va 168 - (firibgarlik) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov doirasida guruh a’zolarining boshqa jinoiy harakatlariga va ulardan jabr ko‘rgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#RASMIY_MUNOSABAT

⚡Toshkent metropoliteni: "Bu ishlarning mutlaqo buzib qaytadan qurishga aloqasi yo‘q"

Hali topshirilganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan yangi metro relslari olib tashlanayotgani tasvirlari tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Bu tasvirlar ortidan jamoatchilik turli e’tirozlar bilan chiqmoqda. "Yap-yangi metro liniyasini bir yildayoq boshqatdan buzib tashlayveradimi?", "Nega biz bundaymiz?", "Hali uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan relslar nega almashtirilmoqda?" kabi savollar paydo bo‘lgan.

O‘zA jamoatchilik e’tirozlariga javob olish maqsadida metropoliten mutasaddilaridan rasmiy izoh so‘radi.

"Toshkent metropoliteni" DUK matbuot xizmati rahbari To‘ychi Mirzayevning O‘zAga ma’lum qilishicha, "...bu ishlarning mutlaqo buzib qaytadan qurishga aloqasi yo‘q. Bu — metro liniyalarini texnik jihatdan to‘liq tekshirish, kichik kamchiliklarni bartaraf etish va xalqaro standartlarga muvofiq profilaktik xizmat ko‘rsatishdir".

Каналга уланиш
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yangi O‘zbekiston yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi

Yangi O‘zbekiston ko‘chasining "Yangi O‘zbekiston" bog‘i manzilida yer osti yo‘l o‘tkazgichi qurilmoqda va qurilish taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan 09.07.2025 yil. soat 07:00dan 09.08.2025y. kuniga qadar Yangi O‘zbekiston yo‘lining (Toshkent viloyatidan harakatlanib kelishda) "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tutash qismidan avtoulovlar harakati to‘xtatiladi. Avtoulovlar harakati "Yangi O‘zbekiston" bog‘i chegara hududidagi yo‘l orqali "Milliy bog‘" ko‘chasiga yo‘naltiriladi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#Prezident_qarori

⚡O‘zbekiston sportchilari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga kompleks tayyorlanadi


“2028 yil Los-Anjeles shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Quyidagilar O‘zbekiston sportchilarini Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlashning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

➖sportning ustuvor toifadagi boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, og‘ir atletika turlari bo‘yicha medallar sonini oshirish;

➖sportning rivojlanayotgan toifadagi triatlon, voleybol, stol tennisi, basketbol, zamonaviy besh kurash kabi 21 ta turi bo‘yicha lisenziyalarni qo‘lga kiritish;

➖ xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

➖Shuningdek, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida erishgan natijalardan kelib chiqib, sport turlari ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalarga ajratiladi.

➖Ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalardagi sport turlari ro‘yxati har 4 yilda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan kalendar' yilning yakuniga qadar qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi.

Rossiyaning ushbu yetakchi kompaniyasi bilan neft-gaz majmuasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni tegishli "yo‘l xaritasi"ga muvofiq rivojlantirishning istiqbolli rejalari ko‘rib chiqildi.

Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, murakkab konlarni o‘zlashtirish, sohani raqamlashtirish, talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡"UzTest"da katta o‘g‘irlik sodir bo‘lgan

Germaniyadan O‘zbekistonga olib kelingan 3 dona sinov laboratoriya jihozining biri tag-tugi bilan yo‘qolib qolgan.   

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining UzTest — "O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasining Buxoro viloyat hududiy filialida 1 tonna 200 kg va umumiy narxi 150 mln so‘m miqdorida bo‘lgan "Tormoznoy stend" sinov uskunasi hamda 250 mln so‘mlik gaz balonlarni o‘lchash vositasi o‘g‘irlangan.

Negadir, Agentlik rahbariyati bu ma’lumotga hozirgacha munosabat bildirgani yo‘q, Uztest mas’ullariga qanday choralar ko‘rilayotgani haqida izoh berishni ham ortga surmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Zayed insoniyat birodarligi mukofoti tashkilotchilari 2026-yilgi sovrindorni aniqlaydigan xalqaro hakamlar hayʼatining yangi aʼzolarini eʼlon qildi.

Joriy hayʼat tarkibida Markaziy Osiyodan ilk bor O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham aʼzo sifatida qatnashmoqda.

“Ushbu nufuzli hakamlar hayʼatiga Markaziy Osiyodan ilk aʼzo sifatida qo‘shilayotganimdan behad mamnunman. Hayʼatdagi hamkasblarim bilan birgalikda butun dunyoda jamiyatlarni yuksaltiryotgan va dolzarb muammolarni hal etayotgan eʼtirof etilmagan gumanitar qahramonlarni tan olishni maqsad qilganmiz”,

— deb munosabat bildirdi Saida Mirziyoyeva.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#RASMIY_XABAR

⚡️Magistraturaga qabul boshlandi

2025–2026-oʻquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

▫️Sertifikatlar ro‘yxati

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston va Qatar yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston-Qatar strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali amayliy hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Islohotlarning Jizzax viloyatidagi ijrosi ko‘rib chiqildi

▫️O‘tgan olti oyda Jizzaxda sanoat, servis va qishloq xo‘jaligida 200 ta loyiha ishga tushdi. Viloyatga 662 million dollar investitsiya kirib keldi.

▫️So‘nggi vaqtlarda viloyatda 250 million dollarlik yirik turizm majmualari ishga tushgani natijasida bir yilda sayyohlar oqimi 2 karra oshdi. Buni yanada oshirish uchun hamma sharoit bor.

▫️Jizzaxda 1 million 300 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘lgani bilan atigi 40 foizida ekin ekilayapti. Bir gektarga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad ham boshqa viloyatlarga nisbatan kam. Aslida, yerdan samarali foydalanib, oziq-ovqat mahsulotlari va chorva ozuqasini ko‘paytirish mumkin.

▫️Yig‘ilishda mutasaddilar, soha mutaxassislari va yetakchi tadbirkorlardan iborat "Islohotlar shtabi" tomonidan tayyorlangan yangi loyihalar taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, umumiy qiymati 520 million dollarlik 200 ta loyiha shakllantirilgan. Ularning natijasida 12 mingta ish o‘rni, byudjetga qo‘shimcha 120 milliard so‘m tushum, 100 million dollarlik eksport imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Mutasaddilarga barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qo‘yilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi

Vazirlik va idoralar xodimlari aholiga noqulaylik yaratib, "parkovka" qilib olgan hududlarda foto va video kameralar o‘rnatib, jazo muqarrarligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Davlat xizmatchilari jamoat transportida yurish bo‘yicha namuna bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Endilikda Hukumat qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatdan tashqari rahbarlarning xizmat mashinasiga yo‘llarda ustunlik berilmasligi belgilandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡Qashqadaryo viloyatida 4 balllik zilzila sodir bo'ldi

Bu haqida Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Zilzilaning sezilish kuchi:
▫️Nishon tumanida 2-3 ball;
▫️G'uzor tumanida 2 ball;
▫️Qarshi shahrida 2 ball.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

"Xavfsiz yo‘l" milliy dasturi doirasida "Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda" respublika jamg‘armasi faoliyati qayta tashkil qilinib, Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.

Har bir viloyatda jamg‘armaning alohida filiallari bo‘ladi.

Bu yil jamg‘armaga barcha manbalar hisobidan 400 milliard so‘m tushishi prognoz qilingan.

Bunga qo‘shimcha, foto-video radardan byudjetga tushadigan jarimaning 25 foizi ham jamg‘arma va uning filiallariga yo‘naltiriladi.

YHXX tizimidagi yo‘l belgilari va svetofor o‘rnatish, yo‘l chiziqlarini chizishga mas’ul korxonalar ham viloyatga o‘tkaziladi.

Jamg‘armaning faoliyati shaffof bo‘ladi, unga viloyat YHXB va yo‘l boshqarmasi boshliqlari, jamoatchilik vakillari kiradi.

Bundan buyon ushbu jamg‘arma mablag‘lari birinchi galda avariya o‘choqlari bo‘lgan xavfli uchastkalarni tartibga solishga yo‘naltiriladi (yo‘lni ajratuvchi to‘siqlar, yo‘l belgilari, yoritgichlar o‘rnatish, piyoda yo‘laklari tashkil qilish, chorrahalarni raqamlashtirish).

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗O‘tgan yili 9 ming 364 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan

Ushbu mudhish hodisalarda qariyb 9 ming fuqaro jarohat olgan.

Eng achinarlisi, avariyalar tufayli 2 ming 203 nafar odam halok bo‘lgan. Eng ko‘p o‘lim holatlari Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Oxirgi 7 yilda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va tirbandlikni kamaytirish bo‘yicha ko‘p ishlar qilingani ta’kidlandi.

▫️Yo‘llarni qurish va ta’mirlashga 61 trillion so‘m ajratildi. Bu 2017-yilgacha berilgan mablag‘lardan 3,5 barobar ko‘p.

▫️Onlayn murojaat tizimi ishga tushib, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalariga kelish 50 foizga kamaydi.

▫️3 ming 365 nafar YHXX xodimiga elektron planshet va bodikamera olib berildi. Qoidabuzarliklarni sun’iy intellekt asosida saralash va qaror chiqarish amaliyoti joriy qilindi.

▫️Haydovchilik huquqiga imtihon, yo‘l chiziqlari chizish, texnik ko‘rik kabi 8 ta xizmat tadbirkorlarga autsorsingga berildi.

▫️Shaharlarda jamoat transporti uchun maxsus yo‘laklar tashkil qilindi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#RASMIY_MUNOSABAT

UzTest haqiqatan ham 400 mln so‘mlik sinov va o‘lchash uskunalari o‘g‘irlab ketilganini tasdiqladi

O'zA "UzTest"da sodir bo'lgan, Germaniyadan O‘zbekistonga olib kelingan 3 dona sinov laboratoriya jihozining biri tag-tugi bilan yo‘qolib qolgani haqida xabar e'lon qilgan edi.

Mazkur xabarga O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi rasmiy munosabat bildirdi:

"Haqiqatan ham UzTest Buxoro hududiy filialida qiymati 150 million so‘mlik “Tormoznoy stend” sinov uskunasi hamda 250 million so‘mlik gazballonlarni o‘lchash vositalari o‘g‘irlangan. Mazkur holat, aslida, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Komplayens nazorat bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan.

Bu haqda hujjatlar 2024-yil noyabr oyida Buxoro viloyati huquqni muhofaza qilish idoralariga yuborilib, aniqlangan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi".

Shuningdek, bayonotda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazida (UzTest) 6 mlrd so‘m mablag‘ni maqsadsiz sarflab yuborilgani iddao qilingan xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmasligi bayon qilingan. "Agentlik Komplayens nazorati bo‘limi tomonidan tizim tashkilotlari, shu jumladan, Markazning moliyaviy faoliyati ustidan doimiy monitoring o‘rnatilgan", deyiladi Markaz matbuot xizmati xabarida.

Kanalga ulanish:
➖ @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#TAYINLOV

⚡️ O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzatilla Xolmedov O‘zbekiston davlat satira teatriga direktor etib tayinlandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston BRIKSning hamkoriga aylandi

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan BRIKSning 17-sammitida ishtirok etdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish chora-tadbirlari haqida axborot berildi

▫️
O‘tgan olti oyda 5 ming 200 ta mahallada birorta ham jinoyat bo‘lmadi. Lekin bu borada kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar hali ham bor.

▫️
Butun tizimni pastga tushirib, har bir mahallani "jinoyatchilikdan xoli hudud"ga aylantirish zarurligi ta’kidlandi.

▫️
Videokuzatuv kameralari va sun’iy intellektni qo‘llab, giyohvandlik moddalari tarqalishini aniqlash, manbasini tag-tomiri bilan yo‘q qilish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

▫️
Bugungi kundagi yana bir dolzarb muammo – kiberjinoyatchilik. Yurtimizda yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini shu "illat" tashkil qilgan. Shu jihatdan, kiberjinoyatlarning oldini olish, aholining bu boradagi bilimi va ogohligini kuchaytirish, to‘lov tizimlarida mijozlarining manfaati va moliyaviy xavfsizligini ta’minlash zarurligi aytildi.

▫️
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga qabul kvotasini bosqichma-bosqich oshirish, yangi yo‘nalishlar ochish va dual ta’limni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT

9–11-iyul kunlari kutilayotgan yomg‘ir sababli respublikaning quyidagi tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:

▫️Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;

▫️Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

▫️Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

▫️Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

▫️Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi, dam oluvchi hamda harakatlanuvchi fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX: Hokim o‘rinbosari hamda agentlik va inspeksiya xodimlari ushlandi

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hokimining o‘rinbosari Taxiatosh tumanida faoliyat olib borayotgan qizilmiya ildizlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan MCHJ rahbariga qizilmiya ildizini yetishtirishi uchun Beruniy tumani hududidan 150 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 12 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

▫️Namangan viloyatida qayd etilgan holatda, Kosonsoy tumanidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari mazkur xo‘jalikning 24 gektar yer maydonini mansabdor tanishi orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 240 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning mansabdor tanishi hisoblangan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi "Agrosanoatni rivojlantirish agentligi" davlat muassasasining Kosonsoy tuman loyiha ofisi bosh mutaxassisi yuqoridagi yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

▫️Boshqa holatda esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Andijon viloyati boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs Andijon tumanidagi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari tomonidan 6 sotix yer maydoniga noqonuniy qurilgan bino va inshootlar bo‘yicha hisoblanishi kerak bo‘lgan zararni kamaytirib xulosa berish evaziga 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡"Vaqtinchalik ro‘yxatda turgan fuqarolarning farzandlarini maktabga qabul qilishda cheklovlar mavjud emas", – vazirlik

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, maktab yoshiga yetgan har bir bolaning bilim olish huquqi kafolatlanadi va hech bir bola ta’limga jalb etilmasdan — maktabga joylashmasdan qolmaydi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Namangan viloyatidagi natijalar va yangi loyihalar haqida axborot berildi

▫️Bu yil 4,2 milliard dollar investitsiya jalb etish, 1 milliard dollar eksport qilish, 323 ming ish o‘rni yaratish, 55 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan. Bunda eng katta zamin – kichik biznes va tadbirkorlik. Namanganda mehnatga layoqatli aholining 82 foizi shu sohada ro‘zg‘or tebratayapti.

▫️Yil boshidan beri viloyatga qariyb 1 milliard 600 million dollar investitsiya kiritilgan.

▫️Viloyatda ham mutaxassislar, ilg‘or tadbirkorlar va xorijiy ekspertlardan iborat "Islohotlar shtabi" ish boshladi. Ular birgalikda izlangani uchun yana 1 milliard dollarlik loyihalar shakllandi.

▫️ Yangi imkoniyatlar natijasida jami 12 ming ish o‘rni, byudjetga qo‘shimcha 200 milliard so‘m tushum, 160 million dollar eksport manbai paydo bo‘ladi.

Masalan, Norin tumanida aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirish, Mingbuloqda o‘rdakchilikni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda. Ular oziq-ovqat mahsulotlari mo‘lligini ta’minlashi va ko‘plab ish o‘rinlari yaratishi bilan ahamiyatli. Davlatimiz rahbari bu tajribani boshqa hududlarda ham tatbiq etish zarurligini ta’kidladi.

▫️Bugungi kunda viloyatda 55 ming ishsiz aholi, 44 ming kambag‘al oila bor. Ularni kasbga yo‘naltirib, ish topishiga ko‘maklashish, o‘z uyida daromad manbai yaratish vazifasi qo‘yildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал