uzauz | Неотсортированное

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Подписаться на канал

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi berish tartibi yoʻlga qoʻyilmoqda

“Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–996-son)ga koʻra, quyidagilar bolalarga nisbatan zoʻravonlikning shakllaridir:

▫️jismoniy zoʻravonlik;
▫️jinsiy zoʻravonlik;
▫️ruhiy zoʻravonlik;
▫️gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik;
▫️ekspluatatsiya qilish;
▫️taʼqib etish (bulling).

Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllari taqiqlanadi hamda qonun bilan taʼqib qilinadi.

❗️Davlat bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish uchun tegishli huquqiy, maʼmuriy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa choralarni koʻradi.

Qonunga muvofiq:

— zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari belgilanmoqda;
— bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha yakka tartibdagi chora-tadbirlar belgilanib, jumladan, zoʻravonlikdan jabrlanganlarga himoya orderi berish tartibi yoʻlga qoʻyilmoqda.

Shunga koʻra, himoya orderi ichki ishlar organlari tomonidan beriladi va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga vakolatli davlat organi ishtirokida topshiriladi.

Himoya orderi 30 kun muddatgacha beriladi va rasmiylashtirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.

Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlik yordam koʻrsatish, maslahat berish mexanizmi va chora-tadbirlari toʻgʻrisida axborot olinishini, bolalarga nisbatan zoʻravonlik hollarining oldi olinishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekistonning butun hududida tun-u kun ishlaydigan ishonch telefoni ishlashini taʼminlaydi.

Ishonch telefoni orqali olingan axborotni oshkor etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Yoshlar iqlim boʻyicha harakatlarning boshida

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

🇶🇦 Qatar 2:2 Oʻzbekiston 🇺🇿

Jahon chempionati saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Qatar bilan kuch sinashmoqda.

75, 80’ | GOL. Abbos Fayzullayev

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni oʻn besh oylik talab asosida xarid qilish tizimi taklif etilmoqda

Bunda kelgusi yillar uchun ehtiyojlar 1-avgustdan kechikmasdan, Davlat byudjeti parametrlari bilan bir vaqtda shakllantiriladi.

Shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida “Xaridlar markazi” va uning 13 ta hududiy filiali tashkil qilinadi. Markazga 2025-yil 1-yanvardan boshlab, original dori vositalari va yopiq turdagi laborator uskunalar uchun sarflov vositalarini bevosita ishlab chiqaruvchidan toʻgʻridan toʻgʻri xarid qilishga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida joylashgan “Y-Z.E.” MCHJga qarashli qurilish materiallarini ishlab chiqarish binosida hisoblagichsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, 5 mlrd 25 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi — “Oʻzenergoinspeksiya”.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bokuga amaliy tashrifi yakuniga yetdi, davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi. Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda Prezidentimiz va rafiqasini Ozarbayjon adliya vaziri Farid Ahmedov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida oʻziga ajratilgan qarorgohda ozarbayjonlik adabiyotshunos va shoir Akif Bagʻirovni qabul qildi.

Uchrashuvda Akif Bagʻirov yuksak hurmat va minnatdorlik ramzi sifatida Prezidentimizga oʻzi ozarbayjon tilida tayyorlagan “Shavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobini taqdim etdi.

Kitobdan siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning “Mening Prezidentim” va “Millatparvar” kitoblaridan saralab olinib, shoir tomonidan ozarbayjon tiliga tarjima qilingan publitsistik esselar oʻrin olgan.

Prezidentimiz shoirga oʻzbek adabiyotini Ozarbayjonda ommalashtirish va ikki davlat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Ishchi guruh yigʻilishlarini oʻtkazish, shuningdek, ushbu xalqaro tashkilotga aʼzo mamlakatlar bilan olib borilayotgan muzokaralar surʼati mamnuniyat bilan qayd etildi.

Muzokaralarni yakunlash va yaqin yillarda Oʻzbekistonning tashkilotga aʼzo boʻlishi boʻyicha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida oʻtayotgan BMTning Butunjahon iqlim sammitida (COP29) tashkil etilgan Oʻzbekiston Milliy pavilyoni bilan tanishdi.

Pavilyon Oʻzbekistonning noyob madaniy merosi hamda ekologiya va iqlim masalalariga barqaror yondashuvlarini namoyish etishga moʻljallangan. Uning “Ichki barqarorlik” deb nomlangan meʼmoriy konsepsiyasi insonning tabiat bilan uygʻunligini va oilaviy qadriyatlarni ifodalovchi anʼanaviy oʻzbek hovlisiga asoslangan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbatda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va amaliy aloqalarni rivojlantirish masalalari, ayniqsa, siyosiy hamda savdo-iqtisodiy sohalardagi munosabatlar muhokama qilindi.

Kelgusi yilda siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini Afinada hamda Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya yigʻilishini Toshkentda oʻtkazishga kelishib olindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida oʻtayotgan BMTning Iqlim boʻyicha konferensiyasi doirasida Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Petr Fiala bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston-Chexiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirish, tovar ayirboshlashni koʻpaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” va aniq loyihalardan iborat sanoat kooperatsiyasi dasturini ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi

Joriy yil avgust oyida oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida Oʻzbekiston-Ozarbayjon doʻstlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi

Uchrashuv doirasida Xonkandi shahrida qoʻshma tikuvchilik fabrikasini ishga tushirish marosimi ham boʻlib oʻtdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan birgalikda “Yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi (COP 29)da bildirgan asosiy taklif va tashabbuslar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev COP-29da: Iqlim oʻzgarishlari oqibatlarini birgalikda yengib oʻtishga qaratilgan muhim tashabbuslar va samarali uchrashuvlar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz taʼminlash, soha korxonalarida samaradorlikni oshirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

▫️Bu yil qish mavsumida isteʼmolchilarga 21 milliard kub metr gaz yetkazib berish hisob-kitob qilingan. Havo harorati keskin tushib ketsa, aholi ehtiyoji yanada oshadi.

▫️Ijtimoiy muassasalar va korxonalarni energiya bilan uzluksiz taʼminlash uchun alohida zaxira inobatga olingan. Ushbu tabiiy gazni issiqlik elektr stansiyalari, kimyo va metallurgiya korxonalari, gaz quyish shoxobchalariga manzilli yetkazish boʻyicha tizim tashkil etilgan.

▫️Prezident har bir tarmoq va uning korxonalari kesimida tannarxni kamaytirish, xarajatni maqbullashtirish va transformatsiya jarayonini tezlashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

#Tayinlov

Yangiyoʻl shahriga yangi hokim tayinlandi


Raimov Ravshan Isakdjanovich – Yangiyoʻl shahri hokimi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Donorlarni qoʻllab-quvvatlash kengaytiriladi

Jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni olganlarga bir yoʻla beriladigan pul mukofoti bazaviy hisoblash miqdorini 5 baravaridan 15 baravarigacha oshiriladi. Ularga jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi, davlat sihatgohlarida davolanish navbatsiz boʻladi.

Ushbu yangi tizim kelgusi yil 1-yanvardan joriy qilinishi belgilandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev COP-29da: “Yashil” energetikani rivojlantirish boʻyicha bitim, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, Milliy pavilyon va ozarbayjonlik shoir bilan uchrashuv

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari Bokuda ozarbayjonlik adabiyotshunos va shoir Akif Bagʻirov bilan uchrashdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentimiz COP29da tashkil etilgan Oʻzbekiston Milliy pavilyoni bilan tanishdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala, Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis va Global ekologik fond bosh direktori Karlos Rodriges bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Global ekologik fond (GEF) bosh direktori va raisi Karlos Rodriges bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Havo sifatini monitoring qilish boʻyicha mintaqaviy tarmoq yaratish, koʻkalamzorlashtirish va ekoturizmni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, yoʻqolib borayotgan hayvon turlarini asrash, shuningdek, Orolboʻyi hududini qayta tiklash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

▫️Qoʻshma loyihalar portfeli 100 million dollardan oshgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Ilhom Aliyev uchrashuv oʻtkazib, Xonkandi shahrida qoʻshma fabrikani ishga tushirdilar

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston va Ozarbayjon Prezidentlari bilan birgalikda “yashil” energetikani rivojlantirish loyihasiga start berdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX: Tojikiston va Qirgʻizistondan kontrabanda yoʻli bilan keltirilgan qariyb 65 kg. “gashish” giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

O‘zbekistonning Birinchi xonimi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Bokuda o‘tayotgan Global iqlim sammitidagi ishtiroki davomida ekofaollar bilan birgalikda COP29da tashkil etilgan O‘zbekiston milliy paviloni bilan tanishdi.

Mamlakatimiz pavilonining "Ichki barqarorlik" mavzusidagi konsepsiyasi o‘zbek xonadonining qalbi va oilaviy uyg‘unlik ramzi bo‘lgan an’anaviy hovliga asoslangan. Pavilon mamlakatimiz iqlimiga mos, vaqt sinovidan o‘tgan barqaror, an’anaviy materiallar va qadimiy usullardan foydalanilgan holda bunyod etilgan.

Kanalga ulanish: 
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

COP29 davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Raisi Sharl Mishel, Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb, Chernogoriya Prezidenti Yakov Milatovich, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil-Reno Basso, Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad al-Jassir, ICESCO bosh direktori Salim Al-Malik, Yashil iqlim fondi ijrochi direktori Mafalda Duerte va Global oʻzgarishlar instituti raisi Toni Bler bilan uchrashdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Подписаться на канал